View Full Version : qaysi biri to'g'ri
Frida
05-02-2006, 07:37 AM
Forumchilar,
Sizlarga bir savol: O'zbek tilida qaysi bir to'g'ri, Menimcha yoki Meningcha?
Meningcha to'griga o'xshaydi, lekin men bir ikki joylarda menimchani ko'rdim:rolleyes: va bu forumda emas :) jiddiy nashriyotdan chiqqan kitobda.
Javobingizda biroz tahlil ham berib o'ting, iltimos.
Kiluminati
05-02-2006, 07:39 AM
Forumchilar,
Sizlarga bir savol: O'zbek tilida qaysi bir to'g'ri, Menimcha yoki Meningcha?
Meningcha to'griga o'xshaydi, lekin men bir ikki joylarda menimchani ko'rdim:rolleyes: va bu forumda emas :) jiddiy nashriyotdan chiqqan kitobda.
Javobingizda biroz tahlil ham berib o'ting, iltimos.
mening fikrimcha :P
Pythagor
05-02-2006, 07:40 AM
Menimcha to'g'ri.
"Manim" so'zi she'riyatda ishlatiladi, shundan kelin chiqqan bo'lsa kerak.
Menimcha Pythagor ni so'zlari to'g'ri! :)
Samimiy
05-02-2006, 08:15 AM
Menimcha ham menimcha tugri, lekin qolgan shaxslar uchun: seningcha, uningcha, bizningcha, sizningcha, ularningcha (bulsa kerak, lekin ularningcha deganini hech eshitmagan ekanman).
Shuning uchun meningcha deb ishlatish xam xato bulmasa kerak.
Menimchada -im bulishining sababi shu eskicha yoki bazi adabiy uslublarda qullanilishidan qolgan bulsa kerak. O'zbekiston - vatanim manim, deganday. Hozir ham bazi turkiy tillarda -ning emas, -nim deyiladi. Masalan turkchada: bening emas, benim deyiladi.
Madalio'g'li
05-02-2006, 11:44 AM

To'g'ri aytasiz birodar,
O'zbekchada "menimcha" - Turkchada "bence - mencha" (Turkchada "benimce" deya so'z esa hech yo'q yoki ishlatilmaydi.) deyiladi.
O'zbekchada "mening fikrimcha" - Turkchada "benim fikrimce"
O'zbekchada "bizning fikrimizcha" - Turkchada "bizim fikrimizce"misollarida -im boshqa kishilarda esa -in (O'zbekchada -ing, -ning) qo'shimchasi ishlatiladi.
Kishilik olmoshi darhaqiqat Turklarning adabiy tilida "mening" deb ishlatilibdi shakilli :) Misol Bobur bobo "Andijonim mening" deb ishlatgan...Egalik qo'shimchalari Turkiy tillarda chindan mas'ala...
Lekin menimcha ham "menimcha" to'g'ri bo'lsa kerak (mening fikrimcha). "menimcha" so'zida egalik muhimroq ko'rinyapdi.:rolleyes:
Hurmat ila...
ILOVA: Turkchada boshqa kishilar uchun "sence (sana göre-senga ko'ra), onca (ona göre), bizce (bize göre), sizce (size göre), onlarca (onlara göre)" deyish mumkin...
sayram
05-09-2006, 02:32 AM
Uyghurchada egalik olmoshlor va uning turlanmalari mundoq ipodilinidu.
Birinchi shaxs uchun:
birlik: man-mening-meningcha -mening pikrimcha-mancha bolg'ondo-mancha bo'lso-mening o'ylishimcha
Ikkinchi shaxs uchun:
birlik: san-sening-seningcha-sening pikringcha-sancha bolg'ondo-sancha bo'lso
siz-sizning-sizcha-sizningcha-sizning pikringizcha-sizcha bo'lg'ondo-sizcha bo'lso
Uchinchi shaxs uchun:
u-uning-uningcha-uning pikricha-uningcha bo'lg'ondo-uningcha bo'lso
Samarkand
05-09-2006, 02:42 AM
Ikkalasi ham xato bo'lsa kerak.
So'zlashuvda ko'p ishlatiladi ayniqsa "menimcha", ammo grammatik jihatdan xato bo'lsa kerakdir. Mening fikrimcha, o'ylashimcha yoki qaraganda deb yozilishi mumkin va ko'p uchratganman.
Lekin biror adabiyotda "menimcha" degan so'zni uchratganimni eslay olmadim.
:?
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.