PDA

View Full Version : Duo qiling/ Make dua


Abdug'ofur
07-09-2006, 07:58 PM
yaxshilar, bitta yaxshilab haqqimga duo qiling...

lobar
07-10-2006, 12:43 AM
Omin: Olloh, ey Qodir Egam, o'zing Mehribonsan!!
Shu bandangni dilidagi, tilidagi eng ezgu tilakarini ijobat qil! O'zing yo'ldosh bo'l, har bir qiladigan ishini o'zingni noming bilan boshlab, o'zingni rizoliging bilan nihoyasiga yetkazishini nasib et! Tan-jonini sog', umrini uzun, rizqini butun qil. Bilib-bilimiy qilgan gunohlarini o'zing avf et, O'zing kechirguchisan.
Shu qatorida bizlarniyam, jumlayi mo'min bandalaring qatorida bilib-bilmiy qilgan Gunohlarimizni kechir.... Ollohu akbar !

Kanari
07-10-2006, 05:03 AM
Ey OLLOH,barcha yaratgan bandalaringni gunohini kechir va barcha ezgu niyatlariga yetkaz shu qatorda Abdugafurni ham barcha forumdoshlarimni ham meni ham....Hammamiz musofir yurtlarda sog'-salomat bo'laylik...OLLOHU AKBAR!

Mo'jiza
07-10-2006, 06:48 AM
yaxshilar, bitta yaxshilab haqqimga duo qiling...

Abdugafur, nimaga atab duo qilishlarini yozganingizda, yanada aniq duo qilgan bo'lardim.

Ilohim nima uchun duo olish sifatida shu threadni ochgan bo'lsangiz, o'sha yaxshi niyatingizga yetib yuring.

Alloh har doim madadkoringiz bo'lsin, O'zi to'g'ri yo'lga yo''lasin Qalbingizga iymon, tanangizga sog'liq, yashab turgan joyingizga tinchlik bersin. Xorijda bo'lsangiz, yaqinlaringiz bilan yaxshiliklarda omonlikda ko'rishishingizni nasib etsin.

Barcha yaxshi niyatlaringizga yeting. Nima bo'lganda ham Alloh O'zi barchamizni qo'llasin. Omin.

elDoraDo
07-10-2006, 07:19 AM
Alloh madadkoringiz bolsin. Qalbingdagi iymoningiz mustahkam, sahovatingiz bisyor, sogligingiz metin bolsin. Bilib bilmay qilgan gunohlaringizni ozi kechirsin.
Bu duolarim qalbida yaxshilik tilagan bor forumdoshlarga ham tiladim.