PDA

View Full Version : Ustoz


Fifi
06-22-2006, 01:41 PM
Assalomu alaykum wr,wb.

Ushbu forumda, nihoyatda, ko'p she'riyat shaydolarini uchrataman, ammo ularning she'rlaridan har doim sog'inch, alam, iztirob hidi keladi, xolos.

Hayotingizda, albatta, Ustoz degan insonlar ham o'ziga yarasha rol o'ynashgan. Qolaversa, birinchi bo'lib qo'lingizga qalamni tutqazgan inson ustozdir.


Ustozingizga atab bitgan she'rlaringizni shu yerda qoldirishingizni istayman.

Marhamat, so'z sizlarga.

Malika
06-26-2006, 03:07 AM
Assalomu Aleykum
Darhaqiqat ustozlarimizning bizni deb chakkan zahmatiyu-mashshsaqatlari, mehnatlari juda katta va beqiyos. Ularga atab har qancha she'r bitsak ham, qancha ta'rif qilsak ham oz.

bu she'rni 4-sinfni bitirish arafasida uqituvchim shuni aytasan deb manga bergandi, buni qarangki, hozir threadini uqib esimga tushib ketdi :D
endi shartga muvofiq o'zim bitgan emasman, lekin o'zim bitganim ham bo'lib qolar...
marhamat:

Aziz ustozim
Men sizning bir parcha yuragingiz,
Aziz boshingizdagi bir tola oq mendandir
Ozgina oqlay olsam umid-u-tilagingiz,
Qarshingizda bosh egib ta'zim qilmoq mendandir

(xatolari bo'lsa uzr, qisman esimda qolgan bo'lishi mumkin)