View Full Version : :: Otajonim - Onajonim ::
Guardian
12-18-2005, 12:22 PM
Assalomu 'alaykum aziz forumdoshlar, bilaman, forum qatnashchilarnining ko'pchilik qismi xorijda yashab, ishlab, o'qib, muhojir bo'lib va yoinki musofirchilikda yurishibdi. Ko'pimiz oilamizdan uzoqda yashab yuribmizlar, oramizda ota-onalarini diydorlarini uzoq vaqtdan beri ko'rishga mushtoq bo'lib turgan ishtirokchilarimiz ham bisyor.
Kelinglar, shu mavzu - ota-onamiz, aziz va qadrdonlarimiz, dardimizni hamma vaqt eshitadigon, bizlarni har on o'ylab yuradigon, dardimizga har on sherik bo'ladirg'on, boshimizni duo qilib turadigon qadrdonlarimizga bag'shida etsak.
Sizlardan iltimosim shuki, bu mavzuda o'z ota-onangizga bag'ishlangan tilaklaringiz, sizga manzur bo'ladigan ota-ona haqidagi nazmu-nasr, pandu nasihat yo inki musiqalarni baham ko'rsak.
Hurmat ehtirom bilan,
kamina
Guardian
12-18-2005, 12:27 PM
ONAJON
Sizning so'zingizda ajib ma'no bor,
Bag'ringizga tortar so'zingiz sehri.
Men bildim sizningsiz keng duyo ham tor,
Jo'shar qalbingizda onalik sehri.
Shoir qizim deysiz, sho'h qizim deysiz,
Onajon erkalang olam quchaman.
Issiq yuzim deysiz, yulduzim deysiz,
Yuksak parvoz tilang baland uchaman.
Orzularim ro'yob duo qilsangiz,
Doimo yo'limda bo'lgaydir madad.
Qalbimda bir istak agar bilsangiz,
Allohim asrasin sizni toabad.
Onajonim mening, oftobim mening,
Aytay boringizga ming bora shukur.
Mehribonim, mohim, tobonim mening,
Bosh egib aylayin sizga tashakkur.
(c) Nafosat Sodiqova (http://nafosat.freenet.uz/nazm/users/n_sodiqova/nsodiqova.shtml)
OTAJON
Otajon so'zingiz ajib bir hikmat,
Hech bir kitoblardan topmam qidirib.
Umr yo'lingizda yashaydi qat-qat,
Halollik ustuni turar bilinib
Yuzingiz sahnida yashirin yillar,
Mehringiz bosadi oftob taftini.
O'sha siz o'tqazgan daraxtlar bilar,
Mehnatkash qo'lingiz qodoqlarini.
Uch gulu uch lochin istiqbolini,
Tinmay duo qilib so'raysiz otam.
Kuylayin jo'r bo'lsin chalay torimni,
Sizdan nari yursin tashvish hamda g'am.
Otajon izingi ko'zga surtaman,
Dargohingiz bizga jannat misoli.
O'tinib tangriga niyat qilaman,
Onamla ko'ringiz yosh visolin.
(c) Nafosat Sodiqova (http://nafosat.freenet.uz/nazm/users/n_sodiqova/nsodiqova.shtml)
Guardian
12-19-2005, 03:09 AM
Ko'z yosh to'kma, Ona
Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?
Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.
Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.
Rauf Parfi ijodi
http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/raufparfi.htm#kap39
Asadbek akaga rahmat zahmat checkckanlariga. (vebsaytlari judaham zur)
Guardian
12-19-2005, 03:14 AM
Onani hurmat qiling
Onani hurmat qiling, ko'nglida g'am bo'lmasin,
Ko'ngliga g'ashlik tushib, ko'zlari nam bo'lmasin.
Rasvoi olam bo'lib, hijron o'tida yoqmang,
Jondan aziz boshlari, el aro xam bo'lmasin.
Onani o'zga bilib, hech qachon sir saqlamang,
Oqibat bir kun kelib, ona mulzam bo'lmasin.
Yoringizning ishqini ko'rmangiz undan baland,
Onalik mehri ketib, yorga mahram bo'lmasin.
Onani hurmat qiling, kimsa yo'q undan ulug',
Haqqiga aylang duo, bir umr kam bo'lmasin,
Doimo birga bo'luvchi, ota ham kam bo'lmasin.
:( :( :(
Sherali Jo'rayev Ijodidan.
http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/sherali2.htm#kap05
Asadbek, tashakkur sizga!
Guardian
12-19-2005, 03:19 AM
Forum arxividan ajoyib mavzu, albatta o'qing!
http://mirror.forum.uz/showthread.php?p=77223 [Ota onalarimiz haqida yozilgan sherlar tuplami ]
Guardian
12-19-2005, 09:14 AM
Ajoyib mavzu, Suratga tushaylik, o'g'lim!.. (http://www.forum.uz/showthread.php?t=17663)
:(
Ota-onamni sog'indim.
Guardian
12-19-2005, 11:21 AM
OTA QALBI :up: :up: :up: :(
Yoshlik ekan, uyga goho,
Qaytar edim bemahal,
Uxlamaskan otam ammo,
Chiqmasin deb bir shikal.
Quloq tutib har tovushga,
Yo'lga ko'zin tikarkan.
Sanab xo'roz qichqirigin,
Nuqul barmoq bukarkan.
Ota,dedim,bir kuni men,
Betoqatlik ne hojat.
Aqli noqis yosh emasman,
Etmang meni hijolat.
O'glim,dedi,otam vazmin,
Aqling raso, bilarman.
Yomonlar ko'p,ammo,o'glim,
Senga omad tilarman.
Men tark etkach bu dunyoni,
Sen bosarsan o'rnimni.
Yo'lga intiq telmurarsan,
Sen ham kutib o'glingni.
Aytganingiz keldi ota,
O'rningizga men borman.
Shukur, o'glim bugun yigit,
Men baribir bedorman.
Farzand degan dilga payvand,
Etarkan band xayoling.
Shunday ekan hayot azal,
Shunda baxtu iqboling.
Saidgaffor hoji. (c) Bibihonum
Azizlarim ijozatlaringiz bilan mana bu topikni sizlar bilan birga baham ko'rsam.Alloh subhonaka taolo qur'onda qirqdan ortiq oyatda ota-onani qadr,qimmatini bilishlik,ota-onani hurmat qilish,ota-onani hizmatini qilish,ota -onani rozi qilish to'grisida oyatlar keltirgan.Bir oyat borki qur'onda ham,injilda ham,tavrotda ham o'zgarmay kelgan.Bu oyatni ma'nosi "ota-ona rozi Alloh rozi".Kim bo'lishidan qat'iy nazar ota-onani rozi qilgandan Alloh rozi bo'ladi.Norizo qilganni Alloh ibodatiga ham,taqvosiga ham qaramaydi.Paygambarimiz Muhammad Mustafo Saliollohi Alayhi Vasallam zamonalarida nihoyatda ibodatga berilgan,saxiy,ikki marta jihotda qatnashgan AlQama degan saxoba bor edi.Bir kuni Paygambarimiz Muhammad Mustafo Saliollohi Alayhi Vasallam,Hazrati Ali,Hazrati Umar,Hazrati Bilol saxobai ikromlari bilan suhbatlashib o'tirganlarida bir ayol izn so'rab,yiglab kirib keldi.Nima voqea bo'ldi?: deb so'radilar sarvari olam. Saxoba AlQama do'stingiz ogirlashib qoldilar,nihoyatda qattiq sakrotda yotibdilar.Shuni xabarini bergani keldim dedi ayol.Paygambarimiz Muhammad Mustafo Saliollohi Alayhi Vasallam So'fi Bilolga,Hazrati Aliga borib AlQamani holidan xabar olinglar dedilar.Saxobalar kelishsa haqiqatda AlQama ogir yotardi.Bu holatni ko'rgan Hazrati Umar aytdilarki "La illoha illolloh Muhammadur Rasulolloh" degan kalima har kimning oxirgi so'zi bo'lsa u odam albatta jannatidur.Birodar La iloha illollohni ayting,tahlil ayting.AlQama hamma so'zni gapirardi-yu,La iloha illolloh Muhammadur rasulollohga tili kelmasdi.Uch,to'rt marta qaytarishsa ham aytolmadi kalimani.Yo rabbiy islomga,diniga yoshligidan kirgan,iymon e'tiqodi mustahkam bo'lgan,namozhon,po'zador,saxiy,jihotda qatnashgan insonni tili La iloh a illollohga kelmayaptiya?.So'fi Bilolga aytishdi bu voqeani Muhammad Muhammad Mustafo Saliollohi Alayhi Vasallamga etkazing deb.So'fi Bilol kelib yo rasulolloh AlQama ogir ahvolda.Boshqa so'zlarni gapirayaptiyu,la iloha illollohga tili kelmayapti deyishdi. -AlQamani-ya?.AlQamani tili kalimai shahodatga kelmayapti.Yo rasulolloh.Paygambarimizni eslariga bir narsa tushgandek AlQamani ota-onasi bormi dedilar.Otasi yoshligida o'tib ketganu,onasi hayot dedilar.Onasi qayerda?-Onasi boshqa joyda turadilar.Boring Bilol onaxon kelolsalar kelsinlar,agar kelolmasalar man o'zim borib ko'rishaman dedilar. So'fi Bilol AlQamani onasini uyiga kelib aytdilarki sizga Muhammad Rasulullohdan salom.Agar borolsangiz chaqiryaptilar borolmasangiz o'zlari keladilar dedilar.Shunda onaxon aytdilar:Jonim fido bo'lsin Muhammad Rasulollohga men hali u darajadamasman.Men o'zim boraman ul zotni dargohlariga .Onaxon kelib paygambarimizga salom berdilar.Paygambarimiz keling onahonum deb yuqoridan joy ko'rsatdilar va dedilar:O'glingiz AlQama qandog yigit.Onaxon:O'glim yahshi yigit o'zingiz mandan yahshi bilasizku yo rasulolloh.Namozhon,toat ibodatga kuchli,sersadaga,jihotda o'zingiz bilan birga qatnashgan dedilar.Paygambarimiz:Sizga qanaqa onaxon dedilar.Ha man o'glimdan norizoman.Mani ko'nglim singan o'glimdan ,man o'glimdan arazlaganman dedilar.Paygambarimiz rozi bo'ling dedilar.Onahon rozi bo'lolmayman juda qattiq dilimni ranjitgan.Etti sakkiz yoshlarida otadan qoldilar.Shu bolaga o'gay ota o'qrayib qarasa qandog chidayman deb butun yoshlik umrimni shu o'glimni deb fido qildim,yemay yedirdim.Shu bolam agar mabodo bir o'gay ota urib qolsa,qosh-qovog o'yib qolsa man bunga chiday olmasligimni bilib,umrimni shu bolamga bahshida qilgandim.Katta bo'ldi,uylantirdim.O'glimo'zgardi.Manga umuman etibori yo'qoldi.Faqat xotinini maqtaydi,xotiniga butun yahshi gaplarni gapiradi.Man bilan umuman gaplashmay qoldi.Bu narsa dilimga qattiq botdi.O'glim man bormanmi,yoqmanmi umuman
etibori bo'lmay qoldi.Man bu holatni ko'rib dilim ranjib ortiq bu uyda birga yashay olmasligimni bildimda men alohida bo'lib chiqib ketayotganimda ko'nglim uchun ham onajon qayoqqa ketayapsiz?Mani boqib katta qilgansiz xizmatiyizni qilishim kerak deyishni o'rniga o'zlari yukimni ko'tarib oborib berdilar.Man norizoman undan. -Rozi bo'lmaysizmi onajon. -Yoq.Paygambarimiz aytdilar Bilol Ali maydonga o'tin yiging,gulhan yoqing.AlQamani shu gulhanda yoqamiz,yondiramiz.Onasini norizo qilgan AlQamani bir o'tda kuyishini onasi ko'rsin.Onaxon Dedilar:kimni yoqasilar?Paygambarimiz:ALQamni,o'glingizni yoqamiz,yondiramiz hozir dedilar.onahon qalbimni mevasini yoqasilarmi?Mani yagona o'glimni yoqasilarmi?Undan ko'ra mani yoqilganim yahshi emasmi?.Bolamni yoqmanglar dedilar.Paygambarimiz aytdilar Onahon!Agar siz rozi bo'lmasaez, ikki marta jihotda qatnashgan ekanu,kechalari turib ibodat qilib,besh vaqt namoz doim o'qib yurarkan,saxoba ikrom bolgan ekan deb Alloh jannatga kirgizmaydi.Do'zaxda onasini yiglatgan,onasini norizo qilgan AlQama jahannamda yonadi.Alloh guvoh dedi ona,siz guvohsiz yo rasulolloh o'glimdan dilim biror marta ro'shnolik ko'rmagan bo'lsa ham,qiynalib to'qqiz oy qornimada ko'tarib yurganlarimga ,o'limni bo'ynimga olib tuqqanlarimga,bir parcha etligidan boqib katta qilganlarimga mingdan ming roziman bolamdn,bolam jannatda bo'lsin,bolam yoqilmasin.Man roziman bolamdan dedilar.Paygambarimiz Bilol AlQamni holidan habar oling dedilar sarvari olam.So'fi Bilol AlQama yotgan uyga kirmasdan ostonada AlQamani La iloha illolloh,Muhammadur rasullolloh deb jon berganini eshitdilar. Azizlar onalar oyogi ostida jannat.Bu so'zni Muhammad paygambarimiz aytganlar. Sarvari olam o'zlari yuvishda qatnashdilar,janozani o'zlari o'qidilar va qabrga ko'milgandan keyin aytdilar."Ya magsha'ralla ansor.Va ya magsharal muhojirin". Ey meni deb vatanni tark etib,din uchun man bilan birga madinaga hijrat qilganlar.Men bilan birga kelganlarga uyini,molini berib yordam bergan madinalik ansorlar.Biz shunday katta savob ish qilayapmiz deb ota-onangiz esingizdan chiqib qolmasin.Paygambarni orqasida ixtido qilib namoz o'qib,jihotlarda qatnashganlarni oldin qarashadi ota-onasini rozi qilganligini.Ota-onasini norizo qilgan bo'lsa ularni bu ibodatlariga Alloh nazar tashlamaydi.Yo rabbiy dunyodan o'tgan onalarimizni,otalarimizni rahmat qilgin.Hayotlarini xizmatlarini qilib,qo'limizdan kelgancha duolarini olib bu dunyo azizligida va oxirat azizligida bo'lishimizni barchamizga nasibu ro'z aylagin!!. Fozil Qori
http://www.forum.uz/showpost.php?p=145904&postcount=1
Royal
12-19-2005, 01:19 PM
Hmmmm... Daaaaa
Bir payitla Bibihonim odamni rosa ezib yozuvdi ;(
Asadbek
12-19-2005, 01:54 PM
Ona degan nom...
Deydilar, qahrli bahodirlar ham,
Janglarda jon berar chog'i mardona,
Behad azoblarga chidab, so'nggi dam,
Bitta so'z dermishlar shivirlab: Ona.
Ulug' bir donishmand olamni sharhlab,
Axiyri tanibdi tuqqan elini.
Zabon baxsh etganga ehtirom saqlab,
Ona, deb atabdi ilk bor tilini.
Dunyo shoirlari Vatan sha'niga,
Sifat axtarmishalr qator va qator.
Nihoyat, kelmishlar bitta ma'niga:
Ona Vatan deya bitmishlar ash'or.
Bisyor bo'lsa agar, bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yorug' olamda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda Ona degan nom...
Abdulla Oripov
****************
Onamga maktub
Erta-indin yelar izg'irin,
Yiqiladi bog'larga tuman.
Anglagani yashashning sirin
So'zlashaman yomg'irlar bilan.
Mastu alast, begam do'stu yor.
Toliqtirar qalbimni manim.
Shundan birdan bo'ladi oshkor
Yolg'izlardan yolg'iz ekanim.
Derazaga ho'l bag'rin bosib,
Kuzak tuni surganda xayol-
Men eng go'zal she'rimni yozib
SIZni eslab yig'lashim ayon.
Usmon Azim
*********************
Onam, sizni shivirlab aytsam
Ko'ksimda ming buloq qaynaydi.
Shivalaydi ruhimga nayson,
Dilimda bulbullar sayraydi.
Ul buloq suvlari jannatiy,
Ul qushning sayrog'i jannatiy,
Ilohiy xayollar chaqnaydi,
Shodligim siyog'i jannatiy.
Men dovul yo bo'ron emasman,
Sibizg'a misli bir sozim bor.
Men ham el qatori to'kisman,
Meningda kamim bor, ozim bor.
Men Sizni shivirlab kuylayman,
Baqiroq puch so'zga hushim yo'q.
O'zimdan adashsam daf'atan
Dilimda Vatanday qushim yo'q...
Oydin Hojieva
Manba': http://www.forum.uz/showthread.php?t=10361
Asadbek
12-19-2005, 02:10 PM
Onamni qo'msab...
Onajon, men seni juda qo'msadim,
Bag'ringga bosh qo'yib, taftingni olsam.
Olmonning yurtida o'tgan yillarim,
Barchasi haqida senga so'ylasam.
Mehringga to'ymayman - bir umr kamdir,
Yoningda bo'lmoqlik ayni dam bir baxt.
Shamollar orqali saloming yo'llar,
Hovlida bir paytlar men ekkan daraxt.
Onajon, har tongda mayin ovozing,
Kunimning xayrli o'tishin tilar.
Diydoring ko'rar kun kelishin bunda,
Germonda bir o'g'ling sog'inib kutar.
Kamina, 2004 yil, Germaniya...
Ulug'bek
12-19-2005, 02:30 PM
Onajonim Sizni Juda Sog'indim Men!
Boringizda eng baxtliga yaqindim Men,
Hatto 'Baxt Yurt' taxtlarida tag'indim Men,
Endi esa yo'l yo'qotib qoqindim Men,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!
Meni oldga yetaklagan qo'lsiz qoldim,
Endi yolg'iz odimlashdan holsiz toldim,
O'chib Quyosh, chiqmayin Oy, yo'lsiz qoldim,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!
Onajonim Egam Sizni afuv etsin!
Duom tinglab gunohingiz mahv etsin!
Biror dona gunoh qolmay o'chib ketsin!
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!
Egam Sizga jannatidan joylar bersin!
Bog' va uning atrofida soylar bersin!
Menga Sizla bo'lish uchun oylar bersin!
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!
Xizmatingiz keragicha qilolmadim,
Duongizni istagandek ololmadim,
Uzoq yillar Sizla birga bo'lolmadim,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!
Jasur hamda matonatli edingiz Siz,
Bizga doim "To'g'ri bo'ling!" dedingiz Siz,
Sizsiz ona, qolib ketdim Men dengizsiz,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!
Hayot ekan, yana olg'a yuraman Men,
Neni buzib yana nelar quraman Men,
Sizsiz ammo, doim kamdek turaman Men,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!
Ketdingizu, Menga duo qilguvchi kam,
O'g'lingizni Sizdek sira bilguvchi kam,
Sizdan keyin yuzlariga kulguvchi g'am!
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!
Sog'indim Men Sizda bo'lgan zakovatni,
Sog'indim Men so'zi shakkaru - novvotni,
Tili, dili hamisha poku- obodni,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!
Duo etgum Sizni jannatda ko'ray deb,
To'g'ri yurgum, toki jannatga kiray deb,
So'ragum Siz birla jannatda turay deb,
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!
Bilingizlar, Ona qimmat- bebahodir,
Hayotlikda hurmatin etgan dahodir,
Rizosin olganchi? Bu - yutgan bahodir!
Onajonim Sizni juda sog'indim Men!
Ulug'bek. 2005. (Kuz- Qish).
Bu bitikning aksar qismi avval ham forumga qo'yilgan bo'lsa ham, uning boshidagi 8 misra keyin yozilgandi, shu sabab, Nazm Gulshaniga ham bu qismini qo'shib qo'yaman, qarshilar bo'lsa fikrlarini bildirishar degan umiddaman.
Guardian
12-19-2005, 11:55 PM
Asadbek, Ulug'bek:
Ofarin, tasannolar!!!
:(
Guardian
12-20-2005, 02:27 AM
КАЛБИ ГУЗАЛ
Жамолингиз нур таратса кундуз шабнам
Сўзласангиз сўзингиздан атроф малxам
Kалби гўзал бандадурсиз бугунда xам
Мартабангиз бундан юксак булсин онам
Фарзанд бўлиб улугмайман номингизни
Каратмасман зинхор ерга юзингизни
Кўргим келмас кўздан оккан ёшингизни
Волидам эй онажоним мехрибоним
Багрингизда мехр кулбам
Бундан аъло манзилим йук
Манфаатли бўлинг онам
Сизда бори ўзгада йўк
Кадирдону сирдошингиз
Кўпдир бўлар ундан сероб
Ахли ичра хурматингиз
Зиё бўлсин гўё офтоб
Юлдуз Усмонова мусикаси
Бобур Омар сўзи
Yulduz Usmonova - Qalbi go'zal.MP3 (http://www.megaupload.com/jp/?d=X8YYZCHQ) [<--Hyperlink to Megaupload.Com] :up: :up: :up:
Provided by Azamatik @ UzForum
Guardian
12-20-2005, 02:50 AM
Aytolmadim Sizga Onajon (http://www.forum.uz/showthread.php?t=16737) - Forumuz arxividan, ajoyib she'rlar to'plami, va Ona haqidagi hikoyalar.
:(
Guardian
12-20-2005, 02:52 AM
Otamni sog`inib (c) (http://show.uz/index.php?m=verse&mid=26&view=682)
Otajonim sog`indim sizni ,
Shirin so`zingiz mehringizni .
Issiq qo`lingiz ,qora qoshingiz ,
Endi qaydan topaman azizim sizni.
Mehringizdan to`yib qonardim ,
Jonim fido sizga otajon .
Maslahatingizga quloq tutardim ,
O`zim, fido sizga otajon .
Qoshingizga kelib so`zlardim
qonib – qonib
Mayin yuzlaringiz silab topar edim
yuragim taskin
Sizni izlab qoldim otajon
Endi topa olmasman bo`lib
miskin –miskin .
Izlab qoldim izingizdan ,
Jonim otam suyangan tog`im otam.
Rozi bo`lin qizingizdan ,
Azizim , mehribonim otam .
Sog`indim sog`indim sizni otajon ,
Faryodim so`ndi osmonlarda.
Nola qildim ollohga ,
Joyingiz bo`lsin jannatlarda .
Javlon urib yurin bo`stonlarda
Ko`zrgan azoblaringiz bo`lsin rohat
u dunyoda .
Endi qaylardan izlay sizi otajon.
Yana qaylarda bo`zlay siz siz otajon .
Ota yo`q ! olam zimiston
Otam yo`q ! bo`ldim devona
Otam yo`q ! dunyo qorong`u
Kelsam ustimda bo`lardingiz
parvoman .
Qaylardan topay sizni otajon
Tinchim yo`qoldi sog`indim sizni
O`ylayman har on sizni otajon
Uyga kelsam sizni topolmayman
Jonim halak to`gim otajon .
Tovushingiz sog`irib qo`msayman sizni
Shirin hidingiz hidlab yostig`ingizdan
Joylaringiz ahtarib topolmay sizni
Yuragim tilka pora yo`qligingizdan .
Otajonim mehribonim sog`indim sizni
Keng mehringizni ,issiq qalbingizni
Shirin so`zingizni quvnoq kulgingiz
Ma`noli qarashingiz sog`indim.
**************
Allohning o'zi noxush kunlardan asragan bo'lsin, hammamizning ota-onamiz sog'-salomat bo'lsinlar.
Asadbek
12-20-2005, 09:09 AM
Quyidagi she'r bir go'dak, maktab o'quvchisi, student va askar yigit tilidan yozildi:
ONAga talpinib...
Bir mehring olamni to'ldirib turar,
Bag’ringdan hayotga talpinib keldim.
Bir dunyo bolalik sho’xliklarimni,
Onajon, qoshingga etaklab keldim…
Kitobni ushlatib, maktabga eltding,
Maktabdan har kuni uy tomon yeldim.
Gohida bir maqtov, gohida tanbeh,
Onajon, qarshingga yetaklab keldim…
Faxr-la, g’urur-la oq yo’l tilading,
Ilm deb eng katta shaharga keldim.
Har safar “Dunyoda sendan ulug’ zot,
Onajon, also yo’q!”, demak-la keldim...
Fashist-la kurashib, qo’ldan ayrildim,
Afg’onda oyoqning qadrini bildim.
Bir nidong doimo chorladi meni -
Onajon, huzringga emaklab keldim…
Kamina, 20.12.2005
dili@
12-20-2005, 11:59 AM
Voy muncha cheroyli Sherla.
Bularni o'qib men juda so'g'inib ketdim ota -onamni?
Shunaqa she'rlarni qattan olasizla??
~Dili@4life~
Guardian
12-21-2005, 02:15 AM
[/URL]
[URL="http://www.forum.uz/showthread.php?t=8187"]ONA (http://www.forum.uz/showthread.php?t=8187) - a decent poem!
Mubina
12-21-2005, 04:13 AM
Onamga xat
Men sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmayman,
Tunlari charog'on shunday shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...
Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling deb,
Sog'ingan o'g'lingiz -
Muhammad Yusuf.
Asadbekni webpagedan
Mubina
12-21-2005, 04:15 AM
Onamdan xat
O'g'lim, jigargo'sham, anytgin-chi, nahot,
Achinmaydi joning onang holiga.
Meni to'shaklarga mixlab qo'ydi bod,
Kelsang bir ko'rsamu… o'lsam mayliga.
Chakka o'tgan eski tomga o'xshayman,
Ko'zimdan yomg'irlar to'kilar tinmay.
Bu yorug' dunyoda bormi, bilmayman,
O'z o'g'li yo'liga intizor menday…
Hayhotdek hovlida qoldim bir o'zim,
Nima xayollarga bormasman ba’zan.
Sog'misan ishqilib, qo'rqaman, qo'zim,
Podsholar haqida she’rlar yozasan.
O'ynashib bo'larmi shohlar bilan, ayt,
Qishloqi joningga she’rdan ne huzur?
Zeriksang — bepoyon yaylovingga qayt,
Siqilsang — dashtlarda ot choptirib yur!
Faqat xayolingdan chiqargin she’rni,
(Kimgadir yoqmasmish chinmi-yolg'omni),
Axir, sen yozmasang o'sha Boburni,
Shoirning urug'i qurib qolganmi?..
O'g'lim, jigargo'sham, aytgin-chi nahot,
Achinmaydi joning onang holiga?
Meni to'shaklarga mixlab qo'ydi bod,
Kelib bir ko'tarib chiqqin hovliga.
Qo'lingda jon berib o'lsam mayliga…
Asadbek (c)
Mas'ud
12-22-2005, 01:22 AM
Onajon (bag'ishlov) Abdulla Oripov
( shu nomli she'rdan parcha)
Necha kunki yo'q oromim,
Kelolmayman hushimga.
Onojonim kechalari,
Kirib chiqar tushimga.
Qo'llarida oq yelpig'ich,
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni,
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik,
Dilda tashvish, hayajon.
"Yotar vaqting bo'ldi-ku,-der,
Kelaqol - der, bolajon"
Qaylargadir yiguraman,
Fig'onimmdan chiqar dud.
"Yig'lama"- deb qo'llarimga
Tutqazarlar so'ng tobut...
Tongda ruxsiz ko'z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim unday qilma,
Unday qilma Onajon.
Afsus o'zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag'rim ezar,
Ajraldik eb onamdan.
Axir o'zing der eding-ku,
Silab o'ksuk boshimni.
"Senga bersin butun umr,
Bersin mening yoshimni"
Bevaqt hazon bo'lmay har kim,
Yashab o'tsin dunyoda.
Onajonim har kim oshin
Oshab o'tsin dunyoda.
Tushlarimda mayli boshim
Silab turgin onajon.
Qolganlarga endi umr ,
Tilab turgin onajon.
****
U kun chetda oh chekardim,
G'ussalarning dastidan.
sen otamga pul beribsan,
Yostig'ingning ostidan.
aytibsanki: Onasizlik,
Kelmasin hech o'yiga.
sarf qilingiz menga emas,
Abdullaning to'yiga.
O, o'glingga sen shafqatni
Bilaring-ku oyijon.
Undan ko'ra bag'rim o'ysang,
Bo'lardi-ku, oyijon.
Zarragina rahm etgali,
sabring menga yo'qmidi?
Onajonim bundan o'zga
jabring menga yo'qmidi?
Yo'qmidi hech o'zga gaping,
Nola qilib so'ylasang?
Nahot axir so'nggi dam ham,
Farzandingni o'ylasang.
Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim bir kunini
O'tkazar-ku tiriklar.
Unutilar g'ussalar ham,
Orzularing tutar bo'y.
Balki bir kun aytganingdek
Onajonim, bo'lar to'y.
Balki sening qabring uzra,
Ko'karganda gul chechak.
Ostonamga qadam qo'yar
Sen istagan kelinchak.
Kimdir uning yo'llariga,
Balki gullar sochadi.
Balki Munis opajonim,
Kel deb quchoq ochadi.
Balki do'stlar davrasida,
Kamim bo'lmas hech qachon.
Lekin seni o'sha damda ,
qaydan topay onajon...
P.S. Bu she'r qaysidir ma'noda offtop bo'lsa, forumdoshlardan uzr so'rayman
hurmat ila...
Madalio'g'li
12-22-2005, 11:36 AM
barakalla(!)
Guardian
12-22-2005, 01:37 PM
Xayr Onajonim - mp3 music (http://show.uz/music/sanaev/%F5%E0%E9%F0%20%EE%ED%E0%E6%EE%ED.mp3) (direct link)
Anvar Sanayev juda dardli qilib aytgan.
Guardian
12-22-2005, 02:08 PM
Ota onamizni rozi qilaylik, quyidagi linkda ajoyib bir amri-ma'ruf, nasihatli so'zlarga boy mp3 faylni joylashtirdim, vaqtlaringiz bo'lsa albatta olib eshitingiz, huzuri jon.
http://www.megaupload.com/?d=G0J4YHPF
(http://www.megaupload.com/?d=G0J4YHPF)
Fayl hajmi 14.37 MB. Bu faylni bir oycha oldin qayerdandir ko'chirib olganman, esimda yuq, shu uchun (c)chilar eslatmaganimdan hafa bo'lmaydilar degan umiddaman. ;)
Asadbek
12-23-2005, 04:16 PM
Mavzuni davom ettiramiz.
"Bomba" va "Kelinlar qo'zg'oloni" filmlaridan bitta audio-file tayyorlayotgandim.
Birinchi ko'rinishini e'tiborlaringizga havola etsam:
Asadbek studiyasi - Yashasin Onajonimiz (xotinlarimiz ham).mp3 (http://www.htwm.de/truziboy/forum/Asadbek studiyasi - Yashasin onajonimiz.mp3) ;)
PS: Bu 6001-nomerli postim ekan, shunga munosib sovg'a bo'lsin degandim ;)
Guardian
12-25-2005, 06:52 AM
Father and Son (song by Yusuf Islam a.k.a. Cat Stevens)
It's not time to make a change
Just relax, take it easy
You're still young, that's your fault
There's so much you have to know
Find a girl, settle down
If you want, you can marry
Look at me, I am old
But I'm happy
I was once like you are now
And I know that it's not easy
To be calm when you've found
Something going on
But take your time, think a lot
Well think of everything you've got
For you will still be here tomorrow
But your dreams may not
How can I try to explain
When I do he turns away again
It's always been the same
Same old story;
From the moment I could talk
I was ordered to listen
Now there's a way and I know
That I have to go away
I know I have to go
It's not time to make a change
Just sit down and take it slowly
You're still young that's your fault
There's so much you have to go through (desisions)
Find a girl, settle down
If you want, you can marry
Look at me, I am old
But I'm happy
All the times that I've cried
Keeping all the things I knew inside
It's hard, but it's harder
To ignore it
If they were right I'd agree
But it's them they know, not me
Now there's a way and I know
That i have to go away
I know I have to go
:up: :)
Mas'ud
12-27-2005, 05:04 AM
Muhammad Yusufdan...
Ota
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.
Ota desam, bag'ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo'ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor.
Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o'zingsan eng muqaddasim,
Bag'ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.
Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor...
Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O'lgunimcha endi undan ayrilmasman -
O'z otamdek bo'lib qolgan imonim bor.
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o'rmonim bor,
Qizg'aldoqlar bosh egib qon yig'lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.
Guardian
01-01-2006, 07:31 AM
"Padarjonam"
Tui khurshedi umri man, padarjon,
Tui tu nuri mohi man, padarjon.
Shukufon ast gulistoni hayotam,
Z-tu zebost in gulshan, padarjon.
Tui khurshedi tobonam,
Tui mohi durakhshonam.
Shabu ruzam bo tu purnur,
Padarjonam, padarjonam.
Baroyam munisu ghamkhora hasti,
Payi har mushkilotam chora hasti.
Halimu, mehrubonu, narmu, ammo,
Baroi hifzi man chun khora hasti.
Padar, ey qiblagohi bebehoyam,
Padar, ey nuri subhi besafoyam.
Shukufon ast gulistoni hayotam,
Z-tu zebost in gulshan, padarjon.
Listen to mp3 Music (http://mp3.music.lib.ru/mp3/v/vatanweb/vatanweb-dilnoza_padarchon-2.mp3) of the song.
Asadbek
01-29-2006, 08:15 AM
Quyidagi qo'shiqni hozir "O'zbekiston" radiosida eshitdim... Ajoyib qo'shiq-da.
Kimdadir shu qo'shiqning to'liq varianti bormi? (boshidan yozib olishga ulgurmadim...)
Onajonim mehribon.mp3
http://rapidshare.de/files/12094792/Radio_-_Onajonim_mehribon.mp3.html
Xushkayfiyatlik tilab
kamina
dili@
01-29-2006, 10:16 AM
OTA QALBI :up: :up: :up: :(
Yoshlik ekan, uyga goho,
Qaytar edim bemahal,
Uxlamaskan otam ammo,
Chiqmasin deb bir shikal.
Quloq tutib har tovushga,
Yo'lga ko'zin tikarkan.
Sanab xo'roz qichqirigin,
Nuqul barmoq bukarkan.
Ota,dedim,bir kuni men,
Betoqatlik ne hojat.
Aqli noqis yosh emasman,
Etmang meni hijolat.
O'glim,dedi,otam vazmin,
Aqling raso, bilarman.
Yomonlar ko'p,ammo,o'glim,
Senga omad tilarman.
Men tark etkach bu dunyoni,
Sen bosarsan o'rnimni.
Yo'lga intiq telmurarsan,
Sen ham kutib o'glingni.
Aytganingiz keldi ota,
O'rningizga men borman.
Shukur, o'glim bugun yigit,
Men baribir bedorman.
Farzand degan dilga payvand,
Etarkan band xayoling.
Shunday ekan hayot azal,
Shunda baxtu iqboling.
Saidgaffor hoji. (c) Bibihonum
http://www.forum.uz/showpost.php?p=145904&postcount=1
oh te buni kim yozgan???????
kim yo'zgan bo'lsada buni bir kunda yo'zmagan. buni uch kun yo'zgan bo'lsa kerak. lekin yo'zgan odamiga qo'yil, vaqtini o'lib, ota onasini to'g'risida yo'zganiga. bravo.
AbdulAziz
01-31-2006, 06:25 AM
Qo'shiq aytsam shodligidan bag'riga bosib,
Har xil kiyim, do'ppi tikar, menga munosib.
Uyqum kelsa alla aytib turar boshimda,
Yurganimda hamroh bo'lib yurar qoshimda...
• Jajji qizaloq - Onajonim.mp3 (http://ziyo.fromru.com/Azimaxon_onajon.mp3) (1:04 minut, 0,98 Mb)
Guardian
02-04-2006, 05:08 AM
ОНА (монолог)
Бу ёлгончи дунёда инсонни икки донагина чин дусти булар экан. Биттаси Аллох, иккинчиси уша сизу бизни ёруг дунёга келтирган оналаримиз.
Аллох бизнинг рухимизга парвона булади. Оналаримиз-чи? Оналаримиз хали тугилмасимиздан то узлари кабрга кетгунларига кадар бошимизда парвона буладилар.
Илохим утганларини Аллох уз рахматига олсин. Тирикларини умрларини зиёда килсин. Яхши кунларда, туйларда кулларини дуога очиб турганларини куриш куп йиллар насиб этсин. Окибат деган гап бор дунёда. Лекин окибат билан окибатни хам фарки булар экан. Она фарзандига беминнат окибат килар экан. Фарзандим мендан кейин колсин, униб уссин деб окибат килар экан. Лекин фарзандни окибати омонат окибат булар екан. Миннатли окибат булар экан. Бугун бор, эртага кураманми ё йукми, кел, энди икки огиз яхши гапимни аямай деб окибат киларканмиз. Бугун келиб, эртага кетгувчи мехмонга килгандек окибат киларканмиз.
Агар сузларимдан кунглингиз ранжиган булса, шу сузларимнинг исботини бориб кабристондан куринг. Хаттоки уша кабр тошларига хам жимжимадор килиб миннат билан ёзиб куйилибди: “Азиз фарзандларингиздан эсдалик(!)” Каранг, хаттоки шу кабр тошини хам миннат билаб куярканмиз. Уни биз куйдик деб куярканмиз: “Азиз фарзандларингиздан эсдалик(!)” Дунёни ёлгонлигини, дунёни омонатлигини, дунёни бор йуги беш кунликлигини исботлаб кетган инсонга сиз билан мени эсдалигимни нима кераги бор? “Азиз фарзандларингиздан эсдалик(!)”
Гохида шу чин дустимизнинг хам кадрига етамиз, гохида йук. Гохида ярим тунда уйимизга келамиз. Дарвозани астагина очиб, хеч кимга билдирмай кириб кетамиз деймиз. Лекин бизни кутиб утирган бедор онаизор келганимизни кадам товушларимиздан эмас, калби оркали сезадилар. Бир огизгина, бор йуги бир огизгина суз айтадилар: “Болам, келдингми?” Гохида мана шу бир огизгина суз хам бизга огир ботиб кетади. “Ха, онажон, келдим. Ёш боламасман-ку(!) Ухлурсез бумийдими”, - деймиз.
Эй, азизлар, уша онаизор мангуга ухлаб колганларидан кейин она ётган уша гарибгина кулбанинг гарибгина деразаси тагидан минг марта у ёкка утинг, минг марта бу ёкка утинг, тунда утинг, тонгда утинг, уша нидо эшитилмас экан: “Болам, келдингми?”
Ховлимизни тулдириб туйлар киламиз, казо-казоларни чакирамиз, олдига боримизни аямай тукиб соламиз. Лекин иккала кузимиз, иккала кулогимиз, вужудимиз, борли[g']имиз уша деразага тикилган булади. Уша таниш чехра куринармикин, уш нидо кайта эшитилармикин?: “Болам, келдингми?”
Такдир таказоси билан йиллар утиб, яна уша дарвоза олдига ярим тунда келамиз. Берк дарвоза олдида тухтаб коламиз. Сабаби эса оддийгина. Уша топганимизни кулига кушкуллаб топширганимиз фарзандларимиз ха. Жонимизда ортик курган севган ёрларимиз хам бизни ярим тунга кадар, тонгга кадар кутиб утиришга токатлари етмай, ухлаб колар экан. Ана ушанда калбимиз уйгониб колади, ана ушанда виждонимиз уйгониб колади. Ана ушанда куллари кадок мехрибонимизни согиниб-согиниб кетамиз…
Кузимда ёш, калбимда тобут,
Зиркирайди танам узра жон.
Она, узок кутдирмайман, кут
Машхаргача хайр онажон.
Азобимга елкангни тутдинг,
Дардларингга топмадим имкон.
Мени уйлаб узни унутдинг,
Машхаргача хайр, онажон.
Сен йук, каро булди осмоним,
Кунглим вайрон , юрагим вайрон.
Куксимдаги буюк армоним,
Машхаргача хайр онажон.
ОНАЖОНИМ КЕЛМАДИНГИЗ
Дардларим дилим куйдирар,
Улфатим кунглим тулдирар,
Ганимим кунда улдирар,
Онажоним келмадингиз.
Туй булди душманим келди,
Суймаган суйганим келди,
Согиниб йиглагим келди,
Онажоним келмадингиз.
Тополмадим сихдек сирдош,
Дунё экан куп багритош,
Дийдорталаб кузимда ёш,
Оназжоним келмадингиз.
Рухсорлари ойим онам,
Армонларга бойим онам,
Согингандур дебон болам,
Онажоним келмадингиз.
Сизсиз кошоналар вайрон,
Юрагим санчар беомон,
Согиндим куп бугун ёмон,
Онажоним келмадингиз.
Кабрингизга бошин куйиб,
Тохир йиглар багрин уйиб,
Бир эркалай десам суйиб,
Онажоним келмадингиз
Guardian
02-11-2006, 05:57 AM
Onajon - Shahzod
Eshitish (http://alain.debord.club.fr/khan_tengri/Onajon.mp3)
Onajon bugun yuzinga yoqsin nur shajin
Umringni bagishlagansan fakat men uchun
Hohlasam hatto korongu kunlar,uhlamay buldin menga parvona
Utsa ham bolaligim, bedorsan yana
Onajon sen borsan yoruq jahon
sen uchun ochilgay boglaru buston
Onajon bosgan izlarin jannat dardingni, olsam deyman onajon.(2 marta)
Mehringni joylab bildim men aytgan har suzin farishtalardan bulgaysan davlatim uzin ,gar ketsam uzoq safarlarga men, ochasan kulingni duolarga,kaytsam sevinchdan tulib kuzi yoshlarga
Onajon sen borsan yoruq jahon sen uchun ochulgay boglaru buston,Onajon bosgan izlarin jannat, dardingni olsam deyman onajon
Gar ketsam uzoq safarlarga men ,ochasan kulingni duolarga,kaytsam sevinchdan tulib kuzi yoshlarga
Onajon sen borsan yoruq jahon sen uchun ochilgay boglaru buston Onajon bosgan izlarin jannat dardingni olsam deyman onajon.Ouo Ouo Ouo Ouo Ouo ouo Dardingni olsam deyman onajon.
------------
Yulduz Usmonova - Ona
Eshitish (http://alain.debord.club.fr/khan_tengri/Ona.mp3)
Dunyoda eng toza so'zni qidirib
Onamning dardiga shifo so'radim
Yuzimdan ko'zimning yoshin sidirib
Onamning dardiga shifo so'radim
Tiz cho'kdim eng avval yolg'iz Hudoga
Dard bergan qodirdir O'zi davoga
Yolbordim yana Momo Havoga
Onamning dardiga shifo so'radim
Onajon, onajon, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajon, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Tangriga yaqinsiz oyu yulduzlar
Har bemor erta tong quyoshni izlar
Bo'g'zimda qabardi nolayu bo'zlar
Onamning dardiga shifo so'radim
Bulbullar bir nafas gulni unuting
Dunyoda bor gulni Tangriga tuting
Bizdaylarga jo'r bo'ling, dodiga yeting
Onamning dardiga shifo so'radim
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajon, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Chimp
02-11-2006, 09:10 PM
Onajon - Shahzod
Eshitish (http://alain.debord.club.fr/khan_tengri/Onajon.mp3)
Onajon bugun yuzinga yoqsin nur shajin
Umringni bagishlagansan fakat men uchun
Hohlasam hatto korongu kunlar,uhlamay buldin menga parvona
Utsa ham bolaligim, bedorsan yana
Onajon sen borsan yoruq jahon
sen uchun ochilgay boglaru buston
Onajon bosgan izlarin jannat dardingni, olsam deyman onajon.(2 marta)
Mehringni joylab bildim men aytgan har suzin farishtalardan bulgaysan davlatim uzin ,gar ketsam uzoq safarlarga men, ochasan kulingni duolarga,kaytsam sevinchdan tulib kuzi yoshlarga
Onajon sen borsan yoruq jahon sen uchun ochulgay boglaru buston,Onajon bosgan izlarin jannat, dardingni olsam deyman onajon
Gar ketsam uzoq safarlarga men ,ochasan kulingni duolarga,kaytsam sevinchdan tulib kuzi yoshlarga
Onajon sen borsan yoruq jahon sen uchun ochilgay boglaru buston Onajon bosgan izlarin jannat dardingni olsam deyman onajon.Ouo Ouo Ouo Ouo Ouo ouo Dardingni olsam deyman onajon.
------------
Yulduz Usmonova - Ona
Eshitish (http://alain.debord.club.fr/khan_tengri/Ona.mp3)
Dunyoda eng toza so'zni qidirib
Onamning dardiga shifo so'radim
Yuzimdan ko'zimning yoshin sidirib
Onamning dardiga shifo so'radim
Tiz cho'kdim eng avval yolg'iz Hudoga
Dard bergan qodirdir O'zi davoga
Yolbordim yana Momo Havoga
Onamning dardiga shifo so'radim
Onajon, onajon, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajon, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Tangriga yaqinsiz oyu yulduzlar
Har bemor erta tong quyoshni izlar
Bo'g'zimda qabardi nolayu bo'zlar
Onamning dardiga shifo so'radim
Bulbullar bir nafas gulni unuting
Dunyoda bor gulni Tangriga tuting
Bizdaylarga jo'r bo'ling, dodiga yeting
Onamning dardiga shifo so'radim
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajon, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Avvalam bor, shu threadni ochgan insonga kotta rhmat. Umringiz uzoq bulsin.
Guardian, do u have a better quality of Yulduz's- ONA song?
Thanks in advance.8)
infolife
02-12-2006, 05:14 AM
Onajonim - shu birgina so'z butun vujudimni qamrab olgan sog'inch hissini ostin-ustun qilib yubordi. Onajon, sizni shu qadar sog'inibmanki, hammaga bo'lgan sog'inchdan ustun, bir soniya mehr to'la ko'zlaringizga tikilish va farishtalarday nurli yuzingizga boqib duolarga to'la so'zlaringizni eshitmoq uchun bag'ringizga uchib borsam.
Nechun, nechun Allohim sizga dard berdi? Tunu kun ota-onam tan-jonini sog' bo'lsin deb haqlaringizga qilgan duolarim qaylarga ketdi? Meni hasratimda shuncha kuyganingiz yetmaganday endi yana dardingizga dard qo'shilibdi. Hizmatingizda bo'lolmadim, boshqa qizlaringiz qatori, sizni hursand aylamoq uchun erishaman degan maqsadlarimni deb balkim sizni oldingizdagi burchlarimni unutib qoydim...........
Alloh o'zing sabr ber! Salomatchilikda diydorlashish nasib etsin!
Alish1980
02-14-2006, 09:28 PM
Ассалому алайкум хурматли форум катнашчилари. исмим Алишер. мани битта илтимосим бор. Илхом Фармоновнинг Она хакида айтган охирги иккита кушигини иложи булса мейлимга юборинг. aamonov@gmail.com
Guardian
02-17-2006, 11:29 AM
Chimp: I couldn't find the requested mp3 in better quality. However, promise to let you know while I see one.
While surfing net, came accross this poem, impressive.
MOTHER
By Author Unknown
I appreciate the many prayers
you've whispered during
the worst moments in my life,
and the many hopes for my success
in all that I dreamed of.
I appreciate the kind wishes
that would make me so happy and fulfilled,
and the gentle words of encouragement
that were meant to strengthen my quests.
I appreciate the moments of sorrow
you experienced during my failures,
and the little gestures of kindness
that always made me feel better.
I appreciate your acceptance,
your ability to understand,
and the sincere friendship
that always gave me such security.
I appreciate the wisdom
of all the lessons you taught,
and the meaning behind the words
"unconditional love."
I appreciate all you've done -
every word and gesture.
I know you've been the best there is -
a mother beyond all compare.
For all you've done...
thank you, Mom.
For all that you are...
I love you.
Guardian
02-22-2006, 02:31 AM
OTA (Muhammad Yusuf)
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.
Ota desam, bag'ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo'ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor.
Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o'zingsan eng muqaddasim,
Bag'ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.
Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor...
Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O'lgunimcha endi undan ayrilmasman -
O'z otamdek bo'lib qolgan imonim bor.
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o'rmonim bor,
Qizg'aldoqlar bosh egib qon yig'lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.
Guardian
05-04-2006, 09:35 AM
ONAJON
Baxtimni o`ylab tunu-kun,
Halovat bilmasdan bir zum,
O`zimdan o`rgilib har on
Yashaysiz aziz, onajon.
Mehrdan yaralganmi ko`zlaringiz,
Jonimga jondir shirin so`zlaringiz,
Ko`zimga suray bosgan izlaringiz,
Onajonim, onajon.
Onajonim, onajonginam,
Ko`zlaringiz nechun bo`ldi nam,
Bolajonim deb qayg`urasiz,
Ulg`ayib qolgan bo`lsam ham.
Baland-past hayot yo`lida,
Qoqilsam tutib qo`limdan,
Men uchun ming bora imkon
Izlaysiz aziz, onajonim.
Bir zum yosh bola bo`lib qoilsam deyman,
Sizga erka sho`xliklar qilsam deyman,
Aslida sizga dunyoni bersam kam.
Onajonim, onajon.
Onajonim, onajonginam,
Ko`zlaringiz nechun bo`ldi nam,
Bolajonim deb qayg`urasiz,
Ulg`ayib qolgan bo`lsam ham.
http://www.freewebs.com/xorazmoglonibahodir/sheriyatsahifasi.htm
Royal
05-04-2006, 10:54 AM
Guardian
Nima boldi shu Bibi anchadan beri korinmiyapti desam, Sizga yuqqanmidi uni yozishlari deymande a?
sekin sekin qatrama-qatra, qatorma-qator otmas pichoq bilan kesishku bu a?
ja unchalikmasde endi...undan korasi qizziq qizziq hajviyaladan bosin - hayot hursandchiligi uchun...
BIBIHONUM
05-04-2006, 01:48 PM
Davlating ham ishongan bog’ing,
Bo’lsa agar suyangan tog’ing.
Bilasan ham, bu bu baxtli chog’ing,
Ota-onang o’tgandan keyin.
Keng dunyo ham goho tor bo’lar,
Ko’ngli sog’inchlarga zor bo’lar.
Orzu emas- armon yor bo’lar
Ota-onang o’tgandan keyin.
Qalbing g’amga berilib qolar,
Do’st-dushmaning terilib qolar.
Osmon boshing egilib qolar,
Ota-onang o’tgandan keyin.
Topolmaysan dardingga malham,
Uy to’rida faqat ular kam.
Kiprigingni tark etmaydi nam,
Ota-onang o’tgandan keyin..
Yo’qotganda qadrin bilasan,
Bilasan-u, afsus qilasan…
Yurgan yo’lda o’ylab yurasan,
Ota-onang o’tgandan keyin.
Ko’ngli yarim bo’lib yashaysan,
Mehrga zor to’lib yashaysan.
Kuz yaproqday so’lib yashaysan,
Ota-onang o’tgandan keyin…
Hayotda qanoting butun, bag’ring butun, qachonki ota-onangni bag’rida bo’lganingda.
Ey vohh ! Butun hayotni tashvishlari-yu,hiyonatlari-yu, g’alvasi yelkangga ag’darilib tushar ekan, qachonki ota-onang o’tgandan keyin !
http://beta.yousendit.com/transfer.php?action=download&ufid=75A366451BB8CBA1
Royal
05-04-2006, 02:51 PM
Davlating ham ishongan bog’ing,
Maydalamasdan yahlit tashen, odam oqigandek bosindeeee...
Guardian
05-09-2006, 08:22 PM
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.
Tongda turib uxlamagan oromidan nola qilar,
Duolarda ne so'rashin faqat o'zi, Tangri bilar.
Ko'zlar mungli, titroq qo'llar yostig'ini asta silar,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.
O'nta bo'lsa o'rni boshqa, o'xshatolmas donasiga,
Dasturxonda nonga emas, termular ostonasiga,
Tanho qolar suhbatlarda yo'latmay g'amxonasiga
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.
Mexrin berib bir qismini olib qo'yar bolasiga,
Unutmaydi oq tushsa ham sochlarining orasiga,
Xijronlari parda solar ko'zlarining qorasiga,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.
Handon otib kulsa biling, yashiradi armonlarin,
Xo'rsinganda bulut qoplar bizga yorug' osmonlarin,
Uyalgandan yig'lar ajal, ko'rmayin deb bu onlarin,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.
Yo'q achinmang, yig'lab tursa, to'y qilsangiz mehmon bo'lib,
Qo'yib bering yig'lab olsin to'yib-to'yib, ko'ngli to'lib.
Yillar demang oily hakim, qolmadiku mexri o'lib,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona.
She'rim yozib tirnab qo'ydim Ona qalbin, qildim gunoh,
Ona bo'zlab tursa yonda axir qaydan topay panoh?
Farzand dog'in ona uchun azob qilib berma Olloh,
Bolasining orqasidan qolmasin Ona!
Alisher BEK (http://nafosat.freenet.uz/pers/alisher.shtml)
28 Mart, 2006 yil
Hamitovich
05-11-2006, 01:04 AM
Muhammad Yusufning mana shu so'zlari...:(
Onamga
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo'qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam!..:?
Bobonurod Hamdamovning"Sog'indim" deb nomlangan qushigi bor eshitsam, bir hayolda uyga borib kelaman yig'lab:(
ONA
Sho`xliklarim tashna qilar qoningizga,
Ona sizni tushunolmay hayronman.
Ayting tegib ketmadimmi joningizga,
Bolam yaxshi demang meni, yomonman.
G `ammas sizni ado qilgan zahar tilim,
Tikandayin yopishgan bir dardman, yelim.
Tuz sepaman yarangizga tilim-tilim,
CHayon-chayon Emas ona, chayonman.
Quvonasiz, quvonganim ko`rganda,
Sochlarimni goh maydalab o`rganda.
Goh jahldan tushib, insof kirganda,
Bag`ringizdan chiqqan bo`g`ma ilonman.
Nomimni hyech tilingizdan qo`ymaysiz,
Kecha-kunduz tinmay meni o`ylaysiz.
Men berahm, bag`ritosh deb kuymang siz,
Qadringizni bilmagan bir nodonman.
Dersiz bolam Elga xizmat qiladi,
U shoira uni hamma biladi.
Bir dardim bor sizga aytgim keladi,
Hammaga yer, yolg`iz sizga osmonman.
O`jarligim tashna qilgan qoningizga,
Ona, sizni tushunolmay hayronman.
Axir tegib kyetmadimmi joningizga,
Bolam yaxshi dyemang ona, yomonman. Shahodat Arhonova
Nevidimka
06-07-2006, 06:31 PM
Otamni sog`inib (c) (http://show.uz/index.php?m=verse&mid=26&view=682)
Otajonim sog`indim sizni ,
Shirin so`zingiz mehringizni .
Issiq qo`lingiz ,qora qoshingiz ,
Endi qaydan topaman azizim sizni.
Mehringizdan to`yib qonardim ,
Jonim fido sizga otajon .
Maslahatingizga quloq tutardim ,
O`zim, fido sizga otajon .
Qoshingizga kelib so`zlardim
qonib – qonib
Mayin yuzlaringiz silab topar edim
yuragim taskin
Sizni izlab qoldim otajon
Endi topa olmasman bo`lib
miskin –miskin .
Izlab qoldim izingizdan ,
Jonim otam suyangan tog`im otam.
Rozi bo`lin qizingizdan ,
Azizim , mehribonim otam .
Sog`indim sog`indim sizni otajon ,
Faryodim so`ndi osmonlarda.
Nola qildim ollohga ,
Joyingiz bo`lsin jannatlarda .
Javlon urib yurin bo`stonlarda
Ko`zrgan azoblaringiz bo`lsin rohat
u dunyoda .
Endi qaylardan izlay sizi otajon.
Yana qaylarda bo`zlay siz siz otajon .
Ota yo`q ! olam zimiston
Otam yo`q ! bo`ldim devona
Otam yo`q ! dunyo qorong`u
Kelsam ustimda bo`lardingiz
parvoman .
Qaylardan topay sizni otajon
Tinchim yo`qoldi sog`indim sizni
O`ylayman har on sizni otajon
Uyga kelsam sizni topolmayman
Jonim halak to`gim otajon .
Tovushingiz sog`irib qo`msayman sizni
Shirin hidingiz hidlab yostig`ingizdan
Joylaringiz ahtarib topolmay sizni
Yuragim tilka pora yo`qligingizdan .
Otajonim mehribonim sog`indim sizni
Keng mehringizni ,issiq qalbingizni
Shirin so`zingizni quvnoq kulgingiz
Ma`noli qarashingiz sog`indim.
**************
Allohning o'zi noxush kunlardan asragan bo'lsin, hammamizning ota-onamiz sog'-salomat bo'lsinlar.
:oops: :rolleyes: Juda judaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa qattiq sizlarni sogindim Otajonim Onajonimni!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Nega mandan yiroqsizlar jon qardoshlarim??????
Malika
06-08-2006, 05:25 AM
Onamga maktub
Erta-indin yelar izg'irin,
Yiqiladi bog'larga tuman.
Anglagani yashashning sirin
So'zlashaman yomg'irlar bilan.
Mastu alast, begam do'stu yor.
Toliqtirar qalbimni manim.
Shundan birdan bo'ladi oshkor
Yolg'izlardan yolg'iz ekanim.
Derazaga ho'l bag'rin bosib,
Kuzak tuni surganda xayol-
Men eng go'zal she'rimni yozib
SIZni eslab yig'lashim ayon.
Usmon Azim
Otamga Maktub
Men bulutni oq deb yuribman,
YUragingiz buncha oq, ota?
Toshkentlarda o'ynab yuribman,
Dunyo menga o'yingoh, ota.
"Kayfiyating qanday" deysizmi?
Doingidek ko'nglim chog', ota.
Ko'zmunchoqlar bermasin onam,
Xudo menga ko'zmunchoq, ota.
Duolaring asraydi meni,
Ko'nglim- mangu yashil bog', ota.
Yolg'onlarga o'rgatmagansiz,
Haqni izlab dilim dog', ota.
Rostni aytib qo'ydim, baribir,
Yuragimda ming yamoq, ota.
Qaytgim kelar qishloqa butkul,
Buncha og'ir yashamoq, ota?
Artolsaydim etigingizni,
Yer qattig'u ko'k yiroq, ota.
O'pib yashar oyog'ingizni,
Tuproq mendan baxtliroq, ota.
Qaytgim kelar qishloqqa gohi.
Guljamol Asqarova
Nilufarxon
06-09-2006, 05:10 AM
Onamni qo'msab...
Onajon, men seni juda qo'msadim,
Bag'ringga bosh qo'yib, taftingni olsam.
Olmonning yurtida o'tgan yillarim,
Barchasi haqida senga so'ylasam.
Mehringga to'ymayman - bir umr kamdir,
Yoningda bo'lmoqlik ayni dam bir baxt.
Shamollar orqali saloming yo'llar,
Hovlida bir paytlar men ekkan daraxt.
Onajon, har tongda mayin ovozing,
Kunimning xayrli o'tishin tilar.
Diydoring ko'rar kun kelishin bunda,
Germonda bir o'g'ling sog'inib kutar.
Kamina, 2004 yil, Germaniya...
Asadbek, onangiz bilan qanchalar faxrlansangiz arziydi.Ularni qanchalik sog'inganingiz she'ringizdan ham bilinib turibdi. Onangiz bilan tushgan suratingiz yo'qmi?
Guardian
07-26-2006, 07:45 AM
Father And Son (http://www.bigsos-matrix.persiangig.com/audio/CAT_STEVENS_FATHER_AND_SON_.MP3)
(Father)
It's not time to make a change
Just relax, take it easy
You're still young, that's your fault
There's so much you have to know
Find a girl, settle down
If you want you can marry
Look at me, I am old, but I'm happy
I was once like you are now, and I know that it's not easy
To be calm when you've found something going on
But take your time, think a lot
Why, think of everything you've got
For you will still be here tomorrow, but your dreams may not
(Son )
How can I try to explain, when I do he turns away again
It's always been the same, same old story
From the moment I could talk I was ordered to listen
Now there's a way and I know that I have to go away
I know I have to go
(Father)
It's not time to make a change
Just sit down, take it slowly
You're still young, that's your fault
There's so much you have to go through
Find a girl, settle down
if you want you can marry
Look at me, I am old, but I'm happy.
on-- Away Away Away, I know I have to
Make this decision alone - no
(Son )
All the times that I cried, keeping all the things I knew inside
It's hard, but it's harder to ignore it
If they were right, I'd agree, but it's them They know not me
Now there's a way and I know that I have to go away
I know I have to go
(Father-- Stay Stay Stay, Why must you go and
make this decision alone?)
Guardian
10-03-2006, 09:13 AM
Hozir imaylimdan oldim.
Onaizor
> >
> > Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
> > Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
> > Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham -
> > Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
> >
> > Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
> > Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
> > Jonsiz tanim ustida ham parvona -
> > Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
> >
> > Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
> > Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
> > Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo -
> > Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
> >
> > Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
> > Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
> > Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
> > Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
> >
> > Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
> > Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
> > Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham -
> > Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
Yusuf Muhammad (c)
Guardian
11-12-2006, 03:26 AM
Ona - Yulduz Usmonova LISTEN (http://alain.debord.club.fr/khan_tengri/Ona.mp3)
Dunyoda eng toza so'zni qidirib
Onamning dardiga shifo so'radim
Yuzimdan ko'zimning yoshin sidirib
Onamning dardiga shifo so'radim
Tiz cho'kdim eng avval yolg'iz Hudoga
Dard bergan qodirdir O'zi davoga
Yolbordim yana Momo Havoga
Onamning dardiga shifo so'radim
Onajon, onajon, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajon, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Tangriga yaqinsiz oyu yulduzlar
Har bemor erta tong quyoshni izlar
Bo'g'zimda qabardi nolayu bo'zlar
Onamning dardiga shifo so'radim
Bulbullar bir nafas gulni unuting
Dunyoda bor gulni Tangriga tuting
Bizdaylarga jo'r bo'ling, dodiga yeting
Onamning dardiga shifo so'radim
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajon, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Makkayu Madinamsiz
Onajon, onajonim, dardingiz o'zim olay
Dunyoda borlig'imsiz mening
Yulduz Usmonova
(c) http://alain.debord.club.fr/kazak/lening.htm#musique8
saturn
11-12-2006, 04:16 AM
Guardian - kooootta rahmat, lekin link berishda sal adashibsiz... siz bergan linkda Shahzod ning "Onajon" qo'shig'i..
Yulduz Usmonova niki esa - mana (http://alain.debord.club.fr/khan_tengri/Ona.mp3)
yo
listen everybody...
Dear mama...
Times have changed and times are strange
Here I come but I ain't the same
Mama, I'm comin home
Times go bye, seems to be
You could have been a better friend to me
Mama, I'm comin home
You took me in and you drove me out
Yeah, you had me hypnotized, yeah
Lost and found and turned around
By the fire in your eyes
You made me cry, you told me lies
But I can't stand to say goodbye
Mama, I'm comin home
I could be right, I could be wrong
It hurts so bad it's been so long
Mama, I'm comin home
Selfish love yeah we're both alone
The ride before the fall, yeah
But I'm gonna take this heart of stone
I just got to have it all
I've seen your face a hundred times
Everyday we've been apart
I don't care about the sunshine, yeah
'Cause mama, mama, I'm comin home
I'm comin home
You took me in and you drove me out
Yeah, you had me hypnotized, yeah
Lost and found an turned around
By the fire in your eyes
I've seen your face a thousand times
Everyday we've been apart
I don't care about the sunshine, yeah
'Cause mama, mama, I'm comin home
I'm comin home
I'm comin home
:( :( :( :( :( :( :( :( :( :(
juda sogindim.
bu Ozzy Osbourne ga tegishli juda eski qushiq.
shuni eshitsam, onajonimni juda soginib ketaman.
...
there is another one...
Thank You Mom
I'm sitting here, I'm thinking back to a time when I was young,
My memory is clear as day, I'm listening to the dishes clink,
You were downstairs; you would sing songs of praise,
And all the times we laughed with you,
And all the times that you stayed true to us,
Now we say, I said, I thank you,
I'll always thank you,
More than you could know,
Than I could ever show,
And I love you, I'll always love you,
There's nothing I won't do to say these words to you,
That you're beautiful forever,
You were my mom,
You were my dad,
The only thing I ever had was you, It's true,
And even when the times got hard you were there,
To let us know that we'd get through, you showed me how to be a man,
You taught me how to understand the things people do,
You showed me how to love my God,
You taught me that not everyone knows the truth,
And I thank you,
I'll always thank you,
More than you could know,
Than I could ever show,
And I love you, I'll always love you,
There's nothing I won't do to say these words to you,
That you will live forever, always
how u like it?
Guardian
11-20-2006, 04:01 PM
Онажон, Отажон, Менхам Сизларни Согиндим Иншаоллох, Албатта Бораман, Хузур Килиб, Дастурхон Устига Иссиккина чой Дамлаб Келаман, Гаплашиииб Утирамиз, Уша Кунларни Мен Хам Согинч Билан Кутиб Турибман. Иншаоллох, Ниятларингиз Бажо Булади, Аллохим Сизларни Авайлаб Юрсин, Сог-саломат Булингизлар. Сизлар - Кунглимдаги Энг чин Дустларим, Хаётимга Маьно Бериб Турувчи Ишонган Тогим, Бошимдаги Дуо Айтиб Юрувчи Посбонларим.
Asadbek
11-21-2006, 03:07 AM
Quyidagi qo'shiqni kecha "Yoshlar radiokanali"dan yozib oldim. Qo'shiqni kim aytganini bilmadim, aytishmadi ham...
Yoshlar radiosi - G'animat.mp3
http://rapidshare.com/files/4231691/Yoshlar_radiosi_-_G_animat.mp3.html
18 ming olamga,
Hatto olam g'animat.
Bir soniya bo'lsa ham,
Otam-Onam g'aniimat.
Nigorabegim
11-23-2006, 01:22 AM
Mirtemir
Onaginam
Tovonimga chaqir tianakday botguvchi-
g'ashlik.
Bedavo sizlovichday sizlatguvchi-
g'ashlik.
Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon,
Chuchvaraga tukkuvchi
g'ashlik.
Meni o'ylab notavon va nimjon,
G'ashimga tekkuvchi-
g'ashlik.
Suyaklarimni sirqiratib,
och tevatday g'ajiguvchi,
Ko'zimda yosh tirqiratib,
jig'ildonimda achchiq bo'zaday
Achiguvchi g'ashlik...
Dunyoga qayta kelishimga ko'zim yetsaydi,
Yigit yoshim to'lmay turib,
Ayriliq zaylida qoq yog'ochday qurib,
Jon bergan onamni ko'rishimga
Ko'zim yetsaydi,
Tizzasiga bir nafas bosh qo'yishimga
ko'zim yetsaydi,
Onalik mehriga obdon to'yishimga
ko'zim yetsaydi,
Oq sutingni oqlay, deyishimga
ko'zim yetsaydi,
Menda g'ashlik netardi?
Yantoq o'tinidek,
Tamaki tutunidek,
Tong paytida taralgan badbaxtlik tunidek -
Cheksiz fazolarga tarqab ketardi!
Onaginam!
Odam bo'ldimmi menam?
Yigit yoshimgacha bir chelak suv keltirib
bermagan bo'lsam,
Yo tashnaligingda bir kosa sharbat to'ldirib
bermagan bo'lsam,
Yo non yopishing uchun,
Hatto bir yo'la, bir kun
Sahrodan o'tin orqalab kelmagan bolangman...
Yo sigirni podadan ayirib,
Yo echkini hovliga qayirib,
Og'zingdan chiqmay, yelmagan bolangman...
Sening arzimas bir yumushingni ado eta olmaganim,
Sening bir ishorangga yuz umbaloq oshib
Ketolmaganim,
Seni jindek xushvaqt qilgani,
Seni jindek xushbaxt qilgani-
Tagsiz jarlardan o'tolmaganim,
Seni so'nggi yo'lga o'zim uzatolmaganim-
Tog'day zil.
Abadiyatday cheksiz armon bo'lib qoldi dilimda-
Onaginam!
Odam bo'ldimmi menam?
Ha, odam sanashar meni elimda.
Senga qilolmagan xizmatim,
Sen deb chekolmagan zahmatim -
Jindak zehnim, jindak she'rim,
Jindak g'azalxonligim,
Onalik mehriga to'ymagan mehrim,
jindak yaxshilik va yomonligim-
Meni odam sanagan elimga baxshida,
jafodiyda -
onaginam!
Elga xizmatim - senga xizmatim emasmi, axir!
El meni farzandim demasmi, axir!
Rozi bo'l, odam sanalay menam...
***
Dunyoga qaytib kelurman,
Lekin boshqa o'g'il bo'lib...
Guardian
11-26-2006, 04:03 AM
Yulduz Usmonova - "Ota-Onang O'tgandan Keyin"
Davlating ham ishongan bog'ing, bo'lsa agar suyangan tog'ing,
Bilasan ham bu baxt ne chog'li, Ota-Onang o'tgandan keyin.
Keng dunyo ham goho tor bo'lib, ko'ngil sog'inchlarga zor bo'lib,
Orzu emas, armon yor bo'lib, Ota-Onang o'tgandan keyin,
Ota-Onang o'tgandan keyin.
Qalbing g'amga berilib qolar, do'st dushmaning terilib qolar,
Osmon boshing egilib qolar, Ota-Onang o'tgandan kegin,
Topolmaysan dardingga malham, uy to'rida faqat ular kam.
kiprigingni tark etmaydi nam, Ota-Onang o'tgandan keyin,
Ota-Onang o'tgandan keyin.
Yo'qotganda qadrin bilarsan, bilasanu afsus qilasan,
Yurgan yo'lda o'ylab yurasan, Ota-Onang utgandan keyin.
Ko'ngling yarim bo'lib yashasan, mehrga zor, to'lib yashaysan,
Kuz yaproqday so'lib yashaysan, Ota-Onang o'tgandan keyin,
Ota-Onang o'tgandan keyin.
... Hayotda qanoting butun, bag'ring butun, qachonki Ota-Onangni bag'rinda bo'lganda, ehh-vohh ... butun hayotning tashvishlariyu, xiyonatlari g'alvasi yelkangga ag'darilib tushadi, qachonki Ota-Onang o'tganlaridan keyin ...
Musiqani RapidShare.Com dan yuklab olish linki.
http://rapidshare.com/files/4876735/Ota-onang_utgandan_keyin.mp3.html
Mas'ud
11-27-2006, 01:23 AM
Odob
Farzandga oson tutmang.Otaning yuziga tik qarolmaydi.
Otaga oson tutmang.Farzandiga dardini aytolmaydi.
Biri kam dunyo
Bola tug'dirganlarning hammasi ham ota bo'lavermaydi.
Bola tuqqanlarning hammasi ham ona bo'lavermaydi.
Bolaning hammasi ham farzand bo'lavermaydi...
Eng bebaho, eng arzon
Dunyoda eng bebaho, ammo hamisha benazir tarqatiladigan xazina bor.Bu - Ona mehri!
Burch
Hatto bulbul ham bola ochgandan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga emish tashiydi.
Qirq jon
Xotin kishining joni qirqta bo'ladi, desalar ajablanmang.Negaki u bita jonini o'ziga olib qolib, o'ttiq to'qqiztasini farzandlariga beradi.
Hamma ona - bir ona
Amerika bilan O'zbekiston orasi o'n besh ming chaqirim. Avstraliya bilan Kanada orasi yigirma ming chaqirim. Ammo amerikalik senatorning xotini o'z farzandini o'zbekistonlik dehqonning xotinidan kamroq yaxhshi ko'rmaydi.Avstraliyalik aborigen ayol o'z farzandini kanadalik millioner ayoldan ko'proq yaxshi ko'rmaydi.
O'tkir Hoshimovdan...
Nargiz
11-28-2006, 03:14 PM
***
Har kuz yuragimga sanchilar tig'day,
So'lib sarg'ayadi gullik bahorlar.
G'aribman dunyoda suyanchi yoqday,
Meni tushunmaydi otasi borlar.
Dunyoning ismsiz shodliklari ko'p,
Bizni topib olar faqat ozorlar.
Qadrdon uyimiz huvillagan cho'l,
Yuragimga esa yaqin mozorlar.
Umrimni bir kemtik ezib yashaydi,
G'animat so'zida bir armon yashar.
Pushaymon mixlangan darvozalardan
Koshki kirob borsa otasi borlar.
Sizsiz kunlar qalbga sanchilar tig'day,
murg'ayib termular yo'lga bahorlar.
Diydorlar aslida tenggi yo'q tog'day,
Buni tushunarmi otasi borlar.
Mr.Shady
12-02-2006, 03:02 PM
Mama thank you for who I am
Thank you for all the things I'm not
Forgive me for the words unsaid
For the times I forgot...
silaga qarab manham juda soginib ketayapman,:D
Mr.Shady
12-02-2006, 03:11 PM
If the whole world were put into one scale, and my mother in the other, the whole world would kick the beam
Mr.Shady
12-02-2006, 03:17 PM
I love my mother as the trees love water and sunshine - she helps me grow, prosper, and reach great heights.
Mr.Shady
12-02-2006, 03:41 PM
We all are greatly influenced by our Mothers. She remains a great source of inspiration for all of us throughout our lives. Her power and charisma can't be matched by any other force on this Earth. Mother's greatness and her sense of self sacrifice have inspired people, from time to time, to ink their feelings and emotions, in a number of ways. Mothers not only inspire and make us good human beings but also bring smile on our faces.
lobar
12-11-2006, 01:31 PM
Мени yozmoqchi bo'lganim judayam madh etadiganmas..., лекин qayerga ёзишни билмадим... Агар шунга мос thread bo'lsa Асадбек, ko'chirib qoyarsiz. Рахмат.
5 октябр. Бугун бор була бошладим. Буни хали ота-онaм билмайдилар. Бир олма уругидан хам кичикрокман. Аммо нима булганда хам мен борман.
19октябр. Бироз усган булсам хам, бирон харакат киладиган ахволда эмасман. Онам уз кони билан бокмокда. Калбининг шундоккина тагига жойлашиб олганман. Кизиги шундаки, борлигимдан онам хали хам бехабар!
23 октябр. Огзим шакллана бошлади. Узингиз уйланг, бир йилдан сунг маза килиб кула оладиган буламан! Тилга кираман. Энг аввал "Нана" сузидан бошлайман. Энди ким мени yo'q дея оларди?! Ноннинг ушоги хам нон-да, тугрими?! Сизга бир сирни очай, мен киз боламан. Гулларни яхши курадиган буламан!..
27 октябр. Бугун калбим ура бошлади. Бундан кейинги хаётимнинг охиригача дукиллаб туради. Уйни завку шавкка тулдираман хали. Мана эшитинг: Дук, дук, дук!
2 ноябр. Хар соатда зигирдай усаман. Кулларим, оёкчаларим билан хали бери онамга караб югура олмайман, дадажонимнинг буйнидан кучолмайман!..
12 ноябр. Бармок чикара бошладим. Вой-буй, мунча кичик булмаса! Хали улар билан соч тарайман, гуллар тераман!..
20 ноябр. Бугун онам духтирга борди. Бор эканлигимни билди. Роса севинган булсангиз керак-а, онажон?! Якинда кулларингизга оласиз мени, эркалатасиз!
25 ноябр. Ота-онам киз эканлигимни халиям билишмайди. Балки угил, ё егизак кутишаётгандир. Уларга "сюрприз" буламан. Кани энди, онажонимдай кора соч, чарос кузли булсам!
13 декабр. Энди атрофимга бемалол караяпман. Факат коп-коронги жойдаман...Барибир бахтиёрман! Оз колди, кузларим дунё юзини куришига.
24 декабр. Онажонимнинг калб уришини эшитяпман. Менинг калбимни хам хис киляпсизми онажон? Жуда соглом кизча буламан. Тезрок дунёга келмокни, багрингизда маза килиб ухламокни истайман. Сиз хам менинг тезрок тугилишимни истаяпсизми, онажон? Юзчаларимдан чупиллатиб упасизми? Мени яхши курасизми?..
28 декабр. Онажоним духтирга келдилар... Вой нималар деяпсиз, онажон, ризкни Оллох беради-ку! Бу ёгидан хавотирланманг!
29 декабр. Ех, онажоним! Нега тугилишимни истамаяпсиз! Нега жажжи кулчаларим билан юзларингизни силашимни, сизга эркаланишимни хохламаяпсиз? Афсус...
Ох, баданим огрияпти! Каттик огрияпти! Мени куткаринг, онажон!.. Она..жон...
"Hikmatli latifalar" kitobchasidan. Toshkent, Cho'lpon nashriyoti, 1996y. To'plovchi va tarjimon: Muhammad Sobir.
--------
Moderatordan:Juda tanish va bu yerda avval ham joylashtirilgan, ta'sirli hikoya. Ammo baribir, manba ko'rsatilishi lozim!
Guardian
12-20-2006, 07:50 PM
Sirojiddin - "Modar"
Brilliant song, frankly!
VatanparvaR
12-20-2006, 07:51 PM
Yashamoq farogat, yashamoq azob,
Bekorga egilmas sizdan boshka ko'k,
Ko'ngillarni ovlab umrim bo'pti sob,
Sizning ketishingiz hayoda ham yok.
Oldimdan oqqan suv, bekadr suvim,
Umrimda bir yayrab, yozilmaganim.
Bor turishi shavkat, bori sir suvim,
To qurib qolguncha sezilmaganim.
Boshqalar yonimdan ketmasin debman,
Vaqt topib ularga boribman tong, kech,
Boshqalarga ozor etmasin debman,
Sizga xam etishni o'ylamabman xech.
Boshqalarga chopdim shaxar, kentdaman.
Bir qaytarib, yo bir kesatmadingiz,
Manam g'animatman, manam ketaman,
Deb ne chun bir bor eslatmadingiz?
Onam, Onam-a?!
X.Xudoyberdieva
saturn
01-29-2007, 01:53 AM
Отам:
Mani yo'lim boshqa, sani yolin o'zing bilasan,
tem bole san qiz bolasan.
Mani prinsipim shunaqa - bollarimni hech
qachon zo'rlab undoq qil- mundoq qil dimaganman.
Sanga ham ta'luqli. Uzing nimani to'g'ri deb
bilsang shundoq qil. Mani qarshiligim yo'q.
Отам билан фахрланаман...
п.с. сузлари узгартирилмаган холда келтирилган
saturn
01-30-2007, 08:17 PM
Бугун китобим чикди.
Хар гал янги китобим чикиши билан биринчи нусхасини онамга атар эдим. Хар гал бир хил суз ёзиб берардим: «Биринчи укитувчим — онамга!» Онам китобни куриши билан кузлари кувончдан порлаб кетар, узундан-узок дуо килар, пешонамдан упиб, яккаш битта гапни такрорлар эди.
— Сен менинг суянган тогимсан, углим...
Кейин худди биров олиб куядигандек, китобни ёстигининг тагига яширарди. Шунда мен китобим чиккани учун узимдан купрок онам кувонганини билиб турардим.
Бир куни махалланинг нариги чеккасида турадиган нонвойникига кириб колдим. (Нима юмуш билан борганим эсимда йук.) Карасам, ёгоч сурида китобим ётибди. Вараклари титилган, офтобда саргайиб кетган. Кизикиб кулимга олдим. Укисам, узимнинг дастхатим: «Биринчи укитувчим — онамга!»
Ушанда нима учун бундай ахволга тушга*нимни билмайман. Худди биров мени масхара кила*ётгандек булиб кетди. Келиб онамга тунгилладим:
— Китобни етти махалла нарига ташлаб келинг, деб берганмидим сизга!
Онам айбдор киёфада маъюс жилмайди.
— Мавлу хеч куймади-да, болам. «Битта укиб бераман», деди.
— Мавлудагача яна мингта кулдан утгани куриниб турибди, — дедим зарда билан. — Мак*тангансиз.
— Узингни сикма, жон болам. Хозир олиб келаман.
Чиндан хам, уша куни китоб кайтиб келди...
Хар гал китобим чикса, онам бир гапни айтарди:
— Сен менинг суянган тогимсан, углим...
Билмаган эканман, мен онамнинг эмас, онам менинг суянган тогим экан. Тогим тусатдан кулаб тушди.
Бугун янги китобим чикди. Биринчи нусхасини эмас, битта нусхасини эмас, олтмиш минг китобнинг хаммасини онамга багишладим. Лекин...
"Дунёнинг ишлари", Уткир Хошимов
Guardian
02-04-2007, 07:38 AM
The young mother set her foot on the path of life.
"Is this the long way?" she asked.
And the guide said "Yes, and the way is hard. And you will be old before you reach the end of it. But the end will be better than the beginning."
But the young mother was happy, and she would not believe that anything could be better than these years. So she played with her children, and gathered flowers for them along the way, and bathed them in the clear streams; and the sun shone on them, and the young Mother cried, "Nothing will ever be lovelier than this."
Then the night came, and the storm, and the path was dark, and the children shook with fear and cold, and the mother drew them close and covered them with her mantle, and the children said, "Mother, we are not afraid, for you are near, and n o harm can come."
And the morning came, and there was a hill ahead, and the children climbed and grew weary, and the mother was weary. But at all times she said to the children," A little patience and we are there."
So the children climbed, and when they reached the top they said, "Mother, we would not have done it without you."
And the mother, when she lay down at night looked up at the stars and said, "This is a better day than the last, for my children have learned fortitude in the face of hardness. Yesterday I gave them courage. Today, I have given them strength."
And the days went on, and the weeks and the months and the years, and the mother grew old and she was little and bent. But her children were tall and strong, and walked with courage. And when the way was rough, they lifted her, for she was as light as a feather; and at last they came to a hill, and beyond they could see a shining road and golden gates flung wide.
And mother said: "I have reached the end of my journey. And now I know the end is better than the beginning, for my children can wa lk alone, and their children after them."
And the children said, " You will always walk with us, Mother, even when you have gone through the gates." And they stood and watched her as she went on alone, and the gates closed after her. And they said: "We cannot see her, but she is with us still. A Mother like ours is more than a memory. She is a living presence."
Your Mother is always with you. She's the whisper of the leaves as you walk down the street; she's the smell of bleach in your freshly laundered socks; she's the cool hand on your brow when you're not well.
Your Mother lives inside your laughter. And she's crystallized in every tear drop. She's the place you came from, your first home; and she's the map you follow with every step you take. She's your first love and your first heartbreak, and nothing on earth can separate you. Not time, not space...not even death!
(c)someone
Williamsport, MD.
inter
02-07-2007, 04:49 PM
Main shamol esdi, suv oqdi main,
yurak sekin urar vaqt utgan sain,
qalban sezar edim bu yogi tain,
meni hechkim soginmaydi onamdain!
Qungirogim kutar kunmas,soatlab sanab,
yotsa,tursa meni uylab, umrlar tilab,
men ham qattiq sogindimku,netain yo rab!
meni hechkim soginmaydi onamdain!!!!
Guardian
05-25-2007, 08:02 PM
Yulduz Usmonova - "Dadajon"
YouTube - Dadajon
Guardian
11-13-2007, 03:22 PM
Soon will visit my parents! It has been over two years and a half since I was with them last time.
Waiting forward to see you - Dad, Mum!
Please, write here anything related to Fathers & Mothers!
Unique
11-13-2007, 06:36 PM
Lola-Onajonim (http://www.uzfiles.com/cat1.php)
Onajonim ko'nglingiz to'q bo'lsin mendan,
Bilaman ishonmas edingiz meni yer-u ko'kka ham.
Onajonim qizingiz mehribon qo'llarda,
Erkaman, arzandaman bu yerda ham..
http://i177.photobucket.com/albums/w206/motherhood_2007/137499uc9tnkk27t.gif
rosefire
11-14-2007, 09:11 PM
http://www.kidsdomain.com/holiday/mom/color/b9mom4.gif
Onajon
Sizdan yiroqdaman, lekin siz bilan
Hamohang qalb ila yashamoqdaman
Onajon tunu kun sizni soginib
Iliq taftingizni qo’msamoqdaman
Har dam yodimdasiz duoimdasiz
Allangiz jarangin his qilmoqdaman
Ertaklariz eslab hikmatin anglab
Bergan talimizla kun kormoqdaman
Har soniya qolim ochib duoga
Salomatligingiz tilamoqdaman
Doimo sizni jonlaridan ortiq koradigan farzandlaringiz bahtiga Sog’-salomat boling, onajon!!! (rosa soginib ketdim sizi)
rosa yahshi thread ekan, rahmat shu threadni ochganga.
bizni dunyoga kelishimizga sababchi bolgan insonlarni qancha kop eslasak kam, ular haqqiga qancha kop duoda bolsak ham oz, va ularni madh etib she'r dostonlar, asarlar yaratsak ham, hayotimiz davomida doim labbay deb hizmatlarida tursak ham ularningning biz uchun otkazgan bir kecha bedorliklarini ham ado qila olmas ekanmiz.
Glance
11-15-2007, 08:58 PM
Onasi vafot etgan inson o’ylari:
Yana bir kun o’tdi-ketdi, yana otdi tong,
Otar birin-ketin oylar, yillar nogahon.
Yana Majnun kabi dashtlar kezib yuraman,
Bag’r tirnab o’tadi vaqt sizsiz onajon.
Yana bahor oshib keldi ma’yus kuz fasli,
Yana bahor nasibligi erur dargumon.
Asli bu to’kilgan barglar mening qalbimdir,
Sarg’aygan, hazon bo’lgan sizsiz onajon.
Bir on ham sukut saqlamay oqadi suvlar..
Go’yo hushhabardek shoshilar hamon.
Samodagi quyosh ham tinmay charaqlar,
Ajabo, yorishmas yurak sizsiz onajon.
Qiziq.. Hayot to’htamasdan davom etadi..
Mening hayotim yakuni bordur begumon.
Dunyo degan masofani bosib o’tarman,
Albat yoningizga borgum jonim onajon!
(Shu disela ahvoli chatoq, urilgan-surilgan ilhomim kep qoldi..:D)
Ota-onamiznig qadriga tirikligida yetaylik, e'zozlaylik..
Asadbek
11-20-2007, 04:14 AM
Jaloliddin Usmonov - Onajonim
Onajonim, izlaringni ko'zga surtsam, maylimu,
Yoningizda erkalanib jilva qilsam, maylimu.
Katta bo'lgan beshigimni tillo qilsam, maylimu,
Oydayin to'lgan yuzingga ming termulsam, maylimu.
Oydayin qizlar yaratding, dovyurak o'g'lonlar,
Tim qaro, tun sochlaringga tushmasin hech oqlar,
Bosh egib ta'zimdadirman, Onajonim, siz uchun,
Bir umr nomingizni kuylar Jaloliddin siz uchun.
http://rapidshare.com/files/70998533/Jaloliddin_Usmonov_-_Ona.mp3.html
Musofirbek
11-20-2007, 09:06 AM
Subhanalloh, Ota- Onamni rossa so'gindim ...
_--- Nimcha erkalayveras oyijon , qarang bola- chaqalik bo'lib yaqinda quda andalik bo'laman deyaptyla ...
-- Eee qizim, erkalayman da, nega erkalamas ekan man ?!!
mandan keeyin kim bu bolammi erkaliydii ?!!
( tizzalriga boshimmi qoyib yotgan edim )
Mrs.D
11-20-2007, 12:33 PM
Ha, ota -ona naqadar ulug' insonlar! Rostini onamni qadriga uzim ona bulganimda yetdim. Ona bo'lish bu juuda ham murakab va shu bilan bir qatorda ma'suliyatli ish ekan. Uta sabrli va ziyrak bulishni talab qiladi insondan. Kechalari bolang yig'laganida shirin uyqindan voz kechib turasan, Biron yeri og'risa sen ham havotirga tushasan, agra hudo kursatmasin kasal bulsa bormi tomog'indan ovqat utmaydi. Hullas, bekorga onangni yelkangda kabatullohga olib borib kelsang ham qarzingdan uzila olmaysan, faqatgina uni bitta tutgan tulgog;iga javob buladi deyishmagan ekan. Men ham ota onamni juuda sog'indim. Ularni ko'rmaganimga atigi 1 oy bo'ldi, ammo bu fursat men uchun juuda uzoq tuyulayapti. Ularni ko'rgim, quchgim, diydoriga tuygim keladi, ammo... Men uzga Vatandaman. Faqat uzoqda vaqtning ganimat ekanligini his etdim. HA umr oqar suvdek mijja qoqaningda utib ketadi. Sgu fursatda ancha narsaga ulgurib qolish kerak. Adajon onajon mehribonlarim mening sizlarni sogindim. Hech kim meni sizchalik hech qachon yahshi kura olmaydi!
Asadbek
11-23-2007, 04:13 PM
Isoqjon Usmonov - Onamga deb
http://rapidshare.com/files/71820388/5.mp3
Bozorlardan savdo qildim bolamga deb,
Shirinligu novvot oldim bolamga deb,
Go'zal gullar, sarpo oldim yorimga deb,
Men bag'ritosh nima oldim, Onamga deb,
Farzand bo'lib nima oldim, Onamga deb...
Hokisorim, mehribonim, Onamga deb,
Yolg'izgina g'amguzorim - Onamga deb...
Hashamatli uylar qurdim bolam uchun,
Dabdabali to'ylar qildim bolam uchun,
Oyoq osti qo'ylar so'ydim kimlar uchun,
Farzand bo'lib nima qildim Onam uchun,
Men bag'ritosh nima qildim Onam uchun...
Hokisorim, g'amguzorim, Onam uchun,
Yolg'izgina duogo'yim - Onam uchun...
O'zi yemay, yedirgan ham Onam edi,
O'zi kiymay, kiydirgan ham Onam edi,
Yo'llarimga ko'z tutgan ham Onam edi,
Qo'lin ochib duo qilgan Onam edi.
Bu dunyoda chin do'stim ham Onam edi,
Yolg'izgina chin do'stim ham Onam edi...
Men bag'ritosh nima qildim Onamga deb,
Yolg'izgina duogo'yim - Onamga deb.
Borz_man
12-05-2007, 12:42 PM
Sizlardan iltimosim shuki, bu mavzuda o'z ota-onangizga bag'ishlangan tilaklaringiz, sizga manzur bo'ladigan ota-ona haqidagi nazmu-nasr, pandu nasihat yo inki musiqalarni baham ko'rsak.
http://www.islamhouse.com/media.php?f=13805
P.S. Bu ma'ruzani R/B gayam qo'ydim,R/B dan eshitmaganlarga yarab qolar.
aruza egasini duo qilib qo'yishingizga umid qilamiz.....
saturn
12-10-2007, 06:40 PM
Онамнинг угитларидан:
"Одам хар куни уйига 3 та нон олиб келиши керак. Биринчисини - олган карзи учун тулайди, иккинчисини карзга беради, учинчисини узи ейди. "
афсус, уша карзимни тулай олмавомман... :cry:
Qizaloq
12-23-2007, 10:55 AM
2 kun bosh og`rig`idan o`lib qolay deb yurdim.
shunchalar og`ridikiiii. Hammadan ham mehribonroq Yaratgan Egam va Onam deb bilaman.
O`qishga kecha zo`rg`a borib keldim, uyga kirishimda eshikdan qarab turgan Onamni ko`rib yig`lab yubordim, chunki na holim, na madorim bor edi.
O`sha kuni dugonam 1 hafta oldin tupa-tuzuk yurgan bolani vafot etganini aytib qoldi, bola ertalabdan boshini yuvib, ko`chaga qurutmasdan chiqib ketarkan, boshini Meningit qilib, og`riq, isitma bo`lib ko`tarolmabdi.Bu hammasi taqdirdan. Lekin dugonammi aytgan gaplari manga qattiq ta`sir qildi, o`yga soldi. Uyga kelib krovatimga yotarkanman....
Hayolimdan faqat o`limimni o`tkazardim, tepapda Onajonimmi qon-qon yig`laganini ko`z oldimga keltirdim, ko`z yoshlarim tirqirab oqdi....
Tun keldi, dorilarimni ichirib, boshimni yumshoq qo`llari ila silab qo`ydilar, yuzimdan o`pib uyquga ketkazdilar.
Qattiq uhlabman , yonimga kleib o`tirdilar,
- Oyijon soat nechi desam,
- 2-00 a.m qizim dedilar.
-nega uhlamayapsiz? Oyijon
-qizim seni o`ylab uhlolmayapman, shunga issig`ing yo`qmi deya tekshirgani keldim.
-Oyijon yahshiman, borib uhlang:( dedim.
yana yonimga kleganlarini sezdim
-Oyijon soat nechi
-qizim soat 5-00a.m dedilar.
Tuni bilan mijja qoqmay, Qizaloqlarini o`ylab chiqdilar,Onaginam o`zimni
Ka`bam , qiblagohim, Jannatim....
Onalarimizni umrlari uzoq bo`lsin!
AMEEN!
PS mana hoziram kompda ko`p o`tirma, boshingga tasir qiladi dedilar .
Odildustov
12-31-2007, 09:17 AM
Hayolimdan faqat o`limimni o`tkazardim, tepapda Onajonimmi qon-qon yig`laganini ko`z oldimga keltirdim, ko`z yoshlarim tirqirab oqdi....
Tun keldi, dorilarimni ichirib, boshimni yumshoq qo`llari ila silab qo`ydilar, yuzimdan o`pib uyquga ketkazdilar.
Qattiq uhlabman , yonimga kleib o`tirdilar,
- Oyijon soat nechi desam,
- 2-00 a.m qizim dedilar.
-nega uhlamayapsiz? Oyijon
-qizim seni o`ylab uhlolmayapman, shunga issig`ing yo`qmi deya tekshirgani keldim.
-Oyijon yahshiman, borib uhlang:( dedim.
yana yonimga kleganlarini sezdim
-Oyijon soat nechi
-qizim soat 5-00a.m dedilar.
Qiziq Inson onasiga shunchala boglanib yashar ekan-ki, 1 oy kurmasa ham soginadi ekan, 20 yil kurmasa ham bir hil soginar ekan. onasini soginish degan narsa hech qachon kamaymas ekan. man aslida onamni eslay ham olmayman, lekin har safar ona haqida gap ketsa usha davradan qochib ketaman, sababi oilali odam bulib turib ham kuzimdan yosh chiqqanini kurishmasin deyman. uzimni nimala bilandir ovora qilib ushlab turaman. bilmayman, yahshi kunlarimda ham hayolimga keladila, yomon kunlarimda ham. eng qiynalgan joyim qizimni tuyida beshik kutarib kelishganida ularga qarshi onamni chiqib kelganlarini tasavvur qilganim, qochishga joy topolmay qoludim ushanda. mana hozir ham 2008 yilni kelishini onam bilan hayolan birga kutib utiribman.
Sirius_s
12-31-2007, 09:42 PM
Adamla yoshlikdan idealim deb hisoblayman, albatta ideal inson yo'q hoz , lekin hammaning ham o'z abilitylari bo'ladi, adamni yonlarida yurib ularni ehtiyot qilgim keladi, adajonim...
Uyga har tel qilganimda hursaaand bo'lib , kulib gapiraman, bir safar yig'lavorgandim, ho'jayinim telni berkitib turdila, onamla 2-3 marta yig'lab ham berdila, har kun sms yozsam ko'ngillari hursand bo'lib o'tiradila. Onam man abroadga ketganimdan keyin hijobga kirdila, alhamdulillah, singlim rosa ochilib ketganla deb maqtiydi, qaniydi yonlarida bo'lsamu kechayu kunduz uxlamasdan gaplashib o'tirsam, onajonim...
Пушкарева
01-07-2008, 04:05 PM
I got this and it made me really upset. Why? Cause I am living away from my parents with no participation in their life for few years by now.
Recently I overheard a mother and daughter in their last moments together at the airport. They had announced the departure. Standing near the security gate, they hugged and the mother said, "I love you, and I wish you enough." The daughter replied, "Mom, our life together has been more than enough. Your love is all I ever needed. I wish you enough, too, Mom. "
They kissed and the daughter left. The mother walked over to the window where I was seated. Standing there I could see she wanted and needed to cry. I tried not to intrude on her privacy, but she welcomed me in by asking, "Did you ever say good-bye to someone knowing it would be forever?" "Yes, I have", I replied."
Forgive me for asking, but why is this a forever good-bye?"
"I am old, and she lives so far away. I have challenges ahead and the reality is - the next trip back will be for my funeral," she said.
"When you were saying good-bye, I heard you say, "I wish you enough. May I ask what that means?" She began to smile. "That's a wish that has been handed down from other generations. My parents used to say it to everyone." She paused a moment and looked up as if trying to remember it in detail, and she smiled even more.
"When we say, 'I wish you enough' we want the other person to have a life filled with just enough good things to sustain them. " Then turning toward me, she shared the following as if she were reciting it from memory.
I wish you enough sun to keep your attitude bright no matter how gray the day may appear
I wish you enough rain to appreciate the sun even more.
I wish you enough happiness to keep your spirit alive and everlasting.
I wish you enough pain so that even the smallest of joys in life may appear bigger.
I wish you enough gain to satisfy your wanting.
I wish you enough loss to appreciate all that you possess.
I wish you enough hellos to get you through the final good-bye.
She then began to cry and walked away. They say it takes a minute to find a special person, an hour to appreciate them, a day to love them; but then an entire life to forget them.
To all my friends and loved ones, I WISH YOU ENOUGH.
Qizaloq
01-12-2008, 09:20 AM
ONAIZOR
Muhammad Yusuf she'ri
G`iyos Boytoyev musiqasi
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…
Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…
Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…
Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.