PDA

View Full Version : Halq Og'zaki Ijodi: Ertaklar


elDoraDo
06-13-2006, 02:28 AM
Barchamiz yoshligimizda ozmi kopmi ertak eshitib katta bolganmiz. Ular bolaning tasavvurini kengaytirib, sekin astalik bilan dunyoviy qarashlarini yolga soladi. Yaxshi va yomonning elementlarini tushunib yetishga yordam beradi. Ammo bu threaddan maqsad ertaklarning qanchalik ahamiyati borligini yoritish emas.
Balki hozirda ozi chetda yashab, ertak kitoblarga access bolmagan ota-onalarni farzand tarbiyasiga, yoq deganda tungi ertak oqib berish majburiyatini yengillashtirish maqsadida ;)

Bu yerda savol: Yoshligingizdagi sevimli ertagingiz (to'liq ertak).
Undan tashqari, iltimos, Siz bilgan ertaklar ruschami, uzbekchami, inglizchami - barchasini bu yerda post qiling,

yoki ertaklar mavjuz bolgan web sitelardan link bilan birga paste qilib qoldiring.
Ishtirok uchun rahmat

salamaturgenji
06-13-2006, 04:58 AM
Onam aytip berar edi.. Yolgon ertak:
-Otamning otasi tugilmasdan oldin dadam,men va oglim uçimiz ketayon edik. Yolning chetida Kokarmagan yongoqning tagida tugilmagan quyon kordik. Yolimizga davom etdik. Oldimizdan 3 ta anhor chiqdi. Birinchisinda umuman suv yoq ikkinchisi yarigacha komilgan uchunchisi ogzigacha komilgan. Biz suv bolmagan anhordan 5 kg boliq tutdik. Anhorlarning narisida uchta uy bor edi. Birinchisining usti yoq, ikkinchisining yorimi yiqilgan, uchinchi umuman yoq. Usti bolmagan uyga kirip tutgan boliqlarimizni pishirib yedik. Boliqlardan qazonda bir batmon yog qoldi.
Uni ham sapoklarimga surttim lekin bir sapogimga yetmadi. Ertasi turip qarasam yog surtmagan sapogim yamon korip ketip qolibdi. Atrofga qaradim lekin heç bir narsa kora olmadim. Keyin sapogimning ustiga chiqib qarasam uzoqlardagi birovning otizida yer haydap yurgan ekan........???:lol:

BIBIHONUM
06-13-2006, 10:45 AM
Muruvvat barcha bermakdir, yemak yo’q,
Futuvvat barcha qilmakdir, demak yo’q.

Alisher Navoiy


Bir kuni podshohning huzuriga ikki o’g’rini olib kelishibdi.Biri o’rta yoshli,ikkinchisi yosh yigitcha ekan.
Podshoh o’rta yoshdagi o’g’ridan:
-Bu bola sening o’g’lingmi?-deb so’arbdi.
-Yo’q,-debdi yigit.
-Birga o’g’rilik qilasan-u,tanimaysanmi? Jallod! Olib chiqib,ikkalasining ham qo’lini kesib tashlang!
Shunda podshoh huzurida o’tirgan mulozimlardan biri yosh yigitning holiga achinib,yonida o’tirgan a’yonlardan biriga sekin imlabdi:”Sening so’zingni podosh qaytarmaydi.Shu bolaning qo’lini so’ragin,juvonmarg bo’lib ketmasin”.
U odam o’rnidan turib,podshoh taxtining oyog’ini o’pib,ehtirom bilan:
-Bu bola hali hayot bog’ining mevasini tatib ko’rmagan,yoshlik lazzatini surmagan,hali yaxshi-yomonning farqiga borib yetmagan ko’rinadi.Shu boisdan shohona lutfi karamingizga sig’inaman va umid qilaman,shashanshohim,men kaminai qullariga iltifot etib,shu bolaning gunohidan o’tsangiz,- debdi.
Podshoh bu so’zlarni eshitib,mulozimni iltimosini qabul qilib,debdi:
-Ey bola,agar ikkinchi marta bunday ishlarga qadam qo’yar ekansan,bilib qo’y,ikkala qo’lingni kesib tashlashga farmon beraman.
Yigitni ozod qilib yuboribdi.
Kunlardan bir kuni katta bir anjumanda o’g’ri yigit va uning qo’lini podoshdan so’rab olgan mulozim uchrashib qolishibdi.
Podshohning mulozimi ko’pchilik o’rtasida:
-Qalay,yigitcha,yaxshi yuribsizmi? O’sha kuni sal bo’lmasa qo’lingizdan ayrilar edingiz,asrab qoldim-a,-debdi.Bu ta’na yigitga nihoyatda qattiq tegib,xijolatdan boshini egib,xonadan chiqib ketibdi.
Oradan bir qancha vaqt o’tgandan so’ng katta bir yig’inda ikkalasi yana uchrashib qolibdi.Yigitcha o’zini ko’rmaganlikka olib,xonadan chiqib ketmoqchi bo’lganda,podosh mulozimi yigitning yo’lini to’sib:
-Men sizning qo’lingizni kestirmasdan,podoshdan so’rab olib qolgan edim.Siz bo’lsangiz,hatto salom berishni ham lozim topmadingiz.
Podshoh mulozimining ikkinchi bor otgan ta’na toshi yigitning butun vujudini larzaga solibdi.Yigit arang o’zini qo’lga olib,xonadan chiqib ketibdi.Birozdan so’ng yigit kunda bilan o’tkir bolta olib xonaga kelibdi-da,kundani podosh mulozimining oldiga qo’yib,qo’linni shartta kesibdi.
-Shu qo’l sizniki edi,taqsirim,-deb,mulozimga qo’lini tutqazib:

O’tmagin nomard ko’prigidan,sel seni oqizsa ham,
Qaytmagin nomard qilichidan,gar boshingni kesa ham.
Chunki ul nomard erur, doim yuzingga surgay qaro,
Oxiratda bu bosh meniki,deb Haq oldida qilgay da’vo
deb chiqib ketibdi..:D :)

salamaturgenji
06-13-2006, 10:54 AM
mening ertagim hech kimga yoqmadi shekilli...:lol:
Yo tushimadingizlarmi?:lol:

Nilufarxon
06-14-2006, 04:29 AM
Shu mavzu orqali o'zim ham farzandimga shu ertaklarni o'qib berdim. Kecha turmush o'rtog'imga ertak kitob ham olib kelin degandim, olib kelibdilar. Hozir shu kitobdan sal qisqaroq va qiziqarlirog'ini olib yozib yuboryapman.

IlON PARI


O’tgan zamonda bir podshoh yakka o’zi ovga chiqib, ov qilib yurib, uzoqda bir narsa ko’ribdi. Podshoh sekin borib qarasa, daraxt tagida bir pari qiz dam olib o’tirgan emish. U qizni ko’rgan zamon hushidan ketibdi. Bir ozdan so’ng o’ziga kelib qarasa, pari suv keltirib podshohning yuziga sepib turgan emish. Podshoh uning qo’lidan suvni ichib, o’zi bilan saroyga olib kelibdi.
Podshoh qirq kechayu qirq kunduz to’y-tomosha bilan pari qizga uylanibdi.
Oradan bir necha vaqt o’tgach, podshohning darmoni qurib, rangi sarg’ayib, tusi o’zgara boshlabdi. Nihoyat podshoh vaziriga aytibdi:
-Ey vaziri a’zam, men uylanganimdan buyon darmonim qurib, kuchim brogan sari kamayib,holsizlana boshladim. Nima qilmoq kerak? – debdi.
Vazir:
To’g’ri aytasiz, taqsir, rangingiz ham sarg’ayib, tusingiz o’zgarib, oriqlab bormoqdasiz. Bu holni bir sinchiklab tekshirishga to’g’ri keladi. Taqsir, xafa bo’lmasangiz, men sizga bir sir aytaman, maylimi? – debdi.
Podshoh :
-Mayli, ayt, - debdi.
Vazir:
-Taqsir, tag’in bu dashtdan olib kelgan qizingiz ilon pari bo’lmasin.O’tmishda qariyalar: “Dashtda ko’rma ilon bo’ladi. Qirq yil odam ko’rmasa u pariga aylanadi-da, odamga kunduzi pari bo’lib, kechasi ilon bo’lib ko’rinadi”, der edilar. Xotiningiz tag’in ilon bo’lmasin, deb gumon qilaman, - debdi.
Podshoh:
-Unday bo’lsa nima qilaman? – deb so’rabdi.
-Agarda xo’p desangiz, avval uni aniq bilish kerak, keyin uning chorasini topamiz, - debdi vazir.
Vazir o’ylab turib podshohga shunday yo’l ko’rsatibdi.
-Taqsir, bir kuni kechqurun xotiningizga osh buyurasiz. Qozonga sabzi-piyoz solib, suvga ketganda, qozonga bir hovuch tuz tashlab yuboring. Oshni pishirib tayyor olib keladi, birga yeysiz. So’ngra osh juda sho’r bo’lib ketibdiku, deb ko’p choy-suv ichadi. Siz ham ichasiz. So’ngra qolgan ishni kechasi bilasiz.
Podshoh o’sha kuni vazir aytgandek qilibdi.
Xotini sabzi-piyozni qovuri, suvga ketganda, bir hovuch tuzni qozonga tashlab yuboribdi. Osh sho’r bo’libdi. Podshoh zo’rg’a yebdi. Pari esa uyalganidan oshdan ancha yebdi. Sho’r bo’lgani uchun ko’p choy va suv ichishibdi. Yarim kechada podshoh uyg’onib qarasa, yonida katta, uzun ilon yotgan emish. Ilon pari cho’llab, sekin o’rmalab hovlidagi hovuzga boshini cho’zib suv simiribdi. Boshi hovuzda bo’lsa, dumi podshoning yonida emish. Podshoh qo’rqqanidan hech narsa deyolmay jim yotaveribdi. Erta bilan podshoh qarasa, yonida pari yotgan emish. Bu sirni hech kimga aytmabdi. Faqat vaziriga aytibdi.
Vazir podshohga:
-Taqsir, endi siz bir amallab bu xotiningizdan ajralmasangiz bo’lmaydi. Buning chorasi shunday bo’ladi. Bir temir qafasdan uy qurdirasiz. Amallab aldab xotiningizni shu uyga olib kirasiz, o’zingiz chiqib, keyin eshikni berkitib, tagidan o’t yoqtirasiz, shu bilan ilon pari kuyib o’ladi, - debdi.
Podshoh vazirning aytganini qilibdi. Bir temir qafasdan uy soldiribdi. Uyga xotini bilan birga kiribdi. Bir ozdan so’ng podshoh qafas uydan chiqib, ustidan qulf solibdi, so’ngra tagidan o’t qo’ydiribdi. Bir chinqirib, ilon pari kuyib o’libdi. Podshoh uning tashvishidan qutilibdi.

BIBIHONUM
06-14-2006, 08:41 AM
Shu mavzu orqali o'zim ham farzandimga shu ertaklarni o'qib berdim. Kecha turmush o'rtog'imga ertak kitob ham olib kelin degandim, olib kelibdilar. Hozir shu kitobdan sal qisqaroq va qiziqarlirog'ini olib yozib yuboryapman.

Assalomu alaykum!
Asal qizaloqlaringiz uchun yana bir ertak.Bu ertakni tez-tez aytib berganimdan jiyanchalarim yodlab olishgan.Ishqilib yana "Zolushka"ni etmasayiz bo'ldi deyishadi...:)

Sayyoh va sayohatchi

Bir podshoh o’g’lini yoniga o’tqazib,nasihat qilibdi:
-O’g’lim,sen mening vorisim,toju taxtim merosxo’risan,Alloh nasibu ro’zi aylab,taxtga o’ltirganingda barcha saroy zodagonlari,olimu ulamolari atrofingda girgitton bo’lishadi.Hatto yerga yotib,oyog’ingni o’pishga tayyor bo’lib turishadi.Ana shu vaqtda kim yolg’onchi riyokor,kim dono,kim laganbardoru kim sadoqatli do’st ekanini bilolmay,boshing aylanib qoladi.Shu boisdan olamni bir aylanib,jahonda bo’layotgan ajoyib va g’aroyib voqealarni o’z ko’zing bilan ko’rib,safar mashaqqatlarini,ochlik-to’qlik nima ekanligini o’z boshingdan kechirib,hayot dorilfununidan saboq olib kelgaysan.Safarga hozirlik ko’r,o’g’lim,-debdi.
Ota o’g’lini ko’pni ko’rgan,jahonning ko’p joylarini aylanib chiqqan bir sayyohga qo’shib safarga jonatibdi.
Sayyoh bilan shahzoda ikkovlon cho’l va sahrolarni kezishib,uzoq yo’l yurishibdi.Yo’l mashaqqatlariga zo’rg’a bardosh berib kelayotgan shahzoda:
-Otaxon!Suhbat yo’lning tanobini tortadi, deydilar.Bir hangoma qilib bering,-debdi.
-Mening har bir so’zim yuz tillo turadi,-debdi sayyoh.
Shahzoda shu on yonidan yuz tillo chiqarib beribdi-da:
-Qani,eshitaylik bo’lmasa,-debdi.
-O’g’lim,begona joyga borganda hech qachon o’rningni birovga bo’shatib bermagin,-debdi sayyoh.
Yo’l yurishib,bir necha kun deganda bir mamlakatga yetib borishib,shaharga kirishibdi.Shaharni biroz aylanib,tamosho qilishib,shahar chekkasidagi bir xiyobonga kelib o’tirishibdi.
Shaharning go’zalligiga,orasta-ozodaligiga,ayniqsa, ko’chalarning ikki tomonidagi ariqchalardan shildirab oqib turgan zilol suvlarni ko’rib ajablanishibdi.Ammo,nima uchundir chiroyli shahar huvillab turar,hatto odamlarning ko’zlarida yosh bor edi.Bu holdan taajjublanib turishganda yonlariga bir odam kelib,so’rabdi:
-Sizlar musofirga o’xshaysizlar.Bu yerda turish havfli.Biznikiga borib dam olinglar,-deb uyiga boshlab olib ketibdi.
Mehmonlarga dasturxon yozib,o’zaro suhbatlashib o’tirishar ekan,sayyoh mezbondan so’rabdi:
-Shahringiz go’zal ekan-u,lekin odamlari nimgadir g’amgin ko’rinadi?
-Ha! Siz aytgandek shahrimiz go’zal.Xalqi esa undan-da go’zal,mamlakatimizdagi hech bir xonadon eshigiga shu vaqtga qadar qulf tushgan emas.Kechasi-yu-kunduzi darvozalari ochiq turar edi.Qabilalar orasida birorta muhtojlikda yashagan xonadon bo’lgan emas.Tinch va osoyishta edik.Xalqimiz hatto bo’za ichishni,tamaki chekishni ham bilmas edi.Bizning shunday go’zal,osoyishta hayotimizni ko’rib,qo’shni xonliklarning hasadi kelardi.Lekin bizga qarshi hujum qilishga birorta xonlik jur’at etolmas edi.Chunki bizning podohimiz nihoyatda bahodir yigit edi.Shung uchun biz uni Rustami doston deb atardik.Xonligimizning shimol tomonidagi chegaradosh mamlakat hokimi ko’pdan beri bizga qarshi zimdan reja tuzib yurar ekan.Oramizga ularning ko’plab josuslari kirib olgan ekan.Bugun uch kun bo’ldi,podohimizni oramizda yurgan josuslar hiyla bilan qo’lga tushirib,asir qilib ketishdi.Ertaga dorga osishar emish.Xalqimizning ustidagi motam libosi,ko’zidagi yoshi shu boisdandir.Hozir ham ularning josuslari ko’chalarda izg’ib yurishibdi.Sizlarni uyga taklif qilganim ham shundan.
Xonadon sohibi bilan uzoq suhbatlashib,vaqt allamahal bo’lganda ular shahardan chiqib ketishibdi.
Ular uzoq yo’l yurishibdi.Cho’lu biyobonlarda ketishar ekan,shahzoda sayyohdan yana bironta hikoya aytib berishini iltimos qilibdi.Shunda sayyoh:
-Men aytdim-ku sizga,har bir so’zim yuz tillo turadi, deb.
Shahzoda yonidan yana yuz tillo chiqarib beribdi.Sayyoh:
-O’g’lim,begona odamlar davrasida o’tirganingizda hech qachon yoningizdan pichoq chiqarib bermang,-debdi.
Shunday qilib,bir necha kun yo’l yurishib,bir shaharga kirib borishibdi.Shahar ularning ko’zlariga xuddi vayronaga o’xshab ko’rinibdi.Shaharni aylanishar ekan,u yer-bu yerda mast-alast odamlar dumalab yotishganmish.Odamlar gavjum joylarda qimor o’ynashib,soda odamlarning pullarini shilib olishar ekan.
Sayyoh bir kishidan qimorbozlarni ko’rsatib:
-Bularni mishablar nazorat qilishmaydimi?-deb so’raganida,u qo’l siltib:
-Cho’tal yig’ib berishadi,-debdi-da,o’girilib ketaveribdi.
-Yuring o’g’lim,bu shahardan tezroq chiqib ketmasak bo’lmaydi,-sayyoh shahzodani boshlab ketayotganida,ikki mirshab ularni ushlab olib:
-Sizlar bu shaharda nima qilib yuribsizlar?O’g’ri bo’lsalaring kerak,-deb do’q-po’pisa qilib,yigirma besh tilladan ellik tilla pulni olib,qo’yib yuborishibdi.

BIBIHONUM
06-14-2006, 08:42 AM
Ular shahrdan chiqib,uch-to’rt kun yo’l yurishib,boshqa bir shaharga yetib borishibdi.
Shahar oqsoqollaridan biri sayyohning kelganidan xabar topib,ularni mehmonga chaqiribdi.Uy sohibi mehmonlarni uyga olib kirib,to’rga o’tqazibdi.Boshqa mehmonlar ham birin ketin xonaga kira boshlashibdi.Sayyohning yonida o’tirgan shahzoda hurmat yuzasidano’rnidan turib,kelganlarga joy bo’shatib berib,oxiri o’zi poygakka tushib qolibdi.
Dasturxonga qo’yilgan olma-noklarni archish niyatida pichoq izlab,u yon-bu yoniga qaragan odamga shahzoda yonidan oltin dastali pichog’ini chiqarib beribdi.
Davrada o’tirganlardan birining pichoqqa havasi kelib,niyati buzilibdi.Sayyoh yigitga bunday pichoq qanday tushib qolgan?
O’g’irlab olgan bo’lsa kerak,deb gumon qilibdi-da,o’rnidan turib,pichoqni olib shahzodaning oldiga kelib,uning yoqasidan olibdi.
-Sen bu pichoqni qayerdan olding?Bu men yo’qotgan pichoq-ku,sen o’g’irlagan ekansan-da a?-deb g’ovg’a ko’taribdi.
Ikkinchi bir kishi:
-Pichoqni menga bering,deb qo’liga olibdi-da,-ertaga Qozipochcha hukm chiqarmaguncha pichoq mening qo’limda turadi,yigitni esa qamab qo’yinglar,-debdi.
Mazkur mamlakat podshohi bilan shahzodaning otasi oralarida adovat bor ekan.Shu boisdan yigit,falon mamlakat podshohining o’g’liman deyishga qo’rqibdi.Shunda sayyoh:
-Bu yigit ertagacha shu xonadonda turadi,men kafil bo’laman,-deb uni uyda olib qolibdi.
Har ehtimolga qarshi shahzodani bir xonaga kirgizib,eshikni qulflab qo’yishibdi.Sayyoh esa eshikniqorovullab o’tiribdi.
Yarim kechada bir mushuk kelib,mudrab o’tirgan sayyohning tizzasiga chiqib yotib olibdi.Sayyoh esa mushukning boshini silab o’tirib debdi:
-Ey qulog’I yo’q mushuk,senga aytmabmidim axir,begona joyda o’z o’rningni birovga bermagin deb,mening so’zimmi qulog’ingga olmading,poygakka tushib,hech kim nazariga ilmaydigan kelgindiga o’xshab qolding.Yana bu ham yetmagandek,yoningdan pichoqchiqarib boshingga tuhmat orttirib olding,ey esi yo’q mushuk.Endi mana shu so’zimni uqib olgin:ertaga qozipochcha sendan pichoq tog’risida so’rasa,shunday javob bergin:Qozipochcha,bu pichoq otamning bo’g’zida qolgan edi.Shu boisdan,har doim jamoa orasida o’tirsam,shu pichoqni o’rtaga tashlayman.Zora pichoq egasi chiqib,otamning qotilini topsam deb.
Bugun murodimga yetdim.O’z og’zi bilan pichoq meniki,deb guvohlik bermoqda.Sizdan iltimos,shu odamdan otamning xunini olib bersangiz,deb qozipochchaning oyog’iga bosh qo’yasan.Eshitdingmi,qulog’I yo’q mushuk,bor endi joyingga borib uxlagin,-deb mushukni chiqarib yuboribdi.
Shunday qilib,bu yerdan sog’-salomat qutulib,o’z Vatanlariga qarab yo’l olishibdi.Bir necha kun yo’l yurishib,bir necha yillik sarson-sargardonlikdan so’ng Vatan tuprog’iga qadam qo’yishibdi.Sayyoh otdan tushib,endi men ham o’z uyimga boray,siz ham o’z uyingizga boring.Uch kundan so’ng otangiz huzurida uchrashamiz.
Sizga yana bitta nasihatim:”Bugungi jahlni ertaga qo’ying”deb shahzoda bilan xayrlashibdi.
Yigit yarim kechada uyiga yetib boribdi.Hech kimga sezdirmasdan hovliga kirib qarasa,chorpoyada xotini yonida bir yigit yotganmish.Jahl bilan yonidan pichoqni olibdi.Shu on sayyohning:“Bugungi jahlni ertaga qo’ying” ,degan so’zi yodiga tushibdi-yu,hovlidan chiqib ketibdi.Ertalab kelib qarasa,xotini yonida yotgan yigit o’zining o’g’li ekan.
Darhaqiqat,donolarning hikmatli so’zlari hayot gulshani,undan hamisha bahra olib amal qilishlik bizni doimo yaxshilikka yetaklaydi! :P :)

Nilufarxon
06-15-2006, 12:42 PM
Hozir mening esimga bir ertak tushib qoldi.

Agarda farzandlaringiz bo'lsa jon quloqlari bilan eshitishadi deb o'ylayman.
Chunki bugun qizchamga aytib bergan edim, Oyi yana bir marta aytib bering deb qoldi.

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Ayyor tulki bo'lgan ekan. O'rmonda u bilan birga boshqa hayvonlar ham yashar ekanlar. Bir kuni u o'rmonda bo'rini ko'rib qolibdi.
Bo'ri Tulkiga qarab:
- Sen mening qornimni to'yg'azishga va'da bergan eding, hoziroq to'yg'az, yo'qsa o'zingni yeb qo'yaman, debdi.

Tulki unga javoban:
- Mayli sen aytgancha bo'lsin, yur kettik debdi.

Qarashsa uzoqdan bir to'da xotinlar boshlarida tugunlari bilan kelishayotgan ekan, tulki bedani tutib olibdi-da, xotinlar tomon qarab ketibdi.
Xotinlar yaqinlashgach, tulki qo'lidagi bedanani qo'yib yuboribdi.
Bedanani ko'rgan xotinlar, boshlaridagi tugunlarni ham tashlab, bedanani tutish uchun yugurib ketibdilar. Bu vaqtdan foydalangan bo'ri bilan tulki tugunlardagi noz-ne'matlarni yeb qochib ketishibdi.

Oradan ancha vaqt o'tmay, yana tulki bilan bo'ri uchrashib qolishibdi. Bu safar endi bo'ri tulkidan iltimos emas, buyruq qilib, uning qornini to'yg'azishini
talab qilibdi.
Tulkining joni chiqibdi. Xap seni bir boplamasammi debdi-da, yur deb bo'rini yana o'zi bilan birga olib ketibdi.

Bu safar endi u bo'rini uzum ishkomiga olib boribdi. Ular to'yguncha uzum yeymiz deb qaror qilishibdi. Biroz vaqt o'tgach, tulki bir hiyla ishlatmoqchi bo'lib, burnuning teshiklariga uzum tiqib olibdi-da bo'riga qarab shunday debdi:
- Hoy bo'ri, men to'yib kettim, qara uzumlar endi meninig burnimdan ham teshib chiqishyapti, debdi.

Bo'ri esa laqqa ishonibdi. Men ham to'ygunimcha yeyishim kerak, to'yganimni
burnumga qarab bilib olaman deb, yana uzumlarni paqqos tushira boshlabdi.

Bu vaqtdan unumli foydalanib, bo'ridan bir umrga qutulish payida bo'lgan tulki bor ovozi bilan, uzum ishkomining egasini chaqiribdida, o'zi qochib qolibdi.
Bo'ri esa qorni ishib ketganidan, kirgan teshigidan chiqa olmabdi. Ishkomning egasi yetib kelgach bo'rini uraverib, o'ldirib qo'yibdi. Shunday tarzda tulki bo'ridan qutulgan ekan...

Qissadan hissa shuki: Biz insonlar orasida ham birovlardan ta'ma qiluvchilar, birovning hisobidan boylik orttirib, qornini ishirib yurganlar bor. Lekin baribir hamma narsaning nihoyasi bo'lganidek, bu harom yo'l bilan boylik orttirayotganlarning ham oxiri voy. Harom albatta teshib chiqqay.

KhwarezmshaH
06-15-2006, 01:26 PM
Ertak esimda yog'u, lekin nuqul kenja og'illarni "Borsakelmas" degan yerga yuborardilar negadir, alam qilarkan, kenja bulganim uchun...:lol:

DaeAnd
06-20-2006, 01:07 AM
Qushlar
Bir kuni sho'x bir bolakay ov qilmoqchi bo'libdi. Daraxt tagiga don-dun sepib, tuzoq qo'yibdi. Birozdan so'ng donlagani kelgan qushlar tuzoq ichiga tushib ilinib qolishibdi. Shunda sal nariroqda mo'ralab turgan bolakay hursand bo'lib yugurib borgan ekan, hurkib ketgan qushlar pirr etib, birdaniga uchishibdiyu, to'rni ham ko'tarib osmonga parvoz qilishibdi. Bolakay o'ljasini qo'ldan chiqargisi kelmay ortlaridan rosa quvibdi, Yo'lda uchragan otaxon "Qo'y bolam, qushlar ham tinchgina yashasin, ozor bermagin uvoli tutadi " desa, qo'lini siltab, buni men qancha mashaqqat bilan tutdim, endi qo'ldan chiqarmayman deb yugura ketibdi. Quvaveribdi, quvaveribdi, oxiri kun kech kirganda, chachab oyoqlari sudralib hansirab qolayozibdi. Kun botish arafasida to'rda uchib borayotgan qushlarning har biri o'z uyiga ketgisi kelib, biri ko'l bo'yiga qarab tortsa, boshqasi o'rmonga yana biri bo'lsa dala tarafga uchmoqchi bo'libdi. Oralaridagi inoqlik yo'qolib, hammasi to'r bilan qo'shilib yerga qulab tushishibdiyu, bolakay qo'lida o'yinchoqqa aylanishibdi...
Agar qushlar hamjihatligini yo'qotishmaganida, hammasi ozodlikka erishgan bo'lishardi. Shuning uchun dono xalqimiz ayrilganni ayiq yer, bo'linganni bo'ri deb bekorga aytishmagan.

Nilufarxon
06-26-2006, 10:12 PM
O’zbek xalq ertagi.

Ikki echki.

Ikki qaysar echki bo’lgan ekan.
Kunlardan bir kuni ikkalasi anhor ustidagi yakka ko’prik ustida uchrashib qolishibdi.
Ikkisidan biri yo’l berishi kerak ekan.


- Yo’l ber! – debdi biri.
- Sen yo’l ber! – debdi ikkinchisi.
- Seni deb orqamga qaytamanmi? – debdi birinchisi.
- Bo’lmasa seni deb men orqamga qaytamanmi? – debdi ikkinchisi.


Shunday qilib ikkilalari achchig’lanib suzishib ketibdi.
Keyin birinchi echki uch qadam, ikkinchi echki uch qadam orqaga qaytib, birdan bir-birlariga hamla qilishibdi. Shoxlari shoxlariga tegib, chaqmoq chaqqanday bo’libdi.
“Qars” etgan ovoz dalani tutibdi.
Ikki echki yumaloq yostiq bo’lib anhorga ag’darilib ketibdi.

Nilufarxon
06-26-2006, 10:31 PM
Qizg’anchiq it

O’zbek xalq ertagi.

Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Bir it bo’lib u juda qizg’anchiq ekan.
Bir kuni it sheriklari bilan talashib kattakon bir suyakni olib qochibdi.Suv ustidagi yakka cho’pdan o’tayotsa, suvda bir it og’zida katta suyak tishlab, ko’zlarini olaytirib itga tikilib turgan emish.
It:
- Ir-ir-ir, - deb tishini irjaytirgan ekan, suv ichidagi it ham tishini irjaytiribdi.
- It uning og’zidagi suyakni ham tortib olmoqchi bo’libdi va: “Hap!” deb itga tashlanibdi. “Hap” deyishi bilan og’zidagi suyagi, uning ketidan o’zi ham “cho’lp” etib suvga tushib ketibdi. Qizg’anchiq it rosa shalabbo bo’libdi ham suyagidan ajralibdi.

lobar
06-26-2006, 10:34 PM
[quote=Nilufarxon]O’zbek xalq ertagi.

Ikki echki.

Ikki qaysar echki bo’lgan ekan.
Kunlardan bir kuni ikkalasi anhor ustidagi yakka ko’prik ustida uchrashib qolishibdi.
Ikkisidan biri yo’l berishi kerak ekan....




Iye, bu ertakning ruscha variantu "rus halq ertaklari" kitobidayam bor ediku?! :lol:

Nilufarxon
06-26-2006, 10:38 PM
[quote=Nilufarxon]O’zbek xalq ertagi.

Ikki echki.

Ikki qaysar echki bo’lgan ekan.
Kunlardan bir kuni ikkalasi anhor ustidagi yakka ko’prik ustida uchrashib qolishibdi.
Ikkisidan biri yo’l berishi kerak ekan....




Iye, bu ertakning ruscha variantu "rus halq ertaklari" kitobidayam bor ediku?! :lol:
Lobarxon, bilmadim. Men bu ertakni hozirgina "Bog'chaga-do'mboqchaga" kitobidan olib yozdim.

Bu kitob 1992 yil, Toshkent Cho'lpon nashriyotida chop etilgan ekan.

To'plovchi Rauf Tolib.

Nilufarxon
07-01-2006, 06:36 AM
Asadbek,sizdan uzr so'raymay, siz yozgan ertakni bu yerga qo'yib qo'ydim.

Chunki bolalar uchun juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega deb o'yladim.

Agar mumkin bo'lsa, o'zingizning nomingizdan qo'yib qo'ysangiz.

Bir zamonlar keksa otasining o'limidan so'ng, yosh shahzoda taxtga o'tiribdi. Yoshligidan yurtni boshqarish ishlarini o'rganib kelgan ekan (demakki, uning asosiy mutaxassisligi yurtni boshqarish, boshqaruv ishi).
Yosh podshoh bir kuni yurtimni bir ko'raychi, deb aylangani chiqibdi. Bir uy yonidan o'taturib, o'sha uyda uy ishlarini qilib yurgan qizga ko'zi tushib, bir zumda oshiqu beqarorga aylanib qoladi. Saroyiga qaytgach, u qizning uyiga sovchi jo'natadi. Qiz sovchi kimdan kelganligini bilgach, uning boshqa hunari bormi-yo'qmi, deb so'raydi. U faqat davlat boshqarishni biladilar, degan javobni eshitgach, Podshohimiz avval bir boshqa ajoyib hunar o'rganib kelsalar, keyin roziligimni beraman, deydi.
Qizning bu gapini eshitgan podshoh o'rgansam-o'rganibman-da, deb yo'lga chiqadi. Ancha-muncha hunarlarni kuzatib, gilam to'qishga qiziqib qoladi va 6 oy deganda gilam to'qish bo'yicha ustaga aylanadi. Saroyiga qaytib, o'zi to'qigan ajoyib gilamni qizga jo'natadi. Qiz to'yga rozilik beradi.
Kunlardan bir kuni podshoh aholidan kelayotgan arz-dodlarni eshitib, o'zim yaqindan bir kuzataychi, deb oddiy odamga o'xshab kiyinib, kechki payt yurt oralaydi. Aksiga olib, uni tungi qaroqchilar qo'lga olishadi va o'z makonlariga olib ketib, undan tirik qolishni istasang, pul topib berasan, kabi shart qo'yishadi. Podshoh asli kimligini bildirmasdan, yonimda hech vaqo yo'q, ammo ajoyib hunar egasiman. men sizlarga bitta gilam to'qib beraman, uni podshoh saroyiga olib borsalaringiz, istagan pullaringizni berishadi, deydi. Unga kerakli asbob-uskunalarni keltirishgach, bir necha kun ichida podshoh ajoyib, qimmatbaho gilamni to'qib bitkazadi. qaroqchilar uni saroyga olib borishadi. Tabiiyki, qimmatbaho gilam keltirgan savdogarlarni malika huzuriga kiritishadi. Malika gilamni ko'zdan kechirgach, bularga istagan pullarini beringlar, deydi. Gilamning chetlariga "Malikam, men ushbu qaroqchilar qo'lida necha kundirki, asirman..." degan yozuv bo'ladi... Qaroqchi-savdogarlar ketishgach, zukko malika ularning izidan askarlarini jo'natib, podshohni ozod ettirib keladi.
Podshoh saroyga qaytgach, malikaga qarab, "Aqlingga balli! Agar o'shanda ushbu hunarni o'rganmaganimda, hozir tirik bo'lmas ekanman..." deydi...

Qissadan hissa shulki, ortiqcha hunarni bilish hech qachon zarar qilmaydi :)