PDA

View Full Version : Asrlik bir she'r!


Abu Hurayra
06-19-2006, 11:01 PM
Bir she'r boshlanayapti...
Ammo bu Asrlik bir she'r, 14 asrlik bir she'r, Payg’ambar suxbatining she'rlashgan ifodasidir bu,
Hozir o’sha kunlarga ketayapmiz, yana bir safarga chiqayapmiz, yangi bir safarga,
Zamonlar osha zamonda, ulviy bir vaqtdamiz va xuddi biz asri saodatdamiz,
Izhir va Jalil gullarining o’sha xushbo’y hidi yoyilayapti va jannat suvlarining shildirayatgan ovozi kelayapti xuddi…
Shama va Tufayl tog'lari alla aytayapti saxroga,
Hamma narsa rohatbag’sh hammayoqda bir nozli gul adosi, uning adosi va uning suxbati…
Tinglovchilar- bir guruh Sahobalar- xuddi boshlariga bir qush borday va xuddi u uchmasin deb butun diqqatlari bilan u zotni tinglayaptilar,
Oila, Molu davlat va Amal haqida gapirdilar,
Suxbat tugagach Abdulloh bin Kurs so’radilar :
-Yo Rasullulloh, bizga aytganlaringizni she'r shaklida aytaymi? Ruxsat berasizmi?
Payg’ambarimiz saw o’qing dedilar va Abdulloh bin Kurs she'rlarini boshadilar:
Oilam, Qilganlarim, Molim va Men huddi 4 aka ukamiz. O’lim yaqinlashganda ularni chaqirib so’zlashgan kishidekmiz. Odam jigarlariga deydiki:
- O’lim eshigimni taqqillatdi, Manga yordam beringlar, Borsa- kelmas bir yo’lchilik boshlanayapti, uzun va ishonilmas…bunday vaziyatda manga qanday yordam bera olasizlar?
Shunda Moli deydiki:
-Mendan ayrilmagan muddatingcha istaganingni bajo keltiraman. Ammo ayriliq(o’lim) bo’lgach oramizdagi do’stlik tugaydi. Istaganingni mendan hozir ol! Chunki men juda qisqa muddatda sovrilgan qumlar ichiga kirib ketaman va boshqa kishilarning qo’liga o’taman. Meni ortingda qoldirma!, Sarfla!- Shiddat bilan yaqinlashayatgan o’lim kelmasdan qo’lingni tezda och!, Xayr qil!
Oilasi shunday deydi:
Men seni chindan ham sevar, seni hammadan ustun-afzal ko’rardim, kuchimni quvvatimni, bor imkoniyatimni ishga solib sening uchun sarflab, baxtli bo’lishingni hohlardim, lekin ish jiddiylashganida (ajal kelganda) sen uchun o’lolmayman!, Ortingdan ko’z yosh to’kaman! O’ksib o’ksib yig’layman, sani xayr bilan yod etaman, Janozangda hozir bo’lib kiradigan qabringgacha- o’sha so’ngi bekatinggacha hasrat bilan tobutingni ko’tarib keltirib, so’ngra seni dafn etib orqaga qaytaman-Xuddi oramizda hech narsa bo’lmaganday, hech ham bir birimizga mehr oqibatli bo’lmaganday, hech bir birimizni yhshi ko’rmaganday…
Mana Insonning Oilasi, Mana uning Tayanchi va mana haqiqiy yuzi!

Keyin amali gapiradi Insonga:
Men sening haqiqiy jigaringman,jonigman!, Juda ham og’ir dahshatli vaqtlarda mendek brodar topolmaysan. Men bilan Mazorda uchrashasan! (Molu dunyong- Oilang dunyoda qolib ketadi) U yerda seni himoya qilaman. Hisob- Kitob kunida, holing yomon bo’lgan bir paytda jonigga oro bo’laman, Men sening ustingda titragan marhamatli o’lchovman! Seni hech qachon yolg’iz qo’ymayman!
Mana bu sening amaling, foniy dunyoni tark etgan kuningda yuzlashadigan –xayrli amaling!

Abdulloh bu she'rni o’qigach Alloh rasuli Muhammad saw yig’ladilar, Sahobalar yig’ladilar va shundan keyin Hazrati Abdulloh (r.a) har qachon biror bir jamoa'ning oldidan o’tib qolsalar, odamlar u kishini chaqirib she'rlarini o’qib berishni iltimos qilardilar, u zot esa o’qirdilar va yana ko’zyoshlar…o’ksigan sahoba yuraklari…

Bu she'r asrlik bir she'r edi, 14 asrlik bir she'r,Payg’ambar suhbatining she'rlashgan ifodasi edi…
____________________________
Turk tilidan kamina tarjima qildilar.
Turk tilida ochiq she'r shaklida keltirgan : Dursun Ali Erzincanli

Asosiy manbaa:
Buhoriy va Muslim sahih to’plamlaridagi bu boradagi payg’ambarimizdan rivoyat qilingan hadis. Ushbu Hadis Riyazus Solihiyn-Solihlar Bog’i hadislar to’plamining 55 bobida 461 chi raqam bilan keltirilgan.