PDA

View Full Version : Bİz

Madalio'g'li
07-10-2006, 11:54 AM
BİZ

I

mushtoqmiz balosiga ishqin ammo
ishtiyoqimiz
beo'broy qilingan jumboqlarga o'xshaydi
muhtojmiz lek ehtiyojimiz
ayyuhannos solgan dillarga o'xshaydi
ishqqa oshnamiz lekin
mazasi yo'q oshiqlarmiz
kayg'uli ma'shuqlar qatarida
nigohbonimiz olam ichra olamlarning lek
na olam bilamiz alamdan o'zga
na alam biladi bizni
alam ichra olamdan o'zga
biz bilamiz
qifoya qiladi jonga
suvdan avval olovdan afzal
lablarimizdagi tomg'a
biz bilamiz
jim turadi
ko'ngli chil-chil bo'lgan
shikast tomchilar ostida

10.07.2006

zanjir
07-10-2006, 05:10 PM
biz
istesnoga mubtalo
zamon bilan hamnamo
qizlariga beparvo
nafsiga mubtalo
bilmay qoldim kimmiz
muslimonmi bir balo...

Han
07-11-2006, 04:24 AM
Biz...

Siz bizni taniysizmi?
Biz shundaymizki, hech kim bizga "biz" deyolmaydi...

Biz "biz"- deganda ham qirqqa bo'linib turamiz.
Chunki biz bizmiz... Siz emasmiz...

Biz bo'lganimiz uchun ham, Sizdek bir bo'lolmaymiz...
Chunki biz bizmiz... Siz emasmiz...

Siz bo'lmaganimiz uchun ham, Sizdek qaray olmayamiz hayotga...
Sizdek tushuna olmaymiz bir-birimizni... Sizdek yoki ulardek dardni bo'lishishni, quvonchni ko'paytirishni uddasidan chiqolmaymiz...
Chunki biz bizmiz...

Siz bizga "Biz" deganimiz uchun havas qilasiz...
Biz "BIZ" deganimizda "biz"dan ziiyoda "men"imizni ilgari suramiz...
Bizning tilimizda BIZ degani bu MENdir yaqin o'tmishdan beri...
lekin buni biz ham mardlarcha e'tirof etolmaymiz...
Chunki Biz ni tagimizda yashiringan Men larimiz bunga halal berishadi...

Biz "sizlashuvchi" xalqmiz... "Sen" demaymiz hech kimga...
Shu bois "Men" ham demaymiz, qog'ozga o'rab "Biz" deymiz...

Siz "biz" deganda, bizdagi "Biz"ni nazarda tutmagandirsiz haynahoy?...

shuning uchun har daqiqada hafsalangizni pirr qilamiz Biz...

Chunki biz "Biz"miz...

.................
.................
................

Madalio'g'li
07-12-2006, 05:39 AM
Siz "biz" deganda, bizdagi "Biz"ni nazarda tutmagandirsiz haynahoy?...

Bizdagi "biz"ni ham nazarda tutmayotir edim...
Biz,
nihoyatida yashil va ulug' bir o'lkamiz... :)

Mana bu ham "SİZ" ... Oxiri butunlay "BİZ" , hardoim "BİZ"...

Bas, Ulug' Rabbingiz nomi bilan tasbeh ayting!

Voqea (http://quran.ziyo.uz/sura%2056/sura%2056.htm) 96

Hurmat ila...

Madalio'g'li
07-12-2006, 05:59 AM
biz
istesnoga mubtalo
zamon bilan hamnamo
qizlariga beparvo
nafsiga mubtalo
bilmay qoldim kimmiz
muslimonmi bir balo...

baloyi nafs hisoblanmaydi parvo qilishmiz
albat mubtalosimiz eng mustasno go'zalning

Mubtalolarga salom...

Madalio'g'li
07-12-2006, 06:57 AM
II

pora-poradir oyinasi Navoiyning
har porani ko'z qorachiqiday saqlagin

ikki burji haloq bo'ldi
pora-poradir yurtim
har porani jondan aziz tutgin

Mas'ud
07-19-2006, 04:58 AM
Biz...buyuk ko'pchilik...biz - kundan kun yoshlarimiz bilimsiz bo'lib borayotgan, kundalik hayotimiz faqat odamlarni aldash, kimnidir do'ppisini kimgadir kiydirib, natijada 1-2 so'm pullik bo'lishga intilayotgan, iymon ko'chasidan toboro uzoqlashib borayotgan, Olloh nurining qadriga etarlicha eta olmayotgan buyuk ko'pchilikmiz...Biz - farzandlarimizga Ilm o'qitish o'rniga, ko'chaga dollar sotgani, domlasiga pora bergani va sayoz bilimi bilan o'zidan boshqalarni ham bilimsiz bo'lishiga sababchi bo'layotgan farzandlarning ota-onalarimiz...Buyuk xalqmiz, Biz...lekin shu ketishda bo'lsak bu buyukligimiz qayoqa ketishini hech o'ylab ko'rdikmikan biz?...Bilmadim, bu savodsizlik Bizlarni nimaga yetakl;ar ekan?????

Madalio'g'li
07-20-2006, 03:05 PM

Gap yo'q...Afsuslanamiz yolg'iz... Kadar muqaddar.

Madalio'g'li
08-01-2007, 05:55 PM
III

Osmonga sig’maydi yurak.

kalomni haydab yuramiz shaharlardan
quyosh ko’rmagan
yelkasiga yomg’ir urmagan bechoralarmiz
biz
hayotdan ham ho’rsinib, charchaganlarmiz mamotdan
lablarimizdan to’kila olmas bir oh
ko’zlarimizdan ikki tomchi yosh
evoh
otlarning peshonasidan benasib
evoh
na suvga na otashga oqmaydigan ko’nglimiz
bizni jirkanch qila oladi
qo’nqir ko’zlari
sukut saqlab yurgan qizaloqlarning
yoki soni
qizil tukli tuyalarning.