antiSNOB
02-19-2006, 04:28 AM
Shu yil 8 fevral kuni Fransiyaning Vezul shahrida nihoyasiga yetgan XII Osiyo mamlakatlari xalqaro kinofestivalida taniqli o'zbek kinorejissyori Yusuf Roziqovning "Erkak" nomli badiiy filmi ushbu anjumanning bosh sovrini - Gran pri sohibi bo'ldi.
Ushbu kinofestivalda mintaqaning 20 mamlakati vakillari tomonidan yaratilgan turli mavzudagi kinofilmlar namoyish etildi. Ular kino san'ati sohasining taniqli namoyandalaridan iborat hakamlar hay'ati tomonidan baholandi.
Vezul kinoanjumani Fransiyada Osiyo kino san'atiga nisbatan qiziqish yildan-yilga ortib borayotganini ko'rsatdi. Festivalda namoyish etilgan filmlarni 20 mingdan ortiq kino ixlosmandlari tomosha qildilar. Anjuman Fransiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan atroflicha yoritildi. Kinofestival ishini mamlakatning eng nufuzli telekanallaridan biri - "Frans-3" muntazam yoritib bordi.
Yurtdoshimizning Fransiyadagi nufuzli kinofestivalda muvaffaqiyat qozongani o'zbek kinosi dunyo miqyosiga chiqayotganidan dalolatdir. "Erkak" filmi ilk namoyishidan so'ng Fransiyadagi "Arkayon" kompaniyasi uni Yevropa mamlakatlarida taqdim etish huquqini xarid qilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.