View Full Version : Mening Muhabbatim...
Camellia
12-09-2005, 06:27 PM
MENING MUHABBATIM
Dunyodagi eng yaxshi korgan insonim bilan rosa yiglashdik. Ha, men jonimdan ortiq sevgan insonim meni mendan-da kuchliroq sevadi, buni uning har nafasidan sezib turaman. Uning sozlari meni yangidan hayotga keltiradi. Bitta telefondagi qongirogimni qanchalik intiqlik ila kutishini, meni oylab yiglashini, meni deb hatto tunlaridan bedor qolishini tasavvur ham qila olmaysiz.
Men unga sovga qilgan arzimas narsani ham hammaga doston qiladi, uni
men berganim bilan faxrlanadi, mening har bir muvaffaqiyatlarimdan boshi
kokka yetadi.
Undagi muhabbatni soz bilan ta'riflashning iloji bormikan?
Mehr-muhabbatning bundan ortiq korinishi bormikan? Men esa uni u ardoqlagandek ardoqlay olamanmi? Nega mensiz yashay olmasligini, haftada atigi bir martagina qiladigan qongirogimni intizor kutishini nega his qilmayman?
Yoki meni oylab yegani ichiga tushmayotganligi, mudom yig`lashini nega
tushunmayman? Nega bir ogiz shirin sozimni undan qizgonaman?
Axir uning shaniga tonnalab olqish yogdirsa arziydi-ku! Yoki shundayin ishbilarmon bolib ketdimmi? Bahonani qarang: "Ishlar ko`payib ketib
telefon qila olmadim". U yoqdan javob keladi: "Otgan haftadan beri
telefonga zor termulaman. Har bir qongiroqqa ilinj ila quloq tutaman,
chorshanba kutdim, shanba kutdim... telefon ham ko‘zimga dunyodagi eng
yomon maxluqdek korinib ketdi". Va nihoyat dushanba kuni telefon qilaman:
goshakdan uning dunyoda tengsiz ovozi eshitiladi. U yiglar edi... Men
ham yigladim... Men sizni hammadan yaxshi koraman - onajon!
Mesud_Barzani
12-09-2005, 07:20 PM
keyingi paytlarda forum.uz da onasini soginlar kopayib ketibdi :) heh kindergardenlar :lol:
Camellia
12-10-2005, 10:42 AM
Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta
qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:
- O'tirsang-chi, bolam. Birpas o'tirgin.
- Bo'ldi ketdim.
- Shoshma bolam. - Onam ko'zimga odatdagidan boshqacha, qandaydir mung
bilan termildi. - Gap bor.
Tipirchilab soatga qaradim: hali benzin olish kerak, ishga borish
kerak, keyin nashriyotga o'tish...
- Nima edi?
Onam ko'zimga hamon ma'yus termilib o'tirardi.
- Suratga tushaylik, - dedi to'satdan.
Ajablandim.
- Nega?
- Yaqinda men o'laman.
Onam bu gapni xuddi: "Qo'shninikiga chiqib kelaman" degandek ohangda
aytdi. Kulib yubordim.
- Qo'ysangiz-chi, oyi.
Shunday dedim-da, chiqdim-ketdim.
Oradan ikki hafta o'tdi-yu... Kechalari uyg'onib ketaman, o'ylayman.
O'ylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga o'shanda kulding? Suratga
tushishga vaqting yo'qmidi? Kerak bo'lsa topasan-ku! Kitob uchcun,
jurnal uchun, ish ustida, bog'da, ko'chada... Nima, sen kino yulduzimisan?
Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har
yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yoq!
O'tkir Hoshimov, "Dunyoning ishlari".
Toshkent, 1982, 31-bet.
Guardian
12-10-2005, 11:13 AM
Also, related to the thread theme (http://forum.arbuz.com/showpost.php?p=275472&postcount=12). :(
Camellia
12-12-2005, 01:15 AM
Yomgir yog'ayapti. Sharshara tagidan uyga suv o'tyapti. Narvonni
topdimda, o'sha suv o'tayotgan joyni yopish uchun chiqdim. Izimdan onamning:
"Voy bolam, qo'y, o'tsa o'tsin o'sha suv, yiqililb tushasan bu yomg'irda, qaytib tush bolam, shamollab qolasan "- deb pastda narvonni ushlab
turganini ko'rdim.
"E, onajon, boring uyga kiring, yosh bolamasaman yiqilib tushib, mana
yopamanu qaytib kiraman"- dedimda o'z ishimda davom etdim. Bir payt
tashqariga kichkinam yugurib chiqdi. Yomg'ir sharillab yog'ib turibdi.
Jonim chiqib ketdi.
"Bolam, bor uyga kir, shamollab qolasan!"-deb baqirganimcha uyga
qatarib kirigizib yubordim. Ehh bolalar, ota-onasini oylamaydiyam. Ahir
ularga bir kor-hol bo'lsa biz qancha aziyat chekamiz. Ular uchun qancha
kuyinamiz. Ular uchun jonimizni berishga ham toyyormiz ota-onalar. Buni
ular tushunmaydilar. Shu hayollar bilan, ishni ham tugatdim. Narvondan
tushaman deb pastga qarasam, qattiq yog'ayotgan yomg'irdan kiyimlari ho'l bo'lib ketgan, ONAM hali ham narvonni ushlab turar edi ...
kichkinamizni tug'ilib o'sgan yurtimizga ota-onamnikiga yubordik. bir hafta yayrab kelsin deb. domda o'tiraverib pachaq bo'p qolmasin deb ko'p o'ylanardim. uni ustiga tiliyam endi chiqib kelayotganida bobosi bilan gaplashib lug'ati oshishiga ishonardim. biz bilan nimaniyam gaplashardi bola bechora. bir hafta o'tgach telefon qilgim keldi. nomerni terdim, onam oldilar.
salom-alikdan keyin birinchi gaplari: "Ha, bolangni sog'indingmi, o'g'lim" bo'ldi. shoshib qoldim gapirolmay. "O'sha bola kelmasa telefon ham qilmas ekansan da. biz ham bir qo'ng'iroq kep qolarmikan deb zor bo'lamiz orqangdan..."- deganlarida hatomni tushunim qattiq hijolat bo'ldim. haliyam boshqa tomonga gapni burdilar bo'lmasa yig'lab berishim aniq edi.
kishi uchun onaizordek yor, vatandek diyor bo'lmaydi. deganlari qanchalik to'g'ri!
Uzbekxonim
12-12-2005, 07:57 AM
Camelliaxon, shunchali odamlarni yig'latmeng....:cry: :cry:
VatanparvaR
12-12-2005, 08:04 AM
Iye, etagidan olib yoqasiga yamash ekanda :lol:
Bu gaplar mana bu erda (http://www.forum.uz/showthread.php?t=17663&page=2) yozilganku, avtorlik huquqlari qani :lol:
Yomgir yog'ayapti. Sharshara tagidan uyga suv o'tyapti. Narvonni
topdimda, o'sha suv o'tayotgan joyni yopish uchun chiqdim. Izimdan onamning:
"Voy bolam, qo'y, o'tsa o'tsin o'sha suv, yiqililb tushasan bu yomg'irda, qaytib tush bolam, shamollab qolasan "- deb pastda narvonni ushlab
turganini ko'rdim....
Amiri Turkiston
12-12-2005, 01:32 PM
ha mayli endi
copyright deb tana qilmanglar endi
mayli 1ta joyda mas 2ta joyda bulsa shu hikoya - nimasi yomon
Bekzod_usa
12-12-2005, 02:50 PM
hah man bu hikoyani uqiyotib ikki sevishgan hikoyasi deb uylabman iye ug'il bola ham bir qizni deb yig'lab yuradimi deb... deyarli umuman tushunamayotgan edim va nihoyat ohirida...ona degan suzni kurib tasirlanib ketdim...
ha biz ko'p paytlarda ota-onalarimiz qadriga yetmaymiz uzimiz ishlarimmiz bilan bulib ularni unutib quyganimizni bilmay qolamiz...
Bu hikoya uchun katta rahmat !!!
uqib xursan buldim bu bollarga onalarini hurmat qilishlarini tushunib yetishga yordam berishi mumkin....
ferdon
12-14-2005, 09:56 PM
Iye, etagidan olib yoqasiga yamash ekanda :lol:
Bu gaplar mana bu erda (http://www.forum.uz/showthread.php?t=17663&page=2) yozilganku, avtorlik huquqlari qani :lol:
onajanga bergan muhabbatimizga avtorlik huquqlari'ning keraki yoq !!
satik
12-15-2005, 02:34 AM
Yomgir yog'ayapti. Sharshara tagidan uyga suv o'tyapti. Narvonni
topdimda, o'sha suv o'tayotgan joyni yopish uchun chiqdim. Izimdan onamning:
"Voy bolam, qo'y, o'tsa o'tsin o'sha suv, yiqililb tushasan bu yomg'irda, qaytib tush bolam, shamollab qolasan "- deb pastda narvonni ushlab
turganini ko'rdim.
"E, onajon, boring uyga kiring, yosh bolamasaman yiqilib tushib, mana
yopamanu qaytib kiraman"- dedimda o'z ishimda davom etdim. Bir payt
tashqariga kichkinam yugurib chiqdi. Yomg'ir sharillab yog'ib turibdi.
Jonim chiqib ketdi.
"Bolam, bor uyga kir, shamollab qolasan!"-deb baqirganimcha uyga
qatarib kirigizib yubordim. Ehh bolalar, ota-onasini oylamaydiyam. Ahir
ularga bir kor-hol bo'lsa biz qancha aziyat chekamiz. Ular uchun qancha
kuyinamiz. Ular uchun jonimizni berishga ham toyyormiz ota-onalar. Buni
ular tushunmaydilar. Shu hayollar bilan, ishni ham tugatdim. Narvondan
tushaman deb pastga qarasam, qattiq yog'ayotgan yomg'irdan kiyimlari ho'l bo'lib ketgan, ONAM hali ham narvonni ushlab turar edi ...
sHUNI QATTADIR O'QUVDIM. HOZIR ANIQ ESIMGA KEMAYAPTI
Guardian
05-25-2007, 07:31 PM
Raised!
:)
Sayyod
05-25-2007, 07:47 PM
Фарзандга мехр эътиборни барибир тула тукис булмасада бериб туриш ва уни айриликда согинчга маглуб даражада ушламаслик керак. Чунки Худо курсатмасин келажакда юзга тушса...жуда огир булади..
rosefire
04-27-2008, 10:25 PM
Yomgir yog'ayapti. Sharshara tagidan uyga suv o'tyapti. Narvonni
topdimda, o'sha suv o'tayotgan joyni yopish uchun chiqdim. Izimdan onamning:
"Voy bolam, qo'y, o'tsa o'tsin o'sha suv, yiqililb tushasan bu yomg'irda, qaytib tush bolam, shamollab qolasan "- deb pastda narvonni ushlab
turganini ko'rdim.
"E, onajon, boring uyga kiring, yosh bolamasaman yiqilib tushib, mana
yopamanu qaytib kiraman"- dedimda o'z ishimda davom etdim. Bir payt
tashqariga kichkinam yugurib chiqdi. Yomg'ir sharillab yog'ib turibdi.
Jonim chiqib ketdi.
"Bolam, bor uyga kir, shamollab qolasan!"-deb baqirganimcha uyga
qatarib kirigizib yubordim. Ehh bolalar, ota-onasini oylamaydiyam. Ahir
ularga bir kor-hol bo'lsa biz qancha aziyat chekamiz. Ular uchun qancha
kuyinamiz. Ular uchun jonimizni berishga ham toyyormiz ota-onalar. Buni
ular tushunmaydilar. Shu hayollar bilan, ishni ham tugatdim. Narvondan
tushaman deb pastga qarasam, qattiq yog'ayotgan yomg'irdan kiyimlari ho'l bo'lib ketgan, ONAM hali ham narvonni ushlab turar edi ...
:(:(:(
rosefire
04-27-2008, 10:28 PM
MENING MUHABBATIM
Dunyodagi eng yaxshi korgan insonim bilan rosa yiglashdik. Ha, men jonimdan ortiq sevgan insonim meni mendan-da kuchliroq sevadi, buni uning har nafasidan sezib turaman. Uning sozlari meni yangidan hayotga keltiradi. Bitta telefondagi qongirogimni qanchalik intiqlik ila kutishini, meni oylab yiglashini, meni deb hatto tunlaridan bedor qolishini tasavvur ham qila olmaysiz.
Men unga sovga qilgan arzimas narsani ham hammaga doston qiladi, uni
men berganim bilan faxrlanadi, mening har bir muvaffaqiyatlarimdan boshi
kokka yetadi.
Undagi muhabbatni soz bilan ta'riflashning iloji bormikan?
Mehr-muhabbatning bundan ortiq korinishi bormikan? Men esa uni u ardoqlagandek ardoqlay olamanmi? Nega mensiz yashay olmasligini, haftada atigi bir martagina qiladigan qongirogimni intizor kutishini nega his qilmayman?
Yoki meni oylab yegani ichiga tushmayotganligi, mudom yig`lashini nega
tushunmayman? Nega bir ogiz shirin sozimni undan qizgonaman?
Axir uning shaniga tonnalab olqish yogdirsa arziydi-ku! Yoki shundayin ishbilarmon bolib ketdimmi? Bahonani qarang: "Ishlar ko`payib ketib
telefon qila olmadim". U yoqdan javob keladi: "Otgan haftadan beri
telefonga zor termulaman. Har bir qongiroqqa ilinj ila quloq tutaman,
chorshanba kutdim, shanba kutdim... telefon ham ko‘zimga dunyodagi eng
yomon maxluqdek korinib ketdi". Va nihoyat dushanba kuni telefon qilaman:
goshakdan uning dunyoda tengsiz ovozi eshitiladi. U yiglar edi... Men
ham yigladim... Men sizni hammadan yaxshi koraman - onajon!
:(:(:(:(:(:(:(:(:(:(: ......................................
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.