View Full Version : O’zbek iboralarini qay darajada bilamiz?
Nilufarxon
07-01-2006, 08:57 AM
Bunday iboralarni eshitganmisiz?Yana qanday iboralarni bilasiz?:qstn:
Iboralardan misol keltiraman:
Arpasini xom o’rdimmi?
Gapning beliga tepdi.
Ichiga chiroq yoqsa yorimaydi.
Lom-mim deya olmay qoldi.
Oshig’i olchi.
Peshonasi sho’r.
Chuchvarani xom sanabdi.
O’z yog’iga o’zi qovurilgan.
Qishda qorni qizg’anadi.
Holiga maymunlar yig’lasin O’zbek iboralarini qay darajada bilamaiz va qo’llaymiz? Xullas davom ettirish sizdan.:?::tongue:
Iloji bo’lsa keltirgan iboralaringizni sharhlasangiz.
Boshqalarga ham foydasi tegishi mumkin, chunki ko’pchilik bu iboralarni qanday holatlarda qo’llashni bilishmasligi mumkin.:oops::rolleyes:
O’zim sharhlashni boshlab bera qolay: “Qishda qorni qizg’anadi” iborasini biz ko’pincha ziqna, baxil odamga nisbatan ishlatamiz. :)
Ikki oyoqni bir etikka tiqmoq.
Onasini uchqo'rg'onda ko'rmoq.
Yog' tushsa yalagudek.
To'ydan avval shovqin ko'tarmoq.
Sutni puflab ichmoq.
Tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq.
Burgaga achchiq qilmoq.
Guruch ichida kurmak bo'lmoq.
R.Azimov
07-01-2006, 12:17 PM
It egasini tanimaydi(to'polon, g'ala g'ovur)
Sichqonning ini ming tanga(palapartishlik)
bo'yida bo'lmoq(homilador)
pushti kamaridan(o'ziniki)
og'zidan bol tomish(shirinso'z-buyam majoziy ma;noda kelib qoldi)
qovog'idan qor yog'ish(xafa)
tili shirin(shirinso'z)
istarasi issiq(yoqimtoy)
yuzidan zahar tomadi(g'azabnok)
qo'li gul(epchil, hunarli)
ustasi farang(judayam epchil)
og'zidan bodi kirib shodi chiqadi(qo'pol gaplarni gapiradigan)
oyog'i(qo'li) egri
adabinibermoq(jazolash)
kleyonka yutgan(qiltiriq)
yerga ursa ko'kka sapchiydi(sho'x)
suvga olib borib suvsiz qaytarib keladi(ishiga puxta)
ilonning yog'ini yalagan(pishiq.ruschada moshennik)
tulkini ketini ko'rgan(uzr)(pishiq)
bog'dan kelsa tog'dan keladi(pala partish)
tirnoqqa zor(farzandi yo'q)
og'zi qulog'ida(xursand)
salla desa kalla olib keladigan(tarif yo'q-dovdir bo'lsa k-k)
ketini kessa qoni chiqmaydigan(ziqna)
tepsa tebranmas(beg'am)
tuyani ko'rdim demaydigan (ochofat)
berdisini aytguncha urib o'ldirish...(shoshqaloq)
qo'liga pattasini tutqazmoq(ishdan haydamoq)
eeee yuzminglab yozsa bo'ladiyu... erinib ketayapman. ;)
R.A.
Sichqonning ini ming tanga(palapartishlik)
R.A.
Sichqonning ini ming tanga deb adashmasam qayerga qochishini bilmay qolgan kimsaga aytilardi...
- Go'rini kavlash (yomonlik payida bo'lish)
- Sezgisi bor sekiradi (gap egasini topganda aytiladi)
- It-mushuk bo'lmoq (adovat qilsih)
- Suvga tushgan bo'lka nondek (bo'shashib qolmoq)
- Yerga ursang ko'kka sachraydi (juda ham yaramas)
- Uzumini yeginu, bog'ini so'rama (keraksiz joyga burningni suqma):) bu ham ibora bo'ldi
- Tushingni suvga ayt (bekorga umod qilma ma'nosida)
Nilufarxon
07-02-2006, 09:53 AM
Men ham endi misollar keltiray:
Yozilgan bo'lsa uzr.
Anqoning urug'i - Xalq afsonasiga ko'ra, anqo qof tog'ida yashaydigan qushning nomi. Ammo xalq oti bor va o'zi yo'q narsaga kinoya qilib anqo deydi.
Aytishga oson - Og'ir ishni og'zaki bitkazgan yoki og'zaki taxmin qilgan kishiga nisbatan bu ibora ishlatiladi.
Dunyoni suv bossib ketsa, to'pig'iga chiqmaydi - Odatda dunyoni suv bosib ketsa, hamma ham suvga cho'kib o'ladi. Bu ibora esa o'lgudek beg'am, beparvo odamlarga nis. ishlatiladi.
Yana davom ettiringchi...
Wolfman
07-02-2006, 01:07 PM
eshak (tuya)ning dumi yerga tekkanda...
suv ichsa tomoqg'i, sabzi yesa biqinidan ko'rinadigan...
cho'pni orqasiga yashirinsa ko'rinmaydigan...
tarvuzi qo'lidan tushmoq...
itdan suyak qarz bo'lmoq...
otdan tushsa ham egardan tushmaslik...
burgani ko'rpa bilan kuydirish...
salla desa kallani olish...
chumchuq "pir-r-r" desa yuragi "shir-r-r" etishi...
(payti kelganda) tulkini to'g'a deydigan...
suvga obormay sug'orish...
ko'zimning oqi(dek)...
changalda sho'rva...
tepa sochi tikka bo'ldi...
tishining kavagida asramoq...
tishning kirini so'rib yurmoq...
ilonning yog'ini yalagan...
yulduzni benarvon urmoq...
quloqqa lag'mon osmoq...
tushini suvga aytish...
(biron bir hayvonga) yem bo'lish...
almisoqdan qolgan...
(otamning) yoki nikolayni zamonidan qolgan...
sha'ni (nomini)ni bulg'ash...
tomdan tarasha tushgandek...
burni osmonda bo'lmoq...
burnini yerga ishqash...
pattasini qo'liga tutqazish...
talonini teshmoq...
pashshadan fil yasash...
yelkasidan tog' ag'darildin...
qo'li kalta (qisqa)...
bo'lmay qolmoq...
yuragi otning kallasiday...
asabga tegmoq...
birovning boshiga yong'oq chaqmoq...
qo'ynini puch yong'oqqa to'ldirmoq...
o'zini yo'qotib qo'ymoq...
aqldan ozmoq...
tegirmoqdan tiriq chiqadigan...
suyuqoyoq...
qatiqni puflab ichmoq...
birovning qo'lini so'ramoq...
(kimgadir) hayot bedapoya...
eshagi suvdan o'tguncha...
hali mani sovunimga kir yuvmabdi...
pishirgan oshini o'zi yesin...
elning kuyovi...
jiydani tagidan o'tgan...
"domsovet"i ketgan...
tomi ketgan...
(biron bir) ishni pishirmoq...
kulini ko'kka sovurmoq...
yer bilan yakson qilmoq...
(biron narsaga) chek/nuqta qo'ymoq...
dordan qochgan...
suvdan quruq chiqadigan...
qo'yni og'zidan cho'p olmagan...
(tekin) tomoshadan quruq qolmoq...
burnini qo'lini tiqquncha (tiqqan holda)...
olov bilan o'ynashmoq...
toza havoning direktori...
ona suti bilan kirgan...
podadan oldin chang chiqarmoq...
guruchdan kurmak izlaydigan/ izlamoq
ko'zdan g'oyib bo'lmoq...
"chashmadrom"...
yarimta-yarimta ichmoq...
eti ustixoniga yopishgan...
gapning po'stkallasi...
beti (eshakni terisiday) qalin...
yuzi sutga chayilgan(dek)...
pixini yorgan...
jigarning yog'idan bo'lgan...
mushti par (mushtipar)...
yomg'irdan chiqib do'lga uchramoq...
gapga qalpoq kiygizmoq...
tili bilan yurmoq...
suvga tushgan mushukdek...
shaytonga dars bermoq...
kitob ortilgan eshak...
miyasini aynigan...
tirnoqni etdan ayirmoq...
ko'zini ochib ko'rgani...
qamishdan belbog' qilib (xizmat qilmoq)...
yengil tortmoq...
birovning boshini aylantirmoq...
qilni qirq yoradigan/yormoq...
bir mayizni qirqqa bo'lib/bo'lmoq...
shaytonga hay bermoq...
ko'z(ini) yorimoq...
baland dorga osilmoq...
qalami o'tkir...
do'ppi bilan ursa yiqiladigan...
peshanasi olti qarich...
kalavasini yo'qotmoq...
bo'zchining mokisiday...
og'ziga mum solingan(dek)...
ko'zi qoonga to'lmoq...
tilini tishlamoq...
"mama Roza"... :D
yer tishlamoq...
sabr kosasi to'lmoq...hali yana ancha bor... keyinroq yozarman. tushunmagan iboralar yuzasidan savol berishlaringiz mumkin.
wolf
Nilufarxon
07-02-2006, 09:36 PM
bo'lmay qolmoq...
(kimgadir) hayot bedapoya...
elning kuyovi...
jiydani tagidan o'tgan...
"domsovet"i ketgan...
burnini qo'lini tiqquncha (tiqqan holda)...
toza havoning direktori...
"chashmadrom"...
yarimta-yarimta ichmoq...
jigarning yog'idan bo'lgan...
mushti par (mushtipar)...
kitob ortilgan eshak...
qamishdan belbog' qilib (xizmat qilmoq)...
do'ppi bilan ursa yiqiladigan...
"mama Roza"... :Dhali yana ancha bor... keyinroq yozarman. tushunmagan iboralar yuzasidan savol berishlaringiz mumkin.
wolf
Balli, Wolf janoblari.:D
Qanday qilib erinmay, shuncha iboralarni yozib chiqdingiz? Aqlim lol.
O'zi men bu threadni ochayotganimda, sizga o'xshagan forumchilarimiz faol qatnashsalar kerak deb o'ylagan edim. Sababi forum ahli bir-biriga iboralarni, kinoya va hazil-mutoyibani ko'p ishlatishlarini sezdim. Lekin buni qarangki, ular faol emas. Nimaga bilmadim? Yo ular iboralarni tushunmay qo'llaydilar, yoki yozishga erinishmoqda...;)
Wolf yuqorida sizning keltirgan ba'zi iboralaringiz menda tushunmovchilik tug'dirdi. Ularni sharhlay olasizmi?:):qstn:
Wolfman
07-03-2006, 02:57 AM
ha endi kamina:
104. tili uzun,
105. tili zaxar,
106. gapga chechan,
107. gap bilan uzib oladigan
bo'lsak, uncha muncha odam oldimda
108. ip esha olmasa kerak
manimcha. lekin boshqa temalardan savol so'rasangiz mandan
109. kaldan taroq so'rash
bilan barovar. unda
110. paytavaga qurt tushib
qoladi.
Balli, Wolf janoblari.:D
Qanday qilib erinmay, shuncha iboralarni yozib chiqdingiz? Aqlim lol.
bo'lmay qolmoq - o'lmoq, rihlat qilmoq, vafot etmoq.
(kimgadir) hayot bedapoya - beparvo, beg'am odam, hayotda maqsadi yo'q odam. hayot uning uchun bir tekis, past-balandsiz bedapoya.
elning kuyovi - yaxshi ma'noda bo'ydoq. yomon ma'nosi buzuq erkak.
jiydani tagidan o'tgan - aljib qolgan, jin chalgan, jinnisifat odam.
"domsovet"i ketgan - domsovet - sovet davrida qishloq(lar) boshqaruv organi. domsovet i ketgan odam - kallasi ishlamaydigan, axmoq odam. tomi ketgan.
burnini qo'lini tiqquncha (tiqqan holda) - qo'lini burniga tiqquncha qolmoq - bu quruq qolmoq, mahrum bo'lish.
toza havoning direktori - bekorchi, ishsiz odam.
"chashmadrom" - sovet davrida "chashma" degan vino sorti bo'lar edi. aerodromda aeronavtlar, kosmodromda kosmonavtlar mashg'ul bo'lganidek, "chashmadrom"da "chashmanavt"-alkashlar javlon urishgan. :lol: ya'ni "chashmadrom" - spirtli ichimliklar ichiladigan joy: restoran, bar yo razlivnoy.
yarimta-yarimta ichmoq - aroq shishasi odatda yarim litr, yarimta. yarimta ichish demak, aroq ichish.
jigarning yog'idan bo'lgan - juda ham qadrli. pul jigarning yog'idan bo'lgan degan ibora ham bor.
mushti par (mushtipar) - mas. mushtipar ona, ya'nikim, mehrobon, beozor, rahmdil ona. ularning bizni musht bilan urgani, par (pat) bilan silagan bilan barobar.
kitob ortilgan eshak - ilmiga amal qilmaydigan kishi. masalan, aroq ichadigan mulla, kitob ortilgan eshak misoli.
qamishdan belbog' qilib (xizmat qilmoq) - g'ayrat, jon jahdi bilan ishga kirishmoq.
do'ppi bilan ursa yiqiladigan - nimjon, jonsarak, ojis shaxs.
"mama Roza" - qo'shmachi ayol. ya'ni fohishalarning homiy ayoli.savollar bormi yana?
Wolf
Wolf yuqorida sizning keltirgan ba'zi iboralaringiz menda tushunmovchilik tug'dirdi. Ularni sharhlay olasizmi?:):qstn:
Asadbek
07-03-2006, 05:06 AM
O'zi biz O'zbeklarning deyarli har ikki gapimizdan bir ajib ibora topsa bo'ladi :) Sanab adog'iga yetib bo'lmaydi...
mana bitta misol:
Wolf, yuqorida sizning keltirgan ba'zi iboralaringiz menda tushunmovchilik tug'dirdi...
;)
LunatiK
07-03-2006, 08:12 AM
tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq
hafsalasi pir bo'lmoq
elDoraDo
07-03-2006, 07:25 PM
Ip yeb, arqon *i*moq. (Uzr bu ozgina qopol ammo 6 oy oldin eshitib rosa qotgandim)
lobar
07-03-2006, 07:43 PM
Wolfman gap yo'q!
siz yozganlariyzdan tashqari yana ko'pgina qo'pol iboralar ham tilimizda juda ko'p ishlatiladi, masalan,
k**ni tarozga solish
mushukka o'hshab b**ni berkitish
b**mmi yebsan- shu so'z ayniqsa juda ko'p ishlatiladi shekil...
qo'pol chiqqan bolsa uzr, baribir kundalik hayotimizda bu so'zlarni ko'p eshitamizku :)
Amiri Turkiston
07-03-2006, 09:52 PM
Wolfman gap yo'q!
siz yozganlariyzdan tashqari yana ko'pgina qo'pol iboralar ham tilimizda juda ko'p ishlatiladi, masalan,
k**ni tarozga solish
mushukka o'hshab b**ni berkitish
b**mmi yebsan- shu so'z ayniqsa juda ko'p ishlatiladi shekil...
qo'pol chiqqan bolsa uzr, baribir kundalik hayotimizda bu so'zlarni ko'p eshitamizku :)
:lol: :lol: eng mashhurlarini yozibsizku aaa
lekin shu hamma yoq yulduzcha bulib ketiptide :P
Nilufarxon
07-03-2006, 10:00 PM
Ip yeb, arqon *i*moq. (Uzr bu ozgina qopol ammo 6 oy oldin eshitib rosa qotgandim)
Men faqat shunisiga sal tushunmayroq turibman. ( U ham yulduzchalar tufayli):lol:
elDoraDo
07-03-2006, 10:17 PM
Bilmadim-u, ammo bir bola hojatda kop qolib ketganda ishlatilganda eshitgandim.
Manimcha yana oson narsaniyam bortirrib ogir qilib korsatmochi bolganga nisbatan ham ishlatishadi.
Mushuk haqida yana bittasi:
Mushuk k*tini korib yaram deganakan - bu bolar bolmaska kasalman deb yotib oladiganlarga nisbatan.
Auditor
07-04-2006, 12:03 AM
quyonni rasmini soldi - tez ketib qoldi / qochib qoldi
ammamning buzog'i - hamma narsaga ko'ndalang qo'yib qo'ymoq
onasini 3 qo'rg'ondan ko'rsatish - jazolamoq
Asadbek
07-04-2006, 01:21 AM
Eeeehhh, shunday chiroyli mavzuni sasitib yuboribsizlar... :(
elDoraDo
07-04-2006, 06:58 AM
Man judayam lekin hursand boldim bunday thread ochilganidan - birda soragandim, bir ikki iboraning manosini tushunib yetmaganimda. Taklif ham tashlagandim, ammo javob bolmagach unut bolgandi.
Asadbek, jahliz chiqmasin :) buyam huddi Lalihonni ustida olib borilgan hazildek ibora holos-da. Ozbekligimizdan. ;) Chto estestvenno, ...
Gareeb
07-04-2006, 08:47 AM
Yog' tushsa yalagudek- ozoda
Er teshar- tinim bilmas, tirishqoq
Tebsa tebranmas- beg'am
R.Azimov
07-04-2006, 09:12 AM
Itdan bir suyak, gadoydan bir tanga qarz- qashshoq
K**tigacha qarzga botgan- hammadan qarzdor
R.A.
Nilufarxon
07-04-2006, 01:27 PM
Forumdoshlar, kelinglar men endi sal qiyinroq va ko'p uchraydigan iboralarni keltirsamda, birgalikda sharhlasak. Kim qanday tushunadi?:D
P.s: Tushunmaganlaringizni Asadbek akadan so'rab olishingiz ham mumkin.:D
Alifni kaltak deydi.
Mo'rt odam.
Tozligingni ko'zingning tomiridan bilaman.
Qil o'tmaydi.
Qildan qiytiq axtaradi.
Xamir uchidan patir.
Olma-o'rik bo'larmidik.
Kor qildi.
Peshonasi tor ekan.
Kosang oqarmasin.
Pashshaxo'rda bo'laverma.
Zuvalasi pishiq.
Igna tashlasang, yerga tushmaydi.
Oyog'i bilan yurmaydi, og'zi bilan yuradi.
Poxol solib ketdi.
Bor otangga, bor onagga.
Ko'zim uchib turgan edi.
Bozori chaqqon.
Yelkamning chuquri ko'rsin.
Ishtahasi karnay.
YEb-yeb shohi chiqibdimi?
Tirnoq orasidan kir izlaydi.
Qitiq patini yulib qo'y.
Qirchiningdan qiyilgur.
Payshanbalik non bilan suyagi qotgan.
Izlik qutluqqina bo'lsin.
Paymonasi to'ldi.
Bunisi hali holva.
Dim o'ynaganmi deyman.
Yer tagida ilon qimirlasa biladi.
Ko'zini moy bosibdi.
Otning qashqasi.
Ota go'ri qozixona.
O'tniki o'tga, suvniki suvga, qoldi qatiqning puli.
Suvga tushgan kesakdek jim bo'lib ketdi.
Sochi supurgi, qo'li kosov.
Men nima deymanu, qo'bizim nima deydi.
Ko'rgani ko'zi, otgani o'qi yo'q.
Shaytonga dars beradi.
Xo'jaali, Alixo'ja.
Tuyaning dumi yerga tekkandami.
Do'ppisi tor kelib qoldi.
Puf sassiq.
Osmonga chiqsa oyog'idan, yerga kirsa qulog'idan tortaman.
Padari xaridu navara furush.
Soyasiga ko'rpacha soladi.
Qorasi o'chib ketdi.
Hafqat gapirma, o'zingning zaypanalagingni bilasanmi.
It qarash qildi.
Vasiqasi yo'q.
Biti to'kildi.
Tilga oldi.
O'g'zi qulog'iga yetadiya.
Bitta tarvuzni dumalatib qo'ychi.
Ishning ko'zini biladi.
Yirtiqqa yamoq, dardga davo bo'ladi.
To'rt tomoning qibla.
Osmon qo'lida bolsa tashlab yuborsin.
Misi chiqib qoldi.
Yo'g'idan ko'ra bori.
Oyog'i olti, qo'li yetti.
Tili shirin.
G'o'raligidanoq mayiz bo'ldi.
Paytavasiga qurt tushdi.
Errayim bo'lma.
Tarozi pallasining qaysi tomoni og'ir bo'lsa, o'sh tomonga og'adi.
Dog'uli.
Ipsiz boyladi.
Ko'r qo'tosni jarga qamagandek bo'libdi.
Sirkasi suv ko'tarmaydi.
Wolfman
07-04-2006, 05:02 PM
111. to'rvasini yo'qotgan gadodek...
112. (biron bir holat, harakat, jarayonning) beliga tepmoq...
113. ko'z qo'yaman deb qosh chiqarmoq...
114. it quvgan soqovdek...
115. boshi devorga urildi...
116. ko'zi ochildi...
117. oyoq bilan ko'rsatmoq...
118. onasi o'pmagan qiz...
119. onasidan boshqa hamma o'pgan qiz... :lol:
120. ko'z yummoq...
121. o'zhini tomdan tashlamoq...
122. og'zidan so'lagi oqdi...
123. birovning yuzidan o'tolmaslik...
124. eshagi suvdan o'tgan...
125. yuragidan urib qolmoq...
126. urug'ini quritmoq...
127. burningni tishla...
128. ikki 15 bir o'ttiz...
129. eti sizniki suyagi bizniki... (hozirgi zamonda teskarisi :D)
130. devor ushlatib ketmoq...
131. juftakni rostlamoq...
132. dumini xoda qilmoq...
133. peshanasiga yozilgan...
to be continued...
Wolf
Zambrotta
07-04-2006, 05:06 PM
oyog'ini qo'liga olib yugurmoq :-D
Wolfman
07-04-2006, 05:10 PM
134. tishini tishiga qo'yish...
135. bir tiyinga olmaslik...
136. ko'zni olaytirmoq...
137. boyning qizini olgan...
139. labi labi tegmaydi...
140. boshni qashigan vaqt yo'q...
Wolf
Zambrotta
07-04-2006, 05:45 PM
kurmaganni kurgani qursin(buydo bolla kupro eshitishadi) :D
lobar
07-04-2006, 08:01 PM
Iboralar shunchalik ko'payib ketganidan ko'zim tushgandek bo'ldimi yo shunday ko'rindimi,
hullas,
chiroyli qizlarga nisbatan
Suv ichsa tomog'idan, sabzi yesa biqinidan ko'rinadi , deyishardi :)
MasxaraboZ
07-04-2006, 08:17 PM
Gapni yaxshi eshtmay qoladiganlarga: "Sizni yoningizga borguncha gapni oyog'i sindi" :lool:
Aldash - "Qulogiga tepish" :lool:
Tepa yozganlarim oldin yozilgan bulsa uzur lekin, tepada postlarni tugrisini aytsam bittasiniyam o'qimadim :lool:
hali daxshatlari bor keyinroq yozman :mrgreen:
Nilufarxon
07-04-2006, 11:24 PM
134. tishini tishiga qo'yish...
135. bir tiyinga olmaslik...
136. ko'zni olaytirmoq...
137. boyning qizini olgan...
139. labi labi tegmaydi...
140. boshni qashigan vaqt yo'q...
Wolf
Ha-a-a, Wolfman janoblari, qizlardan qolishmaymiz deyabsiz, shekilli- a?
Mana yana bir nechta iboralar:
71. Ko'ngli joyiga tushmoq.
72. Bayi bu dunyo - puli oxirat.
73. Burnidan buloq bo'lib chiqdi.
74. Ko'nglingni keng tutu, eshikka tamba sol.
75. Tishi o'tmadi.
76. O'tganning o'rog'ini, ketganning ketmonini oladi.
77. Tiliga muhr bosilgan. (Ya'ni bu yerda bir odamga majburlab bir ishni qildirish, masalan jinoyatni berkitish, yoki bir sirdan voqif bo'lsa, bu sirni hech kimga oshkor etmaslikni talab qilish tushuniladi)
78. Supra qoqdi.
79. Sovuniga kir yuvmagan.
80. Miyasi achib ketdi.
81. Dumbul.
82. Bola beboshvoq bo'lib ketayotir.
83. Qirovi to'kilmagan gaplar.
84. Hammolmisan, sherikmisan.
85. Til biriktirmoq.
86. Tili kelmay qoldi.
87. Til tegizmoq.
88. Tili og'ziga sig'maydi.
89. Tilimning uchida turibdi.
90. Ajriqqa ag'anab chiqdi.
91. Beli baquvvat.
92. Qo'li uzun.
93. Gapni chuvalashtirma.
94. Jonimga tegdi.
95. Jonim halqumimga keldiyu...
96. Qo'li yetadi.
97. Sabr kasasisi to'lmoq.
98. Oyog'idan chalmoq.
99. Ko'zimdan yo'qol.
100. Ko'z qorachig'iday asrash.
101. Dumini tugdim.
102. Achchig'imni chiqarma.
103. Kulgim qistadi.
104. Tars yorilib ketaman.
105. Sen shohida yursang, u bargida yuradi.
106. Oti hurkadi.
107. Ko'nglimga zig'ir yog'dek tegibdi.
108. Itligi tutib qoldi.
109. It yotish, mirza turish.
110. Gapni po'st kallasi.
lobar
07-04-2006, 11:51 PM
"chonche hapa"
yoki shuni amerikadagi kopchilik o'zbeklar tilida aytilishi...
"Broke bob yotimman"...
Nilufarxon
07-05-2006, 02:33 AM
"chonche hapa"
yoki shuni amerikadagi kopchilik o'zbeklar tilida aytilishi...
"Broke bob yotimman"...
Bilasizmi, Lobarxon.
Agarda e'tibor bersangiz, kun bo'yi o'zimiz bilmagan holda juda ko'p iboralarni so'zlashuvda qo'llar ekanmiz.:rolleyes:
O'zimga qiziq tuyulyaptide, yurgan yo'limda, kimdandir achchig'im chiqsa, yoki farzandlarim bilan so'zlashuvda, xullas hamma gaplarimiz orasida iboralarni ko'p marotaba ishlatyapman. Faqat endi qo'limga qalam, qog'oz olib, esimga tushganini yozsam bo'ldi ekan. (Xatto o'zim shunchalik ko'p ibora ishlatishimizni bilmagan ekanman) ;)
Haqiqatdan ham o'zbek xalqi ma'naviy ijodga boy xalq ekan.
Mana kundalikda ishlatadigan iboralardan yana bir nechasi:
111. Ensasi qotdi.
112. Tili qichidi.
113. Zaharxanda kulish.
114. O'rdak yurish.
115. Gadoyga salom bermoq.
116. Salom-alik qilish.
117. Yegani oldida, yemagani ketida.
118. Jinnisi tutdi.
119. Talvasaga tushmoq.
120. Borib-kelmoq.
121. It-mushuk bo'lmoq.
122. Hadding sig'moq.
123. Itning kallasi tovoqqa chiqdi.
124. Itdan qo'rqqan mushukdek.
125. Ot sug'or desa, labi yorilgan emish.
126. Sodda mug'ombir.
127. Tutgan yeridan kesadi. (Ushlagan joyidan uzmay qo'ymaydi.)
128. Eski hammom, eski toz.
129. Latta chaynarku.
130. Ilonning og'zidan chiqqandek.
131. Bolajon, jigarjon yigit.
132. Gapi og'zidan tushib ketayapti.
133. Gapidan latta hidi kelarkan.
134. Tuxum bo'yadik xolos.
135. Yirtib-yamab, bichib-to'qib yurgandir.
136. Ikki qo'li bir tepam bo'lib qolaverdi.
137. Imi-jimida ish bitkazadi.
138. Tepsa-tebranmas.
139. Katta og'iz.
140. Sigir-quyruq qildi.
141. Dazmollash.
142. Silliqlab yubordi.
143. Kelgan balo-qazo shunga ursin.
144. To'rva qoqdi.
145. Qizil qor yoqqanda.
146. Tuya qushku bu.
147. Osmon uzilib yerga tushibdimi?
148. Oyog'im tortmay turibdi.
149. Oyog'i kuygan tovuqday pitillab qoldi.
150. Ko'zini lo'q qilib o'tiribdi.
Yana davom ettirish mumkin...:lol:
ofarin... agar shaxsiy gazetam bo'lganida bormi Wolfman bilan Nilufarxonni oyoqlarini yerga tekkazmay gazetaning asosiy muharrirligiga olib kelib joylashtirardim...
Ishtahangiz jaa karnay ku demangiz... Orzuga ayb yo'q emasmi axir...
juda yaxshi jurnalistlikka davogar ekanliklariga ko'zim yetdi...
barakalla.... :)
SmIlIk
07-05-2006, 11:22 AM
Qiziq "Toshingni ter" singori "Damingni ol" ham ibora bo'la oladimi? :)
Wolfman
07-05-2006, 11:26 AM
141. ko'zni sham'g'alat qilmoq...
142. ipsiz bog'lamoq...
143. tizginini tortmoq...
144. ko'nglini yormoq...
145. burnini yerga ishqalamoq...
146. "strelka" urmoq...
147. (bir qizni) o'ramoq...
148. ko'zlari olma teradi...
149. mazasi qochdi...
150. nonini tuya qilmoq...
Wolf
Asadbek
07-05-2006, 11:36 AM
Assalomu alaykum!
Nilufarxon, sizga bir savol: Ibora nima o'zi? Shunga ta'rif berolasizmi? :)
Keyin, quyidagi siz ibora deb keltirgan misollarni sharhlab bersangiz:
Kor qildi.
Tilga oldi.
Bitta tarvuzni dumalatib qo'ychi.
Yo'g'idan ko'ra bori.
Errayim bo'lma.
Dog'uli.
Nima uchun bularni ibora deb misol qilyapsiz?
Rahmat!
:)
elDoraDo
07-05-2006, 02:02 PM
Nilufarxonni bilmadim
ammo
# Tilga oldi.
# Bitta tarvuzni dumalatib qo'ychi.
larni manam ibora deb oqiganman :) 6:sinf oqituvchimni korsam sorayman.
Bu ibora chunki tilga oldini togri ma'noda ishlatolmaysiz, huddi qolga oldidek. Tarvuzni dumalatib quychi ham shunday. Bu adashmasam, oldin bir ishni qoyillatib quychi degandek
p.s. uzr bir qopolroq yana misol bor
"k*tonidan yel otmagan" qiyinchilik kormagan"
lobar
07-05-2006, 02:25 PM
Bilasizmi, Lobarxon.
Agarda e'tibor bersangiz, kun bo'yi o'zimiz bilmagan holda juda ko'p iboralarni so'zlashuvda qo'llar ekanmiz.:rolleyes:
O'zimga qiziq tuyulyaptide, yurgan yo'limda, kimdandir achchig'im chiqsa, yoki farzandlarim bilan so'zlashuvda, xullas hamma gaplarimiz orasida iboralarni ko'p marotaba ishlatyapman. Faqat endi qo'limga qalam, qog'oz olib, esimga tushganini yozsam bo'ldi ekan. (Xatto o'zim shunchalik ko'p ibora ishlatishimizni bilmagan ekanman) ;)
Mana kundalikda ishlatadigan iboralardan yana bir nechasi:
.....
149. Oyog'i kuygan tovuqday pitillab qoldi.
150. Ko'zini lo'q qilib o'tiribdi.
Yana davom ettirish mumkin...:lol:
Nilufarxon, agar maktabda o'rganganlarim to'g'ri bo'lsa, ona tilimizda Ibora va O'hshatish degan mavzular bor edi...
Shunga manimcha ibora deyilganuu, ularga o'hshatishlar ham qo'shilib ketganga o'hshaydi:?
Institutga tayorlanayotganimda, domlam mani shu ibora bilan o'hshatishlarni chalkashtirib yuborganim uchun ko'p marta urishgandi :oops:
Asadbek
07-05-2006, 03:35 PM
Nilufarxonni bilmadim
ammo
# Tilga oldi.
# Bitta tarvuzni dumalatib qo'ychi.
larni manam ibora deb oqiganman :) 6:sinf oqituvchimni korsam sorayman.
Marhamat, aniq misol keltirib, isbotlab bering! :)
elDoraDo
07-05-2006, 03:38 PM
Tepada qolib ketibdi :)
Bu ibora chunki tilga oldini togri ma'noda ishlatolmaysiz, huddi qolga oldidek. Tarvuzni dumalatib quychi ham shunday. Bu adashmasam, oldin bir ishni qoyillatib quychi degandek
Misol esa
1. Shimayotgan konfetni tiliga oldi Vs U bir necha kishining ismini tilga oldi
2. Oglim, anovu tarvuzni chetga dumalatib quy Vs Oshqirishdan oldin bitta tarvuzni dumalatib quysangchi
Asadbek
07-05-2006, 03:48 PM
Rahmat :)
1. Shimayotgan konfetni tiliga oldi Vs U bir necha kishining ismini tilga oldiShimayotgan konfetni <--> tilga oldi
Shimilayotgan konfet o'zi (hech bo'lmasa bir uchi) tilda bo'ladi-ku ;)
Kishining ismini tilga olish - bunda menimcha to'g'ri ma'noda ishlatiladi. Gapirish uchun til kerak, tilsiz gapira olmaysiz. Demak, biror so'zni gapirishdan oldin uni tildan o'tkazasiz, til vositasida talaffuz etasiz. Men bunda hech qanaqa ibora ko'rmayapman :)
2. Oglim, anovu tarvuzni chetga dumalatib quy Vs Oshqirishdan oldin bitta tarvuzni dumalatib quysangchiTarvuz bir joyda turib, zax olib, panglamasligi uchun vaqti-vaqti bilan bir joydan ikkinchi joyga dumalatib turiladi. Lekin men hali bunaqa iborani biror joyda o'qimaganman.
Mumintoy
07-05-2006, 04:01 PM
Rahmat :)
Shimayotgan konfetni <--> tilga oldi
Shimilayotgan konfet o'zi (hech bo'lmasa bir uchi) tilda bo'ladi-ku ;)
Kishining ismini tilga olish - bunda menimcha to'g'ri ma'noda ishlatiladi. Gapirish uchun til kerak, tilsiz gapira olmaysiz. Demak, biror so'zni gapirishdan oldin uni tildan o'tkazasiz, til vositasida talaffuz etasiz. Men bunda hech qanaqa ibora ko'rmayapman :)
Tarvuz bir joyda turib, zax olib, panglamasligi uchun vaqti-vaqti bilan bir joydan ikkinchi joyga dumalatib turiladi.
Iborani tarifini o'ziz bir keltirib qo'yingchi kuriylikchi Adminstratorni ta'rifida nima deyilgan ekan, lekin bitta narsa aniq, moderatorni keltirgan misoli iboraga misol bula oladi. ;)
Lekin men hali bunaqa iborani biror joyda o'qimaganman.
bu degani keltirilgan misollar iboraga misol bula olmaydi deganimasku to'g'rimi, yo faqat sizzi etganizdaqa bulish keremi ibora?
Asadbek
07-05-2006, 04:12 PM
Iborani tarifini o'ziz bir keltirib qo'yingchi kuriylikchi Adminstratorni ta'rifida nima deyilgan ekan, lekin bitta narsa aniq, moderatorni keltirgan misoli iboraga misol bula oladi. ;) Boshqa mantiqli gap topilmadimi? :) Administrator, Moderator, Userning bu mavzuga nima aloqasi bor?.. :)
bu degani keltirilgan misollar iboraga misol bula olmaydi deganimasku to'g'rimi, yo faqat sizzi etganizdaqa bulish keremi ibora?Yo'q, men "tarvuzni dumalatib kelchi" degan gapning ibora sifatida ishlatilishiga ishonmasligim uchun ham so'radim. Ishonarli isbot bo'lsa, marhamat. Bo'lmasa, ortiqcha gapning nima keragi bor? :)
SmIlIk
07-05-2006, 04:21 PM
Bularni xali xech kim yozmadi shekilli...:)
1. Tuyog'ini shiqillatmoq
2. Moshxo'rdaga qatiq bo'lmoq
3. Gap sotmoq
4. Gap bermoq(?)
5. Gapni olib qochmoq(?)
Xaqiqatdan ham anchagina pseudo iboralar aralashib ketibdi :) Bir elakdan o'tkazib yuborish kerak ekan.
elDoraDo
07-05-2006, 09:28 PM
:) Manga nima
ibora bolsa boldi, bolmasa bolmasin. Siqilib na qildik ;)
VARATAR
07-06-2006, 12:25 AM
"Онасини учкургондан курсатмок" ибораси олдиндан шархланган булса узр,
Бир киши йулда кетаётса, дарё четида 2-3 та бола йиглаб утирган экан. "Нима булди?" - деб сураса, болалар: "Онамиз шу ерда сувга тушиб кетдилар", -дейишибди. Халиги киши: "Аттанг, онангизни энди Учкургондан курасизлар" деган экан.
изох: Аёл сувга тушиб кетган жойда дарё суви урама хосил килиб, анча нарида Учкургон деган жойдан отилиб чикиб тиниклашиб окар экан.
"Уфк", Саид Ахмад.
mimoza
07-06-2006, 01:55 AM

Bu iborani manosi- "onasini ... " - 'tazirini bermoq' - bu erdagi iborada yoq shekilli?
mimoza
07-06-2006, 02:09 AM
Nilufarxonni bilmadim
ammo
# Tilga oldi.
# Bitta tarvuzni dumalatib qo'ychi.
larni manam ibora deb oqiganman :) 6:sinf oqituvchimni korsam sorayman.
Bu ibora chunki tilga oldini togri ma'noda ishlatolmaysiz, huddi qolga oldidek. Tarvuzni dumalatib quychi ham shunday. Bu adashmasam, oldin bir ishni qoyillatib quychi degandek
p.s. uzr bir qopolroq yana misol bor
"k*tonidan yel otmagan" qiyinchilik kormagan"'tilga oldi' ibora emas, balki gapirmoq felini sinonimi. Stilistik hususiyati: pressa tilida yoki badij adabiet tilida va, yana xudo biladi qaysi aspektlarda, qollanadi.
Ibora - bir nechta komponentlardan iborat bolgan ifoda vositasi. Biror iboraning manosini unda mavzhud bolgan hech bir komponentdan chiqarib olib bolmaydi. 'Tilga olid' ham ikkita komponentdan iborat, hech qaysi komponent 'gapirmoq' manosini bermaydi dejishingiz mumkin, lekin konfetni tilga oldi' desangiz bu ifodaning ibora emas ekaniga ishonasiz.
Ikkinchisi ibora, lekin men uchun notanish, nima manoni berar ekan, qiziqyapman? Albatta sozma soz tushunish bilimsizlikni korsatib qoyadi, deb oylayman.
Nilufarxon
07-06-2006, 02:20 AM
Assalomu alaykum!
Nilufarxon, sizga bir savol: Ibora nima o'zi? Shunga ta'rif berolasizmi? :)
Keyin, quyidagi siz ibora deb keltirgan misollarni sharhlab bersangiz:
Nima uchun bularni ibora deb misol qilyapsiz?
Rahmat!
:) Hurmatli Asadbek.
Bilasizmi, men shunday thread ochayotganimda har tomonlama o’ylab, yeti o’lchab keyin bir qarorga kelganman. Negaki sizdayin aqlli, hozirjavob forumdoshlarimiz talaygina. Ular oldida "ringga" chiqish oson emas, albatta.
Endi asosiy gapga kelsak.
Sizning savollaringiz o’rinli. Negaki siz quyida keltirgan iboralarni ( Yana bir qanchasi bor) biz kundalikda ishlatmaganimiz va bilmaganimiz sababli sizda tabiiyki shunday savol tug’ilgan bo’lishi mumkin.
Lekin ochig’ini aytaman. Yaqinda mening qo’limga bir kitob tushib qoldi. Uning nomi “Keng uyning kelinchagi” deb nomlanadi. Bu kitob O’zSSR DAVLAT BADIIY ADABIYOT NASHRIYOTI tomonidan Toshkentda 1961 yilda nashr etilgan ekan. (SSSR davrida) Avval o’yladimki, bu kitob yosh kelinchaklarga saboq beradigan kitob deb, keyin qarasam bu kitobda o’zbek iboralari, qayroqi so’zlari haqida, hamda ularning qanday kelib chiqqani va qanday o’rinlarda qo’llanishi izohlab berilgan ekan.
Shunda menda shunday tema ochish fikri tug’ildi. Chunki bu yerdagi iboralarning ko’pchiligini biz hayotda qo’llamaymiz ham. (Men misol keltirgan iboralar ichidagi qiyinroqlarini men atayin shu kitobdan oldim)
Men o’zim adabiyotchilar oilasida katta bo’lganman, lekin mening kasbim adabiyotdan uzoq, faktlar asosida ishlashni taqazo etadi. Agarda men bir narsaga amin bo’lmasam, shunchaki gapirmayman ham. Lekin o’zim adabiyotga juda ham qiziqaman. Balki shu sabab Adabiyot bo’limida ham aylanishib yurgandirman. (qonda bor shekilli)
Siz so’ragan iboralar kitobda quyidagicha izohlangan:
Kor qildi – “Kor qildi" iborasi tojik va o’zbek so’zlaridan tuzilgan. Bu iboraning lug’aviy ma’nosi “Ish qildi”dir. Ammo bu ibora bu ma’noda ishlatilmaydi. “Menga uning gapi kor qildi” deyilganda, ta’sir qildi, alam qildi ma’nosi anglashiladi va so’zlovchidan achchig’langani ifoda etiladi. Ba’zan ajablanmoq ma’nosida ham ishlatiladi.
Tilga oldi – Ba’zi kishilar o’z do’stlarini yaxshilik yoki yomonlik niyati bilan xotirlaydilar. Shunday vaqtda “Meni ham tilga olibdi” degan ibora ishlatiladi.
Bitta tarvuzni dumalatib qo’ychi – Bu ibora dehqonchilikdan olingan Dehqon tarvuz eksa, hosili yaxshi bo’lsa, tarvuzni paykaldan uzib olib bir joyga dumalatib uyib tashlatdi va hosildan xursand bo’lib, charchaganini ham bilmaydi. Ittifoqo, hirmon tepasiga bitta odam kelib qoladi-da, dehqonga qarab:
- Tarvuzlaringiz mayda bo’lib qolibdiku, vaqtida suv quymabsizda, chopig’ini o’tkazib yuboribsizda – deb quruq mahmadanagarchilik qila boshlaydi. Dehqonning jahli chiqib:
- Avval o’zing dehqonchilik qilib, bitta tarvuzni bundoq dumalatib qo’ychi, so’ngra katta gapir!- deydi.
“Bu bitta tarvuzni dumalatib qo’ychi” iborasining to’g’ri ma’nosidir. Bu ibora ma’joziy ma’noda ham ishlatiladi:
Eski vaqtlarda kambag’allarning farzandi ko’p bo’lgan. Befarzand odamlar (ko’pincha boylar) ana shunday kambag’al odamlarni kamsitib:
-Bolalaringizni ahvoliga qarangchi, boshda yo’q, oyog’ida yo’q, shu ham bola boqish bo’ldimi? Buning ustiga tarbiyasi yo’q, shunday ham bo’lami? Kambag’al o’zi qiynalib turgan vaqtda buning gapi o’tib tushadi va bo’sh kelmay, befarzandga qarab:
-Avval o’zing bitta tarvuzni dumalatib qo’ychi, innaykeyin gapir! – deydi.
Yo’g’dan ko’ra bori – Kishi eng yaxshi narsalarini topishga harakat qiladi, lekin vaqt o’tgandanmi, boshqa sababdanmi, o’sha narsa topilmaydi, qidirgan narsaning past navlari topiladi. Masalan, dehqonga kartoshka urug’i kerak, yaxshisini topolmaydi, jo’nrog’ini topadi. Jonrog’ini olmasa yerning vaqti o’tib ketadi. Ana shunday vaqtda o’sha jo’n kartoshka uruqqa nisbatan “Yo’g’idan ko’ra bori” iborasini ishlatadilar.
Errayim bo’lma – “Errayim” so’zining asl ma’nosi “Erra’yi” bo’lib, mardlarcha o’z fikrini o’tkazuvchi demakdir. Ammo “Errayim” so’zi shu so’zdan olinib, kinoya, kesatiq ma’nosida ishlatiladi. Masalan: Errayim bo’lma, errayimlik qilma iboralari o’jarlik bilan o’z so’zini o’tkazmoqchi bo’lga odamlarga nisbatan ishlatiladi.
Dog’uli – “Dog’uli” so’zi “Jangomai Abu Muslim” kitobida ishtirok etgan, shaxsning laqabi bo’lib, asli oti Abu Yusufdir. Bu odam Umaviya zamonasining so’nggi hukmdori bo’lgan Marvon binni Xarning ishonchli ayg’oqchi / shpion/ laridan bo’lib, hiyla va nayrang bilan Abu Muslimga qarshi qattiq kurashadi. Keyinchalik o’xshatish yo’li bilan o’taketgan hiylakor, makkor, aldamchi odamlarga dog’uli deyiladi. Muqimiy deydi:
Mingboshisi so’finamo,
Tasbihu bo’ynida rido.
Cho’qib qochar zog’ialo,
Bir dog’uli ayyor ekan.
Yo'q, men "tarvuzni dumalatib kelchi" degan gapning ibora sifatida ishlatilishiga ishonmasligim uchun ham so'radim. Ishonarli isbot bo'lsa, marhamat. Bo'lmasa, ortiqcha gapning nima keragi bor? :)
Endi Asadbek janoblari sal bo'lsa ham, javobimga qoniqish hosil qildilarmi, yo'qmi shuni bilmoqchi edim .:rolleyes: Lekin bir gap, elDoraDoning gaplarida ham jon bor edi. :D
P.s: Yuqorida keltirgan hamma iboralarni ham kitobdan olganim yo'q. Yana tushunmagan iboralaringiz bo'lsa javobga shaymiz.:D
VARATAR
07-06-2006, 04:56 AM
Bu iborani manosi- "onasini ... " - 'tazirini bermoq' - bu erdagi iborada yoq shekilli?
хамма гап шунда-да, вакт утиши билан бу ибора узининг асл мохиятини йукотган, хозирда хам купчилик "Онасини учкургондан курсатмок" - бировни таъзирини бермок маъносини беради деб ишлатишади. Вахоланки, иборанинг тугилиши юкорида ёзилган равишда булган. :cool:
Zambrotta
07-06-2006, 06:20 AM
Hurmatli Asadbek.
Bilasizmi, men shunday thread ochayotganimda har tomonlama o’ylab, yeti o’lchab keyin bir qarorga kelganman. Negaki sizdayin aqlli, hozirjavob forumdoshlarimiz talaygina. Ular oldida "ringga" chiqish oson emas, albatta.
Endi asosiy gapga kelsak.
Sizning savollaringiz o’rinli. Negaki siz quyida keltirgan iboralarni ( Yana bir qanchasi bor) biz kundalikda ishlatmaganimiz va bilmaganimiz sababli sizda tabiiyki shunday savol tug’ilgan bo’lishi mumkin.
Lekin ochig’ini aytaman. Yaqinda mening qo’limga bir kitob tushib qoldi. Uning nomi “Keng uyning kelinchagi” deb nomlanadi. Bu kitob O’zSSR DAVLAT BADIIY ADABIYOT NASHRIYOTI tomonidan Toshkentda 1961 yilda nashr etilgan ekan. (SSSR davrida) Avval o’yladimki, bu kitob yosh kelinchaklarga saboq beradigan kitob deb, keyin qarasam bu kitobda o’zbek iboralari, qayroqi so’zlari haqida, hamda ularning qanday kelib chiqqani va qanday o’rinlarda qo’llanishi izohlab berilgan ekan.
Shunda menda shunday tema ochish fikri tug’ildi. Chunki bu yerdagi iboralarning ko’pchiligini biz hayotda qo’llamaymiz ham. (Men misol keltirgan iboralar ichidagi qiyinroqlarini men atayin shu kitobdan oldim)
Men o’zim adabiyotchilar oilasida katta bo’lganman, lekin mening kasbim adabiyotdan uzoq, faktlar asosida ishlashni taqazo etadi. Agarda men bir narsaga amin bo’lmasam, shunchaki gapirmayman ham. Lekin o’zim adabiyotga juda ham qiziqaman. Balki shu sabab Adabiyot bo’limida ham aylanishib yurgandirman. (qonda bor shekilli)
Siz so’ragan iboralar kitobda quyidagicha izohlangan:
Kor qildi – “Kor qildi" iborasi tojik va o’zbek so’zlaridan tuzilgan. Bu iboraning lug’aviy ma’nosi “Ish qildi”dir. Ammo bu ibora bu ma’noda ishlatilmaydi. “Menga uning gapi kor qildi” deyilganda, ta’sir qildi, alam qildi ma’nosi anglashiladi va so’zlovchidan achchig’langani ifoda etiladi. Ba’zan ajablanmoq ma’nosida ham ishlatiladi.
Tilga oldi – Ba’zi kishilar o’z do’stlarini yaxshilik yoki yomonlik niyati bilan xotirlaydilar. Shunday vaqtda “Meni ham tilga olibdi” degan ibora ishlatiladi.
Bitta tarvuzni dumalatib qo’ychi – Bu ibora dehqonchilikdan olingan Dehqon tarvuz eksa, hosili yaxshi bo’lsa, tarvuzni paykaldan uzib olib bir joyga dumalatib uyib tashlatdi va hosildan xursand bo’lib, charchaganini ham bilmaydi. Ittifoqo, hirmon tepasiga bitta odam kelib qoladi-da, dehqonga qarab:
- Tarvuzlaringiz mayda bo’lib qolibdiku, vaqtida suv quymabsizda, chopig’ini o’tkazib yuboribsizda – deb quruq mahmadanagarchilik qila boshlaydi. Dehqonning jahli chiqib:
- Avval o’zing dehqonchilik qilib, bitta tarvuzni bundoq dumalatib qo’ychi, so’ngra katta gapir!- deydi.
“Bu bitta tarvuzni dumalatib qo’ychi” iborasining to’g’ri ma’nosidir. Bu ibora ma’joziy ma’noda ham ishlatiladi:
Eski vaqtlarda kambag’allarning farzandi ko’p bo’lgan. Befarzand odamlar (ko’pincha boylar) ana shunday kambag’al odamlarni kamsitib:
-Bolalaringizni ahvoliga qarangchi, boshda yo’q, oyog’ida yo’q, shu ham bola boqish bo’ldimi? Buning ustiga tarbiyasi yo’q, shunday ham bo’lami? Kambag’al o’zi qiynalib turgan vaqtda buning gapi o’tib tushadi va bo’sh kelmay, befarzandga qarab:
-Avval o’zing bitta tarvuzni dumalatib qo’ychi, innaykeyin gapir! – deydi.
Yo’g’dan ko’ra bori – Kishi eng yaxshi narsalarini topishga harakat qiladi, lekin vaqt o’tgandanmi, boshqa sababdanmi, o’sha narsa topilmaydi, qidirgan narsaning past navlari topiladi. Masalan, dehqonga kartoshka urug’i kerak, yaxshisini topolmaydi, jo’nrog’ini topadi. Jonrog’ini olmasa yerning vaqti o’tib ketadi. Ana shunday vaqtda o’sha jo’n kartoshka uruqqa nisbatan “Yo’g’idan ko’ra bori” iborasini ishlatadilar.
Errayim bo’lma – “Errayim” so’zining asl ma’nosi “Erra’yi” bo’lib, mardlarcha o’z fikrini o’tkazuvchi demakdir. Ammo “Errayim” so’zi shu so’zdan olinib, kinoya, kesatiq ma’nosida ishlatiladi. Masalan: Errayim bo’lma, errayimlik qilma iboralari o’jarlik bilan o’z so’zini o’tkazmoqchi bo’lga odamlarga nisbatan ishlatiladi.
Dog’uli – “Dog’uli” so’zi “Jangomai Abu Muslim” kitobida ishtirok etgan, shaxsning laqabi bo’lib, asli oti Abu Yusufdir. Bu odam Umaviya zamonasining so’nggi hukmdori bo’lgan Marvon binni Xarning ishonchli ayg’oqchi / shpion/ laridan bo’lib, hiyla va nayrang bilan Abu Muslimga qarshi qattiq kurashadi. Keyinchalik o’xshatish yo’li bilan o’taketgan hiylakor, makkor, aldamchi odamlarga dog’uli deyiladi. Muqimiy deydi:
Mingboshisi so’finamo,
Tasbihu bo’ynida rido.
Cho’qib qochar zog’ialo,
Bir dog’uli ayyor ekan.
Endi Asadbek janoblari sal bo'lsa ham, javobimga qoniqish hosil qildilarmi, yo'qmi shuni bilmoqchi edim .:rolleyes: Lekin bir gap, elDoraDoning gaplarida ham jon bor edi. :D
P.s: Yuqorida keltirgan hamma iboralarni ham kitobdan olganim yo'q. Yana tushunmagan iboralaringiz bo'lsa javobga shaymiz.:Deee ota bobolarizga raxmat sizzi.
Javob degan mana bunaqa buladi.
mimoza
07-06-2006, 06:25 AM
хамма гап шунда-да, вакт утиши билан бу ибора узининг асл мохиятини йукотган, хозирда хам купчилик "Онасини учкургондан курсатмок" - бировни таъзирини бермок маъносини беради деб ишлатишади. Вахоланки, иборанинг тугилиши юкорида ёзилган равишда булган. :cool:eee, shunaqa demaysizmi aval boshdan. Yana qorongilashtirib qoyibsiz: shu manoda ishlatiladi-ku axir, nimaga '......, deb ishlatishadi', debsiz? Yana qanday manoda ishlatish kerak, deb oylaysiz?
Nilufarxon
07-06-2006, 06:54 AM
Nilufarxon, sizga bir savol: Ibora nima o'zi? Shunga ta'rif berolasizmi? :)Hurmatli Asadbek.
Ibora ham o'zbek xalq og'zaki ijodining bir janridir. Bu janr maqolga yaqin turadi. Maqollar xalqning hayotiy tajribalari, tarixiy, ijtimoiy voqealar qanday ixcham, aniq va ravshan qilib ifoda etilsa, iboralar ham xuddi shu xilda ixcham, ravshan qilib ifoda etiladi.
Endi shu yerda haqli savol tug'ilishi tabiiy. "Unda biz qanday qilib iboralarni, xalq maqollaridan ajratib olishimizmumkin, degan?"
Maqollarning hammasi ham ma'joziy ma'noda bo'lavermaydi. (Ishlasang tishlaysan, dehqon bo'lsang shudgor qil, zolimdan vafo tilama), ammo iboralarning deyarli hammasi ma'joziy ma'noda ishlatiladi.
"Онасини учкургондан курсатмок" ибораси олдиндан шархланган булса узр,
Бир киши йулда кетаётса, дарё четида 2-3 та бола йиглаб утирган экан. "Нима булди?" - деб сураса, болалар: "Онамиз шу ерда сувга тушиб кетдилар", -дейишибди. Халиги киши: "Аттанг, онангизни энди Учкургондан курасизлар" деган экан.
изох: Аёл сувга тушиб кетган жойда дарё суви урама хосил килиб, анча нарида Учкургон деган жойдан отилиб чикиб тиниклашиб окар экан.
"Уфк", Саид Ахмад.
Darhaqiqat, bu iboraning izohini kitobdan o'qisam ham xuddi shunday ekan.
Uchqo'rg'on Andijon bilan Namangan o'rtasidagi bir qishloq nomi. Bu qishloq yonidan Norin daryosi bilan Qora daryo o'tadi.
Mazkur daryolarning yuqorisida suv haddan tashqari tez,va katta toshlarni dumalatib, bir-biriga urib dahshat bilan oqadi. Mana shu o'rinda bir tor joy bo'lib, odamlar ko'pincha shu yerdan o'tib yuradilar, lekin bu yerdan o'tish juda ham xavfli bo'lgan.
Agar odam yoki ot-ulov toyib ketsa, suv oqizib ketadi va odam halok bo'ladi. Suvning mana shu tez oqadigan joyidan bir necha kilometr pastda daryo yoyilib, sayozlanib oqadi, daryoning shu sayoz o'rnini va bir tomondagi qirg'og'ini Uchqo'rg'on deb ataganlar.
Bu iborani bugungi kunda, agar bir kishi yaramas bir odam bilan aloqa qilsa yursa, o'sha kishi bilan olishib qolsa, biror xavfli joyga bormoqchi bo'lsa, " U odam bilan olishma, onangni Uchqo'rg'ondan ko'rsatadi, u odam bilan aloqa qilma, onangni Uchqo'rg'ondan ko'rasan, bunday xavfli ishni qilma, Onangni Uchqo'rg'ondan ko'rasan" iborasi ishlatiladi...
Nilufarxonni bilmadim
ammo
# Tilga oldi.
# Bitta tarvuzni dumalatib qo'ychi.
larni manam ibora deb oqiganman :) 6:sinf oqituvchimni korsam sorayman.
elDoraDo sizga tasanno! :)
Adabiyot darsidan faqat a'lo baholarga o'qiganmisiz, deyman. Adabiyotga ham qiziqishingiz baland ko'rinadi? Yoki o'qituvchingiz talabchan edilarmi?
'tilga oldi' ibora emas.
Ikkinchisi ibora, lekin men uchun notanish, nima manoni berar ekan, qiziqyapman? Albatta sozma soz tushunish bilimsizlikni korsatib qoyadi, deb oylayman.
Qanday tilingiz bordi, bilmadim, buni ibora emas deb yuz foiz ishonch bilan aytishga?
Balki siz Asadbekning yozganlarini o'qib shunday xulosaga kelgandirsiz? To'g'ri Asadbek bu iboralarni shunday ta'riflabdilarki, agarda qo'limda o'zbek iboralarining izohlari yozilgan kitob bo'lmaganda, men ham ishonardim.
Lobarxon, siz o'xshatish deb, badiiy tilda aytiladigan istiorani aytyapsiz shekilli? Iboralar o'xshatishdan sal farqli o'laroq, sal boshqacha bo'ladi. ya'ni iboralar maqollarga yaqinroq, xalqning turmush tarzini, ularning kechinmalarini ma'noli qilib ifodalaydi.
Masalan: O'xshatishga bir-ikki misol:
Anavi qizning beli xuddi chumolinikiga o'xshaydi.
Yoki bo'lmasam:
Ul parivash suv yoqasinda o'lturur,
G'oyati nozikligidin, suv birla yutsa bo'lur.
Asadbek
07-06-2006, 07:40 AM
...Iboralar o'xshatishdan sal farqli o'laroq, sal boshqacha bo'ladi. ya'ni iboralar maqollarga yaqinroq, xalqning turmush tarzini, ularning kechinmalarini ma'noli qilib ifodalaydi.
Ibora haqidagi gapingizga qo'shilolmayman...
Eslashga harakat qilib ko'ramiz:
Ibora - biror aniq ma'noni beradigan so'zlar yig'indisidir (yoki birlashmasi). Biror gapda bir yoki bir nechta ibora ishlatilishi mumkin. Ibora qo'llashdan asosiy maqsad - bir mazmunni boshqa so'zlar yordamida ifodalashdir.
Iboraning xususiyatlaridan biri - iborani tashkil qilgan so'zlarni bir gap ichida bir-biridan ajratib bo'lmasligidadir, aks holda hech qanaqa ma'nosi qolmaydi.
Masalan: Kecha yig'ilishda Toshmat moshxo'rdaga qatiq bo'ldi. = Kecha yig'ilishda moshxo'rdaga Toshmat qatiq bo'ldi.
Natijani o'zingiz ko'ryapsiz.
Xullas, ushbu mavzu "O'zbek Tili grammatikasi" kabi kitoblarni izlashga undayapti. Biror joyda qo'limga tushib qolsa, varaqlab qo'yarman :)
mimoza
07-06-2006, 10:52 AM
Qanday tilingiz bordi, bilmadim, buni ibora emas deb yuz foiz ishonch bilan aytishga?
Balki siz Asadbekning yozganlarini o'qib shunday xulosaga kelgandirsiz? To'g'ri Asadbek bu iboralarni shunday ta'riflabdilarki, agarda qo'limda o'zbek iboralarining izohlari yozilgan kitob bo'lmaganda, men ham ishonardim.
Lobarxon, siz o'xshatish deb, badiiy tilda aytiladigan istiorani aytyapsiz shekilli? Iboralar o'xshatishdan sal farqli o'laroq, sal boshqacha bo'ladi. ya'ni iboralar maqollarga yaqinroq, xalqning turmush tarzini, ularning kechinmalarini ma'noli qilib ifodalaydi.
Masalan: O'xshatishga bir-ikki misol:
Anavi qizning beli xuddi chumolinikiga o'xshaydi.
Yoki bo'lmasam:
Ul parivash suv yoqasinda o'lturur,
G'oyati nozikligidin, suv birla yutsa bo'lur.
chunki men tilshunosman. hamma kitobga ham ishonavermasdan, ozingiz ham saal oylab ko'ring. Qancha kitoblarda, badii adabiet tilidagi oddij sozlarni tilshunoslar metafora deb organib, ilmij ish qilishgan. Tilga olmoq' iborasi (Siznigcha) sizning iboraga bergan tarifga ham to'gri kelmaydiku. Siz ozingiz ham nima uchun ishonmagan bolardingiz, balki bizga ham aytarsiz?
Qani ikkinchi bergan misolingizda o'xshatish (metaphora demoqchisiz?)?
SmIlIk
07-06-2006, 11:32 AM
Yana bittasi esimga tushdi...
7. Ko'ylak yirtmoq
Nilufarxon
07-06-2006, 12:45 PM
Hurmatli Asadbek.
Aytmoqchi men varaqlagan kitob mualliflari taniqli tilshunos olimlar bo'lib, Shotursun Shomaqsudov va Subutoy Dolimovlardir. Agarda siz Toshkentdagi universitetlardan birini tugatgan bo'lsangizlar, albatta bu tilshunoslar haqida eshitgandirsizlar.
Endi umumiy qilib gapirsam, men bu tilshunoslar kabi, yuqorida hamma keltirayotgan iboralarni, so'zma-so'z sizlarga izohlab berolmayman va bu mening vazifamga kirmaydi ham.
Men o'z fikrlarimni faqatgina shu olimlar tilidan izohlamoqchi bo'ldim, xolos. U yog'i o'zingizga havola. Lekin bu tilshunoslarga qarshi borish ham niyatim yo'q, sababi ularning izohi sizlarnikidan ko'ra kuchliroq va haqiqatga yaqin deb o'ylayapman.
Bu yog'i sizlarga havola ishonish yoki ishonmaslik.
chunki men tilshunosman. hamma kitobga ham ishonavermasdan, ozingiz ham saal oylab ko'ring. Qancha kitoblarda, badii adabiet tilidagi oddij sozlarni tilshunoslar metafora deb organib, ilmij ish qilishgan. Tilga olmoq' iborasi (Siznigcha) sizning iboraga bergan tarifga ham to'gri kelmaydiku. Siz ozingiz ham nima uchun ishonmagan bolardingiz, balki bizga ham aytarsiz?
Qani ikkinchi bergan misolingizda o'xshatish (metaphora demoqchisiz?)?
Hurmatli mimoza.
Sizlar men iboralarga bergan qisqacha ta'rifimga qarab, xulosa qilmanglar. Asadbek mendan so'ragan savollariga, men ozgina oydinlik kiritdim, xolos.
Endi , meni tilshunoslarday iskanjaga olishingiz noo'rinda.
Asadbekning gaplariga ishonishimga sal qoldi, deganim bu ularning notiqlik san'atlariga yuqori baho berganimdir. Chunki biz hayotda odamlarni shunchalik gapimizga ishontira olmaymizu, ularning gaplari esa xatto yozuvda ham o'z kuchiga ega. (Bu hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Bu ham bir san'at)
Ikkinchi misolimdagi o'xshatish -
Ul parivash suv yoqasinda o'lturur,
G'oyati nozikligidin, suv birla yutsa bo'lur.
Menimcha bu yerda qizni shu darajada nozik deb ta'riflab, xatto suv bilan yutish mumkinday. Axir biz hayotimizda odam qanchalik nozik bo'lmasin, suv bilan ichish u yoqda tursin, chaynab, chaynab ham yeya olmaymizku. Bu yerda demak, qizning nozikligini suvga taqqoslayapti, mening nazarimda.(Mayli bu misol hozircha yana izoh talab bo'lyapti, shekilli)
Lekin tan oling, birinchi keltirgan misolim, o'xshatishga yaqqol misol bo'la oladi, to'g'rimi?
Endi maylimi, menga ham so'z bersanglar, o'zimni oqlashga? (Hatto sud jarayonida ham jinoyatchiga so'z berishadiku):D
Hurmatli Asadbek va mimoza,
Atoqli tilshunos olimlar Sh. Shomaqsudov va S. Dolimovlarning fikriga qanoat hosil qilmagan bo'lsangiz, balki shu sohada yozgan biror kitobingizning nomini aytarsiz, shunda men albatta sizlarning kitoblaringizni topib o'qiirdim va xatoimni tuzatardim.;)
Asadbek
07-06-2006, 03:04 PM
Hurmatli Asadbek.
Aytmoqchi men varaqlagan kitob mualliflari taniqli tilshunos olimlar bo'lib, Shotursun Shomaqsudov va Subutoy Dolimovlardir. Agarda siz Toshkentdagi universitetlardan birini tugatgan bo'lsangizlar, albatta bu tilshunoslar haqida eshitgandirsizlar.Hurmatli Nilufarxon,
batafsil yozganingiz uchun tashakkur!
Ikkala tilshunos olimdan faqat Shomaqsudovning nomi tanishroq tuyulyapti, ammo eslolmadim...
Endi umumiy qilib gapirsam, men bu tilshunoslar kabi, yuqorida hamma keltirayotgan iboralarni, so'zma-so'z sizlarga izohlab berolmayman va bu mening vazifamga kirmaydi ham. Bu yog'i qiziq bo'ldi-ku?! Siz o'zingiz ochgan mavzuning maqsadiga o'zingiz qarshi chiqmayapsizmi? :)
Siz keltirgan har bir iboraga yoki misolga, tilshunos bo'lmasangiz-da, izoh avvalambor sizdan kutiladi.
Shunda, o'zingiz mavzu boshida aytib o'tganingizdek, bilmagan yoki noto'g'ri anglab yurgan narsalarimizni o'rganib olamiz.
Bu yog'i sizlarga havola ishonish yoki ishonmaslik.Meni qoniqtirmayotgan narsa, bu yerda hali ham "IBORA nima?" degan savolga aniq javob yoki o'qib turib, "Barakalla!" desa bo'ladigan ta'rif ko'rmadim... O'zim esa bilganimcha ta'riflashga harakat qildim...
Masalan, tilshunoslikda "Tuyg'un birikma" degan narsa bor. Bu - Ibora emasmi? :) mimoza, siz biror narsa aytarsiz shu haqida?
Hurmatli Asadbek va mimoza,
Atoqli tilshunos olimlar Sh. Shomaqsudov va S. Dolimovlarning fikriga qanoat hosil qilmagan bo'lsangiz, balki shu sohada yozgan biror kitobingizning nomini aytarsiz, shunda men albatta sizlarning kitoblaringizni topib o'qiirdim va xatoimni tuzatardim.;)
mimozani bilmadim-ku, ammo men kitob yozmaganman. Tilshunos ham emasman, bunga da'vo ham qilmayman :)
Ammo, sizga mavzu uchun tashakkur!
Nilufarxon
07-06-2006, 09:23 PM
Hurmatli Nilufarxon,
Meni qoniqtirmayotgan narsa, bu yerda hali ham "IBORA nima?" degan savolga aniq javob yoki o'qib turib, "Barakalla!" desa bo'ladigan ta'rif ko'rmadim... O'zim esa bilganimcha ta'riflashga harakat qildim...
Ammo, sizga mavzu uchun tashakkur!
Asadbek sizga ham katta rahmat.
Bilasizmi, tortishuvimiz agar shu yo'sinda davom etsa, erta yoki indinga nasib qilsa, ibora degan tushunchaga ham ta'rif topiladi, albatta.
Endi bilasizmi, Asadbek, sizga olimlar ibora degan tushunchaga keltirgan ta'riflari yoqmaganda, bizga yo'l bo'lsin.(Bu hazil albatta):D
Masalan menga ko'pchilikning iboraga keltirgan misollari ham, ta'riflari ham yoqdi. Shu jumladan sizning ta'rifingiz ham. Mening nazarimda forumdoshlarning ham har bir izohlariga tilshunosday qarash shart emas.
Bu yerda maqsad, ozgina bo'lsada, forumdoshlar o'zlari kundalikda - so'zlashuvda qo'llaydigan iboralarini, ularning ma'nosini sal bo'lsada tushunishlari.
Mana masalan men ham siz va mimozaning menga bergan savollaringizdan keyin, ancha izlandim.
Balki ular ham endi bizning tortishuvlarimiz orqali ibora degan tushuncha nima ekanligiga sal bo'lsada e'tibor qaratishgan bo'lsa. Kimdandir yana qandaydir yaxshi fikr chiqib qolar. :D
Asadbek sizga bir savol bersam maylimi?
O'zingiz qaysi iboralarni ko'p ishlatasiz, va orasida biz bilmaydiganlari ham bormi? Bo'lsa ayting, biz ham izohlashga urinib ko'raylik.:)
mimoza siz tilshunos sifatida menga maslahat bera olasizmi?
O'zbek tilimizning grammatikasini batafsil o'rgatadigan kitoblardan qaysilarini tavsiya eta olasiz? (Iltimos faqat muallifi va qaysi nashriyot tomonidan chop etilganini, hozirda sotuvda bor-yo'qligini ham aytsangiz. )
Shokirbek
07-07-2006, 01:46 AM
Ibora (عبارة) so'zi arab tilidan olingan bo'lib, so'zlar to'planmasi, jumla (bu ham arabcha), gap degan ma'nolarni beradi. Arablar uni biror ma'noni (fikrni) ifodalovchi so'zlar yig'indisiga ishlatadilar. O'zbeklarga ham aynan xuddi shu ma'noda kirib kelgan.
Z. Ma'rufov tahriri ostida, C.Akobirov, T. Aliqulov, C. Ibrohimov, A. Rustamov va boshqa bir qator ko'zga ko'ringan tilshunos olimlar ishtirokida tuzilgan "O'zbek tilining izohli lug'ati" (1981 yil nashr etilgan)da ibora haqida shunday deyiladi (1/312):
"Ibora. Biror tushuncha yoki fikr ifodalovchi so'zlar birikmasi, ta'bir."
Ko'rib turibsizki, unda biror tushunchani ifodalovchi so'zlar birikmasining IBORA deb atalashi uchun majozan ishlatilishi shart etilmayotir. Haqiqatda ham shunday. Zero, o'zbek tilida "obrazli ibora", "majoziy ibora" degan jumlalar mavjud, yuqoridagi da'vo to'g'ri bo'lganida "majoziy" sifatini (aniqlovchisini) qo'shib o'tirishga ehtiyoj qolmagan bo'lur edi.
Menimcha, ibora, jumla kalimalari o'zbek tilidagi "gap" so'zining arabchadan olingan murodiflaridir, chunki "gap"ning ta'rifi ham iboraning ta'rifidek "so'zlar vositasi ila anglashilgan fikr"dir.
P.S. Majoz (مجاز) yoki majoziy (مجازي) so'zlari ham arab tilidan olingan, ma'nosi "o'z o'rnidan ko'chirilgan, o'tkazilgan" degani, uni "ma'joz" deb yozish xato hisoblanadi. Zero bu tayoqcha (') aksar o'zbekchaga arabchadan o'tgan, tarkibida "ayn" harfi yoki ba'zi o'rinlarda "hamza" harfi mavjud bo'lgan so'zlarda ishlatiladi. Mas: e'tibor(اعتبار), e'zoz (إعزاز), ma'rifat (معرفة), ma'no (معنى), ma'vo (مأوى) va h.k.
Yuqorida keltirilgan majoziy iboralarning ba'zilariga berilgan sharhlarda munozarali yerlarni uchratdim, vaqt bo'lganda fikrimni bayon etarman.
Nilufarxon
07-07-2006, 05:05 AM
Ibora (عبارة) so'zi arab tilidan olingan bo'lib, so'zlar to'planmasi, jumla (bu ham arabcha), gap degan ma'nolarni beradi. Arablar uni biror ma'noni (fikrni) ifodalovchi so'zlar yig'indisiga ishlatadilar. O'zbeklarga ham aynan xuddi shu ma'noda kirib kelgan.
Z. Ma'rufov tahriri ostida, C.Akobirov, T. Aliqulov, C. Ibrohimov, A. Rustamov va boshqa bir qator ko'zga ko'ringan tilshunos olimlar ishtirokida tuzilgan "O'zbek tilining izohli lug'ati" (1981 yil nashr etilgan)da ibora haqida shunday deyiladi (1/312):
"Ibora. Biror tushuncha yoki fikr ifodalovchi so'zlar birikmasi, ta'bir."
Shokirbek, sizga ham katta rahmat.
Menimcha ibora degan tushunchaga ham oydinlik kiritib oldik, mening nazarimda.;)
Endi asosiy mavzuga qaytsak. Bu threadning ochilishidan maqsad biz iboralarni qay darajada qo'llashimiz va tushunib yetishimizdir.:)
Endi agar biz siz bilan hozir iboralar qolib, ibora degan tushunchaga aniqlik kiritishimiz kiritaveradigan bo'lsak, unda yana boshqa thread ochishga to'g'ri kelib qoladi.
Negaki har bir tushuncha haqida uzoq va davomli tortishish mumkin, menimcha, to'g'rimi? :)
Bizning maqsadimiz esa bo'lakcha, bu yerda ko'p yigit va qizlarimiz hozirda chet ellarda yurishibdi. O'zlarining ona tillarini ham unutmagan holda, uning naqadar chiroyli til ekaniga ishonch hosil qilish.
Biz bu yerda Asadbek va boshqa forumdoshlar bilan ibora degan tushunchaga oydinlik kiritish bilan ovora paytimizda, boshqalar yozayotgan postlaridagi imlo xatolarni ko'rib, o'ylanib qolasan kishi...:rolleyes:
Asadbek
07-07-2006, 05:31 AM
Endi asosiy mavzuga qaytsak. Bu threadning ochilishidan maqsad biz iboralarni qay darajada qo'llashimiz va tushunib yetishimizdir.:)
Tepadagi va pastdagi gaplaringiz bir-biriga qarama-qarshi...
Endi agar biz siz bilan hozir iboralar qolib, ibora degan tushunchaga aniqlik kiritaveradigan bo'lsak, ...
Iboralarni qay darajada qo'llashni bilish va iboralarni tushunib yetish uchun avvalo Iboraning nima ekanligini yaxshi bilmoq kerak. Shu sababdan men "Ibora deganda o'zi nima tushuniladi?" deb ta'rif so'ragan edim ;)
PS: Imlo xatolari haqidagi gapingizga qo'shilaman. Bu narsa tilga e'tiborsizlik va hurmatsizlikdan kelib chiqadi...
Ba'zilar Ingliz yoki Rus tilida binoyidek yozishadi, ammo o'z ona tillari hisoblanmish O'zbek tilida yozishganida esa... Ko'pincha so'zni qnaday talaffuz qilishsa, shunday yozishadi... :(
Nilufarxon
07-07-2006, 06:04 AM
Asadbek.
Mana qarang Ayollar bo'limida, Lady G xonim ochgan birgina "Yomon ko'raman" deb nomlangan threadning o'zida bir qancha iboralarga duch keldim.
Nima deb o'ylaysiz, shularning hammasini ham ibora desa bo'ladimi?
Keling Asadbek, Shokirbekning ibora degan tushunchaga bergan ta'riflarida to'tab qo'ya qolaylik. Masalan menga ularning iboraga keltirgan ta'riflari ham yoqdi. (Faqat olimlarning fikrlarini rad etganlari, biroz g'alati tuyuldi. Masalan shu olimlar ham shu darajaga erishguncha qancha chig'iriqlardan o'tishganku. Olimlar ham iborani so'zma-so'z emas, balki ma'nosiga qarab, ta'rif berishgan bo'lishlari mumkinku, to'g'rimi?)
Kir yuvish, ovqat pishirish, xona tozalashda yosh qizlardan o'tadilar.
Qo'pol aralashib, suhbatni belidan tepgan bo'lsam, uzr,ammo o'qib,jim keta olmadim. Kezi kelganda, fikr bildirishni joiz deb topdim.
Oshxonada tarakanlani korgani ko'zim yo'q, paydo bo'lishi bilan :2gunfire: qilishga tushaman.
Tuppa tuzik odam, kevolib, boshka bironta odammni chaynab, giybatini kilishni boshlasa, JUDA YOMON koraman.
chuchvarani hom sanabsiz hammasi biz qizlarga bog'liq ;) uyni uy, erni er qiladigan kim edi? :cool:
:lol: obersaiz olam guliston :lol:
Han janoblari uzr.
Sizning "Yig'lamoq" degan threadizga kirib, shu iboraga ko'zim tushdi.
Ruxsatingizsiz, foydalandim, maylimi?
:D :D
rafiqam bechora onasiga tushuntirguncha, ona suti og'ziga kelibdi...:D oxirida, slaydni qo'yib berib sokinlashtiribdi...
uyga kelib uchchalashib birbirimizdan yuzimizni yashirib, rosa kuldik... :D
P.s: Faqat shu thread muallifi va boshqa forumdoshlar mendan xafa bo'lmasalar, bo'ldi. Ularning ruxsatisiz ularning yozuvlaridan, foydalanganim uchun. Kechirasizlar degan umiddaman.
Asadbek
07-07-2006, 06:26 AM
Nima deb o'ylaysiz, shularning hammasini ham ibora desa bo'ladimi? Yo'q. Hammasini ibora deb bo'lmaydi...
xona tozalashda yosh qizlardan o'tadilar. - Bu yerda ibora emas. Nazarimda, o'z ma'nosida ishlatilyapti.
boshka bironta odammni chaynab... - hali bunaqa ibora yoki jumlani (g'iybat qilish ma'nosida) biror joyda uchratmagan edim...
Shokirbek akaning gaplaridan taajjublanishingiz tabiiy. Olim bo'lib, kitob yozish degani - o'sha kitobdagi hamma narsa mantiqan to'g'ri, rost narsalar, degani emas.
Shokirbek akamiz ham tilshunoslik borasida ancha ilmdor insonlar.
Nilufarxon
07-07-2006, 06:55 AM
Yo'q. Hammasini ibora deb bo'lmaydi...
xona tozalashda yosh qizlardan o'tadilar. - Bu yerda ibora emas. Nazarimda, o'z ma'nosida ishlatilyapti.
boshka bironta odammni chaynab... - hali bunaqa ibora yoki jumlani (g'iybat qilish ma'nosida) biror joyda uchratmagan edim...
Men ham aynan shu so'z birikmalarida shubhalanayotgan edim. ;)
Unday bo'lsa bu qanday gaplar?:)
Asadbek
07-07-2006, 07:08 AM
Men ham aynan shu so'z birikmalarida shubhalanayotgan edim. ;)
Unday bo'lsa bu qanday gaplar?:)
:) Oddiy gap.
1. xona tozalashda (buvim) yosh qizlardan o'tadilar... - oddiy gap. Izoh shart emas menimcha.
2. Birovni g'iybat qilma, degan ma'noda "birovni chaynama" degan narsani hech qachon eshitmaganman. "Gapni chaynama" degan ibora bor. Ammo "odamni chaynama" degan ibora?.. :)
mimoza
07-07-2006, 08:28 AM
Hurmatli Asadbek.
Aytmoqchi men varaqlagan kitob mualliflari taniqli tilshunos olimlar bo'lib, Shotursun Shomaqsudov va Subutoy Dolimovlardir. Agarda siz Toshkentdagi universitetlardan birini tugatgan bo'lsangizlar, albatta bu tilshunoslar haqida eshitgandirsizlar. to'grisini aytsam bu olimlarni ishlarini - siz bergan tarifdan boshqa- oqimaganman, yonimda boganida balki foydalanarmidim...
Endi umumiy qilib gapirsam, men bu tilshunoslar kabi, yuqorida hamma keltirayotgan iboralarni, so'zma-so'z sizlarga izohlab berolmayman va bu mening vazifamga kirmaydi ham.
Men o'z fikrlarimni faqatgina shu olimlar tilidan izohlamoqchi bo'ldim, xolos. U yog'i o'zingizga havola. Lekin bu tilshunoslarga qarshi borish ham niyatim yo'q, sababi ularning izohi sizlarnikidan ko'ra kuchliroq va haqiqatga yaqin deb o'ylayapman.
Bu yog'i sizlarga havola ishonish yoki ishonmaslik. Unda sizga emas, osha olimlarni fikriga ozimni fikrimni bildirdi, deb hisoblay qoling. Har doim kritik yondoshish kerak har bitta tezisga, indamasdan ishonib ketaversangiz, diskussiya qila olmaysiz har qanaqa temada ham. Oqni qora deishsa, indamasdan ishonib ketavermaysizku, togrimi?
Endi , meni tilshunoslarday iskanjaga olishingiz noo'rinda. iskanzhada his qilyapsizmi ozingizni? Qani qarshilik qiling, men sizni agarda nohaq iskanzhaga olgan bolsam. Bu ifodangiz notogri aslida, men sizni iskanzhaga olganim yoq.
Asadbekning gaplariga ishonishimga sal qoldi, deganim bu ularning notiqlik san'atlariga yuqori baho berganimdir. Chunki biz hayotda odamlarni shunchalik gapimizga ishontira olmaymizu, ularning gaplari esa xatto yozuvda ham o'z kuchiga ega. (Bu hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Bu ham bir san'at)aaa Siz ularni gaplariga qarab, ishonmagan bolardim' dedingizmi?
Ikkinchi misolimdagi o'xshatish -
Ul parivash suv yoqasinda o'lturur,
G'oyati nozikligidin, suv birla yutsa bo'lur.
Menimcha bu yerda qizni shu darajada nozik deb ta'riflab, xatto suv bilan yutish mumkinday. Axir biz hayotimizda odam qanchalik nozik bo'lmasin, suv bilan ichish u yoqda tursin, chaynab, chaynab ham yeya olmaymizku. Bu yerda demak, qizning nozikligini suvga taqqoslayapti, mening nazarimda.(Mayli bu misol hozircha yana izoh talab bo'lyapti, shekilli)
Lekin tan oling, birinchi keltirgan misolim, o'xshatishga yaqqol misol bo'la oladi, to'g'rimi?xa, birinchi misolingiz oxshatish (sravnenie), lekin ikkinchisi metafora ham, sravnenie ham emas. Balki giperbola- tarifini kitobdan qarab olarsiz, qiziq nima degan ekan bunga yuqoridagi olimlar?
Hurmatli Asadbek va mimoza,
Atoqli tilshunos olimlar Sh. Shomaqsudov va S. Dolimovlarning fikriga qanoat hosil qilmagan bo'lsangiz, balki shu sohada yozgan biror kitobingizning nomini aytarsiz, shunda men albatta sizlarning kitoblaringizni topib o'qiirdim va xatoimni tuzatardim.;)hey, nimaga ironiya qilyapsiz:x, chiqib qolar kitobim ham, xudo hohlasa. Ungacha boshqa olimlarni kitoblarini oqib turing, ularni soni ancha muncha :lol:, ana shunda osongina ishonmajdigan bolasiz.
Shokirbek
07-07-2006, 08:29 AM
"xona tozalashda (buvim) yosh qizlardan o'tadilar", to'g'ri ma'noda, ya'ni o'tib, o'zib ketadilar degani, demak bu yerda majozan ishlatilgan ibora yo'q.
Lekin ikkinchi ibora "falonchini chaynadi"ning asosi bor, aslida "falonchining go'shtini chaynadi" - g'iybat qildi ma'nosida keladi, buning asli o'zi Qur'oni Karimning hujurot surasidagi oyatlardan birida kelgan, unda "Ba'zingiz boshqangizni g'iybat qilmasin, biringiz o'z birodarining go'shtini o'lganidan so'ng yeyishni yaxshi ko'radimi, bundan (tabiatan) jirkanasizlarku" (y'ani o'z og'asining go'shtini yeyishdek jirkanch ishni qilmanglar) deyilgan. Yuqoridagi ibora shundan kelib chiqqan bo'lsa kerak.
Endi shu iboraga bog'liq ma'nolarga kelaylik:
Gapni chaynadi, chaynab gapirdi, chaynaldi - ma'nosi ma'lum.
Falonchini chaynadi - yandi, dashnom berdi, itob berdi; g'iybat qildi, so'kdi .
elDoraDo
07-07-2006, 08:32 AM
Baaaa.
iltimos iboralar bilan davom etaylik. Ozi yaxshi kelayotgandik. Ibora bolsa bolsin, bolmasa mayli, bu iboramas denglar, hohlaganlar uchun ibora bolib qolaversin, hohlaganlar ishlatmasin uni. Huddi biz suhbat davomida ishlatilayotgan har bir sozimizni grammatik jihatdan tahlil qiladigandek. Bu thread ohirida DTM ga tayyorlanish kursiga oxshab ketdi.
Yangi iboralardan, marhamat
mimoza
07-07-2006, 08:34 AM
mimoza siz tilshunos sifatida menga maslahat bera olasizmi?
O'zbek tilimizning grammatikasini batafsil o'rgatadigan kitoblardan qaysilarini tavsiya eta olasiz? (Iltimos faqat muallifi va qaysi nashriyot tomonidan chop etilganini, hozirda sotuvda bor-yo'qligini ham aytsangiz. )oh, oh men ozbek tili tilshunosi emasman, umuman ozbek tilida adabietlardan habarim yoq, bazhaonidil yordam qilgan bolardim.
mimoza
07-07-2006, 09:22 AM
"xona tozalashda (buvim) yosh qizlardan o'tadilar", to'g'ri ma'noda, ya'ni o'tib, o'zib ketadilar degani, demak bu yerda majozan ishlatilgan ibora yo'q.
metafora -yosh qizlardan - bor bu erda, 'xuddi yosh qizlarday' (sravnenie) deyish ham mumkin edi.
Lekin ikkinchi ibora "falonchini chaynadi"ning asosi bor, aslida "falonchining go'shtini chaynadi" - g'iybat qildi ma'nosida keladi, buning asli o'zi Qur'oni Karimning hujurot surasidagi oyatlardan birida kelgan, unda "Ba'zingiz boshqangizni g'iybat qilmasin, biringiz o'z birodarining go'shtini o'lganidan so'ng yeyishni yaxshi ko'radimi, bundan (tabiatan) jirkanasizlarku" (y'ani o'z og'asining go'shtini yeyishdek jirkanch ishni qilmanglar) deyilgan. Yuqoridagi ibora shundan kelib chiqqan bo'lsa kerak. Raxmat Sizga mana shu info uchun. Quronda ham ko'chma manoda qollangan, togrimi? Yoki men notogri tushundimmi?
Endi shu iboraga bog'liq ma'nolarga kelaylik:
Gapni chaynadi, chaynab gapirdi, chaynaldi - ma'nosi ma'lum.
Falonchini chaynadi - yandi, dashnom berdi, itob berdi; g'iybat qildi, so'kdi .'chaynamoq' felni 'gapirmoq' - har xil stilistik ottenkalar bilan- manosida qollanishi metaforikdir. Yani oxshashlik asosida mano kochirildi. Chaynaganda ham 'gapirganda ogiz qimirlaydi, lekin birinchi holda hech qanaqa kommunikaciya bolmaydi (kommunikaciya bolmasligi kerak :)). Gapirganda esa komunikacia - qanaqadir maqsad yotadi tagida- kutiladi, maqsad aniq ifodalab berilmasa, ogiz qimirlagandan boshqa narsa emas, yani chaynagandan.
Nilufarxon
07-09-2006, 01:50 AM
Aziz forumdoshlar, menda iboralar yuzasidan yana savol tug'ildi.
Quyida keltiradigan iboralarning izohiga esa kitobdan batafsil izoh ko'rmadim.
Kitobda umumiy gapirilibdi. Qani, sizlar bunga nima deysizlar, ?:)
Arqonni uzun tashlab kelayotir. ( Nima uchun aynan arqonni uzun tashlab?)
Asakasi ketadimi? O'zi asakasi degani nima?
Bebiliska. Bu iborani esa onamlar pulni oldi-orqasiga qaramay ya'ni isrof qilib ishlatadiganlarga nisbatan ishlatar edilar. O'zi bu ibora qanday o'rinlarda ishlatilishi kerak?:rolleyes:
Unknown_Artist
07-09-2006, 07:38 PM
Aravani quruq olib qochadiganlarning hammasi bir yoqadan bosh chiqarib, dunyoni boshlaringga ko'tarvopsilayu-a? Publikaga o'ynashi bas qillaring endi. :) Uzr lekin.....
Nilufarxon
07-09-2006, 11:47 PM
Aravani quruq olib qochadiganlarning hammasi bir yoqadan bosh chiqarib, dunyoni boshlaringga ko'tarvopsilayu-a? Publikaga o'ynashi bas qillaring endi. :) Uzr lekin.....
O'zingiz ham ibora ishlatishga usta ekansizmi?
To'g'ri aytasiz. Bu yerga mendan boshqa hammaning orqa etagida og'irligi yoqlar yi'gilgan ekan. Men o'ylagandimki, imi-jimida bir thread ochamanu, quyonning rasmini solaman deb. Qarasam, chuchvarani xom sanabman. Xuddi men ularning arpasini xom o'rgandek, menga sal qolishdi, onamni Uchqo'rg'ondan ko'rsatishlariga.
Endi men bu threadda yaxshi qatnashgan forumdoshlarni birma-bir tilga olib o'tsam.
Avvalo Wolfman haqida gapirmasak bo'lmaydi. Bu Wolfmanning oldida hech kim aravasini quruq olib qocholmaydi.:D
Han janoblariga kelsak- Ularning oldilarida esa har qanday odam, oyog'i kuygan tovuqday pitillashi tabiiy. Chunki har bitta gapingizni o'ylab gapirishingiz darkor.:)
Yana bir yigitimiz haqlarida gapiraverganimdan tildan qolishim aniq. Negaki bu yigitning oldida hech kim ip esholmasligi aniq. Chunki bu yigitning ishongan bog'i, suyangan tog'i bor. U ham bo'lsa aqli. Asadbek desalar yurak qurg'ur orqaga tortib ketadiganlar ham topiladi. :oops:
Men kamina esa o't bilan suv orasidaman. Shu threadni ochganimda og'zim qulog'imda edi. Endi esa suvga tushgan nondek o'tiribman. Mayli hali mening sovunimga kir yuvishmabdi...;)
mimoza aralashgan ish esa xamirdan qil sug'urgandek.:lol:
O'-o'-o' Shokirbek degani ham bor ekan. Bu forumda uning soyasiga ko'rpacha soladiganlar ham ko'p ekanini sezdim. Shokirbek deganlari o'zi oqko'ngil, so'zning mag'zini chaqib gapiradigan yigit.
Xullas gaplar ko'p.
Shokirbek
07-10-2006, 02:15 AM
Mavzu "o'zbek iboralarini qay darajada bilish"dan "kishilar xarakterini qay darajada bilish"ga o'tib ketibdiyu. :D Menimcha buning uchun ikki-uch oy kifoya emas, balki bir ikki qovun pishig'i o'tgani yaxshi. :)
Singlim Nilufar, keling, yuqoridagi keltirgan iboralaringizga (tishimiz o'tganlariga) baholiqudrat to'xtab o'taylik.
"Arqonni uzun tashlamoq". Ba'zi bir asov, yoki jirraki hayvonni avval "kel, shu yaxshi, yumshoq qilib bog'lashga, arqonini uzun qilib qo'yishga yararmikin" deb arqonni uzun qilib qo'yilgan, keyin iloji bo'lmagach, arqonni qisqa qilib bog'lab, boshini burolmaydigan qilib qo'yilgan bo'lsa kerak. Ana shundan, birovning nojo'ya, noo'rin ishlariga "hali o'zi tushunib yetar" degan mulohazada muayyan bir fursat bergan kishiga "arqonni uzun tashlab qo'ydi" deyilsa ajab emas.
"Shuni qilsang (desang) asakang ketadimi?". Buning asli qayerdan kelib chiqqanini biror joyda o'qimaganman, lekin taxmin qilish mumkin. Boshlab Asakalik biror kishi kuch talab qilmaydigan, arzimas bir ishni qudrat yetsada qilmagan bo'lsa, unga qarab sherigi: "Shuni qilsang asakang ketib qolarmidi", ya'ni "shu ishni qilsang biror joying kamayib, yoki sevimli shahring Asakang ketib, undan ajrab qolmas edingku" :D degan bo'lishi mumkin. Keyin esa bu ibora shu ma'nodagi narsalarga ishlatilib ketgandir.
Asadbek
07-10-2006, 03:15 AM
...

Shokirbek aka,
sizning ta'rifingizga qo'shimcha tarzda, o'z ta'rifimni ilgari sursam :)
Adashmasam, O'zbek tilimizda "Palonchi arqonni uzun tashlab qo'ygan" degan gap ham bor. Tasavvur qiling: bir odam qurib qolgan quduqdan suv chiqaraman deb, quduqqa arqon tashlab, pastga tushibdi. Quduq tagini tozalab, suv chiqarib, keyin, tepaga chiqaman, desa, arqonga bo'yi yetmasmish. Qarasa, arqon kalta ekan. Yordam chaqirib, bir baloq qilib tepaga chiqib olibdi. Shu-shu, quduq tagiga tushsa, arqonning uzunidan oladigan bo'libdi.
Xullas, kishi shunaqa tang vaziyatda qolmasligi uchun, tang vaziyatlarning oldini olishga oldindan chora ko'rib qo'yadi, ya'ni "arqonni uzun tashlab" qo'yadi. Shu tufayli ham bu ibora ishini oldindan puxta o'ylab qo'yganlarga nisbatan aytilib kelayotgan bo'lsa kerak.
Shu. :)
mimoza
07-10-2006, 07:02 AM
Menga har safar koproq yoqib boryapti bu tread, kompliment Nilufarxon!
'arqonni uzun tashladi' ikkita manoga ega ekan, agar togri tushungan bolsam- a)'vaqt, imkon bermoq' va b) ishni yaxshilab planlash'. Ikkita bir birdan uzoq associacyalar qanday qilib bitta ifodaga zhoylashib qolgan, qiziq? Qaysi bir motiv haqiqatga yaqinroq?
Shokirbek
07-10-2006, 07:44 AM
Rahmat, Asadbek.
"Arqonni bo'sh qo'ydi" iborasichi? Nimani anglatadi?
Asadbek
07-10-2006, 10:53 AM
Rahmat, Asadbek.
"Arqonni bo'sh qo'ydi" iborasichi? Nimani anglatadi?
Bu ibora siz "Arqonni uzun tashlamoq"qa bergan ta'rifingizga juda mos tushyapti nazarimda... :)
Nilufarxon
07-10-2006, 11:24 PM
Mavzu "o'zbek iboralarini qay darajada bilish"dan "kishilar xarakterini qay darajada bilish"ga o'tib ketibdiyu. :D Menimcha buning uchun ikki-uch oy kifoya emas, balki bir ikki qovun pishig'i o'tgani yaxshi. :)
Singlim Nilufar, keling, yuqoridagi keltirgan iboralaringizga (tishimiz o'tganlariga) baholiqudrat to'xtab o'taylik.
"Arqonni uzun tashlamoq". Ba'zi bir asov, yoki jirraki hayvonni avval "kel, shu yaxshi, yumshoq qilib bog'lashga, arqonini uzun qilib qo'yishga yararmikin" deb arqonni uzun qilib qo'yilgan, keyin iloji bo'lmagach, arqonni qisqa qilib bog'lab, boshini burolmaydigan qilib qo'yilgan bo'lsa kerak. Ana shundan, birovning nojo'ya, noo'rin ishlariga "hali o'zi tushunib yetar" degan mulohazada muayyan bir fursat bergan kishiga "arqonni uzun tashlab qo'ydi" deyilsa ajab emas.
"Shuni qilsang (desang) asakang ketadimi?". Buning asli qayerdan kelib chiqqanini biror joyda o'qimaganman, lekin taxmin qilish mumkin. Boshlab Asakalik biror kishi kuch talab qilmaydigan, arzimas bir ishni qudrat yetsada qilmagan bo'lsa, unga qarab sherigi: "Shuni qilsang asakang ketib qolarmidi", ya'ni "shu ishni qilsang biror joying kamayib, yoki sevimli shahring Asakang ketib, undan ajrab qolmas edingku" :D degan bo'lishi mumkin. Keyin esa bu ibora shu ma'nodagi narsalarga ishlatilib ketgandir.
Shokirbek katta rahmat izohlaringiz uchun.
Arqonni uzun tashlab kelayotir iborasi kitobda mana shu tarzda izohlanibdi.
"Uzoq vaqt tarbiyasiz, axloqsiz bir odam sinaladi. U odam o'zi bilganicha oyoq bosadi., odob doirasidan chiqib ketadi, bilgan noma'qulchiliklarini qilaveradi. Mana shunday odamning yaramas xulq-atvorini tekshirib borishga nisbatan "Arqonni uzun tashlab kelayotir" iborasi ishlatiladi"
Endi mening o'z onam bu iborani, ba'zi xarom pul bilan boyiyayotganlarga nisbatan, "Davlat ham anoyi emas, hozircha arqonni uzun tashlab qo'ygan, vaqti kelib tortib oladi" shunday ishlatardilar.
Meni o'ylantirayotgan narsa, bu kitobning izohi va onamning izohlari qay darajada mos tushgani?
Yana "Asakasi ketadimi" iborasi kitobda shunday izohlanibdi, bunga nima deysiz? Menimcha bu ta'rif sizning ta'rifingiz bilan hamohang shekilli-a?
"Qo'lidan keladigan bir ishni qilib berishni istamagan yoki chiqimdor bo'lmaydiyu, go'yo puli ketib qoladigandek qarshilik ko'rsatadigan odamlarga nisbatan "asakasi ketadimi?" iborasi ishlatiladi."
Ana endi men haqiqatdan ham shu iboralar haqida biroz tushuncha ega bo'layapman.:D
Man yana men tushunmagan bir ibora: "Sharti ketib, parti qoldi.
P.s: Yaqin orada shu iboralarni tushimda ham gapiradigan bo'laman, shekilli.:lol:
Bu mavzu harqancha qizg'in munozaralarga sabab bo'lgan bo'lsa da forumdagi boshqa mavzularning oldida ancha saviyali... Shuning uchun ham mavzu muallifini tabriklash kerak...
baho bilan emas bahona bilan ya'ni bu yerda bosh qo'shishimiz uchun chiroyli bir sabab-bahona bo'ldi bu mavzu...
yana bir bor tabriklar...
Цитата:
Сообщение от Nilufarxon
Man yana men tushunmagan bir ibora: "Sharti ketib, parti qoldi.
ko'pincha biz axratgan biron narsaning daragi chiqib qolganda, sotib olmoqchi yoki foydalanmoqchi bo'lib surishtirsak biron shart-parti bormikin? deb qo'yamiz...
ushbu ibora
- uzoq vaqt talashilib dolzarbligini yo'qotgan, masala, ish va hk.
- eskirgan, juldur holga kelgan buyum, narsa
uchun ishlatiladi... ya'ni endi shart qo'yishga arzimaydigan holga kelganini bildirish maqsadida sharti-parti bormi ifodasiga kinoya qilib, shrarti ketib parti qolgan deyilsa kerak...
Shokirbek
07-11-2006, 10:05 AM
O'zbeklarda yana "Daqqiyunusdan qolgan", "Almisoqdan qolgan" degan iboralar bor, qayerdan kelib chiqqan?
O'zbeklarda yana "Daqqiyunusdan qolgan", "Almisoqdan qolgan" degan iboralar bor, qayerdan kelib chiqqan?
Daqqiyunus.. iborasini eshitmabman...
Al-miysoq ma'lum ahdnomadan qolgan... Almisoq deb xalq orasida juda eski davr nazarda tutiladi... Albatta dindagi ma'nosi bo'lak.
Nilufarxon
07-11-2006, 11:51 PM
O'zbeklarda yana "Daqqiyunusdan qolgan", "Almisoqdan qolgan" degan iboralar bor, qayerdan kelib chiqqan?
Hurmatli. Shokirbek aka.
Aybga buyurmasangiz agar, men "Almisoqdan qolgan" degan ibora haqida o'z fikrimni va bilmaganim ikkinchi ibora haqida kitobdagi fikrni yozsam.
Demak mening fikrimcha "Almisoqdan qolgan" degan iborani men ham Han aytganlari kabi, eski narsalarga nisbatan qo'llayman. Lekin aynan nima uchun almisoqdan qolgan degan so'z ishlatilganini bilmayman.;)
Ikkinchi iboraga kitobda shunday izoh berilibdi.
"Daqqi Yonus (Yunus) dan qolgan eski narsa (gap) ku.
Daqqi Yunus miloddan keyin hukmronlik qilgan podshohdir. "Daqqi Yonusdan qolgan eski narsa" iborasi haqida xalqda bir afsona yaratilgan:
Daqqi Yonus zamonida olti kishi uning mamlakatidan qochib, boshqa mamlakatga o'tib ketganlar va bir g'or topib shunga kirib uch yuz yil uxlab qolganlar. Uch yuz yildan keyin uyg'onib qarasalar, qornilari haddan tashqari ochib qolibdi. Bular o'zaro pul yig'ishib, bir o'rtoqlarini ovqat keltirish uchun shaharga jo'natibdilar.
Haligi odam ovqat olish uchun pulni ko'rsatsa, mol egalari hayron bo'lib: "Bu pul bundan uch yuz yil ilgari Daqqi Yonus zamonida ishlatilardi. Endi ishlatilmaydi", -- deb ovqat sotmabdilar. Lekin ularning uch yuz yil uxlab qolganliklariga ishonibdilar.
Mana shu afsonaga asosan g'oyat eski narsaga yoki eski bir voqeani gapirgan kishiga nisbatan "Daqqi Yonusdan qolgan narsa (gap) ku" iborasini ishlatadilar."
Lekin menda bu izohni o'qigach bir savol tug'ildi. Baribir har qanday afsonaning tagida ham haqiqat bo'lishi kerakku. Chunki yo'qdan bor bo'lmaydi, bordan yo'q.
Xo'p shunday ekan, afsonadan tashqari ham bu iboraning hayotga tegishli yeri bordir. Ya'ni har bir iboraning kelib chiqish tarixi, vaqti bo'lgan. Ana shunisi menga qiziq. Daqqi Yonus so'zining ham tarixga tegishli joyi bo'lgandir.:rolleyes:
Asadbek
07-12-2006, 01:07 AM
Xo'p shunday ekan, afsonadan tashqari ham bu iboraning hayotga tegishli yeri bordir. Ya'ni har bir iboraning kelib chiqish tarixi, vaqti bo'lgan. Ana shunisi menga qiziq. Daqqi Yonus so'zining ham tarixga tegishli joyi bo'lgandir.[/B]:rolleyes:Bu savolingizga o'zingiz javobni aytib o'tgansiz :)
Daqqi Yunus miloddan keyin hukmronlik qilgan podshohdir.
Daqqi Yunus kabi Al Miysoq (Al Mis'hoq...) tarixda o'tgan biror hukmdor bo'lsa kerak. Bu ikkala ibora nafaqat eski zamonlardan qolgan, balki 5-10 yil burun olinib va bugunga kelib eskirgan narsalarga nisbatan ham ishlatiladi.
Xalq og'zaki nutqida yuqoridagi ikki iboraga o'xshash holda, Stalindan qolgan, Rashidovdan qolgan, Palonchidan qolgan iboralari ham o'sha odamalrning hukmronlik vaqtidagi voqe'liklarga bog'liq narsalarni ta'riflashda ishlatiladi...
Daqqi Yunus kabi Al Miysoq (Al Mis'hoq...) tarixda o'tgan biror hukmdor bo'lsa kerak. i...
:D :D :D
Iye Asadbek siz ham yumorga ustasi farang ekansizku...:D
Al-miysoqni tarixdagi hukmdor deb taxmin qilib yuboribsiz...:D
Al-miysoq haqida yuqorida bir ahdlashuv marosimi deb aytib ketgandim garchi...
Allohu taolo Odam alayhissalomni yaratganidan keyin U zotning sulbidan qiyomatgacha keladigan butun zuriyodlarining ruhlarini chiqarib maydonga savol berdi:
- Alastu bi robbikum? (Men sizlarning Rabblaringiz emasmanmi?)degan maolda.
Ruhlarimiz barchasiz hech istisnosiz:
- Qolu balo - dedilar... (Aksincha Sen bizning Rabbimizsan) maolida.
Ya'ni Allohu taolo butun yaratilajak bandalarning ruhlaridan va'da oldi... Barchamiz Allohu taoloni rabbimiz deb e'tirof va iqror qilib ahdlashganmiz...
Mana shu ahdlashuvning nomi Al-miysoqdir..
eslatma sifatida "qachondan buyon musulmonsan?" degan savolga kichikligimizdan bobolarimiz "al-miysoqdan beri musulmonman"- deb o'rgatishardi... esingizga tushgandir...
Shokirbek
07-12-2006, 02:56 AM
Nilufarxon, Asadbek, yaxshi javoblar bo'libdi. Ruxsatingiz bilan bu ikki iboraning qanday kelib chiqqaniga e'tiborlaringiz qaratsam.
Bu ibora diniy voqealarga borib taqalgani uchun ham hozirgi ko'pchilik orasida tarqalmagan bo'lsa kerak.
"Daqqiyunusdan qolgan".
Nilufarxon, siz aytgan voqea afsona emas, Iyso alayhissalom izdoshlari orasida bo'lib o'tgan tarixiy voqeadir. Zotan, bu voqeani Qur'oni Karim "Kahf" surasida 9-oyatdan 26-oyatgacha ularning qanday qilib kahf-g'orga yuzlanishlari, qanday uxlab qolganliklarini batafsil yoritib o'tgan. Shuning uchun ham ushbu muborak sura KAHF-g'or surasi deb nomlangan.
Oyatlarni o'qing:
18.9 . Каҳф ва битик эгаларини Бизнинг ажойиб оят-белгиларимиздан деб ўйладингми?! (Яъни, эй Пайғамбар, ўша каҳф (ғор) эгалари ва ундаги уларнинг исмлари битилган битикни Бизнинг энг ажойиб мўъжизаларимиз деб ўйладингми?)
18.10 . Қачонки йигитлар каҳфдан жой олганларида: «Эй Роббимиз, бизга Ўз ҳузурингдан раҳмат бергин ва ишимизни ўзинг тўғрилагин», дедилар. (Каҳф эгалари йигитлар экан. Улар ғордан паноҳ жой топибдилар. Яъни, бировдан қочиб келиб яширинибдилар. Демак, ишларидан кўнгиллари тўқ эмас. Уларга бу борада ҳам Аллоҳдан ёрдам керак.)
18.11 . Бас, каҳфда уларнинг қулоқларига бир неча йиллар (парда) урдик. («Қулоққа парда урди» дегани, қулоғини эшитмайдиган қилиб қўйди, деганидир. Йигитлар қочиб келиб ғорга жойлашганларида Аллоҳ таоло уларнинг қулоқларини эшитмайдиган қилиб қўйган, яъни, ухлатиб қўйган. Яъни, йигитлар ғорда узоқ вақт ҳеч нарсани эшитмай ухлаб ётганлар.)
18.12 . Сўнгра икки гуруҳдан қайси бири уларнинг турган муддатини ҳисобловчироқ эканини билиш учун уларни уйғотдик.
18.13 . Биз сенга уларнинг хабарларини ҳақ ила қисса этиб берурмиз. Албатта, улар Роббиларига иймон келтирган йигитлардир. Ва Биз уларга янада зиёда ҳидоят бердик.
18.15 . Ана у қавмимиз Ундан ўзга худолар тутдилар. Уларга равшан ҳужжатлар келтира олармиканлар?! Аллоҳга ёлғон уйдиргандан ҳам золимроқ ким бор.
18.16 . Модомики улардан ва улар Аллоҳдан бошқа ибодат қилаётган нарсадан узоқлашмоқчи бўлсангиз, каҳфдан паноҳ жой олингиз. Роббингиз сизга Ўз раҳматини таратур ва сизга ишингизда осонлик яратур», дедилар. (Роббиларига иймон келтирган, Роббилари ҳидоятларини зиёда қилиб, қалбларини мустаҳкамлаган йигитлар кофирлар билан баҳслашиш бефойдалиги, улар ёмонлигидан фақат қочибгина қутулиш мумкинлигини англаб етгач, иймонлари муҳофазаси учун каҳф-ғорга кириб бекинишни ўзаро маслаҳат қилдилар.)
18.17 . Қуёш чиққанида уларнинг каҳфининг ўнг томонидан мойил бўлганини, ботганда эса, чап томонидан қийиб ўтганини кўрасан. Улар эса у(ғор)нинг кенг жойидадирлар. Ана шу ҳам Аллоҳнинг оят-мўъжизаларидандир. Кимни Аллоҳ ҳидоятга бошласа, ўша ҳидоят топгувчидир. Кимни адаштирса, бас, ҳаргиз унга иршод қилувчи бирон дўст топа олмассан. (Араб тили билимдонлари, бу тасвир ёлғиз Аллоҳга хос, дейдилар. Ғорда бир гуруҳ йигитлар бир неча йилдан бери ухлаб ётишибди. Ҳар куни қуёш чиқади, уларга тегмайди. Сўнгра оғиб ботишга мойил бўлади, яна ғор аҳлига тегмайди.)
18.18 . Уларни уйғоқ деб ўйлайсан, ҳолбуки, ухлаб ётурлар. Уларни гоҳ ўнгга, гоҳ чапга ағдариб турурмиз. Итлари эса, остонада олд оёқларини чўзиб ётур. Гар уларни кўрсайдинг, ортга ўгирилиб қочар ва улардан қўрқинчга тўлар эдинг. (Ўзлари уйғоққа ўхшайдилар, аммо ухлаб ётибдилар. У ёқ-бу ёққа қимирлайдилар, аммо уйғониб ўринларидан турмайдилар. Бунинг устига, итлари остонада олд оёқларини чўзиб ётибди.)
18.19 . Ва шундай қилиб, уларни ўзаро сўрашлари учун уйғотдик. Улардан бири: «Қанча қолдинглар?» деди. Улар: «Бир кун ёки бир куннинг баъзисича қолдик», дейишди. «Қанча қолганингизни Роббингиз яхши билгувчидир, шаҳарга бирингизни ушбу пулингиз ила юборинг, назар солиб, яхши таомни танлаб, ундан ризқ келтирсин ва диққатли бўлсин, сизни бировга сездириб қўймасин.
18.20 . Чунки агар улар сизни қўлга олсалар, тошбўрон қиладилар ёки ўз миллатларига қайтарурлар. Ундай бўлса, зинҳор ва абадий нажот топмассиз, дейишди. (Демак, йигитлар қаттиқ таҳдидга учраб, шаҳар аҳолиси уларга, динимизга қайтасизлар ёки сизларни тошбўрон қилиб ўлдирамиз, деганларидан кейингина қочиб ғорга бекинишган экан. Ғорга кириб, ухлаб турганларидан кейин ҳам ўша таҳдидни эсламоқдалар ва пул олиб шаҳарга таом учун борувчини эҳтиёт бўлишга, сездириб қўймасликка чорламоқдалар. Улар ўлимни эмас, шаҳар аҳолисининг жоҳиллигини, ўз миллатлари-динларига қайтишга мажбурлашини ўйлашди. Ҳақиқий мўмин ҳар доим, ҳар жойда иймон ташвишида бўлади.)
18.21 . Шундай қилиб, Аллоҳнинг ваъдаси ҳақ эканини ва қиёмат соатида шубҳа йўқ эканини билишлари учун уларни (одамларга) билдирдик. Энди эса, улар иши ҳақида тортиша бошладилар: «Уларнинг устларига бино барпо қилинглар, Роббилари уларни яхши билгувчидир», дедилар. Ишларига ғолиб келганлар эса: «Уларнинг устларига, албатта, масжид қуриб олурмиз», дедилар. (Бу ердаги «Аллоҳнинг ваъдаси»–охир-оқибат иймон аҳли ғолиб келиши ва ўлгандан кейин қайта тирилиш ҳақлиги ҳақидаги ваъдадир. Йигитлар йиллар ўтиб қайта уйғондилар ва иймон иши ғолиб бўлганини кўрдилар. Иймонга келиб қолган шаҳар аҳолиси иймон йўлидаги жиҳодлари учун Аллоҳ томонидан муносиб тақдирланган каҳф эгаларини ҳақиқий ўлимларидан кейин қандай қилиб иззат-эҳтиром этиш борасида тортиша бошладилар.)
18.22 . Ҳали улар: «Учтадирлар, итлари тўртинчиларидир», дерлар. Ва: «Бештадирлар, итлари олтинчиларидир», деб ғайбга тош отарлар. Ва: «Еттитадирлар, итлари саккизинчиларидир ҳам», дерлар. Сен:«Роббим уларнинг саноғини яхши билгувчидир. Уларни жуда оз киши билур», дегин. Бас, улар ҳақида тортишиб юрма. Тортишсанг ҳам, очиқ тортиш. Улар ҳақида ҳеч кимдан фатво ҳам сўрама.
18.23 . Зинҳор бир нарсани: «Буни эртага албатта қилгувчиман», дема.
18.24 . Магар: «Аллоҳ хоҳласа», дегин. Қачонки унутсанг, Роббингни эсла ва: «Шоядки Роббим мени бундан яхшироққа яқин бўлишимга ҳидоят қилса», дегин. (Инсоннинг ҳар бир ҳаракати, иши, ҳатто нафас олиб-чиқариши ҳам буткул Аллоҳнинг иродасига боғлиқдир. Аллоҳ таоло хоҳласа бўлади, хоҳламаса бўлмайди. Шунинг учун келажакда бирон иш қилмоқчи бўлсанг, доимо «Инша Аллоҳ, қиламан», деб айтгин. Чунки келажак сенга нисбатан ғайбдир. Сал ўтиб нима бўлишини ўзинг билмайсан. Шунинг учун келажакдаги ҳар бир ишни « Аллоҳ хоҳласа, қиламан», деб зикр этгин.)
18.25 . Ва каҳфларида уч юз йил қолдилар ва тўққиз йил зиёда ҳам қилдилар. (Йигитлар каҳфларида шамсий йил ҳисоби бўйича уч юз йил, қамарий йил ҳисоби бўйича уч юз тўққиз йил қолдилар. Чунки шамсий юз йил қамарий бир юз уч йилга тўғри келади, деган тафсирчиларимиз ҳам бор. Бу хулоса уларнинг ўз ижтиҳодаларидир. Чунки Қуръони Каримда ҳам, суннати набавияда ҳам бу ҳақда, яъни, шамсий ва қамарий йил ҳисоби ушбу оятда эътиборга олингани ҳақида аниқ маълумот йўқ. Шунинг учун оятда келганини ўз ҳолича қабул қилган маъқул.)
18.26 . Сен:«Уларнинг қанча қолганларини Аллоҳ яхши билгувчидир. Осмонлару ернинг ғайби Унга хосдир. У зот нақадар яхши кўргувчи ва яхши эшитгувчи зотдир. Уларга Ундан ўзга дўст йўқдир. Ва У Ўз ҳукмида ҳеч кимни шерик қилмас», дегин.
davomi bor...
rahmat Shokirbek...
Daqqi Yunus deganda Ashobi Kahf zamonidagi hukmdor Dokyanus ekanligi umuman hotirimga kelmabdi...
Ashobi Kahfni : Kafashtotoyyush, Mislina, Maksalina, Yamliha, Marnush, Dabarnush, Shozanush va kuchukcha Qitmiyr
deb o'qigandik. Ular bilan muhattob bo'lgan hukmdor Dokyanus bilan Daqqi Yunus talaffuzlaridan aloqa qurolmagan bo'lsam kerak...
Shokirbek
07-12-2006, 03:19 AM
Mufassirlardan ba'zilarining zikr etishicha, ashobi kahf-g'or egalari uyquga ketayotganlarida hukmronlik qilgan zolim podshohning nomi Daqyonus (grekcha nom bo'lsa kerak) ekan, haligi yigitlardan bittasi (uyqudan turishgach, o'zlarining 300 yil uxlab qolganidan bexabar) haligi podshohning ayg'oqchilaridan qo'rqib yashirincha non olayotganda o'z cho'ntagidagi Daqyonus zamonida zarb etilgan (bosilgan) pulni bergan, nonvoy pulning uyoq buyog'ini ag'darib ko'rib: "Iye, bu Daqyonusdan qolgan pulku!" degan va sirlari oshkor bo'lib qolgan, bizga esa bu ibora o'shalardan o'tgan. :cool:
"Almisoqdan qolgan". Qur'oni Karimning a'rof surasida shunday oyatlar bor (172-174-oyatlar).
7.172 . Роббинг Бани Одамнинг умуртқа поғанасидан, қиёмат куни, бундан ғофил эдик, демасликларингиз учун, зурриётларини олиб, ўзларига ўзларини гувоҳ қилиб: «Роббингиз эмасманми?» деганида; «Худди шундай! Гувоҳ бўлдик!» деганларини эсла. (Аллоҳ таоло Ўзига маълум бўлган бир пайтда, даври қиёматгача дунёга келадиган барча одамларни оталарининг сулбидан уруғликларни чиқариб олган ва ўша уруғликларга «Роббингиз эмасманми?!» деб савол берган. Мазкур илоҳий саволга ҳамма зурриётлар «Худди шундай», яъни, албатта, сен Роббимизсан, «гувоҳ бўлдик», деб жавоб беришган. Шунга биноан инсон уруғлик пайтида, яъни, она қорнига ўтганда ва инсон бўлиб яралганда, Аллоҳнинг Робб эканлигини эътироф этгувчи табиат соҳиби бўлади.)
7.173 . Ёки: «Ҳақиқатда, ширк келтирганлар олдинги ота-боболаримиз, биз, уларнинг кейинги зурриётимиз. Ботил иш қилувчиларнинг қилмиши туфайли бизларни ҳалок этасанми», демаслигингиз учун.
7.174 . Шояд қайтсалар, деб оятларни мана шундай батафсил баён қиламиз.
Mashhur mufassir Ibn Kasir (Katheer) o'z tafsirlarida Imom Ahmad ibn Hanbalning "al-Musnad" kitobidan ushbu hadisni Ibn Abbos (raziyallohu anhumo)dan rivoyat qiladi:
Olloh taolo arafa kuni Odam alayhissalom pushti kamaridan barcha qiyomatgacha bo'lgan zuryodlarini olib zarra singari sochib yubordida keyin ularga qarata: "Men Rabbingiz emasmanmi" dedi, ular: "albatta, Sen Rabbimizsan" degan al-Miysoqni - Ahdnomani berdilar.
Ana shundan kelib chiqqan "almisoqdan qolgan" degan ibora, ya'ni judayam eski degani. :)
Madalio'g'li
07-12-2006, 05:37 AM
O'zbeklarda yana "Daqqiyunusdan qolgan", "Almisoqdan qolgan" degan iboralar bor, qayerdan kelib chiqqan?
Yana bir boshqa variant "Nuh Nabidan qolgan" iborasi ham O'zbekchada ishlatiladimi?
Ilova: "Almisoqdan qolgan" iborasi menimcha uhraviy tadoiylarga ega.Bir narsa Allohga berilgan ahddan qolgan bo'lsa nurunolonur bo'ladi. :)
Ilova 2: Misol o'rnida qabul qilingiz. Forumda "almisoqdan qolgan" birodarlarning mavjudiyati bilan juda bahramand bo'lamiz. :D (Turkchada "eski tuproq" deymiz. ;) )
Mayli, tuproq dedik. "tuproqini yalamoq" nima degani?
Hurmat ila...
mimoza
07-12-2006, 06:26 AM
Hurmatli. Shokirbek aka.
Aybga buyurmasangiz agar, men "Almisoqdan qolgan" degan ibora haqida o'z fikrimni va bilmaganim ikkinchi ibora haqida kitobdagi fikrni yozsam.
Demak mening fikrimcha "Almisoqdan qolgan" degan iborani men ham Han aytganlari kabi, eski narsalarga nisbatan qo'llayman. Lekin aynan nima uchun almisoqdan qolgan degan so'z ishlatilganini bilmayman.;)
Ikkinchi iboraga kitobda shunday izoh berilibdi.
"Daqqi Yonus (Yunus) dan qolgan eski narsa (gap) ku.
Daqqi Yunus miloddan keyin hukmronlik qilgan podshohdir. "Daqqi Yonusdan qolgan eski narsa" iborasi haqida xalqda bir afsona yaratilgan:
Daqqi Yonus zamonida olti kishi uning mamlakatidan qochib, boshqa mamlakatga o'tib ketganlar va bir g'or topib shunga kirib uch yuz yil uxlab qolganlar. Uch yuz yildan keyin uyg'onib qarasalar, qornilari haddan tashqari ochib qolibdi. Bular o'zaro pul yig'ishib, bir o'rtoqlarini ovqat keltirish uchun shaharga jo'natibdilar.
Haligi odam ovqat olish uchun pulni ko'rsatsa, mol egalari hayron bo'lib: "Bu pul bundan uch yuz yil ilgari Daqqi Yonus zamonida ishlatilardi. Endi ishlatilmaydi", -- deb ovqat sotmabdilar. Lekin ularning uch yuz yil uxlab qolganliklariga ishonibdilar.
Mana shu afsonaga asosan g'oyat eski narsaga yoki eski bir voqeani gapirgan kishiga nisbatan "Daqqi Yonusdan qolgan narsa (gap) ku" iborasini ishlatadilar."
Lekin menda bu izohni o'qigach bir savol tug'ildi. Baribir har qanday afsonaning tagida ham haqiqat bo'lishi kerakku. Chunki yo'qdan bor bo'lmaydi, bordan yo'q.
Xo'p shunday ekan, afsonadan tashqari ham bu iboraning hayotga tegishli yeri bordir. Ya'ni har bir iboraning kelib chiqish tarixi, vaqti bo'lgan. Ana shunisi menga qiziq. Daqqi Yonus so'zining ham tarixga tegishli joyi bo'lgandir.:rolleyes:Nilufarxon,
qanday 'xazina'ni egasisiz (oti nima bu kitobni?)? Yoq narsani ozi yoqu unda, menimcha? Kejingi diskussiyani temasi bolib kelaetgan ikkita 'ibora'ni men 'qanotli sozlar' (bilmadim shundaj termin bormi yoq ozbek tilida, eslay olmadim .'krilatyae slova'), degan bolardim. Kitobni bilmayman-ku balki azhratilgandir bolimlarga? NIma boganda ham bu treadni aktiv bilimdonlariga kattakon raxmat.
lobar
07-15-2006, 09:22 AM
Shu mavzuga oid savol tug'ilib qoludi madayam. Qizchamni erkalab o'tirganimda "O'zim o'rgilay, o'zim aylanay" didimde, keyin ma'nosini o'ylab boshim qotdi .
Bilsangiz, aytib yurobolmiysilami, shu erkalash so'zlarini ma'nosini????
Qizchamni erkalab o'tirganimda "O'zim o'rgilay, o'zim aylanay" didimde, keyin ma'nosini o'ylab boshim qotdi .
Bilsangiz, aytib yurobolmiysilami, shu erkalash so'zlarini ma'nosini????
bulardan aylanay ifodasi haqida shaxsiy fikrimni bayon qilsam...
bir paytlar o'ylab o'ylab kelgan to'xtamim quyidagicha:
uushbu ifoda (AYLANMOQ) xalqimizning astronomiya bilimiga ishorat qiluvchi siyrak fe'lleridan biri... :)
miyg'ingizda kulib qo'ygan bo'lishingiz mumkin... bu xulosaga qayerdan kelganimni aytayin...
biron narsa atrofida doira chizib harakat qilish fe'lini ifodalovchi bu so'zning (ma'lumki oy yo'ldoshi yer kurrasi atrofida xuddi shu ishni qiladi) et'mologiyasiga qarasak, aylanmoq => oy + lan-moq ...
ya'ni oy kabi bo'lmoq, ya'ni oydek yer atrafida aylanmoq....
mana shundan harakat-la, demak ajdod yer-oy, umuman yerni yumaloqligiyu, sayyora va yo'ldoshlarining harakatidan juda yaxshi habardor bo'lgan...
bu ifoda kapalakning sham atrofida aylanishidek biron yaxshi ko'rgan, erkalatgan yaqinimizning atrofida girdi-kapalak ekanligimizni bildirish uchun qo'llaniladi..
Nilufarxon
07-17-2006, 07:09 AM
"tuproqini yalamoq" nima degani?
Hurmat ila...
Menimcha cendel janoblari siz o'zbek tiliga befarq emas ko'rinasiz.
Bizda yana shunga o'xshash bir ibora ishlatiladi. Ya'ni tuprog'ini yalagan emas, balki tuzini yalagan degan. Agar adashmasam bu ham bir ibora.
Sizlarda tuprog'ini yalamoq iborasi qanday ma'noda ishlatilishini bilmadimu, lekin bizda "tuzini yalagan" iborasi quyidagi hollarda qo'llaniladi.
Masalan bir odamnikida siz loaqal bir marotaba mehmon bo'lib osh-ovqatinidan yegan bo'lsalar, yillar o'tib yo'lingiz shu tomonga tushib qolsa, kel mana bu yerdagi insonning holidan xabar olay, vaqtida tuzini yalaganman, deyishadi.
Keyin xalqda shu haqda maqol ham bor.
"Bir kun tuz ichgan joyga, qirk kun salom" deyishadi.
Tuzini ichib, tuzlig'iga tupma. (Buning maqol ekanini bilmayman, faqat)
P.s: Tuzini yalagan degani o'zi iboramikin, yoki to'g'ri gapmikin deb o'ylanib qoldim. :rolleyes:
CHOYHONACHI
07-17-2006, 07:19 AM
Qovun po'chog'i yerga tushti, kuz keldi ... bu iborami?
By the way: iborani nimaligini tushunmayapman - bu poslovisami yoki pogovorkami ?
Omadla
CHOYHONACHI
Nilufarxon
07-17-2006, 07:20 AM
Nilufarxon,
qanday 'xazina'ni egasisiz (oti nima bu kitobni?)? Yoq narsani ozi yoqu unda, menimcha? Kejingi diskussiyani temasi bolib kelaetgan ikkita 'ibora'ni men 'qanotli sozlar' (bilmadim shundaj termin bormi yoq ozbek tilida, eslay olmadim .'krilatyae slova'), degan bolardim. Kitobni bilmayman-ku balki azhratilgandir bolimlarga? NIma boganda ham bu treadni aktiv bilimdonlariga kattakon raxmat.
mimoza xonim.
Bilasizmi men yuqorida bu kitobning nomini aytib o'tgan edim. Anglamagan ko'rinasiz.
"Keng uyning kelinchagi" degan ibora bilan nomlangan ekan bu kitob.
Kitobning orqa tomonida esa shu kitob nomining tarjimasini siz bilib aytganday "Krilatiye slova" deb yozishgan. Lekin to'g'risini aytsam, qanotli so'zlar degan termin o'zbek tilida bor yo'qligini bilmayman.
Sizga ham katta rahmat.:D
Nilufarxon
07-17-2006, 07:28 AM
Qovun po'chog'i yerga tushti, kuz keldi ... bu iborami?
By the way: iborani nimaligini tushunmayapman - bu poslovisami yoki pogovorkami ?
Omadla
CHOYHONACHI
Hurmatli CHOYXONACHI ibora degani bu pogovorka.
Maqol esa poslovitsa.
Uzr siz keltirgan misol ibora ekaniga esa sal shubhalanayapman. Biladiganlar bo'lsa izohlashar. Kitobdan esa topa olmadim.
Rus xalqi iborani gul, maqolni meva deb ataydi. ( Pogovorka - svetok, poslovitsa - yagoda) Bu bilan maqol va iboranin bir-biriga yaqin ekanligidan darak beradi.
CHOYHONACHI
07-17-2006, 07:34 AM
Hurmatli Nilufarhon
Sizga katta rahmat.
Omadla
CHOYHONACHI
PS. Maymunga o'shame o'l - bu iboramas, balkim qarg'ish bo'lsa kerak a? Shunday qarg'ayotkan onalarni korganimda bir tepki tushurgim keladi ...
Nilufarxon
07-17-2006, 09:03 AM
PS. Maymunga o'shame o'l - bu iboramas, balkim qarg'ish bo'lsa kerak a? Shunday qarg'ayotkan onalarni korganimda bir tepki tushurgim keladi ...
Hay-hay-hay. Bu shashtingiz qayting. Ayol kishiga qanday holatda bo'lishidan qat'iy nazar, oyoq tugul, qo'l ham ko'tarib bo'lmaydiya.
Siz aytayotgan ayollarga faqatgina insof tilashdan o'zga chora yoq.
Maymunga o'xshamay o'l - degani bu menimcha o'xshatish. Ya'ni mimoza aytadilarku, metafora deb. Masalan, biz semiz odamlarni ko'rganimizda:
- Namuncha cho'chqaga o'xshab semirib ketmasa", - deymiz.
Yoki bir odam sizga qo'pol muomalada bo'lsa:
- Anavi odam, yuziga eshak terisini yopib olibdi, deymiz va hokazo.
Yana ayyor (xitriy) kishilarga nisbatan:
- Tulkiga o'xshaydiya, noinsof.- deyiladi.
Bunday misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin.
Ibora esa -- bu ibora...;)
Qadrli CHOYXONACHI.
Qani o'zingiz ham iboraga bir-ikki misollar keltira olasizmi, agar ibora degan tushunchaga tushungan bo'lsangiz?:lol:
Madalio'g'li
07-17-2006, 10:53 AM
Menimcha cendel janoblari siz o'zbek tiliga befarq emas ko'rinasiz.
Jaholat juda qiyin ekan :) O'zbekchani ozgina bilaman, forum.uz uzbeechasi...Hazil! "forum.uz" va hurmatli forumdoshlar omon bo'lsin.
"tuzini yalagan" iborasi quyidagi hollarda qo'llaniladi.
Masalan bir odamnikida siz loaqal bir marotaba mehmon bo'lib osh-ovqatinidan yegan bo'lsalar, yillar o'tib yo'lingiz shu tomonga tushib qolsa, kel mana bu yerdagi insonning holidan xabar olay, vaqtida tuzini yalaganman, deyishadi.
"tuz ekmek hakkı" - "tuz non haqi" yoki "tuz haqi" iboralari bor adashmasam.( Alhamdulilloh, "minnat" bilgan kishilarmiz; ustiga-ustak "minnatli oshdan beminnat musht yaxshi" deyishni ham bilgan xalqmiz. :) )
Sizlarda tuprog'ini yalamoq iborasi qanday ma'noda ishlatilishini bilmadimu
Ibora yoki birikma O'zbekcha.Turkchada shunday so'z ishlatilmaydi... "tuproqini yalamoq" o'rganmoq, bilmoq bilan aloqador bo'lsa kerak deb o'ylayapman.(Bir vaqtlar insonlar bilim olish uchun uzoq sayohatlar qilar edi.) Bilmadim.Turkchada bilim olish ma'nosida "mürekkep (siyoh) yalamak" iborasi ila ma'nodosh deb taxmin qilaman lekin...makon, joyni bilish ma'nosi ham mumkin ko'rinadi.Lekin yana bilmadim.
P.s: Tuzini yalagan degani o'zi iboramikin, yoki to'g'ri gapmikin deb o'ylanib qoldim.
Menimcha ibora bo'lishi mumkin.Majoziy ma'noga ega (shart emas ammo) ger O'zbekchada "ekmeğini yemek" - "nonini yemoq" deya ibora bo'lsa "tuzini yalamoq"qa kerak qolmaydi shakilli.
Hurmat ila...
Ilova: O'zbekcha, bu "noni butun" til-a.;)
Shokirbek
07-17-2006, 01:42 PM
To'g'ri aytasiz, Cendel. O'zbeklarda "Falon madrasaning tuprog'ini yalagan" degan ibora (jumla, gap) bor, siz aytgandek, "o'sha madrasada uzoq ta'lim olgan" degan ma'noni beradi.
NozChik
07-17-2006, 02:48 PM
Hayvon boqsang ogru burning moy bular,
Etim boqsang ogzu burning qon bular.:? Shunaqa edi shekili. Nima unaqa deishadi Etim boqish savob emasmi.:( :rolleyes:
CHOYHONACHI
07-17-2006, 11:48 PM
Hay-hay-hay. Bu shashtingiz qayting. Ayol kishiga qanday holatda bo'lishidan qat'iy nazar, oyoq tugul, qo'l ham ko'tarib bo'lmaydiya.
Siz aytayotgan ayollarga faqatgina insof tilashdan o'zga chora yoq.
Maymunga o'xshamay o'l - degani bu menimcha o'xshatish. Ya'ni mimoza aytadilarku, metafora deb. Masalan, biz semiz odamlarni ko'rganimizda:
- Namuncha cho'chqaga o'xshab semirib ketmasa", - deymiz.
Yoki bir odam sizga qo'pol muomalada bo'lsa:
- Anavi odam, yuziga eshak terisini yopib olibdi, deymiz va hokazo.
Yana ayyor (xitriy) kishilarga nisbatan:
- Tulkiga o'xshaydiya, noinsof.- deyiladi.
Bunday misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin.
Ibora esa -- bu ibora...;)
Qadrli CHOYXONACHI.
Qani o'zingiz ham iboraga bir-ikki misollar keltira olasizmi, agar ibora degan tushunchaga tushungan bo'lsangiz?:lol:
Chala-chulpa esimda bor shekilli:
Erni er qiladig'on ham hotin, erni **** qiladig'on ham hotin ...
Tog'ri mi?
Omadla
CHOYHONACHI
Nilufarxon
07-18-2006, 01:48 AM
Chala-chulpa esimda bor shekilli:
Erni er qiladig'on ham hotin, erni **** qiladig'on ham hotin ...
Tog'ri mi?
Omadla
CHOYHONACHI
Afsus, bu keltirgan misolingiz o'zbek xalq maqoli.:lol:
CHOYHONACHI
07-18-2006, 02:05 AM
Bir mayizni qirq kishi bo'lip yemoqchi?
Nilufarxon
07-18-2006, 08:54 AM
Qadrli forumdoshlar.
Kuni kecha O'zbekiston telekanallaridan birida TV SMS tanlov berildi.
Shunda "Ularnikida sichqon hassasiga tayanib yuradi" degan iborani misol keltirishib, uning muallifi kim deb so'rashdi.
Ba'zi yozuvchilarimizning ismi-shariflarini ham keltirishdi va aynan shu ibora muallifi kimligini aniqlang deyishdi. (Mualliflar nomiga esa e'tibor bermabman)
Sizlardan iltimos, yuqoridagi iibora muallifi kim ekanini aytolmaysizlarmi-i-i-i-i?:lol:
P.s:Qarang-a-a iboralarni yozuvchilarimiz ham o'ylab topishar ekan.
Hurmatliu CHOYXONACHI.
Sizning bu keltirgan misolingiz ham maqol bo'lsa kerak. (Yana bilmadim)
Bir mayizni qirq kishi bo'lip yemoqchi?
zanjir
07-18-2006, 05:53 PM
tavuzi qo'ltig'gidan tushib ketti
havsalasi pir bo'ldi
Mas'ud
07-18-2006, 11:08 PM
"Bukrini qabr tuzatadi"
CHOYHONACHI
07-18-2006, 11:41 PM
Hurmatliu CHOYXONACHI.[/B]
Sizning bu keltirgan misolingiz ham maqol bo'lsa kerak. (Yana bilmadim)
Hurmatli Nilufarhon,
Menimcha bu ibora bo'lsa kerak. Chunku realniy hayotta bir mayizni qirq kishi bo'lip yiyolmidi ku?!
Hurtma ila
CHOYHONACHI
Ensam eshshakday qotdi deyiladi, agar yuqorida post qilinmagan bo'lsa.
Zambrotta
07-19-2006, 12:48 AM
Eshakday ishlab itday charchadim
p.s Ayollani har bir qarg'ishini o'zi iboraga misol buluradi :lool:
Nilufarxon
07-19-2006, 09:00 AM
Hayvon boqsang ogru burning moy bular,
Etim boqsang ogzu burning qon bular.:? Shunaqa edi shekili. Nima unaqa deishadi Etim boqish savob emasmi.:( :rolleyes:
Keltirgan misolingiz juda ma'noliyu, lekin iboraga misol bo'la olmaydi. Bu xalq maqoli.
Xalqimiz juda bolajonli xalqda. Ilgarigi vaqtlarda hozirgiday "Mehribonlik uylari" bo'lmagan. Odamlar o'zlarida ko'p bola bo'lishiga ham qaramay, yetimlarni asrab olaverganlar. Lekin yetim bolani ko'ngliga qarab, erkalab, farzandlarini urushsalar ham yetim bolani so'kmay katta qilganlar. Buni qarangki ne hasr