PDA

View Full Version : Diqqat futbol ishqibozlari (no amerikanskiy futbol plizzz... )


Uzbekistan2010
01-13-2006, 06:34 AM
MIRJALOL QOSIMOV FUTBOLDAGI FAOLYATINI TUGATGANLIGI HAQIDA

O'zbekiston terma jamoasi sardori Mirjalol Qosimov 20-yillik faoliyatidan so'ng, katta futbol xayrlashishini ma'lum qildi, deb xabar beradi O'zbekiston Futbol Federatsiyasi axborot-tahlil bo'limi. O'zbek futboli afsonasi O'zbekiston milliy terma jamoasida 1992-yilda debyut qilgan edi. Bahraynga qarshi Manamadagi Jahon Chempionati pley off uchrashuvi, hozircha, uning terma jamoadagi so'nggi uchrashuvi bo'lib qolmoqda.

http://www.uzfootball.com/images/stories/qosimov-bahrayn.jpg
UzFootball.Com fotoarxivi: Mirjalol Qosimovning terma jamoadagi so'nggi o'yinlaridan biri Bahraynga qarshi kechgan edi.
Bugun, Mirjalol Qosimov, O'zbekiston Futbol Federatsiyasiga tashrif buyurdi va rahbariyat bilan bu haqda suhbatlashdi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Mirjalol Qosimovni tantanli ravishda kuzatib qo'yish tashabbusi bilan chiqdi.

Mirjalol Qosimovning terma jamoa bilan hayrlashish tadbiri, 22-fevral kuni Bangladesh terma jamoasiga qarshi o'yinda bo'lib o'tadi. U Osiyo chempionati saralash baxslarini ochib beruvchi mazkur uchrashuvda terma jamoani maydonga sardor sifatida boshlab tushadi. Bangladeshga qarshi o'yinda Qosimov o'z imkoniyati doirasida istasa, 90 yoki bo'lmasa, aytaylik 5 daqiqa o'ynaydi. O'zbekiston Futbol Federatsiyasi ushbu o'yin O'zbekiston terma jamoasida eng ko'p, 67 ta o'yin o'tkazgan Qosimov uchun 68 o'yin bo'lishini istaydi va mazkur uchrashuvda Bangladesh terma jamoasi darvozasiga kiritilgan gollardan biri aynan Mirjalol Qosimov hisobiga yozilsa, bu terma jamoa to'purari va ishqibozlar uchun ajoyib bayramga aylanib ketardi...

Shu bilan birga, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Mirjalol Qosimovning hayrlashuv kechasini munosib nishonlash uchun, shu yilning yoz oylarida Qosimov jamoadoshlari hamda Osiyo terma jamoasi o'rtasida megauchrashuv o'tkazishni rejalashtirgan. Bu haqda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi "Terma jamoalar" bo'limi boshlig'i Alisher Nikimbayev ma'lum qildi.

Darhaqiqat, 35-yoshli Qosimov o'zbek futboli tarixida katta iz qoldirdi.
"Men futbolni butunlay tark etmoqchimasman. Oilam va hurmatimga sazovor insonlar bilan suhbatdan so'ng, faqatgina maydondan ketishga ahd qildim. Murabbiylikda o'zimni sinab ko'rmoqchiman",- deydi Qosimov.

"Futbolchi sifatida men o'z niyatlarimga erishdim va ishlarimni bitirdim. Hayotimning keyingi bosqichini boshlamoqchiman", - deydi futbolchi.http://www.uzfootball.com/images/stories/uzb-kuv%203-2%20sborniy.jpg
Qosimovning so'nggi jamoasi, kelasi yili Osiyo chempionlar ligasida debyut qiladigan Muborakning "Mash'al" klubi bo'ldi. Rossiyaning "Alaniya" klubidan so'ng, O'zbekistonga qaytib aynan "Mash'al"ni tanlagan Qosimov o'tgan mavsumda klub libosida 6 ta gol urdi.
Qosimovning Oliy Ligadagi so'nggi uchrashuvi, 7-noyabr kuni "Qizilqum"ga qarshi kechgandi.

Futbolchi o'z faoliyatini "Mash'al" murabbiylari shtabida davom ettiradi. "Bu haqda bir nima deyishga hali erta. Balki bir kun kelib, men ham terma jamoada murabbiy bo'larman", - deydi Qosimov.
"Men Germaniya maydonlarida to'p surib, faoliyatimni tugatishni istardim. biroq, afsuski Jahon Chempionati finallarida o'ynash, mening taqdirimda yo'q ekan", - deydi Bahrayn terma jamoasiga qarshi birinchi uchrashuvda gol urgan futbolchi.
Qosimov uch mamlakatdagi 5 ta klubda to'p surdi. Rossiyada "Krilya Sovetov" va "Alaniya", Birlashgan Arab Amirliklarida "Al-Shabab" va O'zbekistonda "Paxtakor" hamda "Mash'al"da o'ynadi. "Alaniya" bilan Rossiya chempioni bo'lgan Qosimov, "Paxtakor" bilan ham bir necha chempionlik unvonlarini qo'lga kiritgan.
Xalqaro miqyosda u Sobiq Ittifoq yoshlar terma jamoasi tarkibida 1987-yilda jahon chempioni bo'lish bilan birga, 1994-yilda O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan birga Yaponiyada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida oltin medallar bilan taqdirlangan.
http://www.uzfootball.com/images/stories/qosimov.jpg MIRJALOL QOSIMOV
Tug'ilgan:
17-sentabr, 1970, Toshkent
Jamoalar:
Krilya Sovetov, Alaniya (Rossiya), Al Shabab (BAA), Paxtakor va Mash'al
O'zbekiston terma jamoasi:
67 ta o'yin, 29 ta gol
1994-yil, Osiyo o'yinlari g'olibiWon Gold medal at 1994 Asian Games
Shaxsiy yutuqlari:
O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi - 1993, 1998, 2000 va 2004
Klubdagi yutuqlaris:
Rossiya Premyer Ligasi chempioni, "Alaniya" 1995
O'zbekiston Oliy Ligasi chempioni, "Paxtakor" 1998 va 2002

uzfootball.com


22 fervral uyinda Qosimovning songi ucharuvshi ekan.. forum.uzning ozbekiston ishtirokchilari bilan stadionda birga tomosha qilsak yomon bolmasdi... ;)

PM qivoringlar... ;)

Madaminbek
01-13-2006, 07:35 AM
Man bundan juda ham hafaman:(!!!

Madaminbek
01-13-2006, 07:36 AM
Manimcha Qosimovning so'nggi uchrashuvi yozda deb yozilgan. Lekin rasmiysi, haqiqatdan ham 22 fevralda... Stadionga kelib ko'raverasiz-da:)! Nimasi qiyin:)!!

Mahmud
01-15-2006, 03:49 PM
22-fevralda bilmadimu, lekin yozdagi o'yinga borishim mumkin :)

FanaT
02-10-2006, 07:11 AM
eehh shundo o'yinchi ketvoti... endi kim kapitan bo'ladi? ohirgi o`yiniga hudo hohlaasa albata tushish kere!

odish
05-18-2008, 05:34 AM
Qosimov o'yinchilik faoliyatini tugatsa ham hali futboldan ketgani yo'q hafa bo'mengla,,
zo'r o'yinchi edi murabbiylikniyam yaxshi oborvotti...:)