AbdulAziz
05-20-2006, 09:26 AM
Assalomu alaykum!
Jan Pol Sartrning Mahbus hikoyasini shu yerdan (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=library&action=display&thread=1148137480&page=1)o'qishingiz mumkin.
Tarjimon: Ahmad Otaboyev
* * *
http://www.infoamerica.org/teoria/imagenes/sartre.jpg
Jan-Pol Sartr (1905-1980) umr bo‘yi insonni, uning hayoti mohiyatini, erki va qismatini o‘yladi, tahlil qildi, izlanishlaridan falsafiy teran, ba’zan ziddiyatli xulosalar chiqardi. Inson erkiga tajovuz qiladigan kuchlarga cheksiz nafrat, nohaqlik tufayli yuz beradigan fojealarni fosh etish, pirovard natijada inson erki va daxlsizligini yuksak gumanistik nuqtai nazardan himoya qilish – Sartr boqiy olamining yetakchi g‘oyalaridir.
E’tiboringizga havola etilayotgan hikoyasida yozuvchi o‘lim jazosiga hukm etilganlarning qatlgacha kechirishgan kechinmalari, sud, o‘lim, taqdir va erkinlik borasidagi tushunchalarning mahkumlar ongida kasb etgan mohiyati haqqoniy tasvirlangan. Kutilmagan yakun esa muallifning nafaqat badiiy mahoratini, balki eng og‘ir jazo — Insonni Borliq bilan bog‘lab turuvchi jamiki rishtalarini uzib yuborishini, orada o‘tib bo‘lmas g‘ov paydo qilishini kuchli mantiq bilan dalillay olganini ko‘rsatadi.
Tarjimon.