PDA

View Full Version : Kim shahardan, kim posyolkadan va kim qishloqdan?

Gravitino
02-27-2006, 10:44 AM
Aziz forumdoshlar,

Uznayom otkuda nashi uchastniki forumiga qo'shimcha ravishda, bir-birimizni qayerdanligimiz meni yanada qiziqtirgan bu threadni boshladim. Ko'rinishicha, ko'pchilikni shaharlik tashkil etadi. Qishloqdan ham bormi?

Shokirbek
02-27-2006, 01:39 PM
Men qishloqda tug'ilib, o'sganman.

Pythagor
02-27-2006, 02:00 PM
qishloq, posyolka, shahar.

Royal
02-27-2006, 03:00 PM
shunaqayam ahmoqona poll boladimi a?

Kimga nima aloqasi bor kimmi qattanligi:

Man Toshkent degan qishlogda kotta boganman!

Sevinch
02-27-2006, 07:54 PM
shunaqayam ahmoqona poll boladimi a?

Kimga nima aloqasi bor kimmi qattanligi

Huddi manashunaqa fikr mening hayolimdan ham kechdi bu threadni uqib turib.Lekin balkim bu userga haqiqatdan ham qiziqdur kimning qaerdanligi deb uylab javob bera qoldim.

smhan
02-27-2006, 08:50 PM
Salom Sevinch ! ahvollar qale ?
Man shahardan nemeydi?

Sevinch
02-27-2006, 09:01 PM
Salom Sevinch ! ahvollar qale ?
Man shahardan nemeydi?

Voleykum salom smhan, qaerdanligingiz meni emas Gravitinoni qiziqtiradi.

MUHLIS
02-28-2006, 02:06 AM
Shuni bilish uchun "so'rov" o'tkazish shartmidi?
Kim qayerdanligini bilish oson:
Odatda qishloqda o'sganlar O'zbek tilida ravon va yaxshi yozishadi. Shaxarliklar esa xadeganda "lik" etib ruschaga o'tib ketaverishadi....O'zbekcha gapirsalar xam faqat o'z shevalari darajasida gapiradilar va ko'pincha ikki yoki uch tilni qorishtirib gapirishadi.
Lekin istisnolar xam uchrab turadi albatta. :)

Amiri Turkiston
02-28-2006, 02:43 AM

mdaa to'g'ri gapiz
ayniqsa Toshkentliklar deng - bu yana ham to'g'riroq buladi

ruschaga o'tib ketishmasa ham - qo'chib chatib...ro'molchaga tugib...bir balo qilib tashlashadide :D

man to'g'risini aytsam o'zimni nazarda tutvomman :rolleyes:

Legend
02-28-2006, 02:53 AM
Shuni bilish uchun "so'rov" o'tkazish shartmidi?
......va ko'pincha ikki yoki uch tilni qorishtirib gapirishadi.
Lekin istisnolar xam uchrab turadi albatta. :)

Ikki -uch hil tilda gapirish, balkim osha odamni shu ikki -uch til bilishidan ham dalolat berishi mumkinku ahir ;) .

P.S. Togri aytishingiz mumkin... avvalambor bitta tilni yahshilab ozlashtirvosin deb :D .

Camellia
02-28-2006, 03:02 AM
Kim qayerdanligini bilish oson:
Odatda qishloqda o'sganlar O'zbek tilida ravon va yaxshi yozishadi. Shaxarliklar esa xadeganda "lik" etib ruschaga o'tib ketaverishadi....O'zbekcha gapirsalar xam faqat o'z shevalari darajasida gapiradilar va ko'pincha ikki yoki uch tilni qorishtirib gapirishadi.
Lekin istisnolar xam uchrab turadi albatta. :)
mdaa to'g'ri gapiz
ayniqsa Toshkentliklar deng - bu yana ham to'g'riroq buladi
ruschaga o'tib ketishmasa ham - qo'chib chatib...ro'molchaga tugib...bir balo qilib tashlashadide :D
man to'g'risini aytsam o'zimni nazarda tutvomman :rolleyes:

Men Royalning gaplariga 100% qoshilaman. Hammamiz bir vatandanmiz, bir kurrai zamindan. Shaharlik, viloyatlik yoki qishloqlik deb ajratish odobdan emas.

Shahsan men ham oto-bobolarim singari azim Toshkentda tugilib-o'sdim, lekin iloji boricha adabiy tilda yozishga harakat qilaman; MUHLIS aytganlaridek ''istisno'' guruhdaman:)

Lekin, ba'zi bir forum a'zolari shahardan million chaqirim uzoqda tugilib osha yerda ulgaygan bo'lsada, Toshkent haqida tassavvurga ham ega bo'lmasada, Toshkentcha shevada yozishga harakat qiladi... Qiyofa o'zgartirishni kimga keragi bor:rolleyes:

O'zbek adabiy tilimizni hurmat qilaman:D

Amirhon va Royal,

judayam kongli ochiq insonlarsizsiz, sizlarni ham juda qattiq hurmat qilaman qishloqdoshlar;)

Abu Hurayra
02-28-2006, 03:03 AM
Shuni bilish uchun "so'rov" o'tkazish shartmidi?
Kim qayerdanligini bilish oson:
Odatda qishloqda o'sganlar O'zbek tilida ravon va yaxshi yozishadi. Shaxarliklar esa xadeganda "lik" etib ruschaga o'tib ketaverishadi....O'zbekcha gapirsalar xam faqat o'z shevalari darajasida gapiradilar va ko'pincha ikki yoki uch tilni qorishtirib gapirishadi.
Lekin istisnolar xam uchrab turadi albatta. :)
gapingizda jon bor, :) ...

Ba'zan Toshkentda Metrodami Kuchlardami Bazi Uzbek qizlarni kurardim,
juda ham "evropacha" kiyinib olishgan bir birlari bilan "Vay Kamila jgdjkgfjkagdfggfa bla blabla " deb ruscha uzbekcha aralashtirib gapirishiardi. Tushunmasdim :rolleyes: , Huddi ruscha qushib gapirsa u "Krutaya" deb bilinarmishmiyey bilmadim, ba'zan kulgim kelardi.BIlamadim bu hayot tarzimi yoki bu yerda boshqa narsa bormi manga g'alati tuyilardi...
Bazida Metroda "tushasizmi" deb surash uchun masalan rus odamni ko'rsam (rus tilini bilsamda) O'zbek tilida so'rardim, Ruslar hoh ayol hoh erkak bulsin bazan Uzbekcha javob berishardi, ba'zan ruscha.
2-3 yil Buxoroga borgandim Yo'nalish kirakash aravaga (Marshrutnoy taksiga ) minganimda BIr rus ayoli surab qolgandi- Namefroyetmi? (tushmaysizmi) deb hayron bulib qolgandim...Keyin Bozorlarda ham Tojik tilida gapirib savdo qilayatgan Ruslarni ko'rdim, albatta bu uzi yashab turgan atrofga va usha yerdagi odamlarga nisbatan ko'rsatilgan hurmat.

hurmat bilan Mazlum...

PS:Camelia, mandan 1 minut oldin post qilibsiz, maning postimni ichida Kamelia degan isim bor buni umuman sizga aloqasi yuq shunchaki misol tariqasida aytgandim.

Legend
02-28-2006, 03:12 AM
.....Shaharlik, viloyatlik yoki qishloqlik deb ajratish odobdan emas.

Oqiganimga ishonolmayamman :lol: , ti sama to hot' sleduyesh tomu, chemu drugih uchish ;) :D .

P.S. Uzr orischa yozvordim,da eshe i offtob, nu prosto ne sderjalsya :D .

P.S.S. yana bitta qoshimcha qilmoqchi edim, bazilar bor, inglizchani yahshi bilmasdan inglizchada yozishga harakat qiladi, tagim kotta qip mavzuni yozib qoyishadi,yoki ruschani bilmasdan, ruschada va hatolarga yol qoyishadi, va aksincha ozbekchada ham. manimcha o'shnaqa qiynalmi ozi yahshi bilgan tilida yozgani ma'qul.

Tag'im hapa bomela. O'zim kuzatgan misollardan etvomman.

MUHLIS
02-28-2006, 03:18 AM
Ikki -uch hil tilda gapirish, balkim osha odamni shu ikki -uch til bilishidan ham dalolat berishi mumkinku ahir ;) .

P.S. Togri aytishingiz mumkin... avvalambor bitta tilni yahshilab ozlashtirvosin deb :D .
O'zingiz gap boshlab qoldingizda....
Yaqinda bir yarim arman yarim qozoqmi yana allanimabalo Karen Gafurjonov degan "shovvoz" "Tamanno" degan ko'rsatuv bilan chiqdilar (cheap replica of Fear Factor) Yoshlar Kanalida.
O'sha yerda chala o'ris qizlar konkursi bo'ldi. Ular ikki gapni birida ruscha so'z suqib Toshkent shevasida amallab turishdi O'zbekchani. Ko'rgan odam "xa endi bular ruscha gapiraverib O'zbekchaga tili kelmay qolganda" deb o'ylashi tabiiy edi, shaxsan men shu xayolda edim. Ammo xamma tomosha keyin bo'ldi.
"Tamanno"ning shartlaridan biri maktabda 45' Rus tili darsi o'tib berish bo'ldi va o'sha olifta chala o'ris qizlarning xech biri rus tilini tuzuk quruq bilmasligi oshkor bo'ldi. Ular tom ma'nodagi "salat" bo'lib voyaga yetganlar, na O'zbek tilini va na Rus tilini tuzuk quruq biladilar.

Camellia
02-28-2006, 03:21 AM
PS:Camelia, mandan 1 minut oldin post qilibsiz, maning postimni ichida Kamelia degan isim bor buni umuman sizga aloqasi yuq shunchaki misol tariqasida aytgandim.

Hurmatli Mazlum,

Havotir olmang, hammasi joyida; Toshkentda ''Kamilla'' (Komila)lar ko'p;)

Qarang postcriptumni oqimasam, ''Kamilla'' va ''Camellia'' ortasida bogliqliq bor deb hayolimga ham keltirmasdim. Aslida ismim boshqacha, K dan boshlanmaydi:)

Gaplaringizda jon bor, haqiqatdan ham Toshkentlik o'zbek yoshlari ichida ruscha-o'zbekcha, ohirgi paytlar inglizcha! ham aralashtirish urf bo'lgan; go'yoki bu bilan ''zo'r'' ko'rinadi. Aslida...:(

Togrisini aytsam, avvallari men ham ruscha-o'zbekcha aralashtirib gapirardim, lekin har safar uydagilardan gap eshitar edim.

''Nutqni to'liq bir tilda gapirish kerak, suhbatdoshingga eng qulay tilni tanlab boshqa tilni araslahtirmay ravon so'zla: Madaniyatsiz insonlar tilni buzib, aralashtirib gapiradi'' deb uydagilar bot-bot takrorlashar edi.

Shuning uchun uyda kimdir ruscha gapirsa, hamma ruschada so'zlashadi; suhbat o'zbekcha yoki turkchada boshlansa, unda barchamiz osha tilda so'zlashamiz:)

Legend
02-28-2006, 03:22 AM
Ha , men ham huddi shuni nazarda tutgandim :) .O'zingiz gap boshlab qoldingizda....
Yaqinda bir yarim arman yarim qozoqmi yana allanimabalo Karen Gafurjonov degan "shovvoz" "Tamanno" degan ko'rsatuv bilan chiqdilar (cheap replica of Fear Factor) Yoshlar Kanalida.
O'sha yerda chala o'ris qizlar konkursi bo'ldi. Ular ikki gapni birida ruscha so'z suqib Toshkent shevasida amallab turishdi O'zbekchani. Ko'rgan odam "xa endi bular ruscha gapiraverib O'zbekchaga tili kelmay qolganda" deb o'ylashi tabiiy edi, shaxsan men shu xayolda edim. Ammo xamma tomosha keyin bo'ldi.
"Tamanno"ning shartlaridan biri maktabda 45' Rus tili darsi o'tib berish bo'ldi va o'sha olifta chala o'ris qizlarning xech biri rus tilini tuzuk quruq bilmasligi oshkor bo'ldi. Ular tom ma'nodagi "salat" bo'lib voyaga yetganlar, na O'zbek tilini va na Rus tilini tuzuk quruq biladilar.

Abu Hurayra
02-28-2006, 03:22 AM
O'zingiz gap boshlab qoldingizda....
Yaqinda bir yarim arman yarim qozoqmi yana allanimabalo Karen Gafurjonov degan "shovvoz" "Tamanno" degan ko'rsatuv bilan chiqdilar (cheap replica of Fear Factor) Yoshlar Kanalida.
O'sha yerda chala o'ris qizlar konkursi bo'ldi. Ular ikki gapni birida ruscha so'z suqib Toshkent shevasida amallab turishdi O'zbekchani. Ko'rgan odam "xa endi bular ruscha gapiraverib O'zbekchaga tili kelmay qolganda" deb o'ylashi tabiiy edi, shaxsan men shu xayolda edim. Ammo xamma tomosha keyin bo'ldi.
"Tamanno"ning shartlaridan biri maktabda 45' Rus tili darsi o'tib berish bo'ldi va o'sha olifta chala o'ris qizlarning xech biri rus tilini tuzuk quruq bilmasligi oshkor bo'ldi. Ular tom ma'nodagi "salat" bo'lib voyaga yetganlar, na O'zbek tilini va na Rus tilini tuzuk quruq biladilar.
Man ham shunaqalarga achinaman...Har qalay kishi hech bo'lmasa O'z tilini asrab qolishi kerak.

PS: Man qishloqiman :cool:

Amiri Turkiston
02-28-2006, 03:37 AM
Man ham shunaqalarga achinaman...Har qalay kishi hech bo'lmasa O'z tilini asrab qolishi kerak.

PS: Man qishloqiman :cool:

hey qishloqi akam - gapni ham sindirib qo'ydiz :lol: :lol:

to'g'risni aytsam - 2/3/4 ta tilni aralashtiradiganlar sizlar tepadagi postlarda aytkaningizday 1 ta tilni ham yahshi bilishmaydi

manda ham huddi shu kamchilik bor....nimagadir forumda va o'rtoqlarim bilan hech shu 1ta tilga 2 chisini qo'shmasdan gaplasha olmayman

o'zbekcha so'z topib bera olmayman gohida :(

Camellia
02-28-2006, 03:41 AM
O'zingiz gap boshlab qoldingizda....
Yaqinda bir yarim arman yarim qozoqmi yana allanimabalo Karen Gafurjonov degan "shovvoz" "Tamanno" degan ko'rsatuv bilan chiqdilar (cheap replica of Fear Factor) Yoshlar Kanalida.
O'sha yerda chala o'ris qizlar konkursi bo'ldi. Ular ikki gapni birida ruscha so'z suqib Toshkent shevasida amallab turishdi O'zbekchani. Ko'rgan odam "xa endi bular ruscha gapiraverib O'zbekchaga tili kelmay qolganda" deb o'ylashi tabiiy edi, shaxsan men shu xayolda edim. Ammo xamma tomosha keyin bo'ldi.
"Tamanno"ning shartlaridan biri maktabda 45' Rus tili darsi o'tib berish bo'ldi va o'sha olifta chala o'ris qizlarning xech biri rus tilini tuzuk quruq bilmasligi oshkor bo'ldi. Ular tom ma'nodagi "salat" bo'lib voyaga yetganlar, na O'zbek tilini va na Rus tilini tuzuk quruq biladilar.

Hurmatli MUHLIS,

Togri misol keltirdingiz, haqiqatdan ham Toshkentda shunday insonlar bor: Ruschani yoki oz'bekchani qoyillatib gapirsada, osha tilda yozma nutqi oqsaydiganlar va aksincha yozma nutqi ravon bolib ogzaki nutqda akcent bilan gapiradiganlar uchrab turadi...
Yozma nutqni rivojlantirishni oson yoli ko'proq kitob mutolaa qilish, ogzaki nutqga esa debatlarda, chiroyli suhbatlarda qatnashish yordam beradi:)

Mavzudan chetlashib ketdik. Endi bu threadni sarlavhasini ''Til muammolari'' deb qoyish kerak va ''Tillar sahifasiga'' kochirish kerak boladi:P

P.S. MUHLIS, sizning nicknamingiz ma'nosi meni qiziqtiradi. Dindor insonmisiz yoki shunchaki bunday nick tanladingizmi?

Bilishimcha, dinimizda iymonli kishini MUHLIS deb ataydilar. Donishmandlardan: ''Muhlis kim?'' deb soralganida, ular: ''Yomonlik qilmay, yaxshiliklarini ham minnat qilmaydigan kishilar muhlisdir'', deb javob berganlar:)

Camellia
02-28-2006, 03:46 AM
hey qishloqi akam - gapni ham sindirib qo'ydiz :lol: :lol:

to'g'risni aytsam - 2/3/4 ta tilni aralashtiradiganlar sizlar tepadagi postlarda aytkaningizday 1 ta tilni ham yahshi bilishmaydi

manda ham huddi shu kamchilik bor....nimagadir forumda va o'rtoqlarim bilan hech shu 1ta tilga 2 chisini qo'shmasdan gaplasha olmayman

o'zbekcha so'z topib bera olmayman gohida :(

Eh Amirhon, hafa bolmang!

Qaysi tilda gapirsangiz ham asosiysi konglingiz tozaku:)
Ba'zilar qiyofani o'zgartirishga usta bo'lib, forumda ham barchani zahar tili bilan chaqadi.

MUHLIS
02-28-2006, 04:03 AM
Hurmatli MUHLIS,
P.S. MUHLIS, sizning nicknamingiz ma'nosi meni qiziqtiradi. Dindor insonmisiz yoki shunchaki bunday nick tanladingizmi?

Bilishimcha, dinimizda iymonli kishini MUHLIS deb ataydilar. Donishmandlardan: ''Muhlis kim?'' deb soralganida, ular: ''Yomonlik qilmay, yaxshiliklarini ham minnat qilmaydigan kishilar muhlisdir'', deb javob berganlar:)
Voy! :shock:
Raxmat sizga. Men bilmagan ekanman shuncha ma'no borligini nickimda. Siz so'radingiz men aytay endi.
Men bu laqabni tanlashimga sabab unchalik xam chuqur emasdi aslida. Agar adashmasam menimcha bu "ihlosli" degan ma'noni bildirardi.
Men o'ylab-o'ylab, "qaysi laqab mening bu yerga kirishdan maqsadimni to'laroq ifodalar ekan" deb oxiri shu nickda to'xtaganman. Chunki bi laqab mening bu forumga keladiga ko'plab hassos fikrli, teran mushohadali, chuqur bilimli, kamtar, hur fikrli, va ochiq ko'ngil odamlarga ihlosim baland edi, keyin adabiyot, sh'erga ihlosim baland edi, ammo eng qattiq qiziqishim bi futbol edi......shuning uchun men bu laqab mening bu yerga kirib turishdan maqsadim: O'zbek adabiyotidan bahra olish, futbol xaqida "dardlashish", va salohiyatli insonlar fikri bilan tanish bo'lishni o'zida ozmi ko'pmi mujassam qila oladi degan fikrda edim.
Shu xalos. :)

Camellia
02-28-2006, 04:15 AM

Juda ma'noli nick tanlabsiz, ofarin! Sizga tashakkur:)

Darhaqiqat, ''muhlis'' va ''ihlos'' so'zlari o'zaro bogliq bo'lib, muqaddas dinimiz - Islomda ko'p ishlatiladi. Lekin, ''IHLOS''ning ma'nosi biroz boshqacharoq.

Osha donishmandlardan: ''IHLOS''ning ma'nosi nima? deb so'raganlarida, ular ''Albatta, odamlar seni maqtashlarini sevmasligingdir'', deb javob beribdilar.

Demak, ''ihlos''li insonlar maqtovlardan kibr-havoga berilmay, iymon va e'tiqodini asraydigan insonlardir. ''Muhlis'' (iymonli)lar esa hech kimga yomonlik qilmay, yaxshilik qilib unutadiganlardir. Ya'ni qilgan yaxshiliklarini talab qilmaydigan MUSTAHKAM IYMONLI insonlar:)

Legend
02-28-2006, 04:21 AM
Ba'zilar qiyofani o'zgartirishga usta bo'lib, forumda ham barchani zahar tili bilan chaqadi.
Manga shu gap yoqdi lekin :) .

Abu Hurayra
02-28-2006, 04:23 AM
Juda ma'noli nick tanlabsiz, ofarin:)

Darhaqiqat, ''muhlis'' va ''ihlos'' so'zlari o'zaro bogliq bo'lib, muqaddas dinimiz - Islomda ko'p ishlatiladi. Lekin, ''IHLOS''ning ma'nosi biroz boshqacharoq.

Osha donishmandlardan: ''IHLOS''ning ma'nosi nima? deb so'raganlarida, ular ''Albatta, odamlar seni maqtashlarini sevmasligingdir'', deb javob beribdilar.

Demak, ''ihlos''li insonlar maqtovlardan kibr-havoga berilmay, iymon va e'tiqodini asraydigan insonlardir. ''Muhlis''lar esa hech kimga yomonlik qilmay, yaxshilik qilib unutadiganlardir. Ya'ni qilgan yaxshiliklarini talab qilmaydiganlar:)

gapingizga qo'shimcha,
Ixlos-Muxlis.
Ixlos- Xolis(faqatgina) Allah roziligi uchun ibodat qilish.yani boshqalar qara bu diniga e'tiborli ekan itd itp deyishlari uchun emas balkim Xolis Allahning rizoligini istab Ham bu dunyoni ham u dunyoni uylab amal qilish.
Muxlis- Ixlos qiluvchi kishi,faqatgina Allahning rizoigi uchun amal qiladigan kishi.
Ixlosning teskarisi Riyo. Buni yahshi bilsalariz kerak...

Mavzuga doir bir maqol esimga tushdi: Tilga e'tiborsiz -Elga e'tiborsiz.
uylab qarasangiz urinli aytilgan gap.

MUHLIS
02-28-2006, 05:07 AM
Tilga ihtiyorsiz - Elga e'tiborsiz. degan variantini xam uchratganman.

Camellia
02-28-2006, 05:10 AM
Tilga ihtiyorsiz - Elga e'tiborsiz. degan variantini xam uchratganman.

Alisher Navoiy:)

Abu Hurayra
02-28-2006, 05:16 AM
Alisher Navoiy:)
shu gapni Alisher Navoi aytganlari xayolimdan kechgandi avvalgi postimni yozganimda, lekin shubham bo'lgani uchun xato qilib qo'ymay deb yozmagandim.

PS:yoshligimizda -maktab paytlarida Ona tili -adabiyot o'qituvchimiz hadeb sher yodlatradi. Shunday sherlarning ichida : "Ona tilim sen borsan Shaksiz" deb boshlanuvchi sher ham bo'lardi. shu sherdan faqat shu qatorcha yodimga tushdi, qolgani esimda yo'q.:rolleyes:

PS2: Ba'zan uylab qolaman nega Ona tili? Ota tili emas :rolleyes: :) ?

Camellia
02-28-2006, 05:38 AM

Ming yillarkim, bulbul kalomi
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho'rlik to'tining holi
O'zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she'rga solaman.
Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to'ti bo'lib qolaman.

Bu she'r Abdulla Oripov qalamida mansub:)

Abu Hurayra
02-28-2006, 05:45 AM
Ming yillarkim, bulbul kalomi
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho'rlik to'tining holi
O'zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she'rga solaman.
Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to'ti bo'lib qolaman.

Mavzuni naqd nicshonga oldi bu sher.
Qarang ma'noni:
Bulbul asrlar davomida bir xil suzladi, uzining tilini asrlar utsada yoqotmaydi.
To'ti (Boshqalarga taqlid qilib, O'zini tilini buzib gapiradiganlar)boshqalarga masxara bulib yuradi....
Sherni diqqat bilan uqisangiz ancha ma'no topasiz

Bu she'r Abdulla Oripov qalamida mansub:)

Uzlaridan ko'ra Sherlari yahshi shu akamizni...;)

hurmat bilan Mazlum

R.Azimov
02-28-2006, 07:16 AM
Men shahar, qishloq deb ajratishni judayam yomon ko'raman.
Lekin bir narsani ikkilanmasdan ayta olamanki, "juda ham ko'p hollarda" qishloqda tarbiya ko'rganlarda shaharda tug'ilib o'sganlarga nisbatan "fidoyilik, mehr muruvvat, shafqat, odamgarchilik, bir biriga yordam berish..." kabi xislatlar ancha yuqori bo'ladi.(shaharliklarga tegib ketmasin, iltimos. Bu ko'plab marta sinalgan va inkor qilib bo'lmaydigan narsa)

Menga eng yoqmagan narsa esa, O'zbekistonning qayeridan bo'lishidan qat'iy nazar, qishlog'idanmi, shaharidanmi, tog'idanmi, g'ordanmi, cho'lidanmi, toshkentlik bo'lmay turib, toshkentning havosidan ozgina hidlab, yoki hidlamasdan ham, toshkent shevasida gapirishga harakat qiladigan axmoqona "nusxa"lardir.
Forumda ham ko'pincha ko'rib qolaman, bilaman o'zlari asl toshkentlik emas, lekin ..votti, ...vomman qilib yoki so'zlarni toshkentliklardek qisqartirib yozishga harakat qilib, oliftalik qilishga harakat qiladi.

Qo'pol qilib aytganda yuziga tuflagim keladi shunaqa zamonaviylashgan axmoqlarni. ;)

Adabiy til, sheva haqida gapiradigan bo'lsak, menga eng yoqadigan sheva toshkent shevasidir. (xotinimga ko'pincha hazilashaman, boshqa shevada gapirganingda senga umuman uylanmasdim o'zi... toshkentlik bo'lganingga shukur qil... ;) deb)

;)

R.A.

Bonik
02-28-2006, 07:29 AM
Savol to'g'risiyam ahmoqona. diskriminatsiyaga olib keladigan provokatsion savolbu...

Bu gapim bilan man shaharlik deb kerilganim emas ;)
Ho'sh diskriminatsiya bilan provokatsiyani tarjima qilib ko'ringchi ;) o'zbekchaga ;)

Kimmi qatta tug'ulganini bilmadimu lekin shu Erkak#1 bilan Phoenix degan uzerlarimizni qattan kelib chiqishiga tahminim bor : Eski shaharni Qoratosh masallasidan bo'lishsa kerak.

MasxaraboZ
02-28-2006, 10:51 AM
Tog'da, Sahro-cho'lda,O'rmonda (Jungli) yashganlar qaysi biriga ovoz berishi kerak?

:lool:

Shahnoz
02-28-2006, 10:57 AM
Adashmasam, kim qayerdanligi haqida uje bitta thread bor edi....:rolleyes:
Hozir kim qayerdaligi haqidagisi ham bor edi....:rolleyes:
Keyin, internetga kiradigan odamlar bo'lsa, ko'pchilik shaharli-de...:rolleyes: Uzr, yana... "женская логика"...:rolleyes:

Pythagor
02-28-2006, 11:22 AM
Tog'da, Sahro-cho'lda,O'rmonda (Jungli) yashganlar qaysi biriga ovoz berishi kerak?

:lool:
shaharlikka ovoz berishi kere! boshqasi xato bo'ladi...

Royal
02-28-2006, 12:53 PM
O'sib ulghaygan maskaningiz qayer?
Nima farqi bor ?? Tugilgan joyi keraymi yoki osib-ulgaygan joyimi ???

Shaharda o'sib ulghaydim - Shahrda tugildim - qishloqda kotta boldim - Shaharda ulgaydim
Posyolka, yo shu qabilidagi shaharchada.
Hmmmm Shaharni chetida posyolka bolarmidi ?? esimda yoq esimga kep qosa yozarman - lekin Posyolok Keles degani bolardi, oshaqqa moshina haydab qochardik...yoshlikda.
Qishloq va yo shu qabilidagi ovulda.
Koltsevoyni tashqarisida hammasi qishloq...hammasida kotta boganmiza..

Gravitino
02-28-2006, 03:30 PM
Rahmat bacha postlar uchun.

Bunday pollga nima uchun qiziqqanligimni ba'zilar o'z fikridan chiqib talqin etmoqchi bo'ldilar. Shuning uchun, maqsadimni bayon etmoqchi edim.

Oldingi thread (Uznayom otkuda nashi uchastniki) da men qaday javob berishga qiynaluvdim. Masalan, Dehqonobod tumanining Darband tumaniga yaqin hududida yashovchi forumdoshimiz o'zini Termiz danman desinmi yoki Qarshidanmi? Yo inki Narpaylik qayerdan Jizzakhdanmi yoki Samarqanddan? Shuning uchun u poll ga nima javob berish ko'pchilikka muammo bo'lsa ajab emas. Miyamda charkh urgan narsa esa shu bo'ldiki, mabodo forumdoshlarimizning hammasi shaharlik bo'lib chiqishsa, bunday muammo faqat mendamikin (yoki aksi) degan savolga oydinlik kiritmoqchi edim.

Kimning qayerdanligi ikkinchi tomondan nima uchun menga qiziqligi, ko'pincha qishloqda o'sib ulghayganlarga moliyaviy muammolari tufayli o'qishni davom ettirishdagi to'ghanoqlar uchraydi (O'zimning boshimdan o'tgan). Albatta shahardagilarga bu uchramaydi degani emas. Ammo ular har holda oilasi tomonidan ta'minlanganligi uchun (agar o'sha shaharda o'qisa) bunday muammoning yechimini topishda qiynalish darajasi ancha pasayadi (Bu mening fikrim).

Poll ning natijasi esa bu fikrlarimni qo'llashi (yoki aksinchaligini) ko'rsatadi, kolos.

Amiri Turkiston
02-28-2006, 08:41 PM
Camelia / MUHLIS / Mazlum bek

poliglot bo'lib ketinglareeee

yangi thread ochsak ham bularkan....poliglotlar uchun

iloji bulsa mani nikimni ham ANALIZ qilib tashlanglar....balkim man bilmagana ma'nolari ham bor dir

ATAk: kimning qattan bo'lishidan qattiynazar...vijdoni toza...ilmli/bilimli ...o'zi yahshi inson bulsa bas...mana shunaqa odamlar bilan do'st tutunish kerak

smhan
03-05-2006, 01:13 AM
Voleykum salom smhan, qaerdanligingiz meni emas Gravitinoni qiziqtiradi.
:? Salom Sevinch !
Qiziqishiz yahshi.

Wolfman
03-05-2006, 01:34 AM
g'orda tug'ilgan degan javob yo'qmi? :)

Wolfman

~Atirgul~
03-14-2006, 10:39 AM
Oqiganimga ishonolmayamman :lol: , ti sama to hot' sleduyesh tomu, chemu drugih uchish ;) :D .

P.S. Uzr orischa yozvordim,da eshe i offtob, nu prosto ne sderjalsya :D .

P.S.S. yana bitta qoshimcha qilmoqchi edim, bazilar bor, inglizchani yahshi bilmasdan inglizchada yozishga harakat qiladi, tagim kotta qip mavzuni yozib qoyishadi,yoki ruschani bilmasdan, ruschada va hatolarga yol qoyishadi, va aksincha ozbekchada ham. manimcha o'shnaqa qiynalmi ozi yahshi bilgan tilida yozgani ma'qul.

Tag'im hapa bomela. O'zim kuzatgan misollardan etvomman.

Menimcha qaysi tilni yahshi bilmasang shuni ustida kuuuuproq praktika qilish kerak, yani shu tilda gaplashganiyam yozgani yam maqul, hatolar bulsa sekin sekin yoq bupketadi. Agar voy men shu tilda hato qilib yozaman, undan kura men uzim yahshi bilgan tilda yozaveraman desa unda hech qachon boshqa tilni urganaolmiydi :rolleyes: menimcha.

~Atirgul~
03-14-2006, 11:02 AM
KImdir TOshkent shaharning Uluuugbek poselkasidan bormiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii?

Gravitino
03-14-2006, 01:26 PM
KImdir TOshkent shaharning Uluuugbek poselkasidan bormiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii?

Men usha poselkada uch yil yashaganman...

Administrator
03-14-2006, 03:32 PM
Men shahar, qishloq deb ajratishni judayam yomon ko'raman.
Lekin bir narsani ikkilanmasdan ayta olamanki, "juda ham ko'p hollarda" qishloqda tarbiya ko'rganlarda shaharda tug'ilib o'sganlarga nisbatan "fidoyilik, mehr muruvvat, shafqat, odamgarchilik, bir biriga yordam berish..." kabi xislatlar ancha yuqori bo'ladi.(shaharliklarga tegib ketmasin, iltimos. Bu ko'plab marta sinalgan va inkor qilib bo'lmaydigan narsa)
man shu gapingizga mutlaqo qoshilmayman!!!
shahsan men uchratgan eng dinsiz,hayosiz,uyatisiz...etc insonlarning kopchiligi qishloq aholisidir,men saharliklarini farishta deyotganim yoq ammo qishloq ahlidan bezib qolganman.men aytgan gaplar bevostia forum ahliga tegishlik emas! shunchaki hayotda men ozim korgan tajribanmdan kelib chiqgan holda gapirdim..

Gareeb
03-18-2006, 05:59 PM

Adminstrator, quote qilib yozsangiz o'qishga oson bo'lardi, fikrlar ajralib turarrdi.Uzr oma:)

Endii , yaxshi-yomon odam bo'lish qaerdanligizga qaramas ekan.Cho'li biyobonda tug'ilasizmi, Shahri Azimda tug'ilasizmi uyog'i tarbiyaga, o'sib ulg'aygan muhitizga bog'liq.
Birovning kelib-chiqishiga qarab ajratishni qip-qizil ahmoqlik deb o'ylayman.

Administrator
03-20-2006, 04:02 AM
ha gaplarizga qoshilaman..

Cimkent
03-20-2006, 09:06 AM
shahar, qishloq, posyoloklar (qasaba bo'ladimi?)imiz obod va omon bo'lsin ishqilib.

bacha
03-20-2006, 09:49 AM
Huddi shu muammoni litseydagi sinfimda ham kurar edim. Qishloqlilar shahrliklarni mashara qilgan dek bular edi. Mani mahallamda tojiklar, tatarlar, ruslar va karislar 90% tashkil qilgan bulsa, bu mahallada usgan uzbeklardan sof uzbekchada gapirishlarini kutish befoyda. Kupchilik 16 yoshigacha uzbekchani surg'a biladi. Shunday odamlar, keyin maktabda, yo institutda uzbekchani urganishga majbur bulib, shunaqangi sof uzbekcha gapiradigan buladiki, qishloqlilarni lol qoldiradi. Ammo qishloqdagilarning shunaqangi iboralari borki uni hich bir kitobda uqib bulmaydi.

Baribir, kim qanday gapirmasa, biri eski iboralar bilan, boshqasi ruscha iboralar bilan, hammasi birgalashib uzbek tilini guzallashtiradi.

Martingale
03-20-2006, 10:04 AM

bacha, lekin man sizni uzbekcha gapirishizga besh ketaman. kamdan kam uzbekcha gapiradigan evreylarni uchratganman, lekin shu forumda kup uchratdim uzbekchani suv qib ichvorgan evreylarni. Lekin tojik-uzbek degan ajratishiz odamni g'ashiga tegadi.

nodika
04-11-2007, 10:09 PM
:D Man Toshkenta tugilganman, Adam va Oyim Shofoizdanlar, Adam istitutni bitirganlaridan keyin, kishlokka kuchib kettik .Adamni ishlari Yuqori Chirchik ,Parkent tumanida adi. Parket va Yangibozor urtasidagi aftastansiyada bir joy bor,asimdan chikib ketgan,manimcha ATP adi, ushatta kotta boldim va ushattagi rus maktabida 9 sinifgacha uqidim ,attan boshka qishlokka kuchib kettik, yana adamlarni ishlari deb.
Lekin atta mani eshligim utti va yahshi aslidigan kunlarim buldi.
Bizani kotta bogimiz boridi , hamma sortli olma va shoftolilar boridi ,bizanikiga hamma Toshkentagi qarimdoshlarimiz dam olgani kelishardi ,bonkalarini ham unutmashardi, albatta mevalarni terib qishga yopishardi.
Ular bilan Kumushkon dom otdihiga kup chiqardik, atta kotta kozonlarida ovqat pishirardik, kegin pastagi (rechkasida)chumilardik. suvi rosa muzdey adi...
Adamla bizani Chirchikskiy ozeraga oborardila, suvi zur, illik bulardi, 5dan keyin, suvdan chikib- qornimiz ochib qolardi va biza mazza qilib oyimla pishirgan ovqatni evolardik, usha payt zakat bulardi, suvda kotta oyni otrojeniyasini kursa bulardi, hammaeq tinch , kurvaqalar shutchak chalardi....Aaahhhhhhhhhh qani bu kunlar !!!
Bilmiman kishlok deb nimani shahardilar uziga tasavur kilishadi, lekin bizadayam hamma narsa bor adi- tel, radio, vidio, gaz, hatto kanalizatsia. Shahardan qolishmasdi. Hoziram bormikin ?!
Bir kishlokdan boshka kishlokka,yani Kuychirchik tumani "Ogonek"sovhozi adi u paytlar. Ushatta 10 va 11 sinifni bitirdim. Atta foqt, man uchun tez utib ketti. Lekin uttayam uziga yahshi kunlar buldi .
Hamma yahmale uchkani chikishardi, lodkalarda suzardi,balu ushardik, mevalarni sovhoz uchun tergani chiqardik, har yili bayramlar utardi, eshlar uchun Diskotekalar bulardi. Mani shahardi akalarim, spetsialno ushatka borish uchun shahardan kelishardi/// bizada qizlar yahshi deb.//Mani asa- utka yulatmasdilar...
Kotta bulib kolganimni kurib, Ota va Onam, mani yahshi oyiladagi yigitka uzatishdi . Maktabni andi bitirudim. 1995 yilda 15 iyulda bir kichkinagina kishlokdiy Dom Otdihida tuyimiz buldi...
Arimni oilasi ham,bizaga uhshab, kishlokma kishlok kuchib yurishgan akan...
Ular bizadan yukorirok, kushni kishlokdagi "Pyatiletka "nomli joyda yashagan adi.....
Arim juda yahshi inson, 2 ugillarimni otasi, ular bilan juda bahtliman...
Kegin attan biz Toshkentga kuchib kettik...
Toshkenimda kup yashash nasib atmadi, USA ga kuchib kettik....
Hozir betta yashab -Uzbekistonimni ,Toshkenimni, kishlogimni -soginaman...
Betta, dunedagi har bir chetkasidan kelgan odamlarini uchrattim...
Ulardan hech kim suramaydi katlisan- kishlokimisan, yoki shaharlimisan, ang yahshisi- yahshi odam bulsin, oddiy odam bulsin, yuragi ochiq , toza ,pok bulsin... kerakli payta erdamini ayyamasin!!!!
Agar kim mani tanib kolgan bulsa,eki man bilan gaplashmokchi bulsa, manga hat ezing nodikahon@hotmail.com,kutaman!!!!

shu hammasi !!!!
Nodidan

crazy_in_love
09-01-2007, 04:07 PM
[quote=nodika;683602]:D Man Toshkenta tugilganman
...........
Erim juda yahshi inson, 2 ugillarimni otasi, ular bilan juda bahtliman...
Kegin attan biz Toshkentga kuchib kettik...
Toshkenimda kup yashash nasib etmadi, USA ga kuchib kettik....
Hozir betta yashab -Uzbekistonimni ,Toshkenimni, kishlogimni -soginaman...
Betta, dunedagi har bir chetkasidan kelgan odamlarini uchrattim...
Ulardan hech kim suramaydi katlisan- kishlokimisan, yoki shaharlimisan, ang yahshisi- yahshi odam bulsin, oddiy odam bulsin, yuragi ochiq , toza ,pok bulsin... kerakli payta erdamini ayyamasin!!!!
Agar kim mani tanib kolgan bulsa,eki man bilan gaplashmokchi bulsa, manga hat ezing nodikahon@hotmail.com,kutaman!!!!

Voy Uli, Nodirapa! Butun hayotizzi utirip yozmapsiz de, sal kuproq qilip. Life story isga manyam quship quying, faqat yahshi narsalarni yozing...

Prince
09-01-2007, 04:39 PM
man umuman Ozbekistonda tugilmaganmanu , lekin Toshkentda osganman!
I nima buladi qatta osganimmi bilsela?! ;)