View Full Version : 'Yetim Postlar' Yoxud: O'chgan Threadlardagi Bazi Postlar!
Ulug'bek
07-02-2005, 12:55 PM
Bu thread faqat 'LBning Yetim Postlari' Yoxud: LBda O'chgan Threadlardagi Bazi Postlarga bag'ishlanadi.
Hammangizga malumki, malum threadni ochgan kishining, o'sha threadni o'chirib tashlash imkoniyati bor. Shu sababli, goh-gohda bazi threadlar, unlarni ochgan foydalanuvchilar tomonidan o'chirilib turiladi, lekin ...
Lekin, hamisha ham bu kabi harakat to'g'ri bo'lavermasligidan tashqari, bu ish oqibatida, o'sha threadda boshqa foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan postlar ham o'chib ketadi.
Thread egasining uni o'chirish huquqini to'la saqlagan va uning barcha yozuvlarini o'chirilishiga yo'l qo'yib bergan holda, qolgan foydalanuvchilarning o'sha threadlardagi postlarini (ayniqsa, ular adabiy yozuv bo'lgan holda) qayta tiklash maqsadga muvofiq ko'rinadi. Bu yerda mustasno faqat boshqalarning o'sha threadlar egalariga bevosita aloqali postlari bo'lishi mumkin.
Ushbu thread mana shu maqsadda ochildi. Bu ishni faqat moderatorlar imkoniyatlarida bo'lgani uchun, uni LB moderatorlari bajara oladilar.
Iltimos, bu xususda taklif, mulohaza yoki munosabatingiz bo'lsa, ularni faqat LB taklif va shikoyat qutichasi threadida qoldiring.
Bu yerda faqat 'LBning Yetim Postlari' to'planganligi sabab, boshqa har qanday yozuv off-topdir.
Demak quyidagi yetim postlar LBdagi turli o'chgan threadlardan...
ps. ularni forum.uz asl joylashtirilish tartibiga ko'ra terar ekan, shu sababdan boshlangich yozuv keyinga surilib ketdi, so'ngi yechim sifatida 'edit' dan foydalanib, tushuntiruvni shu birinchi ''yetim'' postga qo'shib qo'ydim.
************************************************** ***********************
************************************************** ***********************
Post Royalga tegishli edi aslida, texnik muammo sabab, mening nomimdan quyilayapti:
MASHRABMAN
Sanamning ishqida tinmay yurub, ovvora Mashrabman,
Ko’zi yoshlig’, qadi xamlig’, dili sadpora Mashrabman.
Ko’ngulda zarracha dunyoni mehri bo’lmayin menda,
Seni deb ikki olamdin kechib, bezora Mashrabman.
O’lib ketsam, lahad ichra so’ngakdin ketmagay darding,
Jahonda topmadim choraki, men – bechora Mashrabman.
Anodin qay kuni bo’ldum, sening ishqingda oh urdum,
Muhabbat dashtida yurgan bo’lub ovvora Mashrabman.
Muhabbat jomidin may tuttilar, ichmasga choram yo’q,
Ko’zumdin qon yoshim tinmay oqar, xunbora Mashrabman.
Boshimga ming balo kelsa, tilarman vaslin, ey zohid,
“Tilim kessang, to’yorim yo’q, - degan, - diydora” Mashrabman.
Xaloyiqlar meni quvlar, yomon deb har shahar borsam,
Ajab mardud, ajab maxrum, ajab sangsora Mashrabman.
O’zumni xalq aro ixfolig’imni hech kishi bilmas,
Dilu jonim fido aylab, ajab ayyora Mashrabman.
Meni devona Mashrabga muhabbatdin bayon aylang,
Namozu ro’zadin forig’ bo’lub sayyora Mashrabman.
Mahmud
07-02-2005, 01:46 PM
O'lsamu unutsang...
O'lsamu unutsang menday yigitni,
Yog'ar yo'llaringga afsus-anduxim.
Oq tulporday minib oppoq bulutni,
Uyingning ustidan o'tadi Ruhim...
Unga nima deysan, bevafo yorim?
O'lsamu unutsang menday yigitni,
Qaro tuproq silab yotsa kuragim,
Sen o'choq oldida chaqqan gugurtni
Uchida lovillab tursa yuragim...
Shunga nima deysan, bevafo yorim?
Sen Xudo emassan axir, o'ylanma,
Jonimning rishtasi qo'lida uning,
Ammo Muhammadsiz o'tmaydi kuning,
Kel, mayli men o'lmay, sen ham qiynalma —
Shunga nima deysan, bevafo yorim?..
Muhammad Yusuf
Joe_Blake
07-02-2005, 02:29 PM
Karvon ko’rdim, tuyalari bo’zlab kelar,
Nortuyada meni yorim muzlab kelar.
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar.
Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor!
Karvon yo’li ketgunicha qizg’aldoqzor,
Yig’lamagin, yig’lagandan dunyo bezor.
O’ynab-o’ynab, kulib-kulib ketavergin,
G’amga o’zim xaridorman, o’zim bozor.
Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor!
Qorli tog’dan naridadir o’zga diyor,
O’zga yurtda kelin bo’lib qolishing bor.
O’zga yurtda o’z yurtingni eslab turgin,
Menga emas, o’z yurtingga bo’l intizor.
Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor!
Bilki, menga olam to’lar, alam to’lar,
Yoki shodlik, gohida g'am nolam bo’lar.
Bu dunyo kimning ko’nglin g’arib etdi,
Alam bilan kuylasam ham olam to’lar.
Peshonangga yozganidan ayrilma yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor!
Karvon ko’rdim, tuyalari bo’zlab borar,
Nortuyada meni yorim muzlab borar.
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab borar.
Sherali Jo'rayev - Karvon qo'shig'i
Usmon Azim she'ri
Godunov
07-02-2005, 02:54 PM
Mana marhamat, ayriliq, mahzunlik ruhiyatida bitilgan nola:
Muhabbat, bunchalar achchiqsan achchiq
Ko'z yoshga ko'mildi, bu jussa, bu tan
Bunchalar achchiqsan, qishsan ayriliq
Sendan najot yo'qdir, censan jonsiz tan.
Muhabbat, bunchalar mahzunsan, mahzun,
Xazonsan, bag'ringdan buruqsiydi dud,
Ayriliq tunlaring uzundan-uzun
Tilida aylanmas bir shirin surud.
Muhabbat, men bugun yolg'iz kezaman
Shu yolg'on dunyoni robotlarida
Muhabbat men seni olib o'taman
Yurakning alvonrang tobutlarida,
Muhabbat bunchalar achchiqsan, achchiq!
Kuygan shoir ijodidan
Mahmud
07-02-2005, 03:03 PM
MUHABBATIM
Muhabbatim, qaydasan qalb ardog`im,
Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum.
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Kelar bo`lsang, yo`lingga gul to`shardim,
Sen Layliga, men Majnunga o`xshardim,
Bu dunyoda hijron yo`q deb yashardim,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Tushlarimda yig`larsan goh bag`ri qon,
Ohlaringdan dud chiqib osmon-osmon,
Menga senu senga men bo`ldik armon,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Muhabbatim, qaydasan, qalb ardog`im,
Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum,
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Muhammad Yusuf
Asadbek
07-02-2005, 04:34 PM
Hmmmm
Mana bitta zo'ri:
Bir kun men tark etsam fanoni,
Qon yig'lab kuzatsa tog'-toshlar.
Mayli, sen chiqmagin uzatib,
Tilayver,
... O'zingga,
... Bardoshlar.
Bir kun men qaytadan tirilsam,
Xush-xandon kulsalar tog'-toshlar.
Endi sen qarshi ham olmasdan,
Tilayver,
... O'zingga,
... Bardoshlar.
Islom Hamro
Pythagor
07-02-2005, 04:37 PM
Kecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda,
Zuhro yulduz mo'ltirab xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma'yuslik sokinlik uyg'otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim
O'tdi yoshlik zavq bilan, gohi to'polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim ba'zan qalb bilan imon bilan
Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim
Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatim
Dunyo degan shundayin anglab bo`lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan.
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan...
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.
Holbuki orzulardan judo ham bo`lganim yo'q,
yulduzday kulganim yo`q, oy kabi to`lganim yo'q.
Erta xazon gul kabi sarg`ayib so`lganim yo'q,
Seni eslab yig`layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag`rim tig`layman, birinchi muhabbatim.
Yo`lin yo`qotsa odam - muhabbatga suyangay,
G`ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay.
Chorasiz qotsa odam - muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim.
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko`rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg`iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim
Sherali Jo'raev qo'shig'idan
Mahmud
07-02-2005, 05:28 PM
MEN BORMAN
Bu ishq sirrin kitob etding, kitobing ichra men borman,
O'qurman deb xitob etding, xitobing ichra men borman.
Yarashgaydir, ajab, senga ajab nozu tamannolar,
Keturman, deb shitob etding, shitobing ichra men borman.
Yuzing hajri bilan oqqan labolab chashm selobin -
Ichurman, deb sharob etding, sharobing ichra men borman.
Umid uzgil, deding oshiq, muhabbat rishtasin uzgum,
Uzurman, deb azob etding, azobing ichra men borman.
Qayon qoldi o'shal so'zkim muhabbat ko'shkini, ey yor,
Tuzurman, deb sarob etding, sarobing ichra men borman.
Dilimda qolgan ushbu har na manzil kulbai ishqni -
Buzurman, deb xarob etding, xarobing ichra men borman.
Muhabbat gulshani ichra olib Abdullaning qalbin,
Chalurman, deb rubob etding, rubobing ichra men borman.
Abdulla Oripov
svitok
07-06-2005, 07:12 AM
áèëìàäèì ëåêèí èíñîí àéðèì âàêò ñåâèá òóðèá óç ñåâãèñèäàí áîø òîðòèøãà ìàæáóð áóëèá ¸ëãîí õàì ñóçëàð ýêàí ¸ëãîí ñóçëàð áèëàí ñåâãèñèí êàëáèíè êîí êèëèá êåòàð ýêàí..........
àéíèêñà óðòàãà îòà îíà òóøèá ó ó ¸ áèç äåãàí âàêòëàðäà îòà îíàíè òàíëàøäàí óçãà ÷îðà êîëìàéäè ñåãàí ñóéèëãàíèíããà ýñà ¸ëãîí ãàïèðèá óíè óçèíãäàí óçîêëàøòèðèø âà óíãà êàòòà êàòòà óçèíãäà áóëìàãàí áàõòíè òèëàá îðêàñèäàí ìèíã éèãëàá äóî êèëèøäàí óçãà éóë êîëìàñ ýêàí .....
óøà þêîðèäà àéòèëãàí øåðëäàð êóï ëåêèí óëàð þðàê íîëèøè þðàêäàãàè øåðëàð ñåâèëãàíè êåòãàíäàí êåéèí àðìîí áóëèá òóáñèç äàð¸íèíã è÷èäàãè ìàðâàðèä êàáè ñóêèá êåòàð ýêàí áó ìàðâàðèäëàðíè êèì êàéòà îëèá ÷èêèá êàéòàäàí ìàðâàðèä êèëàäè áó õóäîãà à¸í óíäà õàì óøà ýñêè ìàðâàðèääåê óëàð ïîðëàá ÷àðàêëàá òóðàäèìèêàí.........
áèð ¸ç îêøîìè ñåâäèì ñåâèëäèì,
áèëìàñäèì ¸ç òóãàá ñèíèá êîëàðìàí.
õàììà áèçíè ñåâèøãàíëàð äåéèðäè,
áèëìàñäèì ñåâãèëèì ÷åõðàñèç êóéèá êîëàðìàí.
êóðêàðäèì ñåâãèìãà êóç òåãàð äåÿ,
áèëìàñäèì ñåâãèìíè êóðìàé êîëàðìàí.
òóíëàðè óõëîëìàé óòñèç ¸íàðäèì,
áèëìàñäèì êóí êåëèá îéëàá ¸íàðìàí.
äåÿðäèì èøêíè ìåíè æàííàòèì äåÿ,
áèëìàñäèì áó èøêíè àçîáè îãèð........
Bevafo
07-09-2005, 06:46 AM
Hayotning damlari,bahor yomg'iri,
Uchrashmoq,ayrilmoq inson taqdiri.
Mehr ko'chasning yukdir,oxiri.
Bizlar bir kurishib yoshlik chog'ida,
Qaytib uchrashmadik umr bog'ida...
maradona
07-10-2005, 08:41 AM
Yaqin borsam ,ketding nariga,
mehrim chukdi qalbim qariga.
Meni degan uzga pari ga
chukkan mehrim qayta uyg'ondi.
taqdir mango sani qizg'ondi...
svitok Jahongir Otajanovni "Uchrashmadik" qushigi edi,lekin menda kompyuterda yuk kasseta...uzbek muzikasini qidirsh ga kirib surab kuring kimdadir bulsa topib berar ;)
svitok
07-16-2005, 01:10 AM
Ìàéëè, áèðîç îðîì îëèø, ôóðñàòíèíã
Àñàáëàðè åòèëãàí, òàðàíã ¸é ãó¸.
Ëåêèí áèð çè¸äèð îðòè çóëìàòíèíã
Îêèáàò ÷óëãàéäè ñåíè øó çè¸
Õîòèðàíãäà êîëàð áèòòà òóø áóëèá
Àðîñàò, àðìîíëàð áàðê óðèá, òóëèá
Òîâîíè ó÷óí ìåí êîëàìàí óëèá ;)
BIBIHONUM
07-22-2005, 09:48 PM
Nega tondim,yo'q!,aytaolmayman,
Sababi!,kel,shuni bilmay qo'yaqol.
Mayli,aybla meni ,bevafo deya-
Zarhal harfla toshga nomim o'yaqol!
Ishon,kecha-kunduz xayolim uyg'oq,
Senga yetmoq yo'lin, topa olmadim.
Bir senmas,meningda yo'llarim qiynoq,
Aybim!..otam rayin qaytarolmadim...
Godunov
07-23-2005, 03:32 AM
Suvlar oqa boshlar xayqirib tag'in,
Bahorlar burkaydi dunyoni gulga
Ketmoqdaman senga qoldirib haqqim
Sevgi bog'larini butun umrga.
Qaniydi yuragim toshga aylansa
Va qaysar xotiram qolsaydi muzlab
Hisslarim ko'molsam, qani tuproqqa,
Balki o'ksinmasdim men sizni eslab.
Noma'lum kuygan oshiq ijodidan
mushketyor
07-26-2005, 04:37 AM
Muhabbat Hissini Asramoq Uchun,
Imorat Shart Emas,makon Shart Emas.
Sinamoq Bulsang Gar Muhabbat Kuchin,
Vaqt Soat Shart Emas,zamon Shart Emas
infolife
08-02-2005, 06:32 PM
There is only one story
He loved her, then stopped loving her
While she didn't stop loving him
There's always one story
She loved him and then stopped loving him
While he didn't stop loving her
The truth is simple-You don't die from love
You only wish you did!
MUHABBAT HISSINI ASRAMOQ UCHUN,
IMORAT SHART EMAS,MAKON SHART EMAS.
SINAMOQ BULSANG GAR MUHABBAT KUCHIN,
VAQT SOAT SHART EMAS,ZAMON SHART EMAS
Ulug'bek
08-06-2005, 10:44 AM
Baxtliman deb hayqirgim kelar...
ekan sizning she'ringiz, men bechoraniki esa aksi bo`ladida endi :) . Qani 1 urinib ko`raychi, nima chiqarkin?
-----
Baxtim izlab sharqu g`arbni aylanaman,
Ko`pdan beri shunday holim, qiynalaman,
Takliflarga ko`nglim to`lmas, chaynalaman,
Endi sariq muslimaga uylanaman!
O`zbek deya kuyib-pishdim, bilmadilar,
Yoqqanlari ko`zlariga ilmadilar,
Mendek Mirzo :D hurmatini qilmadilar,
Endi sariq muslimaga uylanaman!
Ko`chada hech qolgan yigit emas edim,
O`zbegidan boshqasini demas edim,
Ovrupalik muslimaga ko`nmas edim,
Endi sariq muslimaga uylanaman!
Ko`nglim qoldi o`zbegining qizlaridan, (faqat menga uchraganlari haqida bu:D)
Esiz o`tgan damlarimay izlaridan,
Turay endi olislarda ko`zlaridan,
Endi sariq muslimaga uylanaman!
Axir inson rangi bilan inson emas,
Ko`ngli oqlar uchun sariq nuqson emas,
Aqlu -iymon muhim, sira yo`q son emas,
Endi sariq muslimaga uylanaman!
u Z b
Hozircha yetar shu yog`i.
Oxunjoning 1 qo`shig`iga uxshab ketdimi-a?:D
infolife
08-06-2005, 02:42 PM
Usta shogirddan o'zar bo'pti-yu. Dardini bersa shu-da endi.
Yetim qolgan sevgimni izlab
Tun qo'ynida tanho kezaman
Sevgim topishimni yuragim istar
Men qiynalib Undan bezaman
Yetim qolgan sevgimni istab
Tog'lar oshdim, daryolar kesdim
Yurak qo'ymas sevgimni qistab
Yo'llarimda shamoldek esdim
Yetim qolgan sevgim qaydasan?
Kemtik yurak sensiz bahtlimas
Sevgim sevganingni qachon aytasan?
Sensiz o'zga bahtlar baht emas!!!
Tun ohirlar, tong ham otadir
Miltillab ko'ringan umidim quchsam
Sevgimning quyoshi asta botadir
Qani shunday tunda yulduzday uchsam
Yulduzdek uchyapman seni his qilib,
Har tomon bahtimning shamoli yelar,
Do'stlar siz ham tunda bahtni qidiring
Bahtliman deb juda hayqirgim kelar!!!
infolife
08-07-2005, 03:02 PM
Ko'zlaringda yashirin
Sevgimni topsam qani,
So'ngra sevgi qasirin
Sen birla qursam qani!
Qani bahtim umidi?
Qani gulgun hayotim?
Boshqa dardim yo'qmidi,
Sevgim bo'lgan bayotim!
mushketyor
08-07-2005, 03:04 PM
Ko'zlaringda yashirin
Sevgimni topsam qani,
So'ngra sevgi qasirin
Sen birla qursam qani!
Qani bahtim umidi?
Qani gulgun hayotim?
Boshqa dardim yo'qmidi,
Sevgim bo'lgan bayotim!
Erishib bo‘lmaydigan baxtga, orzuga,
Yetisholmay qiynalar, qalbing, yuraging,
Ishonib bo‘lmaydigan senday bir qizga,
Qanday men yo‘liqdim, xafaman taqdirdan.
mushketyor
08-07-2005, 03:06 PM
Sensiz bir on bu hayotda yashay olmasman,
Dilga ozor berishingni ne keraki bor,
Sensiz bedortunlarim, yor, baxtimiz haqi
Yuragimni, hayotimni, tark etma zinhor.
Ulug'bek
08-09-2005, 08:30 AM
Gap yo'q, zo'r chiqibdi.
Biroq xafa qilganingiz yaxshi bo'lmapti, unga atab bir she'r yozib gunohingizni yuving, qizlarni xafa qilish yaxshi emas. :)
Kechirganni, Ilohim kechirarmish,
Gunohidin ko'pini o'chirarmish,
Yo'lini tutsa Kavsar ichirarmish!
Kechirganni, Tangri ham kechirarmish.
Kechirdim so'zdamas ko'ngilda bo'lsin!
Tilingizga kelar so'z chin, dilda bo'lsin!
Kechishlik yaxshidir, gar qulda bo'lsin,
Kechirganni, Tangri ham kechirarmish.
u Z b
infolife
08-09-2005, 09:05 AM
Inson ahli o'zi shum bo'larkande. Rosa bir-birini hafa qilib yurarkan.Ammo shu hafa qilib qo'yganini bilmiydiganlar yoki bilsa ham tan omiydiganlar bor.Ulardan hudo asrasin. Shu bir og'iz 'kechiring' deb qo'ysa olam gulistonu,shuni ham ayta olmaydiganlar borda!!!
Yo'l yuraman umid izidan,
Bahtliman deb hayqirgim kelar!
Mayin sabo eltgan isingdan
Huddi bahtning shamoli yelar!!!
Ulug'bek
08-11-2005, 03:32 AM
Boshqalar-chun yashash jonimga tegdi.
Oddiy o'zim bo'lib yashash istarman,
Boshqalardek yashash bo'ynimni egdi,
Aslinga qayt deb o'zimni qistarman.
O'zbegiming "ko'rsin"laridan bezdim.
Muammo yechmagay, balki yaratar,
"Har kim faqat o'zi bo'lsin!" deb chizdim,
Qonun qilib, lek kim unga qaratar?
Yurakdagi gapni aytmasang - armon,
Fursatin o'tkazsang topilmas darmon!
O'zimiz bo'laylik, keling, har zamon!
Birovdek yashamoq ishoning -yomon!
Hayotk bu - berilgan imkoniyatdir!
Tilda ham aytingiz ne-ki niyatdir!
u Z b ishonchi bu - qatiyatdir,
O'zingdek yashamoq masuliyatdir!
u Z b
svitok
09-03-2005, 01:36 PM
õà¸ë êèòîáèìãà ¸çèëãàí ýðòàê,
þðàãèì êàáðèìãà êóìèëãàí ÷å÷àê.
Ñèðòèììàñ è÷èìãà êóðê áåðãàí áåçàê,
Ñåíñèç ÿøàø êèéèí, ìåíãà ñåí êåðàê.
Øèðèí àçîáëàðãà ñîëãàí ìóõàááàò….
svitok
09-03-2005, 01:38 PM
ðîñò âà ¸ëãîí
ñåí áàõò ìàéèí è÷ãàí ¸ëãîí,
ìåíèíèã ãàì çàõðèíè þòãàíëèãèì ðîñò.
Ñàäîêàò òóøèãà êóíãàíèíã ¸ëãîí,
Ñàðîáëàð æèëâàñèí êó÷ãàíëèãèì ðîñò.
Áàðäîøèìãà ðàõìîí áóëãàíèíèã ¸ëãîí,
Èçòèðîá ðóçèìíè ýëãàíè ðîñò.
Êóíãëèìãà êåíã îñìîí áóëãàíèíã ¸ëãîí,
Òîøäàí áèð áóðäà èøê òèëàãàíèì ðîñò.
Èøêèíããà æàõîí êîðãàíèíã ¸ëãîí,
Ñîãèí÷èìíè éóëëàð òîòãàíèëèãè ðîñò.
Ñóêóòèì áàãðèíè ¸ðãàíëèãè ðîñò,
Ñèðèìíè êóçëàðèì ñîòãàíëèãè ðîñò.
Âèñîëíèíèã éóëëàðè êóòãàíè ¸ëãîí,
¨ëãèçëèê êóç êèñèá ÷îðëàãàíè ðîñò.
Áàõîð ýòàãèìäàí òóòãàíè ¸ëãîí,
Ðóõèìäà õàçîíðåç ïîðëàãàíè ðîñò.
Õà, áàõòèì ìåõðîáè áóëãàíèíã ¸ëãîí,
Èëèíæ ëèáîñè-ëà ¸ïèíãàíèì ðîñò.
Ðîñò ñóçíèíã íå, áèëãàíèíã ¸ëãîí,
Ìåíèíã ¸ëãîíëàðãà òîïèíãàíèì ðîñò.
muhammad_alam
09-15-2005, 05:41 PM
êèçèê,
çîõèðàí áîðìàí, êàòîðäà áèð íîðìàí,
áîòèíàí óëãàí, àñëè íî÷îðìàí.
ýíã ñóíãè äàðäèì, àáàäèé ôàðäèì,
áèëóðìèñàí ñåí, õàæðèíãäà çîðìàí.
êèçèê...
íà äóí¸âèé áàõò êóðäèì, íà äà æàííàòèìàí
õàð íà óëñà ðîçèéäèì, ôàêàò ñåí ëà ñóõáàòèéìàí.
óòàð óìðèì, êóí éóêêè áèð ñàâîë êåëìàäè ¸äèìà:
àéò, ìåíè ñóéãàíìèäèíã? õàð æàâîáãà áàõòëèìàí.
Ýé Ìóõàììàä, êèëìà ôèäî, êè æàâîá áóëìàãàé àíãà,
Óòãàíè õàð áèð äàì íèõîÿãà ýëòàð, øó ñàáàáëè áàõòëèìàí.
Turkonhonim
09-17-2005, 05:21 PM
Gilam
Lablaringni ochganing hamon
Kuksingdanu chikar "oh" bulib,
Kuzlaringni tikkan tomana
Otiladiu nigoh bulib,
Men bir paytlar guzallik kurgan
Kuzzlaringda Uning -chun amr,
U bariga beraverar tan
U menichalik emas besabr.
Poyingda U buladi gilam-
Gilamda sen tekis yurasan.
Fakat menga kiladi alam:
Sen gilamdan bola kurasan!
Muhammad Solih
BIBIHONUM
09-17-2005, 05:35 PM
Tong otmoqda,yana sensiz tong otmoqda,
Sen uzqoda,sog'inchlarda titrar yurak.
Qarabmanki tashvishlardan kun botmoqda,
Dardlarimni sochqi misol sochar yurak...
BIBIHONUM
09-17-2005, 05:55 PM
Men uni sevaman,sevaman chindan,
Asiri bo'lganman ko'rganda ilk bor.
Lek sev deya talab qilolmam undan,
Qo'limdan kelmaydi qilmoq baxtiyor.
O'zimni aldaymi yokida uni,
Qay birin yukini ko'tarar vijdon?
Yorini azobga tashlagan kuni,
Oshiqning tanidan chiqmaydimi jon?
O,visol shodligi tatirmikan hech?
Uning ko'zlarida ko'rganimda dard.
Bir kuning o'tarda qalbim undan kech,
Sevgi bu jasorat,yurak sen bo'l mard!
Men seni baxtiyor,faqat baxtiyor
baxtlilar safida ko'rmoq istayman...
MasxaraboZ
09-20-2005, 02:45 AM
Man sanga jon barib,bodom qopoqlaringda o'layin,
Oh mazali,qizilguldin yonoqlaringda o'layin.
Lola bo'lsang bog'ima,mushking sochib har yog'ima,
Gal, gala qo'y san bog'ima.
Bo'sa barib guftoringnan,shod aylagin diydoringnan,
Gal gala qo'y quchog'ima.
Ko'rib gul pardozlaringni,ko'klarda parvozlaringni,
Manga bag'sh at nozlaringni,ochoqlaringda o'layin.
Ko'zlarimga,jonim inon,ko'rinmas o'zga bir janon,
Qilma mannan sira gumon,so'roqlaringda o'layin.
Sani izlab charchasada,joni tanim oh dasada,
Jon barib shirin bo'sada,quchoqlaringda o'layin.
Mas'ud
09-21-2005, 06:04 AM
..................................
.................................................. .......
Men seni baxtiyor,faqat baxtiyor
baxtlilar safida ko'rmoq istayman...
****** ga
Men Seni bahtiyor ku'rmoq istayman,
Quvonchdan kulishing, yayrashing chindan.
Kunglimda barini bermoq istayman,
Ezgu niyatlarim aytib kungildan.
Musaffo osmonning moviy rangini,
Va tunning malagi oyning, yangini,
Tog'lar shalolasin shu'h jarangini,
Senda mujassamligin tuymoq istayman.
Ku'ngil ku'chalarim, yu'lim shahrimni,
Bag'ishlab dilimda bori sehrimni,
Bir aka bergancha berib mehrimni,
Uzimning singlimdek suymoq istayman.
Hayotning mushkulin engib hamnafas,
Noumid u'ylarga qo'yib men qafas,
Baxtli insonlarga qilib chin havas,
Sen birla bir yoldan yurmoq istayman.
Doimo mast bo'lib baht sururidan,
Ajratib joy Senga yurak tu'ridan,
Quyoshning eng aziz, yorqin nuridan,
Qalbingda jannatni qurmoq istayman.
Men Seni bahtiyor ku'rmoq istayman...
Fevral 2004, Frankfurt
................
hurmat ila............
john_nash
10-16-2005, 08:27 PM
Ey falak, ne taqdirni sen ravo ko'rdung manga,
Tolesizlik tole bo'ldu, ne mehnat sen berding manga.
Ko'pmidikim, bir vafoli yor istadim, hijrni ravo ko'rding manga,
Rozi erdim, davlatimas, bir bahti iqbol bersang manga...
Ey falak, ne g'amkim, nahr kibi bu hayot tortar
Dog'i sohil yoqin, qutqargali somon bergil manga.
BIBIHONUM
10-16-2005, 09:40 PM
* * * * *
Men seni injitmayman,
Va lekin tinchitmayman.
Charx urib, bo’zto’rg’ayday bo’zlashim bor boshingda,
Ey sochlarin to’lqini tun singari sim-siyoh.
Xol kabi paydo bo’lgum yonog’ing yo qoshingda,
Ey izg’irin g’ubori ko’zlarimga to’tiyo…
Saratonda sel bo’lib,
Lolazor yaratgayman.
Qahratonga yel bo’lib,
Gul atrin taratgayman.
Yo’l yurib cho’llab qolsang,
Shildiragim buloqday,
Yoki dashtga yo’l solsang,
Yastangayman o’tloqday.
Istab qolsang soyabon,
Men darrov chinor bo’lgum,
Cho’mar bo’lsang nogahon,
Men darrov anhor bo’lgum.
Kezar bo’lsang bog’ingda,
Pichirlagum misli barg.
Kuyib sening dog’ingda,
Bo’lmasaydim juvonmarg…
Bu dunyoda hech kim yo’q
Senga mendek mahlyo,
Umidim bor,qaragung
Axiyri qiyo-qiyo…
Nasim kabi sezdirmay,
Kiprigingga to’qingum.
Ozor bermay bezdirmay,
Suvratingga cho’qingum.
Qush bo’lib uchar bo’lsang,tarlon bo’lib quvgayman,
Tog’larda sharsharadek g’uboringni yuvgayman.
Xar mushkul,xar xatarda xar balodan asragum.
Qayrilsang-qayrilmasang,o’lguncha ardoqlagum.
Tong payti yulduz misol yuragingda yongayman,
Yomg’irda kamalakday yuz rangda tovlangayman
Ko’rkingga tikilgayman to ko’zimda bor ziyo,
O’zing bilmaysan senda shunchalar mehrigiyo!
Men seni tinchitmayman…
Mirtemir
BIBIHONUM
10-25-2005, 08:36 PM
****** ga
Men Seni bahtiyor ku'rmoq istayman,
Quvonchdan kulishing, yayrashing chindan.
Kunglimda barini bermoq istayman,
Ezgu niyatlarim aytib kungildan.
Musaffo osmonning moviy rangini,
Va tunning malagi oyning, yangini,
Tog'lar shalolasin shu'h jarangini,
Senda mujassamligin tuymoq istayman.
Ku'ngil ku'chalarim, yu'lim shahrimni,
Bag'ishlab dilimda bori sehrimni,
Bir aka bergancha berib mehrimni,
Uzimning singlimdek suymoq istayman.
Hayotning mushkulin engib hamnafas,
Noumid u'ylarga qo'yib men qafas,
Baxtli insonlarga qilib chin havas,
Sen birla bir yoldan yurmoq istayman.
Doimo mast bo'lib baht sururidan,
Ajratib joy Senga yurak tu'ridan,
Quyoshning eng aziz, yorqin nuridan,
Qalbingda jannatni qurmoq istayman.
Men Seni bahtiyor ku'rmoq istayman...
Fevral 2004, Frankfurt
................
hurmat ila............
***** ga
Men sizni baxtiyor ko'rmoq istayman,
Dilingizdan bor qayg'ungiz olib.
Tundek qora sochlarimga o'rmoq istayman,
Yoki ko'zlarimga surmadek tortib.
Yig'lasam desinlar ko'zing chiroylik...
Azizim men sizni faqat baxtiyor,
Baxtlilar safida ko'rmoq istayman...
Mas'ud
10-27-2005, 10:19 AM
...
******************
Qani endi to'lin oy bo'lsam,
Nurlarimni senga sochardim.
Sochlaringga yulduzlar taqib,
Muhabbatga keng yo'l ochardim.
Qani endi shabboda bo'lsam,
Sochlaringni o'ynardim suyib.
Qani endi zilol suv bo'lsam,
Jamolingga qaradim to'yib,
Qani endi ko'z yoshing bo'lsam,
Kiprigingga qo'nardim asta.
Yuzlaringdan sekin o'rmalab,
Aylar edim dilingni xasta.
Qani endi kamaring bo'lsam,
Bellaringdan mahkam quchardim
Ertakdagi humo qush misol,
sening bilan ko'kka uchardim.
Qani endi dugonang bo'lsam,
Yuzlaringdan o'pib olardim.
Shu yigitga qaray qol,- deya,
aldab seni yo'lga solardim.
Bo'lsam edi sening yulduzing,
Charaqlardim senga kunlari.
Kitob bo'lib qolsam sen sevgan,
Uxlatmasdim seni tunlari.
Qani endi bo'lsam quyoshing,
Porlar edim umrbod sen chun...
Go'zal, senga shudir tilagim...
Yashnab yurgin har qachon gulgun...
Toshkent 2001 yil...
hurmat ila...
infolife
10-27-2005, 05:55 PM
Bo'lsam...qani bo'lsam ko'kdagi oying
Tunlar senga tinchlik bermasdim
Termulardim husningga doyim
Derazangdan nari ketmasdim!
Qani bo'lay soy bo'yidagi
Majnuntoling,majnuning bo'lay
Zilol-shoshqin suv o'yidagi
Hayolingda surguning bo;lay
Jonim seni unutmoq qiyin
Yuragingda sevgimni quchay,
Sevmasang sen ruhsating bergin
Yuragingda qabrimni ochay!
infolife. 27.10.05
******************
Qani endi to'lin oy bo'lsam,
Nurlarimni senga sochardim.
Sochlaringga yulduzlar taqib,
Muhabbatga keng yo'l ochardim.
Qani endi shabboda bo'lsam,
Sochlaringni o'ynardim suyib.
Qani endi zilol suv bo'lsam,
Jamolingga qaradim to'yib,
Qani endi ko'z yoshing bo'lsam,
Kiprigingga qo'nardim asta.
Yuzlaringdan sekin o'rmalab,
Aylar edim dilingni xasta.
Qani endi kamaring bo'lsam,
Bellaringdan mahkam quchardim
Ertakdagi humo qush misol,
sening bilan ko'kka uchardim.
Qani endi dugonang bo'lsam,
Yuzlaringdan o'pib olardim.
Shu yigitga qaray qol,- deya,
aldab seni yo'lga solardim.
Bo'lsam edi sening yulduzing,
Charaqlardim senga kunlari.
Kitob bo'lib qolsam sen sevgan,
Uxlatmasdim seni tunlari.
Qani endi bo'lsam quyoshing,
Porlar edim umrbod sen chun...
Go'zal, senga shudir tilagim...
Yashnab yurgin har qachon gulgun...
Toshkent 2001 yil...
hurmat ila...
Mas'ud
10-28-2005, 12:01 AM
Bo'lsam...qani bo'lsam ko'kdagi oying
Tunlar senga tinchlik bermasdim
Termulardim husningga doyim
Derazangdan nari ketmasdim!
Qani bo'lay soy bo'yidagi
Majnuntoling,majnuning bo'lay
Zilol-shoshqin suv o'yidagi
Hayolingda surguning bo;lay
Jonim seni unutmoq qiyin
Yuragingda sevgimni quchay,
Sevmasang sen ruhsating bergin
Yuragingda qabrimni ochay!
infolife. 27.10.05
Yuragimdan Sen joy so'rabsan...
Qabr ochgali... Ruxsatim bilan...
Yuragingdan sevgim quchibsan...
Shu xolosmi, xohishing, Jonim???
Murg'akkina yuragim tugul,
Hayotimni to'lig'icha ol.
Muhabbating tushundim bugun!
Neki borim bo'lsa, olaqol.
Aybim mening - bee'tiborim,
Osmon debman sening vaslingni.
Zarra yo'qdir dilda g'uborim,
Kun borkan-ku, ko'rmoq aslingni...
....Faqat firoq qiynadi yomon,
Furqatda men chekaman azob.
Qayoqlarga ketding nogahon?
Bermoqchiydim sevgingga javob...
JaruleUZB, 10.28.2005
infolife
10-28-2005, 04:44 AM
Javob...qani javobing seni
Ko'rganim shu qatra yosh bo'ldi
Hijron bilan aldoving seni
Azobladi,g'amim bosh bo'ldi
Kechalari tinchlik bermasdan
Mast hayollar hamrohim bo'ldi
Hayolingda hayol surmasdan
Sen sezmading gumrohlik bo'ldi
So'rmadim men na molu-davlat
So'rganim shu muhabbat bo'ldi
Joy topmadi sevgim basavlat
Yuragingda hur bo'lib o'ldi!
infolife.10.28.05
Yuragimdan Sen joy so'rabsan...
Qabr ochgali... Ruxsatim bilan...
Yuragingdan sevgim quchibsan...
Shu xolosmi, xohishing, Jonim???
Murg'akkina yuragim tugul,
Hayotimni to'lig'icha ol.
Muhabbating tushundim bugun!
Neki borim bo'lsa, olaqol.
Aybim mening - bee'tiborim,
Osmon debman sening vaslingni.
Zarra yo'qdir dilda g'uborim,
Kun borkan-ku, ko'rmoq aslingni...
....Faqat firoq qiynadi yomon,
Furqatda men chekaman azob.
Qayoqlarga ketding nogahon?
Bermoqchiydim sevgingga javob...
JaruleUZB, 10.28.2005
Mas'ud
10-28-2005, 06:31 AM
Javob...qani javobing seni
Ko'rganim shu qatra yosh bo'ldi
Hijron bilan aldoving seni
Azobladi,g'amim bosh bo'ldi
Kechalari tinchlik bermasdan
Mast hayollar hamrohim bo'ldi
Hayolingda hayol surmasdan
Sen sezmading gumrohlik bo'ldi
So'rmadim men na molu-davlat
So'rganim shu muhabbat bo'ldi
Joy topmadi sevgim basavlat
Yuragingda hur bo'lib o'ldi!
infolife.10.28.05
[LEFT]
"O'ldi..."?... Yo'q, sevging o'lmagan...
U hur bo'lib yashar yurakda...
Sendan boshqa yorim bo'lmagan,
Bo'lmagay ham bundan buyoqda.
Yig'lagani qo'ymayman senga,
G'amdan ko'rmay ko'zlaringda nam,
Xijronda-da to'ymayman Senga,
Vasl umidi mening chun karam.
Visolingga yetib olayin,
Ming so'zlarga chek qo'ygum shu on.
Hayolimni tiklab olayin.
Tunlar uyqu bermayman chunon.
Hayolimda surmayman hayol,
Mening aniq maqsadlarim bor.
Sensiz o'tgan vaqtim-ku, zavol,
Albat seni baxtli qilgum, Yor.
Oltin tog'ni etmayman va'da,
Balandparvoz she'rlar bitmagum.
Quvonch yoshing ko'rgan mahalda,
Muhabbatdan mahrum etmagum.
Ollohimdan yolg'iz tilagim,
To so'ng zarba ursa yuragim,
Seni deyman, mayus malagim....
...Men seni baxtiyor ko'rmoq istayman
JaruleUZB 10.28.05 Poytaxt
infolife
10-28-2005, 10:26 AM
Murg'ak yurak uradi duk-duk
Yozgan har bir misrangni o'qib
Nahot shu rost,bor menda hadik
Sevilganim his etdimmi qo'rqib
Nahot senham menday qiynalib
Tonglar otti uyqusizlikda
Ohiri yo'q o'yim o'ylanib
Ayblab sevging men ojizlikda!
Baht nimada anglolmas aqlim
Nahot bahtni sen menda ko'rding
'Toabad...' deb bir qilgan ahdim
Menla bahtning hosilin o'rding!
Uvoliku tutti sevgining
Yutqazdik biz hayotda vaqtdan
Zavoliku bo'ldi mehrning
'Sensan....' deb so'ng tonganda bahtdan!
infolife.28.10.05
ps:JaruleUzb,sher'iz juda zo'r chiqibdi!
"O'ldi..."?... Yo'q, sevging o'lmagan...
U hur bo'lib yashar yurakda...
Sendan boshqa yorim bo'lmagan,
Bo'lmagay ham bundan buyoqda.
Yig'lagani qo'ymayman senga,
G'amdan ko'rmay ko'zlaringda nam,
Xijronda-da to'ymayman Senga,
Vasl umidi mening chun karam.
Visolingga yetib olayin,
Ming so'zlarga chek qo'ygum shu on.
Hayolimni tiklab olayin.
Tunlar uyqu bermayman chunon.
Hayolimda surmayman hayol,
Mening aniq maqsadlarim bor.
Sensiz o'tgan vaqtim-ku, zavol,
Albat seni baxtli qilgum, Yor.
Oltin tog'ni etmayman va'da,
Balandparvoz she'rlar bitmagum.
Quvonch yoshing ko'rgan mahalda,
Muhabbatdan mahrum etmagum.
Ollohimdan yolg'iz tilagim,
To so'ng zarba ursa yuragim,
Seni deyman, mayus malagim....
...Men seni baxtiyor ko'rmoq istayman
JaruleUZB 10.28.05 Poytaxt
Ja_again_RuleUZ
10-28-2005, 11:03 PM
...
Rahmat!!! Sizning ham ijodizga baraka!!!
She'ringizga javob...
Yuragimda yashar sevgingni,
Sen bor uchun asrayman beshak.
Unda aks ettirgan mehringni,
Ko'rish uchun yaralgan bo'lsak.
Mehridaryo orazing sabab,
Xijron nima bilmayman... Ha, Rost!
Yillar guvoh mening dardimga,
Umidimga etayapsan roz.
Tomirimda jo'sh urgan qonim,
Sen bor uchun aylanadi shod.
So'nggi nafas olguncha jonim,
Faqat isming qaytaradi yod.
Senga bo'lgan ishqim - hayotim,
Muhabbatim oltin tojimdir.
Sevgim mening so'nggi bayotim,
Ham mamotim, ham ilojimdir.
Hurmat bilan JaruleUZB 28.10.2005
P.S. O'zimning JaruleUZB nikim bilan post qila olmayapman(sababini hali tushinib yetganimcha yo'q). Shuning uchun yangi nik bilan kirdim. Uzrlarim...
Ja_again_RuleUZ
10-29-2005, 12:08 AM
Murg'ak yurak uradi duk-duk
Yozgan har bir misrangni o'qib
Nahot shu rost,bor menda hadik
Sevilganim his etdimmi qo'rqib
Nahot senham menday qiynalib
Tonglar otti uyqusizlikda
Ohiri yo'q o'yim o'ylanib
Ayblab sevging men ojizlikda!
Baht nimada anglolmas aqlim
Nahot bahtni sen menda ko'rding
'Toabad...' deb bir qilgan ahdim
Menla bahtning hosilin o'rding!
Uvoliku tutti sevgining
Yutqazdik biz hayotda vaqtdan
Zavoliku bo'ldi mehrning
'Sensan....' deb so'ng tonganda bahtdan!
infolife.28.10.05
ps:JaruleUzb,sher'iz juda zo'r chiqibdi!
infolife, Dil so'zlaringiz uchun rahmat!!!
... yana javob.
***
Men tonmadim baxtimdan hech ham,
"Afsuski...",- ham, demayman aslo.
Yutqazmadik vaqtimizdan ham,
Sevgi bizga berganda fatvo.
Rost!... sevganman sen kabi yonib,
Haqiqatdir uyqusiz tunlar.
Baxt suvini icharmi qonib,
Qayg'u bilmas bag'ri butunlar?
Baxt sevgida, vafodorlikda,
Senda barcha xislat mujassam.
shundan qalbim talpinar yana,
Yangilanar qalb yaram - ko'rsam...
Yurakni hech qilma havotir,
Majnunman men... qilma e'tibor.
ayrlganman o'z aqlu xotir,
Orazingni ko'rganim kunda...
JaruleUZB 29.10.05
hurmat ila...
infolife
10-29-2005, 10:55 AM
Yozganlaring haqiqat bo'lsa,
Nega oshkor so'ylamading sen?
Sevgi nozik bir hilqat bo'lsa,
Nega uni o'ylamading sen?
Tonmadim deb aytasan yolg'on
Mag'rur boshing egmading sen hech
Nozik sevgi qasrimchi vayron,
Qo'y gapirma, endi bo'ldi kech!
Men taqdirni qarg'adim rosa
Qayg'u bilan o'tdiku kunim
Yozganlaring agar chin bo'lsa
Yurak yutib tiriltir sevgim!!!
infolife, Dil so'zlaringiz uchun rahmat!!!
... yana javob.
***
Men tonmadim baxtimdan hech ham,
"Afsuski...",- ham, demayman aslo.
Yutqazmadik vaqtimizdan ham,
Sevgi bizga berganda fatvo.
Rost!... sevganman sen kabi yonib,
Haqiqatdir uyqusiz tunlar.
Baxt suvini icharmi qonib,
Qayg'u bilmas bag'ri butunlar?
Baxt sevgida, vafodorlikda,
Senda barcha xislat mujassam.
shundan qalbim talpinar yana,
Yangilanar qalb yaram - ko'rsam...
Yurakni hech qilma havotir,
Majnunman men... qilma e'tibor.
ayrlganman o'z aqlu xotir,
Orazingni ko'rganim kunda...
JaruleUZB 29.10.05
hurmat ila...
Mas'ud
10-30-2005, 01:49 AM
... Men taqdirni qarg'adim rosa
Qayg'u bilan o'tdiku kunim
Yozganlaring agar chin bo'lsa
Yurak yutib tiriltir sevgim!!!
Javob......
"Tiriltir...",- Sen aytdingmi buni sen menga???
Deganman-ku, axir, O'LMAGAN!!!
U hur bo'lib yashar, yashaydi,
Muhabbatim hali so'lmagan.
Ishq izhorim oshkor etgali,
Qarshi turgan mag'rurlik emas.
Yo'q... Sababini senga aytgali,
Tuyg'ularim sira yo'l bermas...
Ha, so'ylayman, mayli, quloq sol,
Gar shu bo'lsa xohishing sening,
Bir yagona o'yim tufayli,
Qalbim vayron, vayrondir mening:
Seni sevib qolganman , biroq,
Arzirmanmi muhabbatingga?
Qiynar meni yagona so'roq-
Loyiqmanmi men hurmatingga???
Sevib qolish gar bo'lsa gunoh,
Gunohlarga ko'milganman men.
Nozik sevgi torlarin chertib,
Ishq kuyida cho'milganman men...
Men gunohkor bandaman....
O'z yog'imda qovrilib ming bor,
Samolarga qildim iltijo:
Agar sensiz yashamoq bo'lsam,
Tanam o'lim, mayli, qilsin jo.
... Bilmas edim befarqliging!
Bugun bildim sevishing yonib,
Bugun menga sirlaring ayon.
Endi, mana, hayotdan qonib,
Isbotlagum mehrimni, chunon!!!
Yo'q, Kech emas...bizlar chun hayot
Shu bugundan boshlanar yangi....
JaruleUZB 30.10.05...Poytaxt...
hurmat ila...
P.S. Hurmatli infolife! She'ringiz juda yahshi chiqibdi.:)
Kelgusidagi javob she'rlaringizni kutib qolaman.
Aytgancha, men Forum ga kelgusi juma kungacha kira olmasam kerak.
Mas'ud
10-30-2005, 01:54 AM
**************
Dilimda sira ham bitmas iztirob,
Qoldirib ketmoqda sening ko'zlaring.
Qalbim jo'shib, shoshib, toshib, hayqirib,
Izlaydi sen bosgan nurli izlaring.
Shunchalar mahliyo bo'lib zulfingga,
Sezmabman kelganinh vodiyga bahor...
Chaqmoqdek chaqnading hayotda...Va lek,
Nechukdir etmadim sevgimni izhor.
Izhorim oshkora aytgali balki,
Yetmadi sabotim, sabrim, bardoshim.
Bir umr do'st... Balki yor ham bo'larding,
Bo'larding sen mening yaqin sirdoshim...
Sen ketib borasan ortingga qaytmay,
Unut bo'lar balki lahzalik tuyg'u...
Yodingdan chiqsam-da, abad-ul abad,
Men seni ututmam bir umr, mangu..
JaruleUZB, 2001 yil... bahor...
infolife
10-30-2005, 08:43 AM
Befarq menmi va yoki senmi
Ayblash bilan chekindik bizlar
Mehrim sening mehringga tengmi
Termulishdi g'am to'la ko'zlar
Sevgi gunoh demagin jonim
Sevganim bu eng katta bahtim,
Shudir mening jonim-jahonim
Shu dunyoda yagona ahdim
Yangi hayot....qaylarda qoldi
Hayot deya oqqan qonlarim
Sevgi mening jonimni oldi
'Tanho sen' deb kezgan onlarim
Bas yetar bu dardingdan to'ydim
Yetar shuncha chekkan azoblar
Bu kun ishqim men ko'mib qo'ydim
Mehringga zor bo'ldim adolar!!!
ps:bizi ijod sizikiga yetmas
Javob......
"Tiriltir...",- Sen aytdingmi buni sen menga???
Deganman-ku, axir, O'LMAGAN!!!
U hur bo'lib yashar, yashaydi,
Muhabbatim hali so'lmagan.
Ishq izhorim oshkor etgali,
Qarshi turgan mag'rurlik emas.
Yo'q... Sababini senga aytgali,
Tuyg'ularim sira yo'l bermas...
Ha, so'ylayman, mayli, quloq sol,
Gar shu bo'lsa xohishing sening,
Bir yagona o'yim tufayli,
Qalbim vayron, vayrondir mening:
Seni sevib qolganman , biroq,
Arzirmanmi muhabbatingga?
Qiynar meni yagona so'roq-
Loyiqmanmi men hurmatingga???
Sevib qolish gar bo'lsa gunoh,
Gunohlarga ko'milganman men.
Nozik sevgi torlarin chertib,
Ishq kuyida cho'milganman men...
Men gunohkor bandaman....
O'z yog'imda qovrilib ming bor,
Samolarga qildim iltijo:
Agar sensiz yashamoq bo'lsam,
Tanam o'lim, mayli, qilsin jo.
... Bilmas edim befarqliging!
Bugun bildim sevishing yonib,
Bugun menga sirlaring ayon.
Endi, mana, hayotdan qonib,
Isbotlagum mehrimni, chunon!!!
Yo'q, Kech emas...bizlar chun hayot
Shu bugundan boshlanar yangi....
JaruleUZB 30.10.05...Poytaxt...
hurmat ila...
P.S. Hurmatli infolife! She'ringiz juda yahshi chiqibdi.:)
Kelgusidagi javob she'rlaringizni kutib qolaman.
Aytgancha, men Forum ga kelgusi juma kungacha kira olmasam kerak.
Mas'ud
10-30-2005, 09:21 PM
Befarq menmi va yoki senmi
Ayblash bilan chekindik bizlar
Mehrim sening mehringga tengmi
Termulishdi g'am to'la ko'zlar
Sevgi gunoh demagin jonim
Sevganim bu eng katta bahtim,
Shudir mening jonim-jahonim
Shu dunyoda yagona ahdim
Yangi hayot....qaylarda qoldi
Hayot deya oqqan qonlarim
Sevgi mening jonimni oldi
'Tanho sen' deb kezgan onlarim
Bas yetar bu dardingdan to'ydim
Yetar shuncha chekkan azoblar
Bu kun ishqim men ko'mib qo'ydim
Mehringga zor bo'ldim adolar!!!
Mehrimga zor ko'zlring nahot
Umidsizdir???... Ishonolmayman.
axir umid insonga najot.
Sen ko'msang ham, men ko'molmayman.
Hayot deya oqqan qonlaring,
Mayli mendan olgin... Tayyorman.
Meni tanho kezgan onlaring,
Qaytib bergum... Senga madorman.
Necha yillar ko'rishmay bugun,
Termulamiz... Boshlarimiz ham.
Ikkimizning qalbimiz tugul,
Ko'zimizda tubsiz g'am.
Sen ko'zlaring so'ylar:"Men muxtoj,
Dardlar chekdim... Parvoing palak..."
Men ko'zlarim so'ylar:"na iloj...
Taqdirlarga bo'ysinar yurak..."
"-Ko'mayap[man sevgimni abad,
Ketayapman men taqdiringdan".
"-Ko'msang qabrga yolg'iz joy faqat
Qilgin yuragimning to'ridan".
Imkon bergin eng oxirgi bor,
Qiyin axir ayriliq savdo.
O'limga ham tayyorman...Faqat
Umidimdan qilmagin judo...!
JaruleUZB 30.10.05
infolife
10-31-2005, 04:43 PM
Umidlarim uchdi qaylarga
O'zim ham hech anglolmay qoldim
Sarmast aylab ishqim maylarga
Qul bo'lgandim tang holda qoldim
Bugun ular hammasi ro'yo
Qayga ketdi barcha-barchasi
Qayda qoldi men bilgan dunyo
Qayda sevgim bo'lak parchasi
To'kiladi barg yaproqlari
Go'yo zahar mening labimga
Yoshdan qurir bu qaroqlarim
Umid ber deb chanqoq qalbimga!
infolife.31.10.05
Mehrimga zor ko'zlring nahot
Umidsizdir???... Ishonolmayman.
axir umid insonga najot.
Sen ko'msang ham, men ko'molmayman.
Hayot deya oqqan qonlaring,
Mayli mendan olgin... Tayyorman.
Meni tanho kezgan onlaring,
Qaytib bergum... Senga madorman.
Necha yillar ko'rishmay bugun,
Termulamiz... Boshlarimiz ham.
Ikkimizning qalbimiz tugul,
Ko'zimizda tubsiz g'am.
Sen ko'zlaring so'ylar:"Men muxtoj,
Dardlar chekdim... Parvoing palak..."
Men ko'zlarim so'ylar:"na iloj...
Taqdirlarga bo'ysinar yurak..."
"-Ko'mayap[man sevgimni abad,
Ketayapman men taqdiringdan".
"-Ko'msang qabrga yolg'iz joy faqat
Qilgin yuragimning to'ridan".
Imkon bergin eng oxirgi bor,
Qiyin axir ayriliq savdo.
O'limga ham tayyorman...Faqat
Umidimdan qilmagin judo...!
JaruleUZB 30.10.05
Ulug'bek
11-01-2005, 03:32 AM
Biroz muhlat bering, shoshmangiz buncha!
Bir kunda ekilmas, ochilmas g'uncha!
Kutingizngiz sevgingiz to U kelguncha!
Ishoning shunday kun keladi bir kun!
Sabrning mevasi sariq oltindir!
E'zozlab asrasang tariq - oltindir!
Bazida yondagi ariq oltindir!
Ishoning shunday kun keladi bir kun!
Shoshilgan sevgi xom bo'lishi mumkin,
Bir umr boshing xam qilishi mumkin,
Baxting kutmagandan kelishi mumkin,
Ishoning shunday kun keladi bir kun!
Oqila qizlarga loyiq ham chiqar,
Hatto bu forum.uz to'liq ham chiqar:) ,
Kamba'gallar, kissasi bo'liq ham chiqar:) ,
Ishoning shunday kun keladi bir kun!
Ulug'bek.
01.11.2005
Umidlarim uchdi qaylarga
O'zim ham hech anglolmay qoldim
Sarmast aylab ishqim maylarga
Qul bo'lgandim tang holda qoldim
Bugun ular hammasi ro'yo
Qayga ketdi barcha-barchasi
Qayda qoldi men bilgan dunyo
Qayda sevgim bo'lak parchasi
To'kiladi barg yaproqlari
Go'yo zahar mening labimga
Yoshdan qurir bu qaroqlarim
Umid ber deb chanqoq qalbimga!
infolife.31.10.05
infolife
11-01-2005, 03:18 PM
Uzb,siz ko'p oliyjanobsizda do'st.Hurmatlarim.
Bahtimni kutib........
Shunday kun kelishin kutib yahsarman
O’shanda men bahtdan bir hayqiraman
Hozir dard ishimga yutib yashayman
Har o’ydan fikrdan ko’p hayiqaman
Bilaman baht meni izlab yuribdi
Huv ana tog’ orti dala qo’ynidan
Hozirku shodligim bo’zlab yuribdi
O’sha kun u sakrak bahtning to’yidan
Bilaman umidim ergashar tinmay
Qayga borsam meni yolg’iz qo’ymaydi
Hozir u sinovda bellashar tinmay
Dard bilan alamga javob yo’llaydi
O'sha kun........
O'sha bir kun kutar oils kelajak
Kutadi tinimsiz meni chorlaydi
Faqat hali vaqt bor,bor yana jindak
O’shanda umiddan uchqun porlaydi!
infolife 1.11.05
Biroz muhlat bering, shoshmangiz buncha!
Bir kunda ekilmas, ochilmas g'uncha!
Kutingizngiz sevgingiz to U kelguncha!
Ishoning shunday kun keladi bir kun!
Sabrning mevasi sariq oltindir!
E'zozlab asrasang tariq - oltindir!
Bazida yondagi ariq oltindir!
Ishoning shunday kun keladi bir kun!
Shoshilgan sevgi xom bo'lishi mumkin,
Bir umr boshing xam qilishi mumkin,
Baxting kutmagandan kelishi mumkin,
Ishoning shunday kun keladi bir kun!
Oqila qizlarga loyiq ham chiqar,
Hatto bu forum.uz to'liq ham chiqar:) ,
Kamba'gallar, kissasi bo'liq ham chiqar:) ,
Ishoning shunday kun keladi bir kun!
Ulug'bek.
01.11.2005
Mas'ud
11-04-2005, 01:40 AM
Umidlarim uchdi qaylarga
O'zim ham hech anglolmay qoldim
Sarmast aylab ishqim maylarga
Qul bo'lgandim tang holda qoldim
Bugun ular hammasi ro'yo
Qayga ketdi barcha-barchasi
Qayda qoldi men bilgan dunyo
Qayda sevgim bo'lak parchasi
To'kiladi barg yaproqlari
Go'yo zahar mening labimga
Yoshdan qurir bu qaroqlarim
Umid ber deb chanqoq qalbimga!
infolife.31.10.05
Umidlarga chanqoq bu qalbing,
Sug'orayin mehrim nuri-la.
Osmon qilib ko'taray ko'nling,
Kayfiyatning yorqin shuuri-la.
Kutgin, faqat ketma yiroqqa,
Xazonrezgi barglarni to'kma.
Chidolmayman aslo firoqqa,
Dardlaringnmi yutib beraman.
Yolg'iz sen-la ishongum ahdga,
Shundan, faqat seni sevaman.
Ikkalamiz loyiqmiz baxtga,
Mushkulotdan o'tib beraman.
Ishq dardiga menman giriftor,
Tushlarimda birga yuraman.
Shoshma, axir, kutib turgin yor,
Umidlaring tutib beraman.
Poytaxt.11.04.05..
hurmat ila...
P.S. infolife, Assalamu alaykum! Iyd Ramazon muborak bo'lsin!
Endi yana aytishuvni davom ettiramiz. Ijodizga baraka!
Mas'ud
11-04-2005, 04:40 AM
Uzb,siz ko'p oliyjanobsizda do'st.Hurmatlarim.
Bahtimni kutib........
Shunday kun kelishin kutib yahsarman
O’shanda men bahtdan bir hayqiraman
Hozir dard ishimga yutib yashayman
Har o’ydan fikrdan ko’p hayiqaman
Bilaman baht meni izlab yuribdi
Huv ana tog’ orti dala qo’ynidan
Hozirku shodligim bo’zlab yuribdi
O’sha kun u sakrak bahtning to’yidan
Bilaman umidim ergashar tinmay
Qayga borsam meni yolg’iz qo’ymaydi
Hozir u sinovda bellashar tinmay
Dard bilan alamga javob yo’llaydi
O'sha kun........
O'sha bir kun kutar oils kelajak
Kutadi tinimsiz meni chorlaydi
Faqat hali vaqt bor,bor yana jindak
O’shanda umiddan uchqun porlaydi!
infolife 1.11.05
yana javob....
Umiding uchquni porlashin kutib,
Yashayman...
Mayli u cho'zilsin yillar,
Olis kelajaging ko'zim oldida.
chidayman, aytguncha rozin ko'ngillar.
O'sha kun kelishin kutasan sen ham,
Qalbingda o'ynoqlar bahor nafasi.
Shubha hayollarga beradi malham
Oshufta yuraging -- dil arzandasi...
Buncha murakkabdir ishqning jilosi,
Charxlaydi tinmayin aqlim ziyosin.
Ko'zni qamashtirar yorqin jilosi,
Visoling orzular qilib yashayman.
11.04.05 ..poytaxt...
hurmat ila...
P.S. 4 kunlik tanaffusdan so'ng ilhom parisi kelishi saal qiyinroq kechayapti....:rolleyes:
infolife
11-11-2005, 05:15 PM
Bilaman dardingni bilaman do'stim
Azobli sevgingni qilmagin davo
Shu bugun hayotdan bor meni qasdim
Senga shuncha dardni ko'ribdi ravo
Bilaman dardingni bilaman barin
Qiynoqlarda qolgan ruhing chinqirar
Shu bugun sevgingga intilgan saring
Uzoqlashar sevging,chaqmoqlar chaqar
Bilaman ne edi sendagi orzu
Ko'p o'yga tolaman taqdir shumidi?
Nahot senga kulib boqmadi bir zum
Nahot bergan taqdir senda shummidi?
Qo'y endi unut sen g'am shami o'chib
Qo'y endi yangittan boshlagin hayot
Shafqatsiz dunyoda umiding quchib
Olib kelar senga bahtingni bayot!!!
infolife.11.11.05 BF):):
**************
Dilimda sira ham bitmas iztirob,
Qoldirib ketmoqda sening ko'zlaring.
Qalbim jo'shib, shoshib, toshib, hayqirib,
Izlaydi sen bosgan nurli izlaring.
Shunchalar mahliyo bo'lib zulfingga,
Sezmabman kelganinh vodiyga bahor...
Chaqmoqdek chaqnading hayotda...Va lek,
Nechukdir etmadim sevgimni izhor.
Izhorim oshkora aytgali balki,
Yetmadi sabotim, sabrim, bardoshim.
Bir umr do'st... Balki yor ham bo'larding,
Bo'larding sen mening yaqin sirdoshim...
Sen ketib borasan ortingga qaytmay,
Unut bo'lar balki lahzalik tuyg'u...
Yodingdan chiqsam-da, abad-ul abad,
Men seni ututmam bir umr, mangu..
JaruleUZB, 2001 yil... bahor...
Mas'ud
11-14-2005, 12:30 AM
Bilaman dardingni bilaman do'stim
Azobli sevgingni qilmagin davo
Shu bugun hayotdan bor meni qasdim
Senga shuncha dardni ko'ribdi ravo
Bilaman dardingni bilaman barin
Qiynoqlarda qolgan ruhing chinqirar
Shu bugun sevgingga intilgan saring
Uzoqlashar sevging,chaqmoqlar chaqar
Bilaman ne edi sendagi orzu
Ko'p o'yga tolaman taqdir shumidi?
Nahot senga kulib boqmadi bir zum
Nahot bergan taqdir senda shummidi?
Qo'y endi unut sen g'am shami o'chib
Qo'y endi yangittan boshlagin hayot
Shafqatsiz dunyoda umiding quchib
Olib kelar senga bahtingni bayot!!!
infolife.11.11.05 BF):):
Javobsiz ishqimdan bo'lmay pushaymon,
dardlarim ichimga yutib yashayman.
Ollohdan so'rab men qalbimga darmon,
Har nafas baxtimni kutib yashayman.
Tomirda bir tomchi qolguncha qonim,
Tanamni atrk etmak etguncha jonim,
Boqiy dunyo taraf safarim onim,
Sevgim azoblarin tortib yashayman.
Mayli bog'imdagi sayramas bulbul,
Gulzorimda biron ochilmasa gul,
Majnunsifat bo'lib, qo'limdagi shul
Sozim torlarini chertib yashayman.
Kutaman, nech safar kelsa ham bahor,
Kimsasiz orolda topsam-da qaror,
Belimdan ketsa ham oxirgi mador,
Yillarni yelkamga ortib yashayman.
Oyning o'n beshiga ko'z tikib masrur,
Umrim yo'llariga qadam tashlayman.
Umidim qo'limda opichib mag'rur,
Va bundan o'zgacha his qilib surur,
Yurak urishlarim sonini sanab,
Mayus ko'zlarimni yumib yashayman.
Har nafas baxtimni kutib yashayman...
hurmat ila... JaruleUZB
infolife
11-14-2005, 04:56 PM
he-he bo'tta ism aytish marosimi bulyaptimi:) menga juda yokdida
Quralay ko'z quralay
Tuynugingdan mo'ralay
So'kkim bor bir bo'ralay
Sum taqdirim-na qilay?
Quralay ko'z quralay
Cho'qqisan sen Himolay
Yetgum bir kun o'rmalay
Man oshig'ing na qilay:)
infolife
farishta
11-24-2005, 03:32 AM
Ko'ngilni ko'ngil tushunmas
Oling, baxtli bo'ling,
ichib yuboraylik shu g'amni.
Jim aylanib yotgan bu dunyosida
odam tushunmagan odamni...
Farhod
Bunda biz yuqotgan dunyo - ko'ngilmi,
Va ko'ngilda ketgan muhabbat ta'mi.
Muhabbatsiz qolgan bo'm-bo'sh dunyoda
Bizlar ichmoqdamiz kimlarning g'amin.
Uzr so'ramadik vallamatlardan
Qaydadir bexosdan turtib yuborib.
Ularning ko'rsatgan karomatlari
Hayratxonamizni kirmadi yorib.
Bizning huvullgan bahorgi bog'lar,
Kuzning yellariga aylarmikan lutf.
Xazon g'aramining za'far ortida
Dimog'lar chiridi sof havo kutib.
Kimnidir mehriga zor bo'ldik, rostdir -
Olis ayroliqning ayvonlarida.
Lek yig'lash bizgamas, osmonga xosdir,
Hech bo'lmasa selga aylanib
Oqmoqchun yer sayhonlarida.
Endi iching, ichmang, hohish Sizdadir,
"Mening yozmishlarim Sizlar uchunmas..."
Biz ichdik shu g'amni dunyo jomida
So'ng yig'lab "ko'ngilni ko'ngil tushunmas
Royal
11-17-2007, 08:44 PM
uzr forumdoshlarga aloqasi yogu lekin nnm da korip qoldim, aptiri nomalum:
ß óñòàëà ñîâåðøàòü îøèáêè,
×òî íè øàã, òî îñòóïàòüñÿ…
Äàðèòü ôàëüøèâûå óëûáêè…
È êàæäûé ðàç íàâåê ïðîùàòüñÿ.
ß - ïòèöà âîëüíàÿ, íå ñïîðþ..
Íî êóäà æå ìíå ëåòåòü?
Áûòü ìîæåò ê ñîëíöó, íåáó, ìîðþ??
Íî ñèë óæ íåò, òîãî õîòåòü…
Êðûëüÿ âîëüíûå ñëîìàþ,
À ìîæåò èõ ïîäðåæåøü òû?
È â êðîâè ÿ óòîïàÿ…
Ïîéìó, ÷òî ñ÷àñòüå – ëèøü ìå÷òû…
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.