PDA

View Full Version : O'zbek futboli yulduzi Mirjalol Qosimov katta futbolni tark etdi


Madaminbek
01-10-2006, 01:43 AM
O'ZBEK FUTBOLI YULDUZI MIRJALOL QOSIMOV KATTA FUTBOLNI TARK ETDI

http://tashfootball.ucoz.ru/_nw/2537423.jpg


“O’zbekiston futboli” gazetasining ma’lumot berishicha, O’zbek futbolining tirik afsonasi, O’zbek Maradonasi nomi bilan mashhur, O’zbekiston milliy terma jamoasining sardori va to’purari (29 gol) bo’lgan Mirjalol Qosimov katta futbolni tark etdi.

Gazetada bu haqda batasil ma’lumot berilmagan, ammo gazeta muqovasida katta rasm bilan xabar berilgan. Mirjalol Qosimovning surati ostiga: “O’zbek futboli yulduzi Mirjalol Qosimov katta futbolni tark etdi” deb yozilgan. Shuningdek, shu yozuvning tagida kichik harflar bilan: “Bu haqda gazetamizning navbatdagi sonlaridan birida o’qiysiz” deb yozib qo’yilgan.

Shu bilan birga gazetaning ichki sahifalaridan birida “Mash’al” bosh murabbiyi Viktor Jalilov bilan bo’lgan qisqacha suhbat berilgan: “Shuni mamnuniyat bilan aytishim lozim, jamoaning kumush medallarini qo’lga kiritishda tajribali yarim himoyachi, o’zbek futbolining yulduzi Mirjalolning xizmatari beqiyosdir. Biroq yillar davomida olgan jarohatlari uning maydonda bor kuchi bilan harakat qilishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu bois ham, u futbolchilik faoliyatini yakunlashini bizga ma’lum qildi. Bu Mirjalolning “Mash’al”ni tark etdi degani emas. U endilikda jamoa murabbiylar shtabida ishlaydi.”

Bu xabar gazetaning so’nggi, 2006-yil 10-yanvar kuni chop etilgan #3(795) sonida berilgan.

Bu ma’lumot haqida batafsil bilish maqsadida “O’zbekiston futboli” gazetasi tahririyatiga qo’ng’iroq qilganimizda, bayram munosabati bilan shekilli, hech kim javob bermadi. (Bugun Muborak Iyd Qurbon Hayiti, shu munosabat bilan bugun butun mamlakatda dam olish kuni deb e’lon qilingan).

Endi nima bo’lsa ham, gazetaning keyingi sonlarini kutib qolamiz. Saytimizning yangiliklar tizimni kuzatib boring.

(“O’zbekiston futboli” gazetasi so’nggi soni muqovasani quyidagi link orqali ko’rishingiz mumkin: http://tashfootball.ucoz.ru/footboll.JPG (http://tashfootball.ucoz.ru/footboll.JPG%3C/i%3E%29)) (http://tashfootball.ucoz.ru/footboll.JPG%3C/i%3E%29)

Manba: http://tashfootball.ucoz.ru (http://tashfootball.ucoz.ru/)

Mahmud
01-10-2006, 02:25 AM
Hamma saytlarda shu habar? :?
Lekin, nega ahir?:rolleyes:
Mash'alni O'zbekiston Chempioni va Osiyo Chempioni unvonini olib berib ketmaysizmi Mirjalol aka?:x

boburshoh
01-10-2006, 02:31 AM
Menimcha tog'ri qilayapti Mirjalol, juda katta xizmatlarni qilib berdi uzbek futboliga, yoshi ham o'tib qoldi, xurmati borida futboldan ketgani yahshi ozi, oylanmanku murabbiylik sohasida ham xali u ko'p ishlarni qiladi

Amiri Turkiston
01-10-2006, 02:39 AM
O'zb. Terma Jam. da eng yahshi o'yinchi edi

Rahmatlar aytib qolaman shu Mirjalol Qosimovga

endi murabbiy bulsa ham buladi

Masanori
01-10-2006, 05:17 AM
afsus! niyat qilmanki, Mirjalol Qosimov futbolchi sifatida qulga kirita olmagan yutuqlarini, armon bulib qolgan shohsupalarni Uzb. terma jamoasi murabbiysi sifatida qulga kiritadi!

Uzb. futboli Mirjalol bilan fahrlanishi zarur!

kingdom
01-10-2006, 09:46 AM
hayto shunday shavqatsizku u hech qachon yulida tuxtab turmaydi!yosh utaveradi hayot esa oqar daryodek uz yulida davom etaveradi!uzbek maradonasi xudo xoxlasa endi murabbiylik ishini davom ettiradi degan umid bilan undan kelajakda Uzb termasi bilan yuksak natijalarni qulga kiritishni istab qolamiz!;)

Frida
01-10-2006, 11:47 AM
Yaxshi o'yinchi, to'g'ri. Lekin hamma yaxshi o'yinchilar ham yaxshi murabbiy bo'lavermaydi. Researcher is not a professor degandek.

Pythagor
01-10-2006, 02:27 PM
Yaxshi o'yinchi, to'g'ri. Lekin hamma yaxshi o'yinchilar ham yaxshi murabbiy bo'lavermaydi. Researcher is not a professor degandek.Mirjolol propessordanam zo'r...:D

migrant
01-10-2006, 02:33 PM
Zur FUTBOLCHI edi

MY RESPECT

Bekzod_usa
01-10-2006, 05:15 PM
ha Mirjalol akaga hamma kabi mani ham hurmatim katta !!!
Akani kelajakdagi ishlariga kattadan-katta omadlar!!!
temamizda hamma o'yinchi shularga o'hshaganda edi, eventually, world cupda braziliyaga non qolmasdi...
Afsus, ba'zilar tufayli Mirjalol aka O'zbekiston terma jamoasi bilan, biror marta ham JCHga chiqa olmay tark etibdilar katta futbolni...
Nailoj...lekin katta rahmat ko'p hizmat qildilar termamiz uchun!!!

AL-Midwest
01-11-2006, 10:44 AM
Mirjalol Kasimov classic futbolchi and he has to be honored as a true team player.

My respects and admiration to this man!!!

Uyyonli
01-13-2006, 03:17 PM
Ассаломалейкум азиз футбол мухлислари. Мана Миржалол акамиз хам Катта футболни тарк этибди, мана вакт утаетганининг яна бир далили.
Amma vaqt qanchalik tez o'tmasin uni tasmadeg ohiriga yetkazib bo'lmas ekan, va albatta orqaga qaytarishing ham iloji yo'q. Mirjalol akamizni futbol o'ynab yurga damlari ham mana endi o'tmishga aylanayotir...
Yana TARIH varaqlariga yanggi satrlar yozilayotir. Va endi farzandlarimiz shunday o'tirib o'sha tarih varaqlarni o'qish va "kerak bo'lsa" ularni bu hayotning to'xtatib bol'mas va tezkor vaqt mashinasida o'rgatish vaqti keldi.
"Kelajakning ham O'tmishi bor"

UzLand
01-14-2006, 01:07 PM
Шерали Жураев узбек кушикчилигида ягона булгани каби, Миржалол хам футболда ягонадир. Юлдуз деб айнан шундай инсонлари айтишади. Майдонда сехргар, хаетда эса камтар инсон.

Ачинганим шуки, Россиядан нарига чикмаган. Балки Европада катта юлдуз булиб кетармиди? Балки Олтин туп олган булармиди? Балки ушанда Узбекистон хам Жахон чемпионатига чиккан булармиди хурмати ошиб?

Агар термада яхши шароитлар яратиб беришса, бошланишида янги мураббийга ердамчи булиб, кейин мураббийликни уз кулига олса хам буларди.

T-Drive
01-14-2006, 01:19 PM
Да, это величайший футболист в истории узбекского футбола.
Спасибо вам Мирджалол за ваш огромной вклад в развитие узбекского футбола!
Желаю удачи в дальнейшей тренерской карьере!

UzLand
01-15-2006, 11:42 AM
Да, это величайший футболист в истории узбекского футбола.
Спасибо вам Мирджалол за ваш огромной вклад в развитие узбекского футбола!
Желаю удачи в дальнейшей тренерской карьере!

Ему осталось только зайти на форум и почитать все пожелания:)

Madaminbek
01-15-2006, 02:55 PM
Ему осталось только зайти на форум и почитать все пожелания:)

Ha, agar rostdan ham bir marta kirib ko'rganida edi, balki yana qaytib futbol o'ynab yuborar edimi...:rolleyes:

Uzbekistan2010
01-16-2006, 05:12 AM
Ачинганим шуки, Россиядан нарига чикмаган. Балки Европада катта юлдуз булиб кетармиди? Балки Олтин туп олган булармиди? Балки ушанда Узбекистон хам Жахон чемпионатига чиккан булармиди хурмати ошиб?


rossiyaga chiqqan busa ham yevropada uyinchilardan kam joyi yoq.. Alaniya tarkibida chempoin buganda unga yap yandi mers podarka..qilishgan.. nomeri 10 B 0004 :cool:

Hali ham esimda Qosimovni Liverpoolga 35 metrdan gol urgani..1995 yilda uyimda kassetasi turibdi... kelajakda albatta saytlarga joylashtiramiz.... nigeriya termasiga urgan goli esa eh.......:?

qanday uyinchimiz bor ediyaaa :x qosimovni birinchi bolib 1989 yil korganman ... Paxtakor SSSR birinchi ligasida Donbassning Kuzbass jamoasiga qarshi top surgandi... bitta gol muallifi qosimov edi... keyin yana esdan chiqmiydiggan hodisa Paxtakor Dynamo kiev uyni edi. QOSIMOV gol urgandi.... yuran degan uyinchi jalol aka oyogiga shunaqangi podnojka bergan ediku hamma birgalikda YURAN p...s qichqirgan edi....:) yoshligimdan bu akamizni fanati man... eh.. afsus....

Mirjalol aka hamisha sog boling farzandlaringiz bahtiga omon boling...

UzLand
01-16-2006, 01:34 PM
Hali ham esimda Qosimovni Liverpoolga 35 metrdan gol urgani..

Хайронман, ушанда Ливерпулнинг кузи кур булганми дейман?:)

Paxtakor SSSR birinchi ligasida Donbassning Kuzbass jamoasiga qarshi top surgandi...

Лекин Кемеровони Кузбассига Пахтакор кишнинг кунида 7-0 шунакангиям бир тушганки! Йили эсимда йук.

yuran degan uyinchi jalol aka oyogiga shunaqangi podnojka bergan ediku hamma birgalikda YURAN p...s qichqirgan edi....:)

Юран узи доим купол уйнаган.

Uzbekistan2010
01-16-2006, 06:11 PM
Хайронман, ушанда Ливерпулнинг кузи кур булганми дейман?:)



Лекин Кемеровони Кузбассига Пахтакор кишнинг кунида 7-0 шунакангиям бир тушганки! Йили эсимда йук.



Юран узи доим купол уйнаган.

eee nimaga unqa deyapsiz liverpoolni kozi kor bumagan.. lekin qosimov gol urgan busayam alaniya 3 1 ga yutqazgandi.. :)

Lekin 1989 yil Kuzbass (Kemerova:rolleyes: ) bilan 3 - 3 uynagan... :)

Brigadir
01-16-2006, 08:07 PM
Mirjalol O'zbek futbolining tirik afsonasi...
Mrjalolsiz O'zbekistonning endigi o'yilnari qanaqa bo'larkin-a.. Zamenada o'tirsa ham qanaqadir ko'ngillar tinch bo'lib turardi... O'zbekiston terma jamoasi yarim jamoadan ayrilibdi-da.... Ehhh...