View Full Version : Imonlashish Umidi
Malika
05-24-2006, 05:54 AM
Bir kishi ma’ruzasida donolik bilan debdi:
-Agar xastalansangiz albatta, tabibga boring. Chunki tabibning ham tirikchiligi bor. Tabib sizga dori buyuradi, siz bu dorini albatta sotib oling, chunki dorifurushning ham tirikchiligi bor. Ammo sotib olgan bu doringizni zinhor icha ko’rmang, chunki o’zingizning ham tirikchilingiz bor.
Ittifoqo, shu majlisda go’rkov ham o’tirgan ekan, voizning keyingi gaplari unga yoqmay shart o’rnidan turib debdi:
-O’sha tabib yozib bergan, dorifurushdan sotib olgan doringizni, albatta iching, chunki mening ham tirikchiligim bor.
Alqissa, bu dunyoda hammaning tirikchiligi bor. Tirikchilik deb o’zimizni har tomonga uramiz, tegirmon toshlari orasidan o’tishdan ham toymaymiz. Ko’p holatlarda unutamizkim, biz ta’bir qiluvchi tirikchilik rizq o’lchovi bilan belgilab qo’yilgan. Bu belgi chegarasidan o’tish hali hech kimga nasib etmagan. Qudsiy hadisda marhamat qilinadikim:“Ey Odam farzandi, agar senga ajratib qo’yilgan rizqqa qanoat qilsang, rizqing o’zi keladi va mendan ham maqtov olasan. Bordi-yu bu taqsimga qanoat qilmasang , dunyoni sening ustingga sulton va seni unga xizmatkor qilib qo’yaman. Dunyo uchun cho’ldagi vahshiy hayvonlar kabi yugurasan, ammo senga taqsimlab qo’ygan rizqimdan ortig’i kelmaydi va o’zing ham mening oldimda xijolat bo’lib qolasan“.
Dunyoda xijolat bo’lib qolayotganlarni ko’rib turibmiz.
Aslida odamzotning yashamog’i uchun juda oz narsa kerak.
Biz pul topib boyiyotganimizdan quvonamiz. Bilmaymizki, bu boylik o’zimizga nasib qilarmikan? Muborak Qudsiy hadisda zikr qilinurkim:“Ey Odam farzandi, bilgilki, bu dunyoda to’plagan boyliging merosxo’rlarga qoladi. Undan yemoq va huzurini ko’rmoq ko’pincha boshqalarga nasib bo’lur. Uning hisob-kitobi va nadomati esa sening bo’yningga tushgay. Qabrda senga faqat hayotlik vaqtingda qilgan yaxshi amallaringgina yordam bergay“.
Mazkur rivoyatga biron gap qo’shmak yoki tahlil etmak ortiqcha bo’lsa-da, bir kichik rivoyatni ilova qilishni istadim:
Daryo sohilida o’tirgan bir odam qo’lidagi g’alvirni suvga botirar ekanda:
-Xudo bersa shunday beradi,-derkan. So’ng g’alvirni suvdan ko’tarib aytarkankim:
„Xudo olsa shunday oladi“.
.....to be continued.......
(muallifi men emasman)
davom ettiruvchilar topilsa, qolganlarimiz bajonidil ularni tinglardik...
o’qiganlariz uchun rahmat
Allohdan hammangizga omonlik tilab
Malika
AbdulAziz
05-25-2006, 04:16 AM
Ijozatinglar bilan men ham davom ettirsam:
Baxt haqida ko‘p so‘raydilar. Har kim baxtni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. O’z qarichi bilan o‘lchaydi. Mening baxtim boshqa odam uchun shunchaki arzimas bir narsa bo‘lib tuyular. g’og‘oz-qalam bilan o‘tgan tunlarim men uchun baxtli lahzalar, menga kuyunguvchi do‘stlarim esa, «tirikchilik vajhidan uxlamaydi, bechora», deyishadi. Men esam, boshqalarga achinaman. Menga bir narsa aniq: baxt bevafo narsa — kelaveradi, ketaveradi... «Baxt qushi» degan ta’birning mavjudligi bejiz emas. g’ush hech mahal bir yerda uzoq qo‘nib o‘tirmaydi. Baxt ham shu — kishiga hamisha yo‘ldosh bo‘lavermaydi. Baxtiyorlik ko‘p hollarda kishini xudbinlikka, manmanlikka yetaklashi mumkin. Ana shunda jar yoqasiga keltiradiyu o‘zi g‘oyib bo‘ladi. Kishi «baxtim, qaydasan?» deb chapak chalib qolaveradi. Hayotdan ma’lumkim, jarga qulaganlar ham uchraydi. Esi butun odamlar esa o‘zini asrab qola oladi. «Baxtingni qo‘ldan berma», degan gapni men «manmanlikka berilma, xudbin bo‘lma», degan ma’noda tushunaman.
Baxt zarralardan tashkil topadi. Masalan: ertalab dasturxonimda non turishi — baxt. Uni yemay, isrof qilishlik esa xudbinlik. Har tong ahli oilamni, qo‘ni-qo‘shnimni, qarindoshu do‘stlarni sog‘-omon ko‘rmoqlik — baxt. Ulardan birining ko‘nglini og‘ritish esa — xudbinlik... Zargar tilla zarralarini to‘plab, bir ajib uzuk yasasayu uni bir onda yo‘qotib qo‘ysa... Odam baxtini ana shunday mashaqqat bilan topadi, osonlik bilan yo‘qotadi. Bunga faqat o‘zigina aybor.
Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan
AbdulAziz
05-27-2006, 05:42 AM
* * *
O’zgaga jahannam gullari nasib bo‘lishini istagan odam o‘ziga jannat rohatini tilagani afzal emasmikin? O’zganing jahannam o‘tida kuymog‘i uning duosi bilan bo‘lmaganidek, o‘zining jannat bog‘larida sayr qilishi yaxshi niyat va amallari bilan ekanligini bilish ham bir baxtdir.
* * *
Bir uyki, havas qilasiz. Billur qandillar ko‘zni olaman, deb yonib turibdi. Boyligini ko‘z-ko‘z qilayotgan kimsa qalbida esa imon qandili yonmaydi, qalb — zim-ziyo tun...
* * *
«Alloh!» deymiz. Unga intilamiz. Allohning huzuriga boshlovchi yagona yo‘l esa — o‘limdir. Biz bundan qo‘rqamiz, qochmoqchi bo‘lamiz...
Tohir Malik
Malika
06-05-2006, 05:37 AM
...........Agar ertaga ertalab 100 dollar ishlash imkoniyati bo’lsa, bu imkoniyatni qo’ldan chiqarmaslik uchun tun bo’yi uxlamay harakat qilib chiqamiz. Ming dollar ishlash uchun hafta davomida ham uxlamasligimiz ham mumkin.
Dunyoni shunday sevamiz.
Ajab! Nima uchun o’sha dollarlardan azizroq va qimmatliroq bo’lgan jannatni bu qadar sevmaymiz? Jannat ishqida bir tun uyqumizni harom qilib ibodat qilmaymiz? Axir dollar topish zahmati og’irroq, jannatga yetishmoq esa osonroq-ku?
Ba’zan odam boylik uchun eng yaqin do’stidan ham kechadi, tug’ishgan birodarlaridan uzoqlashadi, kimnidir g’iybat balchig’iga bulg’aydi, kimgadir tuhmat qiladi va hatto, kimnidir o’ldiradi.
Jannatga yetmoq uchun bulardan yiroq bo’lsa kifoya, boshqa odamlarga emas, o’z nafsiga zulm qila olsakifoya. Jannatga yetmoq uchun do’stidan yuz o’girmaydi-oqibatda to so’nggi nafasiga qadar yaxshilar, mehr-oqibatlilar quchog’ida yashaydi. Tug’ishgan birodarlaridan uzoqlashmaydi-oqibatda o’zidan keyin qoladigan farzandlari taqdiridan ko’ngli to’q bo’ladi. Birovni g’iybat qilmaydi, boshqaga tuhmat toshi otmaydi-oqibatda bo’lajak sharmandalikdan qutuladi. Birovni o’ldirmaydi-oqibatda o’z avlodini xun to’lash azobidan qutqaradi.(To’g’ri, hozir moddiy xun to’lanmaydi, ammo ruhiy xun degan tushuncha ham bor-ku?)
Odam bolasi bir ayb ish qilib qo’ysa, qamalib qolishdan qo’rqadi. Chunki qamoqda ham ma’naviy, ham jismoniy azob bor. Odam shu azoblardan qutulib qolish yo’llarini izlaydi. Milisaning, prokuror, sudyaning ko’nglini ovlash payiga tushadi.
Ajab! Qamoqdan necha ming marta dahshatliroq va azobliroq bo’lgan do’zaxdan nechun qo’rqmaydi? Nechun do’zaxga tushmaslik choralarini izlamaydi?
......................
Vector
06-09-2006, 12:46 PM
AAWWB
ular nazarimda xuddi har xil inson taomni har xil ta'bda va ishtahada tanovvul qilishga uxshaydi!
Xato ketgan bulsa Allah svt kechirsin!
Wassalam!
yana bir misolni eshitganman: Islom bu tog' bolsa, mazxablar xuddi shu tog'ni choqqisiga bexatar yol korsatadigan kartaga oxshaydi...;)
........Agar ertaga ertalab 100 dollar ishlash imkoniyati bo’lsa, bu imkoniyatni qo’ldan chiqarmaslik uchun tun bo’yi uxlamay harakat qilib chiqamiz. Ming dollar ishlash uchun hafta davomida ham uxlamasligimiz ham mumkin.
Dunyoni shunday sevamiz.
Ajab! Nima uchun o’sha dollarlardan azizroq va qimmatliroq bo’lgan jannatni bu qadar sevmaymiz? Jannat ishqida bir tun uyqumizni harom qilib ibodat qilmaymiz? Axir dollar topish zahmati og’irroq, jannatga yetishmoq esa osonroq-ku?
Assalomu alaykum wr,wb.
Yuqorida yozgan gaplaringizda, albatta, jon bor. Ammo, har kimning ham o'ziga yarasha tirikchiligi bor. Bu haqda o'zingiz yuqorida yozib qo'yibsiz.
Inson, ikki dunyo uchun yashamog'i lozim. Yozganlaringiz garchi haq bo'lsa-da, ammo biz hozir bu dunyoda ekanligimizni hamda o'z burch va vazifamizni unutmog'imiz joiz emas. Bu dunyo uchun ham yashamoq kerak. Bu yerni ham obod qilmoq kerak. Tirikchilikni ham qilish kerak. U dunyoning jannatini istagan har kimsa, oldin bu dunyoda kurashib yashashi kerak. Nailoj ahvolimiz shunday bo'lsa. O'sha maosh deb, tunu-kun bedor bo'lsak, buning aybi yo'q. Bu bilan birga yashash kerak. Shu yo'lni ham bosib o'tish kerak. Jannat haqida garchi o'qigan bo'lsak-da, ammo kamdan-kam insonlar uni tasavvur qila oladilar, chunki kundalik hayot shu dunyoni ishini oldin bajarishga undaydi. Jannatdan ko'ra, inson bu dunyoni o'z ko'zi bilan ko'rib turgani uchun ham oldin bu dunyoni ishini, tashvishini bitirishga harakat qiladi. Jannat , bir mo'jiza, ro'y berib ko'rsatilsa, unda balkim insonar ishlarini to'xtatib qo'ygan bo'lar edilar. Uzr, ammo siz aytgan pul topish tagida ham mehnat yotadi. Jannatga yetishi uchun ham mehnat kerak. Jannatga yetishish oson ekanligini Sizga kim aytdi?
>Ba’zan odam boylik uchun eng yaqin do’stidan ham kechadi, tug’ishgan birodarlaridan uzoqlashadi, kimnidir g’iybat balchig’iga bulg’aydi, kimgadir tuhmat qiladi va hatto, kimnidir o’ldiradi.
Endi, bu har kimning insofi hamda vijdoniga boq'liq.
>Odam bolasi bir ayb ish qilib qo’ysa, qamalib qolishdan qo’rqadi. Chunki qamoqda ham ma’naviy, ham jismoniy azob bor. Odam shu azoblardan qutulib qolish yo’llarini izlaydi. Milisaning, prokuror, sudyaning ko’nglini ovlash payiga tushadi.
Ajab! Qamoqdan necha ming marta dahshatliroq va azobliroq bo’lgan do’zaxdan nechun qo’rqmaydi? Nechun do’zaxga tushmaslik choralarini izlamaydi?
Odam qamoqdan qo'rqadi, chunki uni ko'rgan u haqida tasavvurga ega va u haqida ko'p eshtigan. Do'zaxni esa hali bilmaydi. U haqida umuman tushunchaga ega emas va ega bo'lishni istamaydi ham.
Qolaversa, hammani bir qolipga solish notogri, chunki har kim o'z hayotining har xil bosqichida din bilan tanishgan. Kimdir o'smirlik chog'ida, kimdir yoshi oshib qolgan chog'ida. Bu paytgacha ancha yo'llarni bosib qo'ygan bo'ladi inson, ancha qilmishlarni qilib qo'ygan yoki bajarayotgan jarayonda bo'ladi. Hamma ishini birdaniga tomdan tarasha tushganday to'xtatib qo'yish uchun insonda vijdon va yuksak iroda kerak, qaysikim unga inson yillar mobaynida erishadi.
Shaxsan, men uchun o'sha 100$ kerak, chunki oilam bor, bir kunim bor. U dunyoni deb bu dunyodan, bu dunyoni deb ,u dunyodan mahrum bo'lmasdan yashash uchun kurashish naqadar og'ir. Uni to'rtta so'z bilan ifodalab, qog'ozga tushirish, men uchun, nihoyatda, mushkul.
salamaturgenji
06-13-2006, 09:16 AM
yana bir misolni eshitganman: Islom bu tog' bolsa, mazxablar xuddi shu tog'ni choqqisiga bexatar yol korsatadigan kartaga oxshaydi...;)
Yana bir misol
beshik horazim mazor ham toshkent bolsa, horazimdan toshkentga ketmoq uchin bir neca togri yol bolganidek beshiktan mazorga bormoq uchin ham bir necha togri yol (mazhab) bor!:D
Malika
06-13-2006, 10:25 PM
........Agar ertaga ertalab 100 dollar ishlash imkoniyati bo’lsa, bu imkoniyatni qo’ldan chiqarmaslik uchun tun bo’yi uxlamay harakat qilib chiqamiz. Ming dollar ishlash uchun hafta davomida ham uxlamasligimiz ham mumkin.
Dunyoni shunday sevamiz.
Ajab! Nima uchun o’sha dollarlardan azizroq va qimmatliroq bo’lgan jannatni bu qadar sevmaymiz? Jannat ishqida bir tun uyqumizni harom qilib ibodat qilmaymiz? Axir dollar topish zahmati og’irroq, jannatga yetishmoq esa osonroq-ku?
Assalomu alaykum wr,wb.
Yuqorida yozgan gaplaringizda, albatta, jon bor. Ammo, har kimning ham o'ziga yarasha tirikchiligi bor. Bu haqda o'zingiz yuqorida yozib qo'yibsiz.
Inson, ikki dunyo uchun yashamog'i lozim. Yozganlaringiz garchi haq bo'lsa-da, ammo biz hozir bu dunyoda ekanligimizni hamda o'z burch va vazifamizni unutmog'imiz joiz emas. Bu dunyo uchun ham yashamoq kerak. Bu yerni ham obod qilmoq kerak. Tirikchilikni ham qilish kerak. U dunyoning jannatini istagan har kimsa, oldin bu dunyoda kurashib yashashi kerak. Nailoj ahvolimiz shunday bo'lsa. O'sha maosh deb, tunu-kun bedor bo'lsak, buning aybi yo'q. Bu bilan birga yashash kerak. Shu yo'lni ham bosib o'tish kerak. Jannat haqida garchi o'qigan bo'lsak-da, ammo kamdan-kam insonlar uni tasavvur qila oladilar, chunki kundalik hayot shu dunyoni ishini oldin bajarishga undaydi. Jannatdan ko'ra, inson bu dunyoni o'z ko'zi bilan ko'rib turgani uchun ham oldin bu dunyoni ishini, tashvishini bitirishga harakat qiladi. Jannat , bir mo'jiza, ro'y berib ko'rsatilsa, unda balkim insonar ishlarini to'xtatib qo'ygan bo'lar edilar. Uzr, ammo siz aytgan pul topish tagida ham mehnat yotadi. Jannatga yetishi uchun ham mehnat kerak. Jannatga yetishish oson ekanligini Sizga kim aytdi?
>Ba’zan odam boylik uchun eng yaqin do’stidan ham kechadi, tug’ishgan birodarlaridan uzoqlashadi, kimnidir g’iybat balchig’iga bulg’aydi, kimgadir tuhmat qiladi va hatto, kimnidir o’ldiradi.
Endi, bu har kimning insofi hamda vijdoniga boq'liq.
>Odam bolasi bir ayb ish qilib qo’ysa, qamalib qolishdan qo’rqadi. Chunki qamoqda ham ma’naviy, ham jismoniy azob bor. Odam shu azoblardan qutulib qolish yo’llarini izlaydi. Milisaning, prokuror, sudyaning ko’nglini ovlash payiga tushadi.
Ajab! Qamoqdan necha ming marta dahshatliroq va azobliroq bo’lgan do’zaxdan nechun qo’rqmaydi? Nechun do’zaxga tushmaslik choralarini izlamaydi?
Odam qamoqdan qo'rqadi, chunki uni ko'rgan u haqida tasavvurga ega va u haqida ko'p eshtigan. Do'zaxni esa hali bilmaydi. U haqida umuman tushunchaga ega emas va ega bo'lishni istamaydi ham.
AAWB
hurmatli Fifi
bu avvalambor mani gaplarim emas
Tohir Malikniki
keyin hammani o'z fikri bo'ladi, man ham fikrizni hurmat qilaman
lekin uning gaplari haqiqatga qanchalik yaqinligizni bu maqolani birinchi marta o'qigandayoq his qilganman.
Allohdan iymon tilab
Malika
AbdulAziz
06-25-2006, 04:25 PM
Boylik egalarining Alloh saltanatiga kirmog‘i benihoya darajada mushkul deyishadi. Kambag‘al sabr va shukronasi bo‘yicha hisob bersa, boy to‘plagan xazinasiga harom aralashganmi yo yo‘qmi, uni nimaga sarf etgan, zakotni to‘g‘ri berganmi... xullas shunga o‘xshash ko‘p burchlari bo‘yicha hisob berar ekan qiyomatda. Nasroniylarning ilohiy kitobi «Injil»da aytilishicha, boyning Alloh saltanatiga, ya’ni jannatga kirmog‘idan ko‘ra tuyaning igna teshigidan o‘tmog‘i osonroq emish.
Roviylar derlarkim, bir podshoh «hayotni o‘rganib kel», deb o‘g‘lini dunyo safariga yuboribdi. Oradan oylar o‘tib, shahzoda saroyga qaytib, bir kaftida tuproq, yana birida tosh bilan otasiga ro‘para bo‘libdi.
— Dunyo kezib topganing shu bo‘ldimi? — deb ranjibdi podshoh. — Xo‘sh, bularingdan qanday ma’no uqmog‘im kerak?
— Podshoh qanchalar ulug‘, qanchalar qudratli bo‘lmasin, u tuproqdan yaralgan va oqibat yana tuproqqa aylangusi. Shunday ekan, to asliga qaytguniga qadar Allohga maqbul ishlarni qilishi, ya’ni raiyatga mehr-muhabbatda bo‘lmog‘i shart ekan. Toshning ma’nosi esa: xazinadan yaxshilik yo‘lida foydalanilmas ekan, undagi oltinu javohirning qadri bilan bu toshning qiymati bir xildir, — deb, shahzoda bir rivoyat aytibdi:
— Ziqna boy dalaga chiqib, xurjun to‘la oltinini ko‘mib qo‘yibdi-da, xazina ko‘milgan yerni har kuni ziyorat qilaveribdi. g’o‘shnisi bitta joyga uzoq tikilib turuvchi boyning bu qilig‘idan ajablanib, o‘sha yerni kavlabdi-da, oltinlarni olib, o‘rniga tosh to‘ldirib qo‘yibdi. Ziqna boy kunlarning birida oltinlarining yuzini silab, bag‘riga bosib rohatlanish maqsadida yerni kavlasaki, xazina yo‘q! Alamdan dod solib turganida qo‘shnisi yaqinlashib, ne hol yuz berganini so‘rabdi.
— Oltinlarimni sarf qilmay shu yerga ko‘mib qo‘ygan edim, kimdir o‘g‘irlab, o‘rniga tosh tashlab ketibdi, — deb javob beribdi boy.
— Bekorga yig‘layapsan, — debdi qo‘shnisi. — Sen kuyinmagin-da, toshni joyiga ko‘mib, har kuni ziyoratingni qilaver. Sarf qilmaganingdan keyin bu chuqurchaga tosh ko‘milganmi yo oltinmi, sen uchun nima farqi bor?
O’g‘lidan bu rivoyatni eshitgan podshoh achchiqlanibdi-da:
— Demak, seningcha boylik to‘plab, saqlash shart emas ekan-da? — debdi.
— Boylikka ega bo‘lmaslik yomon, boylikka ega bo‘la turib, undan oqillik bilan foydalana olmaslik undan-da yomonroq, — deb javob bergan ekan dono shahzoda.
Tohir Malik
AbuMuslim
06-26-2006, 12:20 PM
Tohir Malikning IYMONLASHISH UMIDI kitobi (to'liq)http://www.islam.uz/adabiyat/adabiyat1.htm
AbuMuslim
06-26-2006, 12:23 PM
Òîõèð Ìàëèêíèíã áîøêà êèòîáëàðè "Ìóðäàëàð ãàïèðìàéäè" âà "ÎÂ"http://www.islam.uz/adabiyat/adabiyat.htm
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.