View Full Version : eronda yangi qonun
shayhontohur
05-19-2006, 08:14 PM
Eron hukumati o'z hududida yashovchi boshqa din vakillariga kiyimlarida har hil rangdagi (qaysi dinga mansubligiga qarab) lenta osib yurishligi haqidagi qonunni qabul qilibdi:http://newsru.com/world/19may2006/finish.html
halifat davrlarida haqiqatan ham islom davlati hududa yashovchi boshqa din vakillari boshqa rangdagi belboglar taqib yurishgani tarihdan ma'lum.
shu hususida bir savol tugildi.Shu turdagi qonun nimaga asosan qabul qilingan, ya'ni Quróndan yoki hadislarda shunday buyruq kelganmi?
Agar bu narsa o'sha zamonlarda yashagan haliflar yoki podshohlarning buyrugi bo'lsa,Erondagi yangi qonunga qanday fikr bildirasizlar.
hurmat bilan
forum
05-20-2006, 03:24 PM
zo'r qonun! juda yaxshi! qani endi bizda ham shunday qilinsa!
EskiA'zo
05-20-2006, 06:42 PM
zo'r qonun! juda yaxshi! qani endi bizda ham shunday qilinsa!
Yahshi bo'lmasdi, chunki keyin biz ham bayroq taqib Kofir mamlakatlarda bizni urib ketishmasmikan yuramizmi? Eron ahmoqona ish qilibdi...
kipchak
05-20-2006, 09:20 PM
utka, rebyata, uje oprovergli eti novosti.
Frida
05-20-2006, 10:01 PM
Eron hukumati o'z hududida yashovchi boshqa din vakillariga kiyimlarida har hil rangdagi (qaysi dinga mansubligiga qarab) lenta osib yurishligi haqidagi qonunni qabul qilibdi:http://newsru.com/world/19may2006/finish.html
halifat davrlarida haqiqatan ham islom davlati hududa yashovchi boshqa din vakillari boshqa rangdagi belboglar taqib yurishgani tarihdan ma'lum.
shu hususida bir savol tugildi.Shu turdagi qonun nimaga asosan qabul qilingan, ya'ni Quróndan yoki hadislarda shunday buyruq kelganmi?
Agar bu narsa o'sha zamonlarda yashagan haliflar yoki podshohlarning buyrugi bo'lsa,Erondagi yangi qonunga qanday fikr bildirasizlar.
hurmat bilan
Qurondan kelgan kelmaganligini bilmaymanku, lekin hazrat Umar vaqtida chiqqan qonun hisoblanadi. Bu qonun boshida chiqqanda yahudiylar boshlariga narsa o'rab yurishlari va qandaydir uzun besunaqay narsani ustilariga tashlab yurishlari kerak bo'lgan. Keyinchalik din vakillarining "ijtihoddan" uzoqlashib, har bir ishga ko'r-ko'rona yondashishlari natijasida undan ham battarroq qonunlar chiqib ketgan, mana masalan o;rta osiyodagi yahidiylar nafaqat yahidiy ekanliklarini bildirish uchun kiyimlariga narsa o'rab yurganlar, undan tashqari ularning uylari, ayniqsa eshiklari musulmonlarning eshiklaridan yuqoriroq bo'lishi mumkin bo'lmagan. Har zamon va har bir musulmon mamlakatida hazrat Umarning paktiga narsalar qo'shib boraverilgan. Masalan qaysidir vaqtlarda boshqa dindagilar umuman mansabga ega bo'lishi mumkin bo'lmagan. Buning natijasida ko'pgina yahidiy va boshqa din vakillari o'z dinlarini berkitgan holda yashaganlar.
Menimcha, bu pakt hozirgi zamon normalariga va qolaversa insoniy normalarga to'g'ri kelmaydi. Bu albatta, IMHO. Agar Qurondan va Hadithdan ko'proq va chuqurroq bilimga ega bo'lganlardan, hazrat Umarning bu qonunni nimaga tayinib yozilgani haqida eshitsak yana ham yaxshiroq bo'lar edi.
Frida
05-20-2006, 10:09 PM
Agar bu narsa o'sha zamonlarda yashagan haliflar yoki podshohlarning buyrugi bo'lsa,
Savolingizga javob menimcha, xuddi shu ishlatgan so'zingizda. Biz hozirgi zamonda yashayapmiz.
Ulug'bek
05-21-2006, 04:45 AM
Qurondan kelgan kelmaganligini bilmaymanku, lekin hazrat Umar vaqtida chiqqan qonun hisoblanadi. Bu qonun boshida chiqqanda yahudiylar boshlariga narsa o'rab yurishlari va qandaydir uzun besunaqay narsani ustilariga tashlab yurishlari kerak bo'lgan. Keyinchalik din vakillarining "ijtihoddan" uzoqlashib, har bir ishga ko'r-ko'rona yondashishlari natijasida undan ham battarroq qonunlar chiqib ketgan, mana masalan o;rta osiyodagi yahidiylar nafaqat yahidiy ekanliklarini bildirish uchun kiyimlariga narsa o'rab yurganlar, undan tashqari ularning uylari, ayniqsa eshiklari musulmonlarning eshiklaridan yuqoriroq bo'lishi mumkin bo'lmagan. Har zamon va har bir musulmon mamlakatida hazrat Umarning paktiga narsalar qo'shib boraverilgan. Masalan qaysidir vaqtlarda boshqa dindagilar umuman mansabga ega bo'lishi mumkin bo'lmagan. Buning natijasida ko'pgina yahidiy va boshqa din vakillari o'z dinlarini berkitgan holda yashaganlar.
Menimcha, bu pakt hozirgi zamon normalariga va qolaversa insoniy normalarga to'g'ri kelmaydi. Bu albatta, IMHO. Agar Qurondan va Hadithdan ko'proq va chuqurroq bilimga ega bo'lganlardan, hazrat Umarning bu qonunni nimaga tayinib yozilgani haqida eshitsak yana ham yaxshiroq bo'lar edi.
Bir muncha bir yoqlama va nisbatan tor qarash.
Aynan Hazrat Umarning pakti, tarixda uchala Ibrohimiy dinlar vakillarining aniq- tiniq totuvlik ostida bir jamiyatda yasashini taminlagan birinchi siyosiy-diniy hujjatdir, garchi bugun qayta ko'rib chiqilishi mumkin bo'lgan joylari bo'lsa ham.
Siz aytganingizdek Ahlul-Kitob : yahudiy va nasroniylar, musulmonlar hukmi ostida muntazam siquv ostida hamisha va hamma joyda ham bo'laverishmagan. Bu asosan istisnoga o'xshash holatlarda sodir bo'lgan. Aksincha aynan musulmonlar hukmi ostida Andalus-Ispaniyada ahlul-kitob va xususan yahudiylar, diasporaviy hayotlarida misli ko'rilmagan avtonomiyaga erishganlar. Quddusda uzun tarix mobaynida faqat musulmonlar boshchilidagina bu uchala din vakillari totuvlikda, diniy ozchiliklar huquqlari katta miqdorda himoya qilingan holda birga yashashgan.
Agar musulmon bo'lmaganlar islom hukumatlarida qay darajada yuqori postlarda bo'lganini har taraflama ko'raman desangiz, so'nggi Usmoli Xalifaligiga nazar soling va qancha vazir ahlul-kitobdan bo'lganligini o'rganing.
Bu tarixga yondashuv xususida edi.
Endi hazrat Umarning o'sha ahdnomasi xususida. Unini o'sha paytdagi ahlul-kitob o'z ixtiyorlari bilan qabul etgani va uning ma'lum qismi boshqacha ham qarash mumkin bo'lgan ijtihod mahsuli va tarixda hamma musulmon o'lkalar (tabiiyki ulardagi diniy ulamolar) ham tatbiq etavermagan hujjatligini nazarda tutish lozim.
Eron shariy davlat bo'lmaganidan keyin uning har chiqargan yangiligini Qur'ondan Hadisdan dalillarga suyantirish yohud axtarish menimcha uvol...
Eron xuddi boshqa o'lkalardek qaralishi kerak... Shariy davlat rasman 1923 da barham topgan... hozirgilari shariy emas...

Assalomu alaykum wr, wb.
Kecha darsda ko'pchilik quyidagi savolni berishdi: " Garchi eronliklar ilm bilan tanish bo'lsalar-da, ammo bari-bir nimagadir shirk qilishadi". Yo Ali deb, Aliga si'ginishadi. Shirk nima ekanligini, hech bo'lmasa lug'aviy ma'nosini bilishadi chamamda.
Frida
05-21-2006, 06:20 AM
Ulug'bek ham tarixiy tomondan ham o'z tahlilingiz bilan bergan fikringiz uchun rahmat. Men ham aytmoqchi bo'lganim - ijtihoddan uzuqloshgandan keyin halifalik davrida chiqqan har bir narsadek Umar pakti ham ancha o'zgarib, qoloq va yozib-yozilmagan narsalar bilan to'ldirildi. Bu afsuski juda ham ko'p qonunlarda yuz bergan narsadir. Ispaniyadagi yahudiylar diasporalari haqida ham o'qiganman, afsuski hozir yodimda yo'q, lekin bir yahudiy mansabdorning va uning o'glining qanchalar mansabda ko'tarilishi, ammo Umar paktini qo'llab uning ishdan olinishi va shu bilan kelib chiqqan katta bir kelishmovchilik haqida ham qayerdadir o'qiganman. Menimcha bu voqea, Umar pakti chiqqandan ancha keyin sodir bo'lgan, ya'ni yuqorida aytib o'tgan qo'shimchalarimdan keyin. Umuman olganda Umar pakti halifalik davrida boshqa din vakillari uchun yordami tekkani aniq, ammo hozirgi vaqtda buning qo'llanishi, uncha ham yaxshi emas deb hisoblayman.
shayhontohur
05-22-2006, 01:55 AM
iltimos,
Umar r.a. pakti haqida ma'lumot bersangiz,hech eshitmagan ekanman.
oldindan rahmat.
Frida
05-22-2006, 06:18 AM
iltimos,
Umar r.a. pakti haqida ma'lumot bersangiz,hech eshitmagan ekanman.
oldindan rahmat.
Shu threadni ochgan voqeangiz halifa Umarning boshqa din vikillarining musulmon davlatlarida yashashlari va ba'zi qonun qoidalarga bo'ysinishlari haqidagi qonunidan olingan. Eron qabul qilmoqchi bo'lgan "kiyinish" haqidagi qonuni aslida Umar paktiga tayanadi. Qolgan bu haqidagi bilgan ma'lumotlarimni yuqorida aytib o'tdim, Ulug'bekning postidan ham ancha narsa olishingiz mumkin . Internetda Khalifa Umar's tolerance pact, yoki shunga o'xshash so'zlarni kiritib tekshirib ko'ring ancha narsa olishingiz mumkin bo'lsa kerak. Uzr aniq bir web-sahifa hozir esimda yo'q.
Shu o'rinda bir savol: Hozirgi vaqtda, musulmon davlatlarida juzya solig'i (so'zda adashmayotgan bo'lsam, boshqa din vakillaridan olinadigan soliq) hali ham bormi? Bilsangiz yozib qoldiring, iltimos.
Ulug'bek
05-22-2006, 08:21 AM
iltimos,
Umar r.a. pakti haqida ma'lumot bersangiz,hech eshitmagan ekanman.
oldindan rahmat.
Pact of Umar, 7th Century
- http://www.fordham.edu/halsall/source/pact-umar.html
Some comments on it:
- http://en.wikipedia.org/wiki/Pact_of_Omar
Ulug'bek
05-23-2006, 04:10 PM
Shu threadni ochgan voqeangiz halifa Umarning boshqa din vikillarining musulmon davlatlarida yashashlari va ba'zi qonun qoidalarga bo'ysinishlari haqidagi qonunidan olingan. Eron qabul qilmoqchi bo'lgan "kiyinish" haqidagi qonuni aslida Umar paktiga tayanadi. Qolgan bu haqidagi bilgan ma'lumotlarimni yuqorida aytib o'tdim, Ulug'bekning postidan ham ancha narsa olishingiz mumkin . Internetda Khalifa Umar's tolerance pact, yoki shunga o'xshash so'zlarni kiritib tekshirib ko'ring ancha narsa olishingiz mumkin bo'lsa kerak. Uzr aniq bir web-sahifa hozir esimda yo'q.
Shu o'rinda bir savol: Hozirgi vaqtda, musulmon davlatlarida juzya solig'i (so'zda adashmayotgan bo'lsam, boshqa din vakillaridan olinadigan soliq) hali ham bormi? Bilsangiz yozib qoldiring, iltimos.
Frida (anchadan beri asli shu nom ostida threadlar boshlagan qizdan butunlay boshqa bir inson gapirayapti bu laqab orqasidan:) ), avvaliga, musulmon davlatlar bormi deb suramaysizmi?
Bu deganim ular yo'q deganim emas, ammo.
Frida
05-23-2006, 07:34 PM
Frida (anchadan beri asli shu nom ostida threadlar boshlagan qizdan butunlay boshqa bir inson gapirayapti bu laqab orqasidan:) ), avvaliga, musulmon davlatlar bormi deb suramaysizmi?
Bu deganim ular yo'q deganim emas, ammo.
Ulug'bek nimaga sha'ma qilayotganingizni rostini aytsam tushunmadim. Bilmaganimni so'ragan edimda. Rostini aytsam, gohida bir xil narsalarni o'qib xayron bo'laman. Mana masalan yaqinda qaysidir musulmon afrika davlatidagi taloqning qoidalari haqida o'qib qoldim. Bu qoidalarga ko'ra taloq olgan ayol qanday ahvolda bo'lsa uyidan shunda chiqib ketishi kerak ekan. Shuning uchun shu davlat ayollari, kelinlik seplarini doimiy ravishda taqib yurar ekanlar. :) :( Bo'ynilarida qo'sh-qosh tilla zanjirdan tortib, bilakuzuk, zirak va uzukkacha taqib yurar ekanlar.
Shuning uchun balki hali ham juzya bormikin degan edim. Savolim juda oddiy bo'lib tuyilgan bo'lsa uzr.
zanjir
05-24-2006, 01:41 AM
yo ahli muslimin,
bitta narsani aniq tan olishimiz kerak. bir muslimon sifatida gururlana oladigan mamlakatimiz bu Eron. agar gayriddinlaga nisbatan qonun qabul qilingan bolsa bu davlatning ichki ishi, keyin shia mashabini ham qoralay olmaymiz chunki biz Iroqda yuz bergan va hozirda davom etayotgan mashablararo kelishmovchiliklarga umuman qarshimiz shunday emasmi?
millatni ustidan umuman hukmron bolishni hohlasang uni qadriyatlarini yoq qil.........
ming afsuslar bolsinkim Iroqdagi birodarlarimiz yashayotgan hayot biz uchun sharmandalik:(
referee
06-02-2006, 05:02 AM
Brothers and Sisters,
Let's get the facts right first before debating an issue, which was a blatant propaganda against Iran. There are many false reports like this, and will be more in pursuit of political agenda to make Iran look as bad as Iraq during Saddam. We all know the agenda here!
Read the article for more:
Canada: Paper apologizes for false report on Iran
http://www.cbsnews.com/stories/2006/05/24/ap/world/mainD8HQERD00.shtml
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.