PDA

View Full Version : O'zbekiston Chempionatida legionerlar


Madaminbek
01-08-2006, 08:37 AM
Mana, bgun O'zbekiston Oliy Ligasidagi legionerlarga bagishlangan threadni boshlaymiz.

Omadini bersin!

Birinchi post:

O'zbekiston Turkmanistonlik legioerlar

O’zbekiston Chempionatida ham boshqa chempionatlarda bo’lgani kabi legionerlar uchn limit qo’yilgan – bir jamoadagi legionerlar soni beshtadan ko’p bo’lishi mumkin emas.

O’tgan mavsum bu kvotadan faqatgina Namanganning “Navbahor” klubi foydalangan edi – to’rt turkmanistonlik va bir ukrainalik futbolchi “Navbahor” sharafini himoya qilgan edi. Bundan tashqari ikki Turkmanistonlik futbolchi “Mash’al” safida zayavka qilingan edi, “Paxtakor” va “Traktor” safida bittadan turkman futbolchilari to’p surgan edi.

Ushbu mavsumda O’zbekiston klublarida turkmanistonlik futbolchilar soni oshishi kutilmoqda. Misol uchun, “Buxoro” jamoasi qo’shni davlatdan birdaniga to’rt futbolchini o’z safiga taklif qilmoqda. Bular – Vitaliy Alikperov, Bahtiyor Xo’jaahmadov, Azat Muhadov va Shuhrat Durdiyev. Yana ikki turkman futbolchilari – Gurbangeldi Durdiyev va Guvanchmuhammad Quliyevlarni “Andijon”da kutishmoqda. Yuqorida nomlari sanab o’tilgan futbolchilardan Vitaliy Alikperov va Gurbangeldi Durdiyevlar Osiyo Kubogi-2004 bahslarida Turkmaniston terma jamoasi safida ishtirok etgan edilar. Ammo hal qiluvchi uchrashuvlarda faqat Gurbangeldi Durdiyev ishtirok etgan edi. U hamma uchrashuvlarda ishtirok etgan, terma jamoamizga qarshi uchrashuvda 75-daqiqada o'z o'rnini Vyecheslav Krendelovga bo'shatib bergandi.

Shuni ham eslatib o’tish joizki, hafta davomida Zarafshonning “Qizilqum” jamoasida yaponiyalik darvozabon Xisa Takada paydo bo’lgan edi. (Bu haqdagi maqolani quyidagi link orqali o'qishingiz mumkin: http://www.inter-futbol.com/cgi-bin/interfutbol-viewnews.cgi?id=EEFyyFkkZlyQeEHTeQ)



Manba: InterFutbol (http://inter-futbol.com)



OFK rasmiy sayti (http://www.the-afc.com/russian/index.asp)ning xabar berishicha, “Buxoro” futbol klubi qo’shni Turkmanistondan birdaniga to’rtta futbolchini taklif qilgan. Bular – Vitaliy Alikperov, Azat Muhadov, Bahtiyor Xo’jaahmadov va Shuhrat Durdiyev.
Futbolchilardan Vitaliy Alikperov Osiyo Kubogi-2004 bahslarida terma jamoa safida ishtorok etgan. Ammo hech qaysi uchrashuvda maydonga tushmagan.
Taklif etilganlar orasida Azat Muhadov “Buxoro”da 2002-yilning birinchi yarmida ham ishtiroketgandi. Ikkinchi davrada jamoani takr etgandi. Azat 2004-yilning ikkinchi yarmida ham Usmon aka uni jamoaga taklif etgan edi. Ammo o’shanda harbiy xizmatni o’tashi kerakligi uchun jamoaga safiga qo’shila olmagan edi.
Eslatib o’tamiz bundan oldin “Buxoro”da rossiyalik besh nafar futbolchi paydo bo’lishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi (Usmon Toshev Moskvada (http://buxorofan.ucoz.ru/news/2005-12-20-1)).





Manba: http://buxorofan.ucoz.ru (http://buxorofan.ucoz.ru)

Madaminbek
01-08-2006, 08:40 AM
Turkmanistonlik futbolchilar endi Qozogistondan kora O’zbekistonni maqul korishayapti shekilli :)…

Uzbekistan2010
01-08-2006, 09:17 AM
Turkmanistonlik futbolchilar endi Qozogistondan kora O’zbekistonni maqul korishayapti shekilli :)…


ozbekistanda bilmiysizlarmi uyinchilarga qancha maosh tolashar ekan :rolleyes:


andijon, navbahor va pahtakor tarkiblarida kamerun va nigerialik futbolchilar bor.. siz bunga nima deysiz :)

Madaminbek
01-08-2006, 12:15 PM
andijon, navbahor va pahtakor tarkiblarida kamerun va nigerialik futbolchilar bor.. siz bunga nima deysiz :)

Man O'zbekiston Klublari qancha pul to'lashlarini bilmadim-u, ammo Qozog'idtonda Bizdagidan ko'proq to'lashsa kerak deb o'ylayman. Lekin mana bu yangiliklardan so'ng, biznikilar ham yomon to'lamaypti ekan degan firkga borish mumkin...

Umuman olganda, yurtimizga kelgan har bir legioner Bizning futbolchilardan qandaydir ijobiy fazilati bilan ustun bo'lishi kerak. Mana. turkmanisotnlik futbolchilardan ikki nafari aniq terma jamoa safida ishtirok etgan futbolchilar ekan. Man ham AsianCup2004.com saytiga kirib, o'sha yerda ko'rdim. "Andijon"ga borayotgani (Gurbangeldi Durdiyev) haqiqatdan ham 75-minut O'zbekistonga qarshi o'ynagan. Manimcha u ham kamida Gochguliyev darajasida bo'lsa kerak. Gurbangeldi jamoa sardori bo'lgan...

Haligi afrikaliklar haqida esa... "Paxtakor"dagisi haqida bilmadim, u qanaqadir g'alati yuguradi: u yugurayotganda hozir yiqilib ketmasmikin deb qo'rqib turaman :). "Navbahor"dagisi balki kuchliroqdir, "Andijon"dagisi haqida bilganim, u Rossiyaning "Kuban" jamoasida o'ynagan...

Mesud_Barzani
01-23-2006, 03:43 PM
bizani qizilqum klubi legionarga tolayapti.. moldaviyadan 5 ta, belorussiayadan 2 ta, yaponiya, ukraina, rossiyadan 1 ta dan futbolchilar jamoa korigan utmoqda..

FanaT
02-16-2006, 03:02 AM
Har Hil Legionerlarni op kegandan ko'ra qozoqistonga ketib qogan o'yinchilarmizani qaytarish kere!

Uzbekistan2010
02-16-2006, 12:32 PM
Har Hil Legionerlarni op kegandan ko'ra qozoqistonga ketib qogan o'yinchilarmizani qaytarish kere!

:rolleyes: yoq qoshilmayman... Agar bilsangiz Nigeriyalik, kamerunleik qora tanli yoki yaponiyalik darvazobinni tomosha qilish uchun juda koplab muhlislar tashrif buyaradi.. ayniqsa viloyat jamoalari muhlislari uchun bu yanglik.. ahir hamma hamma qora toanli sportchilarni kormaganda... :)

qozoqstonga ketgani yaxshi u yerda yildan yilda klublar boyib bormoqda.. Qayrat, Tobol, Aktobe degan klublari ortamiyona Sharqiy yevropa klublari darajasiga yetgan

Pythagor
02-16-2006, 12:53 PM
Agar bilsangiz Nigeriyalik, kamerunleik qora tanli yoki yaponiyalik darvazobinni tomosha qilish uchun juda koplab muhlislar tashrif buyaradi.. ayniqsa viloyat jamoalari muhlislari uchun bu yanglik.. ahir hamma hamma qora toanli sportchilarni kormaganda... :) jamoada "negrlar" bo'gani bilan, o'yindan natija chiqmasachi? "negrmi", "japanmi" qanaqa bo'sayam tarkibni sifatini oshirish kere, muhlislar keyin topiluradi, bu Uzb.da osonku, stadionga hamma student o'quvchilani bitta oborishsa to'ladi qoladi...:)

RockerDen
02-24-2006, 01:28 PM
Friends, let's list all (or almost all) internationals in Uzbekistan, the teams they played and when :

I'll start :

Ngoah Chamoa (forward - Cameroon) - BUHORO (1999)
Valentin Poddubniy (defender - Ukraine) - NASAF, NEFTCHI
Valentin Poltavetz (goalkeeper - Ukraine) - NASAF
Mukhsin Muhamaddiev (forward - Russia, Tadjikistan) - SAMARQAND-DINAMO (2000), BUHORO (1999)
Oleg Bezhenar (defender - Ukraine) - NASAF
Alisher Tuychiev (goalkeeper - Tadjikistan) - NASAF
Fahriddin Sharipov (midfielder - Tadjikistan) - MASH'AL
Konstantin Galchenko (defender - Kazakhstan) - NAVBAHOR

FanaT
02-25-2006, 10:41 AM
usha leginoerla nma qilib bervotti birinchidan bizane selekcionela tuzuro legioner olib keolmidi. agar qozog'istondan o'yinchalirimizni qaytara olsak terma jamoamiz uchun ham yaxshi bolardi..