PDA

View Full Version : Munisadan Forum (Especially Literature Board) Ahliga_ Salomlar!!!


munisa
06-22-2006, 03:35 AM
Assalomu Alaykum Ahli Forum!

Forumning gullab yashnayotgani bilan Sizlarni, ancha vaqt oralig'idagi tanaffusdan so'ng eng birinchi Threadim bilan o'zimni Tabriklayman!!!

Noo'rin Boardda post qilgan bo'lsam, ming bor uzr, lekin suhbatlarga o'zimdan o'zim aralashib ketolmadim. Postlaringizni siri bosdi, keyin: -"Munisa, bormisiz, qayolarda yo'q bo'lib ketdiz?" - degan gaplaringizni alohida bir threadda, va albatta shu yerda eshitgim keldi :P

Lekin Qoyil, bu yerdagi ajoyib sehrli nazm-u navolarni o'qigach, Adabiyot haqida og'iz ocholmasam kerak, hali yoshlik qilarkanmiz degan hayolga keldim.

Hudo hohlasa, imkon boricha hech yo'q o'qib bahramand bo'lish uchun kirib turaman.

Allohga omonat bo'linglar.

Hurmat bilan,
Munisa.

Mumintoy
06-22-2006, 08:28 PM
salom, mana deyabman, hali hech kim demagan ekan:
Munisa, bormisiz, qayolarda yo'q bo'lib ketdiz?
lekin men sizzi tanimimanku :-(


p.s. men ham yangi userman

munisa
06-22-2006, 10:31 PM
lol

hmda,,,, aytib o'tish esimdan chiqibdi - o'zi tanish bilishlardan bu yerda barmoq bilan sanarlilar qolgan ekan. Hotya, avval ham unchali ko'p emasdi. Asosan Maftuna opam, Adiba opam, Asadbek akalar,,,,

Asadbek aka Nemkaga uylanmoqchi bo'lardilar, Men cowboyjonga yor bo'laman deb yurardim, orada Maftuna opamni talashib ham turardik :) Ular bo'lsa mana sizlarga deb Toshkonlilarga sotilib ketishdi :) O'zi ohirgi payt Markaz kuchli chiqib qolyabdi shu borada ;)

Adiba opajon!!!!!! Sog'-salomat, o'ynab kulib yuribsizmi? Juddddddddda ajoyib she'rlaringiz bor edi-da!!! Birortalaringiz kitob-mitob chop qildinglarmi???

Aytganday, Asadbek aka, mani "Munisam"ga parolni vosstanovit' qib berilar, iltimos!! U paytdagi register qilingan e-mailim hozirda yo'q :( Nima qilishimi kerak??

BIBIHONUM
06-23-2006, 12:29 AM
Assalomu Alaykum Ahli Forum!

Forumning gullab yashnayotgani bilan Sizlarni, ancha vaqt oralig'idagi tanaffusdan so'ng eng birinchi Threadim bilan o'zimni Tabriklayman!!!

Noo'rin Boardda post qilgan bo'lsam, ming bor uzr, lekin suhbatlarga o'zimdan o'zim aralashib ketolmadim. Postlaringizni siri bosdi, keyin: -"Munisa, bormisiz, qayolarda yo'q bo'lib ketdiz?" - degan gaplaringizni alohida bir threadda, va albatta shu yerda eshitgim keldi :P

Lekin Qoyil, bu yerdagi ajoyib sehrli nazm-u navolarni o'qigach, Adabiyot haqida og'iz ocholmasam kerak, hali yoshlik qilarkanmiz degan hayolga keldim.

Hudo hohlasa, imkon boricha hech yo'q o'qib bahramand bo'lish uchun kirib turaman.

Allohga omonat bo'linglar.

Hurmat bilan,
Munisa.Munisaaaa...:)
Assalomu alaykum!
Bormisiz? Ko'rinmay ketdingiz? Sizni yana forumda ko'rganimdan xursandman...

Welcome back !!!


Aylanaman, dunyo kezib aylanaman,
Sherlaringiz o’qib doim o’ylanaman.
O’zbegimni beklaridan hafa bo’lib,
Cowboyjonga yor bo’ldimu?Bilolmayman..

Nemkaga sher bitib,dilni g’ashlar qilgan,
Inglizga sher bitsak yana rashklar qilgan.
O’zbek qizin gavharligin endi bilgan,
Beklar mulzam.. “o’zbek qizga uylanaman!”

So’zlaridan Kumush so’zi alqib turgan,
Chehrasida offtob nuri balqib turgan.
Sherlarini o’qib tashna dillar to’lgan,
Ta’rifingiz topolmayin qiynalaman..

Soch o’stirib,uzun ko’ylak,do’ppi kiyib,
Non yopsangiz nemka qoldi ichi kuyib.:o
Xush kelibsiz! Yo’laklardan behi terib,
O’zbegoyim yo’lingizga shaylanaman… :)

Malika
06-23-2006, 02:23 AM
Assalomu Aleykum
Xush Kelibsiz:)
forumga yanada go'zallik baxsh etasiz degan niyatdaman

Asadbek
06-23-2006, 06:15 AM
Forum.Uz adabiyot bog'ining bir paytlardagi sho'x singlimiz qaytib kelibdiyu :)
Xush kelibsiz Munisa!

Sizning ancha vaqt bedarak ketganingizdan, rostdan biror Cowboyga tegib ketdimikin, deb yurgandik. :)
Adiba opamiz esa, xabaringiz bo'lsa, vohamizning bir alp yigitiga turmushga chiqib, bitta o'g'illik bo'ldilar. Ayni vaqtda pochchamiz bilan Germaniyada yuribdi. Forumga kirishga deyarli vaqti yo'q... Telefonlashib qolsak, barcha forumdoshlarga salom deb turadi.

Nemka deysizmi? Hali nemkaga deb yozilgan bu she'rlar uchun yangangizdan ko'p o'qlov yeyishim bor :)

Kitob esa hali chiqarmadik. Xudo hohlasa, yaqin orada Toshkentda Forumda adabiyot bog'ini parvarish etib kelgan ul qadrdon do'stlar bilan uchrashib qolsak, bu niyatni amalga oshirish xususida amaliy ishlar boshlarmiz.
Forumda esa mana bizni vaqtimiz ham o'tyapti... Endi sizlar qaytibsiz. Yosh ijodkorlar Forumning pana joylarida yashirinib yurishibdi, qulay vaqtni poylab. U talantlarni yuzaga chiqarish kerak :) Ular bilan birgalikda Forumni yashnatingizlar! :)

Yana bir bor Forumimizda xush ko'rdik!

elDoraDo
06-23-2006, 06:27 AM
:)

Judayam hursandman.
Qaytib kelganingiz - juda hush bolibdi.
Yangi nicklar ham muborak. :)
Chiroyli salomlar bilan

munisa
06-23-2006, 07:05 AM
Hozir yig'lavoraman :cry: Bu hursandchilik ko'z yoshlari albatta!!!

Mani haliyam tanisslarmi???????? Rahmat kottakon! Judayam hursand bo'ldim iliq welcomelarni ko'rib :)

elDoraDo!!! Sizda ham, boshqalarda ham, o'sha paytlardan buyon hayotida faqat va faqat yahshiliklar, yahshi tomonlarga buyuk o'zgarishlar bo'lib o'tdi deb umid qilaman.

Asadbek, Adiba opamlarga meni nomimdan ham salom aytib qo'yinglar, iltimos!

Malika, Sizga ham tashakkur! Aytganday, menga ham 'official' rahmat aytishni o'rgatib qo'yilar, iltimos :)

Hechkim Opajon:

Opajonim, qulluq, qulluq hamdlaringiz,
Mehr ila zar sepilgan baytlaringiz,
Ko’ngil shodon davrangiza kirib qayta,
Hech so’nmasin bu latofat,,,,,,,,,,shahdlaringiz…

O’zbegimga deyman doim bir jon kerak,
Nari borsa bir piyola ko’k choy kerak,
Bur burda non, havo, dala, ketmon,,tamom,
Sizlardayin shirinsuhan yoron kerak…

Iloyim Do'stliklarga ko'z tegmasin,,,
Hammangizni borizga shukr.

PS. Aytganday, yoooo'g'e - cowboyni rostakasimini uchratmadim ham
hatto :)

Maftuna
07-22-2006, 07:28 PM
Munis singlim, hush kelibsiz! Forumda qayta ko'rishganimizdan hursandman.
(Ahli Adabiyot, assalomu alaykum!)
Farg'onaga boshqa kelmadingiz, hayrlasholmay, qaytaverdim. Endi shu yerda diydorlashamiz. Shirali she'rlaringizni o'qish umididaman.

Maftuna.

Mo'jiza
07-22-2006, 08:47 PM
Xush kelibsiz, Munisahon!
Agar o'z ismingiz bo'lsa, chiroyli ismingiz bor ekan.

Yana bir bor forumga xush kelibsiz!

CHOYHONACHI
07-24-2006, 12:09 AM
Assalomu alaykum, Munisa.

Bir porlgan yulduz so'ngsiz samoda,
Gar cho'g'i bitmas bo'lsa bu nursiz fazoda,
Ko'rinsa minglar yillar uzoqta,
Taniymiz, eslaymiz va kutamiz seni, ey Munisa.

Aslida sizni na taniyolyapman na eslayolyapman. Agar siz Forum 2001-2003 sezondagi Ligesida oynagan bo'lsangiz balkim tanip qolarman eski nickiz bilan?

Nima bo'lmaganda ham yana takror hush kelibsiz ...

Omadla
CHOYHONACHI