PDA

View Full Version : Tesha Tegmagan Gaplar ...


Han
06-21-2006, 04:18 AM
Ma'lumingiz, xalqimiz orasida qıshlog'idan chiqmagan lekin gapga juda ham chechanlar bor...

gohida shunaqalardan shunaqangi tesha tegmagan gap chiqib qoladiki o'nta professor o'tirib o'ylansa o'n yilda ham o'ylariga kelmaydi... :)

forumdoshlar bu mavzuda har turli tamsiliy, tashbihiy va eng muhimi tesha tegmagan yoki oftob tegmagan gaplardan qo'yishsa...
oftob tegmagan qobiliyatlardan habardor qilib turishsa...

kingdom
06-21-2006, 11:23 AM
Qani uzingiz boshlab beringchi?:D Ma'lumingiz, xalqimiz orasida qıshlog'idan chiqmagan lekin gapga juda ham chechanlar bor...

gohida shunaqalardan shunaqangi tesha tegmagan gap chiqib qoladiki o'nta professor o'tirib o'ylansa o'n yilda ham o'ylariga kelmaydi... :)

forumdoshlar bu mavzuda har turli tamsiliy, tashbihiy va eng muhimi tesha tegmagan yoki oftob tegmagan gaplardan qo'yishsa...
oftob tegmagan qobiliyatlardan habardor qilib turishsa...

Han
06-22-2006, 04:38 AM
mayli...

yaqinda bittasi bitta anekdot deb aytib berdi, unchalik ishonmasam ham anekdotligiga, anekdot deb yozaqolay... :)


bir kuni sodda o'zbek - Teshavoy daryoga cho'milgani chiqibdi qishloqdan... Qip yalang'och bo'lib suvga tushib ketganida atrofda yurgan tirranchalar, bitta hazil qilaylik deb kiyimlarini yashirib qo'yishibdi...
Teshavoy, cho'milib chiqib qarasa, kiyimlar yo'q bir soat kutibdi... atrofda xotin xalaj bo'lganidan, nima qilishini bilmay turganida bitta fikr kelib qolibdi kallasiga...

ikkita kafti bilan oldini changallagancha uuyi tomon chopipdi... uzoqdan og'l'ini qipyalang'och chopib kelayotganini ko'rgan otalari otalik maslahatini beribdi:
- Hov mani ahmoq bolam, ha uni changallaguncha aftingni bekitsang-chi, aftingni...
uni kim taniydi??? :) :) :)

menimcha hayotdan olingan :)

Han
08-26-2006, 02:49 AM
Амири Туркистон ман сиз билан 100 фоиз кушиламан!:wink:


http://forum.arbuz.com/showthread.php?p=492351#post492351

:) :) :)

Amiri Turkiston
08-26-2006, 05:17 AM
haa ichi qoralar aaaaa ... :-) :-) ko'ra olmayabsizmi Han janoblari... :-) :-)

Han
08-26-2006, 05:22 AM
buyam tesha tegmagan gap bo'libdi :)

Logoscience
08-27-2006, 09:01 PM
Shoir Anvar Obidjon bilan suhbatda she'rlardagi tesha tegmagan gaplarni qayerdan olasiz deb so'raganimda xalqdan olaman deb, ushbuni aytib berdi.

Bir vaqtlar Farg'onada viloyat radiosida ishlagan paytlarimda bir qorovul chol bo'lardi. Ichib turardi, ichgan paytida shunaqa gapirardiki, bunaqa gaplarni o'nta olim izlanib ham topolmaydi. Esimga tushgani sartaroshdan kelgan bir hamkasbimga buncha it yalagan ityaloqqa o'xshab yaltirab ketibsan degandi...

Misollar keltirib o'tay, to'liq bo'lsin uchun butunicha keltirib yoqqan frazani qalinlashtirib qo'yaman.

1.
Faqat oz-moz cho'tirdurman, shol emasman, bukirmasman,
Soqol oppoq, kangul yoshdir, visoldin yuz o'girmasman.

Azal mag'rur tug'ulg'onman, mani sherdek sabotim bor,
Jafo ko'rsam ururman oh vale moldek bo'kirmasman.

Falak posangisi - tanda: bu yonda dard, u yonda shavq,
Bul tarafga qo'shmag'aymen, ul tarafdin o'pirmasman.

Bo'loyin mard, kelib jonon mani o'ldirsa o'ldirsun,
Sevgidin chang yuqibdir, bas, oni dildan supurmasman.

Buyuk ishqingga, e, Gulmat, u tannoz tufladi-ketdi,
Og'izda - pulg'a kelg'on nos, shu bois man tupurmasman.

2.
Qoq peshin chog'ida man sallona keldim O'rdaga,
Zabt etib oshxonani, yolchiy dedim moshxo'rdaga.

Nozlanib avqot ichib o'ltirur bir sarvinoz,
Yonida o'ynoshi ham turg'ondi o'xshab murdaga.

Bordimu odob ila damag'a berdim salom,
Turtkilab o'ynoshini, jussamni suqdim o'rtaga.

Charx urur ikki qoshuq, o'rtada yog'luq patir,
Taklifi bo'lmay turib qo'lni uzatdim burdaga.

Ikkovi boqqon edi hayratni jamlab aftig'a,
O'zni man telba-tezik ahvolg'a soldim jo'rtaga.

Kulchadin me'dam qonub, aqchani aylab tejam,
Gulmato ketdim jadal fotiha tortib surpaga.

MUHLIS
08-28-2006, 01:49 AM
Bir o'zimni o'zim reklama qilay:
...o'sha baqadek vaqqilab maqtab-maqtab yiqqan termangni ham... (http://forum.arbuz.com/showthread.php?p=493303#post493303)

MUHLIS
08-28-2006, 06:19 AM
Mana bunisiga (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=23895) nima deysizlar? :mrgreen:

Eshikdan haydasam teshikdan kiradiya bu yigit...

CHOYHONACHI
08-28-2006, 07:42 AM
Yoq menimcha sizni Uzbekiston Milli Futbol komandasi haqida aytkan gapingiz tarihta qolip qolsa ajab emas:
... eeeeeyyttttt, senlarni o'rningga 11 novvos bo'qip qoysang yahshiroq ... ular hech bo'lmasa daromad olip keladi ...

:)

CHOYHONACHI

lobar
08-28-2006, 08:12 AM
Muncha qiltillab ketting, semiz???
(bir-biridan ozg'in dugonalar suhbatidan):laugh:

Mulki Turon
09-01-2006, 04:23 PM
Askiyalarimizdan:
Eshmat maktabga bir ko'zi ko'karib keldi.Darsda domla xayron bulib:
- Haa, Eshmat ko'zingga nimov qildi?
- Eeee, domla nimosini eytasiz?! Kecha kechqurun uyda otam,enam,menam yatodiq.
Birdyan otam bilyan enam qiqir-qiqir kulovradi,kulovradi.Meniyam uyqum yo'qti,
otamlarg'a: "Ota, bizam kuleylik.Nimo haqida kulyapsilar?" - duvdim.
Otammiki kepqoldiyov.Achchig'i chiqib yonidog'i kalishi bilan bir tushirdi...
Ko'zim ko'karib chiqdi domla.

davomi bor...

Shokirbek
09-02-2006, 08:44 AM
Bittasi bir alkash shoirning she'ri haqida o'z taassurotini aytayotib: "Uning she'ridan araqning hidi gupillab turadi" degan ekan..

MUHLIS
09-05-2006, 01:16 AM
"Kuyov tarap" yo unaka bulmaydi demasligi uchun, "kuyov tarap" sizga nafakat moddiy, balki miya tomonidan ham tugri kelishi kerak. :lool:
Mana bu yerda (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=32117)

infolife
09-05-2006, 09:08 AM
Muncha qiltillab ketting, semiz???
(bir-biridan ozg'in dugonalar suhbatidan):laugh:

yoki bunaqasiyam bor
-mincha ey, qoqsuyak, bitta kallen qoptiya arvaq???

keyin orqasidan maslahat berib qoyishadi

-eringa aytsen o'lasanmi zuvoni yo'q, a seni bo'rdoqiga boqish kere ozi :lol:

Frida
09-05-2006, 02:45 PM
Mana bizani bitta qo'shnimiz koptok tepib kiyimlari chang bo'lib ketgan nabiralariga shunday der edilar: voy-vo, isqirtingni qara qiztaloq, o'nta it yalasa to'ymaydi. :D

Frida
09-05-2006, 02:49 PM
Bir kuni bir qarimdoshimdan eshitganim, bitta o'rtog'iga pul kerak bo'lib qolib boshqasidan so'rabdi. U o'rtog'ini pul yo bergisi kelmagan, yo rostdan ham puli bo'lmagan nima bo'lsa ham mana bunday javob qilgan ekan: Ey, o'rtoq, uyimda sichqonlarim hassa tayanib yuribdiku, sanga qattan pul topaman. :D

Mahmud
09-05-2006, 03:32 PM
Yoshi katta yigitlardan 6-7 yil avval eshitgandim.
Bir necha sinfdoshlar bir-birinikiga borib oshho'rlik qilib turishardi.Ularni biri hech oshga tushmagan ekan.Unga bir sinfdoshi "endi senikiga qachon o'tamiz" deb qoldi.Shunda gapga chechan yigit:
"Har hapshanba kuni biznikiga o'taverasizlar" degandi :)

MUHLIS
09-06-2006, 11:23 PM
Yoshi katta yigitlardan 6-7 yil avval eshitgandim.
Bir necha sinfdoshlar bir-birinikiga borib oshho'rlik qilib turishardi.Ularni biri hech oshga tushmagan ekan.Unga bir sinfdoshi "endi senikiga qachon o'tamiz" deb qoldi.Shunda gapga chechan yigit:
"Har hapshanba kuni biznikiga o'taverasizlar" degandi :)

:) Biz ham do'stlar orasida "to'y qachon" desa "shu keleturgan hapshanba" deb hazillashardik....

MUHLIS
09-06-2006, 11:24 PM
Bir kuni bir qarimdoshimdan eshitganim, bitta o'rtog'iga pul kerak bo'lib qolib boshqasidan so'rabdi. U o'rtog'ini pul yo bergisi kelmagan, yo rostdan ham puli bo'lmagan nima bo'lsa ham mana bunday javob qilgan ekan: Ey, o'rtoq, uyimda sichqonlarim hassa tayanib yuribdiku, sanga qattan pul topaman. :D
Bu Abdulla Qahhorga tegishli aslida :)

CHOYHONACHI
09-06-2006, 11:25 PM
:) Biz ham do'stlar orasida "to'y qachon" desa "shu keleturgan hapshanba" deb hazillashardik....
Osh depsizu yana bir gap:
Do'stlar bilan o'triganda hazillaship "Oshini qachon yimiz?" yohut undan ham yomonrog'i "Sendan yerni hidi kelip qoliptimi?" degan gaplar ham bolar edi ... :P

CHOYHONACHI

Mulki Turon
09-10-2006, 07:57 AM
she'r::::::::::::::::::::::::

Osmonda kaftar,
Qo'limda daftar.
Mana bizi boshliq,
Cho'chqadan battar.

Han
09-10-2006, 08:26 AM
bir zamonlar adashmasam Nikalay poshshoni zamonida Said Ahmad nomli bitta boymi bekmi bo'lgan ekan... zolimligidan xalq orasida u haqda quyidagi to'tlik paydo bo'lgan ekan:

Said Ahmad, nomin baland
Nomingdan toming baland
"Yigitlar bor"- deb qo'l qo'ygan
Padaringga ming la'nat...

Han
09-19-2006, 02:39 AM
yangi ish ochgan biznesmen ikki og'aynimizni ishga qabullab shunday debdi

- Hozircha arzigulik ish yo'q. Faqat ofisda telefonlarga javob berib o'tirasizlar. Ertalab 9:00 dan kechasi 02:00 gacha! mana shu ishga hozircha 450 dollardan beraman. bilaman yangi uylangansizlar. keyinroq bola-chaqa bo'lganda yana ozgina oshirarman maoshni...
yangi uylangan og'aynimiz:
- aka, har kuni ikki-ikki yarimda uyga borsak, bola-chaqa qayoqdan bo'ladi? ...

:) :) :)

Han
10-29-2006, 04:44 AM
erkak#1 O'z kasbni tashlab, Off-top sori yuzlandim,
Yor rab, netay? Yuzim qizillig' bo'ldi...

http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=30679&page=15
:lol: ........

Brigadir
10-29-2006, 06:17 AM
Inyaz. 1-kurs. 1-rus tili darsi.
Domla darsni qanaqa bo'lishini yaxshilab tshuntirib bo'ldi. kegin kimda savol bor deb so'rab qoldi? Surhondaryoning Sho'rchi degan joyidan 1 bola man umuman nima deganiniga tushunmadim, nima qilishimiz kere deb so'rabdi. Bir qitmir gruppadoshi undan so'rabdi.
-Nima deganini rostdan ham tushunmadingmi?
-Yo'q tushunmadim
-Domla kimda savol bo'lsa so'ranglar baho qo'yaman divotti
-Nma deb savol bersa bo'ladi?
Shu erga kelganda bu gruppadoshimizni qitmirligi tutdi va uni rus tilini umuman bilmasligidan foydalanib unga savol o'rgatibdi.
Shunda haligi Sho'rchilik bola o'rnidan turib viqor bilan domlaga savol beribdi
-Kto iz vas Pushkin? :lol:

Brigadir
10-29-2006, 06:29 AM
Zayniddin, san Farruh Azamatlarning mahallasida turar ekansanmi?
Zayniddin-Yo'g'eee nimalar divossan? Ular mani mahallamda turishadi:lol:

Masrur
10-29-2006, 05:01 PM
Ma'lumingiz, xalqimiz orasida qıshlog'idan chiqmagan lekin gapga juda ham chechanlar bor...


Kuni kecha Jizzaxlik tanishimdan eshitgan gapim:

- Ha biz ham asfalt ko'rganmiz (aql o'rgatmang, bizam tarbiya ko'rgnmiz)

inDecision
10-29-2006, 08:21 PM
-Ha endi aka biz qishloqdan kelganmiz, uncha tushunmimiz, o'rnimga o'ziz to'ldirib quying shu anketani(abuturient)
-..nima sila qishlogilada quyosh kamroq nur sochadimi, yoki boshqacha nur sochadimi?(qabul komissiyasi a'zosi)

Han
07-09-2007, 05:47 AM
bitta noma'lum talant egasidan:

Shahar xojatxonalarining birida shu yozuvga ko'zim tushdi:

" WC -> Ж " tagida esa quyidagi yozuv:
" Эркак бўлсанг кирма! "

:D :D :D

UdachnicK
07-09-2007, 10:43 AM
bunaqasini kim eshitgan:
sho'rva ichgan kaldey tellapsanku bolam :lol:

zanjir
07-10-2007, 02:01 AM
temir gullaganda olasiz!

infolife
07-10-2007, 04:15 PM
Kichkinam yangi chiqqan valasipeddan oberasan deb qiyomat qoyim qildi

toba, shu gap qachondan beri ishlatiladi...rosa janjal qildi osonroqmasmi:)

ozi shunaqa deyish mumkinmikin....qiziq..endi idioma bosayam qiyomatni qoyim qilish Allohga hos deb bilamizu....aytish mumkinmikin...insonga nisbatan

Unique
07-10-2007, 05:03 PM
manga eng yoqmagan ibora:

"...tarvuzi qo'ltig'idan tushib qaytdi" ja tesha teymagancha qivorishgande shu gappi :rolleyes:

Abu-Bakr
07-11-2007, 03:53 AM
o'ziyam beli bukilmagan gap-de :D:...
onasi o'pmagan qizladan nasib qisin (o'zimga :lool:)

UdachnicK
07-11-2007, 08:14 AM
yana yo'mi pochkasi buzilmagan gapladan :D

Mahmud
07-11-2007, 10:45 AM
o'ziyam beli bukilmagan gap-de :D:...


O'ziyam beli bo'kilmagan puldan bering bratan :D

- endi to'y qachon?
- qiz topilmayapti...?
- iyeee, hozirgi zamonda daraxtni tepsang qiz to'kiladiku...

Abu-Bakr
07-11-2007, 01:16 PM
Tuyani shamol uchirsa echkini osmonda ko'r... LOL(Abduvali qorakadan)

ma'nosi: bir narsani ko'rib vahima qilish, kichikina problemani katta qilib huddi butun insonlani g'ami uni boshida turganday ko'rsatish...

Abu-Bakr
07-11-2007, 01:30 PM
yaxshi niyat yarim davlat maqoliga to'g'rilash kiritamiz :D

yaxshi niyat + duo = baxt saodat :lool::lool::lool:

bunaqa formula Einsteinda ham bo'magan :lool::lool::lool:

Ismoilzoda
07-11-2007, 02:47 PM
O'ziyam beli bo'kilmagan puldan bering bratan :D

- endi to'y qachon?
- qiz topilmayapti...?
- iyeee, hozirgi zamonda daraxtni tepsang qiz to'kiladiku...


Якинда бу сухбатни давомини эшитиб колдим

"...
-хозирги замонда дарахтни тепсанг киз тўкиладику
-киз тўкилса босиб колади..." :)

.

Masud
07-11-2007, 07:50 PM
uyga rasmlarni zip file qilib internetda jo'natsam akam rosa gapirdi,
nima buncha ko'p rasm jo'natipsan, bir yarim soatda yozib oldim...
....optovda billa qatig' ichgan o'rtag'larini ham rasmini qo'shvoripsanda...:lool: :lool: :lool:

Abu-Bakr
07-12-2007, 12:16 AM
shu so'zzi oldin eshitmagan ekanman, bloknotga yozib qo'yish kerak:D
Iltimos ilmoqli gaplar otavermang.

Iqbol
07-12-2007, 04:14 AM
Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi,

yoki

Qozonga yaqin yursang qorning to'yadi

NanOnaN
07-16-2007, 05:55 AM
Anu meksikanskiy seriallada bolardi ozbechaga dublyaj qilingan variantida:

-Don oliship yuripti
-og'iz burun opiship

Masud
07-22-2007, 09:39 PM
ahaaaa, fegurala getara deng (c) lobar:D:D:D

Masud
07-25-2007, 04:59 PM
gaplaship turib... odam soni ko'pligida gap ketyapti...
"Tupursak ham cho'kip ketadi..." lol.

jugador
08-30-2007, 07:37 PM
Tesha tekkan tegmaganligiga kafolat yugu , har holda...

.......muuuncha tiling galstuk bulib ketibdi, qayoqqa shoshyapsan.......

.....itni juniday juda qalin edilaring .......

uzim ishlatardim, hayotda....

shu xolos.... oz .... lekin bori... habar olib turing kelishi bilan xabar beramiz...

Nega uzoqda oq mashinaning qorasi korindi deymiz?
otilgan tosh taq etib tegdi deymiz,
tilimiz kambagal tilmi?

jugador
08-30-2007, 07:41 PM
logoscience .

Anvar Obidjon - beqiyos. suhbatlarida bulmaganman, orzumandman.

usta gulmat, alamazon , eshmat ishma. shedevr- men uchun...

ostap bender bilan bir qatorga quyaman.

zula
08-31-2007, 04:28 AM
Maktabda ba'zi o'qituvchilar ko'p kulgan o'quvchilarga "Namuncha kuydirilgan kalladay tirjayasan" deyishardi :)
Ba'zilar esa hech ish qilmaydigan bolalariga "Tikka tayoq bo'lib o'sayabtida shu bola" deb koyisharkan.

Yana manbu iboraniyam ko'pchilik eshitgan shekilli " Ammamni buzog'iday ............" lekin qanaqa holatlarda ishlatilishini eslolmayapman.

Mahmud
08-31-2007, 06:59 AM
....

Yana manbu iboraniyam ko'pchilik eshitgan shekilli " Ammamni buzog'iday ............" lekin qanaqa holatlarda ishlatilishini eslolmayapman.

Ammamni buzog'iday lallaymasangchi

kabi ishlatiladi...

erkak#1
08-31-2007, 08:40 AM
"Алифни куриб калтак дейди..." :mrgreen:

erkak#1
08-31-2007, 08:44 AM
O'ziyam beli bo'kilmagan puldan bering bratan :D

- endi to'y qachon?
- qiz topilmayapti...?
- iyeee, hozirgi zamonda daraxtni tepsang qiz to'kiladiku...

давоми:

- эээ, менга дарахтга чикиб олиб, "кайси йигит тепаркан шу дарахтни" деб турган кизлар керак эмас! :mrgreen:

erkak#1
08-31-2007, 09:19 AM
Бир куни ошна-огайнилар билан Янгийулга боргандик бир огайнимизнинг дачасига. Шунда зерикканда "ут-бутта чумиладиган жой йукми" десак, бир кулга олиб борди. Кулга борсак бир бахайбат бола турибди. Энди гавдаси бизникига 2та келади. Огайним "нечинчи йилсиз" деса, халиги бола 91-йил деди. Шунда огайним огзи очилиб, "жасадди кара!" :mrgreen:

Frida
08-31-2007, 11:48 AM
mana kichikligimda ba'zan rahmatli buvimdan eshitib yuradigan gaplarim:
--- shu qo'shnimiz jaa sudxo'r odamda, onasi vafot etishini bir kun oldin bilsa, kepakka qo'shib sotib yuboradigan odamlardan.

--- man buni qo'y o'g'zidan cho'p olmaydigan bola desam, kecha o'rtog'ini og'zidan sigaret olib turibdi, e basharangga bir sovorsammi!

-- Buvi man zo'rmana?
-- Ha, san zo'rsan. Sandan zo'ri yo'q. Sanga o'zi hokandozdan medal yasab berish kerak. :lool:
mana shu gaplarini eslab hali ichagim uziladi. tushungunimcha, o'zi ikki yil ketgan.

-- Buvi, man qattan paydo bo'lganman? Ha, sani sharabaradan 3 ta shishaga almashtirib olganman.

-- Hoy, bor ana, Mastura opang (qo'shni) chaqirib chiq!
-- E, man boromiyman. Bugun krasofka kiyuvdim, oy'og'imni shilvordi.
-- Qani ko'rsat (kichkina, bo'lmag'ur yarachani ko'rib, davom etadilar). Mushuk k*tini ko'rib, voy yaram debdi!. boshqa hech narsa demay, qarab turardilar. man ham tushunmasdan, qarab, keyin nima bopti, buvi desam, uydagi qolganlar qotib o'lib qolishardi. :lool:

AFANDI
08-31-2007, 12:40 PM
nima yotvolding ketmon chopip keldingmi? deydi onam.

Unique
08-31-2007, 04:40 PM
Frida, buviz mani kottoyimga o'xshirkanla. :)

"Onangni otangga pardozsiz ko'rsatma" shu gap yoqmiydi manga.

Mas'ud
08-31-2007, 10:17 PM
qaerdadir eshitgan edim: "U ayol juda ishni ko'zini biladi, do'ppiday joydan ham o'sma undiradi-ya.

rosefire
08-31-2007, 10:48 PM
tog'ni talqon qip qoygan odamde yalpayib yotishingni qara
nima yotvolding ketmon chopip keldingmi? deydi onam.
deganga ohsherkan

Ferry_BAY
09-02-2007, 12:42 PM
esimga tushib ketti!!!Uqituvchimiz bulardi !!!!!Turk tildan!!!
esankirab qolsang Okuzu trena baktigi gibi bakma!!! deb qolardi !!!
dars kimda kim esnab qolsan ogizni yummasa kurib qolsa!!!!
Ach ach daha 200 merte ach!!! deb quyardi!!!!!

zula
09-04-2007, 12:33 AM
Maktabda o'qib yurgan paytlarimda u bu joyga boraman deb orzularga berilsam - oyim "Peshonangni hudo ochsin" derdilar :D

serenity
09-04-2007, 05:38 PM
Maktabda o'qib yurgan paytlarimda u bu joyga boraman deb orzularga berilsam - oyim "Peshonangni hudo ochsin" derdilar :D


...masalan maktabda,ko'cha kuyda ota ona bolasini yonini olsa(noto'gri ish qigan bo'sayam) boshqa hollardayam bo'lishi mm:
Qora qo'ng'iz bolasini oppog'im derkan :mrgreen:diyishardi:)

keyin yig'itla bir chiroyli qizzi ko'rib
''Voy,asalli qopqog'ikanmi..'' eshitib :shock:bopqomman,shunaqa gapirganla umuman yoqmidie,qizbolaga shunaqa usulda gapirsa..:x
sizga tegishli bo'masayam shunda
voy konservani bo'sh bonkasi divorsez..:rolleyes:

ATDSL
09-13-2007, 09:10 AM
Dadam ko'chada bir oshnasini ko'rib ishib ketgan labiga qarab xa, nima qildi deb so'rasa, xazilkash oshnasi ari bilan o'pishdim degan ekan. Dadam ham sho'xligi tutib, keyingi safar labizi har qayoqqa tutmay faqat og'iz bilan o'pishishga harakat qiling deb maslahat beribdi:cool:

jasonnur
09-15-2007, 01:51 PM
o'ziyam beli bukilmagan gap-de :D:...
onasi o'pmagan qizladan nasib qisin (o'zimga :lool:)

hozir ha onasi o'pmagan lekin onasidan boshqa hamma o'pgan degan gap ishlatiladi

jasonnur
09-15-2007, 01:54 PM
esimga tushib ketti!!!Uqituvchimiz bulardi !!!!!Turk tildan!!!
esankirab qolsang Okuzu trena baktigi gibi bakma!!! deb qolardi !!!
dars kimda kim esnab qolsan ogizni yummasa kurib qolsa!!!!
Ach ach daha 200 merte ach!!! deb quyardi!!!!!

hozir:buncha katta ochma sinfni yutvorsan.... deyishadi

Masud
10-11-2007, 02:18 PM
Hozir Asadbek ochgan mavzuni o'qib bir gap esga tushib ketdi.

bir ishni eplay olmagan yoki bir momentta eplay olmaganlarga "...eey ...loytepar..." deyishganini eshitganman.
Asadbek aka no offense :)

MUHLIS
10-11-2007, 11:44 PM
Bizning taraflarda futbol o'yinidan chiqqan bitta gap bor:
To'pni tepaman deb havoni tepadiganlarni "shipayaq" deymiz....va ko'chma ma'noda "latta"ga sinonim bo'lib ketgan. :lol:

Mas'ud
10-11-2007, 11:57 PM
Andijonda bir bo'lishsiz fe'l ishlatiladi... Agar birorta mavqei, yoshi yoki mansabi katta odamning gapiga quloq tutmay,beso'roq ish qilinsa unga (ya'ni kichikroq odamga) nisbatan "Meni to'g'atmay qo'ydingmi?" deyishadi... Birinchi eshitganimda juda hayron bo'lgandim (yoshligimda)... Qiziq, ushbu bo'lishsiz fe'lning ildizlari qaerga borib taqalar ekan?...

P.S. ushbu fe'l shakli og'zaki nutqda, faqatgina bo'lishsiz shaklda qo'llaniladi...

erkak#1
10-12-2007, 12:06 AM
...masalan maktabda,ko'cha kuyda ota ona bolasini yonini olsa(noto'gri ish qigan bo'sayam) boshqa hollardayam bo'lishi mm:
Qora qo'ng'iz bolasini oppog'im derkan :mrgreen:diyishardi:)

keyin yig'itla bir chiroyli qizzi ko'rib
''Voy,asalli qopqog'ikanmi..'' eshitib :shock:bopqomman,shunaqa gapirganla umuman yoqmidie,qizbolaga shunaqa usulda gapirsa..:x
sizga tegishli bo'masayam shunda
voy konservani bo'sh bonkasi divorsez..:rolleyes:

"Voy, narsekanmi?" disachi? :mrgreen:

erkak#1
10-12-2007, 12:18 AM
"Sirli sandiq savodxonlik saroyining sakkizming sakkizyuz sakson sakkiz so'mlik sirli sovg'asi sizga!!!" - (c) Logoscience

Han
10-12-2007, 12:24 AM
bitta boboy yugura yugura vokzalga kelsa poezd yurib borayotgan ekan...

shu yerdagi bittasi:
- bobo, nima bo'ldi, poezdga yetolmadizmi? desa, choli tushmagur achchiq qilib:
- Yo'g'e, quvib yubordim qiztaloqni deganmush :) :) :)