Abu Hurayra
11-17-2005, 04:41 AM
SHAYTON
Bismillahir rohmanir rohiym
Allohga hamdlar, rasululloh, uning oilasi, sahobalari va uni do`st tutgan barcha kishilarga salavot va salomlar bo`lsin.
So`ng ...
Shayton va inson qissasi Odam alayhissolatu vassalom bilan boshlandi va qiyomat kuniga qadar davom e`tadi. Bu qissa - otamiz Odam alayhissolatu vassalom bilan boshlangan, uning vafotidan so`ng e`sa zurriyotiga qarshi davom e`tgan kuchli adovatdir. Alloh va uning rasuli Muhammad sollallohu alayhi va sallam bizlarni Shayton va Shaytonning bizlarga qarshi adovatidan ogohlantirdilar hamda uning tuzoqlari va makrlariga tushib qolishdan qo`r`itdilar. Alloh ta`olo dedi: "Shayton sizlarga kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi. Alloh e`sa sizlarga o`zi tarafidan mag`firat va marhamatni va`da qiladi. Alloh karami keng va bilguvchi zotdir"; (Baqara: 268)
"Hoy mo`minlar, barchangiz tinchlikka kiringiz va Shaytonning rejalariga e`rgashmangiz. Shayton sizlarning ochiq dushmanlaringizdir"; (Baqara: 108)
"... Shayton misoliga o`xshaydi. Shayton insonga: "Kofir bo`l!" deydi va u kofir bo`lganidan so`ng: "Men sendan bezorman. Men barcha olamlar robbisi bo`lgan Allohdan qo`rqaman" deydi". (Hashr: 16)
Musulmon do`stim, biz ushbu nomada sizga Shaytonning umumiy ta`rifini: uning sifatlari, tuzoqlari, hiylalari va insonga qanday g`olib bo`lishini Allohning kitobi va rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlaridan iqtibos qilib bayon qilmoqchimiz. Toki barchamiz Shaytondan saqlanish va unga g`olib bo`lish yo`lini olaylik.
Alloh ta`olodan, ushbu noma bilan musulmonlarga, o`zlarining solih ajdodlari sahobalar, tobiinlar va ularga qiyomat kuniga qadar e`rgashgan barcha kimsalarning yo`liga, Allohning quyidagi so`zlariga muvofiq tarzda qaytishlarida, manfaatli qilishini so`raymiz. Alloh ta`olo dedi: "Sizlar xalqlar uchun chiqarilgan, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan va Allohga iymon keltiradigan xayrli millat bo`ldingiz". (Oli Imron: 110)
u Shayton hujumkor dushmandir.
Shayton o`zining yaralishidagi yomonligi, kibri va insonga bo`lgan adovatidan kelib chiqqan shafqatsiz urushni e`lon qildi va urush uchun Alloh ta`olodan izn oldi. Alloh ta`olo, o`zi bilgan hikmat uchun, unga ruxsat berdi. Shayton o`zining va`dalarini ijro e`tib, Allohning bandalarini xo`rlay boshladi. Alloh ta`olo dedi: "(Shayton): "Robbim, menga qiyomat kuniga qadar muhlat ber" dedi. (Alloh): "Senga belgilangan kunga qadar muhlat berildi" dedi. (Shayton): "Robbim, meni adashtirganing uchun u (banda)larga Yer yuzida (ko`p narsalarni) ziynatli qilib k`orsataman va ularning barchasini adashtiraman" dedi". (Hijr: 36 - 39)
u Shayton mutakabbirdir.
Alloh ta`olo dedi: "(Biz) farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!" dedik. Ular sajda qildilar. Faqat, Iblis (sajda qilishdan) bosh tortdi va kibr qildi". (Baqara: 34)
u Shayton kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi.
Alloh ta`olo dedi: "Shayton sizlarga kambag`allikni va`da qiladi va hayosizlikka buyuradi". (Baqara: 268)
u Shayton Alloh haqida bilimsiz so`zlarni aytish va bahs qilishni qo`zg`aydi.
Alloh ta`olo dedi: "Odamlarning ba`zilari Alloh haqida bilimsiz bahs qiladi va adshtiruvchi Shaytonga e`rgashadi". (Haj: 3)
u Shayton mo`minlar o`rtasida adovatni qo`zg`aydi.
Alloh ta`olo dedi: "Bandalarimga ayting: "Chiroyli so`zlarni so`zlasinlar. Chunki, Shayton ular (o`rtasidagi muhabbatni) tortib oladi. Darhaqiqat, Shayton insonning dushmanidir". (Isro`: 27)
Rasululloh sollalohu alayhi va sallam: "Shayton (Arab) yarim orol(i)da o`ziga namozxonlar ibodat qilishlaridan noumid bo`ldi. Faqat, ular o`rtasida adovat qo`zg`ashdan noumid bo`lmadi"- dedilar. (Imom Muslim rivoyati)
u Shayton isrof qiluvchi kimsalar bilan birgadir.
Alloh ta`olo dedi: "Isrof qiluvchi kimsalar Shayton bilan birgadirlar". (Isro`: 27)
Barcha narsada isrofga yo`l qo`ygan kimsadan Shayton ajramaydi.
u Shayton narsalarni o`z nomidan boshqa nomlar bilan nomlaydi.
Alloh ta`olo u haqida shunday dedi: "(Shayton): "Hoy Odam, men senga abadiylik daraxti va bitmas-tuganmas boylikni ko`rsataymi?" dedi". (To-ha: 12)
Shayton (Odam alayhissolatu vassalomning yaqinlashishi) ta`qiqlangan daraxtni "Abadiylik daraxti" deb aytdi. Aslida e`sa u daraxtning nomi boshqa e`di.
u Shaytonning Qur`oni - qo`shiq (ashula) dir.
Alloh ta`olo dedi: "Ovozing bilan o`zing hohlagan kimsani tebrantir". (Isro`: 64)
Shubhasiz, Shaytonning tovushi - qo`shiqdir. Shaytonning qurollari - cholg`u asboblaridir. Shayton ular bilan qancha-qancha odamlarga hiylalar qildi. Allohning o`zi bizga yordam bersin!
u Shayton Allohning yaratgan narsalarini o`zgartishga buyuradi.
Alloh ta`olo dedi: " Albatta, men ularga buyruq beraman va ular albatta, Allohning yaratgan narsalarini o`zgartadilar". (Niso: 119)
u Shayton chap qo`li bilan yeydi, chap qo`li bilan ichadi, chap qo`li bilan oladi va chap qo`li bilan uzatadi.
Rasululloh sollalohu alayhi va sallam dedilar: "Sizlarning biringiz o`ng qo`li bilan yesin, o`ng qo`li bilan ichsin, o`ng qo`li bilan olsin va o`ng qo`li bilan uzatsin (bersin). Chunki, Shayton chap qo`li bilan yeydi, chap qo`li bilan ichadi, chap qo`li bilan uzatadi (beradi) va chap qo`li bilan oladi". (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)
u Shayton namozlarni jamoat bilan o`qimaydigan kishilarga hokim bo`lib oladi.
Rasululloh solallohu alauhi va sallam dedilar: "Sahro yoki qishloqda bo`lgan uch kishi namozni o`rtalarida to`kis ado e`tmas e`kanlar, Shayton ularga hokim bo`lib oladi. Bas, jamoatni lozim tutinglar! Chunki, bo`ri ham chetda qo`lgan qo`yni yeydi". (Abu Dovud rivoyati, sahih hadis)