PDA

View Full Version : Uydagi ortiqcha va keraksiz buyumlardan qanday qutulish mumkin?

Nilufarxon
07-01-2006, 09:33 AM
Qizlar, men ko'p qavatli uyning yuqori qavatida, 4 xonali uyda oilam bilan yashayman. Shu sababli ko'pncha uyda narsalar ko'payib ketsa yuragim siqilib ketadi, tashlay desam ko'zim qiymaydi, lekin ortiqcha narsalar. :D

Nima qilay?:rolleyes:

mustafa06
07-01-2006, 09:45 AM
nilufarxon,
Shu sababli ko'pncha uyda narsalar ko'payib ketsa yuragim siqilib ketadi, tashlay desam ko'zim qiymaydi

singlim,
sizning hozır Tug'ilgan küningiz. hozır husx-baxt bo'lish kerak. :)

http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=30997

Kungildan tabriklieman

SmIlIk
07-01-2006, 10:01 AM
Qizlar, men ko'p qavatli uyning yuqori qavatida, 4 xonali uyda oilam bilan yashayman. Shu sababli ko'pncha uyda narsalar ko'payib ketsa yuragim siqilib ketadi, tashlay desam ko'zim qiymaydi, lekin ortiqcha narsalar. :D

Nima qilay?:rolleyes:

Ishlatishga yaragulik, ja holi harob bo'lmagan narsalar bo'lsa, ishlatishni hohlagan oilalarga, odamlarga bering.

NozChik
07-01-2006, 10:44 AM
Shunaqa narsalar kupaib ketsa Charity shopga oborib beraman. Birovga foedasi tegib qolar :)

Amiri Turkiston
07-01-2006, 05:19 PM
to'g'ri etishdi ...kambag'allarga berib yuboring ...lo'li po'liga mi

kingdom
07-01-2006, 08:04 PM
Agar kerakli yaxshi narsa busa tashavoring keyin qayerga tashaganingizni menga ayting!:lol: (Hazil)!Yuqoridagi fikrlarga qushilgan holda menham mujtoj kishilarga bersangiz nur ustiga alo nur bulardi!;)

Leylochka
07-01-2006, 10:14 PM
Nilu :) mandayam hudi shu ahvol lek sal boshqacharo :) ...
MAn umuman tashagim kemidi :shock: voqti kesa albatta kiyarman .....
Anunda o'zim narsalarimni ko'rib qo'rkib ketim hammasini srazu ko'zga
ko'rinmidigon kilib /// Voy Ayajon ko'rsalar bormi boshqa kiyim ob bermilar :( ....

Nilufarxon
07-01-2006, 11:44 PM

Leylochka, meni ham tashlagim yo'q. Nega desangiz, har bir narsa halol mehnat evaziga orttirilgan.

Amirimiz aytganlaridek, ya'ni lo'lalarga umuman bermayman.(Ular qaytaga pulga sotib olamiz deb yurishadi, shunda ham lo'lilarni yomon ko'raman).:twisted: Negaki ularga bergandan ko'ra, ahvoli nochorroq oilalarga berganim yaxshi.

Endi bir gap aytsam maylimi?

Menda umuman kiyimlar bilan muammo yo'q desam ham bo'ladi. Negaki kichkina kelib qolgan kiyimlarimizni yuqorida aytganimdek, nochorroq oila farzandlariga beraman, qizlarimnikini esa yosh bolali oilalarga bervoraman.;)

Men faqat sal boshqacharoq narsalarga joy qizg'anaman. Masalan birgina buyumni olsak, turmush o'rtog'im USAdan olib kelgan POP KORN pishiradigan o'rtacha (ko'chadaka emas) apparat bor. Shuni keling, berib yuboraylik desam, turmush o'rtog'imning jahllari chiqadi.:beat: Sen o'zing bir so'm pul topsang, keyin qadriga yetasan,deydilar. Mana necha yildirki, shu apparatdan 1-2 marta foydalanganmiz. :cffemac::chefico:

Yoki bo'lmasa Pianinoga kelsak: bizning uyda hech kim uni chalmaydi. Faqatgina mehmonlar kelganda, Voy, pianinangiz bor ekana, deganlari qoladi, xolos. :music:Turmush o'rtog'im bilan qo'shnimga sovg'a qilmoqchi bo'lgan edik, qaynotam qarshi chiqdilar. Mana uni ham har kuni changini artib, dam olayapman. (Rangi qora bo'lgani uchun ham changi tez bilinadi. Mayli qizlarim bir kuni chalishni o'rganar deb o'zimni ovutayapman)

Mana shunaqa gaplar. Hali qancha keraksiz buyumlar bor.

PainKiller
07-02-2006, 12:56 AM

Opa, rahmat. Rosa ham maza qilib oqidim. Haligi, g'irt O'zbekcha qilib, chin dildan yozibsiz.:)
Pianinoni, berib yuborish emas, sotib yuborsa buladi. Pianinani Pianina chaluvchilar tuplanadigan joyda (Musika bilim yurtimi, bilmadim) elon kilib korasiz (printerdan chiqarib "Paianino sotiladi, u bu deb yozasiz" va ilib koyasiz. Puliga, ruzgorga kerakli bulgan u bu narsa bulib qolar?
Kiyimlarni yumshoklarini (pahtadan bulsa) tashlamayman. Uyni tozalashda rosa kol keladi (chang, pol idish yuvadigan lata kilgani)
Ana u popkorn moshinkani esa, bironta joyga kozdan uzokrok yigishtirib olib koysa bolsa kerak.
Meni uyimda hozir ikkita katta lampa turibdi (yangisini sotib olib, bularni tashlab yuborgani kozim kiymadi)
Shunday kilib, yotok honamda, birdaniga turtta baland lampa turibdi.:o :lol: :lol:

R.Azimov
07-02-2006, 02:58 AM
Eyyy... qoyilmane savolga. Maslahat berganlargayam qoyilman!;)

Buyumni tashlab yuborish, sotib yuborish, lo'lilarga berib yuborish... Mantiqan o'ylab qaraylik endi:
Misol uchun men 1 xonali kvartiramni bir necha yildir to'ldirolmay ovoraman. Qancha buyum sotib olsam ham bo'm bo'sh bo'lib huvillab yotadi....

Demak,
Buyumlari 4 xonali uyga sig'may, ortiqchalik qilayotgan odamlar birinchidan o'ziga to'q oila hisoblanadi.
Ikkinchidan esa pianino, popcorn cqiladigan mashinasi bor odamlarni o'rtahol boyvachchalar deyaversak ham bo'ladi menimcha.

Shunday ekan, mening maslahatim:

Pochchani bir balo qilib ko'ndiringda ko'zni chirt yumib usha ko'p qavatli uyning pastrog'idagi qavatidan 4 xonali emas 5 yoki 6 xonali kvartira sotib olingizlar qo'yingizlar. Olam guliston. Bitta xonasini omborxona qilib qo'ysalaringiz ham bo'ladi. Hozirgi kvartirani esa sotib yuborasizlar. O'ringa o'rin.
Agar shundayam buyumlarni joylashtirishning iloji bo'lmasa uyga yaqin joydan garaj ham sotib olingizlareee ana!
Buyumlar ham o'zingizda qoladi. Joy ham bemalol bo'ladi. Odamlarga "Pianinomiz bor..." deb aytilganda ketidan- "6 xonali uyim bor" deb ham qistirib ketsa bo'ladi. Qarabsizki baxtli uy bekasi tashvishlardan forig' bo'ldi.

Shunaqa...

P.s:pochchani eriting, pul doimo topiladi, mulk yonga qoladi!! :)

R.A.

Amiri Turkiston
07-02-2006, 03:42 AM
yana bitta kiyimlarni yoqotish yo'li esga tushdi ...mani opamlar huddi shunaqa qilib eski kiyimlardan qutiladilar:

bu ham bulsa: sutchilar kelganida ...kiyimlarni sut / qatiq / qaymoqqa almashadilar

ham sutchilar hursand ...ham biza hursand ..ham eski narsadan qutildik ...ham sutli bulib qoldik

-----

pionina - masalasiga kelsak .... lekin yahshigina narhga gullasa buladi ... konservatoriyaga bitta qog'ozda obyavleniya qilib osib qo'yish kerak ...keyin buyog'i aukcion buladi

pop-corn asbobini - yahshisi sotish kerak ...yoki biznes ...bitta odamni olib ko'chaga qo'yib qo'yish kerak. lekin lishniy bosh-og'rig'ide
5 so'm pul deb - qiynalgani qoladi odamni

Nilufarxon
07-02-2006, 09:08 AM
Rustam aka, mubolag'aga ham juda usta ekanmisiz? (O'rtacha yashaymiz. Lekin rahmat, sal boyvachcha deb ta'rif keltirganingiz uchun. Biz faqat turmush o'rtog'imning maoshlariga yashaymiz, hozircha ko'chadan keladigan daromadlar yo'q)

Endi Pianino masalasiga kelsak, men uni bir misol tariqasida keltirdim.:music:

Shuning uchun qo'shnimga sovg'a qilaylik degandim, tekinga berishga yuqorida aytganimdek, qaynotam qarshi chiqdilar.
Sotamiz deb ob'yevlenie berdganmiz. Bir necha bor tel. qilishdida, rangi qoraligini eshitgach, kerakmas, deyishdi. Qarindoshlarga aytsam, lift yo'q, mardikor ishlatib, mashina olib kelguncha, bozordan olib kelgan ma'qul deyishdi. Hamma yuqori qavatdan qo'rqadimi, deyman, tavba.
Umuman uyni sotish rejasi ham bor. (Yer tagida ilon qimirlasa bilar ekansiza, Rustam aka.) Faqat hozircha shoshmayabmiz. Sababi Sal pul yig'ish kerakda, sal pastroqdan uyni almashtirmay, hovli olish kerak deyapmiz.

Yana bir gap. Ovsinimnikida bizning kitoblarimiz ham bor. :read:

Onamnikida ko'rpa va yostiqlarim. Uyimga ham sig'dirsa bo'ladi lekin. Menga uyning tiqilib yotgani yoqmaydi. (Nima deysiz, xarakterim ham o'zimga o'xshagan, tajangroq)
yana bitta kiyimlarni yoqotish yo'li esga tushdi ...mani opamlar huddi shunaqa qilib eski kiyimlardan qutiladilar:

bu ham bulsa: sutchilar kelganida ...kiyimlarni sut / qatiq / qaymoqqa almashadilar

ham sutchilar hursand ...ham biza hursand ..ham eski narsadan qutildik ...ham sutli bulib qoldik

Amiri Turkiston siz aytgan yo'lni qilsam bo'larkan, sababi katta qizim sutni juda yoqtiradi. :beer: (Bugungi bir qiziq voqeani sizga aytib beray,:lol: shunga doir.

Bugun qizim oyi sut olib chiqay devdi, men adangdan so'ra dedim, u bo'lsa borib ada pul bering debdi. Adasi esa shimning cho'ntagidan ol, debdilar. Men qizimga sut 300 so'm, deganim esimda. Qizim to'rt yarim yoshligini bilasizu, u ham boribdida, 3 ta ming so'mni olib ketayotganda ko'rib qoldim. To'xtatdimda, Voy nimaga shuncha ko'p pul olding, desam, u menga, 300 so'm dedizku, deyaptida) Endi eskilarga almashsam vaqti-bemahal, ham eskilardan, ham pul yonga qolar ekan, ham sutlik bo'lib qolamiz.:thumbs:

Qishda qizim archa olib bering degan edi, uni ham keyin qayerga joylayman deb oldirmadim. Bunga nima deysizlar?
Meni qilgan ishimni to'g'ri deb o'ylayapman...:idee:

PainKiller
07-02-2006, 09:20 AM
Qishda qizim archa olib bering degan edi, uni ham keyin qayerga joylayman deb oldirmadim.:xmas: Bunga nima deysizlar?
Meni qilgan ishimni to'g'ri deb o'ylayapman...:idee:
Nilufaropa, kichkina bolachayu. Uyda archa bulishini, uyinchok ilishni, oynashni hohlaydida :D :D
Ozim kichkinaligimda, ayam bilan archaga oyinchok ilardik. Dadam oyinchoklarini olib kelib berardi. Yorqin hotira bulib koladida kegin.
PS. Archani kichkinaroklari ham buladi-yu? Va u popkorn mashinadan farkli ularok, uch yil bir joyda turmaydi. Yangi yilga yakin yasatib, bayramdan uch turt kun utgach yigishtirib, u bu joyda olib koysa buladi.:D

Nilufarxon
07-02-2006, 09:23 AM

To'g'ri, aytdingiz.

Archaning kichigidan ham olib bersak, bo'larkan.:D

Rahmat, maslahatingiz, uchun.

PainKiller
07-02-2006, 09:27 AM
To'g'ri, aytdingiz.

Archaning kichigidan ham olib bersak, bo'larkan.:D

Rahmat, maslahatingiz, uchun.Pianino masalisga kelsak, iktidorli lekin sal nochorrok oiladan bulgan bolalar oz emas musika bilimyurtlarida. Shu bolalarning ota onasi, pianinoni, oqmi, qorami farqi yoq, fakatgina "bolamga kerak ekan" deb olib berishsa kerak.
PS. Kormay qolibman, odamlarning ogzidan "olti honali uy sotib oling" degan narsa osonlikcha chiqib ketarkammi?:D :D :D :P

Lady_G
07-02-2006, 09:27 AM
Qishda qizim archa olib bering degan edi, uni ham keyin qayerga joylayman deb oldirmadim.
iskusstvenniydan ko'ra tirikidan sotvosa bo'midimi? Yoki Toshkentda sotmidilarmi unaqa? Hidiyam mazali. I biz tomonlarda gorshoklidan osa bo'ladi, keyin bayramlar o'tishi bn qaytarib sotvolishadila archaizi. Shu bn ekologiya uchun ham yahshi ish qilas, o'ldirmis bechora darahtni.

p.s.: R.Azimovni samimiyligiga besh ketaman :lol:

kingdom
07-02-2006, 09:30 AM
Yuq Uzbekistonda archa yuq!:lool: :lool:
off:Archani hidini mazzalagini qattan bilasiz?:lool: :lool:
Yoki Toshkentda sotmidilarmi unaqa? Hidiyam mazali.

PainKiller
07-02-2006, 09:30 AM
iskusstvenniydan ko'ra tirikidan sotvosa bo'midimi? Yoki Toshkentda sotmidilarmi unaqa? Hidiyam mazali. I biz tomonlarda gorshoklidan osa bo'ladi, keyin bayramlar o'tishi bn qaytarib sotvolishadila archaizi. Shu bn ekologiya uchun ham yahshi ish qilas, o'ldirmis bechora darahtni.Tirigini sotib(yanayam gorshokda) uyga olib kel (moshinaga yuklashning uzi boshogrik) kegin uni olib borib yana sot :) :shock:
Iskustvenniy esa, shundoq buklasa, kichkinagina va ihchamgina bulib koladi...kelgusi yangi yilgacha.:)

Nilufarxon
07-02-2006, 09:34 AM
iskusstvenniydan ko'ra tirikidan sotvosa bo'midimi? Yoki Toshkentda sotmidilarmi unaqa? Hidiyam mazali. I biz tomonlarda gorshoklidan osa bo'ladi, keyin bayramlar o'tishi bn qaytarib sotvolishadila archaizi. Shu bn ekologiya uchun ham yahshi ish qilas, o'ldirmis bechora darahtni.

p.s.: R.Azimovni samimiyligiga besh ketaman :lol:

Tirik archani sotib olish mumkindiru, faqat bir narsadan cho'chiyman. Adasining allaergiyalari bor har xil o'simliklarga, ularga yoqsa bo'ldi.

Endi bizda archani kesilgan holatda sotishadiku, daraxt holidagisini menimcha sotishmaydi.:weed:

Lekin tirik archa sotib olsak, yangi yildan keyin tashlab yuborsa, joy egallamas ekanku, bu juda yaxshi. Fikringiz uchun rahmat.:P

Lady_G
07-02-2006, 09:39 AM
Manga shahsan yoqmidi suniy archa. O'zi specialniy kichkina gorshokga ko'chiradilar. Do'konchi esa qog'oz beradi, bayram o'tishi bn qaytarib oladi, to'lagan pulizni 60%iga. Hohlasangiz o'zlari obeklib berishadi, lek moshinaiz bo'sa hech problema yo'q.

Nilufarxon
07-02-2006, 09:42 AM
Meni uyimda hozir ikkita katta lampa turibdi (yangisini sotib olib, bularni tashlab yuborgani kozim kiymadi)
Shunday kilib, yotok honamda, birdaniga turtta baland lampa turibdi.:o :lol: :lol:

Aytmoqchi, bizda ham svetilniklar soni 3 ta.

Bu haqda yozishni unutibman. Uning 2 tasi ishdan chiqqan. Hech kimning qo'li tegmayapti, ularni tuzatishga.;)

Turmush o'rtog'imning bunday ishlarni ("o'zlari va'da qilishlari bo'yicha yaqin oylar ichida tuzatib berarkanlar") qilishga juda ham ishtiyoqlari balandligi natijaside bu.:lol:

Lady_G
07-02-2006, 09:44 AM
off:Archani hidini mazzalagini qattan bilasiz?:lool: :lool:Chunki biza har yili tirik archa bezaymiz. Normand, yoki silver hillari uzoq turishadi ignalarini tok'may mobodo kesilganini olsang. Hidi juda mazali bo'ladi.

Endi bizda archani kesilgan holatda sotishadiku, daraxt holidagisini menimcha sotishmaydi.
Buni bilmasdim.

P.S.: Cannabisga bo'tta balo bormi? Archamasku bu :)
:weed:

MasxaraboZ
07-02-2006, 09:48 AM
yaxshi yaxshi ortiqcha narsalar kupaygani, yetishmovchilakdan yaxshi-da baribir...narsa ortiqchalik qilib yuragi siqilish, yetishmovchilik bulib yurgai siqilishdan yaxshi....yaxshi yaxshi...

kingdom
07-02-2006, 09:49 AM
yaxshi, yaxshi!:lol: yaxshi yaxshi ortiqcha narsalar kupaygani, yetishmovchilakdan yaxshi-da baribir...narsa ortiqchalik qilib yuragi siqilish, yetishmovchilik bulib yurgai siqilishdan yaxshi....yaxshi yaxshi...

Oyaji
07-02-2006, 09:51 AM
shaxarda 4 xonali uy sotib xovli olsangiz boladi yunusoboddan.

xovlida joy kop boladi.

xam pochchaga ketmon oberseyiz eski-tuski kiyimgayam ish topiladi. :D

Nilufarxon
07-02-2006, 09:57 AM
P.S.: Cannabisga bo'tta balo bormi? Archamasku bu :)

Men buni archa debmas, O'simlik ma'nosida keltirdim-ku, Lady G xonim.:lol:

Nilufarxon
07-02-2006, 10:01 AM
shaxarda 4 xonali uy sotib xovli olsangiz boladi yunusoboddan.

xovlida joy kop boladi.

xam pochchaga ketmon oberseyiz eski-tuski kiyimgayam ish topiladi. :D

Ha, to'g'ri.

Hovli kerak. Endi pochchangiz ham yo'q demayaptilaru, faqat ozib qolamande, degan g'am tushyapti ularga. (Hazil):lol:

Dil
07-02-2006, 10:14 AM
Yoki bo'lmasa Pianinoga kelsak: bizning uyda hech kim uni chalmaydi. Faqatgina mehmonlar kelganda, Voy, pianinangiz bor ekana, deganlari qoladi, xolos. Turmush o'rtog'im bilan qo'shnimga sovg'a qilmoqchi bo'lgan edik, qaynotam qarshi chiqdilar. Mana uni ham har kuni changini artib, dam olayapman. (Rangi qora bo'lgani uchun ham changi tez bilinadi. Mayli qizlarim bir kuni chalishni o'rganar deb o'zimni ovutayapman)

Mana shunaqa gaplar. Hali qancha keraksiz buyumlar bor

Men aynan pianino qidirib yurgan edim, rozi bulsangiz PMga telefoningizni yozib qoldirsangiz,behazil.

PainKiller
07-02-2006, 10:30 AM
Men aynan pianino qidirib yurgan edim, rozi bulsangiz PMga telefoningizni yozib qoldirsangiz,behazil.URE!!! :P
Dil, balkim yahshirok uylab korsangiz...popkorn mashinka ham kerakdir? ruzgorda foydali jihoz :D

Nilufarxon
07-02-2006, 12:28 PM
Men aynan pianino qidirib yurgan edim, rozi bulsangiz PMga telefoningizni yozib qoldirsangiz,behazil.

Mayli Pm ga yozaman.

Faqat oldindan aytay, pianinamiz yangi emas. (Mol sotsang, aybini aytib sot deganlar);)

Va yana bir sharti bilan, o'zingiz uyimizdan olib ketsangiz, bo'ldi ekan maylimi? Bu yog'ini kelishib olishimiz mumkin.:)

Martingale
07-02-2006, 09:11 PM
tizikopka degan joy bulardi shekilli.:D

behazil, bolalar uyiga oborsezam buladi.;)

Nilufarxon
07-02-2006, 09:50 PM
tizikopka degan joy bulardi shekilli.:D

behazil, bolalar uyiga oborsezam buladi.;)

Avvalambor, bolalar uyiga bunday eski narsalarni qabul qilishmaydi. (behazil)

Onam u joylarni ko'p yoritganlar. Shunda aytardilar, Bolalar uyidan bola olish ham qiyin. Keyin u yerda hamma narsalar muhayyo. Sizu biz farzandlarimizga qilib bera olmagan sharoitlarni, Davlat o'z bolalariga yaratib bergan. (Bolalar har xil to'garaklarga qatnashadilar, Basseynlarda cho'miladilar, har oyda qandaydir teatr, park yoki shunga o'xshash joylarga olib borishadi. Tibbiy xizmatdan ham foydalanishadi: Massaj, fizioterapiya, xullas hammasi u yerda OK.

Martingale, men yuqorida aytdimu, menga qolsa u narsalar menga kerak emas, lekin bu uyda faqat mengina ho'jayin emasman. Qayergadir olib borish uchun esa qancha odam yollab, biz bu ishni amalga oshirishimiz mumkin. ( Bir uydan ikkinchi uyga olib chiqish uchun 4 ta odam ovora bo'lgan ekan) Tekinga berishga uydagilar rozi emas, undan ko'ra qizlarinizga qolsin deyishyapti.:)
Shu sababli kim olsa ham o'zi olib ketsa bo'ldi deyishgan. Juda bo'lmasa uy sotilganda, yangi egasiga tashlab ketsak kerak deb o'ylayman. :D

Oyaji
07-03-2006, 01:28 AM
tizikopka degan joy bulardi shekilli.:D

behazil, bolalar uyiga oborsezam buladi.;)

Tezikop tarqatilganiga ancha yil bolgan. Xozir baraxolka-bozor Yangiobodga kochgan. Axborot uchun. :D

Sevinch
07-03-2006, 01:30 PM
Qizlar, men ko'p qavatli uyning yuqori qavatida, 4 xonali uyda oilam bilan yashayman. Shu sababli ko'pncha uyda narsalar ko'payib ketsa yuragim siqilib ketadi, tashlay desam ko'zim qiymaydi, lekin ortiqcha narsalar. :D

Nima qilay?:rolleyes:

Men urningizda bulsam kuzimni chirt yumib musorga tashlab yuborardim. Pianinoga tegmasdim,qizimni muzikalniy maktabga quyib pianino uynashni urgatardim.
Uzimniyam closetim tulib ketgan kiyimga,yaqindagina qushnimga yarmini chiqarib beruvdim.Yana tulib ketyapti.

Dil
07-04-2006, 12:28 AM
Men urningizda bulsam kuzimni chirt yumib musorga tashlab yuborardim. .Ah, beli achimagaaan:))

Nilufarxon
07-04-2006, 12:45 AM
Men urningizda bulsam kuzimni chirt yumib musorga tashlab yuborardim. Pianinoga tegmasdim,qizimni muzikalniy maktabga quyib pianino uynashni urgatardim.
Uzimniyam closetim tulib ketgan kiyimga,yaqindagina qushnimga yarmini chiqarib beruvdim.Yana tulib ketyapti.

Katta rahmat.
Men ham shunday qilmoqchimanu, lekin ketidan o'zim ham musorga otilishimni o'ylayapman-da. (hazil):lol:

Kiyimlaringizga kelsak, nima shunchalik ko'p kiyim kiyasizmi, yoki u yerda kiyimlar shunchalik arzonmi? :D

O'zi u yerlarda qanday kiyimlar kiyishadi? Bizning o'zbechka qizlarimizga o'xshab yaltir-yultirlarga o'chmilar yoki odmi, paxtadan qilingan kiyimlar kiyadilarmi? Ya'ni bizning tilda X/B deyilardiku.

Mening endi aqlim kiryapti. "Shum bola" filmida aytadiku, endi bildim, yeyish kerak ekan, deb. Ko'p kiyimning o'rniga tilla asbobmi, yoki chiroyli qimmatbaho taqinchoqmi oldirish kerak ekan. ;) (Hamma qizlarga ham shuni maslahat beraman)

P.s: Bu gaplarimni eshitib tag'in, hurmatli yigitlarimizning ko'zlari kosasidan chiqib ketmasin.

abcd
07-04-2006, 12:50 AM
Garage sale.

XXL
07-04-2006, 12:51 AM
Ko'p kiyimning o'rniga tilla asbobmi, yoki chiroyli qimmatbaho taqinchoqmi oldirish kerak ekan. ;) (Hamma qizlarga ham shuni maslahat beraman)

P.s: Bu gaplarimni eshitib tag'in, hurmatli yigitlarimizning ko'zlari kosasidan chiqib ketmasin.

obboo, baraka topgurlar, ..menga hech narsa kerekmas, oziz

sog'-salomat bosez bolid, oziz meni oltinu brilliiantimsiz, deydiganilar

bormi? qaaachon qarasa anu ober, manoni ober... tuya toysa, fil toysa

ham hotin kishi toymedikanda a?:P

Nilufarxon
07-04-2006, 01:21 AM

Men bu gaplarni hazillashib aytdim, qo'ydimda...

Qanoatni mana endi sizning rafiqangizdan o'rganamizda.:D

P.s: Qanoatli bo'lganimiz uchun balki oilam, bolam-chaqam deb o'tirgandirmiz.

XXL
07-04-2006, 01:41 AM
Men bu gaplarni hazillashib aytdim, qo'ydimda...

Qanoatni mana endi sizning rafiqangizdan o'rganamizda.:D

P.s: Qanoatli bo'lganimiz uchun balki oilam, bolam-chaqam deb o'tirgandirmiz.

Bu gaplar ham hazil sifatida bolgan,

Borilarga shukur, erni er qiladigan qaro er ham qiladigan hotin kishidur.

aha, organasla, yosh bosa ham yoshiga nisbatan, lyuboy yoliga

ancha munchelarga dars beradi:P (jk) maqtanvolyapmanmi?! :P

ko'z tegmasin

Nilufarhonim, tug'ilgan kun zakonniy o'tdimi, a tak?

Nilufarxon
07-04-2006, 01:51 PM
Nilufarhonim, tug'ilgan kun zakonniy o'tdimi, a tak?
Nimasini aytasiz. Hali ham davom etyapti. (JK)

Xalqda bir gap bor bilasizmi, XXL janoblari.

Ya'ni buyuk insonlarning tug'ilgan kunlari yil bo'yi davom etar ekan. Endi biz hali buyuklikki da'vogarlik qilmaymizu, lekin niyat yo'q emas.

Endi XXL janoblari.

Mavzuga qaytsak.

Xo'sh-sh, sizda qanday muammo bor?

Bu yerga bekorga kirmagandirsiz?;)

XXL
07-04-2006, 02:22 PM

Sizdek odamni tug'ilgani ozi bir olamshumul voqea bosa:P

Bizda Hudoga Shukur hech kanday muammo yok, osobenno

baraholka bilan, ustimizda bir yiritk futbolkayu, yamalgan shim

bosa, uyda televizor ham yok, yana qanaka muammo bolardi bizda

Odam qancha boyisa shuncha tashivishi kopayar ekan degande,

Sizda ham tashvishlar kopayib ketip, qaerga nimani

tashavorishni bilme qopsiz, a Nilufarhonim;)

Nilufarxon
07-04-2006, 10:48 PM

E-e-e-e-ey, nimasini aytasiz.

Off top: Narsalarni yig'ib, qayergadir joylashtirarmankuya, lekin menda shu forumda muammo chiqyapti. (JK)
Kerakli toshning og'iri yo'q deydilar. Hammada ham bir narsaga xobbi bo'ladiku, shu desangiz menda ham negadir bu forumdan ko'p tanks yig'ish, xobbi bo'lib qolibdi.:lol:
Keyincharoq shu yig'gan tankslarim ham ortiqchalik qilib qolmasa bo'ldeydi?:D

XXL janoblari, keling o'zingizdan ham bo'lsin, endi. Maslahatning eng dodasini sizdan kutib qolaman. Lekin narsalarni tashlab yuboring, desangiz, gapimni qaytarib olaman.;)

Samarkand
07-05-2006, 01:40 AM
Qizlar, men ko'p qavatli uyning yuqori qavatida, 4 xonali uyda oilam bilan yashayman. Shu sababli ko'pncha uyda narsalar ko'payib ketsa yuragim siqilib ketadi, tashlay desam ko'zim qiymaydi, lekin ortiqcha narsalar. :D

Nima qilay?:rolleyes:
Mavzungizni o'qib ilgari maktab davrida o'qigan bir ertak esimga tushib ketdi.
"Epli kelin, sepli kelin" degan.

Epli kelin 1 ko'rpacha, 1 yostiq, 1 kosa, 1 piyolali bo'larkan.
Sepli kelinda hamma narsa qo'shsha-qo'shsha bo'larkan.

Yillar o'tib, epli kelinda hamma narsa topilishi mumkin ekanu, sepli kelin kambag'al bechora ekan.

Albatta bu hazil. :)

XXL
07-05-2006, 09:38 AM
Avvalambor, bolalar uyiga bunday eski narsalarni qabul qilishmaydi. (behazil)

Notog'ri tushunmasez agar, shunchalik eski narsani nima qilass uyda

ushlab turib.

.tohtab turing, .."shunchun ham soraypmanda nima qile deb." javob

berishizdan oldin, men prosto qiziikyapmanda, shuunchalik eski

darajaga borguncha saqlab yurudizmi.. aa?:P , economics da diplomni

ham qiiip-qizlini olgandursizaa:P

Sizdaka hotinim bosa, oziyam 5-6 yilda uyni baraholka bozoiri qib

tashase kerek a:P,

hazillashyapman opajonisi;)

Zambrotta
07-05-2006, 09:49 AM
paketga solib musorga tashavorin, hammasidan qutilas

lobar
07-05-2006, 01:41 PM
Qizlar, men ko'p qavatli uyning yuqori qavatida, 4 xonali uyda oilam bilan yashayman. Shu sababli ko'pncha uyda narsalar ko'payib ketsa yuragim siqilib ketadi, tashlay desam ko'zim qiymaydi, lekin ortiqcha narsalar. :D

Nima qilay?:rolleyes:

Maslahat so'rabsiz uu, ammo ko'ngildagidek javob olmaganga o'hshaysiz..
Sizga bir usul aytay, yoqsa amalda sinab ko'ring, zarari yo'q
Sotish yoki, ahlatga tashlab yuborish mumkin bo'lmasa,
Yahshisi o'sha ko'zingizga ortiqcha bop ko'rinayotgan jihozlaringizni turgan o'rnini almashtiring, 4 honamidi, pioninoni bu honaga, boshqasini u honaga olib ko'ring.
Shunda ko'rasiz, ham uyingiz o'zgaradi, ham narsalariyz kamayganga o'hshab ko'rinadi. ;)

Zambrotta
07-05-2006, 03:42 PM

Shunda ko'rasiz, ham uyingiz o'zgaradi, ham narsalariyz kamayganga o'hshab ko'rinadi. ;)vot jenskaya logika, naqadar qizlarimiz aqllik :D

XXL
07-06-2006, 02:09 AM
Yahshisi o'sha ko'zingizga ortiqcha bop ko'rinayotgan jihozlaringizni turgan o'rnini almashtiring, 4 honamidi, pioninoni bu honaga, boshqasini u honaga olib ko'ring.
Shunda ko'rasiz, ham uyingiz o'zgaradi, ham narsalariyz kamayganga o'hshab ko'rinadi. ;)

ohshamedi, naoborot bardaki chiqib ketadi, prosto , yozing, TV

markazdami shu eeeski pianino bor rabochiy , ishledi, juda ham

arzon narhda, lekin ozilar olib chiqib ketaslar, desez boldi.

i yana toshkentta, ..stariye veshi pokupayem, stariye veeeshiii deb

scream qilib yuradiganlar bor, shularga optomiga bervoring. kelgan

pulga yahshi bitta tuvakli palmachami, yoki chiroylirok , vanna ga

nabor olib qoying.

NozChik
07-06-2006, 03:23 AM
Maslahat so'rabsiz uu, ammo ko'ngildagidek javob olmaganga o'hshaysiz..
Sizga bir usul aytay, yoqsa amalda sinab ko'ring, zarari yo'q
Sotish yoki, ahlatga tashlab yuborish mumkin bo'lmasa,
Yahshisi o'sha ko'zingizga ortiqcha bop ko'rinayotgan jihozlaringizni turgan o'rnini almashtiring, 4 honamidi, pioninoni bu honaga, boshqasini u honaga olib ko'ring.
Shunda ko'rasiz, ham uyingiz o'zgaradi, ham narsalariyz kamayganga o'hshab ko'rinadi. ;)

Salom Lobarhon jihozlarni joyini almashtirish bilan masala hal bumodi:) Perestanofkani shu honadagi jihozlarni joini almashtirsa buladi, misol pioninani zalda kuegan afzal, agar detskie hohaiz katta bulsa u honaga ham quesa buladi. Ayajoniz hovlida tursalar keraksiz jihozlarizi eng osson va samarali saqlash joy bu ularning podvallaridir.:lol: ;) Meni opam rostini aetsam 6 honalik ueda turadiyu lekin hamma keraksiz narsalarini vahti vahti bilan bizlarni padvalga olib kelib joylab ketadi. Kerak bulsa olib ketaman diedi yana Ayajonga:).

Nilufarxon
07-06-2006, 03:25 AM
ohshamedi, naoborot bardaki chiqib ketadi, prosto , yozing, TV

markazdami shu eeeski pianino bor rabochiy , ishledi, juda ham

arzon narhda, lekin ozilar olib chiqib ketaslar, desez boldi.

i yana toshkentta, ..stariye veshi pokupayem, stariye veeeshiii deb

scream qilib yuradiganlar bor, shularga optomiga bervoring. kelgan

pulga yahshi bitta tuvakli palmachami, yoki chiroylirok , vanna ga

nabor olib qoying.

Ha, qoyil. Sizdan o'zi boshqa javobni kutmagandim.

Menda bir fikr bor. Sizni anchadan beri savob ishni qilmoqchi deb eshitgandim. Mana o'zingiz ham aytyabsiz, detdomlarga borib yurganingizni.

Agar malol kelmasa shu eski pianinamni siz sotib yuborishimga yordam bersangiz. Axir musulmon odam gapirganiga ham amal qilishi kerakku, to'g'rimi?

P.s: XXL janoblari, Bolalar uyi masalasiga kelsak, men siyosatdan uzoq yurishni yaxshi ko'raman.;) Sizga ham shuni maslahat berardim.

Nilufarxon
07-06-2006, 03:36 AM
Huddi shunaqa holat mani ham boshimdan o'tgan. 2 yil oldin uyimdagi pianinoni sotaman deb gazetaga elon bergandim.(sostoyaniyasi juda yahshi edi.) 50 $ga haridor chiqdi, yani o'zim olib borib berish sharti bilan.Keyin bozordan borib so'raganimda mashina va pianinoni ortish tushirish hizmat haqlari hammasiga 25 ming so'mga tushar ekan.(Pianino juda og'ir bo'ladi)
Sotmay quya qoldim.Keyinchalik uyni sotganimda yangi uy egasiga podarka qivordim.

PS: Nilufarhon uyni qanchaga sotmoqchisizlar,manga PM orqali adresi va narhini yozib yuboring.

Aziz forumdoshlar.

Mendan xafa bo'lmanglaru, agarda hozir uyni sotsak, biz uysiz qolishimiz aniq. (Qaynonam bilan birga turishimga to'g'ri keladi, keyin, Siz buni xohlamassiz? (Hazil))

Bilasizmi nega uysiz qolishimiz mumkin deyapman, sababi, biz bu yil uy sotsak, shu narxga yaxshi hovlili uy sotib ololmaymiz. Hovli uchun yana ozgina pul yig'ish kerak. Uyni sotib, pulni cho'ntakka solib, keyingi yilni kutsak, keyingi yilgacha esa uylarning narxi boshqacha bo'ladi.

Xullas biz keyingi yil uy sotish niyatidamiz.

P.s: Bu yil uyimizning narxi juda qimmat emas,:lol: bor-yo'g'i ... ming ko'kida bo'ldi xolos. Keyingi yilgacha xudo podsho.

XXL
07-06-2006, 03:41 AM
Ha, qoyil. Sizdan o'zi boshqa javobni kutmagandim.

Menda bir fikr bor. Sizni anchadan beri savob ishni qilmoqchi deb eshitgandim. Mana o'zingiz ham aytyabsiz, detdomlarga borib yurganingizni.

Agar malol kelmasa shu eski pianinamni siz sotib yuborishimga yordam bersangiz. Axir musulmon odam gapirganiga ham amal qilishi kerakku, to'g'rimi?

P.s: XXL janoblari, Bolalar uyi masalasiga kelsak, men siyosatdan uzoq yurishni yaxshi ko'raman.;) Sizga ham shuni maslahat berardim.
ana, ko'rdizmi har gapizga thanks beryapman, kerek bomasa ham :P

hobbyiz endi thankslar toplashu ,togrimi..

Ha hop, qachon bore? pochamlar yok payttami?:P

yok, yok, siz notorgi tushunmen, men prosto ko'ziga oshikcha

korinib, tarak turuk qilmelik yonida deymanda, seekin tehnichno olib

chiqib, keyin sekin chiroyli yangi narslarni qoyib qoyamiz,

keelib, ooo zoru deb hursand bo'ladida...priyatniy syurpriz degande.

Sevinch
07-11-2006, 11:39 AM
Ah, beli achimagaaan:))

Eshyo kak achigaaaan:) Lekin foydalanib bulganimdan keyin keraksiz narsa uyimda bekorga joy olib yotganini yoqtirmayman.Nilyufar opa closetimda qanaqa kiyimlar bor deb surabsiz.Atlasdan tortib kalta shortiklarimgacha edi.Yaqinda hamma kalta narsalarimni tashladim.Namoz uqishni boshlaganim uchun.Endi esa closetim ham ancha tozalanib qoldi.Lekin haliyam tashlaydigan narsalarim kup:?
Sizniki-chi? Narsalarni men aytganday qiloldingizmi?

Nilufarxon
07-12-2006, 12:16 AM
Nilyufar opa closetimda qanaqa kiyimlar bor deb surabsiz.Atlasdan tortib kalta shortiklarimgacha edi.Yaqinda hamma kalta narsalarimni tashladim.Namoz uqishni boshlaganim uchun.Endi esa closetim ham ancha tozalanib qoldi.Lekin haliyam tashlaydigan narsalarim kup:?
Sizniki-chi? Narsalarni men aytganday qiloldingizmi?

Voy bilasizmi, keraksiz kiyimlarni onamlarga berib yubordim, o'zingiz sortirovka qilib, keragi olib qoling, keraksizini nochorroq oilalarga tarqatib yuboring deb.

Xudo nasib qilsa pianinamga ham xaridorlar chiqayapti. Yaxshisi sotib yuborish deb o'yladim.

Lekin bolali uyda hadeb kiyimchalar sotib olaverganimdan, qizlarimnng komodi ham to'lib qolibdi. Endi uni ham bo'shatishim kerak.

Shunaqa gaplar...:D