PDA

View Full Version : Jahon adabiyoti kutubxonasi (o'zbek tilida): romanlar, qissalar, hikoyalar


AbdulAziz
07-10-2006, 07:32 AM
Assalomu alaykum!
Bu mavzuda internetda online mavjud bo'lgan o'zbek tilidagi jahon adabiyoti namunalari haqida xabar qoldiriladi.

Jahon adabiyoti kutubxonasi (romanlar, qissalar)
(http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=12&id=42)Jahon adabiyoti namunalaridan (hikoyalar) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=18&id=56&Itemid=41)
Jahon adabiyoti antologiyasi
(http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=18&id=90&Itemid=41)Jahon she'riyati durdonalaridan (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=10&id=34&Itemid=49)

AbdulAziz
07-10-2006, 07:36 AM
Dunyoning eng go'zal asari (hikoya) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=40&Itemid=41)

Mashur bir rassom, kunlarning birida dunyoning eng go’zal narsasini chizishga qaror qildi. Buning uchun dunyoning eng go`zal narsa nima bo`lishi mumkinligi haqida bilim to`plash uchun katta bir sayohatga chiqdi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=40&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 07:39 AM
Sajdagohimsiz, otam (hikoya). So Chi Xi (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=39&Itemid=41)

Birinchi farzandim o'lik tug'ilgan o'sha daqiqalardan buyon men uchun hayot ma'nosini yo'qotdi. Buning ustiga erimning achchiq va alamli yig'isi yuragimga o'qdek qadaldi. O'g'lim bir soniya bo'lsa-da, bu olam yorug'ligini ko'rolmasdan, ota-ona mehriga to'yolmasdan meni tashlab ketdi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=39&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 07:48 AM
Allohim, men bilan gaplash... (hikoya) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=38&Itemid=41)

Kunlardan biri, bir odam qo’llarini osmonga cho’zib yolvordi:
“Allohim! Men bilan gaplash!”

Aynan o’sha paytda o’sha odamning bog’chasida bir bulbul o`zining eng so`nggi ashulasini aytayotgan edi.
Odam bulbulga quloq solmadi, va yalinishni davom etti:
“Allohim! Men bilan gaplash!”

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=38&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 07:50 AM
Ovqatlanish vaqti (hikoya). So Chi Xi (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=37&Itemid=41)

Gus Xiddink biznesmenlar mamlakati - Niderlandiyadan keldi. Biznesmenning nutq mahorati bo'lmasa, qanday foyda ko'radi? Shu sababli niderlandlarning ko'pchiligi bir nechta chet tilida bemalol gaplasha oladi. Bu ularning hayot tarziga aylanib qolgan. Eng muhimi, nutqiy ustalik. Notiqlik bilimi ovqat stolidan boshlanadi. Qanday deysizmi? Buning uchun Gus Xiddinkning "ovqatlanish vaqti" usulini qo'llab ko'ring...

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=37&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 07:51 AM
Qalbning eshigi (hikoya) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=36&Itemid=41)

O`n sakkizinchi asr Angliyasining mashhur rassomlaridan biri William Golman Guntning bir asari London Qirollik muzeyida tomoshaga qo`yilgan edi.

Bir bog’ tasvirlangan bu asarga Gunt “Koinot yoritgichi” nomini bergan edi. Rasmda tunda qo’lidagi fonus bilan turgan haqir bir odam tasvirlangan, odam bo’sh qo’li bilan eshikni taqillatar va ichkaridan bir javob kelishini kutayotgan holda turardi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=36&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 07:53 AM
Tuzli qahva (hikoya) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=35&Itemid=41)

Qiz bilan bir oqshomda uchrashgan edi. Ajoyib bir kecha edi. Yoshlar bilan to’la…

Oqshom so’ngida qizni qahva ichishga taklif qildi.

Qiz shu vaqtgacha o’ziga jalb qilmagan, bir og’iz gaplashmagan yigitning taklifidan hayron bo'ldi. Lekin tarbiyalilik belgisi sifatida besh daqiqaga birga o’tirishga rozi bo’ldi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=35&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 07:55 AM
Aqlli tulki (hikoyat). Jaloliddin Rumiy (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=34&Itemid=41)

Arslon, bo‘ri va tulki uchovlon birga ov ilinjida o‘rmonga borishdi. Aslida arslon tengi bo‘lmagan tulki bilan bo‘rini ovda sherik qilishi to‘g‘ri emasdi. Ammo “jamoat bo‘lishda baraka bor” deyilgani uchun bu safar shuni ixtiyor qildi.
Uchta bo‘lishdimi, endi ulardan biri boshliq bo‘lishi lozim. Arslon o‘zi boshliq bo‘lishini bilgani uchun bu haqda tulki bilan bo‘riga maslahat solib o‘tirmadi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=34&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 07:56 AM
Bo'ri-odam yili (hikoya). Stiven King (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=32&Itemid=41)

Ehtimol, qaerlardadir osmonda to‘lin oy charaqlab turgandir, lekin bu yerda, kichkinagina Taker Millz shaharchasida, injiq yanvar havosi butun osmonni qalin qor pardasi bilan to‘sib tashlagandi. Izg‘irin shamol quturganicha bo‘m-bo‘sh ko‘cha bo‘ylab kezar, shaharning sariq rangli qor suradigan mashinalari allaqachon qalin qor ostida qolgandi.
«GS&WM» temir yo‘l kompaniyasi xodimi, egniga jun pidjak kiygan ozg‘in, uzun bo‘yli Arni Vestram labiga «Kemel» sigaretini qistirib olganicha asbob-uskunalar saqlanadigan omborda tunni o‘tkazayotgandi. Uning mashinasi yo‘lda buzilib qolgan va u tong otishini kutib, o‘zi bilan o‘zi qarta o‘ynab o‘tirardi. Tashqarida shamolning uvillashi kuchaydi. Vestram boshini ko‘tardi va quloq soldi, keyin yana qarta o‘yiniga berildi. Bu bor-yo‘g‘i bir shamol…

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=32&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:01 AM
Qochqinlik poyoni (hikoya). Somerset Moem (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=33&Itemid=41)

Kapitan bilan qo‘l siqishimdim, u omad tiladi. Keyin yo‘lovchilarga liq to‘la pastki palubaga tushib, turtina-surtina narvongacha yetib oldim. Kema bortiga qarasam, yuklarimni allaqachon chiqarishibdi. Hamma yoqda qo‘llarini silkitib, allanimalar haqida gap sotishayotgan shu yerlik odamlar. Menga ham joy topildi. Qirg‘oqdan uch milcha uzoqlashganimizda salqin shamol esa boshlagandi. Shaharga yaqinlashganimizda ko‘plab kakos daraxtlari-yu, ular orasidan ko‘rinib turgan kulrang tomlarga ko‘zim tushdi. Inglizchani biladigan xitoylik: mana, boshqaruvchining turarjoyi, deb ayvonli oq uyni ko‘rsatdi. Boshqaruvchining xabari bo‘lmasa-da, men aynan unikiga qo‘nmoqchi edim. Cho‘ntagimda uning nomiga bitilgan tavsiyanoma bor edi. Meni tushirib, chamadonlarimni sohilga qo‘yishganida bir muddat o‘zimni yakkalanib qolgandek his qildim. Dunyoning bir chekkasidagi joyga, Barneoning shimoliy qirg‘og‘idagi shaharchaga kelib qolgandim. O‘zimni mutlaqo begona odamga tanishtirishim, ulov kelib borar manzilimga jo‘nab ketgunimcha uning kulbasida tunashim, osh-ovqatiga sherik bo‘lishimni aytib, qo‘liga tashrif qog‘ozimni tutqazishimni ko‘z oldimga keltirib xijolat bo‘layotgandim.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=33&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:02 AM
Ruhoniy (hikoya). Somerset Moem (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=31&Itemid=41)

...Albert Edvard Formen ruhoniylik libosini, xuddi cherkovning ulug‘vor ramzidek, o‘zgacha faxr-g‘urur bilan kiyardi, ularni o‘zi yuvib, o‘zi dazmollardi. Avliyo Pyotr cherkovida o‘n olti yil xizmat qilib, bir qancha ridolarni kiyib to‘zdirganiga qaramay, eskirganlarining birortasini ham tashlab yubormagandi. Ularning hammasi jigarrang qog‘ozga o‘rog‘liq holda, yotoqxonasidagi shkafda saqlanardi.
Ruhoniy Albert tilovatxonani sarishtalab, uyiga ketishi uchun yepiskop muovinining u yerdan chiqishini kutayotgan edi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=31&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:03 AM
Tilanchi (hikoya). Somerset Moem (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=30&Itemid=41)

Men Vera Kruzga Yukatonga boradigan kemaga ilinish uchun Mexikodan kelgan edim. Lekin bir kun avval dokerlarning ish tashlashi bo‘lib, kema portga chiqa olmasligini eshitdim. Xullas, Vera Kruzda qolib ketdim. “Dalijensiz” mehmonxonasidan derazalari maydonga qaragan bo‘lma olib, tongni shaharni kezish bilan o‘tkazdim. Jinko‘chalarda tentirab, chiroyli hovlilarni tomosha qildim. Jimjimador qilib bezatilgan ibodatxonaga kirdim. Keyin esa ko‘rishga arziydigan narsani ko‘rib bo‘lganimni tushunib, kungurali panjara devorlar bilan o‘ralgan maydondagi salqin bir joyga o‘tirdim va viski buyurdim. Quyosh nurlari maydonni, u yerdagi chang bosgan daraxtlarni ayovsiz qizdirardi. Ulkan qora qarg‘alar daraxtlarga qo‘nib, yerga tushishardi-da, to‘kindilarni titkilab, ibodatxona tomiga uchib chiqardilar.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=30&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:05 AM
Yomon kunda yo'ldoshing (hikoya). Somerset Moem (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=29&Itemid=41)

O‘ttiz yildan beri yaqinlarimni o‘rganaman. Men ularni yaxshi bilaman, deb aytolmayman. O‘ylashimcha, biz uchratgan, tanishgan odamlarga ko‘pincha yuziga qarab baho beramiz. Jag‘ining tuzlishi, og‘zining bichimi, ko‘z qarashlaridan xulosa chiqaramiz. Odamlar o‘zlarining inson to‘g‘risidagi ilk taassurotlari har doim to‘g‘ri chiqishini aytishgan paytga yelkamni qisaman. O‘zimga kelganda, ko‘ramanki, uzoq vaqtdan beri bilgan odamlarim har gal: «Eng qalin do‘stlarim faqat shular biroq ular to‘g‘risida hech narsa bilmayman desam to‘g‘ri bo‘ladi», deb meni hayron qoldirishadi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=29&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:06 AM
Luiza (hikoya). Somerset Moem (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=28&Itemid=41)

Luiza nega meni o‘ziga yaqin olganiga sira aqlim yetmaydi. U meni yomon ko‘rardi. Imkon bo‘ldi deguncha ortimdan xunuk gaplarni gapirishini sezib yurardim. Yoqtirmasligini ochiq aytmasa-da, pichinglari-yu, xo‘rsinishlaridan, chiroyli qo‘llarini silkitishlaridan ham buni tushunib olish qiyin emasdi. Bir-birimizni yigirma besh yildan beri yaqindan bilardik. Lekin bu narsaning Luiza uchun hech qanday ahamiyati yo‘q edi. U meni qo‘pol, surbet va shafqatsiz odam, deb hisoblardi. Shunaqa yomon ko‘rarkan, nega meni holi-jonimga qo‘ymaydi, boshim qotardi. Dam-badam nonushta yoki tushlikka chaqirar, dam olish kunlari shahar tashqarisidagi uyiga ham yiliga bir necha marta taklif qilardi. Ehtimol, yolg‘iz mengina uning niqob ostidagi haqiqiy basharasini ko‘rishga qodirligimni Luiza bilgandir. Men ham ertami, kechmi, yuzimga shunaqa niqob kiyishimga umid qilgandir.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=28&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:08 AM
Nonushta (hikoya). Somerset Moem (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=27&Itemid=41)

Men uni teatrda uchratib qoldim, imlayotganini ko‘rib, tanaffus paytida yoniga borib o‘tirdim. U bilan oxirgi marta ko‘rishganimga ham ancha bo‘lgandi, agar ismini aytib chaqirishmaganida, o‘ylaymanki, uni tanimagan bo‘lardim. U menga sinchkovlik bilan murojaat qildi:
«Ha, birinchi marta uchrashganimizga ham ko‘p yil bo‘ldi. Vaqt qanday tez o‘tadi-ya! Hecham o‘zgarmabsan. Sen bilan birinchi marta uchrashganim esingdami? Meni nonushtaga taklif qilganding.»

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=27&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:09 AM
Polkovnikning sovg'asi (hikoya). Roald Dal (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=26&Itemid=41)

Amerika - ayollar uchun ulkan imkoniyatlar mamlakati. Hozirda ular butun millat boyligining taxminan sakson besh foiziga egadirlar. Tez orada esa ular butun boylikni o‘z qo‘llariga olishadi. Ajrashish jarayonlari ularga katta miqdorda daromad topishning oson yo‘liga aylanib qolgan. Erning o‘limi ham yaxshigina daromad keltiradi va ayrim xonimlar shu yo‘ldan foydalanishni ma’qul ko‘rishadi. Ular bir kun kelib, sabrlari mukofot bilan taqdirlanishiga ishonishadi; ortiqcha zo‘riqish va qon bosimi o‘z ishini qiladi va bechora er qo‘lida dori solingan shishani ushlaganicha jon beradi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=26&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:10 AM
Chekishni tashlang korporatsiyasii (hikoya). Stiven King (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=25&Itemid=41)


O’sha kuni Morrison Kennedi aeroportida o‘tirganicha bir kishini kutardi. U barda tanishini ko‘rib qoldi.
- Jimmi? Jimmi Makkenn?
Ularning Atlantadagi ko‘rgazmada uchrashuvlaridan buyon Makkenn sal semirgan bo‘lsa-da, ko‘rinishi juda yaxshi edi. Morrison uning kollejda o‘qigan paytida qanday ashaddiy kashanda, oriq va rangpar bo‘lganligini esladi. Ko‘zlari katta-katta ko‘zoynagi uning yuzini to‘sib qo‘yardi. Endi esa, aftidan Makkenn, kontakt linza taqardi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=25&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:12 AM
Qasoskor mushuk (hikoya). Stiven King (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=24&Itemid=41)

Xelstonga o‘ziyurar aravachada o‘tirgan qariya kasalga, nimadandir qattiq qo‘rqqan va o‘lishga tayyorga o‘xshab ko‘rindi. Unga bunday manzara tanish edi. O’z kasbining ustalari ichida Xelston tanho edi. «Faoliyati» davomida u o‘n sakkiz erkak va olti nafar ayolni o‘ldirgan, o‘lim nima ekanligini bilardi. Uy sovuq va jimjit edi. Jimjitlikni kamindagi olovning ovozi va tashqarida esayotgan noyabr shamolining uvillashi buzardi xolos.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=24&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:13 AM
Afsungarlik mo'jizalari (hikoya). Agukatava Ryunoske (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=23&Itemid=41)

Kuzning yomg‘irli oqshomi edi. Meni olib ketayotgan riksha Onori qishlog‘i tepaliklaridan goh ko‘tarilib, goh tushib borardi. Nihoyat u bambuk daraxtlari panasiga yashiringan yevropacha uslubdagi kichkinagina uy ro‘parasida to‘xtadi. Eshik tepasida yapon yozuvida bitilgan «hind Matiram Misra» degan yozuvga ko‘zim tushdi.
Misra-kun asli kalkuttalik bo‘lib, Hindiston mustaqilligining ashaddiy kurashchilaridan edi. Shu bilan birga u taniqli brahman Xasan-xon qo‘l ostida afsungarlik sirlarini o‘rgangan mohir afsungar ham edi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=23&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:14 AM
Kirtog'ora (hikoya). Somerset Moem (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=19&Itemid=41)

Positano — tepalikda joylashgan xushmanzara shahar. Qishda bu yerdagi uch-to‘rtta odmigina mehmonxona ayolu erkak rassomlarga to‘lib ketadi, lekin shaharga yoz paytida kelsangiz hamma joylar sizniki. Tinch va orasta mehmonxona ayvonida o‘tirib tuni bilan dengizni tomosha qilish mumkin. Pastda, qirg‘oq yaqinida makaron, yaxna go‘sht, yangi tutilgan baliq va muzdek musallas sotiladigan kichkina oshxona bor.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=19&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:16 AM
Chandiqli kishi (hikoya). Somerset Moem (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=18&Itemid=41)

Dastlab yuzidagi chandig‘i tufayli u mening e’tiborimni tortgandi. Chandiq enli va qizg‘ish bo‘lib, uning iyagigacha tushgandi. Bu chandiq xunuk jarohatdan dalolat berar va men uni qilich yoki snaryad parchasining ishi bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Bu yerlarda uning to‘ladan kelgan, kulimsirab turadigan yuzi ko‘zga g‘alati ko‘rinardi. Uning yuz bichimi qoruvli gavdasiga nomutanosib edi. Kelbatidan o‘rta bo‘yli odamlarga qaraganda kuchli ko‘rinardi. Men uni doimo ko‘p kiyilgan ko‘lrang kostyumda, moshrang ko‘ylak va soyaboni katta eski shlyapada ko‘rardim. Aft-angori xiyla kir edi. Har kuni odam gavjum paytida u Gvatemala Sitidagi Palas Otelga kelar va lotereya biletlarini sotishga urinardi. Men hech qachon bu biletlarni sotib olganini ko‘rmaganman, ammo gohi-gohida unga ichish uchun biror narsa taklif qilishayotganiga ko‘zim tushardi. U stollar orasidan yurar, biroz kulimsiragan qiyofada har bir stol oldida to‘xtab, lotereya biletlarini taklif qilar va o‘ziga e’tibor berishmagan paytlarda xuddi shunday tabassum bilan nari ketardi. Nazarimda, u ko‘pincha shirakayf yurardi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=18&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:18 AM
Mahbus (hikoya). Jan Pol Sartr (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=17&Itemid=41)

izni saroyday keng yop-yorug‘ xonaga itarib kiritib yuborishdi. Yorug‘dan ko‘zlar qamashib ketdi, men ko‘zlarimni yumdim. Bir lahzadan so‘ng nazarim stolga, stol ortida allaqanday qog‘ozlarni varaqlab o‘tirgan fuqaro kiyimidagi to‘rt kimsaga tushdi. Boshqa mahbuslar bir chetda to‘da bo‘lib turishardi. Biz xonani oralab o‘tib, ularga qo‘shildik. Ko‘pchiligini men tanirdim, qolganlari, aftidan muhojirlar edi. Oldda boshlari dumaloq, bir-biriga o‘xshab ketadigan ikki nafar malla soch turishardi: frantsuzlar bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Bo‘yi pakanarog‘i dam-badam shimini yulqib qo‘yadi – asabiylashayotir.
Shu alfozda uch soatcha turdik, sillam qurib merovlanib qoldim, boshim g‘uvillay boshladi. Biroq xona issiq edi, bir necha kun sovuqda qolganimizdanmi, harqalay, bu yerda jon saqlasa bo‘lardi. Soqchilar mahbuslarni bitta-bitta stolning oldiga olib kelishdi. O‘tirgan o‘sha to‘rt kimsa ulardan birma-bir ism-sharifi va kasbini so‘raydi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=17&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:25 AM
Murdaning qo'li (hikoya). Gi de Mopassan (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=16&Itemid=41)

Bir kuni kechqurun, bundan sakkiz oy muqaddam, do‘stimiz Lui R.ning xonasiga bir kecha sobiq sinfdoshlar yig‘ildik. Punsh ichdik, chekdik, adabiyot va rassomlik san’ati haqida gap sotdik, odatda yoshlarning gurunglarida aytiladigan hazil-mutoyibalar bo‘ldi. Bir payt tuyqusdan eshik lang ochilib, bolalikdagi bir do‘stim xonaga quyunday bostirib kirdi.
— Xo‘sh, qani kim aytadi, men hozir qaerdan keldim, — qichqirdi u.
— Garov o‘ynashim mumkin, Mabildan! — dedi kimdir.
— Yo‘q, ko‘rinishingdan kayfing chog‘, harqalay, biror joydan qarzga pul undirgansan yo buvangni dafn etib qaytdingmi? Ha, topdim, soatingni garovga qo‘ygansan, mo‘ljalingdagi narxda, — dedi boshqasi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=16&Itemid=41)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:28 AM
Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa). Anton Shrayber-Vike (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=159)

— Yur mushugim, - dedi Anton mushugiga, - tomning tagida nimalar borligini ko‘rib tushamiz.
Mushuk cho‘zilib qaddini rostladi va huzur qilib esnagan holda, bu kichik sayrga xohishi yo‘q emasligini bildirganday bo‘ldi. Anton tepadagi latta-puttalar va eski mebellar orasida qolib ketgan bahaybat, sirli yog‘och sandiqni ko‘pdan beri ochib ko‘rmoqchi bo‘lib yurgandi. Biroq bu ishi onasiga ma’qul bo‘lmasligi mumkinligidan xavotirlanardi. Shuning uchun unga bu haqda og‘iz ochmasdi. Tom tagiga chiqiladigan burama shakldagi yog‘och zinalar qadam bosilgani sayin g‘ichirlardi. Mushuk qiziqsinib iskalandi. Sichqonlarning hidi kelib qolishiga umid qilganday Anton ko‘zlari yarim qorong‘ilikga o‘rganguniga qadar kutib turdi-da, sinchkovlik bilan atrofga qaradi. Ko‘p o‘rgimchak to‘rlari, qovjiragan gullar va giyohlar vassalardan osilib turardi. Bu yerda bir temir stol bilan ustidagi marmariga darz ketgan mis stolcha bor edi.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=159)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:30 AM
Musavvirning yoshlikdagi shamoili (roman). Jeyms Joys (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=158)

Qadim-qadim zamonda Mo‘-mo‘ degan bir govmish yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib, kunlardan bir kun aqlli-hushli, yoqimtoy bolakayga duch kelibdi, bolakayning ismi Bo‘-bo‘ ekan.
Bu ertakni otasi unga aytib berardi. Uning yuzlari sertuk edi.
Bo‘-bo‘ degan bola edi u. Mo‘-mo‘ Betti Bern yashaydigan tomondagi yo‘ldan yurib kelardi: Betti limonli obaki sotardi.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=158)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:34 AM
Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=156)

Hammasi soniyaning mingdan bir ulushicha vaqt ichida yuz berdi. Galaktikalardagi asrlarga tatiguvchi harakat bir lahzada sodir bo’ldi. Keyp Xetti rasadxonasidagi yosh astronom hayratdan qotib qolgandi. U ancha kech qolgandi va fotokamera sodir bo’lgan hodisani bilinar-bilinmas tarzda muhrladi: uchta yulduz burjining bir-biriga yaqinlashishi oqibatida yana bir yorqin yulduz paydo bo’lgandi. Ja’diy, Saraton va Asad burjlaridan ajralib chiqqan mayda zarralar shunday aniqlik bilan bir-biriga kirishib ketdiki, natijada yangi bir samoviy jism paydo bo’ldi. Jism borgan sari yorqin nur socha boshladi va burjlar titrab ketdi, balki astronomning qo’llari hayajondan titragani uchun shunday tuyulgandi.
U bu hodisaga guvoh bo’lgan yagona inson ekanligidan qo’rqardi. Ammo yer qa’ridan shovqin eshitildi. Bu odamlarning shovqini bo’lsada, jazavaga tushayotgan mutaassiblarniki emasdi. G’orlarda, yerto’lalarda ko’z yoradigan ayollar yig’ilishgan, ular roppa-rosa yigirma ming nafar edilar. Ular bir-birlarining qo’llarini ushladilar. Ularning ovozlari tobora qattiqroq eshitila boshladi va osmonga ko’tarilib so’ng yerning qoq yuragiga urildi.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=156)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:35 AM
Omen (ikkinchi kitob). Jozef Hovard (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=157)

Butun dunyoga mashhur arxeolog Karl Bugengagen asabiylashardi. U xuddi ko’rsichqondek yer qazirdi. Lekin Bugengagen bunchalik chuqurlikka tushganidan asabiylashmayotgandi. Aksincha, unga bu yer yoqardi. Namlik va zulmat uning shirin xotiralarini uyg’otardi. Yer qa’ri qabristondek jimjit edi.
Kutilmaganda arxeologning qulog’iga qandaydir shitirlagan tovush chalindi. Bugengagen qo’rqoqlardan emasdi. Uning yoshi ellikdan o’tgan bo’lsa-da, Karl hali ham qomatini saqlab qolgandi. U xuddi qadimgi grek atletlari singari yelkador va bo’yi baland edi. Oqarayotgan sochi va soqoli o’tkir nigohi bilan qo’shilib arxeologga qandaydir viqor bag’ishlardi. Bugengagen bu yerda, Isroil yeri ostida Shaytonning mavjud ekanligini isbotlovchi dalil izlardi.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=157)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:36 AM
Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat qissa). Richard Bax (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=155)

Tong pallasi edi, bo‘y ko‘rsatgan quyosh jimirlab yotgan dengiz betini oltin tusga belagan.
Baliqchi qayig‘i qirg‘oqdan bir mil narida. Suv uzra chaqiriq tovushi taraladi — bu nonushta xabari. Katta yig‘in. Chorlov tag‘in bot-bot yangraydi, nihoyat minglab oqcharloqlar uchib kelib o‘zini to‘daga urmaguncha takrorlanadi. Har qaysi qush ayyorlik va abjirlik bilan tashlanib yog‘liroq luqmani yulib qochishga urinadi.
Biroq Jonatan Livingston ismli Oqcharloq to‘dada yo‘q edi. U mashq qilardi — boshqalardan olisda, yolg‘iz o‘zi, qayiqdan va qirg‘oqdan juda balandda parvoz etardi. Osmonga yuz fut yuksalib, pardali panjalarini bo‘sh qo‘ydi, tumshug‘ini ko‘tardi va butun kuchini yig‘ib qanotlarini egdi, juda qattiq og‘riqqa chidab ularni yoy shakliga keltirdi. Qanotlarni bunday shaklga keltirish, uning fikricha, parvozni imkon qadar sekinlatishi lozim edi. Va Jonatan havoda tobora sekin va sekin sirg‘andi. Qulog‘iga urilayotgan shovullagan tovush eshitilar-eshitilmas shivirlashga aylandi va tubanda okean muallaq qotdi. Ko‘zlarini qisib, zo‘r berib diqqatini jamlagancha Jonatan nafasini ichiga yutdi. Yana... birgina... bir... dyuym... birdan... bu... egri... Uning parlari titradi, chuvalashdi, u tezlikni butkul yo‘qotib qo‘ydi, chalqanchasiga ag‘darilib ketdi va pastga quladi.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=155)

AbdulAziz
07-10-2006, 08:37 AM
Alkimyogar (roman). Paolo Koelo (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=154)

Alkimyogar kitobni qo‘liga oldi, uni sayyohlardan kimdir olib kelgan edi. Kitob muqovasiz edi, biroq u muallifning ism-sharifini topdi — Oskar Uayld — va uni varaqlab, tuyqusdan nigohi Nargis haqidagi rivoyatga tushdi.
Kun-uzzun anhor bo‘yida o‘z aksiga mahliyo bo‘lib o‘tiradigan sohibjamol bo‘zbola haqidagi rivoyat Alkimyogarga ma’lum edi: Nargis shu qadar mahliyo bo‘lib anhorga termilib qolgan ediki, oxir-oqibat suvga qulab, cho‘kib ketdi, qirg‘oqdan esa gul unib chiqdi, gulni uning nomi bilan atashdi.
Biroq Oskar Uayld bu rivoyatni boshqacha hikoya qilgan.
“Nargis halok bo‘lgach, o‘rmon nimfalari — driadalar sezdilarki, anhorning chuchuk suvi ko‘z yoshdan sho‘rlanibdi.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=154)

AbdulAziz
09-09-2006, 09:43 PM
Olmos linzadagi sohibjamol (hikoya). Fitz Jeyms O’Breyn (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=645&Itemid=41)

Bolaligimdan tabiat qo‘ynida xayol surishni yaxshi ko‘rardim. Xayol og‘ushida bo‘lib, tabiatning eng kichik zarralaridagi hayotni ko‘rgim kelardi. Xayolan o‘zim o‘sha kichik zarrachalardagi hayotni ko‘rganday bo‘laman. Bora-bora bu holat meni batamom o‘ziga maftun qildi. O‘n yoshga to‘lgan kunimni aniq bir iliqlik bilan eslayman. Aynan o‘sha kuni amakilarimdan biri menga mikroskop sovg‘a qildi va uning mo‘jiza ekanligiga ishondim.
Bu olamning go‘zalligi hamon meni hayratga soladi. Oyim achib qolgan murabboni to‘kib tashlabdi. Hovliga nimanidir izlab chiqdim-u ko‘zim achib qolgan murabboga tushdi. Murabboning bir tomchisini olib mikroskop tagiga qo‘ydim.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=645&Itemid=41)

AbdulAziz
09-09-2006, 09:43 PM
Bizni kechiring (hikoya). Yuriy Bondarev (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=646&Itemid=41)

Pavel Georgiyevich Safonov ancha yillardan buyon katta bir zavodda konstruktor bo‘lib ishlab kelayapti. U o‘zining tajribasi, bilimi, uddaburonligi bilan hamkasblari, rahbarlar orasida ancha-muncha obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan.
U har yili qishning sovuq kunlari tugashi bilan ta’tilga chiqadi. Bu yil ham izg‘irin kunlardan qutulib olgan Safonov Qrimning janubiy sohilidagi sihatgohlardan birida dam olib qaytdi. To‘yib uxladi, asablariga dam berdi, xullas, keyingi ishlariga kuch to‘pladi. Moskvaga qaytayotgan poyezd yo‘l-yo‘lakay jonajon yurti, tug‘ilib o‘sgan shaharchasida to‘xtadi. Shu payt uning ko‘nglida o‘zgacha bir tuyg‘u paydo bo‘ldi. Kimdir uni ana shu stansiyada tushishga undayotgandek bo‘lardi.

Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=646&Itemid=41)

AbdulAziz
09-09-2006, 09:44 PM
Yashil chiroq (hikoya). Aleksandr Grin (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=647&Itemid=41)

Londonda 1920-yili qish payti Pikadelli ko‘chasini kesib o‘tgan bir chorrahada yaxshi kiyingan o‘rta yoshli ikki kishi bir zum to‘xtashdi. Ular hozirgina qimmatbaho bir restorandan chiqqan edilar. U yerda ikkovlari kechki ovqatdan so‘ng sharobxo‘rlik qilishgan, Dryurilen teatrining artistkalari bilan hazillashib valaqlashgandilar.
Endi yerda harakatsiz yotgan, tepasiga odamlar yig‘ila boshlagan eski kiyimli yigirma besh yoshlardagi yigit ularning e’tiborini tortdi.

Davomi>>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=647&Itemid=41)

AbdulAziz
09-09-2006, 09:45 PM
Teri (hikoya). Roald Dal (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=706&Itemid=41)

O’sha 1946 yilda qish juda cho’zilib ketdi. Aprel kelgan bo’lsa-da, shahar ko’chalarida sovuq shamol izg’ir, osmonda esa qorli bulutlar suzib yurardi.
Drioli ismli qariya Rivoli ko’chasi bo’ylab og’ir qadam tashlab borardi. U sovuqdan qaltirar, ko’rinishi ayanchli edi; kir bo’lib ketgan qora paltosida u jayrani eslatar, ko’tarilgan yoqasi ustidan esa ko’zlarigina ko’rinib turardi. Qandaydir qahvaxonaning eshigi ochildi va qovurilgan jo’janing hididan uning ochlikdan tirishgan qornida og’riq turdi. U ko’rgazmaga qo’yilgan buyumlar - atirlar, ipak bo’yinbog’ va ko’ylaklar, taqinchoqlar, idishlar, mebel, kitoblarni tomosha qilganicha yo’lida davom etdi. Bir ozdan so’ng u suratlar ko’rgazmasi oldiga yetib keldi. Ilgarilari u suratlar ko’rgazmasini tomosha qilardi. Peshoynada u birgina suratni ko’rdi. U suratni tomosha qilish uchun to’xtadi.

Davomi>>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=706&Itemid=41)

DIDO
09-10-2006, 07:03 AM
AbdulAziz, kattakon rahmat, juda maroqli hikoyalar uchun, ularning o'zbek tilidagi varianti hammamiz uchun ayni muddao.
Bunday savobli postlaringizni yana kutamiz.

AbdulAziz
10-12-2006, 08:06 PM
Xudo sabr bersin! (hikoya). Husayn Rahmi Gurpinar (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=802&Itemid=41)

Jamolning kichkinagina jasadini bag‘riga olgan sovuq tobut yerdan uzilib, baquvvat yelkalarda go‘yo kema kabi suzib ketdi. Bu onda Sabriyya xonimning yuragidagi yana bir tomir uzilganday bo‘ldi. O’g‘ilginasi, garchi kafanlangan, so‘nggi safarga hozirlab ko‘yilgan bo‘lsa-da, hozirgina o‘z uyida edi. Nazarida bir mo‘jiza yuz berardi-yu, Jamoli ko‘zlarini ochib, yugurib ketadiganday edi. Yo‘q... endi hech qachon ko‘zlarini ochmasligi, hech qachon yugurmasligi aniq bo‘ldi. Ana shu mash’um haqiqat uning bag‘rida qora vulqon bo‘lib to‘lg‘ondi-yu, hayqiriq bilan otildi: “Jonim bolam, meni kimlarga tashlab ketyapsan!” Bu nolaga javob istagan onaning yuragidagi zardob cho‘qqa aylanib, battar kuydira boshladi. Qiyomatga qadar ayriliq azobiga mahkum etilmish ona yana nimalar deb baqirganini bilmaydi. U o‘zini qo‘yarga joy topolmay talvasaga tushdi, boshini devorga urdi, qo‘liga ilingan idishlarni otib sindirdi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=802&Itemid=41)

AbdulAziz
10-16-2006, 06:55 PM
"Oltin qon"dagi to'y (hikoya). Farhod Jilon (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=812&Itemid=41)

Miloddan avvalgi 330 yil yoz kunlarining biri edi. Musaffo osmon uzra quyosh charaqlardi. Poyonsiz cho‘l xuddi osmon bilan omuxta bir juftlikday bir-biriga to‘ymay boqishib turganday tuyulardi. Samo va quyosh bu cho‘lga azaldan eng yaqin sirdosh, hamroh bo‘lib kelmoqda. Necha-necha qahramonlik dostonlari yaraldi; polvonlar o‘z karomatlarini ko‘rsatib el dong‘ini doston ayladi; elning tinchligi, salomatligini asrash uchun o‘z jonlarini fido qilib qanchadan-qancha mardu maydonlarning muqaddas qonlari shu cho‘ldagi yulg‘unlar ostiga singib ketardi!...
Adog‘i ko‘rinmaydigan dasturxonday yastangan tekislikdagi emin-erkin o‘tlab yurgan bir uyur yovvoyi otlar to‘satdan hurkib, uchgandek chopgan ko‘yi olislardagi adirliklarda g‘oyib bo‘ldi. Ko‘m-ko‘k bo‘liq o‘tloqzorda o‘ynoqlab yurgan bir necha kulrang quyonlar ularning tuyoq tovushlarini eshitgandan keyin, uzun quloqlarini ding qilib bir yerda qotib qolishdi-da, o‘sha zahotiyoq sakrashib har tomonga qochib ketishdi. Nariroqdagi quyuq o‘rmon ichidan jon holatda yetti-sakkiz juft jayronlar dupurlashib chiqib yana cho‘l bo‘ylab qochishda davom etishardi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=812&Itemid=41)

AbdulAziz
11-01-2006, 07:15 PM
Ivan VAZOV,
Bolgariya yozuvchisi

MANZARA (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=824&Itemid=41)

Ob-havosiga sal-pal chidasa bo‘ladigan qish kunlarining birida, neshindan keyin Lom yo‘liga aylangani chiqdim. «Aylangani chiqdim» so‘zlarini eshitganda, oldinga va orqaga siljuvchi har xil odamlar orasida odob saqlab, asta-asta ketayotgan, modaga muvofiq kiyingan, tanishlar uchraganda, nazokat ila jilmayib, ehtirom-la ta’zim bajo aylab, tinmay shlyapalarni ko‘tarib qo‘yishlarni tushunadigan do‘stlarni ogohlantirib qo‘yay, ularning umidi puchga chiqadi: bu yul u qadar yoqimli ko‘rinishga ega emas. Sofiyadan har xil yunalishda yam-yashil dalalar bo‘ylab sariq tasmalarday tarqalib ketuvchi katta yo‘llar orasida Dunay bo‘yidagi Lom shahri bilan tutashtiruvchi bu yul eng kimsasiz va boshkent odamlari mensimaydigan tarafdir.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=824&Itemid=41)

AbdulAziz
11-01-2006, 07:17 PM
Baxt kaliti (rivoyat). Paulo Koelo (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=941&Itemid=41)

Bir savdogar o’g’lini eng katta donishmandning huzuriga baxtning kaliti — sirini bilib kelish uchun jo’natipti. Yigit sahroda qirq kun yo’l yuripti va nihoyat, ulkan tog’ning tepasida haddan ziyod muhtasham bir qasrni ko’ripti. U qidirgan Donishmand shu qasrda yashar ekan.
Kutganiga zid o’laroq qasr avliyo odamning xilvat go’shasiga o’xshamasdi. Uning ichi odamga to’la edi: savdogarlar mollarini maqtab har tomon yugurishar, burchak-burchaklarda odamlar to’p-to’p bo’lib gurunglashar, sozandalarning kichik bir dastasi qandaydir nafis kuyni ijro etar, zalning o’rtasida esa kattakon stol, uning ustiga dasturxon tuzalgan, dasturxon esa bu yurtning eng noyob va tansiq taomlari, bag’oyat xushta'm noz-ne'matlariga to’la edi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=941&Itemid=41)

AbdulAziz
11-01-2006, 07:19 PM
Chaqmoqtosh (ertak). Gans Kristian Andersen (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=942&Itemid=41)

Bir askar yo’lda ketib borardi: Bir-ikki! Bir-ikki! Orqasida xaltasi-yu yonida qilichi. U, urushdan uyiga qaytmoqda edi. Yo’lda unga juda xunuk va qari bir jodugar kampir uchradi. Uning pastki labi ko’kragiga osilib tushgan edi.
— Salom, askar! — dedi jodugar kampir. — Juda katta xal-tang va ajoyib qiliching bor ekan! Chindan ham azamat askar ekansan! Har tomonlama durust ekansan-u, biroq cho’ntakla-ring bo’sh ekan. Istasang, senga pul beray, askar!
— Rahmat, jodugar kampir. Puldan ahmoqlargina bosh tortadilar, — dedi soldat va cho’ntagini tutdi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=942&Itemid=41)

AbdulAziz
11-01-2006, 07:21 PM
Hayotga muhabbat (hikoya). Jek London (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=948&Itemid=41)

Ular oqsoqlanib soyga tomon tushib borardilar. Hamrohlardan biri, oldinda borayotgani toshloq yerda qoqilib gandiraklab ketdi. Ikkalasi ham charchab holdan toygan va tishini-tishlariga qo’yib taqdirga tan berganliklari yuzlaridan ko’rinib turardi — bu uzoq vaqt chekkan qiyinchiliklari oqibati edi. Orqalaridagi qayish bilan tortib bog’langan og’ir yuklari yelkalarini ezardi. Ikkalasida ham bittadan miltiq. Ikkalasi ham bukchayib ko’zlarini yerdan uzmay borardilar.
— Qani endi yashirib qo’ygan joyimizdagi o’qlardan hozir ikkitaginasi bo’lsa, — deb qo’ydi ulardan biri.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=948&Itemid=41)

AbdulAziz
12-08-2006, 06:33 PM
Yollangan qotil (hikoya). Tommazo Landolfi (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1238&Itemid=41)

T. yuragini xarsangday bosib yotgan vahmni yengillatishga imkon tug‘ilganidan quvonib ketdi va bu ko‘rimsizgina ayolga boshidan yaqinda kechirgan savdoni ochilib-sochilib gapirib berdi.
Endi, oradan bir-ikki oyni o‘tkazib, misoli asal oyini boshlaridan o‘tkazayotgan kelin bilan kuyovday qaymoqlashib yurgan oshiq-ma’shuqlarga bir nazar solaylik. O‘sha oqshom—mehmonxona tagidagi qahvaxonada eshitganlariga boz qaytib, rangpar xonim janob T.ga ko‘ngil berdi: ajal qotildanmi, boshqadanmi, baribir har boshda bir o‘lim muqarrar, bir kuni o‘lib ketarkanmanda, deb hayotga kundan burun etak silkish, xursandchilikdan yuz burish yaramaydi, dedi va buni ikki karra ikki to‘rtday tushuntirib qo‘ydi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1238&Itemid=41)

AbdulAziz
02-28-2007, 08:09 PM
Oyijonning soyaboni (hikoya). Pyotr Nazaret
(http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1460&Itemid=41)
Garchi u biologik jihatdan faqat Joze Ataidning oyisi bo‘lishiga qaramay, hamma uni “oyijon” deb chaqiradi. Hammaga birday Oyijon bo‘lish gohida uning g‘azabini qo‘zg‘atmay qolmasdi. Bir gal Jozening Jon ismli o‘rtog‘i uni «Oyijon» deb chaqirganida, u tutoqib ketib «Seni tug‘ib qo‘yganmanmi o‘zi, bundan buyon meni «xolajon» deb chaqir!» deya koyib bergan. Qo‘rqib ketgan Jon bir necha bor uni «xolajon» deb chaqirib ko‘rdi, lekin sal o‘tmay qaytib boshdan o‘z bilgicha «Oyijon»ga o‘tib oldi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1460&Itemid=41)

AbdulAziz
03-01-2007, 04:34 PM
Orzularingiz uchun 2 baho olganmisiz? (hikoya) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=41&Itemid=41)

Bu hikoyaning boshlanishi dalalardan qirlarga, qirlarda adirlarga yugurib otlarni parvarish qilib yurgan odmi bir otboqarning kichik og’liga borib taqaldi. Ota kasbi sababli bolaning maktabdagi davomati juda ham yaxshi edi dep bo’lmaydi. 5 sinfda o’qiyotganida, o’qituvchi uy vazifasi sifatida “Men katta bo’lsam kim bo’laman?” mavzusida insho yozishlarini aytdi.

davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=41&Itemid=41)

AbdulAziz
03-01-2007, 05:25 PM
Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1464&Itemid=1)

Deyarli bir oy oldin meni garovga olishdi. O'shandan beri qancha vaqt o‘tganini aniq ayta olmasligimga sabab, tog‘lar orasidagi kichik meteorologik uychadagi tutqunlikda vaqtni aniqlashning imkoni yo‘q edi. Biz bunda ikki kishimiz: men va Li ismli bir xitoy yigit, yon atrofda o‘z mustaqilligi uchun kurashayotgan jangarilar guruhidagi turli-tuman odamlar. Umuman olganda, ular bizga o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishga intilishadi, sababi, biz chet ellikmiz, magar ba'zan hukumat uchoqlari ular ustiga bomba tashlash uchun yopirilib kelganda, judayam qo‘pol va yoqimsiz bo‘lib ketishadi. Bunday paytda ular bizni ushlab, boshimizga qop kiygizib, yaqinroqdagi g‘or yoki boshqa pana joyga sudrab ketishadi. Biz esa kun bilan tunning farqiga bormay yotamiz.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1464&Itemid=1)

AbdulAziz
03-01-2007, 06:12 PM
Eng baxtli odam (hikoya). Albert Malts (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1467&Itemid=41)

Jessi yig’idan arang o’zini tutib turardi. U stulda Tomning kelishini kutib, yallig’langan oyog’iga dam berib o’tirganidan xursand va Tomning «Nega yo’q derkanman, albatta, xohlagan paytda ish boshlashing mumkin» deyishidan katta umid qilardi.
Ikki haftadan buyon u yomg’irli kechalarda uxlamay, ham ochiqib, Kanzas shahridan Missuri, Tulza va Oklaxomaga ko’chib yurib, oxiri qidirgan yerini topdi. Nihoyat, Tom xonaga kirib keldi. U Jessiga e’tibor bermaganday, shunchaki qarab qo’ydi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1467&Itemid=41)

AbdulAziz
04-30-2007, 09:05 PM
Labdan o‘quvchilar
(hajviya)

Nimesh Patel, hind adibi

Kollejda o‘qib yurgan kezlarimizda, biz uchta o‘rtoq – tirishqoq o‘quvchilarning «uchligi» edik. Bunday «uchlik» lotinchadagi kabi kuchning uch markazda bo‘linishi ma’nosida emas, balki o‘ta sezuvchanlik qobiliyatining uch kishida bo‘linishini anglatardi. Sinfimizda rejali suhbat, gipnoz qilish, yuz ifodasidan ichdagi gapni o‘qish kabi odamni hayratga tushiradigan «noakademik» ta’qiblarga qiziqish va bunday «hunarlar» bilan shug’ullanish avj olgandi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1503&Itemid=210)

AbdulAziz
04-30-2007, 09:11 PM
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin

http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/chalikushi.jpg

PDF formatda saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=4)

Madalio'g'li
05-01-2007, 03:57 PM
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin

http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/chalikushi.jpg

PDF formatda saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=4)

:)

Kattakon rahmat AbdulAzizbek,

Choliqushni eslash, O'zbek aka-ukalarmiz bilan birinchi uchrashuvni eslash degani.

92-yil, iyee, mana bu ajoyib fezli :) bolalar qayerlik bo'lsa kerak deya o'ylagan edik. Mayli, quchoqlashdik, bilishdik.

So'rdik: Hush kelibsiz, Turkiya haqida nimalarni bilasiz?
Dedilar: "Istambul"
va "Farida"ni bilamiz.
"Boshizdagi nima?" dedik. Dedilar: "Do'ppi!"
Bo'pti desak; bosh omon bo'lsa do'ppi topiladi, dedilar.
Biz ham Gap yo'q! deb kechdik..
...
Choynak va piyola bilan tanishganda esa: Bolalar chindan yaxshi ekan, lekin ular ozgina qisako'z, deya gapirgan edik.

:D :) :rolleyes: :(

Bu (http://fs06n1.sendspace.com/dl/a48158e5de09a40d206f1245635d8d35/4637b2ed/jf74w3/%C3%87al%C4%B1ku%C5%9Fu%20Re%C5%9Fat%20Nuri%20G%C3 %BCntekin.pdf) ham bizning tilda Choliqushi, sifatlimas; lekin muloqiy bo'laman inshalloh.

Hurmat va salom bilan...

AbdulAziz
05-05-2007, 01:16 AM
Mutolaa haqida. Hermann Hesse

http://www.ziyouz.com/rasmlar/articles/mutolaa.jpg

Ko‘pchilik kitob o‘qishni bilmaydi va ko‘p kishilar nima uchun o‘qiyotganini tuzukroq tushunmaydilar. Ba'zilar buni o‘qimishli bo‘lishning qiyin, biroq yagona yo‘li deb biladi. Ular uchun har qanday kitob kishini «o‘qimishli» qiladi. Boshqa birovlar uchun esa o‘qish - bu dam olish, shunchaki vaqtni o‘tkazish va ularga nimani (maqola, roman, she'r, xabar va hokazo)o‘qish baribir, zerikarli bo‘lmasa, bas.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1530&Itemid=210)

AbdulAziz
05-05-2007, 01:21 AM
Maktab alamlari va zavqlari. Orhan Pamuk

Maktabda ilk o‘zlashtirgan narsam ba'zilarining ahmoqligi, ikkinchi o‘zlashtirgan narsam esa ba'zilarining yanada ahmoqroqligi bo‘ldi. Xuddi din, irq, jins, sinf, boylik (va shu qatorda eng oxirida qo‘shimcha qilingan) madaniyat farqlari kabi, hayotdagi bu asosiy va aniq ko‘rsatuvchi farqni *farqlamaganday ishlashni komillik, nazokat va yaxshi tarbiya ko‘rganlik alomati ekanligini u yoshda aqlan qamray olmaganim uchun o‘qituvchining sinfga har gal savol tashlashida, to‘g‘ri javobni bilishimni ko‘rsatish uchun sabrsizlik bilan barmog‘imni ko‘tarardim.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1533&Itemid=210)

Orhan Pamuk haqida (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1528&Itemid=76)

AbdulAziz
05-07-2007, 07:10 PM
Bir mo‘miyo kundaligi (hikoya). Shimada Masahiko

1999 yilning 30 yanvar kuni kunduz soat 2 larda Hokkaydoning Kushiro nomli qor bosgan namchil o‘lkalariga quyon oviga chiqqan go‘sht sanoati ishchisi nogoh plastik materialdan qurilgan kulbaga duch kelib qoldi. Ayni tushlik qilvolish uchun joy topilganidan xursand holda «Kim bor?» deya ovoz berdi u. Boshini ichkariga suqarkan, undagi vaziyatni ko‘rib, yuragi chiqib ketayozdi. Poxol ustida uzala tushib yotgan narsa o‘lik tana edi. Sovuqdan berkinish uchun o‘ranib olgan mo‘miyoni yengil chang qoplagan va jasad tarashaday qotib qolgandi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1535&Itemid=210)

AbdulAziz
08-15-2007, 08:30 PM
Eva-Lis Vario
Fin yozuvchisi

«QABRINGIZGA OLIB KETOLMAYSIZ»
(hikoya)

Ikki narsa aniq edi. Bezil amaki boy edi. Bezil amaki qashshoq edi.
Butun oiladagilarning fikri shunday edi. Ular pulga muhtoj bo’lgan paytlarda u haqda dunyodagi barcha haqoratli so’zlarni ishlatishardi. Yuvosh Klotilda ham bo’ynidagi duri eskirib qolgani uchun yangisini sotib olishni istagan kuni uni oddiygina qilib Skruj Bezil deb atadi. Hali puli to’liq to’lanmagan «Aston Martin»ini urib olgan Persival Bezil amakini qoqsuyak, qashshoq, ziqna, yaramas va shu kabi bir qator «bezakdor» so’zlar bilan ta’rifladi! Qolganlar ham u haqda lug’atda bor-u yo’q so’zlarni ishlatib bo’lishgandi.
«Shuncha puli bor odam bunchalik ziqna bo’lmasligi lozim», dedi Persivalning onasi, «Lekin u haqda yomon so’z aytma. Qulog’iga yetib borishi mumkin».

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1649&Itemid=227)

AbdulAziz
10-02-2007, 06:48 PM
Chandiqli kishi (hikoyalar to'plami). Somerset Moem

http://ziyouz.com/rasmlar/books/chandiq.jpg

Hikoyalar to'plami kitobini to'liq holda saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=36)

PDF, 172 Kb

AbdulAziz
10-02-2007, 07:12 PM
Olov gul (ertak). Sergey Aksakov

http://ziyouz.com/rasmlar/books/olovgul.jpg

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim o’tgan zamonda bir boy savdogar yashagan ekan. Uning uch qizi bo’lib, hammasi chiroyli, ayniqsa, kenjasi go’zallikda tengi yo’q ekan. Ota o’z qizlarini juda yaxshi ko’rar ekan. Eng kichigini esa kattalaridan ham ko’proq yaxshi ko’rar, qiz ham otasiga nihoyatda mehribon ekan.
Kunlardan bir kuni savdogar uzoq safarga, dengiz ortiga jo’naydigan bo’libdi va qizlarini chaqirib shunday debdi:
– Men savdo ishlari bilan olis-olis o’lkalarga ketaman, qancha vaqtda qaytishimni o’zim ham bilmayman. Agar men yo’q paytda o’zlaringni yaxshi tutsangiz xohlagan narsangizni sovg’a qilib olib kelaman. Sizlarga uch kun muhlat, yaxshilab o’ylab, keyin aytasizlar. davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1748&Itemid=210)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=download&id=38&chk=e19d3dc511acbfd3e32fdc7a701ac127) (PDF, 116 KB)

AbdulAziz
10-02-2007, 07:18 PM
Alisa mo'jizalar mamlakatida (ertak). Lyuis Kerroll

http://ziyouz.com/rasmlar/books/alisa.jpg

Yoz kunlarining birida Alisa quyuq soyali daraxtning katta shoxida î’tirar, opasi esa daraxt tagidagi maysada unga tarix kitobini î’qib berardi. Alisaning qulog’iga gap kirmaydi, chunki u suratsiz kitoblarni yaxshi ko’rmaydi-da.
– Alisa, diqqat bilan eshit. Dunoda suratsiz bo’lsa ham juda qiziq kitoblar ko’p, – dedi opasi.
– Bu olamda balki shundaydir, – hayolga berilgancha javob berdi Alisa. – Lekin mening olamimda, agar u mavjud bo’lsa, hamma kitoblar faqat suratli bo’ladi.
Alisa o’zining Dina laqabli kichkina mushukchasini ushlab oldi-da, daraxtdan tushdi:
– Mening olamimda sen Miyov emas, balki Rahmat, Alisa xonim degan bolarding. Mening olamim – Mojizalar Mamlakati deb atalgan bo’lar edi.
Birdan u shu atrofdan yugurib o’tib ketayotgan Oq Quyonni ko’rib qoldi. Quyon kostyum kiyib olgan, qo’lida kattakon soat. U soatga qarab, vaqtni bilish uchun to’xtadi. davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1747&Itemid=210)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=download&id=37&chk=d15059c4f8093835c0069fb2e4b4ca62) (PDF, 86 KB)

AbdulAziz
10-11-2007, 08:03 PM
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon

http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/fargona.jpg

Arabchadan Shoikrom Shoislomov tarjimasi

221 yil.* Farg‘onaliklar yangi yilni kutishga hozirlik ko‘rmoqda. Hamma uy ko‘tarish, yasatish, hovli tozalash, supurish-sidirish bilan ovora. Ular o‘z tomlari tepasiga tug‘ osib, darvozalar ustiga guldastalar tikishmoqda. Bu ishlardan qutulganlar esa o‘zlariga va bola-chaqalariga ki¬yim-kechak, olti kunlik bayramga yetarli qand-qurs, holva, tansiq yemish xarid etish uchun gala-gala bo‘lib bozorga yo‘l olishardi.
Qaysi hovliga kirmang, hammasida ayollar o‘choq va tandirlarga o‘t qalab, xonaki taom va anvoyi shirinliklar tayyorlash taraddudida. Ular yuvinish uchun suv isitishadi. Uy xodimlari esa xojalarining kichkintoylarini yasantirishadi, ovqat pishirishga yordamlashadi, bayramga atab yopiladigan nonlarning xamirini qorishadi.

Romanni online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1686.0)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=download&id=46&chk=406380dc15a0a0f561e2490716bae1ed) (PDF, 535 Kb)

AbdulAziz
11-03-2007, 09:42 PM
O'gay ona

http://www.ziyouz.com/images/books/ugay_ona.jpg

Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi

Hajmi: 391 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=70)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1705.0)

AbdulAziz
11-10-2007, 07:35 PM
Nyurnbergga sayohat. Hermann Hesse

Yo‘lga chiqqan kunim havoning avzoi buzuq, qor aralash yomg‘ir yog‘ardi. Yana Augsburg yonidan o‘tdim, shahar uzra katta butxona va Sankt-Morits qad rostlab turardi, shundan so‘ng notanish joylar ko‘z o‘ngimdan o‘ta boshladi, bekatlar orasidagi oxirgi masofada esa odam oyog‘i yetmagan, xilvat, qalin o‘sgan ajoyib qarag‘ayzor o‘rmonlar boshlandi, daraxtlar uchi qor bo‘ronida chayqalardi. Bu manzara go‘zal va sirli, shu bilan birga men, janublik uchun noxush hamda vahimali edi.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1868&Itemid=227)

AbdulAziz
11-12-2007, 07:27 PM
Shimolliklar va janubliklar (romandan parcha). Li Xo Chul

1947 yilning bahori edi. Pak Chono'k mamlakatda boshlangan liberallashtirishdan oldin kemasozlar bilan ishlab, keyingi bir-ikki yil davomida ishlari o'ngidan kela boshlagandi. U o'qishga bo'lgan qiziqishi, tirishqoqligiga ishongani uchun o'zining maxsus jomadonchasini ko'tarib, shahar mehnat birjasi homiyligida maktabimizga "yangi bola" bo'lib kirib keldi. Boshdan oyog'igacha kiyib olgan qora maktab kiyimi ancha juldur, yirtiqlaridan osilib turgan ip bo'lakchalari bu ko'rinishni yanada g'aribroq ko'rsatar, xuddi kimdir boshiga gazetani yaxshilab o'rab undan qolganini qirqib tashlagandek.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1907&Itemid=210)

Tarjima haqidagi fikrlaringizni khumor@rambler.ru, zmirzaeva76@mail.ru ga yuborishingizni soraymiz.

AbdulAziz
11-18-2007, 08:58 PM
Saylanma. Maxtumquli

http://www.ziyouz.com/images/books/mahtumquli.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=102)

Muallif: Maxtumquli

Hajmi: 310 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=102)

AbdulAziz
11-25-2007, 07:53 PM
Aldangan Ayselning tavbasi (qissa)

http://www.ziyouz.com/images/books/aysel.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=104)

Muallif: Xolid Erto'g'rul

Hajmi: 194 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=104)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1784.0)

AbdulAziz
02-23-2008, 03:24 AM
Yovvoyi yo’rg’a (romandan parcahlar). Ernest Seton-Tompson

II

Bu voqea 1893-yilning dekabrida bo‘ldi. Fermaga kelib tushdim-u, yo‘lovchi soyabon aravada Kanada daryosi bo‘yidagi Pinyavetitosga jo‘nadim.
Foster men bilan xayrlashayotib, shunday dedi:
— Menga qarang, bordi-yu, la’nati yo‘rg‘aga duch kelib qolsangiz, ayamay otib tashlang.
Yovvoyi yo‘rg‘a haqida ilk bor eshitgan gapim shu bo‘ldi, yo‘lda esa yo‘lboshlovchim Bernsdan yo‘rg‘aning kechmishini bilib oldim. Dong‘i ketgan yo‘rg‘ani juda-juda ko‘rgim keldi, ertasiga Jayron bulog‘iga borib, hafsalam pir bo‘ldi, sababi u yerda yo‘rg‘aning ham, galaning ham daragi yo‘q ekan.
Ammo ertasi kuni Alamozo daryosi orqali yana tepalikdor yalanglikka kelganimizda, oldinda borayotgan Jek Berns birdan otining bo‘yniga engashib oldi, menga o‘girilib, shivirladi:
— Qurolingizni oling! Ana ayg‘ir!

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2136&Itemid=228)

AbdulAziz
02-23-2008, 03:25 AM
Nasihatlar. Abay

Oltinchi so‘z

Qozoqlarda: «Hunarning boshi birlikda, rizqning boshi tiriklikda» degan maqol bor. Ammo ular: bunday birlik qanday elda qanday qilsa bo‘ladi - buni bilishmaydi. Ular: ot o‘rtada, osh o‘rtada, kiyim o‘rtada, boylik o‘rtada bo‘lsa ekan, deb o‘ylashadi. Unday bo‘lsa - boylikdan nima foyda-yu, kambag‘allikdan nima ziyon? Unday bo‘lsa oshna-og‘ayning yo‘qolmay turib, mol topishning nima keragi bor? Shumi birlik? Yo‘q! Birlik - qo‘rangdagi molda emas, tushunchangda bo‘lishi kerak. Mol bersang otasi boshqa, onasi boshqa, dini boshqa, tirikchiligi boshqalar ham sen bilan tinch-totuv bo‘laveradi. Agar birlik mana shunday hisob bilan o‘lchansa, ya'ni molga sotib olinsa, bu birlik - birlik emas, ablahlikdir! Do‘st bo‘laman degan kishi ber demasdan do‘st do‘st bo‘lsa, tinch-totuv yashasa, tuz-nasibasini xudodan tilasa yaxshi bo‘ladi. Aks holda, tuz-nasibasini xudodan tilamaydi, mehnat qilmaydi va bir-biriga balo izlaydi, bir-birini aldashning payiga tushadi. Xo‘sh, shu ham birlik bo‘ldimi endi?

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2135&Itemid=227)

AbdulAziz
03-03-2008, 08:37 PM
Lev Brandt

OQ KAPTAR
(qissa)

Oz yashadim, tutqunda bo‘ldim,
Har ikki hayotni ko‘rdim bir yo‘la.
Jon deb almashardim butun umrimni,
Sertashvish x,ayotga men bira to‘la.
M. Lermontov

I

Shahardan chekkaroqda, shundoqqina daryo qirg‘og‘idagi jar bo‘yida ikkita baland imorat qaqqayib turardi. Bu binolardan birining ko‘cha tomonda loaqal bironta derazasi yo‘q edi. Bo‘zarib turgan silliq devor o‘rlagan sayin ichiga og‘ib, xuddi shunday tusdagi sovuq tomga tutashib ketardi. Binoning chetlari jar tomonga turtib chiqqan, huv pastda shovullagan daryo qirg‘oqni yuvar, girdob hosil qilib, chirillab aylanardi. Hosil bo‘lgan chohga deyarli kun tushmas, shu bois undagi suv quyuq, qoramtir bo‘lib ko‘rinar edi. Bu yerdagi o‘ynoqlab yurgan katta-katta kallador baliqlarni tutish man etilgan.
Daryoning narigi qirg‘og‘idan yoy shaklidagi binoning bir-biriga yopishgan son-sanoqsiz derazalar chakichlab tashlagan ichki tomoni ko‘rinib turardi.

Onlineda o'qish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2220&Itemid=210)

Burgutlar (hikoya). Lev Brandt

Ikki qavatli uydek ulkan qafasda yirtqich parrandalar yashardi. Ular shu atrofdagi o‘ralashib yurgan odamlar, qovjiragan yaproqlari chang qoplagan daraxtlar, tussiz osmondan ko‘zlarini uzmay, tosh qoyaning isqirt do‘ngalagida o‘tirishar va soatlab mudrashar edi. Xira ko‘zlarida uzoq o‘tmish manzaralari: g‘amgin qoyalar, tubsiz jarliklar, bo‘ronlarda mayishgan bahaybat daraxtlar, past bulutlar, cheksiz, ko‘k osmon adabiy naqshlanib qolgandek...

Onlineda o'qish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2217&Itemid=210)


Lev Brandt. Oq kaptar (qissa va hikoya, êèðèëë àëèôáîñèäà)

http://www.ziyouz.com/images/books/oqkaptar.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=151)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=151) (463 Kb, PDF)

AbdulAziz
03-04-2008, 07:54 PM
Teddi (hikoya). Yuriy Kazakov

Teddi (hikoya). Yuriy Kazakov

Bahaybat, qo‘ng‘ir ayiqni Teddi deb atashardi. Boshqa hayvonlarning ham nomi bor edi-yu, lekin Teddi ularni sirayam eslayolmas, doim adashtirib yurardi. Faqat o‘z laqabini yaxshi bilar, qachon chaqirsalar quloq solar va aytganlarini bajarardi.
Uning hayoti juda zerikarli edi. U allazamonlarda beri tsirkda ishlardi. U itoatgo‘y, yuvosh bo‘lib qolgan va endi unga qafasning hojati yo‘q edi, ammo shunga qaramay odatlari bo‘yicha qafasda saqlashardi. Teddiga hech narsaning qizig‘i qolmagan, hammasi joniga tekkan, faqat tinch qo‘yishlarini istardi. Biroq u keksa tajribali artist bo‘lganidan sira hol-joniga qo‘yishmas edi.
Onlineda o'qish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2226&Itemid=59)


Yuriy Kazakov. Teddi (hikoya, êèðèëë àëèôáîñèäà)

http://www.ziyouz.com/images/books/teddi.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=153)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=153) (PDF, 192 Kb)

AbdulAziz
03-09-2008, 03:58 PM
Ayollar haqida. Artur Shopengauer

Agar ayollar bo‘lmasa biz o‘z hayotimizning dastlabki lahzalarida yordamdan, keyinroq lazzatlardan, eng so‘nggida esa ovunchog‘imizdan mahrum bo‘lar edik, degan edi bir farang olimi. Menimcha, ayollarni haqiqatan ham bundan oshirib maqtashning iloji yo‘q.

Ayolning qaddi-qomatiyoq uning na ruhiy, va na ketmon chopishdek og‘ir jismoniy mehnat uchun yaratilmaganini ko‘rsatib turadi. Ayol yashash majburiyatini borligicha emas, balki azob-uqubatlar tarzida o‘taydi: tug‘ish mashaqqatlari, bola boqish, erga qaram bo‘lish.Yana deng, ayol erga chidamli va quvvat bag‘ishlaydigan do‘st bo‘lishi kerak. Ayol katta dardlar, katta quvonchlar, bahodirlik talab qilinadigan ishlar uchun yaratilmagan. Uning turmushi erkaknikiga nisbatan tinchroq, baxtliroq, mayinroq kechishi zarur.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2195&Itemid=227)

blogger
03-29-2008, 11:57 AM
ÀÆÎÉÈÁ ÊȨÑ

Қóéèäàãè âîқåàíè èñëîì îëàìèíèíã ê¢çãà ê¢ðèíãàí ¸çóâ÷èëàðèäàí áèðè Àáäóëìàëèê Қîñèì ¢çèíèíã áàäèèé àñàðëàð êèòîáèäà êåëòèðèá ¢òãàí. Áóãóí àíà øó õîäèñàãà ýúòèáîðèíãèçíè қàðàòàð ýêàíìèç, õóëîñà ÷èқàðèá îëèøíè ¢çèíãèçãà қîëäèðàìèç.
... Æîðæ, ò¢ëàäàí êåëãàí, áàëàíä á¢éëè, êeíã åëêàëè, 50 ¸øäàí ¢òèá қîëãàí àìeðèêàëèê êèøè, ó ñîғëîì âà ҳàðàêàò÷àí. Ó Âàøèíãòîííèíã øèìîëèäà æîéëàøãàí êè÷èê áèð øàõàðäà ÿøàéäè. Ó êàòòà øàҳàðëàðäàãè ì¢ë-ê¢ë÷èëèê, ôàðîâîíëèê ¢çèãà æàëá қèëèøèãà êàðàìàñäàí äàð¸ á¢éèäà æîéëàøãàí øàҳàð÷àñèíè æóäà ñåâàäè. Ó êóíè áèëàí òèæîðèé èøëàðè áèëàí áàíä á¢ëàäè. Êå÷ãà ÿқèí óéèãà xîòèíè, èêêè қèçè âà áèð ¢ғëèíèíã õóçóðëàðèãà қàéòàäè. Á¢ø âàқòëàðèíè óëàð áèëàí ¢òêàçàäè. ¡ғëè ôàðçàíäëàðèíèíã ò¢íғè÷è á¢ëèá, ó ҳîçèð 11-ñèíôíè òàìîìëàá äîðóëôóíóíãà êèðèø àðàôàñèäà òóðèáäè.


davomi...
http://hamidov.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=26&Itemid=37

AbdulAziz
05-13-2008, 08:13 PM
Yangi kiritilgan hikoyalar:

Shoir (hikoya). Karel Chapek (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2400&Itemid=210)

Keyin xursand bo‘lasiz (hikoya). Aziz Nesin (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2391&Itemid=210)

AbdulAziz
06-06-2008, 09:02 PM
Dahriyning ibodati (hikoya). Onore de Balzak (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2491&Itemid=210)
Kurantil ko‘chasi, 28 (hikoya). Pramudya Ananta Tur (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2490&Itemid=210)
Inem (hikoya). Pramudya Ananta Tur (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2489&Itemid=210)
Leman bobo (hikoya). Pramudya Ananta Tur (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2488&Itemid=210)
So‘nmagan oy qissasi (hikoya). Boris Pilnyak (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2487&Itemid=210)
Miriam (hikoya). Rene Aviles Fabila (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2486&Itemid=210)

AbdulAziz
06-09-2008, 10:11 PM
Uyg'ur adabiyotidan

Posbon (qissa). Zunnun Tohir

http://ziyouz.com/images/books/posbon2.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=169)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=169) (PDF, 68 Kb)


Zunnun Tohir. Posbon (qissa, êèðèëë àëèôáîñèäà)

http://ziyouz.com/images/books/posbon3.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=170)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=170) (PDF, 184 Kb)

Ma'ruf
06-09-2008, 11:22 PM
Uyg'ur adabiyotidan

Posbon (qissa). Zunnun Tohir

http://ziyouz.com/images/books/posbon2.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=169)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=169) (PDF, 68 Kb)


Zunnun Tohir. Posbon (qissa, êèðèëë àëèôáîñèäà)

http://ziyouz.com/images/books/posbon3.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=170)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=170) (PDF, 184 Kb)

Kitoblar uchun,rahmat.Shuni Uyg'urchadagi originali yo'qmi,mabodo?

Aytkancha,Davron aka bu kitoblarni o'ziz skan qilib,hatolarini o'ziz tuzatasizmi?

AbdulAziz
06-10-2008, 11:01 PM
Kitoblar uchun,rahmat.Shuni Uyg'urchadagi originali yo'qmi,mabodo?

Aytkancha,Davron aka bu kitoblarni o'ziz skan qilib,hatolarini o'ziz tuzatasizmi?

Sizga ham tashakkur.
Bu kitobning uyg'urchasi yo'q edi. Balki internetdan topsa bo'lar.

Ha, kitoblarni asosan skaner qilib, keyin tahrir qilib, saytga joylayman. Ziyouz forumi (http://forum.ziyouz.com) a'zolari ham bunda menga yordam berishyapti.
Shuningdek, adabiyot muhibblari, mualliflar, tarjimonlarning o'zlari ham asarlarini jo'natib turishadi.
Hozircha skaner qilingan birqancha yaxshi kitoblar bor. Shularni tahrir qilishda yordam beradiganlar bo'lsa, xursand bo'lardim.

AbdulAziz
06-10-2008, 11:02 PM
Hind adabiyotidan:

Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar

http://ziyouz.com/images/books/musaffo1.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=167)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=167) (PDF, 160 Kb)

Krishan Chandar. Musaffo osmon (qissa, êèðèëë àëèôáîñèäà)

http://ziyouz.com/images/books/musaffo2.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=168)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=168) (PDF, 421 Kb)

Ma'ruf
06-11-2008, 12:14 AM
Sizga ham tashakkur.
Bu kitobning uyg'urchasi yo'q edi. Balki internetdan topsa bo'lar.

Ha, kitoblarni asosan skaner qilib, keyin tahrir qilib, saytga joylayman. Ziyouz forumi (http://forum.ziyouz.com) a'zolari ham bunda menga yordam berishyapti.
Shuningdek, adabiyot muhibblari, mualliflar, tarjimonlarning o'zlari ham asarlarini jo'natib turishadi.
Hozircha skaner qilingan birqancha yaxshi kitoblar bor. Shularni tahrir qilishda yordam beradiganlar bo'lsa, xursand bo'lardim.

Tushunarli.

Judayam sovobli ish qilyapsiz,to'htatmang.:)Menga shahsan kutuphonagizdagi ba'zi kitoplarni ko'p foydasi tegyapti..Lekin,ohirgi paytta noma'lum mualliflar ko'payib qoldiya?Qaysinisini o'qishni bilmaydi,odam.Ko'proq,klassik adabiyotdan bo'lsa yahshi bo'larmidi..Masalan Rus klassiklarini asarlari internetta judayam ko'p,lekin bizni adiblarniki kam.
Yoki bo'lmasa,g'azallardan,she'rlardan bo'lgandayam zo'r bo'lardi(Alisher Navoi,Usmon Nosir,Cho'lpon).To'liq,to'plamlari bo'lsa,yanayam yahshi.

Tahrir qilish bo'yicha yordam bera olmasam ham..saytizni boshqa forumlarda reklama,qilib turipman.Traffikni,oshirib.:P

AbdulAziz
06-11-2008, 05:22 PM
Ma'ruf, siz aytgan klassik asarlar navbatda turibdi. Inshaalloh ularni ham joylayman. Jahon adabiyotidan Jaloliddin Rumiy, Sa'diy, Hofiz, Umar Xayyom, Rudakiy, Bobo Tohir, Fariduddin Attor, Imomiddin Nasimiy, Mirzo G'olib, Bedil kabi kalassik shoirlarning ajoyib guldastalari yaqin kunlarda saytga joylanadi.


Ingliz fantastik adabiyotidan:

Marsga hujum (roman). Rey Bredberi

http://ziyouz.com/images/books/marsga2.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=165)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=165) (PDF, 418 Kb)


Rey Bredberi. Marsga hujum (roman, êèðèëë àëèôáîñèäà)

http://ziyouz.com/images/books/marsga3.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=166)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=166) (PDF, 940 Kb)

AbdulAziz
06-12-2008, 09:47 PM
Ingliz adabiyotidan:

Bankir (roman). Lesli Uoller

http://ziyouz.com/images/books/bankir2.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=163)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=163) (PDF, 874 Kb)

Lesli Uoller. Bankir (roman, êèðèëë àëèôáîñèäà)

http://ziyouz.com/images/books/bankir2.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=164)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=164) (PDF, 2,03 Mb)

AbdulAziz
06-13-2008, 07:12 PM
Ingliz adabiyotidan:

Oy va sariq chaqa (roman). Somerset Moem

http://ziyouz.com/images/books/oychaqa2.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=161)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=161) (PDF, 408 Kb)

Somerset Moem. Oy va sariq chaqa (roman, êèðèëë àëèôáîñèäà)

http://ziyouz.com/images/books/oychaqa3.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=162)

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=162) (PDF, 916 Kb)

AbdulAziz
06-22-2008, 08:18 PM
A. P. Chexov

XAMELEON

http://ziyouz.com/images/xameleon.jpg

Bozor maydonidan yangi shinel kiygan, tuguncha ko‘targan politsiya nazoratchisi Ochumelov o‘tib borardi. Uning orqasidan musodara kilingan krijovnik to‘la g‘alvirni ko‘targancha malla gorodovoy kelmoqda. Tevarak-atrof jimjit... Maydonda jon asari ko‘rinmaydi... Do‘konlar va qovoqxonalarning huvillagan eshiklari yorug‘ dunyoga ochiqqandek og‘iz ochib turibdi; ularning yaqinida hatto gadoylar ham yo‘q.
— Senmi hali qopadigan la’nati?— degan ovozni eshitadi daf’atan Ochumelov.— Yigitlar, uni ko‘yib yuboringlar! Hozirgi kunda qopitish taqiqlangan! Ushla! A... a!

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2708&Itemid=59)

AbdulAziz
06-23-2008, 09:02 PM
Mirshab va munojot (hikoya). O.Genri (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2713&Itemid=210)

Afsungarlarning tuhfalari (hikoya). O.Genri (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2712&Itemid=210)

Tinchlik (novellalar). Anna Zegers (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2711&Itemid=210)

Masal (hikoya). Mark Tven (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2710&Itemid=210)

Alomat odamning tushi (hikoya). Fedor Dostoyevskiy (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2709&Itemid=210)

AbdulAziz
07-04-2008, 08:57 PM
Shavqingni yod etib
Mirzo Abdulqodir Bedil

(g'azallar va ruboiylar)

http://ziyouz.com/images/books/bedil.jpg (http://ziyouz.com/images/books/bedil.jpg)

Saqlab olish (http://ziyouz.com/images/books/bedil.jpg) (PDF, 351 Kb)

AbdulAziz
07-08-2008, 08:30 PM
Abu Abdulloh Rudakiy

(G'azal, masnaviy va ruboiylar)

http://ziyouz.com/images/books/rudakiy.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=176)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=176) (195 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-08-2008, 08:34 PM
Abusaid Abulxayr

(Ruboiylar)

http://ziyouz.com/images/books/abusaid.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=177)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=177) (254 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-08-2008, 08:55 PM
Bobo Tohir

(Ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/bobo_tohir.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=178)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=178) (293 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-08-2008, 08:57 PM
Abdulxoliq G'ijduvoniy

(Ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/gijduvoniy.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=179)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=179) (168 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-08-2008, 09:00 PM
Umar Xayyom

(Ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/umar_xayyom.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=180)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=180) (273 Kb, PDF)

Ma'ruf
07-08-2008, 09:06 PM
Qoyil!
Mana endi rosmontakam klassiklarni qo'ya boshladiz..:)

AbdulAziz
07-09-2008, 08:44 PM
Farididdin Attor

(Ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/farididdin_attor.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=181)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=181) (214 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-09-2008, 08:48 PM
Majdiddin Bag'dodiy

(Ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/bagdodiy.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=182)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=182) (171 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-09-2008, 08:51 PM
Najmiddin Kubro

(Ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/najmiddin_kubro.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=183)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=183) (173 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-10-2008, 07:42 PM
Jaloliddin Rumiy

(Ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/jaloliddin_rumiy.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=184)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=184) (250 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-11-2008, 09:31 PM
Pahlavon Mahmud

(Ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/pahlavon_mahmud.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=185)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=185) (208 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-11-2008, 09:39 PM
Imomiddin Nasimiy

(Ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/imomiddin_nasimiy.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=189)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=189) (161 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-11-2008, 09:42 PM
Foniy

(Ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/foniy.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=190)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=190) (187 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-11-2008, 09:46 PM
Abulvafo Xorazmiy

(Ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/abulvafo_xorazmiy.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=191)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=191) (203 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-11-2008, 09:50 PM
Mirzo G'olib

(G'azallar va ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/mirzo_golib.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=192)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=192) (180 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-11-2008, 09:52 PM
Ubaydiy

(G'azallar, tuyuq va ruboiylar)

http://www.ziyouz.com/images/books/ubaydiy.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=193)

http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=193) (294 Kb, PDF)

AbdulAziz
07-12-2008, 01:46 PM
Yangi joylangan hikoyalar va parchalardan:

Avdatning Jamshidga maktubi (romandan parcha). Sodiq Hidoyat (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2818&Itemid=227)

Yettinchi qurbon (hikoya). Robert Shekli (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2817&Itemid=227)

AbdulAziz
07-25-2008, 08:52 PM
Tongi yog'du (hikoya). Mario Kita

http://ziyouz.com/images/tungi.jpg

- Haliyam qorong‘umi? Osmon oqarishmadimi? – og‘ir – og‘ir nafas olganicha so‘radi qariya. Qanaqa uzun yillar bo‘ldi bu yillar... Vaqt qanchalar uzoq cho‘zildiya... hayolidan o‘tkazdi qariya. Chol hayotining intihosi yaqinlashayotganini sezar va mangu safarga tayyorlanar edi. Har holda u o‘z burchini uddaladi. Eng muhimi u yolg‘iz emas... - Qarachi, haliyam qorong‘imi? Zulmat tarqalmayaptimi? – so‘radi yana qariya.
- Hozircha yo‘q. Lekin biror soatdan keyin tong otib qolsa kerak - javob berdi uning sherigi derazadan quyuq zulmatga boqib - Agar qorong‘ulik sizga yoqmayotgan bo‘lsa chiroqni o‘chirishim mumkin.

davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2831&Itemid=227)

AbdulAziz
08-17-2008, 10:17 PM
Qoraqalpoq adabiyotidan:

Qizil tulki (hikoya). Umrboy Uteuliyev (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2885&Itemid=210)