PDA

View Full Version : Bir Chimdim Kulgu


Malika
05-24-2006, 05:43 AM
Assalomu Aleykum, bu threadda hammani yuzida tabassum uyg’otishga harakat qilib ko’ramiz, hammangizdan qiziqarli voqealarni kutib qolamiz....

TESHAVOY VA TESHA
Aslida otim Teshavoy. Uydagilar va oshnalarim Tesha den chaqirishadi. Tepa mahalladagi O’roqboy ustaning o’g’li bo’laman. Buvamni esa Boltaboy qassob deyishadi. Norozi emasman-u, lekin ba’zida xijolat bo’lib ketaman. Ismi-sharifimni yig’ishtirsangiz-nuqul asbob-uskuna kelib chiqadi. Buning ustiga, dadamning kasbi duradgor. Mushtdayligimdan arra-teshalar ichida katta bo’lganman. Ko’zing pishadi, deb doim meni ishga soladi. Shundanmi, ismimizning uyqashligi sabab, har xil anglashilmovchiliklar bo’lib turadi. Mahallamizdagi juda ko’p sinchli uylarni dadam tiklagan. „Qo’li gul usta, ishni pishiq-puxta qiladi“, deb doim uni aytishadi. O’ziyam bilmagan hunari yo’q. G’isht terishmi, suvoqchilikmi, hammom qurishmi-qilib ketaveradi. Faqat fe’li sal qo’rsroq. Bekorga „qaysar“ laqabini orttirmagan bo’lsa kerak. Mayda gapni uncha yoqtirmaydi. Birov behudaga aql o’rgatsa yoki achchig’iga tegsa, shartta ishini tashlab jo’nab ham ketaveradi. U bilan ishlayotganda odam postda turganday sergak bo’lishi kerak. Gaplari, imo-ishoralari xuddi rebusga o’xshaydi. Qolgan yarmini o’zing topasan. Masalan, unga loy uzatsang, devorga suvash o’rniga ba’zan indamay yerga tashlab yuboradi. Yana uzatsang-yana shunday qiladi. Uchinchi safar esa naq peshonangga qarab otadi. Qattiq tekkanidan bilasanki, loyning ichida „bezi“ bor ekan.
Agar yog’och ishi qilayotgan bo’lsa, betingga qaramay „Tesha!“ deb chaqiradi. Turgan gapki, men „ha“ deyman. U esa: „Senimas, teshani uzat“, deydi. Yana „Tesha“ desa, men albatta teshani uzataman. Dadam esa bir o’qrayib: „Uni qo’yib qo’y, o’zing kel, mana buni ushlab tur“, deydi. Shunaqa qilib ko’p marta dakki eshitishga to’g’ri keladi.
Bir safar juda yomon bo’ldi deng. Kuz mahali edi. Maktabdan kelib dars tayyorlab o’tirgandim. Darvozadan dadamning ovozi eshitilib qoldi. Oyim birdan bezovtalanib, ishini tashlab yugurib chiqdi.
-Teshani olib chiq bu yoqqa!-deb baqirdi dadam.
Irg’ib o’rnimdan turdim. Derazadan qarasam, dadamning avzoyi juda buzuq. Qo’lida bir metrcha keladigan yo’g’on tayoq. Ust-boshi loy. Yirtilgan yengini tuzatib, g’azab bilan qarab turibdi. Pitirlab, qayoqqa qochishni bilmay qoldim.
-Nima ish qilib qo’yding?-dedi oyim rangi quv o’chib.-Tezroq yur, seni so’rayapti.
Qanday gunoh qilganimni eslolmay qaltirab turibman. Oyim qo’ltig’imdan ushlab tashqariga sudradi. Sekin eshikdan chiqdik. Dadam meni ko’rishi bilanoq battar tutoqib:
-Unimas!-dedi-da, qo’lidagi tayoqni bor kuchi bilan bizga qarab otib yubordi. Oyim ikkimiz ikki tarafga qochdik. Lekin tayoq qurg’ur bumerang singari aylanib kelib, xuddi mening boshimga tegdi. Yaxshiyamki qoqilib tushganim. Bo’lmasa naq bo’ynimni uzib ketardi. Shundog’am boshim yorilib, bir haftagacha dokaboylab, kasal yotdim.
Keyin bilsak, poliz chetiga arqonlab qo’yilgan buzoq bo’shalib ketib, toza ish ko’rsatibdi. Suv qo’yilgan ekinzorni kechib tashlabdi. Dadam yaqiniga borguncha indamay turarmishda, keyin uni masxara qilganday, yana shataloq otib qocharmish. Shu xilda kap-katta odamni diqqat qilib ancha yugurtiribdi. O’t terib kelayotgan bolalar ushlab berishibdi. Dadam uni avaylab daraxtga bog’lab olibdi-da, rosa xivchinlabdi. Keyin qattiqroq yog’ochdan qoziq qilish uchun tesha so’rab kelgan ekan.
Lat yegan joyim-ku, chandig’ini esdalik qoldirib tuzalib ketdi. Lekin oyim juda qo’rqib ketgan ekan. Shundan beri dadam so’rasa „Jo’n teshami, odam teshami?“ deydigan bo’lib qoldi.
O’sha kunlari buvam ko’rgani keldi. tezoblik qilgani uchun dadamni rosa urishdi. Keyin meni yupatgan bo’lib ancha gaplashib o’tirdi. Dasturxon chetiga tikilib, ko’zlarini yumib-yumib, oilamizdagi taomillar va ota-buvalari haqida gapirib berdi. Aytishicha, shahrimizda Toshboy, Qilichbek, Qamchibek, Qo’ziboy, Qo’chqorali, Bo’riboy,Qoplonbek, Burgutali, Lochinbek degan odamlar o’tgan ekan. Buvam gapirayotganda bir narsani fahmlab kulib yubordim. Sarasaf solsam, avval osmonda uchib yurib,so’ngra yerga tushib, keyin temir-tersakka aylanib ketgan ekanmiz...
Lekin hozirdan meni bir narsa tashvishga solyapti. Vaqti kelib uylansam, farzand ko’rsak otini nima deb atarkinmiz? Ishqilib yanayam maydalashib ketmasak bo’ldi.
-
yoqqan bo'lsa xursandman, yoqmagan bo'lsa har qalay ko'z yugurtirganiz uchun ham rahmat.

Ollohdan omonlik tilab
Malika:)

DIDO
05-24-2006, 11:57 PM
Assalomu Aleykum, bu threadda hammani yuzida tabassum uyg’otishga harakat qilib ko’ramiz, hammangizdan qiziqarli voqealarni kutib qolamiz....



Ollohdan omonlik tilab
Malika:)

Salom o'rtojon, ana fayz kiribdiku :)

Malika
05-25-2006, 02:06 AM
Salom o'rtojon, ana fayz kiribdiku :)
AAWB
albattada, siz bo'sayiz fayzni qidirib yuribsiz-a!!!!;)

Mirzabek
05-25-2006, 02:30 AM
Yaxshi...:lool:

omadla

Martingale
05-25-2006, 02:31 AM
kulgili narsachi, sal busa ham qisqa buladida.:D Bu hikoyani uqiyman deb zerikib ketganimdan, kulish esimdan chiqib qoldi. :lol:

Malika
05-25-2006, 02:43 AM
kulgili narsachi, sal busa ham qisqa buladida.:D Bu hikoyani uqiyman deb zerikib ketganimdan, kulish esimdan chiqib qoldi. :lol:
AAWB
to'g'ri, yozayotganimda o'zim ham bu haqda o'yladim,
kelgusi safar inobatga olamiz:)

o'ziz bir qisqasini yozib kuldirmaysizmi-a?;)

KhwarezmshaH
05-25-2006, 08:08 AM
Bir kuni bir odam toqqa tirmanayotganda birdaniga oyogi tayib qulay boshlabdi, ohiri qoli bilan bir darahtga yopishib olibdi, keyin qoli charchagach baqira boshlabdi,
-Hechkim yomi, menga yordam berilar...
Javob yoqmish, yana bir ikki marta baqirgan ekan samodan ovoz kelibdi,
-Qollaringni yubor, toppa togri jannatga kelasan, yashillik, anhorlar...
Haligi odam sal pal oylanibdida,
-Boshqa hechkim yoqmi???

Miledi
05-25-2006, 01:44 PM
íó è ëàäíî ÷òî òàê äëèííî, âñå ðàâíî êëàññíî!

Malika
05-26-2006, 03:51 AM
Bir kuni bir odam toqqa tirmanayotganda birdaniga oyogi tayib qulay boshlabdi, ohiri qoli bilan bir darahtga yopishib olibdi, keyin qoli charchagach baqira boshlabdi,
-Hechkim yomi, menga yordam berilar...
Javob yoqmish, yana bir ikki marta baqirgan ekan samodan ovoz kelibdi,
-Qollaringni yubor, toppa togri jannatga kelasan, yashillik, anhorlar...
Haligi odam sal pal oylanibdida,
-Boshqa hechkim yoqmi???
AAWB
:D
rahmat

Malika
05-26-2006, 03:56 AM
íó è ëàäíî ÷òî òàê äëèííî, âñå ðàâíî êëàññíî!
Sizga ham rahmat,
kulgili voqea yoki hikoyachalar bilan ishtirok etishiz mumkin
kutib qolamiz

Yaxshibola
05-26-2006, 04:11 AM
AAWB
:D
rahmatsizda thanks digan tugma ishlamidimi?

Samarkand
05-26-2006, 04:23 AM
Assalomu Aleykum, bu threadda hammani yuzida tabassum uyg’otishga harakat qilib ko’ramiz, hammangizdan qiziqarli voqealarni kutib qolamiz....

TESHAVOY VA TESHA

Aslida otim Teshavoy......

O'zingiz yozdingizmi buni? Gap yo'q, ajoyib talantingiz bor ekan.
Oxirida farzandiga ism izlayman degan jyoida xayolimga birdan "mix" keldi. Ajoyib, kulgili.

Davom eting...:)

Malika
05-26-2006, 04:35 AM
sizda thanks digan tugma ishlamidimi?
u tugma faqat sizda ishlaydi;)

Yaxshibola
05-26-2006, 04:54 AM
u tugma faqat sizda ishlaydi;)yo qudratingdan, nahotki paqat manda ishlasa ... :lool:

bitta zo'ridan bo'sin yana, mandan bitta thanks sizga, nima dediz?

kingdom
05-26-2006, 04:57 AM
thanks demasdan usha yuqoridagi gapga bosingda!
P.S:SHU odamga temir-tersaklarni ismini quymaslik kerak!:lol: yo qudratingdan, nahotki paqat manda ishlasa ... :lool:

bitta zo'ridan bo'sin yana, mandan bitta thanks sizga, nima dediz?

Nilufarxon
05-26-2006, 04:59 AM
kulgili narsachi, sal busa ham qisqa buladida.:D Bu hikoyani uqiyman deb zerikib ketganimdan, kulish esimdan chiqib qoldi. :lol: Hurmatli Martingale janoblari, kulgili hikoya juda qisqa bo'lsa hikoya bo'lmay ,anekdot bo'lib qoladiyu, to'g'rimi?

Malika
05-27-2006, 03:10 AM
yo qudratingdan, nahotki paqat manda ishlasa ... :lool:

bitta zo'ridan bo'sin yana, mandan bitta thanks sizga, nima dediz?
bo'ldi, kuting
tez orada...

Martingale
05-27-2006, 03:25 AM
bo'ldi, kuting
tez orada...

e kutmemiz. yana quyin.:)

p.s. forumda bor yugi 3 kishi online turibdi. nima hech kim yuq. system down mi yana?:)

Malika
06-05-2006, 05:24 AM
Tanishuv
Uzoqdan kelayotgan qizni ko’rdim-u, yuragim hapqirib ketdi. Ma’sudaxon degani shu bo’lsa kerak?! He, qoyil-ku! „Meni tanirmikan? Qarang-a, soat ham mixlangandek nol-nol besh! Kecha telefonda eshitgan qo’ng’iroqday ovozni bugun huzur qilib eshitadigan bo’ldik-da“.
-Salom,- dedi qiz jilmayib,-kechirasiz...
-Salom, yaxshi qiz...
Qiz og’iz juftlab bir narsa demoqchi edi, men esa oldinroq uloqni olib qochdim.
-Ha, ha... Kechagi telefonda gaplashganingiz, o’sha Hafizjonman. Bilasizmi, Ma’sudaxon, men siz bilan tanishganimdan baxtiyorman. Qarang, baxt-da, telefonda boshqasi bilan gaplashaman deb raqam tersam, sizga tushib qoldim. „Allo“, desam, „Allo“, dedingiz. O, Ma’sudaxon, ismingizni so’radim, tap tortmay, aytdingiz. Bay-bay-bay, ismingiz jismingizga mos ekan. Xo’p desangiz, tanishaylik dedim. Shundaymi?
Qiz kulimsiradi.
-A, yug‘-e...
-Ha, men sizning ovozingizga maftun bo’lib qoldim. Ma’sudaxon! Sizni kechasi bilan o’ylab, ishqingizda yurak-bag’rim qovjirab chiqdi. O, Ma’sudaxon! Siz Gulnor bo’ling, men Yo’lchi bo’lay, lekin biz ajrashmaylik. Siz Shirin bo’ling, men Farhod bo’lay, lekin oramizda Xisrav tushmasin. Siz Layli bo’ling, men Majnun bo’lay...
-Kechirasiz,-dedi qiz,-men haligi...bilasizmi...
-So’zimga quloq soling, Ma’sudaxon,-dedim bo’sh kelmay,-men juda rashkchiman. Mening oldimda Otellongiz ham ip esholmaydi. Men sizdan ro’molcha so’ramayman. Negaki, do’konlarda arzon ro’molchalar ko’payib ketgan. Sizdan faqat mehr so’rayman. Siz meni sevasizmi?
-Kechirasiz,-dedi qiz nihoyat kulib,-yaxshi bo’ldi tanishib olganimiz. Ismim Ma’suda emas, Guli. Bu shaharda mehmonman. Sizdan mehmonxonaning qayerdaligini so’ramoqchi edim. Siz bo’lsangiz...Tezroq haligi joyga boring, yana Ma’sudaxon poylab turgan bo’lmasinlar! Xo’p, xayr!
-E, To’xtang, Gulixon. Mayli, siz Guli bo’ling, Men Navoiy...

KhwarezmshaH
06-14-2006, 04:50 AM
Tog'ni tepasida bir oila yasharkan. Bir kuni usha uyda yashovchi odamni oyogi sinib yurolmay qolibdi. Keyin u hotiniga har kuni gazeta olib kelishni buyurarkan. Ayoli bir kun gazeta opkelibdi ikki kun opkelibdi ohiri bezor bolib bir gazetani saqlab quyibdi, uch kun orqa orqasiga shu gazetani oborib beribdi. Uchinchi kuni eri gazeta uqib utirganda birdaniga kula boshlabdi. Ayoli nima gap deb surasa eri javob qipti:
- Bir odam jinni bomasa, shu osha odam, uch kun orqa orqasiga, shu osha darahtga moshina bilan qanday uriladi hayronman.

KhwarezmshaH
06-14-2006, 05:00 AM
KIM IQTISODLIROQ: MUHANDIS VA IQTISODCHI
Bir kuni uchta muhandis va uchta iqtisodchi student poezd bilan yolga chiqadilar. Iqtisodchilar qarasa, muhandislar uchchalasiga bitta bilet olishibdi. Iqtisodchilar hayron bulib surashibdi, muhandislar esa, kuting va koring debdilar. Poezd harakatlana boshlabdi, konduktor kelishiga oz qoganda muhandislar bir WCga kirib ketishibdi. Konduktor kelib WCning eshigini taqillatib "bilet" deb baqiribdi. Bitta muhandis biletni WCdan uzatibdi. Konduktor olib otib ketibdi.
Qaytayotib yana uchrashibdilar, muhandislar va iqtisodchilar. Iqtisodchilar ham endi metodni organdik deb bitta bilet olishibdi, lekin qarasa bu safar muhandislar hech bilet olishmabdilar. Yana surashibdi, javob yana kuting va kuring. Konduktor kelishiga oz qolganda muhandislar WCga kirishibdilar, iqtisodchilar ham qarshisidagi WCga kirishibdilar. Shunda muhandislardan bittasi WCdan chiqib qarshi tomondagi WCni eshigini taqillatib "Biletiz" deb baqiribdi...:lol:

salamaturgenji
06-14-2006, 06:30 AM
-Sen Yaponmisan?
-Yuq
bir payttan keyin yana:
-Sen Yaponmisan?
-Yuq dedimku.
Yana bir paytdan keyin:
-Sen Yaponmisan?
-Ha men Yaponman.
-Hech ohshamisanda...:lol:

Bir odam aptekga kirib:
-Towuk bormi?
-Jinnimisan towuq nima qiladi bu yerda.
Ertasi yana osha odam aptekga kirip.
-Towuq bormi?
-Yuq dedim senga yuq.:evil:
Bir kundan keyin yana osha odam osha aptekga kirip:
-Towuq bormi?
-Yuq dedimku senga. Yana bir marta sorasang yamon korma.:evil:
-Unda "Towuq yuq" deb yozib qoyin men ham soramiman.
Bezor bolgan aptekchi oynaga "TOWUQ YUQ" yozip qoyipti.
Ertasi osha odam osha aptekga kirib:
-Towuq qachon keladi?:lol:
..........

habiba
06-14-2006, 07:33 AM
:laughing: so funny

KhwarezmshaH
06-21-2006, 12:48 AM
Arslon har kurishida tulkini,
-Shapkang qani?
deb urarkan. Ahiyri bu bahona bilan urishdan charchabdi va bo'ridan maslahat so'rabdi. Bo'ri ham sigaret so'rang deb maslahat beribdi, filtrli bersa filtrsiz surang, filtrsiz bersa filtrli so'rang deb maslahat beribdi. Bu gaplarni eshitgan quyon tulkiga bu gapni yetkazibdi. Ertasi kuni ormonda arslon yana tulkini ko'ribdi va:
-Sigaret ber qani!
Tulki:
-Filtrli yoki filtrsiz!
deb ikki hil sigaretti ham uzatibdi, shunda arslaon bir filtrliga bir filtrsizga qarab o'ylanib turib:
-Shapkang qani!!!
deb bir shapaloq uribdi.:lol:

DaeAnd
06-22-2006, 09:07 AM
Bir kuni qari chol dengizga baliq ovlagani boribdi. To'rni birinchi tashlaganida hech nima ilinmabdi, ikkinchi bor tashlabdi, yana hech nima chiqmasmush. Uchinchi marta tashlaganida bitta kichkiina baliqcha ilinibdi. Qarasa xaligi ertakdagi "tilla baliq" emish. Shunda baliq tilga kirib-"Meni qo'yib yubor, xohlagan istagingni bajaraman" debdi. Chol o'ylaaab turib, baliqchani shartta paqiriga solibdiyu, uyiga ravona bulibdi. Kutib o'tirgan xotini baqira ketibdi, ey axmoq chol, go'l devona chol, tutganing shu bo'ldimi? Uni nima ham qilardik deb. Keyin chol boshini qashiiib turib oshxona tomon yo'l olibdi baliqni taxtakach ustiga quyibdiyu, pichoqni o'tkirlay boshlabdi. Shunda baliq yana tilga kirib tipirchilay boshlabdi,- Bir umr hizmatingni qilaman, sodiq hizmatkoring bo'lay deb. Chol pichog'ining yaltirashiga mahliyo bo'lib sekin-asta kelibdiyu "TARS" etib taxtakach ustiga baliqning boshiga uribdi. Tamom. Eha, gap shundaki, xaligi chol kar ediykan.:P