PDA

View Full Version : Go'zal satrlar izidan...


Pages : 1 [2]

Shokirbek
01-20-2006, 11:39 PM
Íîâäàëàðíè áåçàá ãóí÷àëàð
Òîíãäà àéòäè õà¸ò îòèíè
Âà øàááîäà êóðãóð èëê ñàõàð
Îëèá êåòäè ãóëíèíã òîòèíè.

Õàð áàõîðäà øó áóëàð òàêðîð,
Õàð áàõîð õàì øóíäàé óòàäè.
Êàí÷à òèðèøñàì õàì ó áåîð,
Åëëàð ìåíè àëäàá êåòàäè.

Shokirbek
01-20-2006, 11:45 PM
To'liq matnini bu joydan (http://www.forum.uz/showpost.php?p=167905&postcount=2) olasiz.

Ruscha tarjimasi esa bu yerda (http://mirror.forum.uz/showthread.php?t=14204) ekan.


Asadbekka rahmat.

BIBIHONUM
01-21-2006, 04:09 AM
-Bor, biror joyga berkingil,
Seni izlab yo’qlasin ko’ngil!…

-Sendan uzoq ketganim yaxshi,
Chunki qalbingda bor qaroqchi!…

-Yuragimda otash bor, kuch bor,
Uni yulib tashlamoq dushvor!...

-Bergan kabi sirlarimni boy,
Hali sendan uyalaman, hoy!...

-Uyg’ot dilni xo’p uyqusidan,
Kim uyalar o’z sevgisidan?...

-Jazo bordir har bir qilmishga,
Yuragimni solma junbushga…

-Ko’zlaringni mendan yashirma,
To’yib boqay, qaysarlik qilma…

-Qo’y,qiynama,qalbga o’t solma,
Qara, vujudimda qaltiroq…

-Bu bahonang sababdan yiroq !...

-Boqolmayman! Bo’lma devona!...

noma'lum shoirdan...

Madalio'g'li
01-21-2006, 04:21 AM
Alaming Qaysga qiyos etma dil-i mahzuning
Yo'q edi aqli na dardi bor edi Majnuning

Boqiy

Iqbol
01-21-2006, 05:53 AM
Allah, Allah, bu ishin bildim neymish turkchesi,
Sen'in ashkin ateshmish, ateshin gul bahchesi.
Najib Fozil

Mas'ud
01-21-2006, 07:14 AM
***
Garchi shuncha mag'rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan manmanlik nechun?
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo'l, xato bir qadam,
O'tma g'urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning chun,
O'par doim peshonasidan.

Erkin Vohidovdan

Cimkent
01-21-2006, 09:57 AM
Qismatingdur kezdirgan yer-yer seni,
G'ofil bo'lma, oqibat Yer yer seni.
Aning uchun uning oti Yer bo'ldi,
Avval boqar, keyin-chi Yer yer seni.

Madalio'g'li
01-21-2006, 04:32 PM
Do’st beparvo falak berahm u davron besuqun
Dard chok ham dard yo’q dushmon qoviy tolih zabun

Fuzuliy

infolife
01-23-2006, 06:22 AM
Yaqin nima?
Yaqin Qiyomat.
Yaqinroqchi?
Ulimdir albat.
Ajab nima?
Tugilgan gudak.
Ajabroqchi?
Foniyni sevmak.
Shirin nima?
Farzand,arjumand.
Shirinroqchi?
Tanda issiq jon.
Mehribon kim?
Otam,Volidam.
Mehribonroqchi?
Yaratgan EGAM.
Guzal nima?
Odamzod shakli.
Guzalroqchi?
ALLOHning vasli.
Lazzat nima?
Nafsni qondirmoq.
Lazzatliroqchi?
Jannatga kirmoq!

ps:dunno the author

Gareeb
01-23-2006, 06:30 AM
Dunyo ayriliqqa boy ekan do'stim
Hali to'ymasimdan ayladi judo
Ko'zim bir nuqtaga tikkanimcha jim
Ketarman,alvido do'stim alvido!

Shokirbek14.01.2006

Marg'iloniy
01-23-2006, 06:35 AM
Kel, yashirib qo`yayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.

Topolmasin bizlarni birov!

Shavkat Rahmon

Mas'ud
01-23-2006, 06:40 AM
Diydalar
Husning oldida yorishgay g'am to'la bu diydalar,
Dardi yo'qlar ko'rsa hamki qalbim beun tintalar.
Husningu odobu xulqing barchani qilmish asir,
Tahsin aytmish senga yuz minglab qadar volidalar.

Bu jahon oyinasida bir ko'rish ishqi bilan,
Necha Xusrav necha Farhod oyina oldidalar.
Senku Laylidan go'zalroq hamda Shirindan shirin,
Jon olar lutfing valekin jon ato bu xandalar.

Andijondin topmayin bordim Samarqand, Xorazm,
Qayga bormay menga hamdam qancha oshiq yo'ldalar.
Menga derlar bedavo oshiq senga yo'l qaydadur
Necha Farhod tog'u toshda qancha Majnun cho'ldalar.

Menki oshiqlik yo'lidin qaytmasam oxir kelib,
Oshino bo'lg'ayki albat muazzam mavludalar.
Husning oldida yorishgay g'am to'la bu diydalar,
Vasling izlab kecha-kunduz tanda jonim qiynalar

Cimkent
01-23-2006, 07:18 AM
(uzun sherdan bir parcha..)
***
Go'dak dunyoga kelgach, o'lmasin derlar
Ona go'dagin kafanlab tobutga belar.
Tobut allalar-la quvnoq tebranar,
Bu sirli tobutni tebrarmiz bir kun.

Amri voqe bo'lib, biri ko'z yumar,
Xalq uni yo'rgaklab, beshikka belar.
Beshik yelkalar uzra mungli tebranar,
Bu asror hikmatin anglarmiz bir kun.

Uch kun emish mening "dunyo surgun"im.
Kecha - o'tib ketdi, erta - noma'lum.
Eyvoh! Qo'limda qolmish faqat bugunim,
Imonli yo imonsiz ketarmiz bugun.
***

Cimkent 1997-Oktyabr

Shokirbek
01-24-2006, 01:19 AM
Uyg'onguvchi bog'larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog'ingdan rang olgan dedim -
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o'zingni,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?


Abdulla Oripov.

Davomi (http://akmstudio.narod.ru/data/oripov.htm#8)

Mas'ud
01-24-2006, 01:20 AM
Kel, yashirib qo`yayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.

Topolmasin bizlarni birov!

Shavkat Rahmon

Dilni g'amga bermangiz jonim,
Dilni dilga bog'lab qo'yayin.
Mehr to'la nigohingizni,
Yuragimga joylab qo'yayin.

Muhabbatga tashna vujudni,
O, qanchalar talpinib suyay.
Menga bering dardlaringizni,
Yuragimga yashirib qo'yay.

hurmat ila... JaruleUZB

Iqbol
01-24-2006, 08:54 AM
There is a great ladder of religious cruelty, with many rounds; but three of these are the most important. Once on a time men sacrificed human beings to their God, and perhaps just those they loved the best--to this category belong the firstling sacrifices of all primitive religions, and also the sacrifice of the Emperor Tiberius in the Mithra-Grotto on the Island of Capri, that most terrible of all Roman anachronisms. Then, during the moral epoch of mankind, they sacrificed to their God the strongest instincts they possessed, their "nature"; THIS festal joy shines in the cruel glances of ascetics and "anti-natural" fanatics. Finally, what still remained to be sacrificed? Was it not necessary in the end for men to sacrifice everything comforting, holy, healing, all hope, all faith in hidden harmonies, in future blessedness and justice? Was it not necessary to sacrifice God himself, and out of cruelty to themselves to worship stone, stupidity, gravity, fate, nothingness? To sacrifice God for nothingness--this paradoxical mystery of the ultimate cruelty has been reserved for the rising generation; we all know something thereof already.
Nietzsche, BeyonD Good and evil

Iqbol
01-24-2006, 02:37 PM
Nature is tough. You can't fiddle with Mother Nature, she's a hard taskmistress. So you're forced to be honest in the natural sciences. In the soft fields, you're not forced to be honest. There are standards, of course; on the other hand, they're very weak. If what you propose is ideologically acceptable, that is, supportive of power systems, you can get away with a huge amount. In fact, the difference between the conditions that are imposed on dissident opinion and on mainstream opinion are radically different. I'll give you a concrete example. For example, I've written about terrorism, and I think you can show without much difficulty that terrorism pretty much corresponds to power. I don't think that's very surprising. The more powerful states are involved in more terrorism, by and large. The United States is the most powerful, so it's involved in massive terrorism, by its own definition of terrorism. Well, if I want to establish that, I'm required to give a huge amount of evidence. I think that's a good thing. I don't object to that. I think anyone who makes that claim should be held to very high standards. So extensive documentation, and from the internal secret records and historical record and so on. And if you ever find a comma misplaced, somebody ought to criticize you for it. So I think those standards are fine.
All right, now, let's suppose that you play the mainstream game. For example, the Yale University Press just came out with a volume called The Age of Terror. The contributors are leading historians, many of them at Yale, the top people in the field. You read the book The Age of Terror, the first thing you notice is there isn't a single footnote, there isn't a single reference. There are just off-the-top-of-your-head statements. Some of the statements are tenable, some are untenable, but there are no intellectual criteria imposed. The reviews of the book are very favorable, laudatory, and maybe it's right, maybe it's wrong. I happen to think a lot of it is wrong and demonstrably wrong. But doesn't really matter, you can say anything you want because you support power, and nobody expects you to justify anything. For example, on the unimaginable circumstance that I was on, say, Nightline, and I was asked, say, "Do you think Kadhafi is a terrorist?" I could say, "Yeah, Kadhafi is a terrorist." I don't need any evidence. Suppose I said, "George Bush is a terrorist." Well, then I would be expected to provide evidence, "Why would you say that?"
In fact, the structure of the news production system is, you can't produce evidence. There's even a name for it -- I learned it from the producer of Nightline, Jeff Greenfield. It's called "concision." He was asked in an interview somewhere why they didn't have me on Nightline, and his answer was -- two answers. First of all, he says, "Well, he talks Turkish, and nobody understands it." But the other answer was, "He lacks concision." Which is correct, I agree with him. The kinds of things that I would say on Nightline, you can't say in one sentence because they depart from standard religion. If you want to repeat the religion, you can get away with it between two commercials. If you want to say something that questions the religion, you're expected to give evidence, and that you can't do between two commercials. So therefore you lack concision, so therefore you can't talk.
I think that's a terrific technique of propaganda. To impose concision is a way of virtually guaranteeing that the party line gets repeated over and over again, and that nothing else is heard.
Well, you know, it's history, but it's not what you teach people in high school, as you should in a free country. That's the task of the intellectuals: be careful to be sure that nobody understands what's going on. That's a major task.

Noam Chomski, excerpts from his interview to "Conversations with History", University of Berkeley

P.S Asadbek, shu satrlarni ham go'zal satr dep hisoblab shu yerga post qildim, agar adashgan bo'lsa, just remind me, boshqa qaytarilmaydi :)
Menimcha haqiqiy go'zal so'z insonni haqiqatga yetaklovchi so'z.

Maftuna
01-27-2006, 07:53 PM
Garchi umrim chizgilari oddiy emas,
Lekin do'stu dushmanlarim jiddiy emas.
Bir do'stu bir dushmanim bor o'zim tengi:
Birisining ismi she'rdir, biri - sevgi.

(Iqbol Mirzo.)

BIBIHONUM
01-28-2006, 12:09 AM
Men Sizdan so'rayman bu kech kechirim,
Hijron bo'lganim-chun bo'lmayin visol.
Garchand umringizni tongi, kechini-
Aralash qildim men kartalar misol.

O'ylaysizmi, meni qildi deb atay,
Sizga burilmasdan ketganim-chun tik.
Men dardli ko'ksimni yorib ko'rsatay-
Bormi unda Sizga zarra yomonlik.

Garchand, oqlay olmas o'zin aybdor dil,
Ishoning, sezmasdan qoldim men u choq -
Tabib bo'layin deb bo'lganim qotil,
Malham bo'layin deb urganim pichoq.

Beayov ishqingiz o'tin o'chirdim.
Kechira olsangiz agar, kechiring... Halima Xudoyberdiyeva

Marg'iloniy
01-28-2006, 01:02 AM
Yo'lchiman, manzilim dengizdan nari -
Lojuvard ufqning tubiga yaqin.
Ko'nglimda dardlarim daryodek oqin
Chayqalar ko'zlarim tikilgan sari.

O yo'llar...
Chu qora toychog'im, chu qora yo'rg'am
Murodga qasd qilib yugurgan yetur
Bo'ronni sevmasa dil nechun tepur
Tiriklik ne kerak bemehnat, beg'am
Chu qora yo'rg'am...

Usmon Nosir

Mas'ud
01-31-2006, 02:40 AM
Ne gariptir şu ayrılık günleri
Bir dosttan da, düşmandan da ayrılsan
Nedense bir tuhaf oluyor insan.
Derin bir sızı giriyor içeri
Son bir defa bakarken caddelere.
Dükkânlara, evlere, kahvelere
Hatıra yüklü kervanlar geçiyor,
Dolu dolu gözlerinin önünden.
Bu son yadigâr mı bir ayrılık gününden?
Ne unutulmaz zamanlar geçiyor
Ağır ağır biz farkında değilken.
Gökler masmavi, yaprak yemyeşilken
Sen istediğin kadar unutulmaz de
Bu son dakika, bu vakitsiz yağmur.
Unutulur azizim, unutulur...
Başka ne yapılır böyle bir günde?
Kapanan bavul, çivilenen sandık
Ve sonra kuru bir "Allaha ısmarladık !"

Ümit Yaşar Oğuzcan

AbdulAziz
01-31-2006, 03:07 AM
* Olam ufqqa borib tamom bo‘ladi. Odam umidini yo‘qotib tamom bo‘ladi.

* Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi! Bu dunyoda yashab bo‘ladi. Shu boisdan-da bu bunyo otini hayot deydi.

* Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi? Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!”

Tog'ay Murod
“Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi”.

Madalio'g'li
02-22-2006, 04:18 PM
ADASGANLAR QO’SHİG’İ

Biz, axir hech kimni o'ldirmadik-ku,
Lekin nega bizning qo’llarimiz qon-
Gunoh qushi turar bosh uzra mangu,
Yonayotgan avliyoday chirpanar vijdon?

Ehtiros qamchisi ostida dir-dir
Titrayotgan tuyaday, tushov oyoqda,
Yurishga majburmiz, yurmoqqa majbur,
Bilmay, mag’rib qayda, mashriq qayoqda.

Bizni muvaqqatlik dahshatga solar,
Darrov zeriktirib qo’yar mangulik –
Har kimning bo’g’zida uzun bir nola,
Har kimning ko’ksida bittadan o’lik.

Ojiz kuchli bo’lib, bir marta boshni
Mardlik kundasiga qo’ymoqni istar,
Kuchli ojiz bo’lib, to’kib ko’z yoshni,
Bir marta mehrga to’ymoqni istar.

Lekin osmon uzoq, yer esa qattiq,
Bizlardan qarzdor emas bu olam –
Haqiqat yuziga boqolmaymiz tik,
Ammo istamaymiz bosh egishni ham.

Ba’zida ko’klarga qaraymiz yonib,
Go’yo ko’kda borday yerda yo’q narsa
Qani, mehr izlagan sho’rlik insonni.
İnson sevmasa ham, bir Xudo sevsa!

Lekin Xudo sevsa, bo’lib ovora,
Faqat bir odamni sevib o’tirmas –
O’ziga yarasha ulgurji sevar,
Butun bir millatni sevadi u – bas.

Shuningdek, qarg’aza Malik-yavmiddin,
Maydakashlik qilib yurmaydi aslo,
İnsonni ajratmas uning qavmindan,
Butun bir millatni qarg’ar, qargasa.

Qarg’algan millati ho’kizday ishlab,
Rahmatning o’rniga eshitar minnat,
Bor-yo’g’ini dunyoning poyiga tashlab,
“O’g’ri” deb nom olar qarg’algan milat.

Qarg’algan millatning kelajagi tul,
Daryolari qurib, chirir yerlari,
Qarg’algan millatning bolalari –qul,
Ayollari tumso, bepusht erlari.

Qarg’algan millatning qozisi – fosih,
Olimi – savdogar, ilm sotib yashar,
Shoirlari esa, aqldan ozib,
Dushmandan mukofot olmoqqa shoshar…

Qarg’ish ham o’ziga yarasha katta,
Tushsa, ancha joyni qamrar hoynahoy –
Taxminan aytganda, Orolning sathin
Bemalol qaplaydi qarg’ish tushgan joy…

Ollohim, bu yukni soqit qil bizdan
Gunohimiz cheksiz – bilsaydik zora! –
Ammo bizning butun gunohimizdan
Sening marhamating cheksizroq, yo Rab!

Ollohim, bu yukni soqit qil bizdan!

Iqbol
02-25-2006, 10:12 PM
III) Knowledge

31. If knowledge had no other merit than to make the ignorant fear and respect you, and scholars love and honour you, this would be good enough reason to seek after it. Let alone all its other merits in this world and the next!
32. If ignorance had no other fault than to make the ignorant man jealous of knowledgeable men and jubilant at seeing more people like himself, this by itself would be a reason enough to oblige us to flee it. Let alone the other bad results of this evil in this world and the next!
33. If knowledge and the action of devoting oneself to it had no purpose except to free the man who seeks it from the exhausting anxieties and many worries which afflict the mind, that alone would certainly be enough to drive us to seek knowledge. But what should we say of the other benefits too numerous to list, the least of which are the above-mentioned, and all of which accrue to the knowledgeable man. In search of benefits as small as these the petty kings have worn themselves out in seeking distraction from their anxieties in game of chess, dicing, wine, song, hunting expeditions and other pastimes which bring nothing but harm in this world and the next and absolutely no benefit.
34. If the scholar who has spent long peaceful hours [at his studies] stopped to think how his knowledge has protected him against humiliation at the hands of the ignorant, and against anxiety about unknown truths, and what joy it has brought him by enabling him to solve problems which others find insoluble, he would certainly increase his expressions of gratitude to Allâh and rejoice more in the knowledge that he has and desire even more to add to it.
35. Anyone who spends his time studying something inferior, abandoning higher studies of which he is capable, is like someone who sows corn in a field capable of growing wheat, or who plants bushes in a soil which could support palm trees and olives.
36. To spread knowledge among those incapable of understanding it would be as harmful as giving honey and sugary confections to someone with a fever, or giving musk and amber to someone with a migraine caused by an excess of bile.
37. A man who is a miser with his knowledge is worse than a man who is a miser with his money, for the money-miser is afraid of using up what he possesses but the knowledge-miser is being mean with something which does not get used up and is not lost when it is given away.
38. Anyone who has a natural inclination towards a branch of knowledge, even if it is inferior to other branches, should not abandon it, or he would be like someone who plants coconuts in al-Andalus or olive trees in India where neither would produce fruit.
39. The most noble branches of knowledge are those which bring you close to the Creator and help you to be pleasing to Him.
40. When you compare yourself with others in matters of wealth, position, and health, you should look at people less favoured than yourself. When you compare yourself with others in matters of religion, knowledge and virtue, look at people who are better than yourself.
41. The mysterious branches of knowledge are like a strong drug which benefits a strong body but damages a weak one. In the same way, the esoteric branches of knowledge enrich a strong mind, and refine it, purifying it of its flaws, but destroy a weak mind.
42. If a madman threw himself as deeply into good sense as he throws himself as deeply into madness, he would surely be wiser than al-Hasan al-Basrî[1] (http://www.muslimphilosophy.com/hazm/akhlaq/akhlaq3.html#1), Plato of Athens[2] (http://www.muslimphilosophy.com/hazm/akhlaq/akhlaq3.html#2) and Vuzurgmihr the Persian.[3] (http://www.muslimphilosophy.com/hazm/akhlaq/akhlaq3.html#3)
43. Intelligence has its limits; it is useless unless it is based upon the guidance of religion or on good fortune in this world.
44. Do not harm your soul by experimenting with corrupt views in order to demonstrate their corruption to someone who has consulted you, otherwise you will lose your soul. If you shield yourself from acting in a detestable way, any criticism that can be thrown at you by a man of corrupt beliefs because you disagree with him is better than his respect and better than the bad effect on both of you if you committed these detestable acts.
45. Guard against taking pleasure in any way that will harm your soul and is not required of you by the religious law nor by virtue.
46. Knowledge no longer exists if one has ignored the attributes of the Almighty Great Creator.
47. There is no worse calamity for knowledge and for scholars than when outsiders intrude. They are ignorant and think they are knowledgeable; they ruin everything and believe that they are helping.
48. Anyone who is seeking happiness in the Hereafter, wisdom in this world, the best way to behave, the sum of all moral qualities, the practice of all the virtues, should take as his model Muhammad, the Prophet of God – God grant him blessings and peace – and emulate as far as possible the Prophet’s morals and behaviour. May God help us to take him as an example, by His grace, amen [amen]!
49. The ignorant have annoyed me on two occasions in my lifetime. First, when they spoke of things they did not know, at a time when I was equally ignorant; the second time when they kept silent in my presence [in the days when I had learnt something]. In the same way they were always silent about matters which would have benefited them to speak about, and spoke about matters which brought them no benefit.
50. Scholars have brought me pleasure on two occasions in my lifetime: first, they taught me when I was ignorant; the second time was when they conversed with me after I had been taught.
51. One of the merits of religious knowledge and asceticism in this world is that Almighty God does not put it within the reach of anyone except those who are worthy of it and deserve it. One of the disadvantages of the great things of this world, wealth and fame, is that they mostly fall to the lot of people who are unworthy of them and do not deserve them.
52. Anyone who is seeking after virtue should keep company with the virtuous and should take no companion with him on his way except the noblest friend, one of those people who is sympathetic, charitable, truthful, sociable, patient, trustworthy, loyal, magnanimous, pure in conscience and a true friend.
53. Anyone who is seeking fame, fortune and pleasure will keep company only with those people who resemble mad dogs and sly foxes: they will take for their travelling companions only people [inimical to his belief] who are cunning and depraved in nature.
54. The usefulness of the knowledge [of good] in the practice of virtue is considerable: anyone who knows the beauty of virtue will practise it, though it may be rarely. Knowing the ugliness of vice, he will avoid it, though it may be rarely. The man with knowledge of good will listen to soundly-based praise and desire it for himself. He will listen to talk of evil and desire to avoid it. From this premise it necessarily follows that knowledge has a part in every virtue, and ignorance has a part in every vice. A man who has had no instruction in the knowledge [of good] will not practise virtue unless he has an extremely pure nature, a virtuous constitution. It is the particular state of the Prophets (peace and the blessings of God be upon them!) for God has taught them virtue in its entirety, without them having learnt it from men.
55. It is true that I have seen among the common people some who, by their excellent behaviour and morals, were not surpassed by any wise man, any scholarly, self-controlled man. But this is very rare. And I have seen men who have studied the different branches of knowledge, who have a good knowledge of the messages of the Prophets - peace be upon them - and the advice of the philosophers and who nevertheless surpass the most wicked in their bad behaviour, their depravity, both internal and external. * These are the worst of all creatures.* This is very common and I therefore perceive that these two [moral attitudes] are a favour which is granted or withheld by Allâh the Almighty.
Ibn Hazm, Al-Akhlâq wa’l-Siyar (Morals and Behaviour)

Madalio'g'li
02-28-2006, 11:22 AM
Kel ey tolib ko'zin ibrat bilan och
Muhabbatsiz kishidan qush bo'lib qoch

Muhabbat ahlini juyani bo'lg'il
Oshalkim uchradi, qurbani bo'lg'il

Sofi Allohyor

Madalio'g'li
02-28-2006, 12:15 PM
Lomakonni shahrida oshiqni shaydo qildi ishq
Anbiyo vu avliyolarni huvaydo qildi ishq

Jilvasini ko’rsatib zohirda elga rang-barang
Or u nomusdan kechib, olamga g’avg’o qildi ishq


Mashrab

AbdulAziz
03-01-2006, 07:16 AM
Solih Murriy hikoya qiladi: «Juma tunlaridan birida qabristonda tunab qoldim. Tush ko‘rdim: qabrlar yorilib, o‘liklar chiqib keldi va halqa-halqa bo‘lib o‘tirishdi. So‘ng ularga tepadan og‘zi yopiq tovoqlar tushdi. Ular orasida bir yigit bo‘lib, unga turli qiynoqlar bilan azob berilardi. Unga yaqinlashib: «Ey yigit, bu qavm orasida nega faqat sen azoblanyapsan?» deb so‘radim. «Ey Solih, Alloh haqqi senga tayinlaydigan ishlarimni bajar, omonatni ado et, ahvolimga rahming kelsin. Shoyad Alloh azza va jalla sen tufayli meni bu azoblardan xalos etsa. Men vafot etganimdan buyon onam yig‘lovchi, go‘yanda aytib yig‘lovchi ayollarni to‘plab, ular jo‘rligida kuniga dod-voy solmoqda. Shu sababli men azobdaman. Onamning yomon, bema’ni gap-so‘zi, azasi bois oldim-u ortim, o‘ng-u so‘limda olov. Alloh ularga mening nomimdan yaxshi mukofotlar bermasin», deb yig‘ladi u. Uning yig‘isini ko‘rib men ham ko‘z yoshlarimni tiyib turolmadim. «Ey Solih, Alloh haqi, onamning oldiga borgin. Ular falon joyda turadilar», deb manzilni tushuntirdi va davom etib dedi: «Ularga mening nomimdan aytginki, ey ona, nega farzandingizga azob berasiz. Meni naqadar yomon tarbiyaladingiz, qanchalar xunuk saqladingiz, o‘lganimdan so‘ng esa azobga tashladingiz. Ey ona, ahvolimni bir ko‘rsangiz edi: bo‘ynimda kishan, oyog‘imda taxtakach, azob farishtalari baqirib, urib azob berishmoqda. Avholimni bir ko‘rsangiz edi, menga rahmingiz kelardi. Agar hozirgi azadorligu, dod-voylaringizni bas qilmas ekansiz, u holda osmonlar yoriladigan, barcha xaloyiq hisob-kitobga ro‘baro‘ bo‘ladigan kuni ikkimiz oramizda Alloh hakam bo‘lur!»

Cho‘chib uyg‘ondim va ko‘rgan tushimdan ta’sirlanib tongacha uxlay olmadim. Tong otgach, shaharga kirdim. Mening birdan-bir maqsadim yigitning uyini topish edi. So‘rab surishtirib uyni topib bordim. Darvoza qoraga bo‘yalgan, hovlidan go‘yandalaru azadorlarning yig‘isi eshitilib turardi. Darvozani qoqqan edim, bir kampir chiqib: «Sizga kim kerak?» deb so‘radi. «O‘lgan yigitning onasi kerak edi», dedim. «Unda nima yumushingiz bor, u o‘z qayg‘usi bilan mashg‘ul?» dedi u. «Uni menga chaqirib bering, o‘g‘lidan unga xabar olib keldim», dedim. Kampir hovliga kirib ketdi. Bir ozdan keyin qop-qora kiyim kiygan, yig‘layvergani va shapatilayvergani sababli yuzi ham qorayib ketgan bir ayol chiqdi. «Siz kimsiz?» so‘radi u. «Men Solih Mirriyman. Kecha kechqurun qabristonda shunday-shunday voqealar ro‘y berdi. O‘g‘lingizni ko‘rdim. U azobda qolgan», deb tushimda ko‘rganlarimni aytib berdim. Ayol gapimni eshitgach, yerga yiqilib hushidan ketdi. O‘ziga kelgach: «Ey o‘g‘lim, meni kechir. Agar bu ahvolda ekaningni bilganimda edi, bu ishlarni qilmas edim. Men qilgan ishlarimdan Alloh taologa tavba qildim», deya qattiq yig‘ladi. So‘ng ichkariga kirib go‘yandalarni tarqatib yubordi va boshqa kiyim kiydi. Bir hamyon dirham uzatib: «Ey Solih, buni o‘g‘lim nomidan ehson qil», dedi. Duo qilib pullarni oldim va o‘g‘li nomidan sadaqa qildim. Keyingi juma tunida, odatdagidek qabristonga borib tunadim. Tushimda mayyitlarni ko‘rdim. Ular qabrlaridan chiqib halqa-halqa bo‘lib o‘tirdilar. Ularga tovoqlar tushdi. Haligi yigit shod-xurram, xushchaqchaq edi. Unga ham tovoq keldi. Meni ko‘rib oldimga keldi va: «Ey Solih, Alloh seni mukofotlasin. Onam qilayotgan noma’qul ishlarini tark etgani uchun Alloh azobni yengillatdi. Mening nomimdan qilgan sadaqang ham yetib keldi», dedi. «Bular qanaqa tovoqlar?» deb so‘ragan edim «Bular tiriklarning o‘liklarga xayr-ehson, xatmi Qur’on va duolardan iborat hadyalaridir. Har juma kechasi ularga olib kelishadi-da, bu senga falonchining hadyasi deyishadi. Endi onamning oldiga qaytib borganingda, ularga salomimni va ushbu gaplarimni yetkaz. Onajon, Alloh sizni mukofotlasin, mening nomimdan qilgan sadaqangiz yetib keldi. Siz menga yaqinsiz, tayyorgarligingizni ko‘ring», dedi. Keyin uyg‘onib ketdim. Bir necha kun o‘tgach, ayolning uyiga bordim. Eshik oldida tobut turgan edi. Kim qazo qildi, deb so‘ragan edim, yigitning onasi, deyishdi. Unga janoza o‘qib, o‘g‘lining yoniga dafn qildik. Uning haqiga duo qilib, o‘z yo‘limga ravona bo‘ldim».

"Gunohi kabiralar" kitobidan

Godunov
03-01-2006, 02:25 PM
Sendek bir go'zalni sevganim uchun,
O'zga sayyoraga qilsa ham surgun.
Mayin sochlaringni hidlamoq uchun,
Baribir zaminga qaytardim bir kun.

(kimni qalamiga mansubligini bilmayman)

Madalio'g'li
03-02-2006, 04:18 PM
Hazor sol ila yak-dam birdir hisobda
Chun* sabot yo’qdir olami xarobda

Shayx G’olib


* Chunki

Godunov
03-02-2006, 04:37 PM
 ÀËÜÁÎÌ

Êàê îäèíîêàÿ ãðîáíèöà
Âíèìàíüå ïóòíèêà çîâåò,
Òàê ýòà áëåäíàÿ ñòðàíèöà
Ïóñòü ìèëûé âçîð òâîé ïðèâëå÷åò.
È åñëè ïîñëå ìíîãèõ ëåò
Ïðî÷òåøü òû, êàê ìå÷òàë ïîýò,
È âñïîìíèøü, êàê òåáÿ ëþáèë îí,
Òî äóìàé, ÷òî åãî óæ íåò,
×òî ñåðäöå çäåñü ïîõîðîíèë îí.

Ìàëüòà, 14 ñåíòÿáðÿ 1809.
Áàéðîí

L'G
03-02-2006, 04:43 PM
Osmonning ohiri
Osmonning ohiri qaerda, dedim bir donishga. U miq
Etmadi.
Menga juda yoqdi bu javob.
Osmonning ohiri yo’q, axir!
Irmoqning ohiri daryo. Daryoning ohiri dengiz.
Osmonning esa ohiri yo’q.
Yo’l chetida yumalab yotgan toshni tepdim. Toshdan sado
Chiqmadi.
Xudoga soldim, degani bu.
Olma shixiga osilib devorga chiqdim. To’kilgan meva qumursqalarga ermak bo’ldi. To’kilgan meva qumursqalarga ermak bo’ldi. To’kilgan devor devor tuprog’I esa gunohimga gunoh bo’lib qo’shildi. Tunda paxsakash chol tushimga kirdi. Mening shirin uyqum buzildi.
Xuddi eski devor buzilganiday……
Uyquning ohiri-o’lim. O’lining esa ohiri yo’q.
Bo’lsa ham unga hech kim etgan emas.
Axir, o’lim bu hamma narsaning ohiri-da.
Odamning umri goho erda yotgan qog’ozcha ham emas.
Ertalab ishga ketayotib ko’rgan qog’ozingni kechda qaytishda ham ko’rishing mumkin. Ertalab ko’rgan odamni esa hamisha kechqurun ko’ravermaysan.
Chumoli chumolini o’ligini tashiydi .
Biya qulinidan ko’z uzmay o’tlaydi.
Oqibat faqat odamlarda etishmaydi.
Er odamni boqadi. Kiyintiradi. Odam esa uni bir kuni sahroga aylantiradi.
Suv odamning mardikori: hosil beradi, tegirmon
Yurgizadi.
Odam uni o’ylamaydi.
Dunyodagi hamma narsa odamga yaqinlashishi bilan
O’zligini yo’qotadi.
Odam odamga yaqinlashganda ham topganidan yo’qotgani
ko’proqdir…
Oftob qaerga botadi, deyman bobomga. Osmonning
ohiriga deydi u. Oftob osmonning ohiriga borib
botmaydi, balki yig’laydi.
Dunyodagi barcha yo’llarning ohiri-yig’i. Dunyoning
Ohiri-qiyomat ham yig’i.
Odam yig’I nimaligini anglab etgunicha yaqinlari
Olamdan o’tgan bo’ladi.



Ko’rpangga qarab oyoq uzat, dedim o’zimga o’zim bir kuni.
Keyin o’ylanib qoldim. Kim aytgan ekan bu gapni
Birinchi marta.
Ehtimol, Odam Ato Momo Havoga aytgandir. Yo’q, bu yaqin kishilar bir-biriga aytadigan gan emas. Bu gap ko’rpasi bir odamlarning gapi emas.
Binobarin, Odam Ato bilan Momo Havoda ko’rpa nima
qilsin…?
Ibtidoiy odamlar teri yopinib yotishgan.
Qullarning ko’rpasi tuproq bo’lgan.
Feodallar ko’rpa talashishmagan.
Demak, bu ham kapilazmning illati!

Chaqaloq uchun hamma narsaning boshi-oxiri Ona ko’kragi. Oftobni chaqaloqqa o’xshatish mumkin bo’lsa, uning boshi osmonning ko’ksida. Xo’sh, Osmonning boshi kimning ko’ksida? Tog’laring boshi Erning ko’ksida. Erning boshi-chi?.. Bilmayman. Bilmaganimdan hijolat ham emasman. Bu yorug’ dunyo aslida “bilmayman” degan so’zdan iborat. Men qachon tug’ilganganimni aytib berishgan. Men qachon yurishni o’rganganimni yurishni o’rganganimni yolg’iz onam biladi. Qachon tilim chiqqanini ham.
Men birinchi she’rimni qachon yozganimni o’zim
bilmayman.
Xo’sh, qani kim aytadi, oxirgisini qachon yozaman?..

Bilib turib birovga ozor berishdan yomoni yo’q. O’zing
Ham bilmasdan birovga yaxshilik qilishdan yaxshilik qilishdan ortiq yaxshilik

L'G
03-02-2006, 04:44 PM
yo’q.
She’r yozish ham ham o’zing bilmay birovga yaxshilik
qilishday gap.
Haqiqiy she’riyat hamisha oyoq ostida. Misralar qulunlar kabi tuproqqa ag’anab yotishibdi. Tur, toychoq, chopamiz desang bas. Biz har zamon bir oyoq ostiga boqib she’r topamiz. Keyin uning changini qoqamiz va qancha ko’p qoqsak- shuncha ko’p she’r yo’qotamiz…
Barcha buyuk zotlarning buyukligi xoksorligidadir!


****


Men hozir Erni ushlab to’xtataman. Nega tinmay
aylanaveradi u.
Nahor zerikmagan bo’lsa?
Erning ohiri qayda? Tasavvurnichi?...
Aniq raqamlarni jinim suymaydi. Uzburchaklar-
Tasavvur qafaslaridir.
Xayol cho’qmog’I qisqa zotlaring umri ham qisqadir.
Mashaqqatning oxiri rohat. Pohatning oxiri yana
Mashaqqat. Kunning oxiri tun. Tunning esa oxiri yo’q.
Bir og’z sovuq so’z bilan diling yana zimiston.
Loaqal, bir kungina kechgacha baxtli bo’lib yurgan
Odamni topib bering menga!
Siz ming mashaqqat bilan chiqqan cho’qqida kapalak ham bor. Qumursqa ham yashaydi. Sizning bu yutug’ungiz ular uchun oddiy bir turmush tashvishi. Ular kunda –shunda.
Men hidlab to’ymagan bedani biya qarsillatib chaynaydi.
Yalpizni suv oqizib ketadi. Men ko’zimga surtgan suvda
Qurbaqa cho’miladi.
Momaqardiroq dunyoni boshiga ko’tarib hayqiradi.
Yulduzlar qo’rqib quchib qolishadi. Bulutlar yig’lashga tushadi. Er yuzida qo’ziqorinlar tug’iladi. Har qanday hayqirir so’ngida nimadir dunyoga keladi. Nimadir
dunyodan ketadi.
Kulib gul ochiladi. –yig’lab shabnam to’kiladi.
Daryo toshadi-tog’ nuraydi. Kelin xo’rsinadi-yanga ermak qiladi.


****

Odam dunyoga bir marta keladi. Shu bir kalmia so’z bilan qancha savob ishlar qilish mumkin. Shu bir kalmia so’z pinjida qancha gunohga botish mumkin.
Bu gapni agar qariqiz aytsa , yig’laging keladi. Satanglar aytsa , ensasi qotadi odamning.
Qo’y o’sha sevgi-pevgigni, ajrashinglar, deydi boyvuchcha ona qiziga. Odam dunyoga bir marta keladi!
Seni bir hafta o’tmasdan onasi o’pmaganiga uylantirib qo’yamane, deydi takabbur ota o’g’liga: Ajrash. Odam dunyoga bir marta keladi!!

… Olisga qatnovchi avtobus haydovchisi yo’l bo’yi hayol surib kelayotganimni ko’rib, meni gapga soladi. Xa,
yigit. Buncha o’ylanasiz, sevib qoldingizmi?
Men indamayman.
Sevgi yo’q, deydi u jahlim chiqqanidan huzur qilib.
Sevgi suvga cho’kip ketgan . Tohirning sandig’ida…
“Qalay bopladimmi?” Bu –uning qovoq yuzidagi nim
tabassum.
Men undan qutilish uchun jilmaygan bo’laman. U buni
o’zicha tushinadi.
Endi nasihatga o’tadi: Xafa bo’maginu, bo’shang yigit
ekansan, og’aydi.
Shunaqa hayol surib yuraversang, xotinsiz qolasan.
Sevgi harakatning asiri, deydi.
-O’zingiz sevib uylanganmisiz? Savolim unga
yoqmaydi. Shubhalanib bir qarab oladi. Va iddao
bilan: Bo’lmasamchi! Sevgan qizimga uylanganman,
deydi.
-Axir, sevdi suvga cho’kib ketganku, deyman.
Tohirning sandig’ida .

L'G
03-02-2006, 04:45 PM
U endi eshitmaganda oladi. Men hozir chambarakni sherigimga berdim, dam olmoqchiman, deydi. Keyin yana qulog’imga shivirlaydi: xafa bo’lma utsident,
hazillashdim.
Osmonning ohiri qaerda, deyman unga jiddiy. U, hech
narsani tushunmadim, deganday elka qisadi.
Mana, u shunday yuragimning yonboshida xurrak otmoqda.
Men uning uyg;otib qolishidan qo’rqaman!
Mudroq bosgan dilim,
Aytaman bir sir,
Tangri uyqunida
Pallada tortar.
Uyqu ham
Nasliga berilgan umr,
Uyqung ortgan sayin,
Qarzing ham ortar..

****
Mening iste’dodli shoir do’stim nihoyat bir qizni sevib qoldi. Biz bugun birga kinoga boramiz. Men bo’lajak kelinning dugonasini zeriktirmasligim kerak. Salomlashamiz. Ya’ni mana bunday: ular mening hali qurib ulguramagan yaltiroq bo’yinbog’imga qarab
Jilmayib qo’yishadi. Bu-qalaysiz , degani.
Men ularning belidan yuqorisi nafis ko’ylaklariga qaray olmay xo’rsinaman. Qizlar shoir og’aynimning ozg’in bo’yniga imo qilishib qiqirlashadi.
Ularni bir amallab Eskijo’vaga topshirib,
Tangalarimizni jiringlatib metroga chopamiz. Do’stim mening yoqamga yopishadi: qalay bizning qalliqcha?
Bo’lamaydi, deyman. U seni istagan kuni tashlab ketishi mumkin!
Qishlog’ingga ket, deyman.
U ketadi. Uyiga emas-Uzoq Sharqqa. Keyin uyoqdan menga xatlar kela boshlaydi. Ayo do’stim, osmonning ohirini topdim. Osmonning ohiri Uzoq Sharqda-
Dengizning yoqasida ekan!....
Shoir yarim yildan so’ng, yarim kechada ostimga bostirib keladi. Kayfi taroq- egnida charm kurtka. Cho’ntak to’la pul. Uyni baliq xidi tutib ketadi.
-Bilasanmi, Nilu- (Nilufar) erta tegayotganmish.
To’yga taklifnoma yuboribti…
To’yga bormaslikka ko’ndiraman. U tuni bilan uhlamay yozgan she’rini konvertga joylab bevafo qalliqchasiga jo’natamiz.
Shoir Uzoq Sharqdan falaq baliq hidi esam, yangi maqol ham olib kelgan esi. U deyarli har kuni mendan so’radi: Nega men seni o’zimga do’st tutdim, bilasanmi?
Kim uchundir jonimni berishim mumkin bo’lishi uchun!..
Odam dunyoga bir marta keladi, do’stim.

***
Keeng bir o’tliq bo’lsa. Atrofing ko’m ko’k maysa. Osmon tip-tiniq. . Maysaga yastanib yotsanguu… o’lib qolsang!
Bedazorda ana shunday hayol surib yotsam, qanotlari oppoq bir kapalak kelib, elkamga chordona qurib o’tirib oldi. Salom, og’ayni. Nega kayfing yomon?
Charchadim, dedim unga. Yashashdan charchadim.
Kapalak bir ho’rsinib jo’navordi.
Qiziq unda ham bola chaqa bormikin?
Kapalakning kapasi qaerda?
Nega shunday ojiz va nafis jonzot ham odamdan yuqorida
Uchib yuradi.
Baquvvat va vazmin narsalar hamisha oyoq ostida bo’lishadimi? Demak, odam og’ir bosiqligi uchun xormi? Engiltak va xushomadgo’y kimsalarni shuning uchun
Oshig’I olchi ekanda….
“Qikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma
narsaning boshlanishidir”.
Haligi kapalakning qanotidagi yozuv bu. .Tanishganimdan hursand edim. Tongda men uni bog’da
Ko’rdim. Atirgulning shoxida. Kechagi tushkun xolatim
Uchun yaldim. Uzr so’ramoqchi bo’ldim.
Ammo kechikdim.
Atirguldan yumaladi kapalak,
Bir silkinib ham qo’ymadi ham gul shoxi.
Jon talashib, qum yaladi kapalak,
Ko’chdi mening ko’ksimga ham titrog’i.

Men undan Omsonning ohiri qaerda deb

L'G
03-02-2006, 04:46 PM
so’ramoqchiydim. Axir, buni faqat o’sha qanoti ojiz qush
bilishi mumkun edida….



Osmon hech kimga qaramaydi.
Bulutlarning ham egasi ham yo’q.
Hech kim quyoshni ham meniki, deb aytolmaydi. Agar shunday da’vogar topilsa,
Uni devonaga chiqarishadi. Xo’sh, nega odamlar erga egalik qilishadi. Atrofini o’rab olishadida, bu er maniki, deyishadi. Er talashib
Bir birini o’ldirishadi.
Menga aytinchi, bahorning egasi kim??..
Boychechakning boshlig’i, binafshaning xo’jayini-ch?..
Ekkaningni o’rasan. Ekmaganingni esa,ko’rasan, xolos.
Men bolaligim o’tgan joylarni o’zgarib ketishini istamayman.
Men kimdir o’tinga mo’ljallab qo’ygan qadrdon shotutni otamni sog’ingandek sog’inaman. Tollar bilan quchoqlashib so’rashgim keladi. Xuddi, qizlarni quchoqlagan singari.
Agar shu gaplarni beda qorovuli eshitsa, hiringlab kuladi. Kel deydi, ana dala to’la qoratol,
xohlagancha quchoqla, istaganingcha o’p:
gor’ko!
Osmonning oxiri esa, yalpizning yelkasida. Bir elkasida to’la sog’inch, muruvvat,
muhabbat.
Agar shu gaplarni beda qorovuli eshitsa…


Osmonning oxiri qaerda, dedim men suygan qizimga. U mening peshonamni ushlab ko’rdi: issig’ing yo’qmi, ishqilib…
“Osmonning oxiri qaydaligini bilmadim-u, lekin do’konga sariyog’ kelganmish. Agar mumkin bo’lsa, bir g’ayrat qilsalar…”
Hech iloji yo’q, dedim. Ulug’ ishlar bilan bandman. Hali uylanmasimdan ish buyuradi. Ayol zoti, agar unga ishqing tushganini sezib qolsa, burningni yerga ishqaydi. Qaysi dono bobokalonim aytgan edi bu gapni?
Ammo kimnidir sevmasdan ham yashab bo’lmaydi.
Osmonning oxiri esa yo’q. bo’lsa ham menga nima?
“Nega allaqanday taka turkmanlarni maqtaysan?
Mening qayerim kam ulardan?..”
Ko’ylaklari bilan kochalarni sipirib yurishlari uchun yaxshi ko’raman, bildingmi?
Osmonning oxiri turkman qizlarning uzun englarida.
Ular qo’llarini ko’targan joyda ko’k tugaydi. Qo’llari
Quyoshni to’sib qo’yadi….
Qiziq, o’zi umrimda bironta bitonta turkman qiz bilan
Ko’rishmaganman. Tiliga ham tushunmayman. Lekin yaxshi ko’raman.
Axir, Xudoni ham yuzini bir ko’rmay turib yaxshi
ko’radiku, bandalari.
Muhammad ham uning bandasi. Uning va muhabbatning
bandasi.



***
Bozor qaerdan boshlanadi?..
Vokzal-chiptahonadan.
Tayyoragoh- pasportni izlashdan.
Xo’sh, bozorchi, bozor qaerdan boshlanadi.
Hazilkashqor kishi cho’ntakni kavlashdan, deyishi
Mumkin.
Jiddiyrog’I xomcho’tdan, deydi.
Hammasi to’g’ri. Chunki, bozorga hamma har xil xayolda
Boradida.
Kimdir shunchaki zerikib.
Kimdir dam olish uchun.
Birov to’y taraddudi ila.
Xullas, bozorga hammaning o’z so’qmog’i bor.
Menimcha, bozor darvozadan boshlanadi. O’z darvozangdan chiqib, xarid qilishni ko’zlaganing
Bozor darvozasidan xatlashing xamon o’zgaradi-qoladi.
Bozorda, ayniqsa, sharq bozorida, o’zingga qo’shilib yana bir just qo’l cho’ntagingga

L'G
03-02-2006, 04:47 PM
Kirib chiqayotgandek go’yo. Bir zumda
Non ushoqlariga qo’ling tegib qoladi.
Koreys kampirning xushbo’y karamlaridan totib ko’rish
Hissi paydo bo’ladi.
Arab qizlarining yuzlaridek lo’ppi xurmolar yonidan
Ko’z yumib o’tolmaydi odam.
Tarvuzlar o’zlari yumalab oyog’ing ostida o’yinga tushadi.
Navbatda turib g’irt suyak go’sht olasan. Ichingda esa
“meni tanidi, suyak qo’shmadi” degan yolg’on tasalli.
Inqillab avtobus bekatiga kelasan. Shundagina uydan
olib chiqqan maoshing yodga tushadi. Yopiray, nahotki
barini ishlatdimmi?..
Xurmoni nega oldim?
Tarvuz uyda bor ediku?
Ana shunaqa gaplar.
Xo’sh, bozor qaerdan boshlanar ekan? Bilmadim, bilmadim.
Bilganim – bozor nima bilan tugashi.
Xotin ila janjal bilan tugaydi.

… Oltiariqlik turpfurush choldan so’radim. Otaxon,
bilmaysizmi, osmonning oxiri qaerda?
Chol meni imlab yoniga chaqirib olib, qulog’imga
Shivirladi:
Torozixonada, bolam!...
Muhammad Yusuf.


Ohirigacha o’qiganingiz unucn raxmat!!! J

Madalio'g'li
03-04-2006, 04:37 AM
Diyori kufrni kezdim baldalar* koshonalar ko’rdim
Safar qildim mulki islomni butun vayronalar ko’rdim

Ziyo Posho

Balda: o’rin,joy,shahar

Madalio'g'li
03-08-2006, 04:06 PM
"Chiroyli so'z uchun yashamayman hech,
Yashamayman she'riyat uchun
Ammo men ko'zlarning ko'zini ko'rmog'im kerak
Ko'zlarning ham ko'zi bormikan?"

Marg'iloniy
03-08-2006, 10:10 PM
Ishq dardiyla husham, el chek ilojimdin tabib
Qilma darmonkim, halokim zahri darmonimdadir.

Madalio'g'li
03-09-2006, 02:20 PM
Bu zamon gazali

Tillashibdur bo'ri birla, tozilar,
Birlashibdur o'g'ri birla qozilar.
Ne deb aytur ul boobru anjuman
Qo'l ko'tarsin ushbu xolga rozilar.

Zo'r baxodirmiz, jasorat bizdadir,
Pashsha qonin to'kkan ey mard g'ozilar.
Biz chunon xizmatga belni bog'ladik,
Bormi ximmat o'lchagich tarozilar.

Bizga nelar der xaloyiq bu zamon?
Nelar aytar kelgusi ham mozilar?
Men g'azal yozmoqchi edim, na qilay?
Bu zamon tarixga shundoq yozdilar

Erkin Voxidov

Mas'ud
03-10-2006, 12:08 PM
Oy - ko'zim oldida sarg'aygan yaproq,
Kuzak - hayolimda mitti tugunchak.
Jismim - tovoningda toptalgan tuproq,
Sevgim - anduhlardan yaralgan g'uncha.

Tunlar - qulog'imda qolib ketgan sas,
Tonglar - vujudimda esgan bir nasim.
Jonim, boshqasini topmadim, hullas,
Sening ko'zlaringga kelar havasim.

Iqbol
03-10-2006, 05:28 PM
Hozirgi madaniyat davrida diyonat bilan taraqqiyot birga yasholmaydi degan xato fikr oqillar oldida emas, jahon bo'yicha johillar orasida tarqalmishdur. Haqiqatda esa, din poklikdur. Poklikka qurilgan axloqdur. Dinimizning asli aqldur, quroli ilmdur. Hozirgi taraqqiyot islom axloqi asosida olib borilsa, insonlar uchun eng foydalik madaniyat bo'lishida shak yo'qdur. Umuminsoniy haq-huquqlar butun xalq oldida, ayniqsa, hukumat doiralarida qonuniy ravishda himoyalanib saqlanar ekan, o'shandagina madaniyati fozilaga erishiladi. Shu kunlarda ustimizda hukmron bo'lgan dinsizlar madaniyati ersa fosiq madaniyat deyiladi. Bunday madaniyat insonlarni ham ahloqiy, ham ruhoniy fazilatlardan butunlay ajratadi.
Alihonto'ra Sog'uniy, Turkiston qayg'usi.

infolife
03-11-2006, 09:09 AM
Ayting yana bir bora....

Sevaman deyishingiz eshitsamda ming bora
Yana shuncha tashnadir, zor qalbim to'ymas sira
Hijron azob berarkan yuragim tilka pora
Azizim sevaman deb ayting yana bir bora

Sog'inch hissi daryoday toshsa bormikan chora
Sarhush hayolim sizla holimga qo'ymas sira
Alanga olar ekan ishq otashi tobora
Sevgilim sevaman deb ayting yana bir bora

Samimiy so'zlaringiz dilni etdi abgora
Ko'zingiz quvonchi men, sizga to'ymas asira
Yolvorayin, yig'layin-etmang yurakni zora
Erkam sevaman deya ayting yana bir bora:(

infolife.10.03.06/BF

Madalio'g'li
03-12-2006, 03:11 AM
MEN HECH KIMGA BO'YINSUNMASMAN

«Men hech kimga bo'yinsunmasman,
Balki menga bo'ysunar qismat.
Men siz ekkan joyda unmasman,
Faqat ruhga qilarman xizmat.

Men sizlarga pahm qilmasman,
Ya'ni o'zni ayamayman hech.
«Oq-qora!» deb vahm qilmasman -
Yo'q, sochimni bo'yamayman hech.

Bukilmasman quvonchu g'amdan,
So'ramasman sizdan nafaqa,
Ya'ni, men bu moddiy olamda
Alloh uchun yasharman faqat!..»

Esda yo'q, bu yuksak so'zlarni
Qay kitobda, qachon o'qidim?
Balki tanho qolgan kezlari
Bilib-bilmay o'zim to'qidim…

1981

Marg'iloniy
03-14-2006, 02:00 AM
Endi o'ylamayman, men uchun tangrim
Hamma hammasini o'ylab qo'yibdi.
Hayrdan hayrli lahzalarini
Umrim soatiga joylab qo'yibdi.
Alhamdilullah...

Marg'iloniy
03-14-2006, 02:02 AM
Bir boshga bir o‘lim degan hikmat bor,
Banda bo‘yinsunar qismat xatiga.
Hatto manov sudxo‘r, shu xiyonatkor
Vafo qildi tangri omonatiga.

Iqbol Mirzo

Madalio'g'li
03-22-2006, 03:32 PM
Lâfımın dostusunuz , çilemin yabancısı,
Yok mudur, sizin köyde, çeken , fikir sancısı?


Necip Fazıl




Lâf : so’z, gap
Çile : azob
Yabancı : yot
Köy : qishloq
Sancı : sanchiq

MasxaraboZ
03-22-2006, 05:19 PM
Men senga,sen menga emassan begona,
Faqat sevgi,faqat sevgi bizga begona...
Men senga,sen menga emassan devona,
Faqat sevgi,faqat sevgi urtamizda devona...
bevafo



bevafo akani ijodlaridan

DIDO
03-24-2006, 06:07 AM
Nima bo'lsa bo'lar ertaga,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas!

Mas'ud
03-25-2006, 01:32 AM
¨ëãîí, ¨ëãîí-à
Ñåâìàéìàí äåãàíëàðèíã, óçãàíè ñåâãàíëàðèíã
Ìåíäàí îëèñ þðãèí äåá,
Æèìó õîëèñ þðãèí äåá,
ãàçàáëà àéòãàíëàðèíã
¨ëãîí, ¸ëãîí-à

Æîí îëãóâ÷è êóçëàðèíã ´óçãà éóëãà çîðëèãè,
Øèðèí øèðèí ñóçëàðèíã àã¸ð ó÷óí áîðëèãè,
Ñî÷ëàðèíãíè ýðêàëàá áåãîíàëàð ñèëàøè,
Áèð ìóõàááàò ÿðàëèá, áîøêàñèíèíã êóëàøè
¨ëãîí, ¸ëãîíà

Àéòàêîëãèí ¸ëãîí äå Ñåíäàí áîøêà ¸ìîí äå
Ñåâàìàí äå àéòàêîë,
Æèì áóë òàìîì, êèë òàìîì
Êàëáèìäà òîãäåê àðìîí
áàð÷à àéòãàí ñóçëàðèíã
¨ëãîí, ¸ëãîíà

Mas'ud
04-18-2006, 03:24 AM
***
Siqilib g'amlardan bo'lganda mahzun,
Yo'qolib ketganda umid hislarim.
Bo'lsa tor yo'llarim uzundan uzun,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Armonlar dilimni tirnagan onda,
Dunyolar eshitmas bo'lsa so'zlarim.
Mehrga tashna bu foniy jahonda,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Hayotdan go'zallik istayman holos,
Oltin tog'ni havas qilmas ko'zlarim.
Har qachon, har joyda Sizdan iltimos,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Siz sabab nogahon omadim kulsa,
Oftobdek charog'on etsa yuzlarim.
Mo'jazdek yuragim quvonchga to'lsa,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

Hammamiz otlansak boqiylik omon,
Qalblarni bezasa ezgulik, iymon,
Jannat go'zalligin his qilgan zamon,
Meni yolg'iz qo'ymang, aziz do'stlarim.

04/16/2006...JaruleUZB...

hurmat bilan... ;)

Asadbek
04-18-2006, 03:35 AM
Yashardim o’zimga muz kabi boqib,
Ishq keldi, jo’nadim, daryoday oqib,
Menga habib bo’ldi hatto shum raqib –
Ko’rib – to’lqin-to’lqin qonim, yorijon,
Siz mening jonimsiz, jonim, yorijon.

Usmon Azimdan (http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/usmonazim.htm#kap02)

Marg'iloniy
04-19-2006, 02:32 AM
Qatra qonlarkim tomar
Ko'ksimga urgan toshdin
Zahmdindir demakim
Qon yig'lar ahvolimga tosh.

Alisher Navoiy

Mas'ud
05-03-2006, 03:56 AM
Dardlarimdan bugun siqilib ketdim,
Dunyo ko'zlarimga ko'rinda tor.
Gohi bir nuqtaga tikilgancha jim,
O'ylanib... so'ng yana yumaman ko'zim.

Ming mudxish hayollar boshimda chigal,
Asabim torlarin tortadi tarang.
Sovib ketgandayin dunyodan tugal,
Ko'zlarim toliqib ochaman arang...

Sevgimdan ayrildim bu kun do'stlarim,
Ishq so'zi shu kundan menga begona.
To'yib ichmoqlikni istaydi dilim,
Yuragim qidirar mayga hamxona...

...hurmat ila...

Asadbek
05-19-2006, 01:57 PM
Dilimni rangini gul bilsa bo'ldi,
Meni kimligimni el bilsa bo'ldi.

Sherali Jo'rayev (http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/sherali.htm#kap27) qo'shig'idan...

Asadbek
06-26-2006, 09:01 AM
Sog'inch!
Benihoya, besarhad sog'inch,
Sening paymonangga qachon yeturman?
Hozir dunyo - sokin,
Hozir dunyo - tinch,
Shamollar qo'zg'olsa, to'zib keturman...

Usmon Azimdan

Malika
06-28-2006, 12:34 AM
***
O'larimda kelolasizmi,
Xat jo'natsam yaproq kaftida.
Eng so'nggi bor uyg'onasizmi,
Yuragimning qaynoq taftida?

Birga olib ketolasizmi,
Atirguldek ma'yus jismimni,
Eng so'nggi bor hazin pichirlab,
Aytasizmi mening ismimni?

Qiyomatda suyaklarimni,
Yig'ib kelsa agar Xudoyim,
O'sha kuni labim pichirlar,
Sizga bo'lar mening duoyim.
Omon bo'ling qiyomatgacha,
Yuragimni yoqmoqda vido.
Unutsangiz agar ismimni
Meni sizga eslatar Xudo.

(Guljamol Asqarova)

DIDO
06-28-2006, 06:53 AM
Men uchun hayot va bu dunyo
Sevgilim, sendan boshlanar....

CHOYHONACHI
06-28-2006, 08:43 AM
Senga satirlar yozmoq uchun qolimga qalam oldirgan ham
Sen haqinda qoshiq aytmoq uchun qolimga rubob tutqizgan ham
Seni menga, meni esa senga bolgan muhabbatim

Nilufarxon
06-29-2006, 02:36 AM
U Qo'shiq kuyladi yor sha'niga mast,
Sho'xchan she'rlar aytdi sevgi nomidan.
Hammani kuldirdi, qiz esa faqat
Beparvo jilmayib o'tdi yonidan.

U qo'shiq kuyladi yor sha'niga mast,
Yig'lab, faryod chekdi sevgi nomidan.
Hammani yig'latdi, qiz esa faqat
Beparvo jilmayib o'tdi yonidan.

U qo'shiq kuyladi yor sha'niga mast,
Na kuldi, na qatra to'kdi yoshini.
U kuyladi mag'rur, qiz bo'lsa shu vaqt
Huzuriga keldi egib boshini.

Abdulla Oripov.

Malika
07-01-2006, 01:34 AM
Yoz etagi oqshom cho'kadi
Bo'y taralar mudroq o'rmondan,
Lojuvardiy tiniq osmonda
Oy ohista shu'la to'kadi


(uzr so'rayman, muallifi yodimdan ko'tarildi :( )

Nozima
07-04-2006, 04:07 PM
Bu olamni yaratgan
Yolg'iz ALLOHdir .
Eru osmon , tog'u tosh
Bunga guvohdir .

Hohi dehqon, ho olim
Hohi podshohdir
Tanimasa ALLOHni
Nodon gumrohdir .

HOLiQ - yaratuvchimdan
Kimki ogohdir
RABBIM unga doimo
Do'stu hamrohdir !

Moderatordan:
Nazm Gulshani talabiga javob bermaganligi uchun bu threadga o'tkazildi.

Mas'ud
07-18-2006, 11:24 PM
Yoz etagi oqshom cho'kadi
Bo'y taralar mudroq o'rmondan,
Lojuvardiy tiniq osmonda
Oy ohista shu'la to'kadi



...Oqshom cho'kar, tushar qorong'u,
Hazonlarni supurar shamol.
Yarimta oy surgancha hayol,
Sokingina taratar yog'du...

(Erkin Vohidov)

Asadbek
07-24-2006, 04:08 AM
Tunda tramvayda sarxush o'spirin,
Tinmay haydovchiga yolvorar edi:
Anavi ko'chaga yuz qadam kiring,
Uyim o'sha yerda, jon aka - derdi.

Axir, bu tramvay - derdi haydovchi xunob -
Sening mahallangga qandoq kiraman?
Yigit qulog'iga kirmasdi javob:
Besh so'm oling, mayli, o'n so'm beraman.

Shu sarxush yigitga o'xshaydi ko'ngil:
Orzulari parvoz etar qaydadir.
Talpinma, hoy ko'ngil, sen gapga ko'ngil,
Axir makonimiz tramvaydadir.

Erkin Vohidovdan

Mas'ud
07-27-2006, 12:24 AM
Mendan nima qolar; ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob, bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan nima desa der,
Men seni o’ylayman o’zimdan ko’proq.
Lola, lolajonim, lolaqizg’aldoq.

Men ketgach yomondan yiroq bo’l ohu,
Cjunki sen chiroyli, ko’rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun yahshi bo’lar-u,
Yomon odam yahshi bo’lmas hech qachon.
Yasha chegarada turgandek ogoh,
Lola, lolajonim, lolaqizg’aldoq.

Uyda yotibman-u, sezib turibman,
Ko’kda ketayotir qushlar qaytishib.
Xayrlar yog’dirib qanotlaridan,
Xasta shoiriga vido aytishib.
Bor, men uchun ham ularga qo’l qoq,
Lola, lolajonim, lolaqizg’aldoq.

Ularni men yana ko’ramanmi, a?
Ayvondan odamdek kuzatolmadim.
Kuz. To’ylar boshlandi. Yuragim pora,
Bitta qizimni ham uzatolmadim.
Demak taqdir ekan to’y ko’rmay o’tmoq,
Lola, lolajonim, lolaqizg’aldoq.

Biroq ko’nglim sezar, mendan keyin ham,
Bir kun bu holvliga odam to’ladi.
Hali to’ylar qilib charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng baxtli bo’ladi.
Kelinlar ko’ylagi ruhimdek oppoq,
Lola, lolajonim, lolaqizg’aldoq.

O’g’lim, yaqinroq kel, qara ne savdo,
Bu ajib ishlarni dil lavhiga yoz.
Kimga qasr yetmas, Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo yetmaydi holos.
Tiriklar mudroqda, o’liklar uyg’oq,
Lola, lolajonim, lolaqizg’aldoq.

Ko’ksim kuyib borar, ko’krak yonmoqda,
Ayting do’htirlarga yorsa yorishsin.
Jismim o’z ulfati – jondan tonmoqda,
Bechora jon endi qaerga borsin?
Endi osmon yiroq, endi yer yumshoq,
Lola, lolajonim, lolaqizg’aldoq.


Buni hayot derlar, unutma aslo,
Bir kun ochilasan, bir kun so’lasan.
Qalbimda-ku faqat sen eding tanho,
Qabrim ustida ham o’zing bo’lasan.
Sen bizning sevgidan xotira – bayroq.
Lola, lolajonim, lolaqizg’aldoq.

Mendan nima qolar, ikki misra she’r…

Muhammad Yusuf

Nigorabegim
08-23-2006, 04:43 AM
Ko'nglim madad olgin pok oyatlardan,
Sharif hadislardan yog'du olgin she'r.
Men so'ylay zamoniy hikoyatlardan,
Qo'llab tursin o'zi hazrat Alisher.


Moderatordan:
''Nazm Gulshani'' talabiga javob bermaganligi uchun bu threadga o'tkazildi.

Asadbek
09-04-2006, 10:12 AM
Muhabbatning rangi qanaqa?
Qizil desam oq ko'ngil yig'lar,
Oppoq desam qizil atirgul...
Animak Idoji

Asadbek
10-07-2006, 06:52 AM
:D :)

Bizgacha ham olov bo'lgan, muz bo'lgan,
Sizgacha ham ne-ne ohu ko'z bo'lgan.
O'zingizga bino qo'ymang, Guljamol,
Yalmogiz ham bir kun sizday qiz bo'lgan.

Iqbol Mirzo

Mas'ud
12-09-2006, 06:10 AM
G'uncha

Har kun boqqa borar edim ko'rgani uni,
Gulzor aro o'sayotgan nozik g'unchani.
Iliq shamol yalab o'tar uning yanog'in,
Asta-sekin erkalatar nozik yaprog'in.

Ko'rganda u g'unchani,ko'nglimda ishonch,
Kun sayin ortar menda sevgimga ishonch.
Bilmam nimalar bizni yaqin etardi,
Yulduzlardan yuksakda sevardim uni.

Bir kun bog'da shu g'unchani topa olmadim,
Ming afsuski yorginamni asray olmadim.
Nahotki bir begona ko'z nazar tashladi?
Eng nozik, mayin g'unchamdan meni ayirdi?

Kim uzdi bu g'unchani bu go'zal bog'dan?
Ajratib yolg'izimni, ajratib guldan.
Qani endi bu g'uncha?...Tunlarim bedor,
Sensiz o'tar sevgilim, dunyo menga tor.

Kunlar o'tar to'xtamay, eslarman uni,
Gulzor aro o'sayotgan nozik g'unchani.
G'uncha endi ochilib, gulga aylangan,
Har zamonda kaminani esga olarkan.

Kechalar yulduz sanab, yulduz ko'zing deb yonaman,
Kunlari odtobda oy, Kechalar begonaman...

(Qo'shiqdan)

Mas'ud
12-09-2006, 08:58 PM
Derazamning tagida bir tup,
O'rik oppoq bo'lib gulladi...

Novdalarni bezab g'unchalar,
Tongda aytdi quyosh otini.
Va shabboda qurg'urilk sahar,
Olib ketdi gulning totini.

Har bahorda shu bo'lar takror,
Har bahor ham shunday o'tadi.
qancha tirishsam ham u beor,
Ellar bizni tashlab ketadi.

Mayli, deyman, va qilmayman g'ash,
Hayolimni gulga o'rayman.
Har bahorga chiqaqanda yakkash,
"Baxtim bormi?", deya so'rayman.

Yuzlarimni silab-siypalab,
"Baxting bor" deb esadi yellar,
Etgan kabi go'yo bir talab,
"Baxting bor", deb qushlar chiyillar.

Har bir narsa meni qarshilar,
Har bir narsa menga aylar noz.
Men yurganda gullarga ko'mar,
Faqat baxtdan kuylagan ovoz.

Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanicha ol.
Bunda tole har narsadan mo'l,
To o'lguncha shu o'lkada qol.

Umrida hech gul ko'rmay yig'lab,
O'tganlarning haqqi ham senda.
Har bahorni yig'lab, qarshilab,
Ketganlarning haqqi ham senda.

Derazamnin tagida bir tup,
O'rik oppoq bo'lib gullladi...

Hamid Olimjon

Madalio'g'li
12-28-2006, 03:31 PM
"Ey jon u jahon, jism ora jon bir necha kundir,
Mashg'uli jahon bo'lma, jahon bir necha kundir."


Ubeydiy





.

NuR_BeK
12-28-2006, 05:12 PM
Men seni sog'inib yashayveraman:
Maysalar quyoshni,
Qushlar ko'klamni
Chechaklar shabnamni, jayron sahroni,
Qayroqtosh daryoni qo'msagan kabi.
Men seni sog'inib yashayveraman,
Tashna cho'l yomg'irni,
Gullar hamalni,
Barmoqlar barmoqni, lablar lablarni
Yuraklar yurakni qo'msagan kabi.
Men seni sog'inib yashayveraman,
Ko'chalar so'qmoqni,
Qal'a dalani,
Mashriqni kun botar, zamin osmonni
Qays - Junun Layloni qo'msagan kabi
Men seni sog'inib yashayveraman...

DOSTON

Maftuna
01-09-2007, 07:20 PM
Yormi ko'zguga boqqan
Yorga yo boqar ko'zgu,
Yor yuzini ko'rganda,
Suv bo'lib oqar ko'zgu.

Oy jamolining aksi
Ko'zgu bag'riga tushdi,
Rashk o'tida bag'rimni
O'rtaru yoqar ko'zgu.

To tirik ekan jonim,
Ko'zgudek do'st izlarman,
Oqko'ngilligi birlan
Ko'nglima yoqar ko'zgu.

Qancha osma ko'zguni,
Qancha qoqma mix birlan,
Haq yuzin etib oshkor,
Mix qilib qoqar ko'zgu.

Ko'zgudek tiniq she'r yoz,
Ko'zgudek chin ayt, Erkin,
Shunda nazm marjoning
Dur qilib toqar ko'zgu.

Erkin Vohidov.

Mas'ud
01-11-2007, 04:38 AM
OFF TOP: shu she'r menga judayam yoqdi...;)

Dardkash qalbni izlaydi

O'ylaymangki, uning qalbi yo'q-
Ko'pni sevar, ko'pni ko'zlaydi.
Hamma bilan bo'lsa ham do'st, sho'x-
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Hayot takror uchrashtirarkan,
Kimni „sen“lab, kimni „siz“laydi.
Yo'q, ularga bermaydi u tan-
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Dersiz „oshiq“lari emas kam,
O', qanchasi unga so'zlaydi“.
Dil rozlarin tinglab turib ham-
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Yoki demang „qish sovug'iday,-
Unga yaqin yurgan muzlaydi“.
O'zgalarga harorat bermay-
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Demang, mayus tortib qolgan dam-
„Unutgan oshig'in eslaydi“.
Ishonchini hamon qilmay kam,
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Halima Hudoyberdieva

http://adabiyot.arbuz.com/zamonaviy/halima.html

Mas'ud
01-11-2007, 04:48 AM
Aldashni ko'rmayman ravo
Men Sizni aldashni ko'rmayman ravo,
Tushuning, shu o'zi men uchun basdir.
Sezaman, mendagi bu dard- bedavo,
Istaganim bilan bu ishq so'nmasdir.

Men Sizni aldashni ko'rmayman ravo,
Ehtiyoj sezmayman ortiq tirakka,
Men uchun qachondir kuylangan navo,
Endigi navolar sig'mas yurakka.

Sizday sodiq do'stni aldamayman, yo'q,
Ishoning, bu yo'llar tushmas bir izga.
Ko'ksimga qachondir tekkandi bir o'q,
Yarador qalb bilan bormayman Sizga.

Halima Hudoyberdieva
http://adabiyot.arbuz.com/zamonaviy/halima.html

Mas'ud
01-11-2007, 04:50 AM
Alvido deng, alvidolar ayting so'nggi bor,
Ko'zingizni yumib, keyin mendan buring yuz.
Toqatim toq, bog'ingizdan uchayapman, yor,
Qarg'amangiz, bog'ingizga kelar bo'ldi kuz.

Men bilmayman, tushgan yo'lim xatomi, xayrli,
Rostin yozay tun zulmati o'rab kelgan choq.
Garchand tushmagan bo'lsam ham bir lahza ayru,
Bir lahza ham yashamadim siz bilan biroq.

Sabab bo'ldim bag'ringizga qo'ngan dog'larga,
Bekor bo'ldi menga ko'ngil qo'yganlaringiz.
Bog'ingizda meni ko'rib, o'zga bog'larga
Bitta-bitta uchib ketdi suyganlaringiz.

O'sha paytlar bu hol menga tuyulgandi shon,
Sarob ekan, tutar-tutmay izlab qoldim men.
Bu satrlar quyilarkan oshga urar qon,
Sizdan soviy-soviy bugun muzlab qoldim men!

Alvido, yor, to'kilmoqda toqat degan jom,
Ketmoq ishqi kuydirmoqda o't bo'lib mani.
Alvido, yor, ko'ksingizdan o'chiring tamom,
Bog'ingizga yanglish qo'nib uchgan qushchani.

Halima Hudoyberdieva
http://adabiyot.arbuz.com/zamonaviy/halima.html

jasonnur
01-20-2007, 12:01 PM
Dunyo--- nigohini yuqotgan tolib
Dunyo-- yetti kunda esidan ozdi
Yotoq devoriga chiziqlar tortib
Iqbol+Gul deya yozdi

Shokirbek
01-24-2007, 11:50 PM
O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.

A. Navoiy



vooyy- doooood devorgim keladi...

Bir vaqtlar post qilganingiz Navoiyning ushbu g'azalidan ilhomlanib Erkin Vohidov bir kishiga (va uning o'g'liga atab) ushbu hazil g'azalni yozgan ekan: :)

O`n sakkiz ming olam oshubi padar boshindadur
Ne ajab, chun o`g`li oning o`n sakkiz yoshindadur.

Nay misol shim kiygan ul sandiqdayin tufli bilan,
Hurpayib turgan savatdek soch aning boshindadur.

Ul padar oh urmasin nechun yoqosin chok etib,
Neki badfe`l bo`lsa bori, ushbu beboshindadur.

O`zgalardan kulgay erdi, ko`cha-kuyda bir zamon,
Aqlg`a yuz hayrat emdi, bul uning qoshindadur.

O`g`lidan aylardi ummid keltirar rahmat debon,
Barcha “rahmat” elning otgan ta`nayu toshindadur.

Yo`q ajab, yoshlikda o`g`lin ota ardoqlab, suyib,
Erkalab boshig'a qo`ydi, ul hamon boshindadur.

:) :D

zula
01-25-2007, 12:32 AM
Còàðàéñÿ ìèð õðàíèòü ñî âñåìè, êòî êðóãîì,
Íå ñêàòûâàé îáèä â òóãîé è ñòðàøíûé êîì.
È åñëè íå ñóìåë âðàãà òû ñäåëàòü äðóãîì,
Äîáåéñÿ õîòü òîãî, ÷òîá äpóã íå ñòàë âðàãîì

Ìèðçî Àáäóêîäèð Áåäèë

zula
01-25-2007, 10:38 PM
Boborahim Mashrab g'azallarini juda ham sevib o'qiyman, ayniqsa mana bunisi juda ham yoqadi.

MENI YO’QLAR KISHIM BORMU?

Namangondin ketar bo’lsam, meni yo’qlar kishim bormu?
G’ariblik shahrida o’lsam, meni yo’qlar kishim bormu?

Qani qavmu qarindoshim, bu yo’lda bo’lsa yo’ldoshim,
Ko’zumdin oqizib yoshim, meni yo’qlar kishim bormu?

Muhabbat sharbatin ichtim, qazondek qaynabon toshtim,
Bu foniy dunyodin kechtim, meni yo’qlar kishim bormu?

Tushubdur boshima savdo, ramuzu ishqdin g’avg’o,
O’ziga ayladi shaydo, meni yo’qlar kishim bormu?

Turarga toqatim yo’qtur, yurarga holatim yo’qtur,
Yurakda ishq o’ti cho’qdur, meni yo’qlar kishim bormu?

Qarorim yo’q turay desam, Namangonda yuray desam,
Jahonni sayr etib kezsam, meni yo’qlar kishim bormu?

Bu miskin zor Mashrabni kishi holini bilmaydur,
Bu yerdin bosh olib ketsam, meni yo’qlar kishim bormu?

jasonnur
01-26-2007, 10:30 AM
Dunyo uinch ukinchlarim
Tulib ketar uksinsam
Eh,qaniyd men qor bulib
Sochingizga tukilsam
Usha kundek oppoq qorda
Sayr qilsangiz berilib
Men qor bulib qunaversam
Qoshingizga terilib
Zavqlansangiz bir kungina
hajrlardan haydalsam
Sog'inchimni sochib-sochib
Kipriklarga qadalsam
Kaftingizni ochib asta
Yig'ilishim kutsangiz
Sung pichirlab mayingina
Labingizga tutsangiz
Zora shunda sulim baxtlar
Shu lahzamga yarasa
baxtlilardan baxtli edim
labingizda erisam....

Jamshid Haqberdi

Iqbol
02-10-2007, 05:24 PM
A'zoyu javorihingni hozir qilg'il,
Jon birla ko'ngul hoziru nozir qilg'il.
Har lahza bir andishayu bir fikrni qo'y,
Andishayu fikringni borin bir qil.

Hijron aro yod etib meni shod etting,
Maxjur ko'ngulni g'amdin ozod etting.
Ne lutf edi, dey, huri parizod etting,
Go'yoki buzuq Ka'bani obod etting!


Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur!
Po'loddur ko'nglunggu bag'ring toshtur!
Nomamg'a agar yaxshi javobing yo'qtur,
So'kmak bila yod aylasang ham xushtur!




Husning sifatini eshitib zor o'ldum,
Ko'rmay seni ishqingg'a giriftor o'ldum.
So'rg'ilki, g'aming firoqi behol etti,
Ko'rg'ilki, ko'zung hajrida bemor o'ldum.





Ey yor, sening vaslingga yetmak mushkil,
Farxunda hadisinni eshitmak mushkil.
Ishqingni dog'i bir taraf etmak mushkil,
Boshni olibon bir sari ketmak mushkil.


Jismimda isitma kunda mahkam bo'ladur,
Ko'zind uchadur uyqu chu oqshom bo'ladur.
Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek,
Borg'on sori bu ortadur, ul kam bo'ladur.


Ishlar bori ko'nguldagidek bo'lg'usidur!
In'omu vazifa - bori buyrulg'usidur!
Ul g'allayu mahmilki, deb erding, bildim,
Mahmilg'a bo'yu g'alladin uy to'lg'usidur!

Zahiriddin Muhammad Bobur

Mas'ud
02-11-2007, 11:13 PM
Baxtlimisan, sevgilim?

Eslamasang ham meni,
Qanday qilib tonaman.
Yillar o’taru seni,
Unutolmay yonaman.
Mayli men-ku, qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?...

Bahor kelsa bog’larga,
Sevishganlar sig’maydi.
Mening kuygan ko’ksimda,
Qizg’aldoqlar yig’laydi.
Mayli men-ku, qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?...

Mendan qochib ketganing,
Mayli ko’ngling sog’ bo’lsin.
Mening ko’nglim cho’ksa ham,
Sening ko’ngling chog’ bo’lsin.
Mayli men-ku, qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?...

Qayda bo’lma omon bo’l,
Omon bo’lu, bilib ol –
Sening umring uzun yo’l,
Mening umrim bir savol:
Mayli men-ku, qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?...


Muhammad Yusuf

Mas'ud
02-13-2007, 07:55 AM
TILAK

Quyoshsiz yashashga o’rganib qoldim,
Ko’nikdi oyga ham shamstalab ko’zim.
Sizga baht tiladim,siz esa- menga,
Toqatlar tiladim o’zimga o’zim.

Tasbeh ayta-ayta charchadi sog’inch,
Sajdaga bosh qo’ydi toliqqan yurak.
Shu dam azrouldek jon oldi hijron,
Endi arvoh kabi kezadi tilak.

Lekin men tirikman,xavotir olmang,
Umid uzganim yo’q hayot gulimdan.
Sizsiz yashamoqni o’rgandim,demak,
Sizni sevmay yashash kelar qo’limdan.

Malika

Royal
02-13-2007, 10:44 PM
Boborahim Mashrab g'azallarini juda ham sevib o'qiyman, ayniqsa mana bunisi juda ham yoqadi.

MENI YO’QLAR KISHIM BORMU?

Namangondin ketar bo’lsam, meni yo’qlar kishim bormu?
G’ariblik shahrida o’lsam, meni yo’qlar kishim bormu?

Qani qavmu qarindoshim, bu yo’lda bo’lsa yo’ldoshim,
Ko’zumdin oqizib yoshim, meni yo’qlar kishim bormu?

Muhabbat sharbatin ichtim, qazondek qaynabon toshtim,
Bu foniy dunyodin kechtim, meni yo’qlar kishim bormu?

Tushubdur boshima savdo, ramuzu ishqdin g’avg’o,
O’ziga ayladi shaydo, meni yo’qlar kishim bormu?

Turarga toqatim yo’qtur, yurarga holatim yo’qtur,
Yurakda ishq o’ti cho’qdur, meni yo’qlar kishim bormu?

Qarorim yo’q turay desam, Namangonda yuray desam,
Jahonni sayr etib kezsam, meni yo’qlar kishim bormu?

Bu miskin zor Mashrabni kishi holini bilmaydur,
Bu yerdin bosh olib ketsam, meni yo’qlar kishim bormu?

Uzr offtop uchun


lekin tushunasmi ?

zula
02-13-2007, 11:50 PM
Uzr offtop uchun


lekin tushunasmi ?

Albatta tushunaman :)

Madalio'g'li
02-25-2007, 12:31 PM
Islom boshinga toj u torak bo'lsun
Yoring tun u kun Tangri teborak bo'lsun
Eshittim, Orus kafirini qirmish san,
Og'lum sanga g'oziliq muborak bo'lsun.

Shiyboniy

Madalio'g'li
07-05-2007, 04:13 AM
Rauf Parfi...


O’zbeklar aytingiz, bizda nima bor?
Bizda bor mutelik, qullik, ozorlar.
Bizda bor qullardan ketgan ixtiyor,
Hayqirib yotibdi buyuk mozorlar!

O’zbeklar aytingiz bizda nima bor?
Bizda yo’q ittifoq, bizda yo’q birlik.
Oyoq ostidadir insoniy huquq,
Oyoq ostidadir muqaddas hurlik!

Prince
07-18-2007, 03:36 PM
JaruleUZB - qales bratan? Telefonam qimisiz :) Sher-ga gap yoq!

Man uzim bir sher uqimagan odamman , maktabda xam sherlarni olganimni kunimdan yodlab borardim 2 olmaslik uchun lekin manbu sherni 1 chi marta ohirigacha uqidim...,
Shu savol-ni bermoqchidim!? SHer qilib..... javobi bolarmikin!?

Baxtlimisan, sevgilim?

Eslamasang ham meni,
Qanday qilib tonaman.
Yillar o’taru seni,
Unutolmay yonaman.
Mayli men-ku, qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?...

Bahor kelsa bog’larga,
Sevishganlar sig’maydi.
Mening kuygan ko’ksimda,
Qizg’aldoqlar yig’laydi.
Mayli men-ku, qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?...

Mendan qochib ketganing,
Mayli ko’ngling sog’ bo’lsin.
Mening ko’nglim cho’ksa ham,
Sening ko’ngling chog’ bo’lsin.
Mayli men-ku, qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?...

Qayda bo’lma omon bo’l,
Omon bo’lu, bilib ol –
Sening umring uzun yo’l,
Mening umrim bir savol:
Mayli men-ku, qon dilim,
Baxtlimisan, sevgilim?...


Muhammad Yusuf

:rolleyes::rolleyes::rolleyes::rolleyes:: :rolleyes::rolleyes: :(

Iqbol
07-31-2007, 12:31 AM
Ba’zida shunday go’zal iboralarga duch kelasizki, o’zingizning qo’llanib yurgan tilingizda xijolat bo’lib ketasiz. Quyidagi jumla so’z sultoni Navoiydan:

“Fano o’rmonzori aro visol daraxtining mevasidan bahramand bo’lganlar boshiga taqdirning zid ishlaridan har qanday jafo arrasi kelsa ularning so’zga chechan tillari yakka-yu yagona yaratguvchiga hamd aytishdan boshqa so’zni tilga olishdan va vafo daraxti soyasida maqsadga erishganlar oyog’iga charxning ketma-ket tushgan zarbalaridan har jafo teshasi tegsa, ravon nutqini butun borliqni yaratganga shukrlar aytishdan boshqa so’zlarga burmaydi”.

mimoza
07-31-2007, 08:02 AM
Wualaykum assalam... Alhamdullah, sog-salomatman...

Tushunganimcha, savolingizga javob beaman: She'r yozilgandan keyin, javobi bo'ladimi? degan m'noda savol berdingiz, chamasi....

She'r javob yozish uchun yozilmaydi... :)...

Umuman olganda, har qanday asar, u she'r yoki boshqa asar bo'lsin, nima uchun insonlarga yozishini o'ylab ko'rganmisiz?... Javobi shunday: Agar biror asar bizning ko'nglimizga mos tushsa, demakki o'sha asarda biz o'zimizning ma'lum qismimizni topgan ekanmiz... balki, hayotimizda shu she'rda kltirilgandek voqea bo'lgandir, balki shunga yaqin...hullas, aynan shu sababga kora o'quvchilar biror asarni baholasalar kerak deb o'ylayman...

Marhamat qilib yana bitta she'r:...;)

7 Iyul, 2007 yil...JaruleUZB "Kunst ist da, um an Wahrheit nicht zu sterben" Nietzsche.
"Haqiqat qurboni bolmaslik uchun, sanat mavzhuddir" (menga eng joqqan tarif)

Iqbol
07-31-2007, 11:51 AM
"Kunst ist da, um an Wahrheit nicht zu sterben" Nietzsche.
"Haqiqat qurboni bolmaslik uchun, sanat mavzhuddir" (menga eng joqqan tarif)


"Haqiqiy san'at Allohni qidirishlikdir", Najib Fozil.

Bu esa menga yoqqan ta'rif :)


Nietzche'ning so'zini esa menimcha "Voqelikning qurboni bo'lmaslik uchun san'at mavjuddir" deb talqin qilsa to'g'riroq bo'ladi. Chunki, Insoniyat tarixi Haqiqatga yetibborishlik uchun harakatdan iborat. Diniy shuurdagi insonlar bo'lsin ( ibodat, toat, tafakkur bilan), dinni rad qiladigan toifalar bo'lsin ( "pozitiv ilmlarni" rivojlantirish yo'li bilan), doimo odamlar Haqiqatga intilganlar, Hikmatni kashf qilishga uringanlar.

Nietzsche esa voqelikdan, ya'ni odamlar o'zlariga o'zlari qurib olgan, Haqiqatdan uzoqlashib ketgan voqelikning jirkanchligini bilganlar, san'at orqali o'zlarini qutqarishga, voqelikdagi to'siqlarni yengib o'tish uchun Haqiqatga san'at orqali intilish kerakligini nazarda tutgan.

Samimiy
07-31-2007, 12:22 PM
O'zimni hozir aynan shunday his qilyapman... :(


* * *
Ko’nglimga qil sig’mas,
Sen esa qanday shirin,
Sen esa qanday ulkan.
Rauf Parfi

Iqbol
07-31-2007, 12:25 PM
O'zimni hozir aynan shunday his qilyapman... :(


* * *
Ko’nglimga qil sig’mas,
Sen esa qanday shirin,
Sen esa qanday ulkan.
Rauf Parfi

zo'rku :) ko'nglingizda qil ham sig'maydigan darajada bo'sh yer qolmagan bo'lsa, yetishib bo'libsiz, bizga ham duo qilib qo'ying :)

mimoza
08-03-2007, 09:55 AM
"Haqiqiy san'at Allohni qidirishlikdir", Najib Fozil.

Bu esa menga yoqqan ta'rif :)


Nietzche'ning so'zini esa menimcha "Voqelikning qurboni bo'lmaslik uchun san'at mavjuddir" deb talqin qilsa to'g'riroq bo'ladi. Chunki, Insoniyat tarixi Haqiqatga yetibborishlik uchun harakatdan iborat. Diniy shuurdagi insonlar bo'lsin ( ibodat, toat, tafakkur bilan), dinni rad qiladigan toifalar bo'lsin ( "pozitiv ilmlarni" rivojlantirish yo'li bilan), doimo odamlar Haqiqatga intilganlar, Hikmatni kashf qilishga uringanlar.

Nietzsche esa voqelikdan, ya'ni odamlar o'zlariga o'zlari qurib olgan, Haqiqatdan uzoqlashib ketgan voqelikning jirkanchligini bilganlar, san'at orqali o'zlarini qutqarishga, voqelikdagi to'siqlarni yengib o'tish uchun Haqiqatga san'at orqali intilish kerakligini nazarda tutgan.
Hamma sana't ham Allohni qidirishga atalmagan, bu bitta aspekti butun sana'tning, tog'rimi? Sizga shu zhanr joqsa..., 'did togrisida sporlashmajdilar'.
Siz bergan tarzhima zhuda ham originaldan uzoqlashib ketibdi, fikrlaringiz, birinchi absatzdagi, zhuda ham aqlli. Lekin san'at ham haqiqatni qidirishga bagishlansa, bu narsa sanat deb atalmagan bolardi, sanatga Nietzsche ham boshqacha tarif bergan bolardi. Men bu tarifni berganimni sababi, juqoridagi userning fikrlariga ("oquvchi asarda ozini korgani uchun unga asar joqadi' mazmunidagi) joritish keiritish edi.

Iqbol
08-03-2007, 10:03 AM
Hamma sana't ham Allohni qidirishga atalmagan, bu bitta aspekti butun sana'tning, tog'rimi? Sizga shu zhanr joqsa..., 'did togrisida sporlashmajdilar'.
Siz bergan tarzhima zhuda ham originaldan uzoqlashib ketibdi, fikrlaringiz, birinchi absatzdagi, zhuda ham aqlli. Lekin san'at ham haqiqatni qidirishga bagishlansa, bu narsa sanat deb atalmagan bolardi, sanatga Nietzsche ham boshqacha tarif bergan bolardi. Men bu tarifni berganimni sababi, juqoridagi userning fikrlariga ("oquvchi asarda ozini korgani uchun unga asar joqadi' mazmunidagi) joritish keiritish edi.

Albatta, men keltirib o'tgan san'atning bir tarifi.

O'sha fikrning kengroq variantida Najib Fozil "San'at go'zallikni qidirishdir. Haqiqiy go'zal, mutlaq go'zal esa Allohdir. Shuning uchun, haqiqiy san'at, mutloq san'at Allohni qidirishdir" deb aytgan.

Tarixni qarasangiz, haqiqatdan ham insonlarni san'atga shavq etgan, chorlagan bu go'zallikdir. va, eng go'zal asarlar esa ilohiy go'zallik qidirganlar tarafidan, ilohiy ishq tarafidan yonib kul bo'lganlar tarafidan yozilgan. Bularga shoirlar ham, rassomlar ham, me'morlar ham va boshqa san'atkorlar ham kiradilar.

mimoza
08-03-2007, 10:41 AM
Albatta, men keltirib o'tgan san'atning bir tarifi.

O'sha fikrning kengroq variantida Najib Fozil "San'at go'zallikni qidirishdir. Haqiqiy go'zal, mutlaq go'zal esa Allohdir. Shuning uchun, haqiqiy san'at, mutloq san'at Allohni qidirishdir" deb aytgan.

Tarixni qarasangiz, haqiqatdan ham insonlarni san'atga shavq etgan, chorlagan bu go'zallikdir. va, eng go'zal asarlar esa ilohiy go'zallik qidirganlar tarafidan, ilohiy ishq tarafidan yonib kul bo'lganlar tarafidan yozilgan. Bularga shoirlar ham, rassomlar ham, me'morlar ham va boshqa san'atkorlar ham kiradilar.Bu allohga ishonuvchilar nazarida shundajdir, lekin umumij emas, jani hamma uchun akceptabelnyj emas.
Bu narsa, ikkinchi absatz, Wahrheit'ni 'voqelik' deb tarzhima qilishga orinli argument emas. Ilohij'- alloh emas, shundajmi?

Iqbol
08-03-2007, 10:42 AM
Bu allohga ishonuvchilar nazarida shundajdir, lekin umumij emas.
Bu narsa, ikkinchi abzatz, Wahrheit'ni 'voqelik' deb tarzhima qilishga orinli argument emas. Ilohij'- alloh emas, shundajmi?

nemischa bilmayman, shuning uchun Wahrheit haqida bir narsa deya olmayman.

ilohiy kuch sifatida kim Allohni tushunadi, kimdir boshqa bir kuchni tushunadi.

Lekin, qanday nom ishlatilishidan qat'iy nazar ilohiy deganda, men mutloq yaratuvchi kuchni nazarda tutdim.

Madalio'g'li
08-04-2007, 01:38 PM
Shuhado gavdasi, bir boqsang-chi tog'lar-toshlar,
U ruk'u bo'lmasa dunyoda egilmas boshlar,

Mehmet Akif

Madalio'g'li
08-11-2007, 05:17 AM
Nedim'den...


O gül endam bir al şala bürünsün yürüsün
Ucu gönlüm gibi ardında sürünsün yürüsün

Mas'ud
08-31-2007, 11:02 PM
Yomon o’rtayapti dilni hijroning,
Muncha qattiq bo’ldi hukming, ijroing?
Ozgina bo’lsa ham bormi vijdoning?
Meni tirnog’ingda so’yib ketgansan.

Boshingga durrani egri qo’ndirib,
Necha oshiqlarning ko’nglin sindirib,
Do’ppiday joydan ham o’sma undirib,
O’roq qoshlaringga qo’yib ketgansan.

Gul bilan bezatib yotoqlaringni,
Maysalar o’padi etaklaringni,
Haq bilib ldamchi ertaklaringni,
Kenja botirlarni suyib ketgansan.

Sen oysan. Qo’limni uzatolmayman,
Bedavo ko’ngilni tuzatolmayman,
Hattoki ortigdan kuzatolmayman,
Ko’zlarimni o’yib-o’yib ketgansan.

Ming yil yig’lasam ham yoqamni yirtib,
Mungli qo’shiqlarni barilla aytib,
Baribir kelmaysan ortingga qaytib –
Mendek oshiqlardan to’yib ketgansan.

bir do'stim ijodidan...

Mas'ud
09-01-2007, 04:44 PM
Áàҳîðíè қ¢ìñàá...


Ìàéèí áàҳîð åëè ýñãàíäà,
Ê¢ê îñìîííè áóëóò ò¢ñãàíäà,
Îâîçèäàí òîì áèòèá қóëîқ,
Ãóìáóðëàñà ìîìîқàëäèðîқ,
Øàðèëëàòèá ¸ìғèð ¸ққàíäà,
Ñîéëàð ò¢ëà ñóâëàð îққàíäà,
Þç òîâëàíèá ê¢êäà êàìàëàê,
¡éíàãàíäà áîëàëàð âàððàê..
Îçîä қóøëàð îñìîíäà ïàðâîç,
Ýòèá øîäîí қèëãàíäà îâîç,
Қàëäèðғî÷ëàð "âàëôàæðè" àéòèá,
Èíëàðèãà êåëãàíäà қàéòèá,
Ҳàì òóðíàëàð òèçèëèá øóíäîқ,
Ê¢ê á¢éíèãà òàққàíäà ìóí÷îқ..
Åðäà ýñà, ðàíãáàðàíã ãóëëàð,
Áèíàôøàþ ðàéҳîí, ñóíáóëëàð,
Àòèðãóëëàð ҳèäèäàí ñàðìàñò,
Á¢ëãàíèäà îëàì ҳàð íàôàñ..
Àíáàðàôøîí èñëàð òàðàòèá,
¨ø-қàðèíè ¢çãà қàðàòèá,
Êåëèí÷àêäåê ¢ðèê î÷èëèá,
Òóðñà, áîøãà îқ ҳàðèð èëèá,
Áó ҳîëàòíè ê¢ðèá ýðòàëàá,
Øóäðèíã қ¢éñà ¸íîғèãà ëàá..
Ìàéñàëàð-ëà áåçàá òàíèíè,
Çóáòóðì, қîқè ¢ò ¢ñãàíèíè,
Õóøá¢é ÿëïèç, èñìàëîғèíè,
Áîëäèðғîíó îòқóëîғèíè,
Àðèқá¢éè қèëãàíäà ê¢ç-ê¢ç,
Æàìîëèãà á¢ëèá ëîë, îæèç,
Ìàæíóíòîëëàð íåòàðèí áèëìàé,
Áîøèí ýãèá òåáðàíñà òèíìàé…
Îëà÷èïîð áàðãëàðèí ¸çèá,
Òèê қàä áèëàí ê¢êêà á¢é ÷¢çèá,
ßïðîқëàðè øèëäèðàá òåðàê,
Øàìîëëàðäàí áåðãàíäà äàðàê..
Қèçғàëäîқäàí ÷¢ëäà ҳàì, қàðà,
Тé áåðãàíäà àæèá ìàíçàðà..
Õóëëàñ, áàҳîð ôàéçèäàí ҳàð æîé,
Ê¢ðêàì á¢ëèá, î÷ãàíäà ÷èðîé..
Ñîғèíäèì ìåí ¡çáåêèñòîííè,
Èéìîí þðòè, ê¢ҳíà Òóðîííè..
Ê¢ê ãóìáàçëàð óçðà ïîðëàãàí,
Ïîêëèê, èéìîí, ýðêêà ÷îðëàãàí,
ßðèì îéãà èíòèқ á¢ëèáìàí,
Ýñëàá óíè ғàìãà ò¢ëèáìàí..
Ýâîҳ, áóðóí âàқòëàðíè ýñëàá,
Øîí-øàðàôó áàõòëàðíè ýñëàá,
Ҳàñðàò èëà òîëàìàí ¢éãà,
Íåëàð áèçíè ñîëäè áó ê¢éãà?..

Àõèð ҳîçèð æèëäèðàá òóðãàí,
Áåҳîëãèíà, áåìàæîë þðãàí,
Àìó, Ñèðëàð ïèøқèðèá, òîøèá,
Îқàð ýäè þãóðèá, øîøèá..
Ñîëìàé ò¢ғîí ҳå÷ êèì é¢ëèãà,
Ñóâ қóÿðäè Îðîë ê¢ëèãà..
Îðîë ýñà ê¢ïèðèá, ò¢ëèá,
Ê¢ðãàíëàðíè қ¢ðқóâãà ñîëèá,
Ï¢ðòàíàñèí îòèá ҳàð ¸ққà,
Óðèëàðäè êåëèá қèðғîққà..

Ýíäè áèëñàì, áóëàðíèíã áàðè,
Êå÷à ýêàí, ¸ óíäàí íàðè..
Ýíäè áèëñàì, Îðîë ҳîçèðäà,
Àҳâîëè òàíã, қàëáè îçóðäà,
×îð àòðîôèí òóç ¢ðà¸òèð..
Àñòà-ñåêèí æîí áåðà¸òèð...
Àòðîôèãà òóçëàð ¢ðàëìàé,
Қàáîҳàòëè Æàñëèқ қóðèëìàé,
Á¢ëìàñìèäè ãóëëàð ¢ðàëñà,
Æàííàòìîíàíä æîéëàð қóðèëñà...
Àìó, Ñèðíè íå÷à æîéèäàí,
Þқîðèäàí, áåëäàí, ïîéèäàí,
Ò¢ғîíëàð-ëà á¢ғèá îëìèøëàð..
Ñóâëàðèíè ñîғèá îëìèøëàð..
Îðîëèãà åòîëìàé é¢ëäà..
Қîëèá êåòìèø ñàҳðîäà, ÷¢ëäà..

Ïàñòäà ýñà, æàíóáíè қàìðàá,
Áå÷îðàҳîë õàëқèìíè ÿìëàá,
Þòà¸òãàí áèòòà þҳî áîð..
Ñàêêèç áîøëè áèð àæäàҳî áîð..
Çàҳàð ñî÷èá ¸òàð áåòèíèì,
Êå÷à-êóíäóç òóòàð áåòèíèì..
âäàêëàðè òóғèëàð ÷àëà,
Áàúçàí íèìæîí, áàúçàí íèìêàëà..
Ìóñèáàò áîð ҳàð êóí ҳàð óéäà,
Ҳàëîâàò é¢қ, íà ñàéèë, ò¢éäà..

Òàáèàòãà êåëãàí áó қèðîí,
Îäàìëàðíè ҳàì ýòäè âàéðîí..
Îñèéëèãè-÷óí Ҳàққà áàëêèì,
Òàíàççóëãà êåòìîқäà õàëқèì..
Қàí÷à æàáҳà, қàí÷à ñîҳàäà,
Øàҳàð, òóìàí, қèøëîқ, âîҳàäà,
Ҳàëîêàòãà þç òóòàð õàëқèì!
Æàðëèê òîìîí æèì êåòàð õàëқèì!

Áèð âàқòëàð èáîñè áèëàí,
Åðãà åòãàí қàáîñè áèëàí,
Äîíғè êåòãàí ¢çáåê à¸ëè,
Èôôàò èëà øàðìó ҳà¸ëè,
Áóãóí èôôàò ïàðäàñèí éèðòìèø..
Àçèç ìóëêè - òàíàñèí ñîòìèø..
"¡çáåêìàí", äåá ê¢êðàãèí êåðãàí,
"¡çèì áåê", äåá ê¢êñèãà óðãàí,
Éèãèòëàðíèíã ñàñè қàéäàäèð?..
Ғèææàê, äóòîð, òàíáóð, íàéäàäèð..!
Áèðîқ, èéìîí, àõëîқëàðèíè,
Áîéëèêëàðè, àðçîқëàðèíè,
Êàëàìóøëàð áåìàëîë, îðîì,
Êåìèðìîқäà òèíìàé, áàòàìîì..

Shokirbek

Madalio'g'li
09-07-2007, 01:25 AM
Alixonto'ra Sog'uniy Turkiston haqida


Borlig'im saqlay desang, ilm-hunardan qil yaroq!

Yo'q esa olg'ay boringni, qilmay hech kim so'roq.

Yer yuzi o'zgardi ammo, o'zgarish bizda yo'q,

Sindi Turkiston elining boshida yuz ming tayoq.

Och ko'zing Turon eli, zing'ir bo'lur qo'ychibon,

Bormi bu yongliq ulon, payqab qara boshdin oyoq!

Har o'g'il voris bo'lur qolgan otaning moliga,

Bo'ldi Turkiston elining vorisi yuzsiz qaroq.

Mol egasidur qaroqchilar bu ajoyib ishga boq!

Baxt ochilmas ul kishilar, kim erur ilmsiz,

Ilmsizlar xor bo'lur hohi qarodur, hohi oq.

Qaysu millat ustidin hokimlik etsa boshqalar,

Bu kabi xorlik hayotdan o'lganidir yaxshiroq.

Ilmu iymon ikkisidun bahralik bo'l ey o'g'il!

Bu ikkovlon birla olg'aysan qo'lingga shamchiroq.


Alixonto'ra Sog'uniy


http://www.iqbol.com/index.php?name=News&topic=4&page=2

VatanparvaR
09-08-2007, 01:49 AM
Men hech narsa so'rmasman, dilbar,
O'tmishingdan so'zlama zinhor.
Men ham bir bor sevganman, yetar...
Qarasang-chi, atrofda bahor...


Parfi

g'ij-g'ij ma'no ekan..

Mas'ud
09-14-2007, 06:51 AM
Yahshiyam, bilaman yetti pushtimni,
Yahshiyam, tug'ildim ota yurtimda.
Yahshiyam, bolalar sen deb gapirmas,
Yahshiyam, rafiqam ko'tarmas qadah.

Yahshiyam, so'z o'ynab topmasman boylik,
Yahshiyam, bilaman halol mehnatni.
Yahshiyam, bir kuni o'lsam do'stlarim,
Karnay-surnay chalib, ichishmas araq...

unknown author...

Asadbek
09-14-2007, 06:57 AM
...

Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qaro bo’yoqlar bizning bog’larda...
Men million bo’yoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor bo’lgan chog’larda.


Usmon Azimdan

Mas'ud
09-16-2007, 04:41 AM
Hayot – tushunmagan falsamam mening,
Umr – kundalikka o’xshagan daftar.
Dunyo – kiprigimda qotib qolgan mung,
Ajal – ruh ko’kida yovvoyi kaptar.

Osmon – olamlarga sig’mas vujudim,
Quyosh – yonib turgan vujudim mening.
Imon – olam aro mening bor-budim,
Bardosh – yerga tegmas kuragim mening.

She’rim – yuragimning nafasi – havo,
Qalam – oq qog’ozda titragan ko’nglim.
Adolat – suvlari qurimas daryo,
Haqiqat – yuragi qonalgan singlim.

Orzu – osmonlarga sig’magan oqqush,
Armon – orzularning singan qanoti.
Baxt – men ko’rolmagan go’zal-go’zal tush,
Dard – shoir odamning yana bir oti.

Shodlik – tor kulbamning erka mehmoni,
Alam – yuragimi zabt etgan mezmon.
Poklik – umrimning goh ojiz tomoni,
Shuhrat – tomirimda oqolmagan qon.

Hijron – oramizni buzgan yosuman,
Sevgi – men rangini anglolmagan gul.
Rashk – ishqim ko’kini qoplagan tuman,
Visol – men boshini toplmagan yo’l.

Behzod Fazliddin

Shokirbek
09-17-2007, 06:23 AM
ÀÉËÀÍÄÈ

Äàëîëàò äàðêîðãà àéëàíäè,
Ìóҳàááàò îçîðãà àéëàíäè,
Õóøîìàä èçҳîðãà àéëàíäè,
Áîçîðëàð ìîçîðãà àéëàíäè.

Îé ÷èқèá îé áîòàð─êóí ÷èқìàñ,
Áèð áîòãàí ê¢íãèëäàí òóí ÷èқìàñ,
Èøîíãàí Ҳîôèçäàí óí ÷èқìàñ,
Òàáèáëàð áåìîðãà àéëàíäè.

Çîғëàðíè ñèéëàøàð ãóë áèëàí,
Ìàðäëèêíè ¢ë÷àøàð ïóë áèëàí,
Øàҳàðëàð øóҳðàòè òóë áèëàí,
Ñóҳáàòëàð қèìîðãà àéëàíäè.

Қ¢øíèñèí òàíèìàñ ¸í қ¢øíè,
¡éëàøàð Ҳîêèìãà ¸қèøíè,
Қîçîíãà áîñèøàð Îққóøíè,
Õîäèìà õóøòîðãà àéëàíäè.

Çàððàëàð þëäóçãà äàúâîãàð,
Êå÷àëàð êóíäóçãà äàúâîãàð,
Қó¸íëàð қóíäóçãà äàúâîãàð,
Ñîääàëàð àé¸ðãà àéëàíäè.

Ìàқòàëãàí ã¢çàëíèíã òóðқè é¢қ,
Ҳàëîëäàí ҳàðîìíèíã ôàðқè é¢қ,
Áèð ÿõøè çàìîííèíã òàðҳè é¢қ,
¡ғðèëàð ñàðäîðãà àéëàíäè.

…Áîçîðäà èíñîôäàí ñ¢çëàìàíã,
Ҳóêóìàò áîðìè äåá, á¢çëàìàíã,
Äåҳқîííè áîçîðäàí èçëàìàíã,
Àé¸ðëàð òàé¸ðãà àéëàíäè.

Ìàòîҳíèíã àðçîíè îäàìçîä,
Ñîòîëìàé ñàðñîíè îäàìçîä,
Ñè¸ñàò ñàíäîíè îäàìçîä,
Òèғäîðëàð òóғäîðãà àéëàíäè…

… Èíèëàð îғàíè ÷îïèøàð,
Қèðғèíãà áàҳîíà òîïèøàð,
Òîáóòãà ã¢øàíãà ¸ïèøàð,
Éèғèëà𠓨ð-¸ð”ãà àéëàíäè.

Ìóғàííèé.


:( :(

Asadbek
09-18-2007, 02:43 AM
Bog'lar kiymish ilohiy libos.
Yuragimni bir otash dog'lar -
Quyosh tutib kelayotir yoz.

Nima bo'ldi? Kipriging nammi,
Ko'zlaringda yashirin asror,
Devordagi suvratim qani?
Nima bo'ldi? Qalbingda ne bor?

Yog'ar oppoq, pag'a-pag'a qor,
Dardim qorlar kabi sochilar.
Huv yiroqda gullagan bahor
Bo'ylari ko'ksimga sanchilar.

Rauf Parfi

Maftuna
10-02-2007, 02:43 PM
Ming yillarkim, bulbul kalomi
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho'rlik to'tining holi
O'zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she'rga solaman.
Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to'ti bo'lib qolaman...

Abdulla Oripov.

Asadbek
10-03-2007, 12:44 PM
Bahor yashnab, yozda yonib,
Kuzda kulga aylandik.
Qish qorlarin eritmoq-chun,
Otash izga boylandik...

Asadbek

Mas'ud
10-04-2007, 01:14 AM
NA' MATAK

Nafis chayqladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.

Tog'lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!


Oybek

Maftuna
10-04-2007, 02:05 PM
Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidin yo'q nishon
Necha gulgunpo'sh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda tortig'liq, turarlar bag'ri qon.

Jahon otin Uvaysiy.

Mas'ud
10-12-2007, 11:23 PM
Tongga quchoq ochib turgan,
Ul ayvonni sog’inganman.
Shirin ifor sochib turgan,
Gul rayhonni sog’inganman.
Qollariga xino qo’ygan,
Chiroyiga bino qo’ygan
Soyamdanam qochib yurgan,
Nigoronni sog’inganman.

Qaysi ona “bolam” deydi,
O’shal meni onam bo’lgay.
Tillaridan to’kilgan bol,
Asal mening onam bo’lgay.
Bu dunyoda hammadan ham,
Go’zal mening onam bo’lgay.
Kecha kunduz duo qilgan,
Mehribonni sog’inganman.

Qishlog’imdan qadam uzib,
Tosh shaharni panoh qildim.
Diydam qotib ketdi bunda,
Diydorimni uzoq qildim.
Bitta savob ishni qilmay,
Qancha qancha gunoh qildim.
Qaroqchitol degan otliq,
Gul makonni sog’inganman.

Peshonamga bitik bitgan,
Qahri qattiq taqdirmidi?
Bir kun do’stsiz ichgan oshim,
Achchiqmidi, taxirmidi?
Bilmam meni sog’intirgan,
O’choqmidi, tandirmidi?
Tandirning og’zida pishgan,
Kulcha nonni sog’inganman.

Kaftlarimda mayda toshlar,
Bundan ortiq qadoq bo’lmas.
Qancha malham surib ko’rdim,
Lekin sira adoq bo’lmas
Bundan ortiq sog’inch yo’qdir,
Bundan ortiq firoq bo’lmas.
Bostirmada qolib ketgan
Loy ketmonni sog’inganman.

Mendan keyin yana qancha,
Maysalar ham o’roq ko’rgan.
Omonat deb izlarimni,
Shu maysalar o’rab qo’ygan.
Qo’nib o’gan har qushchadan,
Kaminani so’rab qo’ygan.
Yetim qolgan dala-dashtni,
Va shiyponni sog’inganman.

Deydilar yon qo’shni bo’lsa,
Bolangga ish topilmaydi.
Qozoning ham turar aynab,
Biror tashvish topilmaydi.
Kunda mehmon kelsa ham-ki,
Darvozlar yopilmaydi
Yon qo’shni – jon qo’shni bo’lgan,
Qadrdonni sog’inganman.

Bilolmayman nima hohlab,
Yana neni istayapman.
Qishlog’imga eltib qo’y deb,
Hayolimni qistayapman.
Onam isi kelib turgan,
Har narsani qo’msayapman.
Yo choydishni sog’inganman,
Yo qumg’onni sog’inganman.



Sinfdosh do'stim ijodidan...

Izoh: U do'stim vodiyning "Qaroqchitol" degan qishlog'idan...shuning uchun yuqoridagi she'rda ushbu joy nomi tilga olinadi

Abdug'ofur
10-13-2007, 11:15 AM
Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidin yo'q nishon
Necha gulgunpo'sh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda tortig'liq, turarlar bag'ri qon.

Jahon otin Uvaysiy.

Anor. Topdimmi? :)

Maftuna
10-14-2007, 10:55 AM
Anor. Topdimmi? :)

Bale!.. Topdingiz.

Maftuna
10-15-2007, 07:12 PM
Kuy avjida uzilmasin tor,
She'r yarmida sinmasin qalam.
Yashab bo'lmay umrini zinhor
Bu dunyodan ketmasin odam.

Qo'ldan tushib sinmasin qadah,
Lab tekkanda to'kilmasin may.
To'xtamasin urib turgan qalb,
Boshlab qo'ygan qo'shig'i bitmay.


Erkin Vohidov.

rosefire
10-15-2007, 07:45 PM
bu opamlarni eng sevimli sheri
rahmat eslatganiz uchun:)
Kuy avjida uzilmasin tor,
She'r yarmida sinmasin qalam.
Yashab bo'lmay umrini zinhor
Bu dunyodan ketmasin odam.

Qo'ldan tushib sinmasin qadah,
Lab tekkanda to'kilmasin may.
To'xtamasin urib turgan qalb,
Boshlab qo'ygan qo'shig'i bitmay.


Erkin Vohidov.

rosefire
10-15-2007, 07:53 PM
Maftuna opaga:
Maftunaqiz forum ahlini
Maftun qildi satrlaringiz
So' z topishga ojizman rosti
Arzir ijodiz-la fahrlansangiz

sherlarizi o'qib ilhomlanib ketdim:), lekin ja sher yozvorormeman:uups:, ohshamagan bosayam, qabul qilasiz degan umiddaman

Maftuna
10-15-2007, 09:15 PM
Rahmat, shirin singlim, judayam mamnunman. Forum she'rlari ko'nglingizga yoqqanidan xursandman.

Mas'ud
10-15-2007, 10:00 PM
Alvido deng, alvidolar ayting so'nggi bor,
Ko'zingizni yumib, keyin mendan buring yuz.
Toqatim toq, bog'ingizdan uchayapman, yor,
Qarg'amangiz, bog'ingizga kelar bo'ldi kuz.

Men bilmayman, tushgan yo'lim xatomi, xayrli,
Rostin yozay tun kaulmati o'rab kelgan choq.
Garchand tushmagan bo'lsam ham bir lahza ayru,
Bir lahza ham yashamadim siz bilan biroq.

Sabab bo'ldim bag'ringizga qo'ngan dog'larga,
Bekor bo'ldi menga ko'ngil qo'yganlaringiz.
Bog'ingizda meni ko'rib, o'zga bog'larga
Bitta-bitta uchib ketdi suyganlaringiz.

O'sha paytlar bu hol menga tuyulgandi shon,
Sarob ekan, tutar-tutmay izlab qoldim men.
Bu satrlar quyilarkan oshga urar qon,
Sizdan soviy-soviy bugun muzlab qoldim men!

Alvido, yor, to'kilmoqda toqat degan jom,
Ketmoq ishqi kuydirmoqda o't bo'lib mani.
Alvido, yor, ko'ksingizdan o'chiring tamom,
Bog'ingizga yanglish qo'nib uchgan qushchani.

Halima Hudoyberdieva

Shokirbek
10-16-2007, 01:16 AM
Ôóðñàò

Áó äóí¸äà òîéìàãóâ÷è òó¸қ áîðìè?
¨êè, õàòî қèëìàãóâ÷è èÿê áîðìè?
Áàð÷à èíñîí, áàð÷à îñèé. ¨êè áóíäà,
«Ïîêìàí» äåãàí áèðîí-áèð «îқñóÿê» áîðìè?

Ôàқàò åíãèá, åíãèëìàãàí áèëàê áîðìè?
Ҳàð áèð ñ¢çè áîìóñòàæîá òèëàê áîðìè?
Áèðîð ìàðòà õîð á¢ëìàãàí øàҳàð қàéäà,
Ìàäîðàñìè, Ïåøîâàðìè, Қàíäàҳîðìè?

Ãè¸ҳ áîðìè õîðëàíìàãàí, õàñëàíìàãàí?
Þðàê áîðìè ìàҳçóí á¢ëèá, ғàøëàíìàãàí?
Áèðîí ìàðòà ғàì «ê¢ðìàãàí» ïåøîíà é¢қ,
×àøì ҳàì é¢қ íàìëàíìàãàí, ¸øëàíìàãàí.

Æóðúàò é¢қäèð èêêèëàíèá, óøëàíìàãàí,
Қóââàò ҳàì é¢қ ҳîëñèçëàíèá, á¢øëàíìàãàí.
Ôàқàò…ìåíèíã þðàãèìäà óõëàá ¸òãàí,
Æóäà óëêàí ғàëà¸í áîð, áîøëàíìàãàí.

Ó ғàëà¸í àñêàðëàðèí óéғîғè é¢қ.
Óéғîíñà ãàð, қàéòàäèðãàí ñè¸ғè é¢қ.
Қàíîòëèäèð ҳîçèðëàíãàí òóëïîðëàðè,
Ìóíêèá, òîéèá êåòãóäàéèí òó¸ғè é¢қ.

Äåìèøëàð-êè, «áèð èø қèëñàíã, ¢éëàíèá қèë,
Ìàéäîíãà ñåí ÷èқìàãèë ҳå÷ á¢ø êîð áèëàí»
Øóíäàí ìåíèíã þðàãèìäà èñ¸íëàðèì,
Óõëàá ¸òàð òàï òîðòìàãàí ëàøêàð áèëàí.

------
Qirg'izistonlik shoir Shamsuddin Hakimov ijodidan..
(Uning "Cho'g'langan orol" nomli to'plamidan olindi).

jasonnur
10-16-2007, 10:20 AM
Ko‘nglim to‘lib-toshib senga aytay o‘lan,
Soylardan sho‘h, ohularday erkaginam.
Tunday qaro soching menga bo‘lsin gilam,
Yolg‘iz menga atalgansan, dilbarginam,
Qaysarginam, qaysarginam, qaysarginam.

Duo bilan taqdirni-da sindiraman,
Muhabbatim yuragimga singdiraman,
O‘zim borib onangni ham ko‘ndiraman,
Yolg‘iz menga atalgansan, dilbarginam,
Qaysarginam, qaysarginam, qaysarginam.

Umrim o‘tsin termulgancha qarog‘inga,
Aytchi yana qancha chiday qiynog‘inga?!
Kerak bo‘lsa o‘t qo‘yaman qishlog‘inga,
Yolg‘iz menga atalgansan, dilbarginam
Qaysarginam, qaysarginam, qaysarginam.

Arazlaring kiprigingday uzun-uzun,
Senga shafqat, o‘z-o‘zimga tilay to‘zim.
Qaysar bo‘lsang, sendan o‘tgan qaysar o‘zim,
Yolg‘iz menga atalgansan, dilbarginam
Qaysarginam, qaysarginam, qaysarginam

Abdulazizi Muborak
(eh qishloq tuylari esimga tushib ketti :( )

Mas'ud
10-20-2007, 07:56 AM
“SEVAMAN”

Men bu so‘zni qanchalar kutdim,
Uni kutib, so‘ldi gullarim.
Shu so‘zni deb o‘zni unutdim,
O‘tib ketdi yoshlik yillarim.

O‘ylamovdim eshitaman deb,
Sochimga oq oralaganda.
O‘ylamovdim eshitaman deb,
Ajal zimdan mo‘ralaganda.

O‘zingmisan? Ishonmayapman,
Jim yashashdan oxir toldingmi?
Sen o‘zingga o‘xshamayapsan,
Yo chindanam sevib qoldingmi?

Nega qarab turibsan osmon,
Boshimdan gul yog‘ib bersan-chi!?
Yuzlarimdan o‘pmaysanmi oy,
Bulutdan baxt sog‘ib bersan-chi!?

Oqaverdi suvdek yillarim,
Hatto o‘ylab ko‘rmabman bir oz.
Shu so‘zni deb o‘tibdi umrim,
Shu so‘zni deb yashabman xolos.
Men bu so‘zni qanchalar kutdim…

BEHZOD FAZLIDDIN

Maftuna
11-02-2007, 11:17 AM
Hamma esnab turdi, quloq solmadi
Qayg'umni gapirib bergan vaqtimda.
Meni alqamagan kishi qolmadi
Qayg'umni nazmga tergan vaqtimda.

Cho'lpon.

Mas'ud
11-02-2007, 09:56 PM
AGAR SEN SEVMASANG...

Ketaman
Bu yerdan bosh olib,
Majnunni siylagan sahroga.
Ketaman
Ko‘zimga yosh olib,
Yulduzlar vatani— samoga.

Bo‘lmasa,
Harsangga bog‘lanib,
Cho‘kaman tubi yo‘q ummonga
Yoki ko‘kkaptarga aylanib,
Uchaman Ko‘hi Qof tomonga.

Do‘st tutib tongdagi shabnamni,
So‘ng singib ketaman tuproqqa
Ketaman
Yig‘latib onamni,
«Borsa kelmas»dan ham yiroqqa.

Ketaman
Baribir ketaman,
Shu mening eng so‘nggi qarorim.
Suymasang suykalib netaman?!
Alvido!!!
Suyukli dildorim,
Ke-ta-mannn!!!

Abdulaziz Muborak. 1994 y.

Asadbek
11-04-2007, 12:10 PM
Mehr qo'ygan chin hayot -
Sen yuborgan gul g'uncha.
To o'lguncha asrayman,
Gul bo'lib ochilguncha.


Sharof Rashidov, "G'uncha" she'ridan

Godunov
11-04-2007, 12:35 PM
Begunoh Ohu

Xayr, endi sen ketding begunoh Ohu,
Xayr, endi qalbimda bir vido qoldi.
Bugun sen qaydasan, qaylarda qolding,
Bugun bosh ustingda kimning firog-i.
Seni kech topgandim, erta yo'qotdim,
Qarg'agil roziman meni qahringga.
O'zgalar qalbidan qadr o'yg'otdim,
Lekin yetolmadim o-zing qadringga.


Sherali Jurayev

Godunov
11-04-2007, 12:41 PM
NA' MATAK

Nafis chayqladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.

Tog'lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

Kim yozganini aniq bilmayman (Zulfiya?), lekin menga juda yoqadi.

jasonnur
11-05-2007, 11:08 PM
NA' MATAK

Nafis chayqladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.

Tog'lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

Kim yozganini aniq bilmayman (Zulfiya?), lekin menga juda yoqadi.

bu she'rni Oybek yozgan

Maftuna
11-07-2007, 10:33 AM
Bir tutam sochlaring mening qo'limda,
G'ijimlab o'paymi, yo tarab-yechay,
Sir deb saqlaganing mening qo'ynimda,
Sir deb saqlayinmi yo yelga sochay.

Sochilgan sochingday sochilsa siring,
Anor yuzlaringni kimga tutasan?
O'zing-ku "ularda vafo yo'q!" deding,
Nimaga ularni tag'in kutasan?

Ochilgan qo'ynimda to'lg'angan taning
Ko'ngildan qilcha ham hid yetkazmasa,
Menga yaqinlashma, ay, tirik bo'sa!
"Sevdim" deganlaring yolg'ondir sening!..

Cho'lpon.

Madalio'g'li
11-21-2007, 03:49 AM
Bulbul yetishir bog'rimni xun etdi figoning Zabt ayla dahaning
Hanjar kabi teldi jig'arim tig'i zeboning Ta'siri lisoning

Kechejizoda Izzat Mulla

Mas'ud
11-21-2007, 06:24 AM
KO'RGANMIDING KO'ZLARIMDA YOSH

Sog'inganda izlab bir nishon,
Qabring tomon olar edim yo'l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog' men eltaman gul.

Keldim. Uzoq qoldim men sokin,
Sening aziz boshingda yolg'iz,
Osmon tiniq edi va lokin,
Parcha bulut yetib keldi tez.

Ko'kda mening boshimda turib,
Go'yo yuragimda qalqdi u.
Kozimdagi yoshimni korib
U ham to'kdi yoshini duv-duv.

Biz yig'ladik tepangda shu kun,
Keldingmi deb ko'tarmading bosh.
Ayt-chi, senla baxtiyor onlar
Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh?

Zulfiya

Mas'ud
11-30-2007, 04:49 AM
¡ҒËÈÌÃÀ

È÷èì æèìèðëàéäè èñìèíãíè àéòñàì,
Òèëèì àéëàíìàéäè áîøқà ñ¢çëàðãà.
Қàíèéäè áèð óìð òåðìóëèá ¢òñàì,
¡çèìíèíã ê¢çèìäåê қîðà ê¢çëàðãà.

¨òèáìàí õóäîãà øóêðîíà àéòà,
Ñåíèíã èñèíã êåëãàí ҳàâîäàí õ¢ïëàá.
Èíæèқëèê қèëàâåð. Қàéòà âà қàéòà
Áóâèíã ýòàãèíè қ¢ÿâåð õ¢ëëàá.

Ìàéëèäà, êå÷қóðóí ìåíè óõëàòìà,
Îâîçèíããà ò¢ëñèí çåðèêêàí õîíàì.
Øèðèí àëëàñèíè áèð çóì ò¢õòàòìàé,
Áåøèãèíãíè қó÷èá ìóäðàñèí îíàíã.

Òàøðèôèíãäàí ê¢êðàê êåðèëèá êåòäè,
Äóí¸íè қó÷ìîққà åòàäè қóëî÷.
Óéèì áîçîð á¢ëäè, èíòèқëèê ¢òäè,
Ýíäè, ¢ғëèì, àñòà êàôòëàðèíãíè î÷.

Ôàðèøòàëàð ñóéèá ó÷ñèí óñòèíãäà,
Äîғëè ò¢øàãèíãíè áàғðèìãà áîñàé.
Àéâîíäàãè ýñêè èêêè óñòóíãà
Қó¸ø íóðëàðèäàí áåëàí÷àê îñàé.

Ñåíãà ìåðîñ á¢ëñèí èðîäàì, êó÷èì,
Ñèðà ê¢ðèíìàñèí ê¢çëàðèíãäà íàì.
Ñî÷ëàðèäàí òîðòèá қî÷ìîғèíã ó÷óí
Õîҳëàéñàíìè, ñèíãëèíã á¢ëèøèíè ҳàì?!

Sinfdoshim Davl