PDA

View Full Version : Qarz - haqida nima deya olasiz?

Nilufarxon
06-28-2006, 01:08 AM
Hayotda shunday - Odamlar bo'ladiki qarz so'rasang bermaydi-yu, lekin savob qilish kerakligi haqida og'iz ko'pirtirib gapirishadi.

Oramizda:

1. Qarz berganu, lekin olmaganlar
2. Qarz olganu, lekin bermaganlar
3. Qarz olmagan ham, bermaganlar ham
4. Qarzini berishga imkon topa olmayotganlar
5. Kimga qarz berib tursam ekan deguvchilar
6. Qarzini uza olmay qolgan kishilarning qarindoshlari

- BOR.

Kim nima deya oladi - Qarz haqida?

Oramizda hech ham qarzga narsa yoki buyum, pul olmagan inson bormikan?

Menimcha bizga berilgan umrning o'zi ham qarz emasmikan-a? Bu haqda nima deysiz, azizlar? Sizlarning fikringiz men ucun juda qiziq.

LunatiK
06-28-2006, 01:52 AM
Manimcha yana ikkita punkt qushib qo'ysak yomon bo'lmasdi:

7. Qarz berganu, lekin qaytarib ololmaganlar.
8. Qarz olganu, lekin qaytarib bermaganlar.

Odamlar orasida mana shu ikki toifaga kiruvchilar ko'proq uchrasa kerak deb o'ylayman

Amiri Turkiston
06-28-2006, 01:59 AM
man:

1. Qarzni postoyanno beraman ...odamlar jonga tegib ketadi qarz so'rayverib ....bir hillar 1000 so'm so'raydi ...bir hillar $1000 ....nimagadir qarzni oluvchilar ko'pu qaytaruvchilar kam !!!

2. Lekin pulimni postoyanno yoqotaman ...mani debitorlarim shunaqa bemani bulib chiqishadi ohirida ...

3. Qanchadan qancha birodar deb bilgan odamlarni yoqotganman ... pulimni qaytarib ololmay ....

4. Hullas pul o'rtaga sovuqchilikni tushuradi ...lekin shunisi ham yahshi birovga 10000 so'm berib qanaqa odamligini bilib olsangiz buladi

5. kimdir o'zini 10000 so'mga kimdir o'zini $100 ga sotib yuborishga tayyor ... bilishmaydiki qarzni qaytarmaslik katta gunohligini

6. Alloh hamma qarzdorlarga insof bersin ...chunki qarz yomon narsa ...odamlar o'zida pul bula turib birovdan olishni yahshi ko'rishadi ....

7. Lekin eng yomon ko;'rgan narsam qarz berish ...man ko'pincha qarz so'raydigan odamlar bamisoli BOMJ dek ko'rinadi ...mayli bir tarafdan muhtojlik deb o'zimni aldashga harakat qilaman lekin ko'pincha ohiri natija man kiydirib ketishadi

Maslahat: hech kimga qarz bermang - agar bersangiz - o'ziz shu pul bilan hayirlashishga tayyor turing

Asadbek

7-toifadagi odamlar qanchalik ko'p bo'lsa, 8-toifadagilar ham shunchalik ko'p bo'ladi.

Umumiy olganda, ya'ni Qarzni faqat moddiy narsalarga cheklab qo'ymasak, unda hayotda hamma bir-biridan qarzdor bo'lsa kerak... Ya'ni, qarzga nisbiy ta'rif berish ham mumkin... Mehr-Muruvvat, Salom-Alik, Tabassum yoki biror Yaxhsi so'z, Va'daga vafo, Vatan oldidagi qarz va hokazolar degandek...

Amiri Turkiston
06-28-2006, 02:04 AM
hozir zamon terminologiyasiga mana bu tushunchalarni ham qo'shib qo'yish kerak:

qarz oluvchi - kidala

qarz beruvchi - hol (teskarisi)

gulamus
06-28-2006, 02:17 AM
Qarz olganman Eldorado esingdami :) 20000 (quicksilverga)wooooooooooow lekin vaqt otib bir yildan kegin bolsa ham berib yuvarganman.. mashaqa man tema ochilganda.. eslamasligin uchun :):)...
mda nimalar qilmidi odamzod ahli
GA

Nilufarxon
06-28-2006, 03:15 AM
Manimcha yana ikkita punkt qushib qo'ysak yomon bo'lmasdi:

7. Qarz berganu, lekin qaytarib ololmaganlar.
8. Qarz olganu, lekin qaytarib bermaganlar.

Odamlar orasida mana shu ikki toifaga kiruvchilar ko'proq uchrasa kerak deb o'ylayman
To'g'ri shunday toifa odamlar ham bor. Qarz oladilarda lekin berishga kelganda ...

Xalqda bir gap bor ekan: 'Qarz so'raganning bir yuzi, qarz bermaganning ikki yuzi qora" degan.

Meni shu temani ochishimga ham sabab, Turmush o'rtog'im bir yaqin kishisiga, biznesi uchun pul qarz bergan edilar, ming bor afsus hali pulimizdan darak ham yo'q. Undirishni esa hayolimizga ham keltirmaymiz. Sababi nima shu pulga qarab qolgan joylaring bormi ham deyishlari mumkinda. Lekin hozirgi davrda bu juda katta pul.

Pul kimga ham kerakmas deysiz? Ba'zilardan esa voz kechib ketganlar. Menga ularning ayoli sifatida ba'zida alam qiladi. Nima uchun mening turmush o'rtog'im mehnati bilan orttirgan pulini, boshqalar hech narsa bo'lmagandek xazm qilishlari kerak?

Lekin afsuslanmaymiz, negaki birovdan qarz so'raguncha, sendan qarz so'raganlari ma'qul ekan.

Nilufarxon
06-28-2006, 03:23 AM
man:

1. Qarzni postoyanno beraman ...odamlar jonga tegib ketadi qarz so'rayverib ....bir hillar 1000 so'm so'raydi ...bir hillar $1000 ....nimagadir qarzni oluvchilar ko'pu qaytaruvchilar kam !!!

2. Lekin pulimni postoyanno yoqotaman ...mani debitorlarim shunaqa bemani bulib chiqishadi ohirida ...

3. Qanchadan qancha birodar deb bilgan odamlarni yoqotganman ... pulimni qaytarib ololmay ....

4. Hullas pul o'rtaga sovuqchilikni tushuradi ...lekin shunisi ham yahshi birovga 10000 so'm berib qanaqa odamligini bilib olsangiz buladi

5. kimdir o'zini 10000 so'mga kimdir o'zini $100 ga sotib yuborishga tayyor ... bilishmaydiki qarzni qaytarmaslik katta gunohligini

6. Alloh hamma qarzdorlarga insof bersin ...chunki qarz yomon narsa ...odamlar o'zida pul bula turib birovdan olishni yahshi ko'rishadi ....

7. Lekin eng yomon ko;'rgan narsam qarz berish ...man ko'pincha qarz so'raydigan odamlar bamisoli BOMJ dek ko'rinadi ...mayli bir tarafdan muhtojlik deb o'zimni aldashga harakat qilaman lekin ko'pincha ohiri natija man kiydirib ketishadi

Maslahat: hech kimga qarz bermang - agar bersangiz - o'ziz shu pul bilan hayirlashishga tayyor turing

Xolamlarning bir gaplari esimga tushib ketdi.

-E-e-e bu hayotda hech kimga qarz berish kerak emas ekan.
Nega desang, qarz bermasang, qarz so'ragan odam seni bir martta, qarz berib, keyin qachon qaytarasiz deb so'rayversang, ming martta yomon ko'rinasan, degandilar.

Lekin insonning ko'ngli bo'sh, "Jiyan yoki qarindosh, men to'y qilib qo'ydim yoki bo'lmasa boshimga ish tushib qoldi, deb kelsa, qanday qilib jigaringga yo'q deya olasan kishi?

kingdom
06-28-2006, 03:42 AM
Tuppa tugri aytasiz opa!Onam aytadilarki yani qarz berib yomon buguncha bermay yomon bugan yaxshi deb!Men ham qarz bermaslikka harakat qilaman lekin qalin urtoqlarim suraganda yuq deyolmaysanda kishi ,lekin hali 1-2bor majburlikda olganimni hisobga olmasak qarz suraganim ham olganim ham kemiydi!Bazan bir xill bollarga hayron qolamanda bankida 1000-1500£turadi lekin kelib 100£berib turgun srochna kerakda deb utiradi!:rolleyes: shu qarz surshga urganib qogan ,bir kuni kuzttim shu bolani qani nima qilar ekan shu 100£ni deb 3kunga deb ogandi pulni qanday ogan busa usha pulni yana qaytarib berdi!:lol: :lol: qoniga singib qogan qarz surash!:lol: Xolamlarning bir gaplari esimga tushib ketdi.

-E-e-e bu hayotda hech kimga qarz berish kerak emas ekan.
Nega desang, qarz bermasang, qarz so'ragan odam seni bir martta, qarz berib, keyin qachon qaytarasiz deb so'rayversang, ming martta yomon ko'rinasan, degandilar.

Lekin insonning ko'ngli bo'sh, "Jiyan yoki qarindosh, men to'y qilib qo'ydim yoki bo'lmasa boshimga ish tushib qoldi, deb kelsa, qanday qilib jigaringga yo'q deya olasan kishi?

Kanari
06-28-2006, 04:29 AM
Avvalo hech kim qarz so'rashga majbur bo'lmasin...Men maktab davridan qarz bera boshlaganman..Ota-Onam bergan pulni ishlatmay yig'ardim....Bergan qarzimni so'rashga uylaman...bilmadim nimaga..Juda noqulay his qilaman o'zimni...talabalik davrimizda bergan pulimni o'zim so'ray olmay boshqlar orqali so'ratardim..albatta o'sha insonga yaqinroq odam orqali...

Lekin o'zim ham Hayot qiyinchiliklari tufayli qarz olganman....qaytarib ham berganman....
p.s:ho'jayin ham bergan pulini qayta so'ray olmaydilar....

aKa
06-28-2006, 05:22 AM
Esimga tushib ketdi. Taqdir taqozosi bilan 2 marta qarz so'rashga ahd qilganman.
Qarzni olgan kunim hudoni mehribonchiligi bilanmi yoki boshqa sababmi bilmadim, o'zimga pul kelib tushgan va qarzni shundoqligicha qaytarib berganman. Bu hol 2 marta bir xilda takrorlangan. :)

Vector
06-28-2006, 05:24 AM
Qarz...juda ogir narsa...
bir xillaga berasan, keyin ketidan 4-5 martta sorisan ozinni qarzinni, qarzdor bosa beparvo yuradi, odam qarzini soramaguncha...undan keyin uje umuman qarz berilmidi...

Samarkand
06-28-2006, 10:23 AM
Qarz berish ham olish ham gunoh deb eshitganim bor.
Qarz olganman, qiynalganimdan.
Qarz berganman ichim achigandan, ko'nglimdan chiqarib yordam bo'lsin deb.

Qarzimni uza olmaganman, o'sha odamni qayta uchrata olmaganim uchun. (Arzimas mayda pul bo'lsa ham).
Lekin ko'nglimdan o'tadi doim uzishim kerak deb, bir kun ko'rib qolarman.

Qarzimni bermay ketganlar bor, hech nima bo'lmagandek ko'rishib ketaveradilar, bir-ikki eslatganimda ahvoli og'irligini, uzolmasligini aytgandan keyin o'zim qayta so'rashga tortinib kechib yuborganman.

Qarz olib tonganlar ham bor, ishqilib teshib chiqmasin.

Asadbek aytganidek ma'naviy qarzlarimni uzib ado qilolmasam kerak.

:?

Lorelei
06-28-2006, 10:56 AM
Men qarz berib undirolmay yurganlar, yoki qarz olib tulolmay yurish tashvishidan ozodman:lol: ! 4-5 ta sinalgan yaqinlarim bor, faqat ushalar bilan qarz oldi-berdi qilaman, boshqalar bilan umuman pul muomalasida uzimni saqlayman. Shu qarz berib kuyib yurganlarni ko'rsam, kulib quyaman, uzligi aybdorda deb. Inson birovni kungli bilan ish tutishdan oldin, uzini imkoniyati, chunchagi, fe'li bilan hisoblashish kerak. Shu bizni uzbeklarda bir narsani hech tushunmayman, shu po'li bormi qarz berishi shart deb tushuniladi, usha pulga etishish uchun nechcha toshga boshini urdi bu bilan birovning ishi yuq. Shu chuv tushganlar, nolib yurganlarni eshitsam darrov og'ziga uraman:" Avvalo bunaqa yaxshilikni birovga qilma, qilsang endi orqasidan sasima, voz kech usha puldan, uzinggga oson, asab tejaladi hech qurmasa!" deb.

Samarkand
06-28-2006, 11:20 AM

kuchli gaplar yozibsizmi Lorelei (?),

shu po'li bormi qarz berishi shart deb tushuniladi,- mana shu gapingizga ozgina izoh bera olasizmi misoli bo'lsa yana ham yaxshi.

gulamus
06-28-2006, 05:50 PM
Man 2-3 hafta oldin qarz bergandim :) .. qanodoq sorashni bilmadimde.. oldiga borib : manga qara manga qarz berib tur dedim :):):):D
ja kop emas shunch shucha dedim ana holos :) odam tushunmadi ham ... kegin togri tushuntirvardim :) , shunga bergan qarzizini qarzga olilar dostla..
hurmat ila
GA

Nilufarxon
06-30-2006, 12:30 AM
Hozir kitob o'qiyotib quyidagi she'rga ko'zim tushib qoldi. Qarz haqida yaxshi gaplar yozilibdi.:)

Do'stlarimga aytganim.

Dunyoda ko'p narsa unutiladi:
Qashshoqlik, martaba, quvonch, qayg'ular.
Unitilib borar muhabbat dardi,
Unutilar yillar, yo'llar, tuyg'ular.

Qirq yillik adovat, unutilar sekin,
Unutilar hatto yurakdagi darz.
Yaxshilarning mehri unutilmas lekin,

UNUTILMAS ular oldidagi qarz...

El sevgan shoirimiz Abdulla Oripov she'ri.

zanjir
06-30-2006, 08:16 AM
qarz olish yoki berish bu yomon emas. hayotta odam har hil sharoitga tushishi mumkin. manimcha qarz berish bu manimcha osha odamga bo'lgan ishonchingiz dep oylayman. agar u odamga ishonsez berasiz ishonmasez yoq. lekin qarz sorashdan qiyinroq ish bomasa kerak. sorashdan oldin odam bermasa nima qilaman uyalib qolaman degan hayol juda qiynaydi. qarz berishda esa u darajada qiyin emas. lekin songgi kunlarda odamlarda bir biriga bo'lgan ishonch yoqolib ketgan. agar yaxshi ishiz yoki boyligizga qarab berishadi qarzni. agar kozligi yetishmasa judayam yomon ahvolda bolishizga qaramay berishmaydi. ishonchni yoqotganmiz ming afsuslar bolsinkim.
taraqqiy topgan mamlakatlarda esa biror shahsdan qarz sorashish shart emas. bank, loan yoki credit card kampaniyalari juda qol keladi.
masalan man oyiga 2 minga yaqin ishlataman due dateda tolabersez boldide. zato beminnat. loanlarga kelsak ham shu foizi tolisiz zato hech kimni oldiga bosh egib bormaysiz.
lekin oshalarni ham ishonchiga kirishiz kerak establish qilishiz kerak credit tarihizni. a bu esa qiyin emas lekin doim ishonch bilan muomala qilishga majburmiz....

Nilufarxon
07-01-2006, 04:51 AM

Mana sizning aytishingiz bo'yicha odamga nisbatan ishonch bo'lishi kerak. Mayli mana biz hozir O'zbekistonda yashayapmiz. O'zbekiston sharoitida bilamizki banklardan qarz olmaymiz. Balki bu ham bizning banklar faoliyatidan foydalana olishni bilmasligimiz oqibatimikan?

Balki bizda ham banklardan qarz so'rasak berishar? :?:(lekin ko'zim yetmaydi)

Endi odamlarga kelsak, umuman butun dunyoda huquqiy madaniyat rivojlangan. Bizda esa uyat, andisha kuchlilik qiladi. Ya'ni oldingga qarz so'rab kelgan odamga hech qachon yuring birinchi bo'lib notarial idoraga boramizda, rasmiylashtirib olamiz, demaymiz. Bu birgina xatomiz bizga keyinchalik qanchalar qimmatga tushishini hech ham o'ylab ko'rmaymiz!

Endi odamlarga insof berib qarzingni qaytarishsa xo'p-xo'p, yo'qsa qarzdan ham o'sha qarz tufayli yaqin kishingdan ham ayrilasan.:flamer:

Mana shunday paytlarda qanday ish tutishga ham hayron qolasan kishi?...