manashunaqa
05-14-2006, 04:36 AM
Qochmang, otishadi
Bahor fasli boshlanishi bilan MDH mamlakatlaridan Rossiyaga keluvchilar soni keskin oshadi. Bu oqim yildan yilga ko'paymoqda.
Rossiya ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga qaraganda mavsumiy ishga kelayotganlarning 70 foizi soxta qaydnomalar bilan mamlakat hududiga kirib kelishadi.
Natijada dastlabki tekshiruvda har 100 kishidan 90 nafari sinchkovlik bilan tekshiruvdan o'tkaziladi. Bu esa ko'plab muhojir ishchilarga yoqmaydi. Ayniqsa, kavkaz millatiga mansub kishilar o'z noroziliklarini keskin va qaynoq holatda izhor etishadi. Bu borada o'zbek va tojik millatiga mansub kishilar o'zlarini tinch va osoyishta tutishadi.
Milisionerlar bilan to'qnash kelmaslik uchun ukrainalik, moldaviyalik va boshqa yevropalik ishchilar o'z tashqi ko'rinishlarini o'zgartirishib, mahalliy xalqqa moslashib olishadi. Bu borada kavkazlik va Markaziy Osiyodan borganlarga hech narsa yordam bermaydi. Yaxshisi milisiya xodimiga ro'para kelgach undan uzoqlashishni yoki qochishni o'ylamang. Balki o'zingizni sokin tuting. Aniqlik bilan savollarga javob qaytaring. Agar hujjatingizni tekshirmoqchi bo'lishsa undan kimligini bildiruvchi hujjatini ko'rsatishini talab etishingiz mumkin. Hech qachon milisiya xodimini ko'rib qochishni o'ylamang. Zero, bu ayanchli tugashi mumkin: milisioner asabiylashib qurolini ishga solishi mumkin", deb yozadi "Trud" gazetasi.
Agar sizni tekshirib qolishsa...
Hayotiy zaruriyat odamlarni o'z uylarini tark etib uzoq o'lkalarga borib ishlashga majbur etmoqda. Bu jarayon tobora odatiy holatga aylanib bormoqda. Bu esa muhojir ishchilar va mahalliy milisiya xodimlari o'rtasidagi noxush muloqotlarni kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.
Nima uchun noxush uchrashuvlar deyapmiz. Shuning uchunki ularning oqibati eng yengil holatda jarima va keskin chora sifatida mamlakatdan chiqarib yuborish (deportasiya) bilan tugaydi.
Nima uchun muhojir-ishchilarni yoqtirishmaydi?
Rossiya Ichki Ishlar Vazirligi ma'lumotidan:
*So'nggi uch yil ichida MDH va uzoq xorijdan Rossiyaga kelgan mavsumiy ishchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2,5 barobarga oshgan.
*2005 yilning birinchi yarim yilligida Rossiya hududlarida mavsumiy ishchilar tomonidan 21,6 mingta jinoyat sodir etilgan.
*Moskva shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining ma'lumotiga ko'ra, poytaxtda sodir etilayotgan jami huquqbuzarliklarning 40 foizi muhojir-ishchilar hissasiga to'g'ri keladi.
- Mavsumiy ishchilarning har 100 nafaridan 90tasi sinchkovlik bilan tekshiruvdan o'tkaziladi. Shuning uchun sizni tekshiruvdan o'tkazishganda yoningizda guvohlar bo'lishini hamda tekshiruv protokoli tuzilishini talab eting. Tekshiruvni o'tkazadigan shaxs va guvohlar o'z jinsingizdan bo'lishini talab qiling. Tekshiruvdan so'ng protokol nusxasini berishlarini so'rang. Shuni esda tutish lozimki, protokol hech qanday shubhali narsa topilmaganda ham tuziladi va uning nusxasi talab qilgan kishiga beriladi. Milisiya xodimiga nisbatan gij-gijlash, fitnakorlik harakatlariga berilmang, o'zingizni tutib olib qarshilik ko'rsatmang. Tekshiruvchi xodimdan hujjatlarini ko'rsatishini talab eting. Rad javobini bersa, ismi-sharifini so'rang. Bu keyingi shikoyat arizasi yozish uchun kerak bo'ladi. Shikoyat-arizasi odatda o'sha shaxs yoki tuman IIB boshlig'i nomiga yoziladi. Biroq, tuman yoki shahar prokuraturasiga qilingan shikoyat arizasi ko'proq natijali tugaydi, - deydi Moskva shahar birinchi advokatlar kollegiyasining a'zosi, advokat Aleksandr Greb.
Xulosa o'rnida
Yuqoridagi holatlarni tahlil etib chiqib quyidagi xulosalarga kelish mumkin. Eng avvalo, uydan chiqqandan keyin xorij mamlakatiga borgach qonunlarga rioya eting. Birinchi navbatda qonuniy qayddan o'tish kerakligini hamda ishlashga ruxsatnoma olishni unutmaslik darkor. Bu biroz mushkulroq, lekin keyinchalik milisiya tomonidan sizni bezovta qilinishiga olib kelmaydi.
Milisiya xodimi bilan muloqot davomida o'zingizni oddiy va xoksor tuting. Bu ham muammoni yechilishiga va yoqimsiz muloqotni tezroq tugashiga olib keladi.
Bizning ma'lumotnoma:
Rossiya migrasiya xizmati xodimlarining ma'lumotiga ko'ra har yili ushbu mamlakat hududiga hamdo'stlik mamlakatlaridan 5-6 million kishi mavsumiy ishlash uchun kelishadi. Biroq, ulardan atigi 462 ming kishi qonuniy ravishda yashab mehnat qilishadi. Qolgan mavsumiy ishchilar yashirin tarzda yashab mehnat qilishadi.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligining ma'lumotiga ko'ra hozirgi demografik rivojlanish tashvishli holatga tushib qolgan bir paytda Rossiya iqtisodiyoti chetdan keladigan ishchi kuchlariga katta miqdordagi ehtiyojini saqlab qoladi.
Mamlakat iqtisodiyotining mo''tadil rivojlanishini ta'minlash uchun Rossiyaga har yili bir milliondan ortiq xorijlik ishchi kuchlari jalb etiladi.