PDA

View Full Version : "Har bir inson o'ziga har kuni 56 ta savol bilan murojaat qilsihi kerak"

Mo'jiza
05-22-2006, 11:19 AM
Bu men sotib olgan eng kam varaqli kitobdan olingan.
Ichidagi ma'lumoti men uchun kattadir.

"Bismillahir Rohmanir Rohim

1. Ertalab o'ng qo'l bilan turib kalimai tavhidni va tamjidni o'qidingmi?

2. Ertalab namozni erkaklar masjidda jamoat bilan birga, ayollar bolalari
bilan uyda o'qishlari kerak.

3. Kun chiqquncha Qur'on o'qidingmiva Allohni zikr qildingmi?

4. Bugungi kuningda haloldan rizq topib, haloldan yeyishni so'radingmi?

5. Bugun uch marta "Alloh rahmatingga loyiq qil" deb Allohdan so'radingmi?

6. Bugun bomdod va shom namozining farzidan so'ng "Allohumma ajirini-
minannar" (Do'zaxdan saqlagin) deb 7 marta so'radingmi?

7. Bugun 5 vaqt namozni erkaklar masjidda va ayollar uyda bolalari bilan
o'qidimi?

8. Bugun 370 ta a'zoyingdan har birining sadoqati uchun 2 rakaat zuxo
namozini o'qidingmi?

9. Azon chaqirilganda duosini o'qidingmi?

10. Namoz vaqtini kutib, tahorat qildingmi?

11. Ovqatlanayotganda, kiyim kiyayotganda, choy ichayotganda duolarni o'qidingmi?

12. Bugun Islom dinida bo'lganingga Allohga hamdu sano aytdingmi?

13. Ko'zingning ko'rganiga, qulog'ingning eshitganiga, qalbingning
fikrlaydiganiga hamdu sano aytdingmi?

14. Bugun tirik yurganingni g'animat bilib, oxiratga tayyorgarli ko'rdingmi?

15. Bugun Allohning ilmidan Birovdan o'rganib, boshqaga o'rgatdingmi?

16. Bugun hadislardan qancha o'rganding va boshqalarga o'rgatdin?

17. Bugun ko'zingni, qulog'ingni, badaningni haromdan saqladingmi?

18. Payg'ambarimiz Sallallohu Alayhi va Sallamga bugun necha marta
salovat aytding?

19. Alloh roziligi uchun kasal ko'rdingmi?

20. Erkaklar tahorat qilib janozalarga bordingizmi?

21. Bugun birovdan amri-ma'ruf eshitdingmi yoki amri-ma'ruf qildingmi?

22. Bugun necha qator oyat va necha sura o'qiding?

23. Alloh roziligi uchun qaysi musulmonga yordam berding?

24. Birovga va'da bergan bo'lsang, ustidan chiqdingmi?
Yoki bajara olmagan bo'lsang, uzr so'radingmi?

25. Bugun Alloh roziligi uchun oshkora yaxshilik yoki berkitiqcha yaxshilik
qildingmi?

26. Bugun sadaqa berdingmi? SubhonAllohu valhamdulillahu va la ilaha
ilallohu vAllohu Akbar

27. Sendan birov yuz o'girgan bo'lsa borib yarashdingmi?

28. Bugun Alloh roziligi uchun g'azabingni ichingga yutdingmi?

29. Bugun senga birov zulm qilgan bo'lsa, sen kechirdingmi?
Seni birov hamma narsadan quruq qoldirgan bo'lsa, sen uni
kechirdingmi?
30. Bugun qancha muddat jim turib Allohning qudratini fikr qilding?

31. Kimni Alloh uchun yaxshi ko'rding va kimni dushman tutding?

32. Bugun eng yaxshi ko'rgan narsangni Alloh roziligi uchun hadya
qildingmi?

33. Bugun qaysi bir Islomdan adashgan insonni to'g'ri yo'lga solding?

34. Bugun qancha vaqt kulgidan o'zingni tiyding? Oyat 81 Surai Tavba

35. Bugun necha marta Allohni yod olib, Allohdan qo'rqib berkitiqcha
yig'lading, ko'z yoshlaringni uvol qilmay badanlaringga surkadingmi?

36. Bugun necha marta gunohingga astag'furilloh deding, ya'ni istig'for
aytding?

37. Mo'min va musulmonlarni duo qildingmi?

38. Bugun qaysi odamning hojatini chiqarding?

39. Bugun senga o'qrayganlarga tabassum qildingmi?

40. Ichki tahorat toza bo'lmasdan tashqi tahorat toza bo'lmaydi.
Ichki tahorat_hasad, ko'rolmaslik, birov to'g'risida yomon fikrda bo'lishlik

41. Bugun g'iybat, chaqimchilik, yolg'on va tortishuvdan o'zingni tiydingmi?

42. Bugun o'limni eshitganda va tobutni ko'targanda ibrat oldingmi va "Inna
lillohi va inna ilayhi rojiun" dedingmi?

43. Bugun o'zingning badaningga halimlikni, taqvoni, sabrni va tavakkalni
joylashtirdingmi?

44. bugun shirkdan saqlandingmi?

45. Qaysi amalingni ishonch bilan qilding?

46. Bugun Payg'ambarimiz Sallallohu Alayhi va Sallam qilgan ishlardan
qildingmi? U ishlar - yerda o'ltirish, qoshiqda ovqat yemaslik, xon
qo'ymaslik.

47. Bugun necha marta o'limni esga olding va qabr azobidan saqlanishlikni
so'rading?

48. Dushanba, Payshanba yoki oyning avvali, o'rtasi oxirida bir kundan
ro'za tutdingmi?

49. Ko'chaga chiqqanda, uyga, hovliga kirganda, tahoratxonaga kirgandagi
duolarni mukammal o'rgandingmi?

50. Jum'a kunida jum'a namozini o'qimasdan 3 soat oldin g'usl qildingmi?
Jum'a namozini o'qiguncha och o'tirish kerak va ibodat qilish kerak, ya'ni
Jum'a kunining haqini ado etdingmi?
3 soat oldin g'usl qilsa, tuyani so'yganning, 2 soat oldin g'usl qilsa,
qo'y so'yganning, 1 soat oldin g'usl qilsa, tovuq so'yganning, 10 minut
oldin g'usl qilsa, 2 ta tuxum berib ehson qilganning savobini oladi.

51. Eringni, aka-ukalaringni, ota-onangni, qo'shningni rozi qildingmi?
Qo'shningning haqi - salomlashish va dinni tanitish.

52. "Kaf" surasini kunda o'qigan zehni o'tkir, umri uzun bo'ladi. 17 yoshli
qizning zehni bo'ladi, badani kasal bo'lmaydi.

53. Bugun farz amallarining qaysinisini to'liq bajarding?

54. Bugun qaysi adashgan odamni islom diniga solding?

55. Qaysi amalingni dangasalik qilmay bajarding?

56. Bugungi kuningni tavba, istig'for bilan o'tkazdingmi?

ALLOHU AKBAR

Har bir inson o'zi uchun vasiyat yozishi kerak.

1995-yil"

O'zim bilmagan tushunchalarning tagiga chizilgan. Bu haqda ma'lumotingiz bo'lsa, bo'lishsangiz, minnatdor bo'lardim.

Amiri Turkiston
05-22-2006, 12:33 PM
yahshikuya

lekin bularni hammasini qilsam...ishimni kim qiladi, otchetlarni kim tekshiradi, hisob-kitobni kim qiladi, pulni kim topadi, oylikka pulni qattan olaman, nimani eyman ertaga, benzinga pulni qattan olaman, to'yanaga pulni qattan olaman degan savollar tez-tez qiynashni boshlasa kerak aaa

shularni hammasini yaratgan Alloh uchun qilish juda ham yahshi albatta
shularni qila oladiganlarga havasim keladi...to'g'risi

Ulug'bek
05-22-2006, 12:39 PM

Ichki tahorat: hasad, ko'rolmaslik, birov to'g'risida yomon fikrda bo'lishlik

Jigari rangdagilari kamchiligi borlari. Qizil rangdagilari to'liq xato va yoki qisman xatoli bo'laklaridir. Bulardan boshqa ham bahsli joylari bor ediyu, mana shulari diqqatimni ko'proq jalb qildi.

Zuho namozi - Bu Choshtgoh vaqti o'qiladigan nafl namoz.

Xon- (bu yerda) ovqat yeyishda ishlatiladigan oyog'i qisqa stol - xontaxta.

Fifi
05-23-2006, 02:36 AM
Assalomu alaykum wr, wb.
50 sal xatoroqmi deyman. Men uni g'usl emas, kim erta namozga borsa, deb o'qigan edim, ya'ni 3 soat oldin masjidga borsa, 2 soat oldin masjidga borsa va hokazo...

Ko'p takrorlanish joylari bor ekan, ammo bari-bir e'tibor bermay qaysi birlarini bajarmayotganlarimni sanab chiqdim. 19,21,27,31,32,33,42.

Fifi
05-23-2006, 02:40 AM
yahshikuya

lekin bularni hammasini qilsam...ishimni kim qiladi, otchetlarni kim tekshiradi, hisob-kitobni kim qiladi, pulni kim topadi, oylikka pulni qattan olaman, nimani eyman ertaga, benzinga pulni qattan olaman, to'yanaga pulni qattan olaman degan savollar tez-tez qiynashni boshlasa kerak aaa

shularni hammasini yaratgan Alloh uchun qilish juda ham yahshi albatta
shularni qila oladiganlarga havasim keladi...to'g'risi

Assalomu alaykum,

Hammaga gap ham shunda. Qiyin zamonda yashab qolayapmiz. Sinov ham og'ir.
Ikki o'tni orasida qolganday yashaysiz. Ammo, bu shartlarni bajarish qiyin emas.
Ishingiz jarayonida qilib ketsa bo'ladi. Hammasi iymon, e'tiqodga bog'liq.

Shahnoz
05-23-2006, 05:00 AM
Ideal'niy odam bo'lganimda shu 56ta savol bilan murojaat qilardim o'zimga... Lekin man ideal emasman, shunga kuniga 100talab savollar yuradi boshimda, javobini topolmey... Hicham shu standartlarga tushunmimande... Hayot bitta, umr bitta, shu umring bo'yi har hil chegaralar ichida yurasanmi... Undan ko'ra, vijdonga qarab yashash kerak, standartlargamas... Vijdoning pok bo'lsa, shu 56 savolni bergansanmi, bermagansanmi farqi yo'.

IMHO:rolleyes:

Mo'jiza
05-23-2006, 06:55 AM
Assalomu alaykum wr, wb.
50 sal xatoroqmi deyman. Men uni g'usl emas, kim erta namozga borsa, deb o'qigan edim, ya'ni 3 soat oldin masjidga borsa, 2 soat oldin masjidga borsa va hokazo...

Yaxshi fikr. Masjidning oldingi o'rinlarida o'tirish ham savob keltiradi deb o'qigan edim. Oldingi o'rinda o'tirish uchun esa masjidga ertaroq borish kerak.

Ideal'niy odam bo'lganimda shu 56ta savol bilan murojaat qilardim o'zimga... Lekin man ideal emasman, shunga kuniga 100talab savollar yuradi boshimda, javobini topolmey... Hicham shu standartlarga tushunmimande... Hayot bitta, umr bitta, shu umring bo'yi har hil chegaralar ichida yurasanmi... Undan ko'ra, vijdonga qarab yashash kerak, standartlargamas... Vijdoning pok bo'lsa, shu 56 savolni bergansanmi, bermagansanmi farqi yo'.

IMHO:rolleyes:

Nimagadir menga, muallif, savollarni o'zi bajara olmayotgan shartlarni to'plab yurib, keyin hammasini jamlab chop etgandek tuyuladi.

Siz aytgandek boshimizdan 100 ta, boringki minglab xayolllar o'tadi.
Men bu savollar (musulmon) inson bajarishi kerak bo'lgan hamma narsani qamrab olgan demayman. Lekin ba'zi narsalarni o'z ichiga olgan.

Balki qolganini biz o'zimiz to'ldirarmiz? Masalan, ota-ona haqi bu yerda eslanmagan.

Iqbol
03-21-2007, 07:57 AM
yahshikuya

lekin bularni hammasini qilsam...ishimni kim qiladi, otchetlarni kim tekshiradi, hisob-kitobni kim qiladi, pulni kim topadi, oylikka pulni qattan olaman, nimani eyman ertaga, benzinga pulni qattan olaman, to'yanaga pulni qattan olaman degan savollar tez-tez qiynashni boshlasa kerak aaa

shularni hammasini yaratgan Alloh uchun qilish juda ham yahshi albatta
shularni qila oladiganlarga havasim keladi...to'g'risi
Bu amallarni ko'pi ko'p vaqtni olmaydigan, hattoki kundalik o'zingiz o'rgangan va qiladigan amallarni qilayotganingizda zikran yoki xayolan qilinadigan "accompanying" amallar ekan. shuning uchun bularni hammasini qila olmayman deb qo'rqishga hojat yo'q.
Keyin bu ro'yxatda albatta xato yoki bunaqa ro'yxatda bo'lmasa ham bo'ladigan ishlar ro'yxati bor ekan. Lekin bunaqa tekstlarning maqsadi fatwolardan farqliroq bo'ladi. Ya'ni fatwo berilganda o'sha fatwo mazmuniyu detallarigacha manbalarga sodiq bo'lishi kerak. Yuqoridagi tekst esa asosan insonni tafakkurga chaqiradigan va ibrat olishgha undaydigan tekstlardir. Xuddi bazida insonlarni axloqini yuksaltishga chaqirish uchun hukm chiqarilmaydigan holatlarda zayif hadislardan foydalanilgani kabi, yoki bazi buyuk salaflarning hayotidan ibratli hikoyalarning hamma detallari aniq bo'lmasa ham rivoyat qilingani kabi, bu kabi tekstlardan ham o'z holicha ibrat olsa bo'ladi...

Jamaliy
03-21-2007, 08:23 AM
Ya tavba Allah Allah, sizlarga birdaniga tomdan tarasha tushganday hamma 56 tasini qilgin devotdimi u bu kim? bittasini hayotimizga tatbiq qilsak, katta gap.

Amiri TURKISTON, biram chiroyli ismingiz bor ekan, lekin pulni qayerdan topaman deyishingiz yarashmabdi. Kechirasiz lekin. Siz haloliga harakat qilsangiz Allah albatta yordam beradi.

Bir duoni shu bolimga qoshimcha qilib qoyay, javob beraman. Allah yordam beradi. Buni manga bir Misrlik Birodarim orgatgan edi. Bomdod namozidan keyin va Hufton namozidan song 7 marotaba oqib qoysa, oyoqlari ostidan kelayotgan baloni Allah, kozini ochib yumguncha yoq qiladi, hatto balo endi uraman deganda ham. Sizlarga masalahatim qariyalar doim orgatib kelishadi, OLTIN OLMA, DUO OL! DUO OLTIN EMASMU?!
Hullas: Hasbiyallohu La ilaha illa huva alayhi tavakkaltu, va huva Robbul Arshil Aziym!
mana shu duoni oqib yurgan inson, albatta ihlas bilan ishonch bilan yod olib hayotiga tatbiq qilsa, kambagallik kormaydi inshaAllah. Chontagida baraka ham boladi.
Userlarimizda iltimos qilamiz, buni arab krilida yozishsa.

AlbanDra
03-21-2007, 11:07 AM
qo'ldan kegancha qilish lozim.agar nomoz o'qib to'liq o'zizni tutib yursayiz .savol berishga hojat qolmaydi.

Mo'jiza
03-21-2007, 10:33 PM
Ya tavba Allah Allah, sizlarga birdaniga tomdan tarasha tushganday hamma 56 tasini qilgin devotdimi u bu kim? bittasini hayotimizga tatbiq qilsak, katta gap.

Amiri TURKISTON, biram chiroyli ismingiz bor ekan, lekin pulni qayerdan topaman deyishingiz yarashmabdi. Kechirasiz lekin. Siz haloliga harakat qilsangiz Allah albatta yordam beradi.

Bir duoni shu bolimga qoshimcha qilib qoyay, javob beraman. Allah yordam beradi. Buni manga bir Misrlik Birodarim orgatgan edi. Bomdod namozidan keyin va Hufton namozidan song 7 marotaba oqib qoysa, oyoqlari ostidan kelayotgan baloni Allah, kozini ochib yumguncha yoq qiladi, hatto balo endi uraman deganda ham. Sizlarga masalahatim qariyalar doim orgatib kelishadi, OLTIN OLMA, DUO OL! DUO OLTIN EMASMU?!
Hullas: Hasbiyallohu La ilaha illa huva alayhi tavakkaltu, va huva Robbul Arshil Aziym!
mana shu duoni oqib yurgan inson, albatta ihlas bilan ishonch bilan yod olib hayotiga tatbiq qilsa, kambagallik kormaydi inshaAllah. Chontagida baraka ham boladi.
Userlarimizda iltimos qilamiz, buni arab krilida yozishsa.

Assalomu alaykum!

ushbu threadni ochib yuqoridagi ro'yxatni qoldirganimga hademay bir yil bo'ladi. O'sha payt bilan hozirning orasida islomiy bilimim ham, Allohga shukurki, ancha oshdi. Os'ha paytdagi qarashim bilan hozirgisining farqi katta.

Shunga ko'ra, Amiri Turkiston ham o'z postlarini qoldirganidan so'ng ancha vaqt o'tgani tufayli o'sha paytda qoldirgan postlariga hozir javob qaytarish menimcha, to'g'ri emas.

Aslo shaxsiyatga olmang, xo'p?

Duoni yaxshi yozib qoldiribsiz.
Hurmat bilan,
Men.

Amiri Turkiston
03-21-2007, 11:43 PM
Amiri TURKISTON, biram chiroyli ismingiz bor ekan, lekin pulni qayerdan topaman deyishingiz yarashmabdi. Kechirasiz lekin. Siz haloliga harakat qilsangiz Allah albatta yordam beradi.

hudoga shukur - hozircha haloldan boshqani demadim

lekin siz ham odam ishlatishni boshlaganizda - bo'yningizga tushadigan mas'uliyatni his qilas

ibodat o'z yo'liga lekin quru ibodat qilib o'tirsangiz harakat qilmasdan Hudo ham bervurmidi manimcha
tag'in bilmadim

Professor
03-22-2007, 03:06 AM
Yaxshi fikr. Masjidning oldingi o'rinlarida o'tirish ham savob keltiradi deb o'qigan edim. Oldingi o'rinda o'tirish uchun esa masjidga ertaroq borish kerak. eslanmagan.
To'g'ri. Man ham o'qigandim. Iloji boricha safning oldingi qismlaridan joy olish kerak,chunki iymon va ihlosi hali butunlashmagan odamlarning orqasidan tushib qolmaslik uchun, va yanada jamoat imomining o'ng tomonidan tushish ham savob deb eshitganman. Bu emaski ha demay hamma uzini usha yerga ursin, demak buning ham sababi bordur ki savob deyilgan.

AlbanDra
03-22-2007, 09:16 AM
manbasini ko'rsata olasizmi professor .kechirasiz lekin menga bu yosh bolaga ertak o'qiganga o'hshab tuyuldi.

Professor
03-22-2007, 05:14 PM
manbasini ko'rsata olasizmi professor .kechirasiz lekin menga bu yosh bolaga ertak o'qiganga o'hshab tuyuldi.
AlbanDra, namozga ertaroq kelib oldingi safdan joy olish siz uchun ertak bo'la qolsin. :)

ДЖИГИТ
03-22-2007, 06:24 PM
50. Jum'a kunida jum'a namozini o'qimasdan 3 soat oldin g'usl qildingmi?
Jum'a namozini o'qiguncha och o'tirish kerak va ibodat qilish kerak, ya'ni
Jum'a kunining haqini ado etdingmi?
3 soat oldin g'usl qilsa, tuyani so'yganning, 2 soat oldin g'usl qilsa,
qo'y so'yganning, 1 soat oldin g'usl qilsa, tovuq so'yganning, 10 minut
oldin g'usl qilsa, 2 ta tuxum berib ehson qilganning savobini oladi.

3 soatu 37 minut oldin qilgan bo'sa fil so'ygan bo'sa kere.

abcd
03-22-2007, 06:46 PM
46. Bugun Payg'ambarimiz Sallallohu Alayhi va Sallam qilgan ishlardan
qildingmi? U ishlar - yerda o'ltirish, qoshiqda ovqat yemaslik, xon
qo'ymaslik.
Kechirasilar lekin qoshiqda ovqat yeyishni nimasi yomon?

hojiaka
03-22-2007, 06:59 PM
manbasini ko'rsata olasizmi professor .kechirasiz lekin menga bu yosh bolaga ertak o'qiganga o'hshab tuyuldi.

Payg'ambarimiz davrida namoz uchun saf torgganlarda odamlar tortishib bir birlarini itarib oldingi safga turishga intilganlar. masjidga piyoda borish, masjidga oldinroq borish, har bir bosgan qadamingiz hisobida savobga ega bolish kabi gaplar insonlarni dinga muhabbatini, qiziqishini oshirish maqsadida qilingan, aytilgan gaplar do'stim. Keyingi safar masjidga kirganda ertaroq yolga chiqishni va ldingi saflarda turishni rejalashtiring va yomonlikdan qaytarib yahshilikka undayotgan" imomdan Professor dan soragan savolingizni sorang albatta siz qoniqadigan darajada javob beradi.

Alloh iymonimizni but qilsin

Borz_man
03-23-2007, 01:48 PM
Ideal'niy odam bo'lganimda shu 56ta savol bilan murojaat qilardim o'zimga... Lekin man ideal emasman, shunga kuniga 100talab savollar yuradi boshimda, javobini topolmey... Hicham shu standartlarga tushunmimande... Hayot bitta, umr bitta, shu umring bo'yi har hil chegaralar ichida yurasanmi... Undan ko'ra, vijdonga qarab yashash kerak, standartlargamas... Vijdoning pok bo'lsa, shu 56 savolni bergansanmi, bermagansanmi farqi yo'.

IMHO:rolleyes:

Bunaqa fikr egasi bo'lsangiz bu dunyo va u dunyo
saodatiga erisholmaysiz.Qaysi amalni bajarib ohiratda
nimaga erishishizni bir fikrlab ko'rishizga maslahat beraman.

Mr Abdulaziz
04-04-2007, 08:32 AM
Vijdonga qarab yashash kere. deb aytgan Shahnoza ismli singlimizga kaminaning mulohazasi........

Lekin vijdoni nimaga asoslanganligiga bog'liq, vijdon uzi nimaligi haqida kup ma'lumotga ega emsmanu, lekin uz ilmi ojizimdan kelim chiqib Vijdon-bu inson uz harakatlarini uz ahloqiy tasavvurlaridan kelib chiqib baholashi bulsa kerak deb uylayman.

Endi savol tugiladi usha ahloqiy tasavvur qaysi mantiqqa yoki mafkuraga asoslangan. Misol uchun, men bazi uzini vijdonli hisoblaydigan fohishalarni, ugrilarni va hakozolarni borligini eshitganman. Ob'yektiv nuqtai nazardan bu tugri, chunki usha ugri yoki fohishalar ham uz harakatlarini baholashda uzining ahloqiy tasavvurlaridan yoki ahloqiy normalaridan foydalanadi.

Demak, Allohga iymon keltirgan va hayotining asosiy maqsadini Alloh va'da qilgan jannatga erishish deb bilgan har bir inson birinchi navbatda Qur'an va Hadislardan uzining ahloqiy tasavvur va normalarini shakllantirgani nazarimda maqsadga muvofiq. Ushanda vijdon azobi degan tushuncha Allohdan qurqish bilan bilan bir tushuncha bulib qoladi.

Alloh Bilguvchi!

P.S. bu fikrim biron bir diniy adabiyotga asoslanmaganligi uchun uning tugriligiga kafolat bermayman.........