PDA

View Full Version : Go'zal satrlar izidan...


Pages : [1] 2

Asadbek
05-23-2005, 10:54 AM
Keling do'stlar,
biz ushbu joyda biror asarni (she'r, hikoya, roman, doston...) o'qiganimizda nazarimizga tushgan eng go'zal satrlar, misralarni hamda uning muallifini yozib qoldirsak.
Umid qilamanki, bu yerda ajoyib bir to'plam yarata olamiz.
Boshlab beraman:


Aytib ber-chi, shuncha sevganlar
Bo'lganmikan mencha baxtiyor?

Hamid Olimjon

Marhamat, navbat sizga!
:)

Hozimi
05-23-2005, 11:31 AM
Asadbek, ajoyib fikr!

Na bo'lg'ay bir nafas men ham yanog'ing uzra xol bo'lsam,
Labing yaprog'idin tomgan ki go'yo qatra bol bo'lsam.

(yana;) ) Hamid Olimjon

Asadbek
05-23-2005, 12:08 PM
Yashang Hozimi!
Sizsiz o’tgan umrim bekor, yorijon!
Ne baxtkim, yuragim bemor, yorijon!

Usmon Azim

Pythagor
05-23-2005, 12:30 PM
Yaxshi fikr, Asadbek.

Mashrab.
Mayxonag’a kirdim, bila qoldim kuyarimni,
Masjidg’a kirib zohidi yaxdek qota qoldim.

Kim eslay oladi quydagi she'rni...? yozivoringlar, plz
........ nafis chayqaladi bir tup namatak

Asadbek
05-23-2005, 04:22 PM
Quyidagi satrlar O'zbek adabiyotining eng go'zal satrlaridan biri bo'lsa, ajabmas:
Agar Farhodning Shirin, bo'lsa Majnunlarning Laylosi,
Nasib o'lmish menga gulshan aro gullarning - Ra'nosi

"Mehrobdan chayon", Abdulla Qodiriy

BIBIHONUM
05-23-2005, 04:52 PM
Agar or etsa Layli haqlidir Qaysning jununidin
Ne baxt Ra’no xaridoring talab ahlining — Mirzosi.

Abdulla Qodiriy

Asadbek
05-23-2005, 04:59 PM
Shunga mos javob satrlar:
Hamisha xavfda ko'nglum bu muhabbat intihosidin,
Meni ham etmasa majnun debon Ra'noning savdosi.
"Mehrobdan chayon", Abdulla Qodiriy.

BIBIHONUM
05-23-2005, 04:59 PM
Yaxshi fikr, Asadbek.


Kim eslay oladi quydagi she'rni...? yozivoringlar, plz
Marhamat Bek aka!


NA' MATAK


Nafis chayqladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.

Tog'lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

Kechasi...osmonga sekin boqaman,
Kiprigim ustida cheksiuzlik o'ynar..
Oybek

Aysuluv
05-23-2005, 05:07 PM
Rostdan ham yaqshi ish boshlanibdi, Asadbek :)


Nahot shuncha mas’um, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?

Zulfiya

Malika
05-23-2005, 06:47 PM
Xayol qanotida


Yo'l uzoq, yo'l yaqin, boshsiz so'ngsiz yo'l,
Biri tor, biri keng ravon va so'qmoq.
Tinglab ko'r, qarichi ming ertakka mo'l,
Tug'ilmoqday farzdir birini o'tmoq.

Zulfiya

BIBIHONUM
05-24-2005, 12:19 AM
Malika tashakkur!
Zulfiyaxonim sherlarini o'qib ta'sirlanmasdan ilojing yo'q.Shunchalik sabr-bardoshni qayerdan olganlar ekanlar?Sherlarda qanchalik mahorat bilan o'z kechinmalarini bayon etgan.Bunday insonlarga haykal qo'ysa arziydi.Joylari jannatda bo'lsinlar iloyim!

Muhabbat jomidin no'sh aylagan ahli zako bo'lmish,
Fununi tibda majnundir kishining kuysa safrosi.
Abdulla Qodiriy

Masanori
05-24-2005, 03:53 AM
O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.

A. Navoiy



vooyy- doooood devorgim keladi...

Masanori
05-24-2005, 04:09 AM
Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.

E.Vohidov


Vooooyyyyyy dooood!

Masanori
05-24-2005, 04:10 AM
Hayol qanchalar shirin...

M.Yusuf.

Malika
05-24-2005, 07:16 AM
Malika tashakkur!
Zulfiyaxonim sherlarini o'qib ta'sirlanmasdan ilojing yo'q.Shunchalik sabr-bardoshni qayerdan olganlar ekanlar?Sherlarda qanchalik mahorat bilan o'z kechinmalarini bayon etgan.Bunday insonlarga haykal qo'ysa arziydi.Joylari jannatda bo'lsinlar iloyim!
Tugri aytasiz Bibihonum,
Allah uz rahmatiga olgan bulsin

Malika
05-24-2005, 07:46 AM
Zamin aylanadi,chiqadi quyosh
Hargiz kibr bilan kutarmagin bosh
Oyoq ostingdagi xarsangni tepma,
Balki haykal bular senga usha tosh.
A.Oripov

Asadbek
05-24-2005, 08:00 AM
Yengding, Ra'no! :)

Ko'ngildagi muhabbatning uchqunin
Xayolimning bir burchida berkitdim.

Cho'lpon

Royal
05-24-2005, 09:25 AM
Zamin aylanadi,chiqadi quyosh
Hargiz kibr bilan kutarmagin bosh
Oyoq ostingdagi xarsangni tepma,
Balki haykal bular senga usha tosh.
A.Oripov

Yahshi gap!.

Asadbek

Bu uringan bilan ariqlani tegidan koprikla oqmasa qiyinakan!

Shock
05-24-2005, 10:16 AM
Toxir Malik, Shaytanat, 3-fasl

Bu dunyo shunaqa, valadi zino halolga, o'g'ri to'g'riga tufurar...

DIDO
05-24-2005, 12:41 PM
Yuragimga in qurdi navo,
Lekin keyin bermadi sado.

from the movie "Buni ishq deydilar"

Belgiumbek
05-24-2005, 01:22 PM
Toxir Malik, Shaytanat, 3-fasl
Bu dunyo shunaqa, valadi zino halolga, o'g'ri to'g'riga tufurar...


Juda zamonga mos,insonga hos gap ekan 5 kettim, gap yoq!!!

Belgiumbek
05-24-2005, 02:08 PM
Aytib ber-chi, shuncha sevganlar
Bo'lganmikan mencha baxtiyor?

Hamid Olimjon

Hozimi
05-24-2005, 02:08 PM
Hayol qanchalar shirin...

M.Yusuf.

La'nat senga shirin hayolot, ne g'ulg'ular solguvchi boshga

Goethe qalamiga mansub, ammo Erkin Vohidovning tarjimasi bilan yana da sayqallashgan... Bir nemis tili bo'yicha mutaxassis do'stimning aytganidek: "Nemischasini o'qiganimda yoqadi, O'zbekchasini o'qiganimda ta'sirlanib ketaman." Haqiqatdan ham ajoyib tarjima...

http://www.forum.uz/showthread.php?t=21487

Asadbek
05-24-2005, 02:32 PM
:) Yaxshi ketyapti.
Ko'zlaringni qadab qol, quyosh yang'lig' dilimga,
Kelgunimcha qarab qol, jo'nab ketgan yo'limga!..

Mirzo Kenjabek

PS: Baxt aka, iltimos, takrorlanishlar bo'lmasin :)

Belgiumbek
05-24-2005, 02:56 PM
Aytib ber-chi, shuncha sevganlar
Bo'lganmikan mencha baxtiyor?

Hamid Olimjon

Endi buni takrorlash deb qabul qilinmasligi uchun, ochiqlik keltiraman; bu Hamid Olimjonni so'zi mani ko'nglimdagi so'zlar bilan bir xil mano kasb etgani uchun, mendan oldin yozib yozilmagina etibor qilmasdan shoira Zulfiaga atalgan sayttan oldim.

Regards,
BahT

Belgiumbek
05-24-2005, 03:01 PM
Matnazar Abdulhakim sherlari

Ertang lavziynadyn lavzinda durib,
Nozik bo´yli zulpi gajakim galar.
Nozik bo´yli zulfi gajakim galsa
Damiyjak gaplani dajakim galar

Bir qarab qo´ygani qujoqlag´ani,
mildirab damrilsa , mani o´pgani.
iyndi aryanini so´rab natasiz,
Og´zimni ochqonnan go´ring o´pkani... :)

**************
Tutni shohosinan dutor dastasi
Tutni yaproqinan yipak torlari.
Yo´proq bilan shoho qo´shilg´anida
Bag´ringni azadi chakkan zorlari

Shoho boltalanar dasta volmaqa
yo´proqla qurta yem tor bo´lamiz dap.
Nadagan azobla chakdik san bilan
U dunyo bu dunyo yor bo´lamiz dab.

**************

Sani odg´inagga qo´shiqla qo´shdim
Qo´shiqla shovotda oqib getdila
Mani yurakimda quvri san ading
Mani boshqolara doqib getdila

Boshqaladan mani yurakim oli
Olis bo´lg´anddiyin Monoqdan Ovshar,
Sani jamolingni o´ylag´animda
mani boshqalara ichim obishar..

Royal
05-24-2005, 07:51 PM
Umar Hayyomdan:

Bizga falak ishi - faqat tashvish - g'am,
Birini tiklasa, boshqasi barham,
Hali kelmaganlar bundan behabar,
Habar topa qolsa kelmas edi ham.

-----------------------------------

Dardi dilni olgani paydo bolgandir inson,
Yoqsa usiz ham tola jonivorga bu jahon.

Mir Ammon Dehlavie - "Bogu Bahor" dan.

Asadbek
05-24-2005, 10:04 PM
Men Senga bahorni keltirdim, Sevgim,
Yomg'irlari bilan,
Sellari bilan,
Gullarni uyg'otgan yellari bilan -
Men Senga bahorni keltirdim, Sevgim.

Usmon Azim

Naqadar go'zal satrlar...
:)

BIBIHONUM
05-25-2005, 12:46 AM
Gul ochilmas,yer ko'karmas,tushmasa ko'k tomchisi,
Sherni qaydan olsin shoir bo'lmasa ilxomchisi...

Abdulla To'qay

KhwarezmshaH
05-25-2005, 01:04 AM
[QUOTE=Masanori]O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.

A. Navoiy



Zur, gap yuq....

BIBIHONUM
05-25-2005, 01:10 AM
Mahfuzam,Siz mening yoqotib topganimsiz.Najot farishtamsiz.
Tirik qolsam,Allohning yolg'iz Sizga rahmat-marhamati tufayligina omon qolmog'im mumkin bu mashaqqatli dovon-Muztog'dan oshib o'tmakda.Har ne bo'lganda ham saharlarda yolg'iz O'zidan so'rangki,bizni ora yo'lda qoldirmasin.Yo g'olib etsin,yo shahid!...Biz diyorlaridan quvilganlar yo g'olib bo'lib,dinimizni,shariatimizni bu tog'larda laxcha chog'dek asrab qolaylik,yo shahidlik sharobini totib ketgayluk-da,janobi Haqning rizoligiga erishayluk.
Mahfuzam,yolg'iz o'tinchim,og'il ko'rsangiz o'shal va'dangizga binoan,ismini-Yodgormurod qo'ygaysiz.Yana bir rijom:yolg'iz qolganda Kalomullohning bizga atalgan oyatlarini (Oli Imron-195)o'qib turgaysiz.U sizga yupanch ba madad bergay,inshaalloh! Murod Mansur(Najot farishtasi)

Godunov
05-25-2005, 04:13 AM
"Inson dunyoga bir marta keladi" -bu so'zni qari qiz aytsa yig'lagim keladi,
"Inson dunyoga bir marta keladi"- bu so'zni satang aytsa ensam qotadi

M.Yusuf

Aysuluv
05-25-2005, 06:46 AM
Men sizni sevaman yalpizlar atri,
Qushchalarning sarxush sayrog'I bilan.
Men sizni sevaman terakzor sayri
Daryolar to'lqini,qayrog'I bilan.

Khurshid Davron

Aysuluv
05-25-2005, 06:55 AM
[QUOTE]
Kerak bo'lsa qilich uchida
Yasha,sevgin sen Majnun bo'lib!
Sariq rangli gullar ichida
Ochil keyin qizil gul bo'lib!
Dilingdagi so'zni ayt faqat,
Baxtli qilgin suygan ayolni.
Unga sen zar,tillani emas,
In'om etgin oyni,shamolni[QUOTE/]

Khurshid Davron

maradona
05-25-2005, 09:47 AM
Men endi she'r yozsam,
Lov lov yonib turgan olovga yozaman...




Men dunyoga kelmadim uzoq
yashamaoq uchun,
Yoki oshimni oshamoq uchun.
Keldim.Qisqa,bir soniya bulsa ham umri.
Yashindek bir chaqnamoq uchun.



"Go'zal qizlar izidan ..."
degan sahifa bulganda edi...yaxshi gaplar bor edi;)

Asadbek
05-25-2005, 11:21 AM
Botirim, devlardan qo'rqmog'im ordir!
Sevging - mening uchun behadik dunyo.
Na qayroq, na taroq, na ko'zgum bordir -
Endi mening uchun sen borsan tanho!
"Kenja Botir va Malika" balladasidan, Usmon Azim

Shock
05-25-2005, 01:54 PM
Sherali aka kuylayaptilar, Navoiy G'azali


EY DIL

Taqvodin aloqang shart uzgil ey dil,
Fano dayri ichra qur manzil ey dil,
May cholg’udan boshqa yo’q xosil ey dil,
Bir-bir aytdim quloq sol ey dil!

Qildek zaiflikka meni qil sabab,
Qatlimga gajjagi hintli bel sabab,
Umrimga qomatin istar dil sabab,
Jonimga so’ylovchi lab-u til sabab!

Janona qo’lingni tortma to’shimdan,
Yuzimdan yuz olma, tanobushimdan(?),
So’ylasam qulog’ing uzma labimdan,
Ajratma ruhimdan, aqlu hushimdan!

PS. Subject to change :-)

BIBIHONUM
05-25-2005, 02:39 PM
O’g’ling bo’lsa, oltin oshiq o’ynagan,
Qizing bo’lsa, o’z husniga to’ymagan.
Xudo bizning nigohimiz qiymagan –
Armonlar aylanib osmon bo’ldilar,
Osmonlar aylanib armon bo’ldilar Usmon Azim

hangug
05-25-2005, 04:41 PM
Usmon Azim

BIBIHONUM, ajoyib sherni eslatdinggiz, kim shu sherni qushiq qilib aytgandi??

BIBIHONUM
05-25-2005, 04:55 PM
BIBIHONUM, ajoyib sherni eslatdinggiz, kim shu sherni qushiq qilib aytgandi??
Mahmud Namozov ajoyib qo'shiq qilib aytgan.

Kelibman dargohingga, shohi xo’bonim, qabul etkil,
Bag’ir qonim bila bul chashmi giryonim qabul etkil.

Umid aylab talab olmoqqa kirdim rohi pokingga,
Yo’lingda aylagan faryodu afg’onim qabul etkil.
Uvaysiy

Asadbek
05-25-2005, 05:03 PM
Qalbimsan! Men qalbsiz sira yurmayman,
Qalbimni hech kimga bermayman...
Men seni hech kimga bermayman!

Usmon Azim ijodidan

hangug
05-25-2005, 06:17 PM
Suluvginam, qalam qoshim o`zimning,
Ojizginam, bag`ri toshim o`zimning,
To`kding buncha qonli yoshin ko`zimning,
Qalbi yarim, taqdirdoshim o`zimning.

Sog`indim yor, sog`indim yor, sog`indim.
Yuragimning tumori-ey, sog`indim,
Sog`indim yor, sog`indim yor, sog`indim.
Azoblarning xumori-ey, sog`indim.

Royal
05-25-2005, 07:37 PM
Yusuf va Zulayhodan

"Hudovando, muhabbatni kam etma,
Muhabbatdan kozimni benam etma.
Hudovando, umidim sandin uldu,
Hamisha rost yolga mani kondur."

KhwarezmshaH
05-26-2005, 02:54 AM
Duodir isming, tun kechalar labimda,
Olmos kabi ishqing, yonar qalbimda.
Ilinmas uyqu, zor intizor ko'zimga,
Bu dunyo qorong'u, sensiz uzimga.

Karen Gafurdjanovni ashulasi, avtor;) ;) ...

Aysuluv
05-26-2005, 03:31 AM
O’tgan yillar uchun chekmang xijolat,
Uzr so’raybermang yuragingizdan,
Xijolatin tortsin o’zi tabiat,
Tabiat uzrini so’rasin sizdan.

A. Oripov


Quchoq-quchoq gullar terganim
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda
Har soniya, har on esimda.
Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.

H. Olimjon

Monnet
05-26-2005, 04:27 AM
Murod Mansur(Najot farishtasi)

Shu asar qachon chiqqan?
Judolik duyori romanining davomi emasmi?

Shock
05-26-2005, 07:33 AM
Shu asar qachon chiqqan?
Judolik duyori romanining davomi emasmi?
Judayam aqlliman, aql o'rgatmasdan turolmayman :D :
Hurmatli Monnet! Manashu postingizni BIBIHONIMga PM orkali yuborsangiz ham off-top ni oldini olardingiz ham o'z vaqtida javob olardingiz!
---------------------------------------------------------------------------
Sherali Jo'raev she'ri
Ey do'st bu dunyoning poyoni yo'qdur!
Kim shoh-u kim gado kim och kim to'qdur!
Bunda kelganing hech ketgisi yo'qdur!
Ajib bir dunyoga kelib qoldik biz!
Bir ajib dunyoga kelib qoldik biz!
PS: Royal nihoyat ariqlar tagidan oqiptida ko'priklar :)

BIBIHONUM
05-26-2005, 07:42 AM
Shu asar qachon chiqqan?
Judolik duyori romanining davomi emasmi?
Topdingiz!Judolik diyori romanining ikkinchi kitobi ya'ni-Najot farishtasidan.
1999 yildan yozib boshlanib,2002 yil 5 o'ktabirda tugatilgan. 27.01.2003 yil nashr etilgan. :)

Judolik diyori...
Armonlar diyori...
Sog'inchlar diyori...
Vatandagi vatansizlarning unsiz faryodlari.

Asadbek
05-26-2005, 08:05 AM
Qarashlaring tinchimni olib,
Chertib ketdi qalbim torini.
Shundan keyin sezdim yurakda,
Shuncha kuchli o'tning borini.

Hamid Olimjon
"Janub kechasida" she'ridan, 1936.

Shock
05-26-2005, 08:09 AM
Ricky Martin, She is all I ever had

Here I am - broken wings,
Quist thoughts, unspoken dreams.
Here I am, alone again!
And I need her now,
To hold my hand.

Hozimi
05-26-2005, 02:16 PM
Alisher Navoyi

Yo rab, ul shahdu shakar yo labdurur,
Yo magar ul shahdu shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali,
G'amza o'qin qoshiga yolabdurur.


- Beautiful lines!
- Shubhasiz...

Asadbek
05-26-2005, 04:43 PM
...
Azizam, azizam, azizam manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?
Usmon Azimdan

BIBIHONUM
05-27-2005, 03:58 AM
Man yururman yona-yona,
Ishq bo`yadi mani qona,
Na oqilman, na devona,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Yunus Emro

Asadbek
05-27-2005, 04:05 AM
Taqdir yo'rig'idan roziman ming bor,
Menga duch ayladi seni ey, nigor.
Ko'zingda poyonsiz umrimni ko'rdim,
Sensiz bir lahzaning o'tmog'i dushvor.
Abdulla Oripov

BIBIHONUM
05-27-2005, 04:21 AM
Oqaverdi suvdek yillarim,
Hatto o‘ylab ko‘rmabman bir oz.
Shu so‘zni deb o‘tibdi umrim,
Shu so‘zni deb yashabman xolos.
Men bu so‘zni qanchalar kutdim… Behzod Fazliddin

Asadbek
05-27-2005, 04:35 AM
Siz yoqqansiz menga hamisha,
Faqat buni etmovdim oshkor.
O'ylovdimki, yurak topishar,
Bizdan ketgach sabru ixtiyor.
O, men sizni qanchalar kutdim...
Usmon Azimov

Mahmud
05-27-2005, 04:38 AM
Usmon Azimov


Bu sh'erni Kumush Razzoqova qushiq qilib aytmaganmi????
Omadlar!!!:)

BIBIHONUM
05-27-2005, 05:16 AM
Ko‘kka termulaman tunda o‘y surib,
Yulduzlar ishqimga guvoh, sevgilim.
Shunday azizsanki, yoningda yurib,
Seni sevmay yashash gunoh, sevgilim.Azizibek Anvar

Asadbek
05-27-2005, 05:30 AM
Vujudim yallig'lanar nafasingdan,
Sen shunday yaqinsanki, jon qadar, axir,
Bari bir seni sog'inaman, sevgilim.
Rauf Parfi..

Shock
05-27-2005, 07:56 AM
Alisher Navoiy
Kim ko’rdi ekin jahonda oyo xushluq,
To bir kishi aylagay tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir o’lsa paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz noxushluq.

Hozimi
05-27-2005, 07:59 AM
Menga alam qilar tilla baliqcha,
Bir ko'lmak hovuz deb bilar dunyoni.

Abdulla Oripov

Hozimi
05-27-2005, 08:39 AM
Meni men istar kishi o'z suhbatig'a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas.

Ne bahra topqaymen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.



Havoyi bobo

BIBIHONUM
05-27-2005, 09:29 AM
Sen haqda yozmoqchi bo'lganimda,
Qog'ozga quyula boshlaydi.
Yo'q. Jo'shqin she'r emas.
Nuqtalar.
(Nuqtalarki, hatto yulduzlardan ko'p.)

Men... Nuqtalar.
Seni... Yana shu ahvol.
Kel,
Yaxshisi, o'sha So'zni,
O'zing yozaqol!
Islom Hamro

Asadbek
05-27-2005, 11:16 AM
Bir kuni
Yoningga kelaman,
Deyman: men sen kutgan bolaman.
Tinglaysan ochilib sen chaman,
Men seni sevaman, sevaman!..

Muhammad Yusuf

Shock
05-27-2005, 11:41 AM
Abdulla Oripov
Dunyoni qizg'anma mandan, azizim,
Men sening ko'changdan o'tmasman zinhor.
Mening bu olamda o'z aytar so'zim
Va o'zim sig'inar mozorlarim bor.

BIBIHONUM
05-27-2005, 11:56 AM
Sog'inchlar nayzasin qadar kongilga,
Javobsiz sevgidan dil yig'lar beun.
Bu ko'zlar umid-la, qadalar yo'lga,
Sening diydoringni ko'rmoqlik uchun. Odina Azizova

Asadbek
05-27-2005, 12:21 PM
Labimda nafasing harorati bor,
O'rtada sevgi bor, qolgani bekor.Shahnoza M

BIBIHONUM
05-27-2005, 01:00 PM
Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qaytgim kelayotir qoshingga butkul.

Qismat mayin ichdim - achchiq va taxir,
Tuydim ehtirosning samoviy kuchin.
Dunyoda odamzod yashamas, axir,
Faqat irodasin sinamoq uchun.
Abdulla Oripov

Shock
05-27-2005, 02:10 PM
Alisher NavoiyTamom hijron kuni endi
Shami furqat tamom bo'ldi
O'tib bitdi g'amu shodlik
Muvaqqat baht tamom bo'ldi
Qo'lim yetgan hama ne'mat
Hazonliklarga yetkardi
Bahor oyi yetib dilga
Hazon g'urbat tamom bo'ldi!

maradona
05-27-2005, 03:02 PM
Dilim devonadir, o'zim devona,
Yo'lim begonadir, o'zim begona...


Hind filmidan....

Asadbek
05-27-2005, 06:43 PM
Bek yigit bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoqu zorman,
Men beun sevarman, men jim sevarman,
Qiyomatgacha shul sukutdadurman.
Muhammad Yusuf

INSOMNIA
05-27-2005, 09:46 PM
Dilim bo'lgan edi bitta yorga zor,
U o'zga bir yerda g'amga giriftor,
Men undan o'zimga doru izlasam,
Netay tabibimning o'zi ham bemor...

Umar Hayyom edi shekilli...aniq esimda yo'q

BIBIHONUM
05-28-2005, 04:15 AM
Hayot senga bir gapim bor,
Yolvoraman quloq sol.
Qaytib bergin tashvishimni
Yasama baxtingni ol.

Ma'ruf Jalil

KhwarezmshaH
05-28-2005, 04:28 AM
Sevgi – jozibaga to'lgan bir umr,
U baxtu alamda birdayin masrur.
U hijronda jo'mard, ayriliqda mard,
Yillar o'tganda ham pokiza, begard.

J. Bayron

Shock
05-28-2005, 06:01 AM
Abdurahmon Jomiy
Esingdami sen tug'ilgan on?
Barcha shodon edi sen eding giryon.
Shunday yashagilki ketar chog'ingda
Barcha giryon qolsin sen ketgil shodon!

Asadbek
05-28-2005, 07:55 AM
Sen uzoqda, men sendan olis,
Entikamiz, qalblar sog'ingan.
Nigoronim, vaslingga umid,
Meni ipsiz senga bog'lagan,
- Bu bog'ichni uzolmas hech kim!
Avtori ... :) kamina

Asadbek
05-28-2005, 04:41 PM
Yorim bor, oh, qalbda bordir quyoshim...
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek

BIBIHONUM
05-28-2005, 05:54 PM
Dunyoning bezavol tongida
Entikib ko'z ochding,yalpizim,
Kun botdi.Tun bo'yi dunyoda
Yalpizim,men seni izladim.

Qaylarga bekitdi izlaring
Bog'larda mudragan saraton,
Tun bo'yi qush bo'lib bo'zladim,
Bo'g'zimga tiqilib qoldi tong.
Xurshid Davron

Asadbek
05-28-2005, 06:12 PM
Bir tola sochingmi bo'ynimning bog'i?-
Temir zanjir kabi uza bilmayman.
Qalbimda ming yara - hijronning dog'i,
Qachon men tizzangga boshim qo'ygayman?
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek

BIBIHONUM
05-28-2005, 06:32 PM
Gunafshalar qulog'imga madhingni
So'zlab-so'zlab charchadilar, bitmadi...
Alamzada bulbul yig'lab, kechalar
Alamingning so'ngin tamom etmadi

Ko'zingdagi hikoyaning mazmunin,
Shoir bo'lsam, aytib-aytib yig'lardim.
O'shal, eski jarohatli qalbimni
Satrlarning nashtari-la tilardim.
Abdulhamid Cho'lpon

Asadbek
05-28-2005, 06:55 PM
Yo'llaringda she'r aytsa so'lgan barg,
Qulog'imga musiqalar keltirur.
Qachon sening musiqali ovozing,
Sening meni sevishingni bildirur?
Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon

BIBIHONUM
05-28-2005, 07:06 PM
Bu muhabbat bir kun meni ustimdan,
Yeru ko'kni kuldirmasa, yaxshiydi.
Sevganimni yorim aslo bilmaydi,
Bu dard meni o'ldirmasa yaxshiydi.
Qo'shiqdan...

Asadbek
05-28-2005, 07:18 PM
Yashardim o'zimga muz kabi boqib,
Ish keldi, jo'nadim, daryoday oqib,
Menga habib bo'ldi hatto shum raqib -
Ko'rib - to'lqin-to'lqin qonim, yorijon,
Siz mening jonimsiz, jonim, yorijon.
Usmon Azimov

BIBIHONUM
05-28-2005, 07:24 PM
Dunyo’larni seni deb kezgan
Muhabbatin his qilib sezgan
Yo’lgonlardan yuragi bezgan
Bir qiz yashar bilarmisan yo.

Bilging kelmas…

Goh qizgonib seni hammadan
Aytolmagan ko’ngil dardini
Ko’zlaringga tikilgan har dam
Bir qiz yashar bilarmisan yo.

Bilging kelmas…

Yo’lgiz qolib o’ylagan seni
Soginch bilan ismingni aytgan
Senga yetmay hijronda qolib
Bir qiz yashar bilarmisan yo.

Bilging kelmas…Muyassar Lutfullayeva

Shock
05-29-2005, 02:09 AM
So'zini muallifini bilmayman, Sherali Jo'raev kuylagan :D ,Lahza termulsam uzalmay ko'zlarim jononadan.
Oy yuzin to'sdi hijolat sarvari bir donadan.

Ikki yoy tig'in yo'naltirdi ki bag'rim ko'zlabon,
Sha'ar qalqoni uza tez qo'zg'olib peshonadan

Lol bo'ldim bu sanam Laylomi yoki Zuhradur,
Nozanin so'z ochmadi aslo biror afsonadan.

Asadbek
05-29-2005, 04:44 AM
Bo'ldi!
Sabrim tutday to'kilib bitdi.
Pichoq suyak emas, jonimga yetdi.
Bo'g'zimda ming yilki, asragan ohim,
Og'zim - zindonidan qutulib ketdi -
"Men Sizni Sevaman!.."
Islom Hamro

BIBIHONUM
05-29-2005, 07:28 AM
Men seni jonimdan ortiqroq sevdim
Hayo’tim sen bilan edi betakror
Soginch sirtmogida bo’ldim men ado
Ayt qachon sevgimga ishonasan yor.Muyassar Lutfullayeva

Asadbek
05-29-2005, 07:59 AM
Bu kun muhabbating yuragimda jo -
Tun qo'ynin to'ldirib nur sochar hilol.
Quyoshning mehridan to'yadi fazo,
Soylarning suvlari oqadi zilol.Animak Idoji

BIBIHONUM
05-29-2005, 08:21 AM
Yondirib meni parvo qilmaysan
Armonlar kuyida qaqshayveraman
Qanchalik mendan olis bo’lmagin
Men seni sevib yashayveraman.

Sog`inib sog`inchim ayta olmasam
O’zgalardan seni so’rayveraman
Menga qancha beparvo bo’lma
Men seni sevib yashayveraman.
Muyassar Lutfullayeva

Asadbek
05-29-2005, 09:47 AM
Qalbimning quyoshi, zarkokil sevgilim,
Sen bilan charog'on bu umrim, hayotim.
Sen ko'nglim erkasi, qalbimning Bekasi,
Nozanin yorimsan, gullarning sarasi -
Go'zalimsan!
Muhriddin Xoliqov qo'shig'idan

Aysuluv
05-29-2005, 01:36 PM
Dunyo tashvishlarin zumga unutib,
Tikilmoq istayman oppoq saharga,
Va shu on vujudda urgan tug'yonni,
Hattoki alishmam dunyo javharga.

Tinglamoq qo'msayman sokin tun sasin,
Oydinda orzular tilamoq dildan.
Chin qalbdan tuyaman bahor nafasin,
Shundan, hayotimni sevgum kungildan.

Mas'ud Mahsudov

BIBIHONUM
05-30-2005, 12:59 AM
Yig`lar yurak, xursinar yurak,
Sensiz o`tgan kundan og`rindim.
Ond ichmoqqa endi ne kerak,
Xudo haqqi juda sog`indim.

Menga bir so`z aytgin demayman,
Bir umrga qaytgin demayman.
Bir ko`rmoqqa zor-zor yig`layman,
Xudo haqqi juda sog`indim.Qo'shiqdan

Asadbek
05-30-2005, 03:00 AM
Unutishing qaro, hijroning qaro,
Sog'inching oppoqdir, xatlaring oppoq...

Sening yo'llaringda gullar unar-o,
Mening yo'llarimda ko'karar yantoq...Usmon Azimov va Animak Idoji

BIBIHONUM
05-30-2005, 03:14 AM
Asta pichirlayman o`zimga-o`zim:
Sizni unutmayman, hech qachon aslo.
Doimo bo`lasiz qalbim to`rida.
Tursam, yursam,
Neki ishga qo`l ursam,
Madad siz bo`lgaysiz, ruhim qo`riga!!! Shahnoza Matnazarova

Shock
05-30-2005, 05:01 AM
Mo'mina sheri, Sherali Jo'rayev qo'shig'i, Asrlarning qa'ridan kuy-ohang kelarkan o'qib,
Bobur yig'lar simlar aro olis Hindudan boqib,
Nodiraning armon to'la misrasiga o't yoqib,
Bizni hech kim aytolmagan nolalarga o'hshating.

Asadbek
05-30-2005, 10:40 AM
O'lsang!.. Shunday o'lsang... Shu qadar o'lsang,
Dunyoda qolmasa bir tola sezging.
...Faqat bosh tortsa bas seni ko'mishdan
Sevging.Usmon Azim

Shock
05-30-2005, 11:09 AM
Sherali Jo'raev qo'shig'i, Qamishni bag'rin tilib nay deb atabti,
Hamon nola qilar sira tinmaydi! Shunaqa, bag'ri tiliq har on nolada...

BIBIHONUM
06-02-2005, 07:22 PM
Bag'r xo'rsinadi olib og'ir tin
Ro'molcha tutadi ko'ngil yoshiga
Asta uhlab qolar yuragim horg'in
Sog'inch yostig'ini qo'yib boshimga...Avtorini eslolmadim...

Asadbek
06-03-2005, 01:57 AM
To'rtburchak dunyoni devorga osdim.
(Deraza... Tashqari... - suratdan kammi?)
Va seni sog'indim... Nimadir yozdim...
Evoh, dilga yaqin keltirdim g'amni.
Usmon Azim

Hozimi
06-03-2005, 01:28 PM
Malaksan yo bashar, yo huru g’ilmonsan, bilib bo’lmas,
Bu lutfu bu nazokat birla sendin ayrilib bo’lmas.

Ajab berah dilbarsan, ajab sho’xi sitamgarsan,
Charog’i husni ro’yingdin ko’ngulni ham uzub bo’lmas.

Mashrab bobo

BIBIHONUM
06-03-2005, 01:36 PM
Chidolmadim yana qaytdim so'zimdan
Yurakni allalar ishqning ertagi
Aylanib ketayin oxu ko'zingdan
Devona ko'nglimning dalli ermagi E'zozxon Yunusova

Asadbek
06-04-2005, 03:36 AM
Otashli bir boqding,
Olovli nazarni ichdim.
Yuzing oqu qizil -
Shafaqli saharni ichdim.
Usmon Azim

BIBIHONUM
06-04-2005, 07:41 AM
Davom etamiz... :)


Sen haqingda nimadir bitmoqchi bo'ldim
Qo'lga oldim qalam,sekin tebratdim
So'zlarni ham terdim xuddi marjondek
Ammo,qoniqmadim,ojiz qalamim,
Bosh egdi:"Kechir ta'rif topmadim"

Monnet
06-04-2005, 04:11 PM
Hak tecelli eyleyince, her isi asan eder,
Halk eder esbabini, bir lahzada ihsan eder

(Mehmet Akif)

(Hak tajalli aylaganda, har ishni oson qilar,
Halq qilar asbobini, bir lahzada oson qilar)

*tecelli - namoyon bo'lmoq
*halk eder - yaratadi

Monnet
06-04-2005, 04:19 PM
Moi, je vais devant moi ; le poète en tout lieu
Se sent chez lui, sentant qu’il est partout chez Dieu.

V. Hugo

Asadbek
06-05-2005, 07:28 AM
Qo'llarim qanotga aylanar go'yo,
Samoda to'zg'iydi biz qoldirgan iz.
Panohim, uchyapmiz yulduzlar aro,
Yulduzlar ichida eng go'zali - Siz!Usmon Azim

BIBIHONUM
06-05-2005, 07:39 AM
Osmon deydi:"kunsiz kulmayman,yulduz kerak tunga",
Yorim uchun kimman,bilmayman,kerakmanmi unga?
Xayolimni tortar o'ziga,ko'zga yaqin o'zi,
Ishonay men qaysi so'ziga,ko'pdir shirin so'zi... Qo'shiqdan

Asadbek
06-05-2005, 05:13 PM
Men yo’qsil na bo’lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo’r ishga berib qo’yubmen,
Men suyub… men suyub… kimni suyubmen?
Men suygan suyukli shunchalar go’zal,
Oydan-da go’zaldir,kundan-da go’zal!!Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon

BIBIHONUM
06-06-2005, 05:41 AM
Noming nola qilar,bag'rimni ezib,
Kelmaysanmu,sog'inganimni sezib,
Ketgim kelar butun,yer yuzin kezib,
Seni izlab Nasibam,seni izlab...
Ko'zlarimda yosh qalqiydi dengizdek,
Har bir ohim ko'kni qoplar yulduzdek.
Va turibman bu dunyoda yolg'izdek,
Seni izlab Nasibam,seni izlab
Qalb daftarim sen ham ochib qolarsan,
Nomim o'qib yodingga ham olarsan.
Sevsang o'zing bir kun topib kelarsan,
Meni izlab Nasibam,meni izlab...
Qo'shiqdan

Asadbek
06-07-2005, 02:58 AM
Ey, sevgilim, men uchun o'zga bir rafiq,
O'zga bir sevgi yo'q, senda vujudim.
Sen bilan tirikman, sen-la ko'z yumgum,
Mahzun ko'zim sendan olar tabassum...Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek

Azmus
06-07-2005, 03:45 AM
Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim,
Siz mening ko'klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo'qotgan ko'zmunchog'imsiz.

Muhammad Yusuf

Hagi
06-07-2005, 08:10 AM
Suluv pari:

Shabnam kabi nozik erdim, ishq taftida bo'ldim bulut

Shabodadek mayin erdim, ishq dardida bo'ldim bo'ron

Jil'ga kabi jonsiz erdim, ishq mavjida, bo'ldim daryo

So’nayotgan chiroq erdim, ishq o’tida bo’ldim alov

Aslo yo’qdir to’siq endi, yorim sari men boraman





Pahlavon:

Gar bo’lsang Bulut, yana shabnam etguchi oftobing bo’lay

Gar bo’lsang Bo’ron, senga peshvoz chiqguchi tog’ing bo’lay

Gar bo’lsang Daryo, quchoq ochip kutguchi ummoning bo’lay

Gar bo’lsang Alov, ishqing o’tida yonguchi, quyoshing bo’lay

Allohdan tek tilagim, seni doim sevguchi vafoli yoring bo’lay

BIBIHONUM
06-07-2005, 12:16 PM
Ko’zingizda ko’zim qolib ketsin mening,
So’zingizdan so’zim tonib ketsin mening.
Izingizda izim qolib ketsin mening
Faqat meni boshqalarga almashtirmang!...

Dardingizda kuyib ketdim,yo pirimey!
Armonlarga to’yib,bitdim,yo pirimey!
O’zimdan ham suyib o’tdim,yo pirimey!
Faqat meni boshqalarga almashtirmang!..

Ta’rifingiz izlay,toki so’zim tirik,
Fido bo’lib yashagayman,o’zim tirik,
Xiyonatni kechirmaydi,ko’zim tirik,
Faqat meni boshqalarga almashtirmang!..
Qo'shiqdan...

Asadbek
06-07-2005, 01:46 PM
Berolmasman taqdirga firib,
Sensiz baxtim kulmagay, aslo.
Yonginangda yuray bosh tikib,
Gulira'no...Noma'lum shoir

BIBIHONUM
06-08-2005, 05:34 AM
Uzun-uzun armonlarim chiqib ketsin,
Zardoblarim ko‘z yosh bo‘lib oqib ketsin.
Qalbimga bir qizg‘aldoqlar boqib ketsin,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Men shabnamman, g‘uborlarga qo‘nolmayman,
Yo gul bo‘lib tosh yurakda o‘nolmayman.
Ko‘nolmayman, bu dardlarga ko‘nolmayman,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay
Behzod Fazliddin

Shock
06-08-2005, 09:32 AM
Adabiyot fanidan bitiruv imtihonida biletimdagi 1 shart "she'rni yodlab aytib bering" ekan. O'qtuvchimiz (rahmatli) o'rnilaridan turdilarda shkafdan "Ma'rifat" gazetasining tasoddifiy sonini oldilar, ichidan havaskor shoir o'qtuvchining quydagi she'rini menga yodlashga berdilar:Baht quyoshi erta botgan
Faqat senu men emas.
Orzulari chappa oqqan
Faqat senu men emas
Otash edi dilda ishqim
Qalbga ko'mdim men uni
Qalbin qabr aylagan
Faqat senu men emas
Kuydi butoq, unmas endi
Unga bulbul qo'nmas endi
So'nayotgan quyoshdayin
Osmonlarga intilib
Parvonasiz qolib ketgan
Faqat senu men emas.

DaeAnd
06-08-2005, 10:55 AM
Noma'lum shoirning ijodidan.....

Gulchapchapga deganim!
(yohud to'y oqshomi kuyovning kelinga degani)

Taqdir ekan ming shukr,
Nasib etdi sizday qiz,
Onamga ham yoqibsiz ,
Uzukdagi ko'zdaysiz.

Bir yostiqqa bosh qo'ydik ,
Ahil -inoq bo'laylik.
Ba'zi bir tashvishlarni
Bir gaplashib olaylik .

Esli kelin tong sahar ,
Oltidan kech turmaydi.
Nechchida uhlagansiz,
Bizni qiziqtirmaydi.

Hovli bo'lsin oynaday,
Aksimga qarash uchun .
Birorta chang qolmasin,
Yog' tomsa yalash uchun.

Choy qaynating ertaroq,
Bo'lmasa holingiz voy.
O'zim, ko'k choy ichaman,
Onam esa pamil choy.

Bu ishlarni tinchitgach,
So'ng shagom marsh og'ilga .
Yem hashakni maydalab ,
Tashlaysiz har oxirga.

Kuni bilan tinim yo'q,
Uyqu faqat kechasi.
Bular sizga hozircha.
Bir kunlik ish rejasi.

Rejasiz uy,uy bo'lmas,
Ancha oldin sezganman.
Tinglang endi,siz uchun,
Yillik reja tuzganman....


P.S Shu she'rga kaminaning mo'jazgina javobchasi:

Ayol qiyoslanib deyilur GUL,
Qo'lidan unarkim ifori GUL
Shoxiga qunib humori BULBUL
Hayolda tuzarkim rejalar Butkul....

maradona
06-08-2005, 08:29 PM
Ko'chamizdan o'tib ketasiz,meni maftun etib ketasiz,
Nega sevgim rad etasiz,baribir men sizni olaman.
Onagizga kuyov bo'laman...

Asadbek
06-09-2005, 01:04 PM
Sarvim, arazlabsiz, hijob tutibsiz,
Bizni qora ko'rib, simob yutibsiz,
O'lib bo'larmidi bizsiz, bilmabsiz,
Ahvolimiz o'xshash, hech o'ylamabsiz. Abduvali Qutbiddin

Asadbek
06-10-2005, 06:22 AM
Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-ayog'ing yaxshi.Mir Alisher Navoiy

Hozimi
06-10-2005, 08:44 AM
Haqiqatda go'zal satrlar...


Gulira’no:
Mening qalbim ham poradir,yurak-bag'rim yig'laydi qon,
Ham arazlab,ham sevadur,yana qanday,jazosi bo'lmasa

Anvar:
Arazimni unutdim men, Siz ham unuting jazoni,
Yor, sevmoqlik qanday bo'lur, mehr-vafosi bo'lmasa

Gulira’no:
Men ham shunga hayron erdim,vafosiz qanday yor ul deb,
Shaydo eturmidi o'zig'a,mehr dunyosi bo'lmasa

Anvar:
So'zlaringdan men Anvarning ilhomlari kelarmidi,
Ishq elida sening kabi Gulira'nosi bo'lmasa

Gulira’no:
Ishq elida,bu g'arib gul Guli Ra'no bo'larmidi?,
Bu ko'ngul bo'stonida,sizdek Mirzosi bo'lmasa

Anvar:
Men o'zimni bek dermidim, ko'krak kerib yurarmidim,
Sen vafodor bekamning go'zal ibosi bo'lmasa


Asadbek & BIBIHONUM

BIBIHONUM
06-10-2005, 08:58 AM
:P Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barch tashvishlarni unutib, shodon,
Borgum kelayotir qoshingga butkul.
Abdulla Oripov

Shock
06-11-2005, 04:10 AM
G'azal mulkining sultoni Hazrat Mir Alisher NavoiyUmid tongi otib dildan
Ko'tardi pardasin hilvat
Chiq endi tashga ey tanho
Zulm-zulmat tamom bo'ldi!

Yoyilgach bosh uza yorning
Parishon sochi yog'duday
Uzun tunlar chekilgan dard-u
G'am-hasrat tamom bo'ldi!

BIBIHONUM
06-11-2005, 04:49 AM
Mayli-da kimgadir
Yoqsa yoqmasa,
Ularga qo´shilib
Yig´lasharmidik,
Biz baxtli bo´lamiz
Xudo hohlasa,
Xudo hohlamasa
Uchrasharmidik....
Muhammad Yusuf

DaeAnd
06-12-2005, 10:06 AM
Oqarganda sochlar eslaymiz,
Sarxush bahor, kuz o'tganini.
Kimlarnidir rad etganmiz biz,
Kimlar bizni rad etganini.

Halima Hudoyberdieva.

BIBIHONUM
06-12-2005, 01:17 PM
Oylar o'tar,sendan darak yo'q,
Yillar o'tar,sendan darak yo'q.
Dunyo to'la gulday oshiqlar,
Menda esa,sendan bo'lak yo'q.
Yolg'iz senga qo'yganman ixlos,
Xolbuki bir ko'rishdik xolos.
Ishon jonim,aytganlarim rost,
Mening uchun,sendan bo'lak yo'q..Qo'shiqdan...

Asadbek
06-14-2005, 03:25 AM
Ishqimdin pokroq obi zilol yo'qdur,
Ishqimdek g'amu dardi halol yo'qdur.
O'zgalar ishqi faqat hol bo'lsa gar,
Manim ishqi nigorimga zavol yo'qdur.Jaloliddin Rumiy

BIBIHONUM
06-14-2005, 09:00 AM
Tasanno hammaga!Ajoyib ketayapti... :)


Yorim go'zal ko'zlaringda yuragimning aksi bor,
Bir bor degil yuragimga pok sevgingni naqshi bor... :) :P

DaeAnd
06-14-2005, 09:40 AM
Shunchaki yozmoq-chi, ko’ngil to’lmaydi,
Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo’lim.
Shunchaki yozganga chidab bo’lmaydi,
Shuncahki yozmoq, bu – shoirga o’lim!


Halima Hudoyberdiyeva

Asadbek
06-14-2005, 09:53 AM
Bir tutam sochlaring mening qo'limda,
G'ijimlab o'paymi, yo tarab ochay?
"Sir" deb saqlaganing mening qo'ynimda,
"Sir" deb saqlayinmi, yo elga ochay?Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon

Shock
06-15-2005, 12:23 PM
Song by Elton John:It’s sad, so sad
It’s a sad, sad situation
And it’s getting more and more absurd
It’s sad, so sad
Why can’t we talk it over
Oh it seems to me
That sorry seems to be the hardest word

BIBIHONUM
06-15-2005, 12:26 PM
Ketavering,tosh ko'changiz,taqillatib,
Dilimdan joy ololmaysiz,laqillatib... :) Qo'shiqdan...

Dil
06-15-2005, 12:31 PM
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda.
Chappar urib gullagan bog`im,
O`par edim Vatan tuprog`im.

Ta`rifi yoq bu go`zal bo`ston,
Dostonlarda bitgan guliston.......[
[/list]

Hamid Olimjon.

Mahmud
06-15-2005, 12:43 PM
Gulim, mehr ko'zda degani yolg'on,
Mening dilimda hech o'chmas yolqinsiz,
Qancha ko'rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo'lsak shuncha yaqinsiz.

Muhammad Yusuf.

Godunov
06-15-2005, 12:44 PM
Ochilgan qo'ynimda to'lg'ongan taning,
Ko'ngildan qilcha ham hid etkazmasa.
Menga yaqinlashma ay tirik bo'sa
Sevdim deganlaring yolg'ondir seninig.

Cho'lpon

p.s : uzr, esda boricha harakat qildik

Asadbek
06-15-2005, 12:47 PM
Yo'llaringda she'r aytsa gar so'lgan barg,
Qulog'imga musiqalar keltirur.
Qachon sening musiqali ovozing
Sening meni suyganingni bildirur?Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon

Godunov
06-15-2005, 12:50 PM
Gar taqdir manguga judo qilsa ham
Biz yuraklar payvand yashaymiz inoq,
Davr o'tib hijronninig zahmin poralar
Do'stginam xotira abadiy qolur.
Ko'kda qush kuylaydi,
Ari g'uvullar,
Oqibat bizlarga judolik kelur...


Noma'lum Yapon shoiri

maradona
06-15-2005, 01:00 PM
Taqdirga tan kerak-ku,ammo
Gohida o'zimga sig'mayman,
Ko'nglimda bir tugun-muammo,
Ko'nglingda nima bor bilmayman...

Iqbol Mirzo

BIBIHONUM
06-15-2005, 01:10 PM
Tun egnida edi tim qora mato,
Shamdek nur sochardi Mirrix va Zuhro.

Daraxtlar chulg`anib zumrad yaproqqa,
Ko`klam nafasini urib tuproqqa.

Farishtalar berdi shabnamga ko`z yosh,
Gullar chehrasida kulki bo`ldi fosh.

Hurlarning sochidek tim qora bulut
Ko`k sayriga chiqdi — yo`li behudud.

G`uncha xomush, bulbul sernavo bo`ldi,
Bir qiz yuragiga dard ato bo`ldi...
Muhammad Iqbol

maradona
06-15-2005, 01:18 PM
Bilaman qaysi rang yoqishin,
Nigohing aytadi hohishing.
Uyqumda taniyman tovushing,
Ko'nglingda nima bor bilmayman...


Iqbol Mirzo ;)

BIBIHONUM
06-15-2005, 01:25 PM
Zuhro tongga so`yladi, tong so`yladi shabnamga,
Bu nidodan g`amginlik, sukut cho`kdi olamga.
Gul yoqasin chok etib, asta egdi boshini,
G`uncha bag'ri qon bo`ldi, shabnam to`kdi yoshini. Muhammad Iqbol

Godunov
06-15-2005, 01:40 PM
KO'NGIL
Odam hamma narsaga to'yishi mumkin. Boylikka... Amalga... Shon-shuhratga... Xudoni o'zi kechirsin-ku, hatto ... hayotga ham... Qarib churiganida "omonatingni ola qol, yaratgan Egam", deydiganlar, chin dildan gapiradi...
Odam hamma narsaga to'yishi mumkin. Faqat bir narsaga - Mehrga to'ymaydi. Bu masalada shohu-gado barobar.
Holbuki, dunyoda bundan arzon narsa yo'q. Bir og'iz shirin So'z, bir chimdim Mehr kimni o'ldiribdi! Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz...



O'. Hoshimov

Asadbek
06-15-2005, 01:46 PM
Vujudim yallig’lanar nafasingdan,
Sen shunday yaqinsanki, jon qadar, axir,
Bari bir seni sog’inaman, sevgilim.Rauf Parfi

Shock
06-15-2005, 03:01 PM
© Asadbek qalamlariga mansub qaynog'idan,
Men bora olmayman, yurak to’la tosh,
Ayt qachon vaznsiz bo’lmoqlik mumkin?
Qanday oy nuriga aylansa bo’lar?
Va qachon oy nuridek sarg’aygan qo’llarim,
Qaro sochlaringni silab titragay?

DaeAnd
06-15-2005, 10:22 PM
Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G'urur bo'lsin yo'ldoshi.


Muhammad Yusuf

BIBIHONUM
06-15-2005, 10:29 PM
Ma’yus edi sening ko’zlaring g’oyat,
Go’yo yo’lsiz o’rmon barglarin to’kib,
Qora yolqinlikda shivirlar oyat,
Ko’zlaringni tinglayapman entikib.Rauf Parfi

Asadbek
06-16-2005, 07:39 AM
Gulga to'la dunyo, shodumon do'st-yor,
Go'yoki davrada faqat gul-chechak.
Bu ikki oshiqdir, ikki baxtiyor,
Bir dardga aylanar ikkita yurak.Rauf Parfi

BIBIHONUM
06-16-2005, 08:54 AM
Nedur mo'jiza,jonim
Erning tog'u o'rmoni.
Bizniki butun olam,
Aslida xayol qilsam
Shudir mo'jiza jonim... Qo'shiqdan...

Mahmud
06-16-2005, 09:03 AM
Muhabbat - chiroyli kapalak,
Qo'rqaman sho'rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yonimda,
Yodimda yo'q ammo yetganim.



Shavkat Rahmon...:)

maradona
06-16-2005, 02:54 PM
Bilaman, labingda boling bor,
Zulfingda necha tor tolang bor,
Bilaman, qayerda xoling bor.
Ko'nglingda nima bor, bilmayman...

Dildorim deyinmu,dilbarim.
Behuda yurakni tilganim,
Bir puldir dunyoni bilganim,
Ko'nglingda nima bor, bilmayman.




Iqbol Mirzo

Shock
06-17-2005, 12:45 AM
Ko'ngul ichra nechuk olam,
Nechuk sulton bilmassan
Tanam sarg'aydi poyin ustivor
Chandon bilmassan
Munnavvar bir quyoshmen
Dur to'la to'lqinli ummonmen
Zamin tegramdadur
Dilda yahshar osimon bilmassanJaloliddin Ru'miy Hazratlari

BIBIHONUM
06-17-2005, 02:53 AM
Seni topgunga qadar,
Qanday yashadim men?
Nahotki yashadim?
Rauf Parfi

Dil
06-17-2005, 03:02 AM
Yolg`n dunyo , yov dunyo, yolg`onsiz kun bormikan?
Ayting o`zi dunyoda bag`ri butun bormikan?

_________________________

BIBIHONUM
06-17-2005, 03:15 AM
Qara qanday porloq erur ko'k,
Tingla, qo'shiq aytar yulduzlar.
Bu - oy to'kkan shu'la emas, yo'q,
Bu - navoga aylangan so'zlar. Rauf Parfi

Dil
06-17-2005, 07:43 AM
Bu shunchaki faslmas
Bodom guldan so`ranglar
Umidlari uhlagan ,
Zada dildan so`ranglan
Tuproq hidin qo`msagan
Degqonlardan so`ranglar.. ........bahor!

Qo`shiqdan...

BIBIHONUM
06-17-2005, 07:54 AM
Azizim,ko'rk ichra hiloling bo'lib,
Kelsangu,kelmasang maloling bo'lib.
Xayol ichra topgan ziloling bo'lib,
Bu yorug' o'ylardan seni tiladim...Qo'shiqdan... :)

JONİ
06-18-2005, 02:27 AM
ignadan ip otmasa koz nechun darkor ekan
nolasi tosh teshmasa soz nechun darkor ekan

koshıkdan

BIBIHONUM
06-18-2005, 02:46 AM
Maysalar,tovonim sizni sog'inar,
Toglar,viqoringiz qalbimda mangu.
Qaydadir qo'zichoq bo'zlar, oh urar,
Qirlarda adashgan sog'inchimmi u? Usmon Azim

Dil
06-18-2005, 02:57 AM
Senga kokdan oyni uzmagan edim
Yulduzlardan marjon tikmagan edim
Hech kimimni senchalik sevmagan edim,
Ayt qachon sevgimga ishonasan yor…

Sensiz kunduzlarim kunga ohshamas
Uyqusiz kechalar tunga ohshamas,
Hech qaysi yahshilar senga ohshamas,
Ayt qachon sevgimga ishonasan yor…
  ...deb kuylashayapti.. :)

Pythagor
06-18-2005, 03:36 AM
Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Qo'ldan keguchade endi...

maradona
06-18-2005, 07:29 AM
Ey odamiy bu dunyoni gamlarina nerdan galding,
Bu foniyni qaygu alam ayvonina nerdan galding.

Bazan sarmast bulib yurding,bazan gamgin bulib yurding,
Sharob tutgan shum ajalni jomlarina nerdan galding...

maradona
06-18-2005, 07:33 AM
Ulim gado-boy tanlamas,erkak-ayol, yosh tanlamas,
yolgonchini hech tuganmas armonina nerdan galding.

Chekding mehr-uqubatni,ham kutarding musibatni,
Dust bilmayin chin behshtni,yolgonina nerdan galding...

maradona
06-18-2005, 07:39 AM
Shul vaqtacha hech bulmagan, ulimdan qochib qutulgan,
o'q yoyin nazarlab turgan,nishonina nerdan galding...
Ey odamiy bu dunyoni gamlarina nerdan galding,
Bu foniyni qaygu alam ayvonina nerdan galding.

Pythagor
06-18-2005, 07:41 AM
Agar sevgan yoring yoningda bo'lishini istasang, shunday qilginki u o'zgalar yonida sening yoningdagidek hech qachon erkin va baxtiyor bo'la olmasin. Pythagor :)

maradona
06-18-2005, 07:48 AM
Soglik qadrini bilgil,xasta bulmasdan burun,
Xastalik shukrini qilgil,toki ulmasdan burun.
Buz yer qadrini bil,daryoga do'lmasdan burun,
Gamada hushyor utir,girdobo galmasdan burun
Yoshlik qadrini bil,toki ulalmasdan (uylanmasdan) burun ;)

maradona
06-18-2005, 07:52 AM
Ulalding ko'nglingdadir,yolgon jahonni qaygusi,
Dillari giybat kasib,rost yolgon suz achchisi.
Guzlaring guzal gurib,sani gonayo qo'ygusi,
xotirang yuz ming parishon,kotxudolik qoyg'usi.
Ne ajab hushhol eding,uzingni bilmasdan burun...

mastertgtu
06-18-2005, 09:36 AM
Necha kunki yo'q oromim, kelolmayman hushimga,
Onajonim kechalari kirib-chiqar tushimga...
Qo'llarida oq yelpig'ich oy nurida yaltirar,
Onajonim imlab meni, yonlariga chaqirar.....

Asadbek
06-18-2005, 09:53 AM
Musiqa! Jonimning ichida bural,
Bo'g'zimga qadalgan azobing ozdir...
- Jonim, yonmoq buncha shirindir bu gal!
- Jonim, birga yonmoq baribir sozdir.Usmon Azim

maradona
06-19-2005, 02:10 PM
Men cho'kib borayotgan,ko'nglimga
Cho'kib ketmaslik uchun,suzushni urgandim...;)

Dosimbiylik bitta shoir ;) (Kollina emas :lool: )

Uzbekistan2010
06-19-2005, 02:35 PM
Men cho'kib borayotgan,
Cho'kib ketmaslik uchun,suzushni urgandim...;)

Dosimbiylik bitta shoir ;) (Kollina emas :lool: )

Kishi aybing desa, dam urmag'ilkim, ul erur ko'zgu,
Chu ko'zgu tiyra bo'ldi, o'zga aybing zohir aylarmu?

Alisher Navoi

6972
06-19-2005, 11:27 PM
...Qidirdim ko'zlardan,
Izladim izlardan...
Topolmadimku...
Nogoh boqib, so'radim yana...
Ayting menga,
Kimning emgisi kelmas
Muruvvatning ko'kragidan sut?!

Sh.M

BIBIHONUM
06-20-2005, 01:13 AM
- Shumi? – Qilichimni ko’lga tashlaysan.
- Balki bu? – qo’lingni cho’zasan yoyga.
So’ngra yig’lab-yig’lab so’roq boshlaysan:
- Bir marta ayting-chi,
Joningiz qayda? Usmon Azim

Asadbek
06-20-2005, 02:13 AM
Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay,
Barcha sog`lik senga bo`lsin,
Barcha bemorlik menga.Erkin Vohidov

Turkonhonim
06-20-2005, 05:03 PM
Men seni sevamaqn desam,
Bu yalgonga ishon yolgizim.

Muhammad Solih

Gareeb
06-21-2005, 08:02 PM
Garchand yer yuzining qora-oqimiz,

Garchand ganj-guvala, tomi, toqimiz.

Go’zal dunyolarga boshlar yo’l asli,

Sizning bilan manim ittifoqimiz.



Halima Hudoyberdiyeva

Mahmud
06-22-2005, 01:27 AM
Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo'lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o'zbek qizlarin
O'psa faqat shamol o'par yuzlarin.
Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg'irlar silaydi faqat,
Ko'rsa faqat osmon ko'rar ko'zlarin -
Kuyovga chiqmagan o'zbek qizlari.




Muhammad Yusuf

Asadbek
06-22-2005, 06:07 AM
Faqat muhabbatga topingil, ey qalb,
Sen mehr ko'rgaysan o'shal quyoshdan.Abdulla Oripov

BIBIHONUM
06-22-2005, 08:53 AM
Basabr boqursan, notinch boqursan,
Uyqu bermagaysan she’rlar yozdirib.
Bormasam – olamni o’tda yoqursan,
Ko’zlaring qalbimga kirar bostirib. Usmon Azim

Royal
06-22-2005, 04:22 PM
Agar qilcha nizo bolsa odamda,
Yoqolur osoyish, tartib olamda.
Yuz hum tiniq sut bolsa, barini -
Achitar nim tomchi sirka bir damda.

A.Bedil

Asadbek
06-23-2005, 11:10 AM
Bu ishq sirrin kitob etding, kitobing ichra men borman,
O'qurman deb xitob etding, xitobing ichra men borman.Abdulla Oripov

Mahmud
06-25-2005, 06:09 PM
O'ylamay deymanu o'ylamay bo'lmas,
O'tsam sen tomon bo'ylamay bo'lmas.
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan,so'ylamay bo'lmas.



Muhammad Yusuf

Asadbek
06-26-2005, 02:36 AM
Qirq ming yovning yonidan turib,
Suydim, deding - shu basdir menga.
Bir tig' ursam - o'tadi yulib -
Qirq ming shotir qirq xasdir menga.Usmon Azim (Oqbotir tilidan)

Gareeb
06-26-2005, 09:32 PM
Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub…men suyub…kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"

Abdulhamid Cho'lpon

shokir
06-27-2005, 12:11 PM
Oshkor aylab yuzun , ko`zumni hayron ayladi,
Yoshurun oldi ko`ngul, ko`zumni hayron aylagach..

Jonda qo`yg`och naqdi ishqin qildi ko`nglumni halok,
O`lturur mahramni sulton ganji pinhon aylagach...


Alisher Navoiy dan

Asadbek
06-27-2005, 03:33 PM
Qahraton o'ldirsa - muzlik lahzadir,
Bahor telba etsa - gullik lahzadir.
Yoz faqat bahorga qullik lahzadir -
O, sening ishqingda o'lmoq cheksizdir...Usmon Azim

JONİ
06-28-2005, 10:31 AM
Sen yahshı men yomon
Sen bugdoy men somon

halk

Gareeb
06-28-2005, 10:37 AM
Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa,
Ul-da aytadirki:"Qizil yong'oqqa
Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa.
Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,
Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."
Cho'lpon

BIBIHONUM
06-28-2005, 01:27 PM
Bahor bo'lib ketsin qalbingiz,
Lolalarni tizsak tizimga.
"Sen meniki"deya labingiz,
Pichirlasin yo'lg'iz o'zimga.
Rashk o'tida zirqirar tanim,
Bo'lsin tushda,bo'lsin hayotda.
O'zgalarga bermasim manim,
Tushingizga kirmoq istayman...Nomalum havaskor qalamidan... :)

Mahmud
06-28-2005, 01:36 PM
Olmani otti nigorim, "ol",-dedi
"Olma birla bu ko'ngilni ol",-dedi
So'rsam ersa olamsini rangini
"Olma rangin ne so'rursan, ol",-dedi



Alisher Navoiy

Pythagor
06-28-2005, 02:02 PM
Dunyog’a kelib, loyig’a bilmay bota qoldim,

Darmon yo’qidin necha og’iz so’z qota qoldim.
Ko’rdumki ani, dushmani ruhu tan ekandur,
“Lo” o’qi bila ikki ko’zig’a ota qoldim.

Mayxonag’a kirdim, bila qoldim kuyarimni,
Masjidg’a kirib zohidi yaxdek qota qoldim.
Zohid, menga bir shishada may, senga namozing,
Ming taqvini bir kosayi mayg’a sota qoldim.



BOBORAHIM MASHRAB

shokir
06-28-2005, 09:22 PM
Bahorning ilk tongida go`zal chamanda ochilmish gul kabi qalbim bo`stonida , dilim gulistonida bo`y taratib dilimni hush qalbimni sarhush etmoqda davom etayotgan ul gul yuzli nozik badanli hummor ko`zli pariiiii senmusan jonim... Hayotning ilk nishonasi misol tovlanib tovlanib chiqayotgan kurtaklardan suradim seni.... Tunda yulduzlardan suradim seni ... Kunda oftoblardan suradim seni... Yozda irmoqlardan so`radim seni... kuzda yaproqlardan so`radim seni... Yuzimni chevirdim oychiqqan yoqqa, Ul oshiq oydan da sado chiqmadi...So`ngra HAYOLIM dan so`radim seni... SEN HAYOLIMDASAN................

HAYOLIMga suyanib hayol suraman…

ne bo`ldi sizga , holingiz parishon, hayoliyzni tongning iliq shabadasi olib qochdimi, nega o`y surmoqdasiz, kimni qayg`urmoqdasiz, dilingizni maftun etgan o`shal barno yigit kimmmmmmmmmmmmmm!!!!!!!!!!!!!!!!!

SOG`INISH dan

DIDO
06-29-2005, 12:11 AM
Bu so`zning mazmuni shunchalar issiq
Quyosh bir kichik sham uning oldida.

:)

Gareeb
06-29-2005, 07:26 AM
Yuragimov, yonganlaring,
Falakka o‘t solganlaring,
Nogoh uchgan bir yulduzning
Yonishiga arzirmidi?

Iqbol Mirzo

Mahmud
06-29-2005, 07:38 AM
Umrim shamollarga kulgu,
Sargashta ayladi taqdir.
Adashib-adashib kelar-ku,
Maktublaringiz yo'ldadir.

Hayotim o'zgarar batamom,
Ko'nglim ko'zadek to'ladir.
Sarxush yashaydirman.
Hamon- Maktublaringiz yo'ldadir.



Iqbol Mirzo

Sonata
06-29-2005, 05:02 PM
Tong otganda eslagin meni,
Quyosh kulsa eslagin meni.
Bulbullar shux sayrasa ,
eslagin meni.
Shamol sochlaringni silasa
eslagin meni.
Yomgir yoqsa
eslagin meni
Gullarga tushganda kuzing,
eslagin meni.
Tunda chuchib uygonsang ,
eslagin meni
Shunda men ham ,
eslayotgan bulaman seni....

B.M.

Sonata
07-07-2005, 01:42 PM
Olamni guzallik qutqarar ! Yolgon !!!
Olamni sadoqat saqlab turibdi.
Sadoqat bor uchun muallaq osmon,
Zamin uzra quyosh chaqnab turibdi !

Asadbek
07-07-2005, 01:47 PM
Yasatib qo'yibdi senga bir dunyo,
Orziqib kutadi bugun yuragim.
Mening yuragimga kelgil, marhabo,
Mening yuragimga kelgil, malagim.Rauf Parpi

Sonata
07-07-2005, 01:52 PM
Uzimniki deb atang meni.
Boshim oling, qilsam xiyonat.
Ishqim sotsam,yoqatsam seni,
Jazolasin meni DIYONAT !

shokir
07-08-2005, 01:19 PM
Qalam o`lsun ali ul kotibi bad tahriring,

Ki, fasod raqami surimizni sho`r aylar,

Bir xarf qusuriyla qilur nodiri nor,

Bir nuqta sukutiyla ko`zni ko`r aylar!!!!

Sonata
07-08-2005, 01:44 PM
Hech bir gap qolmadi,ta'lim bulmagan.
Juda oz sir qoldi mavhum bulmagan.
Bilimim haqida chuqur uylasam,
Bildimki,hech narsa ma'lum bulmagan.

Ibn Sino

Mahmud
07-08-2005, 01:50 PM
Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur,
Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur,
Yahshi kishi yomonlig' ko'rmagay hargiz,
Ha kimki yomon bo'lsa jazo topgusidur!



Bobur Mirzo

Sonata
07-08-2005, 01:59 PM
Udda qilsang,o'nta tilni yodlagil bulbuldayin.
Avvalo, uz tilginangning xizmatin qil quldayin.
Suylasang uzbekchada,buylar taratsin guldayin.
Nozik ulsin qildayin izhor etarda dildagin.
Uzligingni avval uq,uzbekginamning bolasi!

Tursunoy Sodiqova

DaeAnd
07-08-2005, 03:43 PM
Nafaqat
Zar, zo’rlarni,
Uzsang, to’sin, to’rlarni,
Chayqaltirsang go’rlarni,
Go’rdayam hayqirolsang,
Demakki, Sen shoirsan!



Halima Xudoyberdieva

Sonata
07-08-2005, 04:21 PM
Agar uzganing bulgusi yori,
Yuragingning mangu armoni.
Meni sevasizmi,deya surasa...
Sevib,sevmayman degan yaxshiroq.

Asadbek
07-14-2005, 02:48 PM
- Basharti dadam bizni qidirib gulning tegidan topsa, nima qilamiz?
- Nima qilar edik? sen uyingga ketasan, men bo'lsam mehmonxonag'a.
- Ikkavingiz gulning tegida nima qilib o'ltirg'an edingiz, deb so'rasa, nima javob beramiz?
- O'zimizi o'lturgan edik, deymiz.
- Nima uchun, desa-chi?
- Qizing'iz uyalg'ani uchun, deymiz.
Anvar va Ra'no suhbatidan , "Mehrobdan chayon", Abdulla Qodiriy...

:)

BIBIHONUM
07-14-2005, 03:02 PM
Sizni pinhon suyganim,
Ishqingizda kuyganim,
Ozor chekib yurganim,
Bilarmikinsiz begim?!

Olov bo'lib yondim men,
Dunyodan ham tondim men,
Devonaday qoldim men,
Sezarmikinsiz begim.

Sog'inaman tongda ham,
Saharda ham shomda ham,
Hayol qochgan holda ham,
Bilarmikinsiz begim?!
Nafosat Sodiqova

Asadbek
07-14-2005, 03:09 PM
Zamin bilan osmon - senu menman,
Sahar bilan oqshom - senu menman.
Yeru osmon aro bir ishq bor tanho -
Ishqdan bunyod hijron - senu menman.
Usmon Azim

BIBIHONUM
07-14-2005, 03:16 PM
O'zbegimning mard o'g'loni,
Izlaganim begim bo'ling,
Dilginamning charog'boni,
Adog'i yo'q sevgim bo'ling....Nafosat Sodiqova

Turkonhonim
07-14-2005, 03:18 PM
Ozni kungil ayishi ila tutmok kerak ,
Bizni unitgonni unitmok kerak.
Zahriddin Muhammad Bobur.

Asadbek
07-14-2005, 03:23 PM
Osmon qulog'ini labingga bosdi,
Qo'rqdi,
"Eshitmasdan qolmay so'zini."
Qimtilgan labingdan alvon so'z oqdi.
"Men ham sizni..."
Bo'ldi!
Qolgan hammasi yolg'on!..Islom Hamro

BIBIHONUM
07-14-2005, 03:28 PM
Yuragimga oshno hijron,qo'lda qalamim,

She'rlarimda bayon etdim oxu zorimni.

Dil qulfini ocholmagan tilmi aybdor,

Aytganimda bo'lmasmidi dilda borimni?!
Alisher Bek

Asadbek
07-14-2005, 03:35 PM
Qalbim - Sening ishqingga majnun,
Maktub bitar alvon qonidan.
Ichdi ishqning zilol suvidin,
Seni ilk bor ko'rgan onidan.Animak Idoji

BIBIHONUM
07-14-2005, 03:50 PM
Muncha shirin bu kuz oqshomi
Labingdagi charchoq kalomlar:
-Men do'zaxdan qurqmayman jonim,
Do'zaxdaman allaqachonlar... Usmon Azim

Asadbek
07-14-2005, 04:00 PM
Agar odam bo'lsang, gapimga tushin,
Agar xudo bo'lsang, menga yo'l ko'rsat.
"Sevaman" so'zini eshitmoq uchun,
Chorak umrim o'tdi hijronga ulfat.Usmon Azim

BIBIHONUM
07-14-2005, 04:06 PM
Oyni childirmadek chalganim yolg'on
Nikoh kechasiga o'zingni chorlab.
Yurak gup-gup urar. Bir hovuch talqon.
Endi hech kim buzmas tinchingni, zorlaaaaaab....
Ishonma.... Usmon Azim

Asadbek
07-14-2005, 04:44 PM
Go'zallarning malikasi ekansan,
Buni sening ko'zlaringdan o'qidim.
O'qidim-da istiqolbolim qushiga,
Xayolimdan oltin qafas to'qidim.Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon

Mahmud
07-14-2005, 05:06 PM
Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.



Bobur Mirzo

erkak#1
07-14-2005, 06:17 PM
Taqdir yuki boshimg'a balolig' bo'ldi,
Har neki ayladim xatolig' bo'ldi,
O'z Yurtim qo'yib Hindi sori yuzlandim,
Yo Rab! Netayin! Bu ne yuz qarolig' bo'ldi.

Zahiriddin Muhammad Bobur

Asadbek
07-17-2005, 05:56 AM
Gulim, sening yuraging toza,
Yuragingga boqayotgan men.
Ikki ko'zing ikki darvoza,
Darvozangni qoqayotgan men...
Farhod Arziyev

Asadbek
07-19-2005, 02:01 AM
Xayolimda bo'lding uzun kun,
Seni izlab qirg'oqqa bordim.
Och to'lqinlar pishqirgan tunda
Topib ber deb oyga yolvordim...Hamid Olimjon


PS: nOxyl, she'riy kitoblar ham bor bir-ikkita, Internetda ham ko'pgina she'rlar bor :)

6972
07-19-2005, 05:50 AM
Ôàêàò ñåí Ôàðõîäíè ÿõøè êóðàñàí,
Ôàêàò ñåí ñóðàéñàí "Ôàðõîä êàíè" äåá....



Ôàðõîä Àðçèåâ

Asadbek
07-25-2005, 03:31 AM
Kecha olar uyqusida dam,
Kecha uzra posibon - chiroy.
Seni ko'rgim keldi juda ham
Ajib qo'shiq aytgan chog'i oy.Rauf Parfi

uBeR
07-25-2005, 08:33 AM
Do'stlar, yahshilarni avaylab saqlang!
"SALOM" degan so'zning salmog'in oqlang!
O'lganda yuz soat yig'lab turgandan
Uni tirigida bir soat yo'qlang!

Shayh aka satrlaridan.
Asadbek aka! sizga bitta hizmat bor!? Agar sizga malol kelmasa O'zbek adabiyoti saytingizga Mahsud Shayhzoda ijodlaridan ham qo'shib qo'ysangiz chiroyli bo'lardi. Mana shu Ruboyidan ham boshlasangiz bo'ladi. Keyin man sizga topa olmaganlarizi komputerga kirgizib jo'nataveraman...nima dediz?

Asadbek
07-25-2005, 08:58 AM
Tonggi tuyg'ulardek tarovatli tus
Oqshom og'ushida ohangday oqar.
Ilinj iste'hkomin ichida ilkis
Yosuman yog'dular yoqutin yoqar...Shohjahon


PS: uBeR, taklifingiz ma'qul. Unda siz menga Shayxzodaning she'rlarini to'plab jo'natsangiz, men o'z sahifamda joylashtiraman. Imlo xatolari bo'lmasin faqat :)

DaeAnd
07-26-2005, 02:22 AM
Qizlar yuzin saqlar niqobda,
Issiqdanmi bo'lib asramoq,
Yo kuymasin derlar oftobda.
Sevsin uchun yigitlar ko'proq-
Qizlar yuzin saqlar niqobda.



Erkin Vohidov


P.S Go'zal qizlarjon, husningizni doimo saqlab qolingiz.... Erkin Vohidovning maslahatlariga amal qilsak kam bulmaymiz :P

Asadbek
08-09-2005, 08:04 AM
Telefon gardishin aylantiraman,
Qo'ng'iroq chorlaydi seni behuda.
Men seni judayam yaxshi ko'raman,
Ovozing eshitgim keladi juda.Iqbol Mirzodan

Madalio'g'li
08-09-2005, 12:27 PM
men lebün müştakiyem zühhad kevser talibi
nitekim meste mey içmek hoş gelir huş-yare su

fuzuli
(Su Kasidesi'nden)


men labing mushtoqiyman zuhhod kavsar tolibi
nitekim(darhaqiqat) mastga may ichmoq xush kelar hushyorga suv


fuzuli
(Suv Qasidasidan)


Boqiy salom boqiy muhabbat,



uzr...

Mahmud
08-09-2005, 01:23 PM
Men sizni o`ylayman shomu saharda,
Ona, sog`insam ham bora olamayman,
Tunlari charog`on shunday shaharda
Hech kimga ko`nglimni yora olmayman.




Muhammad Yusuf.

Pythagor
08-09-2005, 01:36 PM
Daryo toshqin, suvlar shoshqin, o'tolmayman-ey,
Otim oriq, manzilimga yetolmayman-ey.
Otginamni oriq qilgan shu mayda tosh-ey,
Rangginamni sariq qilgan shu qalam qosh-ey...
Shum bolani qo'shig'idan...:P

Mahmud
08-10-2005, 05:02 PM
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.
Bu zamonni naf’i qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.



Mirzo Bobur.

Asadbek
08-14-2005, 02:10 PM
Bugun o'ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo'rqar edim sevib qolishdan,
Lekin sevib ulgurgan edim!..Maktubdan...
:)

DaeAnd
08-15-2005, 04:04 AM
Hamon yodimdadir o'sha laxzalar
Mayin uchgan qordek yurak zorlari:
Bizga bag'rin ochgan go'zal laxzalar,
Muhabbatday sokin qishning qorlari...



"Qish Sonatasi" filmidan

DaeAnd
08-15-2005, 04:37 AM
Ìîè ãëàçà â òåáÿ íå âëþáëåíû,
Îíè òâîè ïîðîêè âèäÿò ÿñíî.
Íî ñåðäöå, íè îäíîé òâîåé âèíû
Íå âèäèò è ñ ãëàçàìè íå ñîãëàñíî.



Â. Øåêñïèð

Asadbek
08-29-2005, 04:37 AM
Oh urdima, oh ursam,
Tog'lar toshi qulaydi.
Yolg'iz borsam, yor seni
Qashqadaryo so'raydi...Nazar Shukur

Pythagor
08-29-2005, 08:28 AM
Mastni ta'na qilma, ichmasang sog'ar,
G'iybat - doston qilma, bo'lma hiylagar
Kekkaya ko'rma hech may ichmayman deb,
Sening qilmishlaring bundan beshbattar.


Umar Xayyom

Mas'ud
09-22-2005, 01:57 AM
Yana Umar Hayyomdan..............

********
Bir qo'lda Qur'onu bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.
**********

hurmat ila.........

Asadbek
09-22-2005, 07:37 AM
Go'zallik, poklikdan uyalib,
qisilib, qimtinib turasan,
qop-qora devorga suyanib,
yop-yorug` xayollar surasan...Shavkat Rahmon

Mas'ud
09-22-2005, 09:24 PM
***********************
Muhtojlik kuyida ko'ngilni ovla,
Yurakka yaqinu, ma'qulni ovla.
Bir dilcha turmas yuz loyhona Ka'ba,
Ka'bada nima bor, bir dilni ovla.

Umar Hayyom.

Mahmud
09-23-2005, 02:17 PM
So'rma mendan, kim diloro,
Do'stmi yo jonona deb,
Do'st mening ko'nglimdadir,
Jonimdadir jonona ham.


Erkin Vohidov.

John-uz
09-23-2005, 05:26 PM
Salom Do'stim!!! Ishla qale? Man sizda bir narsani so'ramoqchidim. Manam qanday qilib o'z sherlarimni sizlr kabi alohida fayl sifatida yossam bo'ladi? Iloji bo'sa manga shuni tushuntirvorin!!! Rahmat!!!

Mas'ud
09-23-2005, 09:38 PM
Yana Erkin Vohidovdan...


...Do'st qidir, do'st top jahonda,
Do'st yuz ming bo'lsa oz.
Ko'p erur bisyor dushman,
Bo'lsa u bir dona ham...
.

Shokirbek
10-16-2005, 08:20 AM
KO'RGANMIDING KO'ZLARIMDA YOSH

Sog'inganda izlab bir nishon,
Qabring tomon olar edim yo'l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog' men eltaman gul.

Keldim. Uzoq qoldim men sokin,
Sening aziz boshingda yolg'iz,
Osmon tiniq edi va lokin,
Parcha bulut yetib keldi tez.

Ko'kda mening boshimda turib,
Go'yo yuragimda qalqdi u.
Kozimdagi yoshimni korib
U ham to'kdi yoshini duv-duv.

Biz yig'ladik tepangda shu kun,
Keldingmi deb ko'tarmading bosh.
Ayt-chi, senla baxtiyor onlar
Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh?

Zulfiya

BIBIHONUM
10-16-2005, 08:39 PM
Kezar bo’lsang bog’ingda,
Pichirlagum misli barg.
Kuyib sening dog’ingda,
Bo’lmasaydim juvonmarg…

Mirtemir ijodidan...

Han
10-26-2005, 07:59 AM
Meni yo'q e'tiqodi deb bari el ichra yod etma
Hudoy uchun bari elni o'zungdek e'tiqod etma

Mirzo Bobur

Han
10-26-2005, 08:04 AM
Hudo-yo hudolik Sana yarashur,
Qapungda gadolik mana yarashur.
Men etdim ani kim mana yarashur,
San ayla ani kim Sana yarashur.

II- Boyazid Hon

Mas'ud
10-26-2005, 08:27 AM
Jonimiz bu tanni tark etib ketar,
Ikki g'isht go'rimiz ko'zin berkitar,
Keyin boshqa go'rga g'isht qo'ymoq uchun,
Bizning tuproqlarni ezib loy etar.

Umar Hayyom

Mas'ud
10-26-2005, 08:28 AM
Tinglang bu abadiy sado bo'ladi,
Gadoning dushmani gado bo'ladi,
Ikkisi bir-birin topishguncha to,
O'rtada bu dunyo ado bo'ladi.

Umar Hayyom

Han
10-26-2005, 11:57 AM
[quote

Xohla yangisini ol, xohla yuvib os,
Xoh o'zingni parvarish qil, yohud tilib os.
Xohla muhring abadiyan yashagali bos,
Oqibat bir kafan bo'lur oxirgi libos.

N.A.

DaeAnd
10-26-2005, 03:50 PM
Bizga bahor begonadir borgan sari
Ko'nglimiz ham vayronadir borgan sari
Shodon yelib yurar edik avvallari
Umrimiz ham g'amxonadir borgan sari..

Qushiqdan...

Mas'ud
10-29-2005, 05:23 AM
Sevgim, baxtga oshino bo'ling,
Yo'lingizga jonim to'shayman,
Sizdan kechib, ko'rib kuymayin,
Ko'zlarimni yumib yashayman.

Siz o'zgaga, men o'zga yor,
Men kimgayu, siz kimlarga zor,
Tushlarimda ko'rib intizor,
Ko'zlarimni yumib yashayman.

(qo'shiqdan)