PDA

View Full Version : o'zligimni sog'indim.....sizchi?


zanjir
06-05-2006, 11:04 PM
kallayi saharlabdan kisliy maloko, qatula bor degan holalanimikin,
yoki domni avtobus bekatiga ulidigan yolakchani yaqinda yoqqan yomgirdan kegin tolip qogan kolmakchalarni yonidan otarkan gízillab otib ketgan nexia moshinasiga angrayib shimimni ho'l qip ketganidan kegin eeee onangni dep qogan paitlarimnimikin yoki avtobusda siqilishiib ketayotkanda universamda qanidi tohtamasa dep yurgan kezlarimnimikin......
bolam yaxshi bor yoki yaxshi keldinmi ovqatini yevol degan ovoznimikin, yoki choyhonada bollar bilan qop ketgan paitimda kochaga chiqip kelishimni kutip otirgan adajoimnimikin.....


sizchi? siz kimni yoki nimani sogindingiz?

habiba
06-06-2006, 02:41 PM
Juda juda sog'indim.Uyimiz yonidan oqib o'tadigan anhor yonidagi majnuntolni,ko'chalarni changitib yuradigan shumtakalarni,ko'chani supirishga chiqib gap sotib qolib ketadigan kelinlarni,bozorda narx tortishishlarni,dovuchchalarni va eng asosiysi oila a'zolarimni.eee osha damlar:(

kingdom
06-06-2006, 02:49 PM
bolaligimda daraxtlardan dovuchchalarni uzib yeb kegin orqsidan suvni ichib undan keyin xojatxonaga yugurgan:lol: kezlarimni juda-juda sogindim!jonajon yurtimni sogindim!:(


dovuchchalarni

zanjir
06-06-2006, 08:36 PM
bolaligimda daraxtlardan dovuchchalarni uzib yeb kegin orqsidan suvni ichib undan keyin xojatxonaga yugurgan:lol: kezlarimni juda-juda sogindim!jonajon yurtimni sogindim!:(


:))
eee gapirmen, ayniqsachi obedda shirrriiiin qovunni yep chanqaganda issiq choyni sovutishga chidomiy artizandan muzdekkina suvni ichib kegin sizga sherik bogan kezlarimni esladim:)

elDoraDo
06-06-2006, 09:08 PM
Ertalabki issiq yopgan non bilan ishkomdan shundoqqina uzib kelingan uzum yeyishni, ketidan qaynoq choyni og'izni kuydirib ichishni sog'indik...

Oqshom payti supaning atrofiga suvlar sepib, rayxonlarning hidini chiqarib, osha rayxon garmdori bilan maydalab solingan achchiqqina moshxo'rda-mastavalarni ichishni, ichib bolib issiqdan hech qayoqqa sig'may jiyanlar bilan borib ozni suvga otishni sog'indik...

Kechki payt bir piyola choy atrofida suxbatlashib o'tirganda atrofdagi chigirtka va boshqa hasharotlarning tungi qo'shiga mahliyo bolib gapdan adashishni, onamni tizzasiga bosh quyib yosh bolaga aylanib qolishni sog'indik...

Amiri Turkiston
06-06-2006, 10:00 PM
biza odatda dovuchchani o'g'rilab terib keyin orqamizdan qoravul quvlardi odatda....shunda terib olgan dovuchchalarni deyarli hammasi tushib ketardi :-)

keyin pishmagan olmalarni olib tuzga botirib yoki olovga qo'yib mazza qilib yurardik da


hotya dala hovlimizda to'la meva bulsa ham...ko'chadan terilganiga yomonam ishqiboz edim da :-)

Unique
06-06-2006, 10:50 PM
a man kuzda yong'oq terardim, keyin ko'chada bolla bilan o'ynab yarmini yutkazib qo'yardim :lol:

kingdom
06-07-2006, 04:04 AM
uu da!yongoq tozzalashdan qullarning dab dalasi chiqib ketardi!:lol: lekin kupincha juda kup yutardim yongoq uyinida uyindan keyin uyga bir gala yongoqni kutarib kesam oyimlar urishardilar!:lol: ha afsuski u damlar endi qaytmaydi!:( :x a man kuzda yong'oq terardim, keyin ko'chada bolla bilan o'ynab yarmini yutkazib qo'yardim :lol:

crescent
06-07-2006, 04:48 AM
uu da!yongoq tozzalashdan qullarning dab dalasi chiqib ketardi!:lol: lekin kupincha juda kup yutardim yongoq uyinida uyindan keyin uyga bir gala yongoqni kutarib kesam oyimlar urishardilar!:lol: ha afsuski u damlar endi qaytmaydi!:( :x
qaytadi! Uyga qaytganingizda, yana yong'oq tozalab kiyimlaringizga surtib keling qani, oyingiz urushmaydilarmi? ;)

Suhrob
06-07-2006, 05:33 AM
man esa tutni sog'indim. ertalab sahar turib, oila azolarimiz bilan birga tut qoqib, mahallaning narigi tomonida joylashgan nonvoyxonadan, yugurib borin issiq non olib kelib, toza qoqilgan tutni yeyishga nima yetsin.

daejeon
06-07-2006, 05:38 AM
shu threadga yozganlar hammelar yomon odamlarakansilar

XXL
06-07-2006, 06:11 AM
shu threadga yozganlar hammelar yomon odamlarakansilar
oziz N1 yomonsiz, tushundizmi?:lol:

nima doktorga kop uchrorib, postoyanno tilingni chiqar deyishorib sizga, miyazge ornashib qopti shekilli a?

oziyam, haligi 222 marshrutni ohirgi ostanovkasi boru..ruhiy kassaliklar, shutta innndamasdan tushirib ketadigan bob ketipti Sizzi

ha bopti, ashi erni glavrachhi bilan ozim gaplshama, sizga zor joy qilib berishadi, billa yotamiz:lol:


Juda sogindim uyimmi, uyimiz ooldida, anhor oqadi, lekin oqimi juda

tez, va shunga chomilgani chiqardik, mazza qilib, bollar moshinani

korib ..Menga ..."ee dadeng keldi, berkinvol" desa, darrov, bir joyga

berkinib olardim..:D

zanjir
06-07-2006, 07:36 AM
biza odatda dovuchchani o'g'rilab terib keyin orqamizdan qoravul quvlardi odatda....shunda terib olgan dovuchchalarni deyarli hammasi tushib ketardi :-)

keyin pishmagan olmalarni olib tuzga botirib yoki olovga qo'yib mazza qilib yurardik da


hotya dala hovlimizda to'la meva bulsa ham...ko'chadan terilganiga yomonam ishqiboz edim da :-)

tishlarizi rosa qamashtiradi a? oqat yiyish qiyin bop qoladi:) togrimi?

zanjir
06-07-2006, 07:43 AM
eeee kimmi hovlisida anor bor? bizanikida koooopde kegin haqiqiy anu rossiya opketadigan posti qalin usti qizil ichidegi donalari ham qip qizil dona dona hilidan. uni siqip suvini ichsez maqsadga muvofiq agar moboda kesip yesez yeboganizdan kegin qolizi darrov yuvishiz kere yuvmasezmiiiiiii....
qoliz hina surganga ohshab qoladi hinani rangi chiroili boladiku lekin siziki sal "boshqacharo" bop qoladi:)

kingdom
06-09-2006, 04:04 PM
Yoshlikda kuchada har kuni futbol uynardik !va har kuni yoki qushnilarni yoki uyimizning derazasi sinardi!:lol: !kechqurun dadamlardan shattani yeb:lol: qizarib utirardim!:lol: oxirlari boshqa kuchalarga utib uynardik mabodo deraza sinib qosa hamma turt tomonga tum taraqay bulib qochardik!:lol: yana futbol uynagilarim keb ketti!:(

gulamus
06-09-2006, 05:23 PM
Eeeh hech kim "oshiq" oynaganini eslamadi, mani hayolimba birinchi bolib oshiq tushdi.. bolar bilan oynab , yutqizib qoysak borib kegin kimnikida qoy soyilar ekan deb yurardik:).. ohiri hammadan ozim yutvoganman.. bir qop bolardi manda...kegin kotalar bilan ularni Vare uchirishini toposha qilardim.. dahshaaaaat bolardi..Katlavanlarda suv tolib qolgan bolsa borib 2-3 daraht sholaridan lodak yasab , uyga hooooool kirardim kegin , ahaaaaaaaa onamdan gilam qoqadigan bilan erdim :):):) da osha damlarim
GA

Lorelei
06-09-2006, 10:29 PM
Ertalab turib novvoyxonada navbat kutiiib "lepyoshka" olib kelardim, tvorogni, tvorogchi xolaniyam sog'indim...

nicol
06-09-2006, 11:22 PM
Salom hammaga.Man ham rosa bolaligimni esladim.Ozi ham rosa shoh qiz edim yoshligimda.Domimizada umuman man tengi qizlar yoq edi ,pochti hammasi bollar bogani uchun ukam bilan chiqvolib lanka tepardik.Buni ustiga jevachkadan chiqqan turbo etikatkalarini oris qoshnim bola rosa oynab yutvolardim.Bir hil paytlari apiristlik qilib qolimga azgina tuflab qoyardim shunda ketka yahshiroq olgan yopishardi.Eh,,osha kezlar rosa sogindim.Maktab paytlarim tanaffusda chiqvolib qurut,horozqand ovolib ortoqlarim bilan bolishib eb yurardik.Gapirsam rosa gap kop.Hotiralarni borligi juda ham yahshide.Ozi nuqul bogchada ugolda turadigani man edim.Har gal bironta ishkalni boshlab kelardim.Oyimlar manga qarab bu gal nima karomat korsatib keldiz degan gaplarini sogindim....Garajlarni tepasiga chiqvolib rosa pishmagan olma bilan dovuchalarni qoqib tuzga botirib erdik.Chontak yoqligidan futbolkalarni ichiga sovolib yurgan kezlarno sogindimmmmmmm....

nicol
06-09-2006, 11:24 PM
Uzr tez yozganim tufayli bir ikkita gaplarim notogri yozilib ketibdi...

FREEMINDER
06-10-2006, 03:00 AM
Men esa limonka yasashni sog'indim. Mahallada eng zo'r vzryvnik edim. U-bu kimmi to'yi bo'larkan dib eshitse, tomom, magazinga chiqib gugurttan(1 tiyin bo'lardi)) pochka-pochka, himiya honasidan margancovka o'girlab kelardu... Shunaqa bang'illatardu... ehhee....
Bolla bilan maktabda pul tashashib, 60 tiyinga Rodopi sigareti olardik... Futbol o'ynasek (qo'shni ko'chani bollari bilan), Morsda yoki Kvasdan o'ynardik... Uyimizzi oldidan Anhor oqadi, anhorri bo'yida mazza qilib yotardik... Sevishganla kep qosa, qitmirlik qilardik... Ishkalla...
Qani endi o'sha davrlar.............

kingdom
06-10-2006, 03:27 AM
sigaret deganingizda 5sinflarda rosa shux bugandik!maktabning 2nchi etajining cherdagiga chiqivolib sinfdoshlar 5ta ishkal bollar har tanaffusda sigaret chakardik!(tugrisini aytsam chakishni umuman bilmasdik:lol: )keyin birortasi zavuchga sotardi orqamizdan faqat quvib yurardi zavuch ulmagur!ota-onalar yigilishida nuqul biznikilar gap eshitardi!:lol:


[quote=FREEMINDER]
Bolla bilan maktabda pul tashashib, 60 tiyinga Rodopi sigareti olardik [quote]

FREEMINDER
06-10-2006, 03:32 AM
Maktabdan qaytishda, yo'lda rus maktabi bor edi... Shu maktabni bollarini ushlavolib, pullarini, ruchkalarini olib qo'yardu... U maktabni oynasini kim ko'p sindirih o'ynardik...

Han
06-16-2006, 05:29 AM
hmmm, :) ba'zi postlar xuddi men yozgandek yoki meni nomimdan yozilgandek...

eh bolalik, bolalik...
maktab yillariku butunlay boshqa olam, ayniqsa uch oy kanikulda qishloqqa borib kallayi sahardan podaga qo'shilib 1-2 km gacha sigirlarni orqasidan chang yutib borishlar... gohida iuga qaytishni unutib ketib yaylovdagi daralardan baliq (it baliq :)) tutishga berilib ketib kechkurun sigirlar bilan podadan qaytib kelishlar... Yozib o'tirib miyg'imda kulib o'tiribman.... :)

Wolfman
06-16-2006, 09:38 AM
albatta odam birinchi navbatda ota-onasini, vatanini sog'inadi.

lekin man sog'ingan narsalardan biri kunni qizig'ida tizzamgacha botib qishga tappi quyganim, yana g'isht quyishimni sog'indim :lol:



Wolf

Asadbek
06-17-2006, 03:29 AM
Bolalikni ham eslab yuboribsizlarmi? :)

Mavzu bo'yicha bitta qo'shiq:


Sayyora Qoziyeva - Bolaligim.mp3
http://www.sendspace.com/file/prqnbw


Qani o'sha maysazorlar,
Gulga to'la dala, bog'lar,
Xumor qilar kulcha nonlar,
Sog'inganda bolaligim...

:)

Kanari
06-19-2006, 07:13 AM
Onamni sog'indim!!!!!!!!!!
Ukam bilan mahalladagi eng sho'hi bo'lganimiz uchun dadam bilan ayajonim ishdan navbatma navbat ertaroq kelishar edi...Kanikul boshlanishidan qo'rqib turishardi....
Ukam

Kanari
06-19-2006, 07:15 AM
Uzr....
Ukam bilan tomlarni uchida kim eng uzoq sirpanmay yurish o'ynashni sog'indim...Yutqazsam ham ukamga men yutqazzdim degizar edim....chunki katta edimda...
Ehhhhhhhhh o'sha damlar!!!!!

crescent
06-19-2006, 01:34 PM
Eh! 1-sinfda sanitariyaga javob beruvchi qilib tayinlashgandi :D Oq shapka va oq sumkacha tikib bergandilar oyim, taqib yurardim. Ko'chada qo'shnilar ko'rib qolib "e do'xtur, keldingmi?" deyishardi. Shuni ta'sirida 9 sinfgacha "do'xtur" bo'lish orzusida yurgandim... lekin bankir bo'lib qoldim :rolleyes:

Martingale
06-19-2006, 03:20 PM
bu forumdagilar soginish kasaliga duchor bulishibdi. :)
vaqt hammasini davaliydi.;)