PDA

View Full Version : O'zbekiston-Bangladesh


Mahmud
02-08-2006, 05:45 PM
Hurmatli Forumdoshlar,

22-fevral kuni O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Chempionati saralash bahslarining ilk uchrashuvini Bangladesh terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

O'yin haqida fikrlaringiz qanday? :)


Terma jamoalar tarkibi
DARVOZABONLAR:
Ignatiy Nesterov "Paxtakor"
Yuriy Soy "Mash'al"
Yevgeniy Safonov "Shinnik", Rossiya


HIMOYACHILAR:
Asror Aliqulov "Paxtakor"
Ilhomjon Suyunov "Paxtakor"
Islom Inomov "Paxtakor"
Vitaliy Denisov SSKA, Rossiya
Andrey Fyodorov "Rubin", Rossiya
Baxtiyor Ashurmatov "Kr.Sovetov", Rossiya
Aleksey Nikolayev "Shinnik", Rossiya


YARIM HIMOYACHILAR:
Timur Kopadze "Paxtakor"
Vladislav Kiryan "Paxtakor"
Server Jeparov "Paxtakor"
Renat Bayramov "Paxtakor"
Vyacheslav Ponomaryov "Paxtakor"
Viktor Karpenko "Qayrat", Qozog'iston
Marat Bikmayev "Rubin", Rossiya
Leonid Koshelev "Shinnik", Rossiya


HUJUMCHILAR:
Anvar Soliyev "Paxtakor"
Zafar Xolmurodov "Mash'al"
Ulug'bek Baqoyev "Tobol", Qozog'iston
Maksim Shaskix "Dinamo", Ukraina
Murabbiy: Usmon Toshev

Bosh murabbiy: Valeriy Nepomnyashiy (Rossiya)

Bangladesh termasi
Futbolchilarning to'liq ismi Ampluasi Tug'ilgan sanasi
1 Md. Aminul Hoquy Darvozabon 05.10.1980
2 Biplob Bhama Charjeye Darvozabon 07.01.1981
3 Rajani Kanta Banman Himoyachi 02.02.1979
4 Md. Sujan Himoyachi 01.06.1982
5 Kazi Nazrul Islom Himoyachi 16.10.1978
6 Md. Hasan Al Mamun Himoyachi 16.12.1978
7 Mustafo Alvar Parvez Himoyachi 25.07.1982
8 Firoj Mahmud Hossain (Titu) Himoyachi 15.01.1983
9 Md. Mohiuddin Ibnul Siraji
Sazib Himoyachi 25.07.1985
10 Md. Arman Yarim himoyachi 10.10.1977
11 Arif Khan (Joy) Yarim himoyachi 15.06.1978
12 Motiur Rahmat Munna Yarim himoyachi 01.09.1979
13 Md. Abdul Hossain Yarim himoyachi 29.07.1983
14 Arman Aziz Yarim himoyachi 10.05.1984
15 Asador Rahmon Yarim himoyachi 26.08.1982
16 Md. Rokomuzzarman Kanchan Hujumchi 22.08.1982

Masanori
02-08-2006, 05:48 PM
bangladesh uzi "futbol" degan suzni bilarkanmi a? kimda qanaqa aniq malumot bor? link tashlab quyish esdan chiqmasin! :)

MasxaraboZ
02-08-2006, 05:56 PM
Dustlar uzur surayman savol uchun oldindan,uzi gruhdan nechta jamoa chiqadi?

agar 2 ta jamo chiqadigan bulsa,UZB termasi bemalol chiqa oladi,lekin faqat bitta jamoa bulsa QATAR chiqsa kerak...

Ozbekiston - Bangladesh uyini menimcha 4:1 hisobida bizni termamiz foydasiga hal buladi :lool:

boburshoh
02-08-2006, 06:49 PM
Guruhdan 2 jamoa final bosqichiga yol oladi

Uyyonli
02-08-2006, 08:18 PM
O'zbekiston 6:0 Bangladesh hudo hohlasa...

Bo'tqa
02-08-2006, 08:29 PM
mening tahminin ham 6 : 0 buse kerak... shaskih pker sohib va soliev, geynrikh bittadan top kiritishadi :cool:

Mahmud
02-09-2006, 04:53 AM
bangladesh uzi "futbol" degan suzni bilarkanmi a? kimda qanaqa aniq malumot bor? link tashlab quyish esdan chiqmasin! :)

Masanori,
raqib baribir raqib, terma jamoa o'z uyida o'yinlarni boshlab doim durang o'ynaydigan odatini esdan chiqarmang...
22-fevral bu holat qaytarilmaydi degan umiddaman ;)

www.uzfootball.com (http://www.uzfootball.com) sahifasida "Bangladesh" deb qidirsangiz 27 ta ma'lumot chiqadi :)

Boshqalarda fikr yoq'mi?:)

kingdom
02-09-2006, 09:53 AM
:lol: Bangladesh umuman nunoq jamoa!agar futbolchilar bor kuchi bilan uynaydigan busa!aniq bilamanki kamida 7 gol urishadi undan ham kup bulishi mumkin agar yaxshi uynassa!lekin hozir futbolchilar yaxshi formada emas shunisi ham bor!aniq yutamiz!:lol:

Pythagor
02-09-2006, 10:13 AM
agar 2 ta jamo chiqadigan bulsa,UZB termasi bemalol chiqa oladi,lekin faqat bitta jamoa bulsa QATAR chiqsa kerak...kamida 2tadan chiqadi, :-)

MasxaraboZ
02-09-2006, 10:19 AM
kamida 2tadan chiqadi, :-)

Pythagor gapniyam rosa olibsizu a :lool:
kamida 2 tadan chiqadi deganiz nimasi, hali aniq emasmi sarlash da gruhdan nechta jamoa chiqishi :lool:

UZB termasini yangi trener ning hurmacha qiliqlari haqida hechkimda malumot yukmi? :lool:

Bonik
02-16-2006, 08:42 AM
Бангладеш жамоасини якинда Тошкентга кузатиб юборамиз... Тошкент аэропортида улани кутиб олиб ИЛИК кутиб олила. :twisted:

Shokirbek
02-16-2006, 09:01 AM
Бангладеш жамоасини якинда Тошкентга кузатиб юборамиз... Тошкент аэропортида улани кутиб олиб ИЛИК кутиб олила. :twisted:


Bo'lganda ham yog'li ILIK bo'lsin.

Menimcha, O'zbekiston Bangladeshga kamida yetti sakkizta urishi zarur.

FanaT
02-16-2006, 09:45 AM
Qur'a natijalari bilan tanishing:
F guruhi
1 O'zbekiston
2 Qatar
3 Gonkong
4 Bangladesh

A guruhi
1 Yaponiya
2 Saudiya Arabistoni
3 Yaman
4 Hindiston

B guruhi
1 Eron
2 Koreya
3 Suriya
4 Xitoy Taypeyi

C guruhi
1 Iordaniya
2 Ummon
3 BAA
4 Shri-Lanka

D guruhi
1 Bahrayn
2 Quvayt
3 Livan
4 Avstraliya

E guruhi
1 Xitoy
2 Iroq
3 Singapur
4 Falastin

MasxaraboZ
02-16-2006, 10:49 AM
Fanat zamondan orqada qolibsiz :lool:
qura natijalarini ,qura tashlangan kuni bilib bulishgan hamma :lool:

UZBEKISTON-BANGLADESH urtasidagi uchrashuvni qanday tomosha qilishimiz mumkin, linklar yukmi, yoki qaysi telekanalda kurish mumkin???

Uzbekistan2010
02-16-2006, 12:34 PM
Fanat zamondan orqada qolibsiz :lool:
qura natijalarini ,qura tashlangan kuni bilib bulishgan hamma :lool:

UZBEKISTON-BANGLADESH urtasidagi uchrashuvni qanday tomosha qilishimiz mumkin, linklar yukmi, yoki qaysi telekanalda kurish mumkin???

bu uyin osiya saviyasidagi uninchi darajali uyin.. qolgan uchrashuvlar ham..

p.s all eyes on Bahrayn va Avstraliya uyinida

Pythagor
02-16-2006, 12:47 PM
Fanat zamondan orqada qolibsiz :lool:
qura natijalarini ,qura tashlangan kuni bilib bulishgan hamma :lool:

UZBEKISTON-BANGLADESH urtasidagi uchrashuvni qanday tomosha qilishimiz mumkin, linklar yukmi, yoki qaysi telekanalda kurish mumkin???ko'rmasam ham o'zim sizga sharhlab beraman, o'yin qanday bo'lishini, anu Avstriyaliklani o'yinini ko'rish kere, o'shanga link topish kere...

MasxaraboZ
02-16-2006, 04:01 PM
bu uyin osiya saviyasidagi uninchi darajali uyin.. qolgan uchrashuvlar ham..

p.s all eyes on Bahrayn va Avstraliya uyinida

hurmatli UZBEKISTON 2010, men sizdan savyasini surganim yuk oka,men sizdan link suradim :lool:

dustim bilaman savyasi past,(lekin bilmadim nechinchi urindaligi) hech bulmasa UZBEKISTON galaba qiladigan uyinlarni tomosha qilsam degandimda :lool:

bir qarab kuringlar bir joylardan chiqib qolar,uzim ham qarab kuraman...:)

Uzbekistan2010
02-16-2006, 04:16 PM
hurmatli UZBEKISTON 2010, men sizdan savyasini surganim yuk oka,men sizdan link suradim :lool:

dustim bilaman savyasi past,(lekin bilmadim nechinchi urindaligi) hech bulmasa UZBEKISTON galaba qiladigan uyinlarni tomosha qilsam degandimda :lool:

bir qarab kuringlar bir joylardan chiqib qolar,uzim ham qarab kuraman...:)

songi malumotlarga kora CCTV 5 dan live olib beradi... buning uchun PPlive yoki PPstream ustanovka qilishing kerak

KhwarezmshaH
02-17-2006, 05:26 AM
Bangladeshni futbolda nima ishi bor, bizarnikila hudo hohlasa ularga "futbol, bu kriket emas" deb urgatib quyadilar. Lekin yana bir gap, dushmanni kichik kurmaslik kere!:D

VatanparvaR
02-17-2006, 05:55 AM
Qo"rqmela, shu-shu Uzbekistan terma jamoasi shu. Xar doimgidek Bangladeshni 7:0 ga yutamiz, Qatarga 0:8 ga yutqizamiz :D

pigkwokwah
02-20-2006, 04:50 AM
it's just an easy game for us and I hope we can beat them 10:0.:lol:

MasxaraboZ
02-20-2006, 05:39 AM
Toshkent vaqti bilan soat nechida boshlanadi o'yin??? :)

Bo'tqa
02-20-2006, 05:54 AM
Toshkent vaqti bilan soat nechida boshlanadi o'yin??? :)

16 00 da ;) chexia vaqti bilan 19 10 da :)

MasxaraboZ
02-20-2006, 06:01 AM
16 00 da ;) chexia vaqti bilan 19 10 da :)

har joyda harxil yozishibdi,shunga kalla ogrib ketib suragandim, 11:00 deb yozishgan joylaram bor :lool:
Agar Uzbekistonda 16:00 da bulsa,chexiada 12:00 da buladi :lool:

Raxmat Bo'tqa siz Paxtakor stadioniga borib kursangiz kerak tugrimi? :lool:

Bo'tqa
02-20-2006, 06:06 AM
har joyda harxil yozishibdi,shunga kalla ogrib ketib suragandim, 11:00 deb yozishgan joylaram bor :lool:
Agar Uzbekistonda 16:00 da bulsa,chexiada 12:00 da buladi :lool:

Raxmat Bo'tqa siz Paxtakor stadioniga borib kursangiz kerak tugrimi? :lool:

1000 som ekan bilet. ertaga trenerlar va jurnalistlar urtasida matbuaot anjumani bor ekan. Akkredatsiyaga kech qoldim. Bu matbuotga endi qantasha olmasam kerak. Nepomnayashiga bitta savol bermoqchi edim.

MasxaraboZ
02-20-2006, 06:14 AM
1000 som ekan bilet. ertaga trenerlar va jurnalistlar urtasida matbuaot anjumani bor ekan. Akkredatsiyaga kech qoldim. Bu matbuotga endi qantasha olmasam kerak. Nepomnayashiga bitta savol bermoqchi edim.

unda televizorda kuravering :lool:
Nima deb savol bermoqchi edingiz ??? :)

kingdom
02-20-2006, 06:16 AM
karochi musur uyin buladi!televizorda kurib elektir tokinin sarf qilishga arzimiydi uyin!:lol: unda televizorda kuravering :lool:
Nima deb savol bermoqchi edingiz ??? :)

MasxaraboZ
02-20-2006, 06:23 AM
karochi musur uyin buladi!televizorda kurib elektir tokinin sarf qilishga arzimiydi uyin!:lol:

e qanday odamsilar,shu uyinni Uzbekiston yutsa kerak deb kurmoqchiman,hech bumasa shu Uzbekiston yutgan uyinni kuraylik axir :lool:

MUHLIS
02-20-2006, 06:24 AM
Shunaqa bo'ladi.....Bahrainni yuta olmaganidan keyin, yutib turing eshshakka o'xshab ariza yozgandan keyin.....
Nafaqat futbol balki umuman sport tarixida bo'lmagan bo'lsa kerak bunday axmoq ish!!!! Xatto shu Bangladesh yoki Mo'g'ulostonga o'xagan jamoa xam hisob qanday bo'lishidan qat'iy nazar, yutganidan keyin, hushtak chalinib o'yin tugan, aniq va tiniq 3 ochkolik yutuqni olganidan keyin SHIKOYAT yozmasa kerak!!!!

Mana endi molga o'xshab o'ynab yuraverlaring eshaklar!!! Kecha bittasi televizorda chiqib "Dexqon urug' ekishda davom etaverganidek, bizninkilar xam o'ynashda davom etadi" deydi.....qo'limdagi piyalani ekranga urgim keldiyu, o'zimi televizorimda baribir....
Ey, aqli qosir, axir o'sha "urug'" qurub ketgurni "sepaverishdan" oldin bunday yaxshiroqlarini tanlab olish kerakmi??? Yoki jinni qo'yga o'xshab bir yerda aylanaveramizmi????
Men korruptsiya botqog'iga botgan, savodsiz, uyatsiz, va yuzsiz federatsiya vakillarinining o'tgan yili qilgan ishlarini bir umr unta olmasam kerak. Mabodo 2010 yilda JCh chiqsa xam mening alamim bosilmasa kerak....chunki biz aynan 2006 yilda Germaniyaga borishimiz shart edi. O'yinchilar bor edi.....faqat o'zlarining tanishlarini oldilar, qo'ymadilar o'ynagani "mana man" deb turganlarni!!!! O'zi aslida Saudiyani o'tgan yili Fevralda uyda yutish kerak edi!!!!

Bo'tqa
02-20-2006, 06:26 AM
unda televizorda kuravering :lool:
Nima deb savol bermoqchi edingiz ??? :)

Hayotda nimadan qorqasiz? :lol: dep

kingdom
02-20-2006, 06:27 AM
eshak on v afrike ishak!:lol: Shunaqa bo'ladi.....Bahrainni yuta olmaganidan keyin, yutib turing eshshakka o'xshab ariza yozgandan keyin.....
Nafaqat futbol balki umuman sport tarixida bo'lmagan bo'lsa kerak bunday axmoq ish!!!! Xatto shu Bangladesh yoki Mo'g'ulostonga o'xagan jamoa xam hisob qanday bo'lishidan qat'iy nazar, yutganidan keyin, hushtak chalinib o'yin tugan, aniq va tiniq 3 ochkolik yutuqni olganidan keyin SHIKOYAT yozmasa kerak!!!!

Mana endi molga o'xshab o'ynab yuraverlaring eshaklar!!! Kecha bittasi televizorda chiqib "Dexqon urug' ekishda davom etaverganidek, bizninkilar xam o'ynashda davom etadi" deydi.....qo'limdagi piyalani ekranga urgim keldiyu, o'zimi televizorimda baribir....
Ey, aqli qosir, axir o'sha "urug'" qurub ketgurni "sepaverishdan" oldin bunday yaxshiroqlarini tanlab olish kerakmi??? Yoki jinni qo'yga o'xshab bir yerda aylanaveramizmi????
Men korruptsiya botqog'iga botgan, savodsiz, uyatsiz, va yuzsiz federatsiya vakillarinining o'tgan yili qilgan ishlarini bir umr unta olmasam kerak. Mabodo 2010 yilda JCh chiqsa xam mening alamim bosilmasa kerak....chunki biz aynan 2006 yilda Germaniyaga borishimiz shart edi. O'yinchilar bor edi.....faqat o'zlarining tanishlarini oldilar, qo'ymadilar o'ynagani "mana man" deb turganlarni!!!! O'zi aslida Saudiyani o'tgan yili Fevralda uyda yutish kerak edi!!!!

MasxaraboZ
02-20-2006, 06:30 AM
Hayotda nimadan qorqasiz? :lol: dep

Tushunmadim,buni futbolga nima aloqasi bor???
yoki Bangladeshga yutqazib quysa,hayotda bundan keyin uzbek futbol muxlislaridan qurqadigan qib quymoqchimisizlar :lool:

Bo'tqa
02-20-2006, 06:34 AM
Tushunmadim,buni futbolga nima aloqasi bor???
yoki Bangladeshga yutqazib quysa,hayotda bundan keyin uzbek futbol muxlislaridan qurqadigan qib quymoqchimisizlar :lool:

yoq uzbek jurnalistlarinig eng manoli savoli shundan boshlanadi salom alikdan song :lol:

Hayotda nimadan qorqasiz?
Bahtlimiz?
Sevganingiz bormi?
Aldanib qolishdan qorqmaysizmi?

MasxaraboZ
02-20-2006, 06:38 AM
yoq uzbek jurnalistlarinig eng manoli savoli shundan boshlanadi salom alikdan song :lol:

Hayotda nimadan qorqasiz?
Bahtlimiz?
Sevganingiz bormi?
Aldanib qolishdan qorqmaysizmi?

:lool: :lool: :lool:

tushunmadim , u kishi UZB ga trener bulmasdan oldin, rossiyada kino aktyormidi :lool:

Uzbekistan2010
02-20-2006, 06:38 AM
Botqa you are warned for flooding

Guys stay on topic!!! :)

Uzbekistan - Bangladesh 6: 0

www.bashorat.com (http://www.bashorat.com) ;)

Uzbekistan2010
02-20-2006, 06:40 AM
yoq uzbek jurnalistlarinig eng manoli savoli shundan boshlanadi salom alikdan song :lol:

Hayotda nimadan qorqasiz?
Bahtlimiz?
Sevganingiz bormi?
Aldanib qolishdan qorqmaysizmi?

qiziqsiz Botqa dostim.. Togri jurnalistlarimiz chala savod. Lekin bunaqa savollar berishmasa keragov !

Chimp
02-20-2006, 08:10 AM
mundo link bervorila ko'rishga, agar ilojisi bo'sa online?

Pythagor
02-20-2006, 08:27 AM
Vengerlani bir sayti bo'lardi, o'shandan online ko'rish imkoni boriydi, hozi esda yo'q, bilganla yozvorizlar...

Masanori
02-20-2006, 03:05 PM
hisob nima buldi?

Pythagor
02-20-2006, 03:09 PM
hisob nima buldi?22-dayu o'yin...

Uzbekistan2010
02-20-2006, 10:52 PM
Valeriy Nepomnyashiy boshchiligida O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bahslarining dastlabki ikki turiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida BAAda yig'in tashkillashtirganidan xabaringiz bor. Dastlab "Neftchi" (1:2) bilan nazorat uchrashuvini o'tkazgan terma jamoamiz 18 fevral kuni ikki tarkibga bo'linib o'zaro uchrashuv o'tkazdi.

Mazkur bahsda birinchi tarkib futbolchilari 3:0 hisobida zafar quchdilar.


ERTAGA QOSIMOV O'YNAMAYDI. NEGA?



Mirjalol QOSIMOV:
"Mas'uliyatli o'yinni shou qilib bo'lmaydi"
"Mirjalol Qosimovni birinchi navbatda futbol muxlislari hamma vaqt chiroyli o'yinlari uchun hurmat qilishgan. Shu bois men ishtirok etgan oxirgi rasmiy o'yin ishqibozlar xotirasida xunuk tasavvur qoldirishini aslo istamayman. Chunki, ayni damda maydonda yuqori saviyali o'yin ko'rsatadigan holatda emasman",-deydi Qosimov biz bilan suhbatda.


-Demak, Bangladeshga qarshi o'yinda maydonga tushmaslik qaroriga allaqachon kelib bo'lgansiz, shundaymi?


-Men oldin ham Bangladesh bilan o'yinda maydonga tushish haqida o'ylamaganman. Nega bunday xabar tarqatilganini esa tushunolganim yo'q. O'sha xabar tarqatilgan zahoti tezda ommaning og'ziga tushib ketishidan hatto biroz xavotirlanganimni yashirmayman. Bir qarasam gazeta nashrlari, televideniye, hatto Rossiyaning NTV} kanali ham bu to'g'rida gapirmoqda.


Tasavvur qiling, chorshanba kuni ba'zi muxlislar ataylab mening xayrlashuv o'yinimni ko'rish uchun stadionga kelishsa-yu maydonga tushmasam... Nima, yo'q joydan yolg'onchiga aylanib qolishim kerakmi?


-Gapingiz to'g'ri, biroq, bu xabar tarqatilishi uchun asos bo'ladigan hech qanday gap-so'z bo'lmaganmidi oldin?


-Gap-so'z bo'lgan. Menga shunday taklif bilan chiqishgan xolos, biroq men "ha", demaganman. Axir nima bo'lganda ham so'nggi so'z menda qoladi-ku!


-Lekin bu xabarni qaysidir chet el nashri emas, balki, O'FF rasmiy sayti tarqatdi. Shunday ekan, keyinchalik ham e'tiroz bildirishingiz va xabarni rad etishingiz mumkin edi, menimcha.


-Shunday qildim ham. Futbol federasiyasining "Terma jamoalar bilan ishlash bo'limi" boshlig'i Alisher Nikimbayevdan nima uchun bu xabar tarqatilganini so'radim va shu tobning o'zida Bangladeshga qarshi maydonga tusholmasligimni ochiq-oydin tushuntirdim. Lekin hech narsa o'zgarmay qolaverdi. Axir sayt aksar xabarlarini undan oladi-ku, to'g'rimi?


-Shu o'rinda boshqa savol ham tug'ilishi mumkin, nima uchun bu o'yinda maydonga tushishni shunchalik xohlamayapsiz? Chunki rostdan ham juda ko'p muxlislaringiz yana bir marta bo'lsa ham sizni terma jamoa safida ko'rishni istaydilar.


-Buni bilaman. Ammo men bitta o'yin deb sog'lig'imni xavf ostiga qo'yolmayman. Shifokorlar shu tobda menga maydonga tushish mumkin emasligini aytishgan. Hatto ularning so'zlariga quloq tutmay, atigi bitta o'yin-ku deydigan bo'lsam ham yana to'g'ri kelmaydi. Sababi, bir uchrashuvda maydonga tushish uchun men kamida bir oy mashq qilishim kerak. Lekin jismoniy holatim buni ko'tarolmaydi. Hech qanday mashg'ulotsiz maydonga tushish esa men uchun butkul yot tushuncha. Bunday taklifga hech qachon ko'nmagan bo'lardim. Bir tomondan yuqorida ta'kidlaganim kabi, oxirgi o'yinimni sport formasida bo'lmagan holda o'tkazib, ishqibozlar tasavvurini zadalash niyatim yo'q. Boshqa tarafdan terma jamoamizning rasmiy, katta ahamiyatga ega bo'lgan uchrashuvini kim sababchi bo'lishidan qat'iy nazar "bo'lsa besh, bo'lmasa o'n besh" qabilida shouga aylantirish yaramaydi.


-Shu o'rinda ko'pchilikni qiziqtirgan bitta savolni bermoqchi edim. Hech bo'lmasa yana bir-ikki yil futbol bilan xayrlashmay tursangiz bo'lmasmidi?


-Shifokorlar futbolchilik faoliyatimni davom ettirishim uchun eski jarohatim bo'yicha yana bir marta jiddiy jarrohlik amaliyoti o'tkazishim kerakligini bildirishdi. Bu amaliyotdan keyin o'zimni qayta tiklashimga esa kamida bir yilcha vaqt ketardi. Demak, faqatgina yoshim 38ga yetganda yana maydonga qaytishim mumkin edi. Bu esa ancha kech.


-Harqalay xayrlashuv uchrashuvingizni o'tkazmay turib butsangizni mixga ilmasangiz kerak?


-Xudo xohlasa, albatta xayrashuv o'yinimni o'tkazaman. Faqat u rasmiy ahamiyatga ega bo'lmagan, shou qabilidagi o'yin bo'ladi. Yuqorida biz tilga olgan o'sha xabarning ikkinchi qismida ham shou o'yini o'tkazish niyatim to'g'risida aytib o'tilgan. Eng muhimi, bu qismi bor gap.



Alisher NIKIMBAYEV: "Saytdagi xabarlarga men javobgar emasman"
Biz Mirjalol Qosimov bilan suhbatlashgach, ayrim masalalarga aniqlik kiritish maqsadida O'FFning "Terma jamoalar bilan ishlash bo'limi" boshlig'i Alisher Nikimbayevga murojaat qildik.


-Alisher aka, 22 fevral kuni O'zbekiston-Bangladesh uchrashuvida Mirjalol Qosimov maydonga tushmas ekan...


-Ha, buni bilaman.


-Lekin O'FF saytida boshqacha xabar tarqatilgandi...


-Biz O'FF nomidan Mirjalol Qosimovga Bangladeshga qarshi maydonga tushish taklifi bilan chiqqanmiz. Ammo u shifokorlar bilan maslahatlashishi kerakligini aytgan. Lekin maydonga tushaman, deb gapirmagan. Biroq, buni kimlardir noto'g'ri tushunishdi, shekilli.


-Qosimovning aytishicha, u sizga telefon qilib keyin ham gaplashgan va o'ynamasligini ochiq-oydin aytgan ekan.


-Ha, men uning maydonga tushmasligini bilardim. Shuning uchun ham Qosimov terma jamoa yig'iniga ham chaqirilmadi. Bangladeshga qarshi kim maydonga tushishi mumkin bo'lsa barchasi bosh murabbiy ro'yxatidan joy olishdi. Shundan ham Qosimovning maydonga tushmasligini bilib olish qiyin emasdi.


-Lekin bu haqda O'FF saytida bir og'iz ham gapirilmadi.


-Buni bilmayman. Chunki saytdagi xabarlar uchun men javobgar emasman.

Sanjar Rizayev: "Qosimovning o'ynamasligi haqida endi eshitib turibman"
Albatta, barcha gap-so'zlar O'FF rasmiy sayti atrofida aylanayotgani tufayli biz federasiya matbuot bo'limi boshlig'i Sanjar Rizayev bilan gaplashib, masalaga aniqlik kiritishdan boshqa chora topa olmadik.


-O'FF rasmiy saytida tarqatilgan xabarga Mirjalol Qosimov e'tiroz bildirgan. Ya'ni, u 22 fevral kuni terma jamoa safida maydonga tushmas ekan.


-Hozir, bir daqiqa. (Suhbatdoshimiz aniq ma'lumot olish maqsadida Nikimbayevga murojaat qildi.) Ha, shunday ekan. Men buni hozir eshitdim.


-O'zi umuman Qosimovning Bang-ladeshga qarshi o'ynashi oldin ham bir to'xtamga kelingan masala bo'lmagan ekan, ammo sizlar bu to'g'rida xabar berib bo'lgansizlar. Bu haqda nima deysiz?


-Qosimov bilan O'FF vakillari muzokara olib borishganini bilaman. Undan keyin nafaqat bizning saytda, balki, bir qancha joyda Qosimov 22 fevralda maydonga tushadi, degan xabar tarqatildi. Bilmadim, adashmasam bizlar saytda o'ynashi mumkin, degan qabilda yozgan edik...


-Hech bo'lmasa keyinchalik, Qosimovning maydonga tushmasligi to'g'risida qisqagina qilib bo'lsa-da, xabar berish mumkinmasmidi?


-To'g'risi, men bu xabarni hozir siz bilan gaplashgandan keyin bilib oldim. Oldin menga hech kim bu haqda bir og'iz ham gapirmagan...






Shuhrat SHARIF suhbatlashdi. www.interfutbol.iguzar.com (http://www.interfutbol.iguzar.com)

MUHLIS
02-21-2006, 02:18 AM
Men Qosimovni 100% tushunaman. U to'g'ri qilyapti. Uning yuragidagi alamni tushunaman chunki raqibdan maydonda yengilib qolib ketganida xam uchalik alam qilmasdi, ammo o'zingnikilarning ko'z ko'rib quloq eshitmagan darajadagi kaltafahmigi tufayli bir buyuk futbolchining eng oliy orzusi, JChga chiqish imkoniyati yo'qqa chiqdi.....
Pastagi maqola esa mana bu
Men korruptsiya botqog'iga botgan, savodsiz, uyatsiz, va yuzsiz federatsiya vakillarinining o'tgan yili qilgan ishlarini bir umr unta olmasam kerak.
gaplarimni yana bir marta tasdiqlaydi. Bu eshaklar ishlamaydi, ishlashni bilmaydi, va ishlashni istamaydi, bular faqat "stolni tagidan" va "telefondan" "gaplashishni" biladi xalos.

Uzbekistan2010
02-21-2006, 02:31 AM
Men Qosimovni 100% tushunaman. U to'g'ri qilyapti. Uning yuragidagi alamni tushunaman chunki raqibdan maydonda yengilib qolib ketganida xam uchalik alam qilmasdi, ammo o'zingnikilarning ko'z ko'rib quloq eshitmagan darajadagi kaltafahmigi tufayli bir buyuk futbolchining eng oliy orzusi, JChga chiqish imkoniyati yo'qqa chiqdi.....
Pastagi maqola esa mana bu

gaplarimni yana bir marta tasdiqlaydi. Bu eshaklar ishlamaydi, ishlashni bilmaydi, va ishlashni istamaydi, bular faqat "stolni tagidan" va "telefondan" "gaplashishni" biladi xalos.


gapingizga qoshilaman ... baribir ham umidsizlanmasligimiz kerak. Bir kun albatta yurtimizda adolat qaror topadi hamma sohada futbolda ham. Lekin qachon? :) Rahbarlar bunday odamlarning qadriga yetmasa ham lekin oddiy halq Qosimovni unutmaydi.

ertaga fubol kichkiba halq bayrami.
Yaxshiyam futbolni taqiqlamagan yurtimizda :lol:

Mahmud
02-21-2006, 04:02 AM
Mirjalol Qosimov to'g'ri qaror qilgan, 1 o'yinni deb o'z sog'ligiga katta zarar yetkazib quyish yaxshimas...

Sanjar Rizayevni bu voqeadan habari yo'qligi ajablanarli :)
O'FF rasmiy sahifasi ham 1 kun ishlab, 2 kun ishlamay qoladigan odat chiqardi...

Ertangi o'yinda Bangladeshni 6:0 hisobida yuta olarmikan? ;)

MUHLIS
02-21-2006, 05:23 AM
Mirjalol Qosimov to'g'ri qaror qilgan, 1 o'yinni deb o'z sog'ligiga katta zarar yetkazib quyish yaxshimas...

Sanjar Rizayevni bu voqeadan habari yo'qligi ajablanarli :)
O'FF rasmiy sahifasi ham 1 kun ishlab, 2 kun ishlamay qoladigan odat chiqardi...

Ertangi o'yinda Bangladeshni 6:0 hisobida yuta olarmikan? ;)
6:0 bo'lmaydi. Nari borsa 3 ta gol urishadi. Yaqinda o'sha bangladeshda bo'lgan musobaqada O'zbekiston nomi bilan qatnashgan"yosh Paxtachi"lar yeb olishdi shekilli Bangladeshdan agar adashmayotgan bo'lsam.

Mahmud
02-21-2006, 06:51 AM
6:0 bo'lmaydi. Nari borsa 3 ta gol urishadi. Yaqinda o'sha bangladeshda bo'lgan musobaqada O'zbekiston nomi bilan qatnashgan"yosh Paxtachi"lar yeb olishdi shekilli Bangladeshdan agar adashmayotgan bo'lsam.

fikringizga qo'shilaman, yanglishmasam 1999-yilda 6:0 hisobida g'alaba qozongandik. Qosimovni tarkibda yo'qligini ham hisobga olish kerak...

sinfdosh
02-21-2006, 09:09 AM
Darvozabon: Yevginiy Safonov
Himoyachilar:Asror Aliqulov,Baxtiyor Ashurmatov,Aleksey Nikolayev,Ilxom Suyunov.
Yarim himoyachilar:Server Jeparov,Leonid Koshelev,Renat Bayramov,Marat Bekmaev.
Hujumchilar: Maksim Shatskix,Ulugbek Baqoev.

socceru
02-21-2006, 12:52 PM
Hi
This is a Bangladeshi fan here. I thought you guys might be able help me find a link for live update or something. While Uzbeks are clear favourites here, I hope Bangladesh doesn't go down by too many goals.

Uzb_futboli
02-21-2006, 06:15 PM
Янги мавсум, янги мураббий. Жамоа-чи?

Узбекистон - Бангладеш терма жамоалари уртасидаги учрашувдан бир кун мукаддам жамоа мураббийлари иштирокида матбуот анжумани булиб утди.

Валерий Непомняший: “Денисов бир йил ичида асосий таркибдан жой олади”

Журналистлар билан мулокатга дастлаб терма жамоамиз бош мураббийи Валерий Непомняший ташриф буюрди. У дастлаб утган вакт мобайнида олиб борилган тайёргарликлар хусусида кискача гапириб утди. Кейин эса гал журналистлар саволларига келди:

-Легионер футболчилар сизда кандай таассурот колдиришди?

-Биз билан йигинларда Андрей Фёдоров ва Марат Бикмоевлар етарлича муддат бирга булишди ва айтишим мумкинки хар икки уйинчи хакидаги таассуротларим ижобий. Айникса Фёдоровга хеч кандай эътирозим йук. Бикмоев хусусида уйлаб куйган баъзи режаларим бор. У узининг эски урнида харакат килмаслиги мумкин ва футболчи зиммасига юклатилаётган янги вазифа бироз огиррок экани шу тобда уз таъсирини утказаяпти. Лекин шунга карамай Маратнинг тиришкоклиги факатгина тахсинга лойик. Бошка легионерларга келсак, улар хакида хозирча яхлит битта тасаввурга келиб улгурганимча йук. Агар кечаги машгулотлар натижасига кура гапирадиган булсам, Сафонов тугрисида ижобий фикрларни билдириш мумкин. Гейнрихни бошлангич таркибда тушириш керакми ёки йукми деб уйлаб юргандим ва кечаги машгулотдан сунг у жамоа учун анча фойдали футболчи эканлигига амин булдим. Умуман олганда эртага асосий эътиборни хужумга каратамиз ва баъзи футболчилар янги вазифалар билан майдонда харакат килиши сизларни ажаблантириши хам эхтимолдан холи эмас. Денисов тугрисида хам факатгина ижобий фикрларни айта оламан. Агар эртага у хам асосий таркибдан жой олади десам олдиндан куп нарсани гапириб юборган буламан. Лекин бу ёш футболчи мавсум давомида асосий таркиб уйинчисига айланади деб ишонч билан айта оламан.

-Эртага жамоа сардорлиги кимга топширилади? Умуман Косимов футболдан кетганини хисобга олсак, бу богичнинг доимий эгаси ким булиши мумкин?

-Эртага Андрей Фёдоров жамоани сардор сифатида бошлаб тушади. Аммо келажакда ким сардор булиши тугрисда аник бир гап айта олмайман. Хаммасини вакт курсатади.

-Стандарт вазиятлардан фойдаланиш борасида алохида тайёргарлик курилдими? Бу вазифани купрок ким амалга ошириши мумкин?

-Стандарт вазиятлар борасида ишлаяпмиз албатта. Асосан бу вазифани Сервер Жепаров бажараяпти. Лекин куни кеча сафимизга янги олтита уйинчи келиб кушилди ва улар хам турли уринлардан стандарт вазифаларни бажариш буйича уста футболчилардир. Шунинг учун бу борадаги асосий ишлар келаси амалга оширилса керак.

-Бангладешга карши уйинда кандай натижа кайд этилишидан умидворсиз?

-Киска килиб айтганда ижобий натижани кузлаганмиз. Хозирча шундай дейиш билан чекланиб тураверганим маъкул.

-Валерий Кузмич, саволим эртанги уйинга тааллукли эмас, балки Камерун бош мураббийи сифатида утказган дастлабки уйинингиз хакида. Уша учрашувда кандай хисоб кайд этилган ва у кимга карши кечган?

-(Непомняший бир неча сония уйланиб туриб жавоб берди) Камерун бош мураббийи уларок иккита дебют уйини утказганман десам хам булади. Биринчи уйин ишга бошлаганимга эндигина олти кун тулганида булиб утган. Бирок уша учрашув куни хали жамоани яхши таниб улгурмагандим. Футболчиларни бир-биридан ажрата олмасдим хатто. Шунинг учун хакикий дебют учрашувим 1988 йил 21- декабрда Жахон чемпионатига саралаш боскичида булиб утди. Унда биз Ангола термасини уз майдонимизда кабул килиб 1:1 хисобида дуранг уйнаганмиз. Лекин сафар уйинида худди шу жамоани 3:1 хисобида маглуб этганмиз.

-Хозирда сизга ёрдамчи сифатида тайинланган Усмон Тошев бир вактнинг узида "Бухоро" жамоасини хам бошкаради. Кизик томони, чемпионат уйинлари бошлангач у купрок уз клуби билан ишлашга мажбур. Бу холда сизга селекция ишлари ва легионерларни назорат килиб бориш каби вазифаларда ким ёрдам бериши мумкин?

-Яхши савол. Мен хам терма жамоа мураббийини бир вактнинг узида кайсидир клубда хам фаолият юритишини кийинчилик билан кабул киламан. Билишмча хозирча шу тарзда иш олиб боришга мажбурман. Табиийки бу холда селекция ишларида кийинчиликларга дуч келиниши аник. Шу боис олдимизда турган иккита учрашувни утказгач, муаммони хал этиш борасида бош котириб курамиз. Балки Россиядаги легионералар холатини назорат этиб бориш вазифасига кимдир тайинланар. Тошев билан мен эса масала жиддий эканини тушуниб, профессионал мураббийга хос равишда иш юритишимиз ва тор доирадаги муаммоларга такалиб колмаслигимиз зарур. Шу билан бирга махаллий клублардаги мураббийлар билан хамкорликда иш юритиш хам мазкур муаммога узига хос ечим булиши мумкин. Хуллас сиз айтган муаммо ростдан хам мавжуд. Бунинг ечими хусусида шу тобда аник бир ечим курсата олмайман.

-Пашинин ва унинг жамоадошлари билан мулокотда булиб турибсизми?

-Мен Пашинин билан бундан атиги ярим соат олдин гаплашдим. "Локомотив"даги колган икки уйинчимиз – Поляков хамда Маминовлар хакида хам асосан ундан маълумот олаяпман. Хар учала футболчидан хозирча кунглим тук.

Матбуот анжуманида УФФ “терма жамоалар билан ишлаш булими” бошлиги Алишер Никимбоевга хам савол берилди:

-Алишер ака кейинги уйинга тайёргарлик кай йусинда кечади?

-Катар билан уйинга курадиган тайёргарлигимиз Бангладешга карши учрашув учун олиб борилган машгулотларнинг узвий давоми хисобланади. 23-февралдан бошлаб бошланадиган йигин Тошкентда утади ва 28-февралгача давом этади. Шу куни Катарга жунаб кетамиз ва 1-март куни уйинни утказгач,Тошкентга кайтиб келамиз. Хеч кайси легионерга жавоб берилмайди ва барчаси кейинги уйингача мураббий ихтиёрида булишади. Хатто бу вакт оралигида бир нечта янги легионер уйинчиларни курикдан утказишимиз хам эхтимолдан холи эмас.

Uzb_futboli
02-21-2006, 06:17 PM
Диаего Куручиани: “Биз учун хар кандай жамоа жиддий ракиб”

Шундан сунг матбуот анжуманига Бангладеш терма жамоаси бош мураббийи Диаего Куручиани кириб келди:

-Жаноб Куручиани, уз хакингизда кискача гапириб берсангиз?

-Менинг исмим Диего. Марадонаники билан бир хил. У билан факат исмим ухшаш. Ёшим 43 да. Узим аргентиналикман. Аждодларим эса италиялик. Футболчи сифатида Аргентина ёшлар терма жамоасида уйнаганман. Кейин эса биринчи дивизион жамоасида туп сурганман. Мураббийлик фаолиятимдаги энг кузга куринарли ходиса сифатида “Индепенденте” клубида Луис Сезар Меноттига ёрдамчилик килганимни айтиб ута оламан. Бундан ташкари Гаити ва Мексика ёшлар терма жамоаларига хам мураббийлик килганман.

-Бангладеш терма жамоаси уйинга кандай тайёргарлик курди?

-Жуда яхши деёлмайман. Мен Аргентинадан кайтгач, атиги ун олти кун давомида машгулот олиб бордик. Бирок шунга карамай эртага чиройли футбол курсатишга харакат киламиз.

-Сиз эртага чиройли футбол курсатишга харакат киламиз деяпсиз. Аммо интернетдаги хабарларга кура асосий максадингиз жуда йирик хисобда ютказмаслик экан. Булардан кайси бири хакикатга якинрок?

-Хар иккаласи хам тугри. Максадимиз чиройли, мазмунли уйин курсатиб, мезбон жамоага йирик хисобда ютказмасликдан иборат.

-Терма жамоамиз уйин услуби билан танишмисиз?

-Ха, жамоангизнинг Бахрайнга карши уйинини курдим. Жисмонан бакувват футболчиларга эга, юкори савияли уйин курсатадиган жамоангиз бор.

-Сизнингча гурухда ким фаворит?

-Албатта Узбекистон.

-Сиз ФИФА карорига кура икки уйинга мураббийлар уриндигидан четлаштирилгансиз. Бу карорга муносабатингиз?

-Карор тугри булган. Чунки мен ростдан хам кизишиб кетиб хакамга куполлик килгандим. Бунинг учун хакли равишда жазоландим. Эртага уйинни уяли алокали телефон оркали бошкарсам керак.

-Эртага уйинни бошкарадиган хакамлар хакида икки огиз…

-Мен умуман олганда хакамлар тугрисида гапиришни ёктирмайман. Уларнинг иши жуда хам огир. Эртага бизга хакам эмас Узбекистон термаси муаммо булса керак.

-Аргентинадан Бангладешгача... Бу жамоани бошкаришга сизни нима ундади?

-Менинг менеджерларим ушбу таклифни айтишганда тезда рози булдим. Чунки шу тобда менинг ёрдамим Бангладешга керак, бу жойда ошириладиган тажриба эса менга келажакда аскотади деган умиддаман.

-Мусобакага куръа ташланишидан олдинги ва кейинги фикрларингиз?

-Мен учун куръанинг унчалик катта ахамияти йук эди. Чунки китъадаги хар кандай жамоа биз учун жиддий ракиб хисобланади.

-Таркибда муаммолар борми?

-Хеч кандай муаммо йук.

-Легионерлар сизда хам борми?

-Йук, бизнинг барча уйинчилар уз чемпионатимизда туп суришади.

-Сиз утган йилги Узбекистон-Бахрайн уйинини курганингизни айтдингиз. Айтинг-чи, агар Тринидад Табагога карши Бахрайн эмас Узбекистон уйнаганида натижа кандай буларди сизнингча?

-Бир гап дейиш мушкул. Аммо Тринидад Табаго унчалик кучли жамоа эмас. Узбекистон термаси ундан утиш имкониятига эга эди менимча.

-Узбекистон-Бахрайн уртасидаги дастлабки уйинда хакам йул куйган хато хакида нима дея оласиз?

-Агар мен Узбекистон терма жамоаси бош мураббийи булганимда аклдан озишим хеч гап эмасди.

Uzb_futboli
02-21-2006, 06:35 PM
Uzbeks seek redemption under Nepomniatchi
Feb 22, 2006
Avazbek Berdikvlov/FootballAsia.com

TASHKENT - Uzbekistan will be looking to exorcise the ghosts of last year’s World Cup 2006 campaign when they take on Bangladesh in Tashkent in an Asian Cup Group F qualifier on Wednesday night.

The central Asians came close to making it to Germany but were undone in their quest to beat Bahrain in the AFC Play-off by a bizarre piece of referring which denied the side then coached by Bobby Houghton a 2-0 lead in the first leg against the west Asians.

The Uzbeks appealed to FIFA and the game’s world governing body ordered the game to be replayed and the Uzbeks, who won the first game 1-0, could only manage a draw at home. Another draw followed in the return leg in Bahrain and the west Asians advanced to a play-off, against Trinidad and Tobago, which they lost.

The manner of the Uzbek’s exit still rankles among the players and Bangladesh, fresh from a runners-up finish at the SAFF Championship 2005 are likely to bear the brunt in what could be a rout.

The home side will be looking to make a winning start under new coach Valeri Nepomniatchi, who took over the reigns of the national team and of leading Uzbek club side Pakhtakor last month.

The only real surprise sprung by the former Cameroon coach is in his first squad is the inclusion of 18-year-old Vitaliy Denisov.

The CSKA Moscow defender, the son of former Pakhtakor player Gennadiy Denisov, has been handed his first national team call-up after a successful spell with last season’s Russian champions last season, He is the youngest member of a squad dominated, as per usual, by Pakhtakor players.

With long-time skipper Mirdjalal Kasimov hanging up his international boots at the end of 2005, the captain’s armband passes to Andrey Fyodorov, who plays at the back. He will joined at the back by Bakhtiyor Ashurmatov, who returns to action after his severe injury that put the Krilya Sovetov defender out of Uzbekistan’s final games in the 2006 World Cup Qualifying campaign.

Offensive duties will fall squarely on the shoulders of AFC Player of the Year 2005 Maksim Shatskikh, who plays for Dynamo Kiev. In the absence of the injured Alexander Geynrikh, Shatskikh is likely to be partnered up front by Anvar Soliev, one of the 11 Pakhtakor players in the 23-man squad.

Server Djeparov, Ignatiy Nesterov and Temur Jurayev, defenders Asror Aliqulov, Ilhom Suyunov and Islom Innomov, midfielders Timur Kopadze, Vladislav Kiryan, Renat Bayramov and Vyacheslav Ponomaryov are the other Pakhtakor players in the squad.

With just two other players - goalkeeper Yuriy Tsoy and striker Zafar Kholmurodov, both from Mash’al – playing their football in the Uzbek league, the rest of the squad play their football in Russia and Kazakhstan.

Bangladesh’s task in the Pakhtakor Stadium has not been made any easier by the suspension of coach Diego Cruciani, who will have to watch the game from the stands for attacking the referee after his side Asian Cup Preliminary Round game against Pakistan in December.

Bangladesh advanced to a place in the Qualifying Round with a 1-0 aggregate win over Pakistan, the only goal of the tie coming from Firaj Mahmud Hossain.

MUHLIS
02-21-2006, 09:54 PM
ufff Nikimbayevni ko'rsam tepa sochim tikka bo'ladigan bo'lib qolibdi....shundan boshqa tarjimon yo'qmi bizda? o'zimni chaqiringlar bepulga tarjimonlik qilaman, sof O'zbek tilida.

Brigadir
02-22-2006, 04:38 AM
Shatskix gol urdi!!!!!
Ura!!!!!!!!!!!!
3:0 Oldinda ketvommiz!!!!!

Brigadir
02-22-2006, 04:42 AM
Shatskix uchinchi golni urdi.. 1-2 golarni kim urganiykin?

MasxaraboZ
02-22-2006, 04:53 AM
Shatskix gol urdi!!!!!
Ura!!!!!!!!!!!!
3:0 Oldinda ketvommiz!!!!!

Brigadir qayaerdan olayabsiz malumotlarni bizga ham link bering :)

hungaryforever
02-22-2006, 04:55 AM
Hello guys!

I have 2 000 euros on uzbekistan, japan, and iran.
I know Japan is leading by 3-0, but are the uzbeks leading too?
Is 3-0 real???

tx

Please keep me updated!

ciao and good luck to you!!!!!!!!!!!

Brigadir
02-22-2006, 04:58 AM
Brigadir qayaerdan olayabsiz malumotlarni bizga ham link bering :)
Link yo'q uyga tel qilib televizordan eshitvotuvdim... Tel kartochka vaqti kam qoldi.. Oxirrog'ida tel qilman shakilli endi...

kingdom
02-22-2006, 05:02 AM
BIRINCHI TAYM 3;0 BULDI SHEKILLI!:cool:

hungaryforever
02-22-2006, 05:14 AM
Shatskix uchinchi golni urdi.. 1-2 golarni kim urganiykin?

Is it really 3-0????
It is very important me.

please write me in english pleaseeee

kingdom
02-22-2006, 05:16 AM
yeah man !we gonna score 3more goals:lol: Is it really 3-0????
It is very important me.

please write me in english pleaseeee

kingdom
02-22-2006, 05:18 AM
and boss dont worry they will score not less than 5!Is it really 3-0????
It is very important me.

please write me in english pleaseeee

hungaryforever
02-22-2006, 05:19 AM
and boss dont worry they will score not less than 5!

Eheheh! Yeah, O'lga Uzbekiston (I hope it is right grammatically)

Brigadir
02-22-2006, 05:21 AM
Uje 4:0!!!!!!!!!!!!!
Biza yutvommiz!!!!!

hungaryforever
02-22-2006, 05:23 AM
Goalscorers info?

kingdom
02-22-2006, 05:23 AM
2taymni uje 20 minuti tugadi manimcha!yana nechta ursak kere:rolleyes: Uje 4:0!!!!!!!!!!!!!
Biza yutvommiz!!!!!

hungaryforever
02-22-2006, 05:40 AM
Who scored uzbek goals?
Is it still 4-0???

kingdom
02-22-2006, 05:42 AM
i dont know who scored but last minutes we have to score one more!Who scored uzbek goals?
Is it still 4-0???

hungaryforever
02-22-2006, 05:44 AM
i dont know who scored but last minutes we have to score one more!

Are you listening to the radio? or TV?

KhwarezmshaH
02-22-2006, 05:51 AM
Olgaaaa, ozbegim mard oglonlariii:D :D

hungaryforever
02-22-2006, 05:55 AM
Any livelink or livescore?

Brigadir
02-22-2006, 05:57 AM
O'yin tugadi!!!!
hisob 5:0!!!!!!!!!!
Shatskix-2
Geynrix-2
Jeparov-1
Congratulations guys!!!!!!!!!!!!!!!!!

boburshoh
02-22-2006, 05:57 AM
Online korayotganlar bormi, link bervoringlar

FanaT
02-22-2006, 05:57 AM
Ole Ole 5-0 oyin tugadi (Genrikh 2 ta gol Shatskikh 2 ta Jeparov (pen) + qizil kartochka

kingdom
02-22-2006, 06:01 AM
dalba shu jeparov endi qatar bilan uyinda qiyin buladi blin!yutqazamizOle Ole 5-0 oyin tugadi (Genrikh 2 ta gol Shatskikh 2 ta Jeparov (pen) + qizil kartochka

hungaryforever
02-22-2006, 06:06 AM
Great!!!!!!!!!!
Congrat Uzbekistan! Good start in the qualifying chamaign!

Amiri Turkiston
02-22-2006, 07:10 AM
ole ole ole ole

O'zbekiston chempion!!!

ole ole ole ole

Pahtakor chempion!!!


Bangladeshtagi partnerlarga tel. qilib rosa qottim ustidan, mana futbolchilarilarni ahvoli deb :-)

Mahmud
02-22-2006, 08:23 AM
Hammani bugungi g'alaba bilan tabriklayman :)

Oz'bekiston-Bangladesh 5:0

Gollar: Geynrix, 9, 51; Jeparov, 24; Shatskix, 35, 83
72-daqiqada Jeparov maydondan chetlashtirilgan.Jeparov keyingi asosiy
o'yinni o'tkazib yuboradi.


http://www.uzfootball.com/images/stories/uzbekistan%28bangladesh%29.jpg

O'FF rasmiy sahifasi www.uzfootball.com (http://www.uzfootball.com) dan to'liq ma'lumotni o'qishingiz mumkin...

ps: F guruhini ikkinchi juftligi Hong Kong-Qatar 0:3 natijasi qayd qilingan.

Terma jamoani keyingi raqibi Qatar, o'yin Dohada bo'lib o'tadi.

kingdom
02-22-2006, 12:28 PM
blya anavi uzfootball.com sahifasinin uqidinglarmi?:lol: kulgim kelayapti Bangladesh ustidan qozonilgan galabani tarixiy galaba uxshatishib yuborishibti biladim mabodo Braziliyani yutib qolishsa hayotni qizigi qolmadi deb hammasi uzini ossa kerak!:lool: :lool: :lool: :lool: :lool: :lool: :laugh: Hammani bugungi g'alaba bilan tabriklayman

Oz'bekiston-Bangladesh 5:0

Gollar: Geynrix, 9, 51; Jeparov, 24; Shatskix, 35, 83
72-daqiqada Jeparov maydondan chetlashtirilgan.Jeparov keyingi asosiy
o'yinni o'tkazib yuboradi.


http://www.uzfootball.com/images/stories/uzbekistan%28bangladesh%29.jpg

O'FF rasmiy sahifasi www.uzfootball.com (http://www.uzfootball.com) dan to'liq ma'lumotni o'qishingiz mumkin...

ps: F guruhini ikkinchi juftligi Hong Kong-Qatar 0:3 natijasi qayd qilingan.

Terma jamoani keyingi raqibi Qatar, o'yin Dohada bo'lib o'tadi.

Asadbek
02-22-2006, 01:10 PM
blya anavi uzfootball.com sahifasinin uqidinglarmi?:lol: kulgim kelayapti Bangladesh ustidan qozonilgan galabani tarixiy galaba uxshatishib yuborishibti biladim mabodo Braziliyani yutib qolishsa hayotni qizigi qolmadi deb hammasi uzini ossa kerak!:lool: :lool: :lool: :lool: :lool: :lool: :laugh:
Bangladesh ustidan 5:0 ga yutgani uchun, Bahrainga yutqazib qo'yganiga xafa bo'lmasa ham bo'ladi... :(

15:0 ga solmaydimi, eeeee

Pythagor
02-22-2006, 01:40 PM
ole ole ole ole

O'zbekiston chempion!!!

ole ole ole ole

Pahtakor chempion!!!


Bangladeshtagi partnerlarga tel. qilib rosa qottim ustidan, mana futbolchilarilarni ahvoli deb :-)Mitti Pakhtakorchila rasvo qiptiytu ishni...

Uzb_futboli
02-22-2006, 06:33 PM
Мавсумнинг илк уйинидан сунг

Узбекистон-Бангладеш учрашуви якунига етгач, иккала жамоа бош мураббийлари журналистлар билан мулокотда булишди.

Валерий Непомняший: “Мен 6:0 булишини истаган эдим.”

Дастлаб Узбекситон терма жамоаси бош мураббийи Валерий Непомняший уйин хакидаги уз таассуротлари билан уртоклашди:

-Биринчи уйин хамма вакт кийин кечади. Уйинчилар учун хали янги мавсум бошлангани йук. Мен учун эса жамоа билан танишув давом этади. Бугун амалга оширган захираларим хам купрок уйинчиларнинг имкониятларини билишга каратилган эди. Умумий таассуротимни айтадиган булсам, футболчилар узларига юклатилган вазифаларни маълум маънода бажаришди. Уйинимиздаги муаммо асосан юзага келган имкониятлардан фойдалана олмасликда куринди. Биз учун бугун купрок туп кириш жуда мухим эди. Сабаби гурух тизимида утадиган бахсларда пайти келганда киритилган ва утказиб юборилган туплар хам хал килувчи ролни уйнаши хеч гапмас. Шунинг учун мен бугун 6:0 хисобида ютишимизни ният килган эдим. Шунга карамай уйинчиларга миннатдорчилик билдираман. Деярли хаммаси тиришкок ва интизомли футболчилар. Яна шунингдек мухлисларга хам уз миннатдорчилигимни билдирмокчиман.

-Жепаровнинг майдондан четлатилгани хакида кандай фикрдасиз?

-Вазиятни шархлашни хохламайман. Олдин мен ишлаган мамлакатда хакамлар тугрисида фикр билдириш таъкикланган эди. Бу жихат менинг табиатимга хам тулик мос тушади. Жепаровнинг кейинги уйинда уйнолмаслигидан жуда афсусдаман. Сабаби у жамоадаги уйинни йуналтирадиган асосий футболчимиз эди. Энди бир хафта давомида бу муаммога ечим топишимиз керак.

-Бирок сизнинг ихтиёрингизда жуда куп хужумчилар бор. Балки Катарга карши “асосий химоя бу хужум” кабилида иш тутарсиз?

-Яхши таклиф. Шундай булишини истардим. Аммо олдин яхшилаб уйлаб куришим керак.

-Катарга карши тайёргарлик кандай кечади?

-Танаффус булмайди. Эртадан машгулотларга киришамиз. Тайёргарлик давомида икки таркиб узаро уйин утказади. Уша учрашувда Катарга карши тактикамизни хам белгилаб оламиз. Катарга 28-февралда жунаб кетамиз. Эртарок боришдан хеч кандай фойда йук. Чунки шу тобда Катар об хавоси унчалик иссик эмас ва биз иклимга куникишда кийналмаймиз, деб умид киламан.

-Денисовнинг уйинини кандай бахолайсиз?

-Мен журналистлар каршисида уйинчиларни бахоламайман. Бахолаш бу сизнинг ишингиз. Мен асосий таркибга тушириш ёки туширмаслик билан уз муносабатимни билдираман. Шуни айтишим мумкинки, Денисов илк расмий уйини булгани учун бироз хаяжонланди шекилли. Чунки хали анча ёш йигит. Умуман олганда у машгулотларда бундан яхширок уйин курсатганди.

-Бугун булиб утган Гонконг-Катар уйинини кузатиш учун кимнидир жунатганмисиз?

-Бизга ушбу уйин ёзилган видео тасмани беришга ваъда беришган.

-Катарда Жепаров урнида ким уйнаши мумкин?

-Аник бир гап айта олмайман. Уйлаб куришим керак. Бу биз учун жиддий муаммо.

-Барча уйинчилар сиз улардан кутган футболни уйнашдими?

-Йук. Кимдир хурсанд килди, яна кимдир аксинча, ранжитди. Лекин мавсумнинг илк учрашуви эканини инобатга олиб уйиндан барибир коникиш хосил килдим.

-Катар учрашувидан кейин узок вактлик танффус юзага келади. Бу вакт давомида жамоа уйинини кандай килиб саклаб колиш кузда тутилган?

-Мана, терма жамоалар булими бошлиги шу ерда. Улар менга бир неча вариантни таклиф килишган. Хатто кучли биронта жамоани чакириб уртоклик уйини утказиш таклифи хам йук эмас. Бирок масала бошка тарафда. Легионерларни йигинларга жалб эта оламизми ёки йукми? Агар легионерларни жалб этолмасак хар кандай уйин утказишимиздан катъий назар жамоа холатини урганиб булмайди. Ички чемпионатдаги уйинчилар борасида эса муаммо йук. Улар билан йигин хам утказа оламиз уйин хам. Мен учун муаммо - легионерлар.

-Зейтуллаевни жамоага чакиришни уйлаяпсизми?

-Зейтуллаев?

-Илёс Зейтуллаев.

-Мендаги руйхатда ундай футболчи йук. (Шу пайт Алишер Никимбоев унга Зейтуллаевнинг кайси футболчи эканини эслатади.) Ха, узр. Менда уйинчилар исми шарифи ёзилган иккита руйхат бор. У иккинчи руйхатда булгани учун бироз чалгидим. Курамиз, рости мен хозирча барча уйинчилар билан тулик танишиб улгурганимча йук.

-Солиевнинг алмашинуви унинг жарохати билан богликми?

-Ха, афсуски у кичкина жарохат олди.

Uzb_futboli
02-22-2006, 06:35 PM
Диаего Куручиани : “Уйинчиларим бироз хаяжонланишди»

-Мен жамоангизни галаба билан табриклайман. Уз жамоамнинг уйинидан эса кунглим тулмади. Улар анча хаяжонланиб уйнашди. Балки бу табиий холдир. Чунки ракиб биздан анча устун эди. Умуман олганда жамоангиз бундан-да йирикрок хисобда галаба козониши мумкин эди.

-Жепаровга кизил карточка курсатилган вазиятни кандай бахолайсиз?

-Назаримда хакам бироз каттиккуллик килди. Чунки уйинчини у куполлиги учун сарик билан жазоласа хам буларди.

-Жамоангиз химоя чизиги курсатган уйинни кандай бахолаган булардингиз?

-Бугун химоямиз жуда ёмон уйнади. Сабаби юкорида айтганим каби футболчилардаги ортикча хаяжон булди.

-Узбекистон термасидаги кайси уйинчи хааркати сизга маъкул тушди?

-Купчилиги. Айникса канот уйинчиларингиз. Бугун умуман жамоангиз яхши уйин курсатди. Агар улар кейинги учрашувда хам шундай харакат кила олишса муаммо йук.

-Гонконгга карши навбатдаги бахсда тактикани узгартирасизми?

-Ха, албатта. Чунки Гонконг жамоаси Узбекистончалик кучли эмас. Мен узим жанубий америкалик эканлигим боис хужумкор футболни ёктираман. Агар гурухдаги заиф ракибга карши уз майдонимизда хам хужумкор уйин курсатмасак булмас...

-Булажак Катар-Узбекистон уйини хакида нима дея оласиз?

-Аргентина терма жамоаси ёрдамчи мураббийидан Катар тугрисида сураганман. Унинг айтишича Катар анча кучли жамоа. Шунинг учун уйин натижасини башорат кила олмайман. Сиз учун уша уйин анча катта ахамиятга эга. Мухими ютказмасангиз бас.

pigkwokwah
02-22-2006, 06:39 PM
hey........beating the rubbish team Bangladesh 5:0 only,
I guess 10:0 before the match,
no need to be happy,right?

Uzbekistan2010
02-24-2006, 10:18 AM
bitta muammo! bizga playmaker kerak :?

Madaminbek
02-27-2006, 01:57 PM
bitta muammo! bizga playmaker kerak :?

Bunisi konkretno!:o

bekzoduz@la
02-27-2006, 05:25 PM
Playmaker kerakligi anniq. Lekin kommandada Jeparovni o'rnini kim oladi keyingi o'yinda? Menimcha Koshelev yoki Bikmoyev. Sizlar nima deb o'ylaysizlar?

Mahmud
02-27-2006, 06:34 PM
Playmaker kerakligi anniq. Lekin kommandada Jeparovni o'rnini kim oladi keyingi o'yinda? Menimcha Koshelev yoki Bikmoyev. Sizlar nima deb o'ylaysizlar?

yuqorida fikr, savol va tortishuvlarni "Qatar-O'zbekiston (http://www.forum.uz/showthread.php?t=28126)" threadida amalga oshirsak yaxshi bo'lardi :)

ps:Moderator oxirgi 4 postni tegishli mavzuga qo'shib quying, iltimos.