PDA

View Full Version : P.s.


Masanori
07-07-2006, 08:30 PM
Yurak shoshar, hovliqar, ne gap?
Bunchalar hayajon! G`am ham quvonch!
Ne sabab?
Tanani tutti qaltiroq, ketti ishonch...
Dunyoga men begona,
Menga-chi, dunyo befarq.
Qo`rquv quchdi vujudimni,
Alahsirayman, go`yo devona.
Nazarim qadaldi bir olis nuqtaga,
Nuqta nigohimda g`arq.
Nafasim tez, havoni yutarman yamlab.
Fikrim jamlab.
Anglamoq buldim nochor holim.
Ey yurak, qassob, zolim,
To`hta bir zum, sukut ol,
Nima buldi senga,
Zulming kuchaydi menga?
Ahir ko`r, ruhim tark etti jismim,
Borliq, qayda?
Bilmasman hatto ismim.
Javob ber, ey jallod qalb,
ne gap?

...

Sanchib bir bor, yurak shivirladi,
Mast, sarhush ahvolim,
"Ilk Sevgi" deya tasvirladi...



p.s. shu yoshga tulib ham maktab davrida qalbim tuqnashgan alamli va lazzatli tuyguni hali hanuz eslab yuraman deb uylamagan edim... kulishni ham yiglashni ham bilmaysan... "Ilk sevgi":P:(

Masanori
07-18-2006, 03:00 AM
Ko`zlarga boq,
Nigohga sol nazar.
Quvongan zamon,
Shodlikni aks etar.
G`am, tashvish, armon,
Ikki qaro nuqtadan ayon.
Bahtli damlar ko`zgusi,
Inson umidi, orzusi,
Alam, havas yo hasad,
Do`stlik ham adovat,
Barchasi ko`zlarda jam.
Quloq yolg`onchi,
Yurak esa qo`rqoq.
Inson qalbiga sovchi,
Senga, sodiq o`rtoq
Nigohdir va yana nigoh.
Anglamoq istasang insonni,
Qunt ila, bosib hayajonni,
Ko`zlarga boq,
Nigohga sol nazar.


p.s. insonning nigohi qanchalar go`zal va mukammal a? Qo`rqoq, ayyor, manman, mehribon, shod, adovatomuz, do`stona nigohlar...barchasi go`zal, mukammal bir san`at, Yaratganning ijodi! Iliq nigohlar barchamizga yo`ldosh bo`lsin!