PDA

View Full Version : The Quran Miracles Encyclopedia

Shokirbek
12-07-2005, 09:15 PM
Bugun ushbu saytni ko'rib qoldim, yaxshi saytga o'xshaydi, inglizchasi, ruschasi ham bor ekan:

http://www.55a.net/firas/english/

http://www.55a.net/firas/rusi/

To'g'ri, ruschasida ba'zi xatolarga yo'l qo'yilipti.

Farangiz
12-07-2005, 09:37 PM
www.muslimuzbekistan.com (http://www.muslimuzbekistan.com) dan ham yaxshi narsalar topishingiz mumkin uzbekcha, ruscha,englischa:)

Shokirbek
12-07-2005, 11:00 PM
www.muslimuzbekistan.com (http://www.muslimuzbekistan.com) dan ham yaxshi narsalar topishingiz mumkin uzbekcha, ruscha,englischa:)

Uka, siz aytgan saytni hamma biladi, buni esa bugun ko'rdim yuqorida aytganimdek.

AbdulAziz
12-10-2005, 10:50 PM
Assalomu alaykum!

Miracles of Allah jj.
Miracles of Muhammad s.a.v.
Miracles of The Quran here

http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=islom&action=display&thread=1118075424

You may add new informations here.

Ulug'bek
12-11-2005, 04:42 AM
Assalomu alaykum!

Miracles of Allah jj.
Miracles of Muhammad s.a.v.
Miracles of The Quran here

http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=islom&action=display&thread=1118075424

You may add new informations here.

Hurmatli AbdulAziz va boshqalar,
Dinimiz hissiyotlar va yuzaki qarashlar emas, balki ilm, aql va mantiq dinidir!
Allohning yaratgan har bir maxluqi Uning qudrati va o'sha qudratning naqadar benihoya ekanligiga dalildir! Lekin faqat ko'pincha o'sha cheksiz qudrat, hikmat va rahmat namunalarini doimiy kurishimiz sababli, Ular bizga oddiy narsadek bo'lib qoladi, masalan Quyoshning naqadar ahamiyatli ekanini bilish uchun 'Bugun U nur va issiqlik sochish qobiliyatini yuqotsa nima bo'ladi?' degan savolga javob izlab ko'rish kerak.

Menimcha, Allohning qudratini ko'rish uchun okeanda kimning ko'zi yoki xayolida arabcha alifboda 'yozilgan' - 'Alloh' degan so'zga sal-pal o'xshashi mumkin yozuvga emas, ANA O'SHA OKEANNING O'ZIGA QARASH KERAK!
Shuning kabi, qaysidir qo'zichoq terisidan 'Alloh' so'zini izlash emas, balki uning o'zida Allohning qudratini ko'ra bilish kerak!
Tosh, daraxt va tikanlardan ham 'Alloh' so'zini emas, ulardagi Alloh qudrati, hikmati va rahmatini ko'ra bilish kerak!
Masjidni nega Tsunami yakka qoldirib ketganini, o'sha masjid qurilishiga ishlatilgan materiallar, qanday qurilgani va sarflangan mablag'larni o'rganishdan boshlab, keyin Uning yonidagi Tsunami olib ketgan oddiy xalq binolariga ketgan mablag' va materiallar bilan solishtirish bilan yakunlash lozim!
Bu kabi arzon 'Mujiza'lar oqibati doimo salbiydir, ayniqsa kundan kunga ilmiy saviyasi oshib borayotgan kelajak avlod uchun!
Bular faqat savodi past va o'qimishsiz qatlamgagina 'ishlash'i mumkin (agar uni umuman ishlaydi deyish islomda mumkin bo'lsa!). Chunki Men aminmanki, agar ko'plab olimlarni mablag' bilan taminlab safarbar etilsalar, dunyodagi tosh, daraxt, tikonu okeanlardan 'Shayton'u 'Lenin'u 'Stalin'u va hatto 'Gitler' yozuviga o'xshaganlarini topib berishlari mumkin, Bu dunyoda tosh, daraxtu tikondan ko'p narsa kam!
Qaysidir ilmi o'ziga yarasha kishi yoki guruhlarning 'ijod'iga qarsak chalishdan oldin, mana shular haiqda chuqur o'ylash kerak!

Bu kabi 'kashfiyot'larning yuzdan besh foizlari haqida biroz to'xtalsamda, Men ularning 95% ini xuddi mana shunday baholagan bo'lardim.

Cheksiz hurmatlar bilan Ulug'bek.

ps. Bu yozuvning bu yerdagidan qisqaroq (ancha imloviy xatoli) nusxasini saytingizda ham qoldirgandim.

AbdulAziz
12-12-2005, 07:23 AM

Assalomu alaykum Ulug'bek aka!
Gaplaringizga qo'shilaman. Allohning qudrati, uning mo'jizasi bo'lmagan narsa aslida yo'q, dunyoda. Insonning tanasidan tortib, tabiatdagi hodisalar, oddiy qumursqaning ajabtovur harakatlari ham Allohning biru borligiga dalolat beradi.

Siz aytganingizdek, juda ko'pchilikning ko'zi tashqarini ko'radi-yu, uning ichkarisiga e'tibor bermaydi. Agar mo'jiza izlab topish kerak bo'lsa, millionta bor. Lekin o'sha "ba'zilar", “aql yurgizmaydiganlar” uchun bu oddiy holatdek, yuqoridagi rasmlar esa g'ayritabiiydek ko'rinadi. Ba'zilari bundan ta'sirlanadi. O'z yo'lini topib olganlari ham bor.

Man ikki kishini bilaman. Shu mo'jizalarni ko'rib, o'zligiga qaytgan, hayot yo’lini o’zgartirgan. Mayli-da, bugun uning sirtini ko'rgan ko'zlar ertaga ichkarini ham anglab qolar, his bilan kirgan iymon aql bilan mustahkamlanar. "Yo'q, bularni umuman ko'rsatmaslik kerak!" degan fikr ham to'g'ri emas. Bunday mo'jizalar omi odamlarni o'ylatadi, fikr yurgizishga undaydi. Ajab emas, shu sabab ular ham hidoyat topsa.

Madalio'g'li
12-12-2005, 11:18 AM
"Allohga borgan yollarning soni mahluqotning nafaslari mikdorichadir."
Tanavvu' , Allohning yaratishi bilandir... Albat İslom aql dinidir lekin musulmonlar bilurki Alloh "Biror narsa (yaratish)ni iroda qilganda, Uning ishi faqatgina: "Bo'l!"- deyishdir. U (narsa) esa bo'lur (vujudga kelur)." Yosin 82 va manimcha "bo'lavergan"ning ham izohi biiznilloh mumkin bo'lsa kerek....