PDA

View Full Version : O'zbegim.


Tiger
05-14-2006, 03:26 PM
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinxon o'zbegim.
Senga tengdosh pomiru
Oqsoch Tiynshon, o'zbegim.

Yaxshibola
05-14-2006, 04:28 PM
Sherali Jo'rayev musiqasi, Erkin Voxidov she'ri

Camellia
05-14-2006, 04:43 PM
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinxon o'zbegim.
Senga tengdosh pomiru
Oqsoch Tiynshon, o'zbegim.

Davomi:

So'ylasin Afrosiyobu
So'ylasin O'rxun xati,
Ko'hna tarix shodasida
Bitta marjon, o'zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki O'zluq,
Balki Tarxon, o'zbegim.

O'tdilar sho'rlik boshingdan
O'ynatib shamshirlarin
Necha qon, necha sulton,
Necha ming xon, o'zbegim.

Tog'laring tegrangda go'yo
Bo'g'ma ajdar bo'ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o'zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag'rida dog' uzra dog',
Chingizu Botu tig'iga
Ko'ksi qalqon, o'zbegim.

Yog'di to'rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o'zbegim.

Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, o'zbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o'zbegim.

Ma'rifatning shulasiga
Tolpinib zulmat aro,
Ko'zlaringdan oqdi tunlar
Kavkabiston, o'zbegim.

Tuzdiyu Mirzo Ulug'bek
Ko'ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk -
Qo'ydi Narvon, o'zbegim.

Mir Alisher na'rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She'riyat mulkida bo'ldi
Shohu sulton, o'zbegim.

Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O'z elida chekdi g'urbat,
Zoru nolon, o'zbegim.

Mirzo Bobur - sen, fig'oning
Soldi olam uzra o't,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug'yon, o'zbegim.

She'riyatning gulshanida
So'ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko'z yosh,
Ko'mdi armon, o'zbegim.

Yig'ladi furqatda Furqat
Ham muqimlikda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg'on
Qildi afg'on, o'zbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o'zbegim.

Ortda qoldi qo'hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o'zbegim.

Bo'ldi osmoning charog'on
Tole xurshidi bilan,
Bo'ldi asriy tiyra shoming
Shu'laafshon, o'zbegim.

Men Vatanni bog' deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko'z deb aytsam,
Bitta mujgon o'zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,
Ko'kragimni tog' qilib,
Ko'kragida tog' ko'targan
Tanti dehqon, o'zbegim.

O'zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O'zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o'zbegim.

Men buyuk yurt o'g'lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo'lsam
Sodiq o'g'lon, o'zbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko'ksim osmon, o'zbegim.

Qayga bormay, boshda do'ppim,
Shuhratim, qadrim buyuk,
Olam uzra nomi ketgan
O'zbekiston, o'zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o'g'lingman, qabul et,
O'zbegim, jon o'zbegim.


Juda zo'r she'r, umuman olganda Erkin Vohidov ijodini hurmat qilaman:D

Wolfman
05-14-2006, 05:15 PM
manga bu she'r yoqmaydi. shu nomdagi qo'shiqni ham eshita olmayman. bilmayman nega. manimcha shu she'rni yozgan odamni yoqtirmasligimdan bo'lsa kerak.




Wolf

++Nodir++
05-14-2006, 06:22 PM
Davomi:

So'ylasin Afrosiyobu
So'ylasin O'rxun xati,
Ko'hna tarix shodasida
Bitta marjon, o'zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki O'zluq,
Balki Tarxon, o'zbegim.

O'tdilar sho'rlik boshingdan
O'ynatib shamshirlarin
Necha qon, necha sulton,
Necha ming xon, o'zbegim.

Tog'laring tegrangda go'yo
Bo'g'ma ajdar bo'ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o'zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag'rida dog' uzra dog',
Chingizu Botu tig'iga
Ko'ksi qalqon, o'zbegim.

Yog'di to'rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o'zbegim.

Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, o'zbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o'zbegim.

Ma'rifatning shulasiga
Tolpinib zulmat aro,
Ko'zlaringdan oqdi tunlar
Kavkabiston, o'zbegim.

Tuzdiyu Mirzo Ulug'bek
Ko'ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk -
Qo'ydi Narvon, o'zbegim.

Mir Alisher na'rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She'riyat mulkida bo'ldi
Shohu sulton, o'zbegim.

Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O'z elida chekdi g'urbat,
Zoru nolon, o'zbegim.

Mirzo Bobur - sen, fig'oning
Soldi olam uzra o't,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug'yon, o'zbegim.

She'riyatning gulshanida
So'ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko'z yosh,
Ko'mdi armon, o'zbegim.

Yig'ladi furqatda Furqat
Ham muqimlikda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg'on
Qildi afg'on, o'zbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o'zbegim.

Ortda qoldi qo'hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o'zbegim.

Bo'ldi osmoning charog'on
Tole xurshidi bilan,
Bo'ldi asriy tiyra shoming
Shu'laafshon, o'zbegim.

Men Vatanni bog' deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko'z deb aytsam,
Bitta mujgon o'zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,
Ko'kragimni tog' qilib,
Ko'kragida tog' ko'targan
Tanti dehqon, o'zbegim.

O'zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O'zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o'zbegim.

Men buyuk yurt o'g'lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo'lsam
Sodiq o'g'lon, o'zbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko'ksim osmon, o'zbegim.

Qayga bormay, boshda do'ppim,
Shuhratim, qadrim buyuk,
Olam uzra nomi ketgan
O'zbekiston, o'zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o'g'lingman, qabul et,
O'zbegim, jon o'zbegim.


Juda zo'r she'r, umuman olganda Erkin Vohidov ijodini hurmat qilaman:D
o'qishga erindim, AbdOripovniki ekan :) booo

...

orxun afrosiyob bla bla bla, ularni hammasi bir xil TURK, (O'zbek, Qozoq, Qirg'iz, Turkmen... Tatar...)

Tiger
05-14-2006, 06:38 PM
manga bu she'r yoqmaydi. shu nomdagi qo'shiqni ham eshita olmayman. bilmayman nega. manimcha shu she'rni yozgan odamni yoqtirmasligimdan bo'lsa kerak.




Wolf
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim… Bunisichi?:)

elDoraDo
05-15-2006, 06:50 AM
Topic ochayotganda iltimos e'tibor bering.
Rahmat

Camellia
05-15-2006, 01:54 PM
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim… Bunisichi?:)

DAVOMI

Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri -
Ilig`imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan, Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da'vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.

Sen Ho`jandsan, Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.

Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin - Qurdistonda,
Boburing - Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…

O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…

O`tgan kuning - o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab, Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.

Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…

Sen - shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam, O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !


Muhammad Yusuf ijodi ham tahsinga loyiq:)

Wolfman
05-15-2006, 02:32 PM
eshitgani quloqqa yoqadi, lekin bu narsa xalqimizning qiyinchiligini zarracha-da yengillatmaydi, aksincha, tashviqotchilarning qo'lida o'yinchoq bo'ladi (ya'ni, Sevaraga Mustaqillik maydonida bu she'rdan ashula ayttirib och xalqimizni qulog'iga lag'mon osishadi :)).

mingta gapdan ko'ra bitta amal yaxshi ;)

Wolf Zaxarovich

Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim… Bunisichi?:)

Masanori
05-15-2006, 02:53 PM
Sevarani mashu sherga etgan ashulasini quyvorila, agar busa, iltimos, rosa zur etgande uzi ashulaniyam.

Tiger
05-15-2006, 03:22 PM
Sevarani mashu sherga etgan ashulasini quyvorila, agar busa, iltimos, rosa zur etgande uzi ashulaniyam.
Agar bolsa jonim bilan kuyib uborardim.:)
Afsuski u kushigi manda yok.:(
Balki u kushikni, Asadbekaka dan iltimos kilseschi?
Xammaga omad tilab.

Shokirbek
05-15-2006, 03:35 PM
Sevarani mashu sherga etgan ashulasini quyvorila, agar busa, iltimos, rosa zur etgande uzi ashulaniyam.

Sevara kim?

Sevinch
05-15-2006, 04:01 PM
Sevara kim?
Sevara Nazarhan Uzbekistonda hizmat kursatgan artist.
Ashulasini esa Asadbek poisk Uzb. pesn. threadiga quyibdilar.

Sevinch
05-15-2006, 04:29 PM
Qiyosi yuq uning mehri bir daryo
O'xshasa o'ziga o'xshaydi uzbek
Boshqa millatlarni bilmadim ammo,
Dunyoda BOLAM deb yashaydi uzbek.

Bobolari qaysi yigitlardan kam
Momolari hushro'y yuzdan oshsa ham.
Zurryodlar bir hovliga bulsa jam,
To'shak etmay tunin tushaydi uzbek.

Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek
Yomon sher yozsan ham betingdan upib
Kam bulma bolam deb yashaydi O'zbek!

P.S.Kimda shu Yulduz aytgan ashula bulsa upload qilsin iltimos.

Mas'ud
05-15-2006, 11:06 PM
Men nechun sevaman O'zbekistonni,
Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo?
Nechun vatan deya yeru-osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho?
Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta o'smaydimi o'zga elda yo?
Balki quyoshdir sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku butun osiyo.
Men nechun sevaman O'zbekistonni,
Bog'larin jannat deb ko'z-ko'z etaman?
Nechun ardoqlarkan tuprog'ini men?
O'paman, tuprog'ing bebaho , Vatan!
Men nechun sevaman O'zbekistonni?
Sababin aytgin? - desalar menga.
Shoirona go'zal so'zlardan oldin,
Men ta'zim qilaman ona xalqimga
"Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo'lsaydi.
Qorliklarni makon etgan bo'lsaydi.
Mehrim bermasmidim, o'shal muzlarga.
Vatanlar, Vatanlar mayli gullasin,
Bog' unsin mangulik muzda ham.
Ammo
Yurtim faqat sening boyliklaring chun,
Sevgan farzand bo'lsa, kechirma aslo!!!"

A.Oripov...

Villager
05-15-2006, 11:20 PM
sevimli ko'shiklarimdan biri. rahmat