PDA

View Full Version : O'zbek maqollarida - Yigitlarimiz haqida

Nilufarxon
06-23-2006, 05:11 AM
Keling bugun yigitlarimiz haqida ham bahs yuritamiz.

Nima ucundir xalq maqollarida erkak kishini juda jasur, bir aytgan so'zidan qaytmaydigan, g'ururli, mehnatkash qilib ko'rsatishadi.

Aslida ham shundaymikan? Masalan bir necha maqolni olsak:

Erkak so'zidan - arslon izidan qaytmaydi.

Bugungi forumimiz orasida ham shunday bir so'zidan qaytmaydigan yigitlarimiz bormi? (Faqat yaxshi ma'noda)
Yoki bo'lmasam:

Bir yigitga qirq hunar oz.

Hurmatli yigitlar siz bunga nima deysiz? Chindan ham bir yigitga qirq hunar ozmi? Siz o'zingizning nechta hunaringiz bor?

Qizlar siz bunga nima deysiz? Erkak kishiga nechta hunar yetarli deb o'ylaysiz? Menimcha bir yigitga 10 dan ortiq hunar ham yetarlidir? Hamma narsadan oz-oz bilguncha, bir yoki ikki hunarni mukammal bilgani yaxshi emasmi?

Asadbek
06-23-2006, 06:00 AM
Assalomu alaykum!

Nima uchundir xalq maqollarida erkak kishini juda jasur, bir aytgan so'zidan qaytmaydigan, g'ururli, mehnatkash qilib ko'rsatishadi.Aha, haqiqatda ham, biz erkaklar nima uchundir shunaqamiz... :)

Aslida ham shundaymikan? Masalan bir necha maqolni olsak:

Erkak so'zidan - arslon izidan qaytmaydi.

Bugungi forumimiz orasida ham shunday bir so'zidan qaytmaydigan yigitlarimiz bormi? (Faqat yaxshi ma'noda)Bu provokaciya bo'libdi siz tomoningizdan (garchi buni istamagan bo'lsangiz-da...)
Bu, deylik, qizlarga qarab "Siz rostdan ham go'zalmisiz?" deb savol bergandek bo'libdi...

Yoki bo'lmasam:

Bir yigitga qirq hunar oz.

Hurmatli yigitlar siz bunga nima deysiz? Chindan ham bir yigitga qirq hunar ozmi? Siz o'zingizning nechta hunaringiz bor? Shunaqa. Har bir egallangan hunarning kezi kelganda foydasi tegadi...

R.Azimov
06-23-2006, 08:21 AM
Bugungi forumimiz orasida ham shunday bir so'zidan qaytmaydigan yigitlarimiz bormi? (Faqat yaxshi ma'noda)
Yoki bo'lmasam:

Bir yigitga qirq hunar oz.

Hurmatli yigitlar siz bunga nima deysiz? Chindan ham bir yigitga qirq hunar ozmi? Siz o'zingizning nechta hunaringiz bor?

Bor bor, nima xizmat?

40 ta hunar nima bo'pti hozir yigitlarga...

Biror yordam kerak bo'lsa marhamat.

R.A.

mimoza
06-23-2006, 08:34 AM
Bu, deylik, qizlarga qarab "Siz rostdan ham go'zalmisiz?" deb savol bergandek bo'libdi...
Bu savol bilan boshqa savollarni ortasida bogliqlik ko´rmadim men m-n. Hozirgi aellar ham erkaklarni vazifasini oz zimmasiga olib, uddasidan ham chiqaetgan v.h.k.z.h.k.z..... bir paytda, bunga oxshagan maqollar ozini aktualligini joqotmayaptimikan? Qiziqarli tema, menga eqdi.

Nilufarxon
06-23-2006, 09:31 AM
Bu provokaciya bo'libdi siz tomoningizdan (garchi buni istamagan bo'lsangiz-da...)
Bu, deylik, qizlarga qarab "Siz rostdan ham go'zalmisiz?" deb savol bergandek bo'libdi...

Umuman olganda men bu yerda hech kimga qarshi yoki teyg'izib ham gapirayotganim yo'q.

Menga shunchaki qiziqligi, rostdan ham erkak kishiga 40 hunar ozmikan? Xalq maqollariga qarab ish tutadigan bo'lsak, bir yigit kamida qirq hunarni egallashi kerak, agar undan ham ko'p bo'lmasa.

Misol uchun qanday hunarlarni - biz qirq hunarning ichiga kirgizishimiz mumkin?

kingdom
06-23-2006, 10:08 AM
Qirq hunarni biladigan odam bumasayam kerak!Busayam hech kim bilmasa kerak!:lol:

BIBIHONUM
06-23-2006, 10:15 AM
Siz rostdan ham go'zalmisiz?" -Bu savol bilan boshqa savollarni ortasida bogliqlik ko´rmadim men m-n. Hozirgi aellar ham erkaklarni vazifasini oz zimmasiga olib, uddasidan ham chiqaetgan v.h.k.z.h.k.z..... bir paytda, bunga oxshagan maqollar ozini aktualligini joqotmayaptimikan? Qiziqarli tema, menga eqdi.Assalomu alaykum!
Avvalo,bu savol menga tegishli bo'lmagani,unga javob berayotganim uchun uzr so'rayman..
Erkak so'zidan - arslon izidan qaytmaydi.
Bekning so'zlarida jon bor.Endi, biror yigitga shu savolni berib ko'ring.Javobini tasavvur qiling..:)
Xullas,siz aytgandek ishbilarmonlikda erkaklardan-da qolishmaydigan,qop ko'tarib erkaklarni-da ishini bajaradigan ayollarimiz talaygina topiladi.Lekin ham ona,ham ota vazifasini bajarayotgan erkaklar ham kam emas...

BIBIHONUM
06-23-2006, 10:18 AM
Qirq hunarni biladigan odam bumasayam kerak!Busayam hech kim bilmasa kerak!:lol:Hechkim biladi..:) Kimligini aytmasam ham forum ahli juda yaxshi bilishadi...;) Bek nima demadiz?:)

Bor bor, nima xizmat?

40 ta hunar nima bo'pti hozir yigitlarga...

Biror yordam kerak bo'lsa marhamat.
Bor,albatta xizmat bor.Aniqrog'i iltimos..
Kelinoyimga ulashgan har quvonchingiz,mehringiz va bahtingiz bizdan sizga katta xizmat(iltimosli)..;)

mimoza
06-23-2006, 10:36 AM
Hechkim biladi..:) Kimligini aytmasam ham forum ahli juda yaxshi bilishadi...;) Bek nima demadiz?:)
ooooh, havasimizni keltirdingiz ;) . Salom Sizga ham.

Bor,albatta xizmat bor.Aniqrog'i iltimos..
Kelinoyimga ulashgan har quvonchingiz,mehringiz va bahtingiz bizdan sizga katta xizmat(iltimosli)..;)Sizni togri tushundim, deb ishonaman?
Agarda bu narsalarni xizmat qilib belgilasangiz, demak ozingiz ham ishonmajsiz, erkaklar haqidagi pozitiv oylashingizga :). Bu narsalarni aellarni qolidan kelmaydimi? Ularga boshqa erkaklarni vazifasini beringda: otin chopishme, dalada yer chopishmi shunga oxshash fizicheski vazifalarni.

BIBIHONUM
06-23-2006, 11:05 AM
ooooh, havasimizni keltirdingiz ;) . Salom Sizga ham.Wa alaykum assalom!
ahhh,Mimozaxon, o'zimmiyam havasim kelyapti..:)

Sizni togri tushundim, deb ishonaman?
Agarda bu narsalarni xizmat qilib belgilasangiz, demak ozingiz ham ishonmajsiz, erkaklar haqidagi pozitiv oylashingizga :). Bu narsalarni aellarni qolidan kelmaydimi? Ularga boshqa erkaklarni vazifasini beringda: otin chopishme, dalada yer chopishmi shunga oxshash fizicheski vazifalarni. U vazifalarni endi kelinoyimga topshiraqolaylik...
Yer chopish,o'tin maydalash faqat erkak kishining vazifasi deb o'ylamayman.Axir bizning ham qo'limizdan keladiku? Oila ishlariga ulgurolsak,ortsak ularga ko'maklashib oz bo'lsa-da og'irlarini yengil qilish nahotki qo'limizdan kelmaydi?
Ertadan kechgacha yer chopadi,o'tin maydalaydi va hokazo.. kim uchun? Oila,farzand va bizning bahtimiz uchun emasmi? Endi o'sha iltimoslarim shu bahtning ichida mujassamligini anglagan bo'lsangiz kerak ?
Bilaman,bu kabi masalalarni o'ylashga fikr bildirishga aqlim ojiz.Shunday bo'lsa-da o'z fikrimni bildirdim xolos...:)

Asadbek
06-23-2006, 11:40 AM
Bu savol bilan boshqa savollarni ortasida bogliqlik ko´rmadim men m-n.Buni ajablanarli joyi yo'q...
Chunki hozir yigitlar sizga qarab "Siz rostdan ham go'zalmisiz?" deb savol berishmadi.
Mavzu muallifi Nilufarxon esa biz yigitlarga qarab, "rostdan oralaringizda bir so'zidan qaytmaydiganlaringiz bormi?" deyapti. Nima, Forum yigitlari bir so'zidan qaytadiganlarmi, shunaqa bo'lib qolishdimi? Bu oriyatga tegish deyiladi...
Agar tushunib olmagan bo'lsangiz, men bir narsa demoqqa ojizman...

Hozirgi aellar ham erkaklarni vazifasini oz zimmasiga olib, uddasidan ham chiqaetgan v.h.k.z.h.k.z..... bir paytda, bunga oxshagan maqollar ozini aktualligini joqotmayaptimikan? Qiziqarli tema, menga eqdi.
Yo'q, maqollar dolzarbligini yo'qotgani yo'q... Hozirgi vaziyatga boshqa maqollar bor, izlab topish kerak xolos...

Asadbek
06-23-2006, 11:54 AM
Menga shunchaki qiziqligi, rostdan ham erkak kishiga 40 hunar ozmikan? Xalq maqollariga qarab ish tutadigan bo'lsak, bir yigit kamida qirq hunarni egallashi kerak, agar undan ham ko'p bo'lmasa.Ha, 40 hunar oz :)
Har kim eplolganicha hunar o'rganadi, uni o'zlashtiradi...
Bir yigitga 40 hunar ham oz. - Bu maqolning zamirida ishbilarmonlik, uddaburonlik, mehnatsevarlik, unumlilik kabi sifatlar bor aslida.

Misol uchun qanday hunarlarni - biz qirq hunarning ichiga kirgizishimiz mumkin?
Hunarlarning sanog'i yo'q...

Non yopa bilish (novvoylik),
dehqonchilik ishlari (yer chopa olish, biror hosil yetishtira olish),
bog'bonchilik ishlari (daraxtlarga ishlov bera olish v.h.),
o'qituvchilik qila olish,
uy qura olish (cement qorib, poydevor qo'ya olish, loy qora bilish, paxsa ura olish),
yog'ochga ishlov bera olish (duradgorlik ishlaridan xabardorlik),
transport vositasini boshqara bilish (traktorlar ham kiradi ;) ),
transport vositalarini sozlay bilish (birdan ustaga yugurmasdan :) ),
sartaroshlik qila olish,..
va hokazo, va hokazo...

Sanab adog'iga yetish qiyin xullas :)

mimoza
06-23-2006, 12:15 PM
Buni ajablanarli joyi yo'q...
Chunki hozir yigitlar sizga qarab "Siz rostdan ham go'zalmisiz?" deb savol berishmadi.bu savolni qaysi situaciyada beriladi? Albatta tushundim nima haqida gap boryapti.

Mavzu muallifi Nilufarxon esa biz yigitlarga qarab, "rostdan oralaringizda bir so'zidan qaytmaydiganlaringiz bormi?" deyapti. Nima, Forum yigitlari bir so'zidan qaytadiganlarmi, shunaqa bo'lib qolishdimi? Bu oriyatga tegish deyiladi...
Agar tushunib olmagan bo'lsangiz, men bir narsa demoqqa ojizman...

Yo'q, maqollar dolzarbligini yo'qotgani yo'q... Hozirgi vaziyatga boshqa maqollar bor, izlab topish kerak xolos...
Agarda shundaj deb savolni qo´jgan bosalar Nilufarxon, unda bu temada diskussiya qilishni keragi joq. Qaysi vaziyatni nazarda tutdingiz "hozirgi vaziyat" bilan :)?

Nilufarxon
06-23-2006, 12:22 PM
Buni ajablanarli joyi yo'q...
Chunki hozir yigitlar sizga qarab "Siz rostdan ham go'zalmisiz?" deb savol berishmadi.
Mavzu muallifi Nilufarxon esa biz yigitlarga qarab, "rostdan oralaringizda bir so'zidan qaytmaydiganlaringiz bormi?" deyapti. Nima, Forum yigitlari bir so'zidan qaytadiganlarmi, shunaqa bo'lib qolishdimi? Bu oriyatga tegish deyiladi...
Agar tushunib olmagan bo'lsangiz, men bir narsa demoqqa ojizman...Hurmatli Asadbek.

Men "rostdan oralaringizda bir so'zidan qaytmaydiganlar bormi?" degan savolimga siz - ha, masalan falonchi, falonchilar desangiz bo'ldi edi.
Negaki sizning ham ba'zi forumdosh yigitlarga qarata jaxl bilan aytgan gaplaringizni o'qigan edim.:x

Shundan kelib chiqib, siz ham barcha yigitlar bir so'zidan qaytmaydiganlar deya olmaysizku, to'g'rimi?:rolleyes:

Nega deganda sizga "Xo'p" Asadbek aka, boshqa unday demaymiz, deb turib, keyin yana o'z bilganlaridan qolmaydigan forumdosh yigitlarimiz ham yo'q emas albatta.

Men yana takrorlayman, men bu gaplarim bilan hech kimning sha'niga, oriyatiga tegmoqchi ham emasman. Meni faqat shu maqollardagi gaplar nechog'lik real hayotimizga to'g'ri kelishini bilish.

Masalan men turmush o'rtog'imga: - Keling sizning nechta hunaringiz bor ekan, deb hisoblaganimizda 10 tacha chiqqan edi.:D (Albatta ba'zilar uchun qalloblik ham, firibgarlik va shu kabilar ham hunar)

Shuning uchun kelinglar, faqat maqollarni sharhlasak.

Umuman bu maqollar o'zbek xalq maqollari, men o'z ichimdan to'qib chiqarmaganman, faqatgina sizning e'tiboringizni yanada jalb ettim xolos.

Shunday ekan bu yerda bo'layotgan gaplar faqatgina forumdagi yigitlar haqida emas, umuman o'zbek yigitlarimizga tegishli.;)

Martingale
06-23-2006, 12:25 PM
bekorchi, dangasa, ishyoqmaslik, uyquchilik, har doim kech qolish singari hilma hil hunarlarni egasiman.

Nilufarxon
06-23-2006, 12:29 PM
Ha, 40 hunar oz :)
Har kim eplolganicha hunar o'rganadi, uni o'zlashtiradi...
Bir yigitga 40 hunar ham oz. - Bu maqolning zamirida ishbilarmonlik, uddaburonlik, mehnatsevarlik, unumlilik kabi sifatlar bor aslida.

Hunarlarning sanog'i yo'q...

Non yopa bilish (novvoylik),
dehqonchilik ishlari (yer chopa olish, biror hosil yetishtira olish),
bog'bonchilik ishlari (daraxtlarga ishlov bera olish v.h.),
o'qituvchilik qila olish,
uy qura olish (cement qorib, poydevor qo'ya olish, loy qora bilish, paxsa ura olish),
yog'ochga ishlov bera olish (duradgorlik ishlaridan xabardorlik),
transport vositasini boshqara bilish (traktorlar ham kiradi ;) ),
transport vositalarini sozlay bilish (birdan ustaga yugurmasdan :) ),
sartaroshlik qila olish,..
va hokazo, va hokazo...

Sanab adog'iga yetish qiyin xullas :)

Qoyil sizga, bo'larkanu.

Yigitlarimiz nomidan chiqib gapirishni boshlab beribsiz, Qani boshqa yigitlardan ham Shunday fikrlarni kutib qolamiz.

Yoki...

NozChik
06-23-2006, 01:48 PM
Ha, 40 hunar oz :)
Har kim eplolganicha hunar o'rganadi, uni o'zlashtiradi...
Bir yigitga 40 hunar ham oz. - Bu maqolning zamirida ishbilarmonlik, uddaburonlik, mehnatsevarlik, unumlilik kabi sifatlar bor aslida.

Hunarlarning sanog'i yo'q...

Non yopa bilish (novvoylik),
dehqonchilik ishlari (yer chopa olish, biror hosil yetishtira olish),
bog'bonchilik ishlari (daraxtlarga ishlov bera olish v.h.),
o'qituvchilik qila olish,
uy qura olish (cement qorib, poydevor qo'ya olish, loy qora bilish, paxsa ura olish),
yog'ochga ishlov bera olish (duradgorlik ishlaridan xabardorlik),
transport vositasini boshqara bilish (traktorlar ham kiradi ;) ),
transport vositalarini sozlay bilish (birdan ustaga yugurmasdan :) ),
sartaroshlik qila olish,..
va hokazo, va hokazo...

Sanab adog'iga yetish qiyin xullas :)

Salom Asadbek aka bu uzizi kulizdan kelgan hunarlarni keltirgan bulsangiz :shock: "noyob exponat"ga kirar ekansiz:rolleyes: kup yashang, sizdak humarmand bollarimiz kupaesin ;) .
Forumdoshlar bu Asadbek akamizi Qizil kitobga kiritish kerak.:) Hechkim singlim haqqatdan ham lotereya yutvogan ekan siz (jk) Bahtli buling iloyim. Hamma hunarlarini huzurini kuring.

bekorchi, dangasa, ishyoqmaslik, uyquchilik, har doim kech qolish singari hilma hil hunarlarni egasiman.

Martingale kechirasiz endi. Yuqoridagi gaplariz hunar emas nuqsonga kuproq uhshar ekan.:? :rolleyes:

lobar
06-23-2006, 02:49 PM
Ha, 40 hunar oz :)
Har kim eplolganicha hunar o'rganadi, uni o'zlashtiradi...
Bir yigitga 40 hunar ham oz. - Bu maqolning zamirida ishbilarmonlik, uddaburonlik, mehnatsevarlik, unumlilik kabi sifatlar bor aslida.

Hunarlarning sanog'i yo'q...

Non yopa bilish (novvoylik),
dehqonchilik ishlari (yer chopa olish, biror hosil yetishtira olish),
bog'bonchilik ishlari (daraxtlarga ishlov bera olish v.h.),
o'qituvchilik qila olish,
uy qura olish (cement qorib, poydevor qo'ya olish, loy qora bilish, paxsa ura olish),
yog'ochga ishlov bera olish (duradgorlik ishlaridan xabardorlik),
transport vositasini boshqara bilish (traktorlar ham kiradi ;) ),
transport vositalarini sozlay bilish (birdan ustaga yugurmasdan :) ),
sartaroshlik qila olish,..
va hokazo, va hokazo...

Sanab adog'iga yetish qiyin xullas :)
bu ishlar ayollarning ham qo'lidan bemalol keladiku, ammo nimaga ayolga 40 hunar oz degan maqol yo'giykin aa?:oops:

Wolfman
06-23-2006, 03:32 PM
yo'q teskarisi bo'lishi kerak:

Arslon so'zidan, yigit izidan qaytmaydi :lol: mayli hazil-de.

Keling bugun yigitlarimiz haqida ham bahs yuritamiz.

Nima ucundir xalq maqollarida erkak kishini juda jasur, bir aytgan so'zidan qaytmaydigan, g'ururli, mehnatkash qilib ko'rsatishadi.

Aslida ham shundaymikan? Masalan bir necha maqolni olsak:

Erkak so'zidan - arslon izidan qaytmaydi.

Bugungi forumimiz orasida ham shunday bir so'zidan qaytmaydigan yigitlarimiz bormi? (Faqat yaxshi ma'noda)

ozgina mubolag'a san'ati bilan aytilgan maqol. manimcha bu maqolni muayyan yigitning bir yumushni qila olishini tushunish kerak, butun kasbning ikir chikiri bilan emas. masalan mani qo'limdan asosiy kasbimdan tashqari:

kompyuter, tv, radio, audio sozlash,
turli xildagi ovqat pishirish, konservalash, non yopishni bilmayman lekin.
duradgorlik: uy buyumlarini yasash, dadamning turli stanoklarini ishlatish, ...
bollarga turli fanlardan, tillardan dars berish, ...
dehqonchilik: ekinlar ekish parvarishlash: tegini chopish, sug'orish..., hosil yig'ish, o'roq bilan o'rish (qo'l va belo'roqda), ...
chorvadorlik: boqish, parvarish (tug'ayotganda doyalik qilish ham :)), qo'y qaychida junini olish, so'yish (tappi quyish ham :lol:)...
uy qurish: g'isht quyish, beton quyish, suvoq, tomlash, ...
kaltaklashish, :lol: kurashish, kamonda otish, sochma o'qli miltiqda otish...

40 taga borib qolmadimi?

Wolf

Yoki bo'lmasam:

Bir yigitga qirq hunar oz.

Hurmatli yigitlar siz bunga nima deysiz? Chindan ham bir yigitga qirq hunar ozmi? Siz o'zingizning nechta hunaringiz bor?

Qizlar siz bunga nima deysiz? Erkak kishiga nechta hunar yetarli deb o'ylaysiz? Menimcha bir yigitga 10 dan ortiq hunar ham yetarlidir? Hamma narsadan oz-oz bilguncha, bir yoki ikki hunarni mukammal bilgani yaxshi emasmi?[/QUOTE]

kingdom
06-23-2006, 05:40 PM
postlarni uqib uzim ham 40tadan ortiq hunarni bilishimni bugun bilib oldim!:lol:

Alesser
06-23-2006, 06:09 PM
Yigit kishi qaerda va qay holatda bulmasin hamisha yigitligini qilish kerak... Uziga uzi javob berib, bergan suzini yoki gapirgan gapini ustidan chiqishi lozim.

Ayol kishi baribir ojiz va nafis buladi, shuning uchun yigit kishi ayolga moddiy va ma'naviy yordam qilish uchun, qulidan kup ishlar kelishi kerak, bundan tashqari hayotda har xil vaziyatlar buladi va har qanday yahshi hunar albatta asqotadi.....

Nilufarxon
06-24-2006, 08:01 AM
yo'q teskarisi bo'lishi kerak:

Arslon so'zidan, yigit izidan qaytmaydi :lol: mayli hazil-de.

ozgina mubolag'a san'ati bilan aytilgan maqol. manimcha bu maqolni muayyan yigitning bir yumushni qila olishini tushunish kerak, butun kasbning ikir chikiri bilan emas. masalan mani qo'limdan asosiy kasbimdan tashqari:

kompyuter, tv, radio, audio sozlash,
turli xildagi ovqat pishirish, konservalash, non yopishni bilmayman lekin.
duradgorlik: uy buyumlarini yasash, dadamning turli stanoklarini ishlatish, ...
bollarga turli fanlardan, tillardan dars berish, ...
dehqonchilik: ekinlar ekish parvarishlash: tegini chopish, sug'orish..., hosil yig'ish, o'roq bilan o'rish (qo'l va belo'roqda), ...
chorvadorlik: boqish, parvarish (tug'ayotganda doyalik qilish ham :)), qo'y qaychida junini olish, so'yish (tappi quyish ham :lol:)...
uy qurish: g'isht quyish, beton quyish, suvoq, tomlash, ...
kaltaklashish, :lol: kurashish, kamonda otish, sochma o'qli miltiqda otish...

40 taga borib qolmadimi?

Wolf

[/quote]

Nima uchundir oxirgi paytlarda Wolfmanning fikrlari menga tobora ko'proq yoqyapti.

Birovni chaynash yo'q, gapning po'stkallasini javob berib qo'ya qolarkan.

Mana shunaqa bo'lsada barcha yigitlarimiz. Hunarlari ham oz-munchami?

Xullas qani yigitlar bir o'zlaringizning hunaringizni, biz qizlarga bir ko'rsatingchi. (Hech bo'lmaganda yozib)

Biz ham faxrlanaylik o'zbek yigitlarining ham qo'lidan bir qancha hunarlar kelarkan deb, a-a-a-a nima dediz yigitlar?

Malika
06-26-2006, 03:21 AM
bu ishlar ayollarning ham qo'lidan bemalol keladiku, ammo nimaga ayolga 40 hunar oz degan maqol yo'giykin aa?:oops:

Lobarxon, balki o'zimiz o'ylab toparmiz-a? NIma dediz?;)
manimcha, qizlarga bu maqolni keragi yuq, chunki sanab-sanamay o'tiriboq qizlarni hunari shundog'am yigitlanikidan oshiiiiiiiib ketadi:lol:
Qizlar, ayniqsa o'zbek qizlari azal-azaldan "besh qo'li- besh hunar"(mana maqol ham chiqib qoldi), hamma ishni qoyillatishadi.

P.S: yigitlarimiz , endi yuqoridagi gaplarni ko'ngillarizga yaqin olmanglar:)

Amiri Turkiston
06-26-2006, 04:44 AM

yigitlarda ko'pincha 40 tacha bulsa ...ayollarda son-sanoqsiz...qoyil qolish kerak ...shuncha narsa eplashadi

ko'pincha shu narsani guvohi bulamande ... ayollar yigitlardan ko'proq ish qilishadi...lekin baribir erkaklarni hurmatini joyiga qo'yib ...jaa ko'p ish qilib yubordiz ..dadasi ozgina dam oling deb turishadi

Nilufarxon
06-26-2006, 05:10 AM

Ayollarimizning joni ham 40 tada, "bechora erkaklarimizniki bittagina". Shuning uchun biz ayollar erkaklarimizni ayab turamiz. Yulduz Usmonovaning bir ashulasi bor edi: "Erkaklarni asrang, ayollar" degan.

Ja-a shu Amirimiz biz qizlarning yonini olgandek bo'lib turadilarda, keyin esa...;)

O'zingizning ham yaxshi hunarlariz bordir? Biz qizlarni ham lol qilib qo'yadigan.

Yoki yuqorida qizlarimiz aytayotgandek, siz biladigan hunarlarni qizlarimiz ham uddalay olisharmikan-a? :lol:

Eh, negadir shu yerda ham yigitlarimiz bayroqni bizning qo'limizga topshirib qo'yishyapti.:D

Amiri Turkiston
06-26-2006, 07:37 AM
O'zingizning ham yaxshi hunarlariz bordir? Biz qizlarni ham lol qilib qo'yadigan.

ho'sh hozir engimni shimarib boshlayman ...:

1. ekin-tekinga qarashni bilaman - el qatori ...lekin mani qo'limdan chiqqan pamildorilar yomon shirin buladi

2. tovuq / qo'ylarga qarashni ...ko'chaga olib chiqmasdan demoqchiman :lol:
ovqat povqatini berishni nazarda tutvomman

3. baliqni va qushlarni parvarish qilishni

4. uyni remont qilishni

5. landshaftniy dizayn ..intererni ham extererni qilib tashlaymiz

Endi professionalniy hunarlarimga kelsak:

6. Web-dizayn

7. ozgina HTML va PHP da programmalashni

8. Flash da animaciya qilishni

9. tarjimonlik qilishni ham eplimiz

10. Finansoviy analiz / Bizness-plan / TEO larni ham spokoyno qilamiz

11. Marketingovoe va sociologicheskoe issledovaniye ni ham ezib tashimiz

12. Training larni organizovat qilishga ham as miz

13. katta proektlarga dokument tayyorlab ularni probivat qilishni ham oz-moz bilamiz

14. har hil 3 taraflama buladigan uchrashuvlarni olib borishni ham ezib qo'yamiz

...iye buldi shekili....

atigi 14 ta ekan....40 taga etmadi lekin ... hafa bulmaysizlar bundan keyin o'zimni normalniy erkak deb his qila olmayman ...buldi kettim ...o'zimni o'zim osaman :lol:

Nilufarxon
06-29-2006, 12:23 AM

Amiri Turkiston.

Shuncha hunaringiz bor ekan, qoyil qolib o'tiribman.

Shu yerga xafa bo'lmasangiz, -Notiqlik - ya'ni gapga chechanlik, degan hunarini ham qo'shib qo'ygan bo'lardim. Xalqda bir gap borku: "Ish bilganga bir tanga, Gap bilganga ming tanga".;)

Qiziq, nega shuncha hunaringiz bo'la turib, hali ham uylanishga shoshmayapsiz?
Axir shuncha hunaringiz bilan, siz bemalol oila tebrata olasiz degan umiddaman. Yoki Reklamani yaxshi qilisha olisholmayotgandir, menga qo'yib bera qoling.

Faqat kimdan boshlashni aytsangiz, bo'ldi?:lol:

Kimdir yo'lingizga to'g'anoq bo'layotgan bo'lsa, Lady G xonimga aytsangiz bas, o'zlari tinchitadilar.
Sovchilikka ham balki onangiz men va Lady G xonimni birga olib olsalar bo'ldi, menimcha. To'g'rimi Lady G xonim?

Prezidentimiz aytganlaridek:"Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak". Biz ham savob ishga bosh qo'shsak nima bo'pti?

Nilufarxon
06-29-2006, 12:41 AM
Ha, 40 hunar oz :)
Har kim eplolganicha hunar o'rganadi, uni o'zlashtiradi...
Bir yigitga 40 hunar ham oz. - Bu maqolning zamirida ishbilarmonlik, uddaburonlik, mehnatsevarlik, unumlilik kabi sifatlar bor aslida.

Hunarlarning sanog'i yo'q...

Non yopa bilish (novvoylik),
dehqonchilik ishlari (yer chopa olish, biror hosil yetishtira olish),
bog'bonchilik ishlari (daraxtlarga ishlov bera olish v.h.),
o'qituvchilik qila olish,
uy qura olish (cement qorib, poydevor qo'ya olish, loy qora bilish, paxsa ura olish),
yog'ochga ishlov bera olish (duradgorlik ishlaridan xabardorlik),
transport vositasini boshqara bilish (traktorlar ham kiradi ;) ),
transport vositalarini sozlay bilish (birdan ustaga yugurmasdan :) ),
sartaroshlik qila olish,..
va hokazo, va hokazo...

Sanab adog'iga yetish qiyin xullas :)
Hurmatli Bek aka.

Savolim uchun oldindan uzr so'rayman.

Mana siz chet davlatda yashayapsiz, to'g'rimi? Bizga bir narsani aytolasizmi, u yerdagi odamlar ham bir inson hamma ishning uddasidan chiqishi kerak deb o'ylaydilarmi?:rolleyes:

Chunki men eshitishim bo'yicha, u yerlarda hamma o'z ishini puxta bilsa bo'ldi. Yani rivojlangan davlatlarda hamma ishni o'z mutaxssisi qilar ekan.

(Menga qiziqligi shundaki, qaynotam turmush o'rtog'imga uydagi ishlarni buyursalar ana shunday aql o'rgatadilar. Ya'ni ularning bu ishlarga ketkizayotgan vaqtlari, slesar yoki boshqa kasab egalari yoki mutaxssislari shu ishga ketkazgan vaqtidan, ancha qimmat turar emish)

Bu bilan ular bu kasb egalarini kamsitib yoki yerga urish maqsadida aytmaydilar, balki, bu ishlarni o'z egalari har kuni qilib yurishganligi uchun tez bajarishadi, deydilar.
Mening esa shu ishga yarim kunim ketadi, bu vaqt ichida men o'z ishimni undan ko'p bajaraman, deydilar.:)

R.Azimov
06-29-2006, 12:54 AM
"Off"-dan boshlay qolaylik. Nilufarxon "signature"ingizdagi web sahifani bir ko'chaga chiqarib aylantirib kelishingiz kerak ekan. Atrofidagi boshqa web sahifalarni ko'rsa zora o'ziga kelib "men doda emas ekanman" -dermidi. Juda maqtanib yuboribdi. ;)(jk)

Hm... demak,

Bu mavzudagi suhbatlar asosan bitta maqol haqida borayotgan ekan. (Yigit kishiga qirq hunar oz)

Maqolning mazmuniga e'tibor beradigan bo'lsak, mening fikrimcha "40 ta hunari bo'lmagan yigit yigit emas", -deyilmagan bu yerda. Asl ma'no: "Yigit kishiga qirq hunar(ham) oz"- deyilganda yigitlar 40 ta hunar bilishlari shart ekanligi emas, ularning qancha ko'p hunar bilsa shunchalik foydali ekanligi aytilayapti.

Nilufarxon esa maqolni boshqacha talqin qilib "Hozirgi yigitlar ham 40 ta hunar bilshadimi(oldingilardek)" degan savolni o'rtaga tashlabdi.

Bir piyola ko'k choyni aylantirib, o'ylab ko'radigan bo'lsak bugungi davr yigitlarida 40 ta emas, 400 tagacha hunar bor.
To'g'ri ko'pchilik duradgorlikni, ganchkorlikni, bedana ovlashni, poyafzal tuzatishni, naqqoshlikni bilmaydi, lekin bu degani ular noshud degani emas. :). Yangi davr, o'ziga xos yangi hunarlardan xabari bor "zato" hozirgilarning.

P.s: Men bilgan hunarlar soni 100 ga yaqin bo'lib, turli xil savatlar to'qishdan tortib "tulkining go'shtini ilonning yog'iga qovurish"gacha bor ekan o'ylab qarasam. :lol:

R.A.

Asadbek
06-29-2006, 01:19 AM
Mana siz chet davlatda yashayapsiz, to'g'rimi? Bizga bir narsani aytolasizmi, u yerdagi odamlar ham bir inson hamma ishning uddasidan chiqishi kerak deb o'ylaydilarmi?:rolleyes:

Chunki men eshitishim bo'yicha, u yerlarda hamma o'z ishini puxta bilsa bo'ldi. Yani rivojlangan davlatlarda hamma ishni o'z mutaxssisi qilar ekan.
Eshitganingiz to'g'ri. Biror ishni o'z mutaxassisi qilgani ancha ma'qul ish ekanligi hamma joyga ham tegishli, ammo amaliyotda bir-biridan farqlar bo'lishi mumkin.
Men o'qib, yashab yurgan tarafda qo'lidan ko'p ish keladigan odamlarga havas bilan qarashadi, ularni maqtashadi. Keyin, oxirgi vaqtlarda biror yangi xodimni ishga olishayotganda, uning o'z mutaxassisligidan tashqari boshqa ishlarni ham eplay oladimi-yo'qmi, kabi narsalarga ham qarashyapti... Albatta bu keng ko'lamda emas, moliyaviy tarafdan kuchli bo'lmagan firma, tashkilotlarda uchraydi. Bor narsa. Biror tashkilot ishchilari sonini qisqartirsa, u yerda qoladiganlari o'z asosiy ishidan tashqari qo'shimcha ishlarni ham qilishlarini so'rashadi...

(Menga qiziqligi shundaki, qaynotam turmush o'rtog'imga uydagi ishlarni buyursalar ana shunday aql o'rgatadilar. Ya'ni ularning bu ishlarga ketkizayotgan vaqtlari, slesar yoki boshqa kasab egalari yoki mutaxssislari shu ishga ketkazgan vaqtidan, ancha qimmat turar emish)
U maqolning zamirida faqat pul bor, deb tushunmaslik kerak...
Rivoyat qilishlaricha, bir zamonlar keksa otasining o'limidan so'ng, yosh shahzoda taxtga o'tiribdi. Yoshligidan yurtni boshqarish ishlarini o'rganib kelgan ekan (demakki, uning asosiy mutaxassisligi yurtni boshqarish, boshqaruv ishi).
Yosh podshoh bir kuni yurtimni bir ko'raychi, deb aylangani chiqibdi. Bir uy yonidan o'taturib, o'sha uyda uy ishlarini qilib yurgan qizga ko'zi tushib, bir zumda oshiqu beqarorga aylanib qoladi. Saroyiga qaytgach, u qizning uyiga sovchi jo'natadi. Qiz sovchi kimdan kelganligini bilgach, uning boshqa hunari bormi-yo'qmi, deb so'raydi. U faqat davlat boshqarishni biladilar, degan javobni eshitgach, Podshohimiz avval bir boshqa ajoyib hunar o'rganib kelsalar, keyin roziligimni beraman, deydi.
Qizning bu gapini eshitgan podshoh o'rgansam-o'rganibman-da, deb yo'lga chiqadi. Ancha-muncha hunarlarni kuzatib, gilam to'qishga qiziqib qoladi va 6 oy deganda gilam to'qish bo'yicha ustaga aylanadi. Saroyiga qaytib, o'zi to'qigan ajoyib gilamni qizga jo'natadi. Qiz to'yga rozilik beradi.
Kunlardan bir kuni podshoh aholidan kelayotgan arz-dodlarni eshitib, o'zim yaqindan bir kuzataychi, deb oddiy odamga o'xshab kiyinib, kechki payt yurt oralaydi. Aksiga olib, uni tungi qaroqchilar qo'lga olishadi va o'z makonlariga olib ketib, undan tirik qolishni istasang, pul topib berasan, kabi shart qo'yishadi. Podshoh asli kimligini bildirmasdan, yonimda hech vaqo yo'q, ammo ajoyib hunar egasiman. men sizlarga bitta gilam to'qib beraman, uni podshoh saroyiga olib borsalaringiz, istagan pullaringizni berishadi, deydi. Unga kerakli asbob-uskunalarni keltirishgach, bir necha kun ichida podshoh ajoyib, qimmatbaho gilamni to'qib bitkazadi. qaroqchilar uni saroyga olib borishadi. Tabiiyki, qimmatbaho gilam keltirgan savdogarlarni malika huzuriga kiritishadi. Malika gilamni ko'zdan kechirgach, bularga istagan pullarini beringlar, deydi. Gilamning chetlariga "Malikam, men ushbu qaroqchilar qo'lida necha kundirki, asirman..." degan yozuv bo'ladi... Qaroqchi-savdogarlar ketishgach, zukko malika ularning izidan askarlarini jo'natib, podshohni ozod ettirib keladi.
Podshoh saroyga qaytgach, malikaga qarab, "Aqlingga balli! Agar o'shanda ushbu hunarni o'rganmaganimda, hozir tirik bo'lmas ekanman..." deydi...

Qissadan hissa shulki, ortiqcha hunarni bilish hech qachon zarar qilmaydi :)
Bu misol rivoyatdagina emas, sizu biz yashab turgan zamonimizda ham uchrab turadi...

Bu bilan ular bu kasb egalarini kamsitib yoki yerga urish maqsadida aytmaydilar, balki, bu ishlarni o'z egalari har kuni qilib yurishganligi uchun tez bajarishadi, deydilar.
Mening esa shu ishga yarim kunim ketadi, bu vaqt ichida men o'z ishimni undan ko'p bajaraman, deydilar.:)To'g'ri gap. "Chumchuq so'ysa ham, qassob so'ysin" deb bekorga aytishmagan. Har kim ham o'z qo'lidan kelganini qiladi :)

Nilufarxon
06-29-2006, 01:21 AM
"Off"-dan boshlay qolaylik. Nilufarxon "signature"ingizdagi web sahifani bir ko'chaga chiqarib aylantirib kelishingiz kerak ekan. Atrofidagi boshqa web sahifalarni ko'rsa zora o'ziga kelib "men doda emas ekanman" -dermidi. Juda maqtanib yuboribdi. ;)(jk)

Hm... demak,

Bu mavzudagi suhbatlar asosan bitta maqol haqida borayotgan ekan. (Yigit kishiga qirq hunar oz)

Maqolning mazmuniga e'tibor beradigan bo'lsak, mening fikrimcha "40 ta hunari bo'lmagan yigit yigit emas", -deyilmagan bu yerda. Asl ma'no: "Yigit kishiga qirq hunar(ham) oz"- deyilganda yigitlar 40 ta hunar bilishlari shart ekanligi emas, ularning qancha ko'p hunar bilsa shunchalik foydali ekanligi aytilayapti.

Nilufarxon esa maqolni boshqacha talqin qilib "Hozirgi yigitlar ham 40 ta hunar bilshadimi(oldingilardek)" degan savolni o'rtaga tashlabdi.

Bir piyola ko'k choyni aylantirib, o'ylab ko'radigan bo'lsak bugungi davr yigitlarida 40 ta emas, 400 tagacha hunar bor.
To'g'ri ko'pchilik duradgorlikni, ganchkorlikni, bedana ovlashni, poyafzal tuzatishni, naqqoshlikni bilmaydi, lekin bu degani ular noshud degani emas. :). Yangi davr, o'ziga xos yangi hunarlardan xabari bor "zato" hozirgilarning.

P.s: Men bilgan hunarlar soni 100 ga yaqin bo'lib, turli xil savatlar to'qishdan tortib "tulkining go'shtini ilonning yog'iga qovurish"gacha bor ekan o'ylab qarasam. :lol:

R.A.
Yaxshi, yigitlar.

Men bu yerda juda yomon gap aytmadim shekilli?

Yoki kimningdir, ayniqsa Siz Rustam Azimovning sha'nlariga noo'rin bir gap aytdimmi?

Bugungi jahlingizni sal ertaga tashlasangiz, bo'larmidi?:rolleyes:

Signaturemga kelsak, men bu yerda o'zimni maqtayotganim yo'q shekilli?
Agarda sizlarda shunday odat bo'lib, ya'ni kimnidir shu yo'l bilan haydamoqchi bo'lsangiz, ochig'ini yuzinga aytavering? xafa bo'lish yo'q.

Men sizdan oldingi, Asadbek akaga yozgan savolim bilan tanishib chiqishingizni so'rayman. Shundan xulosa chiqarib, keyin yigitlarni yerga urmayoyotganligimga amin bo'larsiz.

R.Azimov
06-29-2006, 01:49 AM
Yaxshi, yigitlar.

ha yaxshi yaxshi :)

Men bu yerda juda yomon gap aytmadim shekilli? Yo'q, nega yomon gap bo'lsin? Judayam to'g'ri gap aytgansiz. So'raganning aybi yo'q degan maqol boru, so'rabsiz, demak yomon emas bu!
Yoki kimningdir, ayniqsa Siz Rustam Azimovning sha'nlariga noo'rin bir gap aytdimmi?
Rustam Azimov forumda fikrga qarshi fikr bildiradi va boshqalarning fikrlarini ham o'z fikriga nisbatan bildirilgan deb tushunadi. Sha'niga qarshi deb emas.

Bugungi jahlingizni sal ertaga tashlasangiz, bo'larmidi?:rolleyes: Qaysi jahlni nazarsa tutayapsiz? Mening yaqin 1-2 yildan beri jahlim chiqqani yo'q. Forumda ayniqsa odamlarga jahl qilish tugul achchiqlanmayman ham hatto ;)

Signaturemga kelsak, men bu yerda o'zimni maqtayotganim yo'q shekilli?
Men ham signature da o'zingizni maqtayapsiz demadim. Qavs ichida JK degandim tushunmadingizmi shuniyam? ;)Agarda sizlarda shunday odat bo'lib, ya'ni kimnidir shu yo'l bilan haydamoqchi bo'lsangiz, ochig'ini yuzinga aytavering? xafa bo'lish yo'q.
1)Sizlarda deganingiz nimasi?(kimlarda?)
2)Qaysi yo'l bilan?
3)Qayerdan haydamoqchi bo'lsak?

Men sizdan oldingi, Asadbek akaga yozgan savolim bilan tanishib chiqishingizni so'rayman. Shundan xulosa chiqarib, keyin yigitlarni yerga urmayoyotganligimga amin bo'larsiz. Men ham yigitlarni yerga urayapsiz demadim baraka topgur. Men Asadbek akamga yozganlaringizni o'qib chiqdim. Endi siz ham mening yuqorida yozganlarimni yana bir bor o'qib uqing. ;)

Salomat bo'lgaysiz.

Mavzuga qaytsak,

Kuzatishlarga ko'ra shu narsani aytish joizki, yoshligi faqat shahar joylarda o'tgan yigitlarga nisbatan shahar atrofidagi mahalla(qishloq,ovul)larda katta bo'lgan yigitlar hunarmandroq bo'lishadi.

R.A.

Amiri Turkiston
06-29-2006, 02:04 AM
Amiri Turkiston.

Shuncha hunaringiz bor ekan, qoyil qolib o'tiribman.

Shu yerga xafa bo'lmasangiz, -Notiqlik - ya'ni gapga chechanlik, degan hunarini ham qo'shib qo'ygan bo'lardim. Xalqda bir gap borku: "Ish bilganga bir tanga, Gap bilganga ming tanga".;)

Qiziq, nega shuncha hunaringiz bo'la turib, hali ham uylanishga shoshmayapsiz?
Axir shuncha hunaringiz bilan, siz bemalol oila tebrata olasiz degan umiddaman. Yoki Reklamani yaxshi qilisha olisholmayotgandir, menga qo'yib bera qoling.

Faqat kimdan boshlashni aytsangiz, bo'ldi?:lol:

Kimdir yo'lingizga to'g'anoq bo'layotgan bo'lsa, Lady G xonimga aytsangiz bas, o'zlari tinchitadilar.
Sovchilikka ham balki onangiz men va Lady G xonimni birga olib olsalar bo'ldi, menimcha. To'g'rimi Lady G xonim?

Prezidentimiz aytganlaridek:"Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak". Biz ham savob ishga bosh qo'shsak nima bo'pti?

:lol: :lol: gapni eng zo'rlari shutta bulgan ekanku ...man naryolarda aylanib yanglishib yurgan ekanman :P

Mana hozir bittasini rosa oborib olibkelishvotti ...hudo hohlasa yaqinda bazm bo;lib qolar

ushanda Forum ahliga otdelniy taklifnoma yuboraman

Amiri Turkiston
06-29-2006, 02:15 AM
"Off"-dan boshlay qolaylik. Nilufarxon "signature"ingizdagi web sahifani bir ko'chaga chiqarib aylantirib kelishingiz kerak ekan. Atrofidagi boshqa web sahifalarni ko'rsa zora o'ziga kelib "men doda emas ekanman" -dermidi. Juda maqtanib yuboribdi. ;)(jk)

iye Azimop janoblari...hormang endi
ancha ko'rinmay kettiz

sizga DODA.uz ni nimasi yoqmadi...qani agar ma'qul topsangiz bir sanab o'ting .... chunki man bu portalni rosa maqtovdim ....

Nilufarxon
06-29-2006, 02:28 AM
Men ham signature da o'zingizni maqtayapsiz demadim. Qavs ichida JK degandim tushunmadingizmi shuniyam? ;)
1)Sizlarda deganingiz nimasi?(kimlarda?)
2)Qaysi yo'l bilan?
3)Qayerdan haydamoqchi bo'lsak?

R.A. Rustam aka, uzr.

Men ham biroz tezlashib, ketibman.:)

Endi bafurja o'qidim yozganlaringizni.

Signaturemga kelsak, bilasizmi men bu haqda hozircha batafsil gapirmoqchi emasman. Vaqti kelganda Olloh nasib qilsa bilib olarsizlar.
Hozircha men shuni bilamanki, menga shu signatureni va avatarni iltimosimga ko'ra qilib berishdi. Hamda bu www.doda.uz (http://www.doda.uz) sayti haqida faqat shuni aytishim mumkinki, bu sayt hali yangi. Hali hech qayerda reklama ham qilinayotgani yo'q. (Ommaviy axborot vositalarini va boshqalarni nazarda tutayapman)

Keyincharoq balki, avatarimni ham o'zgartirarman. Hozircha esa o'zgartirishga hojat yo'q deb o'ylayman.

Keyingi savolingizga javobim, Men bu yerda yangiman. Hali ko'p narsalarni, forum siyosatiniyu, qonun-qoidalarini yaxshi bilmayman. Shuning uchun balki boshqacha hayolga borgandirman.

Yana bir bora uzr, agar sizlarni noto'g'ri tushungan bo'lsam.

Asadbek
06-30-2006, 07:23 AM
...
Mana siz chet davlatda yashayapsiz, to'g'rimi? Bizga bir narsani aytolasizmi, u yerdagi odamlar ham bir inson hamma ishning uddasidan chiqishi kerak deb o'ylaydilarmi?:rolleyes:
...
Bir narsaga duch kelib qoldim.
Garchi bu qahramonlari fiktiv bo'lgan multfilm bo'lsa-da, "Simpsons" multfilmining bosh qahramoni Homer Simpson 109 hunarning egasi ekan (http://en.wikipedia.org/wiki/List_of_Homer_Simpson%27s_jobs)... :)

zanjir
06-30-2006, 08:35 AM
maimcha erkak kishini uddaburon bo'lganligi koproq maqul boladi. qanaqa hunarni egasi bolishidan qatiy nazar osha hunarni eplay bilishi hayotta qo'llay olishi kerak. chunki manimcha 40 hunarni bilgan odam hammasiniyam mukammal bilolmaydi. chunki chala pula bop ketadide.
bittasini ushen oshani ustasi bolin....

Nilufarxon
06-30-2006, 11:00 PM
Qissadan hissa shulki, ortiqcha hunarni bilish hech qachon zarar qilmaydi :)
Bu misol rivoyatdagina emas, sizu biz yashab turgan zamonimizda ham uchrab turadi...
:)

Asadbek, erinmay yozgan javobingiz uchun katta rahmat.:)

Bilasizmi, siz yozgan ertakni ko'pchilik TV orqali ham ko'rishgan. Lekin men bolalik vaqtimda onam menga aynan shu ertakni ham so'zlab bergan edilar.

(Shu o'rinda onamning shu jihatlaiga e'tiborni qaratmoqchimanki, ko'pchilik bolasiga tanbeh berib (ayniqsa o'zim), urushib, so'kib va boshqa choralarni qo'llab tarbiyalasa, mening onam meni va akalarimni har xil rivoyat, hayotdan olingan hikoyalar, voqealar va boy mazmunga ega bo'lgan ertaklar aytib berib tarbiyalaganlar.)

Shunda siz aytib bergan ertakning xulosasiga, mana bu gaplarni ham qo'shib qo'yardilar:

"Podshoh tutqindan qutulib kelgach, xalqiga farmoyish beribdi. Ya'nikim 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan qari, yoshlar hunar o'rgansinlar. O'rganishni istamaganlarning boshi kundada, moli talonda".

Xalqimiz aytganidek: "Ertaklar - yaxshilikka yetaklar" ekanda, to'g'rimi?