PDA

View Full Version : O'zbek filmlarida shevalar va o'zbek adabiy tili


Samimiy
05-23-2006, 09:26 PM
Kelinglar, o'zbek kino- va videofilmlarida til mavzusida fikr yuritaylik.
Forumdoshlar salomat bulishsin, oxirgi kunlarda shu forumda berilgan linklardan bir-ikkita yangi ishlangan o'zbek filmlarni tushirib, tomosha qilgan edim. Aniqrog'i - "Kelgindi kuyov" bilan "Osmondagi bolalar" filmlarini.
Tomosha qilib turib, bitta narsa diqqatimni tortdi - ikkala filmda ham dialoglar asosan Toshkent shevasida. Faqat bu ikki filmda emas, balki umuman hozirgi o'zbek filmlarida borgan sari asosan Toshkent shevasi ishlatilyapti. Agar filmdagi voqealar Toshkentda bulganda ham buni qisman tushunsa bulardi. Lekin, masalan "Kelgingi kuyov" filmining deyarli hammasi Jizzaxning Baxmal tumanida bulib utadi. Lekin bu filmda ham Toshkent shevasida gaplashilgan. Kuzatishim buyicha bu uzgarish bor-yugi 8-10 yillik gap. Eskiroq filmlarda bu deyarli kuzatilmas edi. "Mahallada duv-duv gap", "Maftuningman" filmlarini misol qilib olib kuring. Ikkalasida ham voqealar Toshkentda kechishiga qaramay Toshkent shevasini (deyarli) eshitmaysiz.

Shunday qilib bu mavzuda quyidagi savollarga javob izlaylik:

Zamonaviy o'zbek filmlarida Toshkent shevasining borgan sari ko'proq ishlatilishining
-sabablari?
-yaxshi va yomon tomonlari?
-ahamiyati (balki "nima farqi bor" deydiganlar ham chiqsa kerak?)
-agar bu salbiy uzgarish bulsa, bu muammoni qanday bartaraf qilish mumkin?


Yana kengroq ma'noda o'zbek filmlarida va TVda qanday til ishlatilishi kerak? Har doim adabiy til ishlatilishi shartmi? Filmlar va TVda shevalarga qanchalik urin bor?

Ishqilib mening maqsadimni tushundinglar deb uylayman. Demak bahsni boshlaymizmi?

Martingale
05-23-2006, 09:32 PM
Samimiy, bu kinolar yana 7-8 yildan keyin umuman yuq bub ketadi. :) bir hillari hatto 1 yilda unutilyapti.

daejeon
05-23-2006, 09:33 PM
Yahshi mavzu ochibsiz. Mening fikrimcha o'zbek filmlari adabiy tilda ishlangani maqulroq.
Masalan o'zbek tilini o'rganayotgan chet elliklarga ham qulay bo'ladi. :D

Uyyonli
05-24-2006, 12:27 AM
Shevada bo'lishining hech yomon joyi yo'q agar masalan Toshkentda ishlangan bo'lsa toshkandcha bo'laversiz, lekin baribir adabiyga hech narsa yetmaydi, manosi hap ko'p bo'ladi, hamda hissiyotli ham bo'lib chiqadi.
Agar Horazmda ishlansa Horazmcha aksentda bo'lishi kerak sababi, adabiy tilda Xorazmliklar har doyim no'noqlab qoladi, shunda ekan Xorazmcha bo'lsa chiroyli chiqadi hamda agar odamlar eshitib ko'rib yurishsa keyin sekin ayrim so'zlarni kashf etishadi masalan
Uchak-Tom
Kopi-eshik
Hushro'y-Go'zal(chiroyli)
yop-ariq
va hakozolar...

zanjir
05-24-2006, 02:02 AM
mani fikrimcha filmning scenariyasiga asoslangan bolishi kerak.
agar asosiy charakter toshkendan margilonga boradigan bolsa deman u margilonda toshkent shevasida a boshqa obrazlar margilon shevasida gaplashishlari kerak.
fikringizga qoshilaman ortoqlarimiz etishganide filmlarning tez unitilib ketishi sababi ham ana shunda bolsa kerak, reallikdan uzoqroq bolib qolishgan....
kegin obrazlarning gap orasidagi sukunatlari mani jahllimni chiqazadi, ahir aktyorda aktyorlik qobiliyati bolishi kerak emasmi?
agar man rejessor bosam osha narsalarni talab qilgan bolardim aktyorlardan,
rahmat mavzuingiz uchun

Wolfman
05-24-2006, 08:27 AM
kinolarda shevalarning salmog'ini minimumga (tarixiy film boshqa masala) tushirish kerak. yaqinda bir ikkita yangi o'zbek kinolarini ko'rishga muyassar (aniqrog'i majbur) bo'ldim. deyarli hammasida Toshkent shevasining "kuchanib gapirish/olifta" style da gapirilgan.

kerakmikan shu narsa? shunisiz ham o'zbek adabiy tili sekin sekin xalqning og'zidan uzoqlashib ketayapti.



Wolf

Logoscience
05-24-2006, 08:57 AM
Shunday qilib bu mavzuda quyidagi savollarga javob izlaylik:

Zamonaviy o'zbek filmlarida Toshkent shevasining borgan sari ko'proq ishlatilishining
-sabablari?
-yaxshi va yomon tomonlari?
-ahamiyati (balki "nima farqi bor" deydiganlar ham chiqsa kerak?)
-agar bu salbiy uzgarish bulsa, bu muammoni qanday bartaraf qilish mumkin?


Yana kengroq ma'noda o'zbek filmlarida va TVda qanday til ishlatilishi kerak? Har doim adabiy til ishlatilishi shartmi? Filmlar va TVda shevalarga qanchalik urin bor?

Ishqilib mening maqsadimni tushundinglar deb uylayman. Demak bahsni boshlaymizmi?
Menimcha buning bir-biriga bog'liq ko'p sabablari bor.

Birinchidan professional scenaristlar yo'qligi. Hozir eplayotganlari hayotga yaqinlashtiraman deb (aslida faqat ko'rgani Toshkent hayotiga) umuman bachkana so'zlarni qo'shib yuborayotgani, qolaversa rejisyyorlar ham improvizatsiyani eplay olmayotganga o'xshaydi.

Ikkinchidan aktyorlar mahoratli emas. Hozirgi kinolarda juda ko'plab estrada yulduzlarining ishtirok etayotganlari albatta foydadan (ma'naviy,albatta)ko'ra ko'proq zarar keltiryapti. Ba'zi hollarda ularga ovozni aktyor berayotgan bo'lsa ham, shu aktyorda dublyaj mahorati yetishmasligi bilinib qolyapti. Ba'zi professional aktyorlarimizni ham adabiy tilda gapirish qo'lidan kelib turib shevada ortiqcha gapirayotganlari yaxshiga o'xshab ko'rinmaydi. Balki bunga 1-sabab sababdir. :)

Buning yaxshi tomonlari menimcha yo'q. Kino butun xalq uchun olinadi, uning faqat ayrim xududlar uchungina to'la tushunarli bo'lishi umuman yaxshi xolat emas. Ba'zi xollarda me'yorda sheva ishlatilsa kinofilmga bu sifat qo'shadi xolos. Yaxshi tomonlari bor deganlarga hozirgi olinayotgan kinolarda toshkentcha sheva o'rniga xorazmcha shevalarni ishlatilgan holda bir tomosha qilishlarini tavsiya qilardim, qani qanchalik tushunarli va yoqimli bo'larkan.

Men bu kamchilikning tuzatilishini faqat ijrochilarning (scenarist, rejisyor, aktyor) professionalizmini oshirishda va aktyorlarni o'qitish tizimida dublyaj saboqlari ko'proq o'tilishida deb bilaman.

Televideniyaga kelsak, yangi avlod (studiya nazarda tutilmayapti)jurnalistlari o'zlarini ortiqcha erkin tutib yuboryaptilar. Har holda televideniya jurnalistlaridan radio jurnalistlariga nisbatan ko'proq ma'suliyat talab qilinishini bilishlari kerak. Bu yerda menimcha, tanish-bilishchilikni yo'qotib tanlovda professionalizmga e'tibor berish kerak.
Radio boshlovchilarning ko'p qismiga raxmat aytgim keladi. Chunki ular adabiy tilda juda yaxshi gapiryaptilar.

Men o'zim shaxsan, hozirgi kinolarni ko'rgim kelmay qoldi, eski bo'lsa ham, xatto dublyaj qilingan bo'lsa eski kinolarni ko'rishga mushtoqman. Chunki ularda professionallik darajasi o'ta yuqori, asosiysi adabiy tilni eshitib maza qilaman.

PS
Mavzuni ochganingiz uchun sizdan minnatdorman, Samimiy.

Yaxshibola
05-24-2006, 09:16 AM
Hamma joyni kinosidayam shevada gapirib turishadi, aytaylik ruslardayam gapiradi-yu, inglizlardayam, faqat bir oz kamro ishlatsa shevadagi gaplarini yanam kino chiroyliro va madaniyatliro bo'lardi kinolari.

Mirzabek
05-24-2006, 09:28 AM
Toppa tog`ri...eski kinolardey mullo aka botam yoki taxsir,amri vojib deb hech kim aytmay qoydi...baribir eski kinolarimiz bizning urf odatlarimizni ko`rsatar edi

hozir esa faqat insonlarning nafsiga ishlaydi...Qimor arakhorlik va bunga oxshagan narsalarni ko`rsatadigon bo`lib qoldi...
Ko`pi hayotdan olinyabdi deb aytishadi...BU yolgon agar bunaka kinolarni ko`p ko`rsatishsa odamlarning psihikasi almashadi va vijdonsiz qila boshlaydi...

omadla

Samimiy
05-24-2006, 09:55 AM
Hammaga javoblari uchun rahmat. Ayniqsa Logoscience masalani chuqur tahlil qilib, juda qiziqarli (va menimcha tugri) javoblarni keltiribdilar.

Men yana bir qushimcha qilmoqchiman. Aslida bu mavzuni ochishimdan maqsad ham shu edi. U ham bulsa, kino va televideniyening o'zbek adabiy tilini targ'ib qilish, xalqqa yoyish roli. Chunki ming qilsa ham bizning rasmiy, yoki adabiy tilimiz hali nisbatan yosh hisoblanadi. O'zbek tili darsliklariga qarasangiz "o'zbek adabiy tili Farg'ona va Toshkent shevalaridan foydalanib yaratilgan" deb yozadi. Lekin aslida na Toshkentda, na Farg'onada, na Oz'bekistonning boshqa joylarida adabiy til so'zlashuvda tulaligicha ishlatilmaydi. Menimcha adabiy tilga eng yaqin keladigan sheva Samarqand viloyati shevasi.
Boshqa tillarda esa bu kuzatilmaydi, yani ularning adabiy tili usha mamlakatning qayeridadir ishlatiladi, tugrirogi adabiy til biron bir mintaqa shevasiga asoslanib olingan. Masalan rus adabiy tili Rossiyaning kup joylarida ishlatiladi (menimcha ruslar uz tilida eng yaxshi gapiradigan xalqlardan). Yoki Amerikada ham TV va filmlarda ishlatiladigan va kupchilik odamlar gapiradigan til mamlakatning Urta garb qismi (Midwest - Ohio, Indiana, Illinois, Minnesota vh shtatlari) ning shievasiga asoslangan. Aktyorlar, jurnalist, diktorlar ham usha shevada gapirishga urgatiladi. Turkchada ham adabiy yoki rasmiy til Istanbul shahrining shevasiga asoslangan. Shuning uchun turklar chiroyli, adabiy tilga "Istanbul turkcesi" deyishadi. Necip Fazil degan shoir "Istanbul" degan she'rida uning shevasi haqida "Turkcesi bulbul kokar" (yani Istanbulda gaplashiladigan turk tilidan bulbul sayrashining hidi keladi) deydi.

Qisqasi, boshqa tillardan farqli ularoq bizning uzbek adabiy tilimiz O'zbekistonning hech qayerida ishlatilmaydi. Qachondir, kimdir qaror qilganki, "Biz O'zbek adabiy tilini yaratishimiz kerak va O'zbekistondagi hamma (yoki kupchilik) shu tilda gapirishi kerak". Shunday qilib adabiy til yaratilgan, va uni targib qilish kitoblar, gazeta-jurnallar, televideniye, filmlar, vh.ga tushgan. Lekin hozirgi kunda kupchilik kitob, gazeta jurnal uqimasligini hisobga olsak, asosiy vazifa yana televideniye va filmlarga qoladi. Eski filmlardagi tilning sofligining sababi ham shunda.

Hozirgi kundagi filmlarga kelsak, ularda Toshkent shevasi ishlatilayotganining eng yomon natijasi - bu xalqqa adabiy til urniga Toshkent shevasi targib qilinayotganidir. Bundan bir savol kelib chiqadi: Toshkent shevasi adabiy tildan yomonmi? Menimcha - ha. Chunki:
Birinchidan adabiy til chiroyliroq (menimcha bunga qarshilar kup topilmasa kerak)
Ikkinchidan, xalqning kuproq qismi adabiy tilni kuproq yaxshi kuradi - demokratiyaga kura ham adabiy til ustun.
Uchinchidan, kamida 70-80 yillik adabiyot, sanat asarlar adabiy tilda yaratilib kelingan. Yani unga katta investiciya qilingan.
Nihoyat, eng katta ustunligi - millat sifatida tuliq shakllanishimiz uchun hamma tomonidan qabul qilingan, qoidalari aniq, standart tilimiz bulishi kerak. Shu paytgacha mukammallashtirib kelinayotgan adabiy tilimiz urniga biron bir sheva kelsa (qaysi bulishidan qatiy nazar) - bu orqaga tashlangan katta qadam buladi.

Uzun bulib ketdi, uzr :)

Suhbatga Shokirbek, Asadbek, Dil, Ulugbek, Mahmudga uxshagan "oqsoqol"larimiz ham qushilishsa xursand bulardik :)

Frida
06-11-2006, 09:42 AM
Samimiy yaxshi mavzu ochibsiz. Menimcha, bu narsa bilan hali ko'p vaqtlar "kurashishga" to'g'ri keladi. Bizning davlatda regionalism shunchalik tag-tagiga olib ketganki, til va dialekt ham bir mafkura, umuman olganda kimning kim ekanligini ko'rsatuvchi bir instrumentga aylangan. Kinolardagi tilga kelsak yuqorida aytib o'tgan gaplaringizga 100% bo'lsada qo'shila olmayman. Kino bu xalqning hozirgi kuni va tilidan axborot beruvchi bir vosita: umuman olganda unda tabiiy til ko'rsatilishi kerak. Masalan: Aka Sharif birdaniga adabit tilda gapirib yuborsa, bu butun kinoning tabbiyligini yo'qqa chiqaradi, deb o'ylamaysizmi? Menimcha bu har bir davlatning kinosida bor, masalan Amerika kinolarini ko'rsangiz yoki ular haqida o'qisangiz, agar kino janubda olinayotgan bo'lsa shu kitobning avtori yozgan kabi, odamlar shu shtatning shevasida gapirishlari kerak. yoki masalan, Fargo kinosini oling, aktrisa boplab Dakota dialektida gapirgan, shuning uchun shuncha yillardan beri hali ham eng yaxshi detektiv kinolardan biri hisoblanadi. "Charxpalakdagi" lo'li qiz adabiy gapirganda edi, menimcha hech kim uni shunchalik yaxshi ko'rmagan bo'lar edimi? Odamlar bu aktyor yoki rollarni yaxshi ko'rishlarining sababi, menimcha, ular haqiqiy insonlarni aks ettirib bera oladilar, ularni ko;rganda biz: Voy, rostdan ham, anu bozorchiga, yoki lo'liga o'xshabdiya deymiz. Shuning uchun, menimcha, kinoda shevaning ishlatilishi bu tabiiy narsa.

Lekin televidieniyeda shevaning ishlatilishiga men umuman qarshiman. Gohida eshitib o;tirsangiz jiddir mavzu yoki ko'rsatuvlarda ham Toshkent shevasida gapirib qoladilar, mana bunisi menimcha noto'g'ri, chunki televedineyda ishlayotgan va biror narsadan xabar berayotgan odam, u rol o'ynamaypti, u masalan Toshkent yoki Jizzaxni vakili sifatida o'z madaniyati yoki shevasi haqida emas, butun O'zbekiston xalqiga biror narsa haqida axborot beryapti, shuning uchun u hamma tushunadiga, neytral ya'ni adabiy tilda gapirishi kerak deb o'ylayman.

Yana bir narsa, bu faqat IMHO, tilchilar bir narsa deyishadi: The language is a dialect with Army and Navy. Ya'ni armiya (kuch)qaysi dialektda gapiruvchilarning qo'lida bo'lsa, shu dialekt bora-bor davlat tiliga aylanadi. Til o'sib, boshqa tillarning ta'sirida doimiy o'zgarib turuvchi narsa, yuqorida aytgandek, agar adabiy tilga yaxshi ahamiyat berilmasa va hokimiyat tepasida turuvchilar uni qo'llab quvvatlamasa unda nachora, kuch (ommaviy axborot vositalari) kimning qo'lida bo'lsa, u o'sha yerga tomon o'zgaraveradi. Rossiyada ham doimiy ravishda ikki dialek Moskva dialekti va Piter dialekti tilchilari bir biriga qarshi chiqib keladilar, va bu asosan tallafuzda bilinadi. Shuning uchun menimcha qolar gap yuqiroda o'tirganlarning qo'lida, agar Fransiyaga o'xshab televideniyedagilarning nutqida qilingan har bir xato uchun jarima solinsa, va umuman hokimiyatdagilarga ham doimiy ravishda adabiy tilda gapirish majburiy bir narsaga aylantirilsa, ahvol adabiy tilning mavqeini oshishiga olib kelishi mumkin.
Uzr, cho'zilib ketdi :)

Samarkand
06-11-2006, 03:31 PM
Agar filmdagi voqealar Toshkentda bulganda ham buni qisman tushunsa bulardi. Lekin, masalan "Kelgingi kuyov" filmining deyarli hammasi Jizzaxning Baxmal tumanida bulib utadi. Lekin bu filmda ham Toshkent shevasida gaplashilgan. Kuzatishim buyicha bu uzgarish bor-yugi 8-10 yillik gap. Eskiroq filmlarda bu deyarli kuzatilmas edi. "Mahallada duv-duv gap", "Maftuningman" filmlarini misol qilib olib kuring. Ikkalasida ham voqealar Toshkentda kechishiga qaramay Toshkent shevasini (deyarli) eshitmaysiz.



Keyingi paytlarda shunaqa bo'lib qoldi haqiqatdan ham.
Sabablari:

Hozir ro'l o'ynayotgan aktyorlarni aksariyati san'atkorlar. Ular asosan Toshkentda yashashadi va shu shevada gaplashishadi.

San'atkorlar- aktyor emas, ular axshi ashila aytib berishlari mumkin, lekin aktyorlik san'atini hamma shartlarini hammasi ham bajara olmaydi.

San'atkorlarda mablag' bor. Ular mashhurlikka intilishadi, ular bilan kino ishlash ancha engil (iqtisodiy jihatdan).

Agar mahsulot yaxshi ketib tursa va raqobat bo'lmasa, uni yana qayta ishlayverishning nima keragi bor. Aytmoqchimanki, kinolar kamligi, rejissyorlarning mahorati, va tomoshabinning savodxonligi shunga bog'liq. Tomoshabin talab qilib turgandan keyin, ular bunaqa mayda chuyda narsalarga e'tibor berishmaydi.

Ahamiyati yo'q.
Bartaraf qilish yo'llari, rejissyorlarga qizil kartochka berish kerak. Va boshqatdan o'qitish kerak ularni rejissyorlikka.

Gobustan
07-08-2006, 11:11 AM
Salom.
O'zbekler gapirda Toshkent shevasi ko'p ishlatadi. Shunaga tushinmoq bir oz qiyin bo'ladi :(
Hammo o'zbekler adabiy tilda gapir qilsa bu yaxshi bo'ladi, ham shu so'zlar (adabiy tildagi) lug'atlarda bor.

Zambrotta
07-08-2006, 05:31 PM
Man hozi Lost degan serialni 1 sesionini kurayapman, shevada gapirishayapti, hech kim gapirmaganu ulani, tak chto gapirishni hammani o'ziga quyib berish kere.

MUHLIS
07-12-2006, 11:13 PM
Yaqinda bitta kino chiqibdi "Nasriddin Afandi" degan o'sha yerda bir chala o'ris otarchi qiz "malika" rolida bo'lib kinoning reklamasida "yo'qollariiiin" deb baqiradi.....to'g'risi san'atga achinib ketaman.....ahir borku umrini shu san'atga bahshida qilgan insonlar har yili o'sha madaniyat institutini to'da-to'da akter va aktrisalar bitirib chiqishadi....rollarni o'shalarga berishsa ozmi ko'pmi profesional darajada ijro etisharmidi....
O'sha reklamada "musobaqa? bo'ladi sanga musobaqa" degan cho'chqa qayerdan paydo bo'lganini bilmaymanu, lekin hamma kinoda o'sha tasqarani ko'rishga o'rganib qoldik.