PDA

View Full Version : "Tabiiy" qizlar contra "qoshlarini teradigan qizlar"

Lady_G
06-16-2006, 03:02 PM
ko'z chiroyli, lekin eng yomon ko'rganim terilgan/qirilgan qoshlar...

Wolf

Bu qizni bilmadimkuya, lekin men qizlarning/ayollarning o'ziga oro berib, pardoz andoz qilib, qoshlarini tartibga keltirib yurishlari tarafdoriman.
:)

Sizlarga qanaqa qizlar yoqadi? R.Azimov aka yozganlaridekmi, yoki Wolfman akamizni postidagidek qoshini termidiga mushukchalarmi? :)

Qaysi 'tomonni' tarafdorisiz? Nimaga aynan shunaqa qizlar yoqadi?
Qosh terganni nimasi yomon? Buni dinimizga aloqasi bormi?

Asadbek
06-16-2006, 03:35 PM
Sizlarga qanaqa qizlar yoqadi? R.Azimov aka yozganlaridekmi, yoki Wolfman akamizni postidagidek qoshini termidiga mushukchalarmi? :)
...
Savolni ozgina noto'g'ri beribsiz.
Ko'pchilik R.Azimovning javobini ma'qullashlari mumkin, chunki uning ta'rifi kengroq. O'ziga oro berish - faqat qosh terish degani emas :)
Wolfmanning ta'rifi esa faqat qosh haqida...

Ikkala yigit ham aqllari joyida bo'lgan, ajoyib, ozmi-ko'pmi konzervativ yoshlarimizdan :) Har biri o'zi istagandek yorga ega yoki yaqin orada ega bo'ladilar :)

Qosh ham ayniqsa ayol zotiga husn uchun Xudo tomonidan berilgan bir ziynat, yarashibgina turgan bo'lsa, termoqqa ne hojat? :)

lost
06-16-2006, 04:18 PM
Sizlarga qanaqa qizlar yoqadi? R.Azimov aka yozganlaridekmi, yoki Wolfman akamizni postidagidek qoshini termidiga mushukchalarmi? :)
Bu qizni bilmadimkuya, lekin men qizlarning/ayollarning o'ziga oro berib, pardoz andoz qilib, qoshlarini tartibga keltirib yurishlari tarafdoriman.
Qaysi 'tomonni' tarafdorisiz? Nimaga aynan shunaqa qizlar yoqadi?

R.Azimovni bildimkuya, lekin men qizlarning/ayollarning o'ziga oro berib, pardoz andoz qilib, qoshlarini asl holicha qo'yishlarini va o'z xo'jayinlaridan boshqalarga ko'rsatmasliklari tarafdoriman. :)

Buni dinimizga aloqasi bormi?
Bor, qoshni terish man qilingan.
Biror ilmli uzer hadisni keltirib dalillari bilan yozar.

Lady_G
06-16-2006, 04:23 PM
R.Azimovni bildimkuya, lekin men qizlarning/ayollarning o'ziga oro berib, pardoz andoz qilib, qoshlarini asl holicha qo'yishlarini va o'z xo'jayinlaridan boshqalarga ko'rsatmasliklari tarafdoriman. :):) :) :)

Bor, qoshni terish man qilingan.
Biror ilmli uzer hadisni keltirib dalillari bilan yozar.
buvim aytardila qoshlaringni terma gunoh! o'lganingdan so'ng faqat shu sani himolaydi, ko'zingdan so'ridila nima gunohlar qilding deb. ko'Zinng sotadi sani, hammasini aytib beradi, lekin qoshing yo'q yolg'on, man ham sho'tta edimu, man bularni ko'rmadim deb yoningni oladi derdila...

The Reaper
06-16-2006, 06:47 PM
WTF? Guys caring about eyebrows? :?
All my years, I've never heard guys staring at some chick and saying, "Did you see her beautiful eyebrows?". LMAO

Here's my take, as long as your eyebrows are not on your nipples, we don't care. :D

TR

illusion
06-16-2006, 06:52 PM
WTF? Guys caring about eyebrows? :?
All my years, I've never heard guys staring at some chick and saying, "Did you see her beautiful eyebrows?". LMAO

Here's my take, as long as your eyebrows are not on your nipples, we don't care. :D

TR

Prikol!!! Molodets! Ya ne znala kak mojno bilo krasivo viskazatsya, no ti eto sdelal kak nado...LMAO!

lost
06-16-2006, 06:57 PM
WTF? Guys caring about eyebrows? :?
All my years, I've never heard guys staring at some chick and saying, "Did you see her beautiful eyebrows?". LMAO

Here's my take, as long as your eyebrows are not on your nipples, we don't care. :D

TR
Time will come you will understand, I hope.
Illusion, u 2.

The Reaper
06-16-2006, 07:08 PM
Time will come you will understand, I hope.
Illusion, u 2.
Okay, then. I guess I'm too shallow to truly appreciate the magic behind a woman's eyebrows. You know, now I actually realize how they can bring up facial features and the overall physique.
Fatty + neat eyebrows = pure beauty. :D

Unbelieveable.

TR

Demir Kağan
06-16-2006, 07:08 PM
All ladies are beatiful when they are with no make-up. Tabiiy olmali.

The Reaper
06-16-2006, 07:11 PM
All ladies are beatiful when they are with no make-up. Tabiiy olmali.

Uhhhh... NO.

TR

Demir Kağan
06-16-2006, 07:26 PM
Dude, think more optimistic. I am talking about all "beautiful" ladies. And you are right, we never talk about their eyebrows or something else. We talk about.. :cool:

BIBIHONUM
06-16-2006, 09:05 PM
Qosh ham ayniqsa ayol zotiga husn uchun Xudo tomonidan berilgan bir ziynat, yarashibgina turgan bo'lsa, termoqqa ne hojat? :)

Qizim senga aytdim, kelinim sen eshit ! :)
Qabul qilindi!:P

on: Buxoriy bilan Muslimning ibn Mas’ud (r.a.)dan rivoyatida shunday deyilgan: “Go‘zallik uchun badaniga o‘yib chizdirgan va chizganga, jimbizga o‘xshash narsalar bilan qosh va yuz tuklarini yuldirgan va yulganga, tishlarini kengaytirib Alloh yaratgan go‘zallikni o‘zgartirgan ayollarni Alloh rahmatidan uzoq qilsin!”.

Faqihlar: “Ayollarda soqol va mo‘ylov paydo bo‘lsa, olmoq joizligini asoslaganlar. Ibni Obidin soqol va mo‘ylov ayolga fitrat emasligini, shu sababli (agar chiqsa) olish mustahabligini bayon etgan”.

Buxoriy va Muslim rivoyatlariga ko‘ra, ansorlardan bir ayol qizini turmushga uzatadi. Bu orada qizining sochlari to‘kildi. Rasuli Akramga onasi murojaat etdi:
– Yo Rasululloh, qizimning sochi to‘kildi, eri ya’ni, kuyovim qizimning boshiga boshqa soch taqmog‘ini aytyapti, nima deysiz?

Rasuli Akram:
– Yo‘q, zero bunday sochlariga soch qo‘shganlar, la’natlangandir, deb – javob berdilar...

Fotimaxon Sulaymon qori qizi
"Ayollarga xos masalalar "dan olindi

FatellA
06-16-2006, 10:46 PM
qosh terish gunoh hisoblanadi
lekin bir marta qosh tergandan keyin unga etibor berilmasa
hunuk bo'lib qoladi
bir gunoh ikkinchisini keltirib chiqaveradi
o'zbek qizlarini qoshi juda ham chiroyli
nega tervorishadi bilmadim

Wolfman
06-16-2006, 11:05 PM
Lady_G, global muammoni ko'tarib chiqqan ekansiz, javob bermasak bo'lmas.

1. qoshi terilgan qizlar xunuk ko'rinadi, sun'iy va soxta qoshlar doim salbiy ma'noda ko'zga tashlanadi.

2. hozirgi paytda ayrim o'zbek qizlarimiz yevropalik "sigir"larga ergashib, qoshlarini haddan tashqari terib (atigi 2-3 mm qalinlikda) o'zlarini kalamushga o'xshatib qo'ymoqda.

3. o'ziga oro berishda haddan oshgan qizning miyasi butun emas, yo NPD bilan og'rigan yo tashqi ko'rinishidan kompleksi bor.

manga qarshi fikr bildirganlarga aytadiganim: o'ziga oro berish degani qoshini terish/qirish degani emas, o'sma qo'ysin, ko'ziga surma sursin, ko'zga tashlanmaydigan darajada "shpaklyovka" qilsin... - pajaliska :)

Wolf

Sizlarga qanaqa qizlar yoqadi? R.Azimov aka yozganlaridekmi, yoki Wolfman akamizni postidagidek qoshini termidiga mushukchalarmi? :)

Qaysi 'tomonni' tarafdorisiz? Nimaga aynan shunaqa qizlar yoqadi?
Qosh terganni nimasi yomon? Buni dinimizga aloqasi bormi?

Lady_G
06-17-2006, 01:43 AM
WTF? Guys caring about eyebrows? :?
All my years, I've never heard guys staring at some chick and saying, "Did you see her beautiful eyebrows?". LMAO
unda manu (http://forum.arbuz.com/gallery/showphoto.php/photo/4754/cat/501) rasmga berilgan commentlarni ko'ring :lol:

Here's my take, as long as your eyebrows are not on your nipples, we don't care. :D

TR
ndaaa...bir gap aytardimu qizarib boshqa post yozmidigan bo'p qolasizde:twisted: :laugh:

Mrs.Reaperga salom ;)

Lady_G
06-17-2006, 01:50 AM
Lady_G, global muammoni ko'tarib chiqqan ekansiz, javob bermasak bo'lmas. :)

1. qoshi terilgan qizlar xunuk ko'rinadi, sun'iy va soxta qoshlar doim salbiy ma'noda ko'zga tashlanadi.
xunuk? hehe matter of taste deganlaridek..:)

2. hozirgi paytda ayrim o'zbek qizlarimiz yevropalik "sigir"larga ergashib, qoshlarini haddan tashqari terib (atigi 2-3 mm qalinlikda) o'zlarini kalamushga o'xshatib qo'ymoqda.
albatta unaqa darajada qosh terish yarashmidi. Ko'pchilik umuman qirib tashab tetourovka qip chizdiradi...

3. o'ziga oro berishda haddan oshgan qizning miyasi butun emas, yo NPD bilan og'rigan yo tashqi ko'rinishidan kompleksi bor.
o'ziga haddan tashqari oro beradigan qiz qanaqa ekan u? :)

manga qarshi fikr bildirganlarga aytadiganim: o'ziga oro berish degani qoshini terish/qirish degani emas, o'sma qo'ysin, ko'ziga surma sursin, ko'zga tashlanmaydigan darajada "shpaklyovka" qilsin... - pajaliska :)

Wolfo'sma rosa ko'kariiiib turadi, manga yoqmidi, lek ko'pchilikga juda yarashadi:)

http://img301.imageshack.us/img301/5619/index8in0kx.jpg (http://imageshack.us/?x=my6&myref=http://imageshack.us/)

Albatta juda chiroyli qiz! Lek ozgina qoshini "tartibga keltirsa" undanham go'zal bo'ladi :)

Amiri Turkiston
06-17-2006, 03:02 AM
Qosh terishni gunoh deyishga tilim bormayabti haligacha....

to'g'ri yuqoridagi postlarda etarli dalilchalar keltirishdi, lekin baribir

Man quyidaghilarni, qosh terish mumkin emas deganlarga misol qilib o'tmoqchiman:

1. Soch ham olinadi, tekislanadi, kerak bulsa qirdirib tashlanadi, nimaga endi qoshga huddi shunday ishlov berish mumkin emas???

2. Boshdagi soch tugur, boshqa tana qisimlaridagi soch/tuk lar ham olinishi bu normal jaraen bulganidan keyin nimaga endi Qoshni terib bulmas ekan?

hullas logikaga to'g'ri kelmayabti...nima sababdan mumkin emasligi....

Nilufarxon
06-17-2006, 03:40 AM
qosh terish gunoh hisoblanadi
lekin bir marta qosh tergandan keyin unga etibor berilmasa
hunuk bo'lib qoladi
bir gunoh ikkinchisini keltirib chiqaveradi
o'zbek qizlarini qoshi juda ham chiroyli
nega tervorishadi bilmadim

Men bir marotaba to'yimda qosh terdirganman. Lekin mana 5 yildan oshdiki hali qoshimni terdirmaganman.

Lekin bir qizni bilaman. Qoshlari she'rlarda ta'riflanganidek,
kamon kabi. Ya'ni qoshlari o'rtasi bilan. O'zi ham juda har tomonlama chiroyli. Menga uning qoshi yoqadi.
Lekin ozi qoshining o'rtasini qirib olib tashlaydi.

Avvalambor bu hammaning o'zini vkusidan kelib chiqsa kerak.

Lekin men qoshi chiroyli bo'lsada uni terdirib yuradiganlarga qarshiman.
Wolfmanning gaplariga qo'shilaman.

lost
06-17-2006, 03:52 AM
Qosh terishni gunoh deyishga tilim bormayabti haligacha....

to'g'ri yuqoridagi postlarda etarli dalilchalar keltirishdi, lekin baribir

Man quyidaghilarni, qosh terish mumkin emas deganlarga misol qilib o'tmoqchiman:

1. Soch ham olinadi, tekislanadi, kerak bulsa qirdirib tashlanadi, nimaga endi qoshga huddi shunday ishlov berish mumkin emas???

2. Boshdagi soch tugur, boshqa tana qisimlaridagi soch/tuk lar ham olinishi bu normal jaraen bulganidan keyin nimaga endi Qoshni terib bulmas ekan?

hullas logikaga to'g'ri kelmayabti...nima sababdan mumkin emasligi....

Amir akasi, Hechkimni javoblarini (http://forum.arbuz.com/showthread.php?p=460470#post460470) o'qimagan ko'rinassiz. Ikkala savolizgayam javob berilgan.
Buni ustiga "logikaga to'g'ri kelmaydigan narsa"ni Payg'ambar (SAW) aytganlar. Ehtiyot bo'ling :)

Asadbek
06-17-2006, 04:01 AM
"Tabiiy" qizlar contra "qoshlarini teradigan qizlar"...
Lady_G,
mavzuingiz faqat qosh haqida bo'lgani uchun va keyingi tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida, ruxsatingiz ila So'rovnomadagi 1- va 2- javoblarga o'zgartirish kiritildi:

- Tabiiylik yaxshi, qizlar qoshlarini termasinla!
- Qizlarning qoshlarini terib turishlari/ yurishlari yoqadi!

elDoraDo
06-17-2006, 04:11 AM
Asadbek,
qoshlarini terib yurishlari mas, terib turishlari deyilsa ham ma'no ancha ozgararkan ;)

Asadbek
06-17-2006, 04:20 AM
Asadbek,
qoshlarini terib yurishlari mas, terib turishlari deyilsa ham ma'no ancha ozgararkan ;)
Hmmm, ja unchalikmas...
:)

Amiri Turkiston
06-17-2006, 05:47 AM
Amir akasi, Hechkimni javoblarini (http://forum.arbuz.com/showthread.php?p=460470#post460470) o'qimagan ko'rinassiz. Ikkala savolizgayam javob berilgan.
Buni ustiga "logikaga to'g'ri kelmaydigan narsa"ni Payg'ambar (SAW) aytganlar. Ehtiyot bo'ling :)

lekin o'quvdim....

mayli kimga qanaqa .... lekin manga unaqa emas...Allohni o'zi kechirsin hato qilvotgan bulsam

go'zal Islom dinimizda hamma narsa asoslangan va logika to'g'ri buladi...lekin bunisi hech hazim qilolmayabman...

va etarli asoslarni ham ko'rmayabman... tag'in vallohu a'lam

Lady_G
06-17-2006, 05:53 AM
Lady_G,
mavzuingiz faqat qosh haqida bo'lgani uchun va keyingi tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida, ruxsatingiz ila So'rovnomadagi 1- va 2- javoblarga o'zgartirish kiritildi:

- Tabiiylik yaxshi, qizlar qoshlarini termasinla!
- Qizlarning qoshlarini terib turishlari/ yurishlari yoqadi!

ok! gap nets!:)

Martingale
06-17-2006, 07:15 AM
manga baribir, eng asosiysi uziga yarshib tursa buldi. termasa togdan tushib keganmi yoki junglidan keganmi bub qoladi bir hillari.:D bir hillariniki tabiiy terilgan buladi. :) vabsheto qizlarni qoshi bilan kimni ishi bor?:D

p.s. bollarni qosh terganiga nima deysilar?:lol:

Vector
06-17-2006, 07:17 AM
All ladies are beatiful when they are with no make-up. Tabiiy olmali.
not always mate...;)

Lady_G
06-17-2006, 07:19 AM
p.s. bollarni qosh terganiga nima deysilar?:lol:Metrosexual deyiladi:lol:

Martingale
06-17-2006, 07:19 AM
Metrosexual deyiladi:lol:

hehe...unda hamma artistlar ushanaqa ekanda:lol:

Gareeb
06-17-2006, 07:21 AM
lekin o'quvdim....

mayli kimga qanaqa .... lekin manga unaqa emas...Allohni o'zi kechirsin hato qilvotgan bulsam

go'zal Islom dinimizda hamma narsa asoslangan va logika to'g'ri buladi...lekin bunisi hech hazim qilolmayabman...

va etarli asoslarni ham ko'rmayabman... tag'in vallohu a'lam

Kechirasizu, Islomdagi biror hukm sizning tor mantig'izga to'gri kelmasa bu degani asl mantiqqa to'gri kelmaydi degani emas.
Xuddi dunyodagi hamma mantiq sizda yig'ilgandek gapirasiza?!:?
Musulmon odam Qur'on wa Hadisni ikilanmay darrov qabul qilishi kerak.Agar musulmon bo'lsa albatta.

R.Azimov
06-17-2006, 07:33 AM
Men tushunmadim, kimgadir yoqqan narsa boshqalarga yoqmasligi mumkin. Nega endi boshqalarning qarashlarini hurmat qilmasdan, ularga unaqasan, bunaqasan, meni gapim to'g'ri, men aytganim tog'ri... deyaverishimiz kerak.
Men shaxsan ayollarni qoshlarini tartibga solib turishi tarafdoriman. Bu bilan men hammaning gapi noto'g'ri, men to'g'ri gapirayapman demayapmanu.. Fikrlaringizni bayon qiling, tamom :)

Uylanmagan erkaklar! Xulosalaringiz to'g'ri bo'lmasligi mumkin aytib qo'yay. Ayollar qoshlarini tartibga solib turmasa bo'lmaydi.
Asadbek akam aytgan "tabiylik" ham juda yoqimsiz narsa, ishonaveringizlar :)

P.S: Menimcha Wolfman janoblari ayollarning erkaklarga bildirmasdan qosh terdirib yurishlaridan bexabar bo'lsalar kerak... :)

Ajabo,
"Onangni otangga bepardoz ko'rsatma"- degan gap qachon yuzaga chiqqan ekan?

R.A.

Lady_G
06-17-2006, 07:40 AM
Asadbek akam aytgan "tabiylik" ham juda yoqimsiz narsa, ishonaveringizlar :)
Lekin bazilarniki huddi terilgandek ko'rinadiyu, lek tabiy shunaqa. Unaqalarga lek gap yo'q, tabiyat shunaqa yaratibti...:yes:

Terilgan qo'sh juda chiroyli ko'rinadi...
http://www.sulekha.com/classifieds/uploadedimgs/threading1.jpg

elDoraDo
06-17-2006, 07:49 AM
a ha
bunaqa qosh yigitda bolsa - boldi - toshkentda hezalakkayam chiqarib quyshadi - tabiiyligiga ishonmasdan. bir bolada bolgandi :laugh:

Amiri Turkiston
06-17-2006, 08:18 AM
on: Buxoriy bilan Muslimning ibn Mas’ud (r.a.)dan rivoyatida shunday deyilgan: “Go‘zallik uchun badaniga o‘yib chizdirgan va chizganga, jimbizga o‘xshash narsalar bilan qosh va yuz tuklarini yuldirgan va yulganga, tishlarini kengaytirib Alloh yaratgan go‘zallikni o‘zgartirgan ayollarni Alloh rahmatidan uzoq qilsin!”.

Alloh rahmatidan uzoq qilsin debtilar.....bu degani bir kishining shunday ayollarga nisbatan dunyo qarashi degani...to'g'rimi?
Alloh rahmatidan uzoq qilsin degani - bir insonni la'natlash degani...Islomda inson birovni bekordan bekorga la'natlashi yahshimikan??

qo'shilaman bunday ilmli odamlarga hali beri tenglashadigan odamlar paydo bulmasa kerak...lekin nimaga endi bir kishining gapini biza huddi Quron singari qabul qilvommiza???!!!
avvalombor beayb parvardigor...bu dunyoda hamma yanglishadi....balkim bu fatvo ning kamchiligi bordir bir oz....chunki bu faqat bir insonning fikri
Quron dan olinmaganku ahir....

Faqihlar: “Ayollarda soqol va mo‘ylov paydo bo‘lsa, olmoq joizligini asoslaganlar. Ibni Obidin soqol va mo‘ylov ayolga fitrat emasligini, shu sababli (agar chiqsa) olish mustahabligini bayon etgan”.

ho'p unda mana bu gap nima buladi "yuz tuklarini yuldirgan va yulganga, Alloh yaratgan go‘zallikni o‘zgartirgan ayollarni Alloh rahmatidan uzoq qilsin!" ...ahir soqol bu yuzdagi tuk emasmi????

unda tepadagi janobi Buxoriyning hadislari mantiqsiz bulib qolmayaptimi?

Buxoriy va Muslim rivoyatlariga ko‘ra, ansorlardan bir ayol qizini turmushga uzatadi. Bu orada qizining sochlari to‘kildi. Rasuli Akramga onasi murojaat etdi:
– Yo Rasululloh, qizimning sochi to‘kildi, eri ya’ni, kuyovim qizimning boshiga boshqa soch taqmog‘ini aytyapti, nima deysiz?

Rasuli Akram:
– Yo‘q, zero bunday sochlariga soch qo‘shganlar, la’natlangandir, deb – javob berdilar...

sho'tta nima uchun la'natlanganliklari yozilmabtida....
Islomda nimaiki qilinsa asos / dalil asosida qilinadi...a bu erda DALIL yoki ASOSIY SABABI qolib ketibdi

shu erda manimcha bu hadislarga juda chuqur sharh berilishi lozim zero odam bir narsani asil ma'nosini bilmasdan turib ishonishi mumkin lekin huddi manga o'hshab keyin shu fatvoga ishonishni ham ishonmaslikni ham bilmay yururadi

ushanchun ham Quronni ham Hadis ni sharhsiz shunday o'qish shu manba'larning turli hilda tushunilishiga olib keladi...va odamlar ham o'zi hohlaganicha tushin olaveradi

Amiri Turkiston
06-17-2006, 08:25 AM
Kechirasizu, Islomdagi biror hukm sizning tor mantig'izga to'gri kelmasa bu degani asl mantiqqa to'gri kelmaydi degani emas.
Xuddi dunyodagi hamma mantiq sizda yig'ilgandek gapirasiza?!:?
Musulmon odam Qur'on wa Hadisni ikilanmay darrov qabul qilishi kerak.Agar musulmon bo'lsa albatta.

Gareeb jon siz ni postizga javob edi tepadagi postim

bekorga odamni ahmoqqa chiqarib qo'yavermang
ODAM hamma narsani o'ylab...tushunib...hazim qilib...keyin amal qilishni boshlaydi.....ko'r qorga o'hshab yashaydiganlarni haqoratlash niyatim yo'q...lekin man unaqa odam mas man

hech narsani tushunmasdan turib amal qilishdan ko'ra....asil ma'nosini bilib tushunib amal qilganga nima etsin aaa...bunga nima dediz?

R.Azimov
06-17-2006, 08:29 AM
Mana bu rasmdagi qoshlar erkaklarniki, Endi tasavvur qilaylik, bularning opa singillari qoshlarini tartibga solmasa qanchalik "chiroy"li va tabiy bo'lishlarini :)

P.s: Ba'zilariniki esa ko'zidan peshonasigacha qosh...

Lady_G
06-17-2006, 08:32 AM
Mana bu rasmdagi qoshlar erkaklarniki, Endi tasavvur qilaylik, bularning opa singillari qoshlarini tartibga solmasa qanchalik "chiroy"li va tabiy bo'lishlarini :)

P.s: Ba'zilariniki esa ko'zidan peshonasigacha qosh...:shock: :o :shock: :o :shock:

Martingale
06-17-2006, 08:38 AM
Mana bu rasmdagi qoshlar erkaklarniki, Endi tasavvur qilaylik, bularning opa singillari qoshlarini tartibga solmasa qanchalik "chiroy"li va tabiy bo'lishlarini :)

P.s: Ba'zilariniki esa ko'zidan peshonasigacha qosh...

tepadan 2nchi kuzni tanidim.:D ja erinmabsizda a?:)
qizlarni qoshlaridan quyin nima qilas ugil bollarnikini?:lol:

kuzim tulaganov
06-17-2006, 09:06 AM
Did you know that removing your eyebrows could take you to the cops? This is because it serves as a wonderful disguise! Eyebrows can actually make or mar your face. A bit of shaping can even change the way you look. Eyebrows can hide your flaws and enhance your beauty spots. By shaping your eyebrows in the proper way you can draw more eyes to turn on you. Remember your eyebrows are the frames for your eyes. When you are shaping them try to retain their natural shape.
Here are some tips for lovely eyebrows
http://www.chennaionline.com/style/beautytrends/beautytips/images/24eye01.jpgThe beginning of the eyebrow should be in line with the inner corner of the eye and end just beyond eye.
]Keep in mind that as the distance between the two eyebrows increases it makes your nose looks wider.]Tweeze hairs on nose-bridge (if any).
]Remove hairs that are obviously outside the natural shape.]http://www.chennaionline.com/style/beautytrends/beautytips/images/24eye02.jpgWhen tweezing, remove a few hairs from one eye, then alternate to other brow. This eliminates over-tweezing and achieves a more balanced look.
Using the eyebrow brush, brush hairs up.
If a few hairs are missing, draw in each hair using a light feather touch stroke. Begin at bottom and draw upward following hair direction.
http://www.chennaionline.com/style/beautytrends/beautytips/images/24eye03.jpgTo keep brow hairs swept u, deposit damp soap on eyebrow brush or spray hairspray on eyebrow brush and brush through eyebrows.
For the fresh look, coat eyebrows with clear mascara.
For that haunting feminine look, try coating brows lightly with black mascara. Get set for the dramatic looks now!

Lady_G
06-17-2006, 09:10 AM
Did you know that removing your eyebrows could take you to the cops? Link (http://www.chennaionline.com/style/Beautytrends/beautytips/thickeyebrows.asp) berishni esdan chiqarmeng! ;)
Forumga yangi kepsiz, copy/paste qilish warning bn jazolanadi ;)

kuzim tulaganov
06-17-2006, 09:14 AM
I love my Grlfrends eyebrows ;)

elDoraDo
06-17-2006, 09:29 AM
off:
"mani yorim hammasidan chiroyli, mani yorim hammasidan chiroyli" (c) Obid

Tulaganov, welkommen

Lady_G
06-17-2006, 09:32 AM
I love my Grlfrends eyebrows ;)

Go'zal qiz ekan. O'zbeklarga o'hshamayabti. Qoshlariyam joyida :)
off:
"mani yorim hammasidan chiroyli, mani yorim hammasidan chiroyli" (c) Obid

Tulaganov, welkommen
mandanam 1ta off:

to'g'ri to'g'ri, hozi gap otaman yana :laugh:

lyalyapo
06-17-2006, 10:03 AM
Mojet eto offtop no po kraynei mere blizko k teme :)
Ïðîðîê Ìóõàììàä, ìèð åìó, â îäíîì èç ñâîèõ õàäèñîâ ãîâîðèò: "Êòî õî÷åò óìàñòèòü ëèöî, ïóñòü íà÷èíàåò ñ áðîâåé. Èáî ýòî ïðåäîòâðàùàåò ãîëîâíóþ áîëü. Áðîâè - ïåðâûå âîëîñêè, ïðîðàñòàþùèå íà òåëå ÷åëîâåêà" (Õàêèì Àëü-Êàòîäà "Ðàìóç àë-Õàäèñ").
Etot nauchniy fakt bil otkrit tolko nedavno, dlya izcuehniya nujni bili sovremenniye pribori akih ne bilo v epohu vozrojdeniya islama. Eto istinna priznannaya nauchnoi medicinoi pordverjdayetsya v knigi Life Science Library "GROWTH", tam takje na kakoito stranice skazano chto "Prorok bil prav"
Hadisning boshqa birinchi qismi haqida esa, onam nevropotologla, boshim ogriganda qoshlarimni massaj qiganlari esimda, yodayam bir qancha toshklar bor.
Aniq bilmaimanku lekin balkim shu sabablik ham qoshni terish yahshimasdir, bosh ogrig'ini yuqotar ekan qosh sohasini massaj qilsa demak vsyo taki nervniy sistemaga ham, miyaga ham ta'siri bordir.

Amiri Turkiston logikaga yondashishingiz judayam yahshi lekin odam mukammala emas hamda hali kuuup narsalarni anglab etmagan, shunga islomdagi hukmlarni hammasigayam logicheskiy obyasnyaneniya topa olmasligingiz mumkin, Quronda Pay'gambarimiz s.a.v dan urnak olish haqida hamda sunnatga amal qilish haqida keltirilgan shunga Quronda yoq deb ta'kidlashiz ham noto'g'ri. Biz uchun hozirgi kunda oddiy tuyulgan ancha muncha narsalar 100 yilgina avval odamlar uchun aqlga sig'mas, logikaga buysunmaydigan narsalar edi. Insonning ongi ancha cheklangan, hech qachon Allohning barcha sirlarini anglab yeta olmaidi.
Allohning buyruqlarini hamda Payg'ambarimiz s.a.v ning sunnatlarini qabul qilishga harakat qiling, Payg'ambarimiz s.a.v yolg'on suzlamaganlar, hamda inshaallah logika ham topasiz bu dunyoda bulmasa boshqa dunyoda :)

On: Uzbek qizlarni hech tosh terishi azaldan yoqmasdi, uzimni qoshim terilgandaka kupchilik tergansan deb ishonishmasdi termaganimga, chiroylik qalingina busa uziga yarashib chiroylikkina buladiku, hujainimlani qoshlari qalin orasidayam usib ketkande rosa yoqadi :). Alloh har bir odamni uziga yarasha guzallik bilan yaratkan, bollargayam ba'zilariga yoqarkan ba'zilariga yoqmas ekan, tak chto yoqadiganla bemalol qalin qoshliklani topsa buladi, qalin qosh yoqmiydiganlar esa tabiy ingichka qoshlikla bilan turmush qursa buladi. I budet Mir Drujba Jvachka, i devchonkam nechego budet ispitivat boli pri vidiraniye brovei i potom hodit neskolko dney s krasnimi brovyami :)

Dil
06-17-2006, 10:46 AM
Gunohsiz banda bulmaidi.Rahmatli buvimlarning rivoyatlariga qaraganda, Qiyomatda savol so`roq vaqtida ayoni hamma a`zolari uziga qarshi bular ekan. Ya`ni kuz aytadi men egamni falon gunoh qilgani kurganman, qul aytar ekan: mendan egam falon gunohi uchun foydalangan, oyoq, falon gunohni qilish uchun borganman, til yolgon gapirganman va hokazo.. Faqatgina qoshlardan surashganda, qoshlar egasini himoya qilishga utar ekan: Men hama a`zolardan yuqorida joylashganman, hattoki kuruvchi kuzlardan ham. Lekin birortasini guvohi bulmaganman der emish.. Shuning uchun derdilar buvim, qoshni terib bulmaidi, va aksincha har bahor -yozda usma quyib parvarish qilib turgin,toki qiyomatda u sening himoyachingdir, deb...

Alloh barcha ayollarni gunohlarini magfirat aylasin!

P.S: Yaponyada 30 % erkaklar qoshini teradilar va bu , ming afsuski odatiy holdir.

Wolfman
06-17-2006, 10:57 AM
manga baribir qoshi terilmagan qizlar yoqadi. (istisno bo'lishi mumkin agar, Azimoff aytgandek qoshlar otning ayilidek bo'lib ketganda, bu esa hech qachon bo'lmaydi :)).

Lady_G, siz keltirgan rasmdagi qizning qoshlari juda chiroyli. siz o'g'il bollarning qoshini qizlarniki bilan solishtirmang, chunki ayol kishi tabiatan qoshlari ingichka, erkakka nisbatan qo'lida yuzida tuklari kam tug'iladi.

agar, mani xotinim, qoshingni terma deganimga qaramay tersa, o'sha kuni qo'yvoraman. chunki, u manga terilmagan qoshlarni yoqishiga qaramay, qoshini terib boshqalarga yoqishga uringan bo'ladi.

afsuski erkaklarimiz ham qoshlarini terdirishmoqda. bir kuni bir tanish sartarosh sochimni olib bo'lgandan keyin, "oka, qoshingizni terib qo'yaymi" deganda rosa ajablangandim. u hatto soqolimni terishni, ya'ni, yuzni ikki tarafida soqolni bir diagonal chiziq qilib terishni taklif qildi. axmoqgarchilik. metrojinsiy alomatlar :lol: (Asadbekning atamasi).

Wolf

~Atirgul~
06-17-2006, 11:07 AM
[quote=lyalyapo]Mojet eto offtop no po kraynei mere blizko k teme :)
Ïðîðîê Ìóõàììàä, ìèð åìó, â îäíîì èç ñâîèõ õàäèñîâ ãîâîðèò: "Êòî õî÷åò óìàñòèòü ëèöî, ïóñòü íà÷èíàåò ñ áðîâåé. Èáî ýòî ïðåäîòâðàùàåò ãîëîâíóþ áîëü. Áðîâè - ïåðâûå âîëîñêè, ïðîðàñòàþùèå íà òåëå ÷åëîâåêà" (Õàêèì Àëü-Êàòîäà "Ðàìóç àë-Õàäèñ").
Etot nauchniy fakt bil otkrit tolko nedavno, dlya izcuehniya nujni bili sovremenniye pribori akih ne bilo v epohu vozrojdeniya islama. Eto istinna priznannaya nauchnoi medicinoi pordverjdayetsya v knigi Life Science Library "GROWTH", tam takje na kakoito stranice skazano chto "Prorok bil prav"

lyalyapo yozganlarizga qo'shimcha, qoshlar va kipriklar ko'zlani changladan himoya qiladigan funkciyasi bor.

crescent
06-17-2006, 11:09 AM
Mana bu rasmdagi qoshlar erkaklarniki, Endi tasavvur qilaylik, bularning opa singillari qoshlarini tartibga solmasa qanchalik "chiroy"li va tabiy bo'lishlarini :)

P.s: Ba'zilariniki esa ko'zidan peshonasigacha qosh...
off: qiziq, bu rasmlarni qayerdan oldingiz. Tepa qatordagi 2 va 3-sini taniganday bo'ldim ;)
on: men ham qoshimni oldirgim kelyapti, lekin bu haqida oyimga aytishga ham qo'rqaman. Chunki bizda turmush qurmaguncha qosh terish man etiladi :(

DaeAnd
06-17-2006, 12:29 PM
Qosh terish... Yana bizga behisob yordami tegib, ko'zimizni noxos ter tushishidan asrovchi qoshlarni asrash balki burchimizdir. Lekin sih ham kuymasin kabob ham qabilida ish ko'rib turmush o'rtoqlari bilan maslahatlashib olishlari zarur har bir ayol to'ydan avvalmi keyinmi...

Lorelei
06-17-2006, 01:44 PM
Lady_G, global muammoni ko'tarib chiqqan ekansiz, javob bermasak bo'lmas.

1. qoshi terilgan qizlar xunuk ko'rinadi, sun'iy va soxta qoshlar doim salbiy ma'noda ko'zga tashlanadi.

Wolf
Rostdanam "global" ekan-ku problema :lol: ! Endi unaqa qattiq ketmang-da Wolfman aka, xotinizga har zamonda ortiqcha qoshlarini terib turishiga ruxsat berib turing, ko'p o'sib ketsayam uzizga qiyin bo'ladi:lol: !!!

The Reaper
06-17-2006, 04:10 PM
unda manu (http://forum.arbuz.com/gallery/showphoto.php/photo/4754/cat/501) rasmga berilgan commentlarni ko'ring :lol:

It's only her eyes you can see. Generally, close-up pictures are intended not to highlight facial features, but to hide other shortages.

Gee, I wonder how much of a role would the "eyebrow factor" play if she was a 200-pound, overweight woman, or as I like to put it, "Ms. Fatty McFat". :D

ndaaa...bir gap aytardimu qizarib boshqa post yozmidigan bo'p qolasizde:twisted: :laugh:

Hit it. ;)

Mrs.Reaperga salom ;)

Thanks. I sure will.

TR

abcd
06-18-2006, 12:06 AM
Global muammo deganlari shu bo'lsa kerak?

PainKiller
06-18-2006, 12:31 AM
what about this? keep it the way it is?:shock: :o
http://www.worth1000.com/entries/26000/26167_w.jpg

Globaluz
06-18-2006, 01:49 AM
Qoshlarni terishni kamida bitta sababi bor: O'g'il bollarga ikki qo'shi bir biriga qo'shilgan qizlar yoqadimi, hunuk ko'rinsa kerak albatta. Umuman olganda qoshni terish degani bu albatta doim uni ingichga qilib yurish emas, balki o'ziga qarab yurish va ularni tekislab parvarish qilib yurishdir, to make them more attractive, eyebrow is part of face, piece of beauty.

mustafa06
06-18-2006, 09:16 AM
Qoshlar va kuzlar,

lost
06-18-2006, 11:34 AM
To'g'ri aytasizlar, qoshini termaganlar xunuuuu, badbashara, urod.
Qoshini termaganlar ( :pukey: ) o'ziga oro bermaydi, pardoz qilmaydi.
yoqimsiz tabiyiylikdan voz kechishmaydi.

Yashasin qosh terishlik! :inlove:
http://www.ageless-beauty.com/images/Left%20Eyebrow.jpg

Progress, bugun qosh terishlik, ertaga pirsing
"pircing qilmaganla ( :pukey: ) xunuu, o'ziga oro bermaydi....
Yashasin pirsing qilish! " :lool:

http://www.shortscorner.com/Pages/Humor/Pix/Images/YouThinkMyEyebrowRingIsBad.jpg

Ps: bema'ni postlarimmi soni 1000 ga etipti : )

kingdom
06-18-2006, 12:13 PM
Menimcha terilgan qoshlar qizlarni yanada chiroyliroq kursatsa kerak!Masalan men qizlarning qoshlariga uncha etibor bermayman !;)

Godunov
06-18-2006, 02:25 PM
Parvarish qilish, e'tiborli bo'lish - qosh terish umuman olganda yomonmas,
faqat ko'p narsa maqsadga bog'liq, maqsad qoshini terib, ko'zini suzib yurish bo'lmasa parvarish qilish balkim tabiiy ehtiyoj bo'lishi ham mumkin.
Ko'pincha, bo'ydoqlar hamma narsani tabiiy bo'lgani yaxshi deyishadi, lekin uylangach bu narsalar ko'p ham ahamiyat kasb etmaydi :D

NozChik
06-18-2006, 03:02 PM
Global muammo deganlari shu bo'lsa kerak?

Salom haqqatdan ham bunga bollarimiz shunchalik etibor beradi deb uelamagandim rostini aetsam.

Wolfmen meni Akam ham qiz bollani terilgan qoshini yomon kurardi lekin bir kuni sailga chiqudik men unda bola edim hali, akam, kennoim, va jiyancham. Men bilan kennoim oldinroqda akam esa jiyancham bilan orqadan kelishyatudi. Bir ayol akamni tuhtatib "Uglim anavu qizni taniesanmi shu kuchada turadimi"-dedi, akam ha taniyman nima qilasiz dedilar, shu paeti ayol ham "juda yahshi qizga uhshaedi uglimga kelin istab yuruvdim" diedi:shock: :lol: , akami kursaiz yiqilib qolardiz, eeeee hola u qiz mani hotinim buladi manabu qizcha esa shu qizni bolasi hupmi diedi:lol:, ayolam uglim bumasa qoshini terdirib quemisizmi dedi;)

Kisqasi kennoimdan ajrab komey desaiz qoshlarini gohi-gohida terib turishlariga ruhsat bering iltimos:P

Boshqa joyni bilmadimu lekin Samarqandda tue bulgan ayollar hammasi qoshini terdirib yirishi shart menimcha. Qoshni bir marta tergandan keyin uni hamma vaht terib qolibga solib turish kerak bu esa har qandae erinchoq ayollarni qulidan kemiedi;)

Wolfman
06-18-2006, 04:53 PM
man bilmadim nimaga qoshlarga e'tibor beraman, chunki boshqalar manim qoshu ko'zimga ko'p e'tibor bergani uchun bo'lsa kerak :P (mas: ko'p marta oyimga "mashi qoshi qora o'glingizni kuyov qilaman" deyishganidan, "qoshi qora yigit"... xullas qoshi qaro barni yigitligimdan :lol:).

Salom haqqatdan ham bunga bollarimiz shunchalik etibor beradi deb uelamagandim rostini aetsam.

bilmadim, bunaqa odat borligini birinchi marta eshitishim. man tushinmayman, nima uchun o'zbeklar oddiy narsalarda sirli ma'nolar to'qib chiqarishadi, mas.: soatimni kaftimni ichiga qaratib taqsam uylangan hisoblanaman, qoshi terilmagan bo'lsa qiz bo'ladi...

bo'ldi, kiyimi yaxshi dazmollanmaganlar bo'ydoq! (kim ham o'ylab o'tiribdi, balkim xotini epsizdir? :))

Wolfmen meni Akam ham qiz bollani terilgan qoshini yomon kurardi lekin bir kuni sailga chiqudik men unda bola edim hali, akam, kennoim, va jiyancham. Men bilan kennoim oldinroqda akam esa jiyancham bilan orqadan kelishyatudi. Bir ayol akamni tuhtatib "Uglim anavu qizni taniesanmi shu kuchada turadimi"-dedi, akam ha taniyman nima qilasiz dedilar, shu paeti ayol ham "juda yahshi qizga uhshaedi uglimga kelin istab yuruvdim" diedi:shock: :lol: , akami kursaiz yiqilib qolardiz, eeeee hola u qiz mani hotinim buladi manabu qizcha esa shu qizni bolasi hupmi diedi:lol:, ayolam uglim bumasa qoshini terdirib quemisizmi dedi;)

xotinjon mandan ajrab qolmasligi uchun qoshini termiydi. :lol:

Kisqasi kennoimdan ajrab komey desaiz qoshlarini gohi-gohida terib turishlariga ruhsat bering iltimos:P

Boshqa joyni bilmadimu lekin Samarqandda tue bulgan ayollar hammasi qoshini terdirib yirishi shart menimcha. Qoshni bir marta tergandan keyin uni hamma vaht terib qolibga solib turish kerak bu esa har qandae erinchoq ayollarni qulidan kemiedi;)

Wolf

kingdom
06-18-2006, 04:58 PM
Eh shuyam problema buptimi qizlarni qoshiga qarash ana qaraydigan joylar kupku!:lol:

Alesser
06-20-2006, 10:14 AM
qoshi kamon, kipriklari nayza qizlar odamni qiynab quyadi, har bir jilva qilganda Celine Dionning "my heart will go on" degna qushigina kuylab tashleyman (faqat ichimda kuproq).....

Student06
06-21-2006, 02:11 PM
Qanaqa ahmoq bu threadni ochdi?
Bundanam jinnicha tema topomaptide.

R.Azimov
06-21-2006, 02:38 PM
Aqllilar va o'zlarini aqlli qilib ko'rsatishga intilayotganlar MANABUYOQQA MARHAMAT! (http://forum.arbuz.com/forumdisplay.php?f=35) Ozgina bilimlaringizni charxlab albatta yana qaytib kelingiz!Poll ni o'zgartirganlar e'tiboriga esa,

Siz ikkinchi "option"ni odamlarga teskariroq ta'sir qiladigan, qo'pol qilib qo'ygansiz. Birinchisini esa sayqallagansiz. Shuning uchun hammaga yoqib tushayapti. Qoshni terish ni o'rniga tartibga keltirib turish iborasi ishlatilganda edi, birmuncha ma'qul bo'lardi.

Poll dagi "option"lar mana bunday bo'lganida edi:

1). Tartibga keltirilmagan qoshlar yoqadi.
2). Qizlar qoshlarini tartibga solib turishlari yoqadi.
3). Menga farqi yo'q.

Ko'rardingiz kim qaysi bo'limni belgilashini.

Yommooon ayyorsizada lekin siz-a MegaZ (haha, qizim senga aytaman...) :)

R.A.

daejeon
06-21-2006, 04:06 PM
http://de.fishki.net/pics9/kurtstallaert_01.jpg

http://de.fishki.net/pics9/kurtstallaert_04.jpg

PHOENIX
06-21-2006, 04:27 PM
Aqllilar va o'zlarini aqlli qilib ko'rsatishga intilayotganlar MANABUYOQQA MARHAMAT! (http://forum.arbuz.com/forumdisplay.php?f=35) Ozgina bilimlaringizni charxlab albatta yana qaytib kelingiz!Poll ni o'zgartirganlar e'tiboriga esa,

Siz ikkinchi "option"ni odamlarga teskariroq ta'sir qiladigan, qo'pol qilib qo'ygansiz. Birinchisini esa sayqallagansiz. Shuning uchun hammaga yoqib tushayapti. Qoshni terish ni o'rniga tartibga keltirib turish iborasi ishlatilganda edi, birmuncha ma'qul bo'lardi.

Poll dagi "option"lar mana bunday bo'lganida edi:

1). Tartibga keltirilmagan qoshlar yoqadi.
2). Qizlar qoshlarini tartibga solib turishlari yoqadi.
3). Menga farqi yo'q.

Ko'rardingiz kim qaysi bo'limni belgilashini.

R.A.

Ie, ha o'zingiz boplabsizku. :D
"Tartibga keltirilmagan yoqadi" deganni kim tanlagisi keladi unda? :D

lobar
06-21-2006, 04:28 PM
Agar, noqis aqlim aldamasa, islomda qosh terish haqida juda keskin qoralovlar kam uchraydi, ammo erkak kishini hirsini qitiqlaguvdek darajada ingichka qilishni esa man qilishgan.
Yana ayrimlarga sir ham emas, ba'zi viloyatlarimizda kelin bilan qiz bolani qosh tergan termaganiga qarab farqlashadi. Ya'ni qizlar qosh terishi mumkin emas, bunga juda jiddiy qaraladi.
Onangni otangga bepardoz ko'rsatma degan ham borku, ayrim ayollar juda ham tarvaqaylab ketgan qoshlarini tartibga keltirmasalar, bu ham hunuk manzara, to'g'rimasmi? Huddi tartibga keltirilmagan bog'boni yo'q bog'ga o'hshab...
Ayol kishi o'z go'zalligini o'zi yaratadi deyishadi. Albatta qoshining go'zalligi bilan tug'ilgan qizlarga gap yo'q! o'zi tekis, ham figurali bo'lsa, unga tig' tekkizishning o'zi ahmoqlik, lekin bunga muhtoj qoshlar ham yo'q emasda! Qosh terishni yoqtirmayman deb tarvaqaylab ketgan, ayrim erkaklarnikidan-da hunuk qoshi bilan yuradigan ayollarni esa men o'ziga qaramaydiganlardan, o'ziga be'etibor erinchoqlardan deb bilaman.

PHOENIX
06-21-2006, 04:34 PM
Agar, noqis aqlim aldamasa, islomda qosh terish haqida juda keskin qoralovlar kam uchraydi, ammo erkak kishini hirsini qitiqlaguvdek darajada ingichka qilishni esa man qilishgan.

Erkaklar uchun "...soqol qo'yib yurilsin..." degan ko'rsatma ham bor, misol uchun. :rolleyes:

kingdom
06-21-2006, 06:03 PM
Xafa bumang kunglingiz qanday istasa ushani qiling agar sizga qoshni terish yoqmasa termang bazi qizlar qoshi terilmagan busayam juda guzal bulishadi!;) Unaqa emasda endi "Lost" aka..:cry: :cry: :crying:
Mayli,nima desalaringiz ham biz rozi.Muhimi Qalbim buni qadrlaydi.Urodligimizchayam sevaveradi..Qolgani bekor...:P :)

Vector
06-21-2006, 06:15 PM
ozi bu forumda girt bekorchila yegilarkan (shuladan manam bittasiman)...
threadla bir biridan chiroyli ..:-)

kingdom
06-21-2006, 06:21 PM
shu siz kirmasangiz bekorchilar bittaga kamayardi!:lol: ozi bu forumda girt bekorchila yegilarkan (shuladan manam bittasiman)...
threadla bir biridan chiroyli ..:-)

Vector
06-21-2006, 06:24 PM
shu siz kirmasangiz bekorchilar bittaga kamayardi!:lol:

maylin, keyingi 12 soatga shu forumni bitta bekorchiga kamaytiroqolilu...;) uhladim man...http://smileys.smileycentral.com/cat/36/36_1_50.gif

kingdom
06-21-2006, 08:13 PM
Qizlar silar xafa bumanglar bu yigitlar gapiruvuradi bittasi termiysan bittasi terasan deb,terasizmi,termiysizmi axir sizlarsiz qatgayam boramiz!:lol: A nima demadinglar?:lol:

Uzbekxonim
06-22-2006, 05:57 AM
menimcha o'zbek qizlarning qaling qoshlari juda chiroyli. ayni paytda qoshlarini o'zgina tersalar yahshi boladi, akkuratniy bolishi uchun. lekin jaa indichka qivorish kerak emas, sichqonni dumiga ohshagan qoshlar menga umuman yoqmaydi.

ps. pollda togri keladigan javob topaolmadim...

Sevinch
06-22-2006, 06:20 AM
Samarqandda esa qizlar tuyigacha qoshini terish mumkin emas.Chunki kelinchak bulganida qoshini terib qiz bola uzgaradi.Qosh agar ingichka bulsa terilmagani ma'qul.Agar rosa qalin bulib usib ketsa menimcha oz moz terib formaga keltirib quygani yomon emas.
Bir kun bozorda yursam,siz erga teggan ha? deydi bir qiz men unda maktabda uqirdim.Yoq desam nega qoshingiz terilgan deydi.Aslida bechora qoshim tabiiy ingichka terilmagan edi.U qiz esa hech ishonmadi.Menga esa juda qupol tuyilgandi ushanda meni erga tegganga uhshatgani.

kingdom
06-22-2006, 06:37 AM
u qizga nima qiziq ekan sizni erga tekkan tegmaganligingiz?:D Samarqandda esa qizlar tuyigacha qoshini terish mumkin emas.Chunki kelinchak bulganida qoshini terib qiz bola uzgaradi.Qosh agar ingichka bulsa terilmagani ma'qul.Agar rosa qalin bulib usib ketsa menimcha oz moz terib formaga keltirib quygani yomon emas.
Bir kun bozorda yursam,siz erga teggan ha? deydi bir qiz men unda maktabda uqirdim.Yoq desam nega qoshingiz terilgan deydi.Aslida bechora qoshim tabiiy ingichka terilmagan edi.U qiz esa hech ishonmadi.Menga esa juda qupol tuyilgandi ushanda meni erga tegganga uhshatgani.

Lady_G
06-22-2006, 08:19 AM
Qanaqa ahmoq bu threadni ochdi?Man "ahmoq" ochtim! :)

Bundanam jinnicha tema topomaptide.Ha endi bori shude:)

Iltimos off topic postlarizni yig'ishtiringlar! Mavzuga tegishli fikringiz bo'lmasa, yozmay ketavering!

Rahmat!

Mirzabek_Old
06-23-2006, 01:04 AM
Endi pardoz qilish hammasiga xam yoqmidi yoki yarashmidi....
Bu mavzu manimcha optional...

omadla

Kanari
06-23-2006, 03:37 AM
Agar hamma narsani meyorida qilinsa ya'ni oshrib tashlanmasa hamma narsa juda go'zal bo'ladi....terilgan qosh ham pardoz ham...

Wolfman
07-12-2006, 04:41 PM
ok, gapni dadasi bundoq,

tovuq tuxum qo'ygani eng zo'r joyni izlaganidek, bugun 1600-postni post qilgani mana shu threadni ma'qul topdim.

mani ko'nglimdagidek fikrlagan va ovoz berish bilan qo'llab quvvatlagan barcha hamfikrlarimga kattadan katta rahmatlar aytaman.

Alohida rahmatlarim bu threadni ochgan Ladyga va gallerydagi rasmiga qirilgan qoshlar haqidagi tanqidlarimga qaramasdan ularni ko'targan, hamfikrlilik qilgan ~Atirgul~ga :D

yashasin "qirilmagan qoshlar partiyasi"!

Wolf

R.Azimov
07-12-2006, 04:51 PM

Siz bilan bu mavzuda umrining oxirigacha bahslashishga tayyor kaminagayam jaa rahmat bo'lmasada "qoyil" deb qo'ysangiz asakangiz ketmasdi janob ;) (jk)

RA

Wolfman
07-12-2006, 04:53 PM
QOYIL :D

Wolf

Siz bilan bu mavzuda umrining oxirigacha bahslashishga tayyor kaminagayam jaa rahmat bo'lmasada "qoyil" deb qo'ysangiz asakangiz ketmasdi janob ;) (jk)

RA

~Atirgul~
07-13-2006, 08:48 AM
ok, gapni dadasi bundoq,

Alohida rahmatlarim bu threadni ochgan Ladyga va gallerydagi rasmiga qirilgan qoshlar haqidagi tanqidlarimga qaramasdan ularni ko'targan, hamfikrlilik qilgan ~Atirgul~ga :D

yashasin "qirilmagan qoshlar partiyasi"!

Wolf

To'g'risini etsam men ham "qirilmagan qoshlar partiyasi" ga kiraman :rolleyes: , garchi did bilan tartibga solingan qoshlar menga yoqsa ham lekin Islomda qoshni terishga ruhsat bo'lmagani uchun, bunday amaldan Muhammad payg'ambarimiz (sav) qaytarganlari uchun qosh terishga umuman qarshiman.