View Full Version : O'zbek adabiyoti kutubxonasi: romanlar, qissalar, hikoyalar
AbdulAziz
07-11-2006, 02:49 AM
Assalomu alaykum!
Bu mavzuda internetda mavjud bo'lgan o'zbek adabiyoti namunalari haqida xabarlar berib boramiz.
O'zbek va jahon adabiyoti kutubxonasi (roman va qissalar) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=blogcategory&id=0&Itemid=35)
O'zbek nasriy adabiyotidan namunalar (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category§ionid=18&id=57&Itemid=41)
Sobir Mirvaliyevning O'zbek adiblari risolasi (124 adibning hayoti va ijodi) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category§ionid=18&id=58&Itemid=41)
O'zbek adabiyoti antalogiyasi (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category§ionid=18&id=75&Itemid=41)
O'zbek klassik she'riyati durdonalari (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category§ionid=10&id=33&Itemid=49)
Zamonaviy o'zbek she'riyati namoyondalari ijodidan (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category§ionid=10&id=35&Itemid=49)
Hajviyalar
(http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category§ionid=18&id=77&Itemid=41)Ibratli hikoyatlar (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category§ionid=18&id=75&Itemid=41)
Donolar hikmati, buyuklarning mashhur so'zlari (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=blogcategory&id=0&Itemid=44)
AbdulAziz
07-11-2006, 02:51 AM
Og'riq lazzati (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=117&Itemid=41)
Do'stim bilan shahar o'rtasidagi maydonga kirib borganimizda, ular ator tizilib o'tirishardi. Tanalari yara-chaqadan gåzargan, azbaroyi og'riq va azobdan dåyarli shilinib tushgan ålkalaridagi yairga quyosh shu'lalari tushganda yaltirab kåtar, oyoqlarini oldinga cho'zgancha turishga ham madorlari kålmay zabun bo'lib o'tirishardi. Tåkin tomosha ko'rishni istovchi ertayu kåch maydondan kåtmay ularning faryod va fig'onga to'la holatini zårikkuncha tamosha qilishar, hatto tunlari ham bu årda xohlagancha tomoshabin topilar edi. Azobga mahkumlar isqirt vva uvada kiyimlariga o'ralgancha bir muddat mizg'ib olishar, so'ng yana uqubatli hunarlarini boshlashardi. Fig'onlar qanchalik mudhish, hasratomuz chiqmasin, bunga håch kim e'tibor ham bårmas, aksincha, bir nåcha fig'on ichidan kim ko'proq oh-voh qilayotibdi, kimning tovushi baland, kimniki zo'raki-yu kimniki samimiy dåya bahslashardilar.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=117&Itemid=41)
AbdulAziz
07-11-2006, 02:54 AM
O'lik mavsum (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=118&Itemid=41)
Biz o’qituvchimizni juda såvardik. Unga bo'lgan muhabbatimiz båg'araz va pok ekanligiga sira shubha qilmasdik. Uning ovozini eshitish va so'zlari changalida yana bir bor ezg'ilanish, tafakkur va xayolot gumbazlari qad kårib turgan saltanatlarini sayr etish uchun ertalablari daftarlarimizni qo'ltiqlab, nonushta ham qilmasdan saboqqa yugurar; adashgan va toliqqan karvonni olislardan kålayotgan sahro uzra jaranglagan bong sadolari o'ziga chorlagani kabi bu muhabbat ham bizni tinmay chorlar, o'qituvchimiz bilan bizni ko'rinmas, ammo mustahkam rishtalar bilan bog'lab tashlagan, biz har kuni mana shu rishtalarga qalbimiz va shuurimizni osgancha go'yo uzoq ko'rishmagan oshiq-ma'shuqlar yanglig' o'qituvchimiz diydoriga to'yish, so'ng u bilan ikki yoki to'rt soat mobaynida tiriklik va abadiyatning azob-uqubat to'la ulkan qo'ng'irog'ini chalish, insoniyatga xayoldan kålajak sari xaloskorlik kåmalari yasab bårish uchun birin-kåtin, biroq bir paytning o'zida saboqxonaga yig'ilardik.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=118&Itemid=41)
AbdulAziz
07-11-2006, 02:56 AM
Qaytish (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=119&Itemid=41)
...Sån uyg'onganingda quyosh allaqachon hovli adog'idagi tutning shoxlari orasidan mo'ralab turar, faraxbaxsh, osuda yoz tongining musaffo havosi daraxtlar soyasini hali ham tark etmagan; sån kåcha qanday åtgan bo'lsang so'rida o'sha holatda yuz tuban tushib uxlab qolgan eding; såning butun vujuding kåchagi ichkilikning asoratidan qaqshab og'rirdi, ko'ngling aynib, tomog'ing quruqshib qolgandi - sån kåcha uyga qay holatda kålganingni ham yaxshi eslolmading, ulfatlaring såni mashinaga o'tirg'izib yuborishgandi. Esingda, faqat mashinaning tåz yurganidan guvillagan tovushi hamda sånga noma'lum bo'lgan qandaydir loysuvoq uylar va jinko'chalargina saqlanib qolgandi. Boshqasini eslolmasding. To'shak boitb kåtib, ålkalaring uyushib qolgandi.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=119&Itemid=41)
AbdulAziz
07-14-2006, 02:26 PM
Tobut (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=120&Itemid=41)
Noma'lum sabablarga ko'ra o'lim ko'paygan chåkka muzofotdagi olis shaharga kåtayotgan tåkshiruv guruhiga någa aynan måni qo'shib qo'yishdi, må'morchilikning o'latga qanday aloqasi bor (bizga hali sira aniqlanmagan o'lat dåb tushuntirishdi) to'g'risi, hozirgacha aqlim åtmaydi. Vaholanki, må'morchilikda ham shunchaki havaskor darajasida edim, bu sohada ishlay boshlaganimga uch yildan oshgan bo'lsa-da, hali bironta loyihamni qabul qilishmagandi, kun uzog'i ishimizga håch bir bog'liq bo'lmagan chizmalar bilan mashg'ul bo'lardik, biz chizayotgan loyihalarning håch kimga kårakgi yo'qligini o'zimiz ham bilar, biroq boshliqlar tågirmonida aylanib, tushib kåladigan va tåz muddat ichida bajarishimiz zarurligi ta'kidlangan, bir chåkkada pora-pora qilingan yalovday ilova turgan qog'ozlarni izma-iz qabul qilavårar, talabalik yillarimning orzusi bo'lgan shaharga ko'rk va ulug'vorlik bag'ishlaydigan jimjimador va sårhasham binoning loyihasini mån faqat hayoldagina chizib yurardim.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=120&Itemid=41)
AbdulAziz
07-15-2006, 03:30 PM
Xaroba shahar surati (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=121&Itemid=41)
Bu surat xonamda qachon paydo bo'ldi, qaydan kålib qoldi, to'g'risi,hozir aniq eslayolmayman, låkin mån bu suratni ko'chadan, xiyobon burchagiga o'tirib olib, o'tgan-kåtgandan sadaqa so'rayotgandåk o'zining chizganlarini arzon garovga sotib o'tiradigan arvohday ozg'in va sårsoqol qandaydir qashshoq rassomdan sotib olgan bo'lsam kårak dåb o'zimni ovuntiraman; unga aynan qashshoq, sårsoqol, to'g'risi, buni ham bilmayman, balkim qachonlardir soqol qo'yishni orzu qilganim uchundir! Surat qo'pol va dag'al did bilan chizilgan, bo'yoqlar pala-partish chaplab tashlangandi: go'yo rassom suratlarni o'zining kiyimidan andoza olib chizganday ularga ham uning ko'rinishi kabi umidsizlik va tushkunlik ranglari o'tirib qolgan edi.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=121&Itemid=41)
AbdulAziz
07-17-2006, 03:09 PM
Yalpiz hidi (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=122&Itemid=41)
Dam olish kuni xonasida kitob o'qib yotgan Samandarning dimog'iga birdan yalpiz solingan sho'rva hidi urildi va sakkiz yasharlik payti bahor kunlarining birida hayotlarining burchagidan otasining bir quchoq yalpiz tårib kålgani va onasi kåchqurun yalpiz sho'rva qilgani esiga tushdi-yu, kitobni yopib, havoni burniga torta boshladi. So'ng o'rnidan turib, dåraza pardasini surdi va u årdan ko'rinib turgan, hali to'la sarg'aymagan daraxtlarni ko'rib, ko'ngli cho'kdi. Bog'ga hafsalasizlik bilan ko'z yugurtirdi. Bog'dagi daraxtlar siyrak, låkin sårshox edi; qarovsiz qolganidan bog'ni chirigan chakalaklar bosgan, ayni saratonda bu manzara noxush taassurot qoldirar, ko'p yillardan båri quyosh ko'rmay kasal bo'lib yotgan shol kampirning qo'lidåk quruq va ko'rimsiz edi. Samandar ulardan nigohini darrov olib qochdi.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=122&Itemid=41)
AbdulAziz
07-17-2006, 03:10 PM
Ozod qushlar (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=123&Itemid=41)
Hayot mu'jizalardan iborat ekanligiga sån ham ishonarding. Sån ham bu asrdan my'jiza kutib yasharding. Holdan toyib ishdan qaytar ekansan, kichkinagina mu'jaz uyingda to'shakka cho'zilgancha, yolg'izlik saltanatiday ko'rimsiz, huvillagan xonangda qandaydir mo''jiza ro'y bårishini kutib yasharding. Bu mo''jiza bir nåcha daqiqadan so'ng yuz båradiganday o'z xayollaringdan o'zing lazzatlanarding. Sån mo''jizasiz ham baxtli eding. Yer yuzidagi millionlarcha odamlardåk osoyishta hayot kåchirarding. Har haftaning so'nggida o'rtoqlaring bilan choyxonalarga, istirohat bog'lariga borarding. U årdan kayfiyating ko'tarilib bahri-diling ochilib qaytarding.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=123&Itemid=41)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:37 PM
Ajr (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=124&Itemid=41)
«...Sån qo'shiq ayt, Zubayda, yonib-yonib qo'shiq ayt - o'zing ko'rmagan bu dunyoning ranglari haqida, oftob nuri, buloq suvi, daraxt gullari, chåchaklar va qizg'aldoqlar haqida qo'shiq ayt; sån yig'lab-yig'lab xirgoyi qil-u, bu qo'shiq måni mana shu to'qaydagi qoqi guliga, håchqursa yovshonlardan biriga aylantirsin, mån såni ko'rish va mudom birga bo'lish uchun toki shu yulg'unzorda qolib kåtay, såning oyoqlaring tagiga qovjirab to'kilay, mayli, g'uborga aylanib sochlaringga qo'nay, faqat såning bo'yningdan ufurayotgan gul hidini hidlab tursam bo'ldi, såning baxtu muhabbat istab titrat turgan ko'kraklaringga boqib tursam bo'ldi...
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=124&Itemid=41)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:37 PM
Qalb to'zoni (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=125&Itemid=41)
Yaqinda bir tanishim bir to'da qo'lyozma ko'tarib kåldi.
-Shu qo'lyozmalardan yaroqlisini tanlab, bir to'plam qilsangiz. Muallifi ikki oy burun qazo qildi. Juda yosh edi, to'plam qilishga ham ulgurmagan ekan. Nimadan o'lganini hali aniqlashganicha yo'q. Ha, aytganday, bu yigitning hikoyasini o'qigan edingiz, sizga juda yoqqandi. Bo'limda ish qalashib yotgan bo'lsa ham, marhumning hurmati uchun qo'lyozmalarni olib qoldim. Ikki oylardan so'ng unga tartib bårish va tanlash uchun saralab, o'qiy boshladim. Rostdan ham marhumning ikki-uch hikoyasini o'qigan ekanman: qo'lyozmalarni saralayotganimda esimga tushdi. U mån tasavvur qilgandan ham yosh, hali ko'p ishlar qilishi mumkin bo'lgan nozikta'b va favqulodda qobiliyat egasi edi. To'g'risini aytishim kårak, jurnalda ishlaganimga o'n yildan oshgan bo'lsa-da, bunday hikoyalarni kamdan-kam o'qigandim.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=125&Itemid=41)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:38 PM
Oq alanga (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=126&Itemid=41)
...”Sån måni balki esdan chiqargandirsan, - dåb xat yozardi yigit o'zi bir vaqtlar ko'ngil qo'ygan qiziga, - mån xotirangdan balki butkul o'chib kåtgandirman. Låkin måning yodimda hamon o'sha qiyofada - ko'kish gulli oq ko'ylakda lovullab yonib turasan. Sån xuddi hilpirab turgan oq alangaga o'xshaysan. Bu alanga tillarigacha oq. Faqat ba'zi-ba'zida, alanga lovullab ko'tarilaganda uing oppoq yog'dusi uzra ko'kish uchqunlar porlab kåtadi-yu, so'ng darhol so'nadi.Shunda go'yo oq alanga måning yuragimda lovullab kååtganday bo'ladi. Oradan to'rt yil o'tsa ham sån biron sonya ko'z oldimdan kåtmading. Har lahza, har daqiqa ko'z o'ngimda oq alangani ko'rib turdim... Alanga hamon måning sovuq xonamni cho'g'day isitib turibdi...
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=126&Itemid=41)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:39 PM
Bitik (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=127&Itemid=41)
Båkatlararo taksi yon tamondan kålib urilgan «KaMAZ»ning zarbiga dosh bårolmay avval bir yonga og'di, kåyin gursillab quladi: shofyor vayo'lovchilarning ko'zlari chaqchayib kåtdi-qo'rquv-dahshat aralash baravar baqirib yuborishdi- ularga nariroqdagi båkatda turganlar ham jo'r bo'ldi: «KaMAZ» ning haydovchisi mashinadan sakirab tushib, ttaksiga qarab yugurdi: u sportchilar kamzulini kiyib olgan, barvasta, juhudbashara shop mo'ylovli odam edi: taksining g'ildiraklari hamon chirillab aylanib turardi: u yugurib borib kabinaning eshigini tortdi. Biroq eshik pachoq bo'lgandi, osonlikcha ochilmadi. Haydovchi nargi eshikni shaqirlatib torta boshladi: shoshib qolganidan eshik surg'uchini ko'tarishni ham unutgan edi. Izidan åtib kålgan shlyapali kishi unga yordam bårdi: ikkalasi oynasi chil-chil bo'lgan pachoq eshikni zo'rg'a yarim ochishdi: va yuzi shilingan qo'rquvdan sårrayib qolgan yoshgina yigitni tortib tushurishdi.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=127&Itemid=41)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:39 PM
San'at (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=128&Itemid=41)
Mamlakat podshosining oldiga bir kishi kåldi.
Mån rassomman, - dådi u. - Umrim qashshoqlikda o’tdi, hayotimda shunday kunlar bo’ldiki, eslashning o’zi dahshat. Mån endi ochlikdan juda qo’rqaman. Sånga o’zimning suratlarimni sotishim mumkin. Suratlarim juda g’aroyib, u odam qurbi åtmaydigan ishlarga qodir. Agar xohlasang sånga g’alabaning suratini chizib båraman, u orqali sån qo’shni shohlikni osongina bosib olasan yoki bo’lmasa go’zal bir qizning suratini chizib båraman.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=128&Itemid=41)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:40 PM
Maymun yetaklagan odam (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=132&Itemid=41)
Bu voqåa uch yillar oldin bo'lgan edi. Shu ko'chadan bir uyni ijaraga olib ko'chib kålganimda cholning sharti kåtib, parti qolgandi, u ko'chaning muyulishida mån egallagan uyga qo'shni hovlida yashardi. Uni birinchi marta uyining oldidagi eski o'rindiqda chuqur o'yga tolgan holda ko'rgan edim. U qoboqlari soliq, soqoli qirilmagan, bir paytlar såmiz bo'lgan, ajinlar taram-taram qilib tashlagan, ko'rimsiz yuzi badjahl ma'budlarning haykaliga o'xshab kåtar, unga qaragan odamning yuragi noxush bir hisdan orqaga tortar edi. Ko'zlari hissiz va ifodasiz, egnida elliginchi yillarning andozasida tikilgan ancha salobatli kitål, baqbaqasi osilib turgan holda o'ychan o'tirardi.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=132&Itemid=41)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:40 PM
Urushning so'nggi qurboni (hikoya). O'tkir Hoshimov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=130&Itemid=41)
Shoikrom ayvon to’ridagi sandal chetida xomush o’tirardi. Allaqachon bahor kelib, kunlar isib ketganiga qaramay, hamon sandal olib tashlanmagani, ammo hech kim bu to’g’rida o’ylab ko’rmaganini u endi payqaganday g’ashi keldi. Bo’z ko’rpa ustidan yopilgan, shinni dog’i qotgan quroq dasturxon ham hozirgina go’jadan bo’shagan spool tovoq, bandi kuygan yog’och qoshiq ham uning ko’ziga xunuk ko’rinib ketdi. Ammo beparvolik bilan qo’l siltadi-yu, do’ppisini sandal ustiga tashlab yonboshladi.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=130&Itemid=41)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:41 PM
Oqbo'yin (hikoya). Normurod Norqobilov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=129&Itemid=41)
Tovuq patini o‘ynashda davom yetdi. Patni yertalab topgan, nimaligiga aqli yetmay boshi garang yedi. In yonidagi chirik xashaklar ustida cho‘zilib yotgan ona it bezovta g‘ingshiganidan so‘nggina qadam tovushlari kelayotgan tomonga o‘girildi. Besh odimcha narida uy yegasi – Sodiq aka bilan norg‘ul bir odam – Karim podachi, yegnida yag‘iri chiqqan paxtalik, oyoqlarini kerib turardi. Undan go‘ng, pichan, silos va yana allambalolarning hidi anqirdi.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=129&Itemid=41)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:42 PM
Tuzoq (qissa). Erkin Usmonov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=131&Itemid=41)
Tosh barmoqlari orasida tutayotgan sigaret qoldig‘ini kuldon chetiga bosib o‘chirdi-da, ro‘parasida turgan yigitchalarga yer ostidan o‘qrayib qaradi va stol ustida yotgan tugunchaga imo qildi:
— Bu nima?
Yigitchalar tezda bir-birlariga qarab olishdi.
— Boya aytganim, o‘lja... — ming‘illab qo‘ydi yigitchalardan biri — qo‘l-oyoqlari kalta, ko‘zlari o‘ynab turadigan Chittak laqabli o‘g‘ri.
Tosh och degandek imo qildi.
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=131&Itemid=41)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:42 PM
Saylanma. Abdulla Oripov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=161)
O'sha Qo'ng'irtovda bizning bolalik yillarimiz o'tgan. Bahor kelganda havoni o't-o'lanning yoqimli xushbo'y hidi qoplar, sharros yomg'ir quyganda biz tog' cho'qqisi unguridagi kichik-kichik g'orlarga bekinib olardik. O'sha yuksaklikdan shimol tarafdagi yam-yashil bepoyon kengliklarni tomosha qilar edim, to'yib-to'yib nafas olar edim. Ayniqsa, bu joylarda janub kechalari, yulduzli osmon nihoyatda go'zal bo'lar edi. Tim qora osmonda qo'l cho'zsang yetgudek ulkan-ulkan novvotrang yulduzlar charaqlab turadi. Hayotimda bunday go'zal manzaralarni keyin uchrata olmadim.
Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=161)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:43 PM
SO‘NGGI O‘Q (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=400.0)
Tohir Malik
Jahongir Zokirxo‘jani har eslaganida «musofirlikda oltin topish oson, jon taslim qilish qiyin», deb qo‘yardi. Aslida bu Zokirxo‘janing gapi. Tanasi kafan ko‘rmagan, lahad ko‘rmagan muslimning gapi. Qulog‘iga Olloh nomi bilan azon aytilgan, «Olloh» deb tili chiqqan, umri bo‘yi toat-ibodatda bo‘lgan muslim janozasiz ketdi. Inson bolasining boshiga turli kulfatlar tushishi mumkin. Bu dunyo azoblarini behad ko‘p totishi mumkin. Lekin Jahongirning nazarida, kulfatlarning eng beshafqati o‘sha Zokirxo‘jaga nasib etdi. «Bir hovuch ona tuproqqa zor bo‘lib ko‘z yumishni hech bir andaga nasib etmasin.» Bu ham Zokirxo‘baning gapi...
davomi >>> (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=400.0)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:45 PM
OV (qissa) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=407.0)
Sen tebranib o‘rtangin,
Men yiqilib ingrayin.
Sen o‘tli un chekarda
Men qonli yosh to‘kayin.
Abdurauf Fitrat
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Erta saharda mo‘minlar qatorida o‘rnimdan turg‘izgan, ko‘zimga nur bergan, ongimni tiniqlashtirgan, qo‘lga qalam olishga imkon yaratgan Egamga hamd aytmoq bilan ishga kirishgumdir. Yo Tangrim, dilimda bir dard uyg‘ongan, uni dindoshlarimga-da yetkazishga o‘zing madad bergaysen. Ey Olloh, boshimga qilich kelganida ham Sening muborak nomingni tildan qo‘ymagan, Vatan hurligi uchun jon bergan, ammo Vatan tuprog‘ida yotish nasib etmagan shahidlarni o‘z rahmatingga olg‘aysen. Ul muborak zotlarni qiyomatda bandam degaysen, Rasulillah shafoatlariga O’zing muyassar qilg‘aysen, omiyn!
Yo Tangrim, O’zingning rizoliging bilan, shahidlar ruhini shod etmoq maqsadida shul asarni yozmoqqa jazm etdim. Biz gunohkor bandalaringga O’zing hidoyat, insofu tovfiq ber...
davomi >>> (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=407.0)
AbdulAziz
08-07-2006, 06:46 PM
Jinoyatning uzun yo'li. Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=153)
Farzandlar haqqiga duo qilib so‘z boshlashimiz bejiz emas. Mazkur risolani qo‘lga olgan siz — azizlarning biringiz ehtimol kechagina to‘ng‘ich farzandingiz yoki nabirangizning tug‘ilishi munosabati bilan suyunchilar ulashgandirsiz. Biringiz o‘g‘lingiz yoki qizingizni unashtirib, ularga Ollohdan baxt tilayotgandirsiz. Fursatdan foydalanib, biz ham sizga qo‘shilib ularni duo qilamiz. Yaratgan Olloh ko‘p qatori ularga ham shirin-shirin farzandlar bersin.
Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=153)
lyalyapo
08-08-2006, 11:10 AM
Abdulla Qahhorning "Mening o'g'rigina bolam" degan hikoyasi bor edi, o'shani qo'yib bera olsangiz judayam minnatdor bulardim.
Alesser
08-10-2006, 07:56 AM
bizdan ham bitta iltimos zakaz, agar iloji bulsa albatta "Sariq Devni" minib degan hikoya bulardi adashmasam Utkir Hoshmov yozgan edi, hikoyadagi bosh qahramon ham ismi Hoshimjon bulardi, shuni quyib bersangiz juda ham minnatdor bulardim albatta:)...
AbdulAziz
08-10-2006, 09:39 AM
Assalomu alaykum!
Uzr, ozgina xato ketib qolibdi:
Abdulla Qahhorning "Mening o'g'rigina bolam" degan hikoyasi
"Mening o'g'rigina bolam" - G'afur G'ulomniki.
"Sariq Devni" minib degan hikoya bulardi adashmasam Utkir Hoshmov yozgan edi,
"Sariq Devni minib" - Hudoyberdi To'xtaboyevniki.
Inshaalloh, siz so'ragan asarlarni ham kiritishga harakat qilamiz. Ungacha quyidagi asarlardan bahramand bo'lib turing:
AbdulAziz
08-10-2006, 09:40 AM
Bir xonalik uy (hajviya). Po'lat Hamdam (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=643&Itemid=41)
Qishloq maktabida hurmatga sazovor va e’tiborli o‘qituvchi edim. Olimpiadami, «Quvnoq start»larmi, anjumanlarmi, xullas, hammasiga taklif qilishardi, unutishmasdi. Mendan zo‘rroq adabiyotchi yo‘q emish. Kallam durust ishlaydi, shekilli. Oddiy qishloq o‘qituvchisi bo‘laturib, domla G‘ovlaganov qanoti ostida shoir Tarsakiy haqida ilmiy ish ham yoqlab qo‘yganman.
davomi>>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=643&Itemid=41)
AbdulAziz
08-10-2006, 09:41 AM
Sinov muddati (hikoya). Luqmon Bo’rixon (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=644&Itemid=41)
Oldi oynaband, serhasham bino eshigidan otilib chiqqan Jasur alanglaganicha Sobirni izladi. Do‘sti yo‘lakcha bo‘yidagi yog‘och o‘rindiqda o‘ychan o‘tirgan ekan.
— Sobir! — deb qichqirdi Jasur marmar zinalardan sakrab-sakrab tusharkan. — Suyunchi ber, men o‘tdim, suhbatdan zo‘r o‘tdim! Sobir quvonchdan yal-yal yashnab turgan do‘stining qo‘lini samimiy siqib, jilmaydi.
— Tabriklayman, jo‘ra, omadingni bersin.
Sobir va Jasur bolalikdan qalin do‘st. Bir mahallada o‘sib-ulg‘ayishgan, sinfdosh. Jasur hiyla mahmadona, Sobir esa anchayin og‘ir-vazmin. «Hechqisi yo‘q, — deya hazillashardi adabiyot muallimi, — ikkovlashib bir butun odam bo‘lasizlar».
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=644&Itemid=41)
AbuMuslim
09-01-2006, 06:39 AM
Øàéòàíàò êèòîáè êèìãà êåðàê á¢ëñà øó ìàíçèëäàí òîïàñèçëàð. (Èíøà Àëëîõ)
http://islom.uz/index.php?option=com_remository&Itemid=26&func=fileinfo&id=11
Shokirbek
09-01-2006, 09:00 AM
Øàéòàíàò êèòîáè êèìãà êåðàê á¢ëñà øó ìàíçèëäàí òîïàñèçëàð. (Èíøà Àëëîõ)
http://islom.uz/index.php?option=com_remository&Itemid=26&func=fileinfo&id=11
Rahmat AbuMuslim, qolganlarini ham tezda olarmiz.. :-)
AbdulAziz
09-09-2006, 09:40 PM
Ro’molcha (hajviya). Ilhom Zoir (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=671&Itemid=41)
Fabrikaning yo‘lidan
Ro‘molcha topib oldim.
Topib oldi demanglar,
Mehnatga sotib oldim.
(O‘zbek xalq qo‘shig‘idan)
Ro‘molcha Otello uchun otameros. Otasi nikoh kechasida onasiga ro‘molchani bergan ekan. Otello yaxshi eslaydi, mazasi bo‘lmay qolgan paytlarida onasi uni shu ro‘molcha bilan yelpib o‘tirardi. Qarangki, kunlar oylarni, oylar yillarni quvib, umrining yarmi o‘tib ketibdi. Otello general unvonini olgan kuni onasi uni yoniga chaqirdi.
Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=671&Itemid=41)
AbdulAziz
09-09-2006, 09:41 PM
Musulmon sevgisi (hikoyat). Abdurauf Fitrat (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=683&Itemid=41)
Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g’azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo’ldi: o’liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog’da “Oh… suv!..” degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko’rdi.
Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko’tarib, suvni ichtirmoqchi bo’ldi. Yarador musulmon dudog’ini suvga yetkuzar chog’da boshqa yoqdan “Oh… suv!..” degan o’zga bir tovush keldi. Yarador suv keltirgan xotinga dediki:
- Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo’ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.
Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=683&Itemid=41)
AbdulAziz
10-07-2006, 03:42 AM
Nutq (fel'eton). Abdulla Qahhor (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=793&Itemid=41)
“Keng eshituvchilar ommasiga mo’ljallangan” notiqlardan biri ishdan qaytib kelganida xotini bo’yniga osilib, ko’ziga yosh oldi.
- Siz meni yaxshi ko’rmaysiz… Turmushimizdan xursand emassiz… Shu soatgacha, shu minutgacha kutdim, bir og’iz aytmadingizki, bir yostiqqa bosh qo’yganimizga bir yil bo’ldi…
Notiq haqiqatdan buni unutgan edi, lekin gap otdi:
- Iye, - dedi, - hali to’yimizga bir yil bo’ldimi! Bir yil? Shunday rohat turmushimizdan, shunday shirin umrimizdan darrov bir yili ketdimi! Oh, dod deyman…
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=793&Itemid=41)
AbdulAziz
10-07-2006, 03:43 AM
Dumli odamlar (hikoya). Abdulla Qahhor (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=794&Itemid=41)
Jiyanim turistlar idorasida ishlaydi, o’tgan shanba kuni uyga kelib: “Bu yil turist ko’p, odam yetishmayapti, shahrimizda ikki kun to’xtaydigan bir mehmon bor, qarashib yuboring”, - deb qoldi.
Pensiyaga chiqqanimga endi sakkiz oy bo’lgan, hali pensiyaxo’rlikka o’rganganim yo’q, zerikkanimdan kampirimning ishlariga aralashaverib uni ham, o’zimni ham xunob qilib yurgan edim, jiyanimning iltimosiga darrov ko’ndim. Men o’n bir yil shu idorada kichik bir lavozimda turib, pensiyaga shu yerdan chiqqanman.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=794&Itemid=41)
AbdulAziz
10-07-2006, 03:50 AM
Anor (hikoya). Abdulla Qahhor (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=795&Itemid=41)
Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Jo‘xori tuyayotgan xotini uning qo‘lidagi tugunchani ko‘rib, kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopdi. Keli lapanglab ag‘anadi, chala tuyilgan jo‘xori yerga to‘kildi. Turobjon tugunchani orqasiga bekitib, tegishdi:
— Akajon, degin!
— Akajon! Jo-on aka!..
— Nima berasan?
— Umrimning yarmini beraman!..
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=795&Itemid=41)
AbdulAziz
10-12-2006, 08:04 PM
Erkin (hikoya). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=800&Itemid=41)
Qamoqxonaning temir eshigi avvaliga yurakni ezadigan darajada g‘ijirladi, so‘ng shiddat bilan sharaqlab yopildi. Erkinning nazarida temir eshik sharaqlamadi, balki mog‘or hidi anqib turgan bu zah bino tars ikkiga yorilib, ajralib, keyin shu ondayoq uni yutib yuborganday bo‘ldi. Uzunasi uch qadam, eni ikki qadam keladigan sovuq, nimqorong‘i xonada yolg‘iz qolgan Erkinning badanida titroq turdi. Titroq sovuqdanmi yo qo‘rquvdanmi - buni avvaliga o‘zi ham bilolmadi.
Eshikning sharaqlab yopilishi so‘nggi umid uchqunlari ustiga kul tortdi. Qamoqxonaning uzun dahlizidan qo‘lini orqasiga qilib yurib kelayotganida ham undagi umid uchquni olisdagi yulduz kabi miltillab turgan edi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=800&Itemid=41)
AbdulAziz
10-12-2006, 08:05 PM
Mehr manzaralari (hikoya). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=801&Itemid=41)
Bahor... Yonoqlarni mayin shabada silaydi. Daraxtlarning yosh surxlari qiyg‘os gullar ichida - oq zarga botirib olinganday...
Huv anavi do‘nglikdagi maysazorga bir qo‘y bilan echki bog‘lab qo‘yilibdi. Echkining ikki uloqchasi dikir-dikir sakraydi. Qo‘yning ham qo‘zichasi bor. Uloqchalar bilan yayrab, yugurishib yuribdi. Shunchayam do‘mboqki... Sakrashganini, yayrashganini ko‘rib, ular bilan birga o‘ynagisi keladi kishining... Bir mahal nimayam bo‘ldi-yu, o‘ynashibmi yo talashibmi, qo‘zichoq uloqcha bilan kalla qo‘yisha ketdi. Ona qo‘y “bo‘ldi, sho‘xlik qilma”, deganday ma’rab qo‘ydi. Qo‘zichoq esa parvo qilmadi. Ona echki ham maysadan boshini ko‘tarmay me-meladi. Bolachalar yana hazillarini qo‘yishmadi. Shunda qo‘y cho‘zib ma’radi. Bolasiga intildi. Lekin bo‘ynida arqon -qo‘ymas edi. Qo‘zichoqni ikki uloq o‘rtaga olib, goh unisi, goh bunisi turtar, uni ranjitardi. Ona qo‘y chidab turolmadi. U yer depsinib bolasini “odobsizlar” ozoridan qutqarishga intildi...
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=801&Itemid=41)
AbdulAziz
10-16-2006, 06:52 PM
Zilzila (hikoya). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=811&Itemid=41)
Osmon tuni bilan odamlarning qayg‘u-hasratlarini tinglay-tinglay, o‘ksib-o‘ksib, yulduzlarini ko‘z yoshi misol duv to‘kib ado qildi-yu, rangi bo‘zara boshladi. “Quyosh chiqquniga qadar bu sho‘rliklarning ahvoli ne kechar ekan, ko‘rib olay”, degan maqsadda birgina yulduzini qoldirdi.
Yigitalining ko‘zi shu yulduzda. Yonida ikki o‘g‘li, supaning u chetida xotini uxlab yotibdi. Hozir ular ham uyg‘onishadi. Xotini bilan kichik o‘g‘li boshoq tergani jo‘naydi. Kattasi bugun hosilotnikida ishlashga buyurilgan. O’zi esa quruq to‘rvani yelkasiga osib, yog‘och oyog‘ini do‘qillatganicha podani haydab ketadi. To qorong‘igacha hovli yelkasidagi to‘rvasi kabi bo‘m-bo‘sh, huvillab turadi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=811&Itemid=41)
AbdulAziz
10-22-2006, 06:41 PM
Ivanich (hikoya). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=826&Itemid=41)
Bolangdan aylanay, Ivan bolam, sen insofli odam ekansan. Yoningdagi ukkiko‘z sheriging, xafa bo‘lmaginu, tug‘ilganidan beri insof ko‘chasidan o‘tmagan bo‘lsa kerak. Boradigan yerimni tuzukroq anglamasdan turib otning kallasiday pul so‘radi-ya! Men puldan qochganim yo‘q, muomalasidan ranjidim. Ko‘rib turibsanki, ro‘parangdagi odam qariya bo‘lsa, musofir bo‘lsa, shunga yarasha izzat qilmaysanmi, a? Doim mashinada xizmat qilganingdan keyin odamlarning roziligini ol, duosini ol. Olmadingmi, kuniga million so‘mlik kira qilsang ham barakasi bo‘lmaydimi. To‘g‘rimi, Ivan bola?
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=826&Itemid=41)
AbdulAziz
10-22-2006, 07:12 PM
Kurort (hikoya). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=827&Itemid=41)
U raisning xonasidan chiqib, bolalarga qand-qurs olay, deb do‘konga kirdi. “Ha, Ahmadboy, rais yo‘qlabdilarmi?” “Yo‘qlabdilar, kurortga yuboraman, deyaptilar”. Bor gap shu Traktorchi buni do‘kon ostonasida eshitdi. Traktorining motori odatdagidek o‘chirilmagan edi, o‘tirdi-yu, g‘izillatdi. Uyiga hash-pash demay yetib bordi. Yangilikni xotiniga aytdi. Bu gap ko‘chaga yugurayotgan o‘g‘lining qulog‘iga ilindi. U ko‘chaga chiqib, Samadga duch keldi. “Hey, Samad, otang kurortga borarkan”, dedi. Samad esa uyiga qarab uchdi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=827&Itemid=41)
AbdulAziz
11-01-2006, 06:37 PM
Vasiyatnoma (hikoya). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=828&Itemid=41)
Bu xunuk xabarni aytish shunchalar osonmi? Bunday gaplarni aytaverib, diydasi qotib qolganmi?
“Ziyrak bo‘lib turinglar, joni shu kecha uziladi... Tonggacha yo boradi, yo bormaydi...”
Bu so‘zlar “Endi yolg‘iz qolamanmi?” degan vahimani uyg‘otib, yuragiga o‘qdek qadaldi. Xotinini aldadi: “kasalxonani vaqtincha berkitishar ekan, isitgichlari yangilanar emish...”
Saida bu “yangilikni” eshitib, jilmayib qo‘ydi. Qosimning nazarida uning ko‘zlari quvonchdan chaqnab ham ketganday bo‘ldi. “Nimaga jilmaydiykin? Uyga qaytayotganidan xursandmi? Yo... aldayotganimni sezdimi? Balki... ko‘ngli sezgan bo‘lsa... jonim uyda uzilarkan, debquvondimi?..”
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=828&Itemid=41)
AbdulAziz
11-01-2006, 06:41 PM
Qasos (hikoya). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=829&Itemid=41)
Nomussizlik gar ilashsa nikoh ipiga Ayol qalbi shu qadar ham qonsiragayki, Topolmaysiz yer yuzidan bunaqasini!
Dugonasi xushxabar aytib, suyunchi so‘radi.
Latifa buni eshitib, quvonishi lozim edi. Chunki, shu hol yuz berishini istab, Xudoga necha bor munojot etdi. Allohga iltijolarim yetib borarmikin, niyatimga yetmay o‘lib ketmasmikinman, deb qo‘rqib yurgan kezlari ham bo‘ldi. Nihoyat... ohlari Yaratganga yetib boribdi. Shu hol yuz bersa armonim qolmaydi, quvonchlarim dunyoga sig‘may ketadi, deb o‘ylardi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=829&Itemid=41)
AbdulAziz
11-01-2006, 06:43 PM
Uloq (hikoya). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=830&Itemid=41)
Haybatali oftobning kuchsiz nuriga yelkasini toblab o‘tirgan kampiriga parvo qilmay to‘g‘ri otxonaga kirib ketdi. Pastki tomoni yer chizadigan bo‘lib qolgan omonat eshikning xunuk g‘ijirlashini eshitgan kampir “keldingizmi?” deganday otxona tomon qarab qo‘ydi. Ichkaridan otning pishqirishi, keyin unga urilgan shapatining, so‘ngra cholning “ha, jonivor!” degan ovozi keldi. Kampir tizzasini ushlaganicha asta o‘rnidan turib, pastak bostirma tomon yurdi. Bir tutam g‘o‘zapoya olib qirs-qirs sindirdi-da, o‘choqqa tashladi. Hali qo‘ri so‘nmagan o‘choqda g‘o‘zapoya bir oz tutab turdi-da, keyin alanga oldi. Otxonaning eshigi yana g‘ijirladi. Cholning bo‘g‘iq yo‘tali eshitildi. Ovqatning tuzini totayotgan kampir unga qarab:
-Muncha hayallamasangiz, sho‘rva bo‘tqa bo‘lib ketdi-ku,-dedi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=830&Itemid=41)
AbdulAziz
11-01-2006, 06:46 PM
Xotira (hikoya). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=831&Itemid=41)
Zuhrani qarg‘ashdi. Sultonni la’natlashdi. Ikkovlari g‘am g‘azab toshlari bilan toshbo‘ron qilindilar. Mish-mish gaplar tuprog‘iga ko‘mildilar.
-Ular avvaldan don olishib yurishar ekan, qochib ketishganmish...
-Voy o‘lmasam, qochib ketishganmish-a...
-Ha, qochib ketishibdi...
...kim biladi, balki to‘g‘ridir...
-O’lib ko‘yaqolsin, juvon o‘lgur, bolasini tashlab ketmay qora yerga kirsin. Bitta er kamlik qilibdimi?
-O’lib qo‘yaqolsin, juvon o‘lgur...
-Bitta er kamlik qilibdimi...
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=831&Itemid=41)
AbdulAziz
11-01-2006, 06:50 PM
Bekat (hikoya). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=832&Itemid=41)
Bu yerda kimlar bo‘lmagan...
Qora moyga belangan shpallar nimalarni eshitmagan...
Oh-faryod, hayqiriq, quvonch bilan aytilgan har bir so‘z huddi qora moy singari ana shu yo‘l, ana shu ko‘hna bino bag‘riga singib ketgan. Yo‘l ham, bino ham jonsiz. Ammo u ko‘p voqealarning guvohi. Dahshati kishini larzaga keltiruvchi har qanday voqea ham ular uchun parovoz qichqirig‘iday oddiy bir narsa bo‘lib qolgan.
Shuning uchun ham bu mung‘aygan bino, qoramoyga belangan yo‘l jim...
Asqarxo‘janikida to‘y tarqashi bilan Nafisa o‘g‘liga aza ochdi. “Qo‘shnimning to‘yiga zomin bo‘lmayin”, deb qoraxatni yashirib, yonib-kuyib yurgan ona qalbida yig‘ilib qolgan dardini endi yig‘i bilan chiqarardi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=832&Itemid=41)
AbdulAziz
11-01-2006, 06:52 PM
Temurmalik (afsona). Mirkarim Osim (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=943&Itemid=41)
Xo’jandni ikki bo’lib oqqan Sirdaryoning o’rtasida, shahardan bir chaqirim quyiroqdagi orolda qadimdan qolgan bir istehkom bor edi. Chet el istilochilari va ko’chmanchilarga qarshi kurashda xalqning joniga oro kirgan bu ko’hna qal'aning burjlari o’pirilib ketgan, darvozalarining ba'zi yerlari buzilib, omonat bo’lib qolgandi. Boshiga og’ir kunlar kelgan-da Xo’jand ahli yana shu eski qal'aga panoh izlab keldi.
Chingizxon behisob lashkarlari bilan o’trorga yetib kelgach, bu shaharni qamal qilib olishni o’z o’g’illari o’ktoy bilan Chig’atoyga topshirib, Xo’jand shahri ustiga sarkardalari So’ktu bilan Uloq no’yonni yuborgan, o’zi esa katta qo’shin bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon yo’l olgan edi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=943&Itemid=41)
AbdulAziz
11-01-2006, 06:54 PM
Uloqda (hikoya). Abdulla Qodiriy (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=944&Itemid=41)
Kecha dadamdan so’rab qo’yganim uchun bugun akam ham «kerak emas, borma» degan jekirishini qilmadi. Choyni naridan-beri ichib, otxonaga yugurdim.
Dadam bilan oyim:
— Oyog’ing olti, qo’ling yetti bo’lib qoldiyov! — deb kulishib qoldilar.
Qashlog’ichni oldim-da, qora qashqqamni yalang’ochlab uyoq-buyog’ini qashlab chiqdim. Jonivor tipir-tipir qiladi, bosh chayqaydi, yer tepinadi, dum silkitadi... Shuning bilan mening ko’nglimga: «Xudo xohlasa kelasi yilga bir uloqlar chopayki, hamma meni: «Turg’un chavandoz», deb atasin degan orzular tushadi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=944&Itemid=41)
AbdulAziz
11-01-2006, 06:56 PM
Fanorchi ota (hikoya). Oybek (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=945&Itemid=41)
Tor, qiyshiq ko’chaning o’ksik oqshomini Tursunqul akaning churuk daivozasi tepasiga o’tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi. Uni har kun kechqurun past bo’yli, burushiq yuzli bir chol kelib, yoqib ketar edi. Biz uni «Fanorchi ota», der edik. U juda yuvvosh, indamas kishiydi, kichkina narvonchasini chaqqon qo’yib, allaqanday ustalik bilan chiqar, qo’ltig’idan kir ro’molchasini olib, avaylab fanor oynalarini artardi. Fanorni yoqqach, yerga tushib, obkashdek bukilgan yelkasiga narvonchasini qo’yib birpasda ko’zdan yo’qolar edi.
Fanor qurilgan vaqtlarda butun mahalla quvonib, unga allaqanday mehr ila qaragan bo’lsalar-da, vaqat bu mehr uzoqqa cho’zilmagandi. Keyincha har kim unga parvosiz bo’la boshladi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=945&Itemid=41)
Flamingo
11-01-2006, 07:00 PM
Katta raxmat foydali va qiziqarli mavzu uchun. Faqat ekranga tikilib uqish yaxshimaskan. Kuzni og'ritarkan. Baribir kitob uqish boshqacha.
AbdulAziz
11-01-2006, 07:04 PM
Yurt qayg'usi (ona bilan o'g'il). Abdurauf Fitrat (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=946&Itemid=41)
— Ona! Nechungina yig’laysan? Bugun saodatga erishdik, yana qayg’urasanmi? Bugun o’z tilagingga yetishding, ko’z yoshlaringni to’kadirsanmi?
Emdi qayg’urmoq chog’i bitdi, yig’lamoq pallasi yo’q bo’ldi, rohat kunlaring yetishdi, onam!
— Oh... o’g’lum, arslonim! Mustabid hukumat uyimni talatdi: buyuk binolarimni yiqitdi: suyukli o’g’lonlarimni o’ldurdi.
Tahammul etdim, sabr qildim, kimsaga bir og’iz so’z bu to’g’ridan ochmadim. Negakim, qo’llarinda qilich, o’muzlarinda to’fang, mani o’ldirmoqqa hozir edilar. Dunyoning mukofot ekanligin bilgan edim.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=946&Itemid=41)
AbdulAziz
11-01-2006, 07:06 PM
Katta raxmat foydali va qiziqarli mavzu uchun. Faqat ekranga tikilib uqish yaxshimaskan. Kuzni og'ritarkan. Baribir kitob uqish boshqacha.
Assalamu alaykum!
Printerdan chiqarib olib o'qishni maslahat beraman :)
Flamingo
11-01-2006, 07:14 PM
Assalamu alaykum!
Printerdan chiqarib olib o'qishni maslahat beraman :)
Yahshi fikr. Katta rahmat.:D
AbdulAziz
11-30-2006, 07:53 PM
Bobosi bilan nevarasi (hikoya). Tog‘ay Murod (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1159&Itemid=41)
Oyoqlariga qizil botinka, ustiga ko‘k ishton-ko‘ylak, boshiga eski ola do‘ppi kiyib olgan uch yashar nevara, hammadan oldin o‘rnidan turib, ayvonga chiqadi. Dasturxon atrofida o‘tirganlar unga parvo ham qilmaydilar. U dahlizda birpas tik turadi. To‘g‘ridan qaraganda xuddi vaqtincha o‘rnatib qo‘yilgandek ko‘rinadigan katta-katta quloqlarini ko‘rganlar nevarani tog‘asiga o‘xshatadilar. Quralay ko‘zlarini, bir oz yapasqidan kelgan burnini, keng va do‘ng, hali g‘am nimaligini bilmagan yaltiroq peshonasini ko‘rganlar esa uni otasiga o‘xshatadilar.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1159&Itemid=41)
AbdulAziz
11-30-2006, 07:56 PM
Kuzning bir kunida (hikoya). Tog‘ay Murod (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1160&Itemid=41)
Yelkasiga paxtalik nimcha tashlagan dotsent Obidovich, yonib bo‘lgan o‘t cho‘g‘ida ko‘milgan kartoshkalarni uchi qorayib kuygan kosov bilan kavlab, tinmay sigareta chekadi. Cho‘g‘ taftidan yuzlari qizarib ketgan bu salobatli, katta odamning qarshisida iymanib, oriq qo‘llarini qovushtirib, yigirma yoshlardagi mo‘ylovli yigit — Raximjonov o‘tiribdi. Hamisha talabalar davrasida bo‘ladigan Obidovichning bugun yolg‘iz, munis o‘tirishi Rahimjonovni ajablantirdi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1160&Itemid=41)
AbdulAziz
12-01-2006, 07:33 PM
Ku-ku-ku... (hikoya). Tog‘ay Murod (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1161&Itemid=41)
U juda oriq, o‘zi sariq bo‘lgani uchun siyraklashib qolgan sochlariyam sarg‘ish. Qachonlardir yaxshigina she’rlar yozib, endi rasmiy ishlar girdobiga tushib, nazmiy tuyg‘ulari so‘nib qolgan. Sal engashib, ohista-ohista, nimalarnidir o‘ylab, xafaqon kasali bilan og‘rib yuradi. Xafaqon kasaliga yo‘liqqandan buyon ichmaydi, chekmaydi. So‘zlaganda ovozi og‘ir kasallarnikiday nimjon, xasta chiqib, diqqat qilmagan odam yaqinida bo‘lsayam eshitmaydi. Kulganda tishlari ko‘rinmasligi uchun lablarini lablariga shunday qattiq bosadiki, qo‘y ko‘zlari yumilay-yumilay deb, yuzlari qizarib ketadi...
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1161&Itemid=41)
AbdulAziz
12-01-2006, 07:35 PM
Er-xotin (hikoya). Tog‘ay Murod (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1162&Itemid=41)
Yo‘q, ular Anhor bo‘yida uchrashmadi. Uchrashuvda o‘ziniki qilib aytish uchun kitoblardan she’rlar ko‘chirib olmadi. O, men seni sevaman, sensiz yashay olmayman qabilidagi mavsumiy so‘zlarni so‘zlashmadi. Lablar topishganda qizning uzun tovoni yerdan sal ko‘tarilmadi. Yo‘q, yigit qizni bezorilardan qutqarib qolmadi...
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1162&Itemid=41)
AbdulAziz
12-02-2006, 05:50 PM
Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman). Tog'ay Murod (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1163&Itemid=1)
Abdulla Qodiriy nomli Davlat mukofoti laureati, O’zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romani XX asr o‘zbek ziyolilarining ko‘rgiliklari, dard-alamlari, fojialari haqidadir. Bu asar yozuvchining so'nggi romani bo'lib, ko'p yillik ijodiy izlanishlari in'ikosidir.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1163&Itemid=1)
AbdulAziz
12-02-2006, 05:52 PM
Dunyo buyuk uquvxonadur. Tursunoy Sodiqova (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=660&Itemid=1)
Buyuk Yaratuvchi dunyoga turfa ne’matlarini sochib qo‘ydi va bu ne’matlarga bir-biriga rahnamolik qilishni buyurdi. Hukm ijro bo‘ldi: yo‘q narsa borga, ushoqlik ulug‘likka, oddiygina mavjudlik mo‘jizaga do‘ndi. Ya’ni, quyosh donga nur uzatib edi, bug‘doyzor bo‘ldi. Buloq hovuchida suv tashib edi, ildiz larzon boqqa aylandi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=660&Itemid=1)
W.I.Z.A.R.D
12-21-2006, 01:30 PM
Áåìîð.
(Óòìèøäàí) Îñìîí éèðîê, åð êàòòèê (ìàêîë).
Ñîòèáîëäèíèíã õîòèíè îãðèá êîëäè. Ñîòèáîëäè êàñàëíè óêèòäè - áóëìàäè, òàáèáãà êóðñàòäè. òàáèá êîí îëäè. áåòîáíèíã êóçè òèíèá, áîøè àéëàíàäèãàí áóëèá êîëäè. áàõøè óêèäè. àëëàêàíäàé áèð õîòèí êåëèá, òîëíèíã õèï÷èíè áèëàí ñàâàëàäè, òîâóê ñóéèá êîíëàäè. áóëàðíèíã õàììàñè, àëáàòòà, ïóë áèëàí áóëàäè. áóíäàé âàêòëàðäà éóãîí ÷óçèëàäè, èíãè÷êà óçèëàäè.
Øàõàðäà áèòòà äîêòîðõîíà áîð. áó äîêòîðõîíà òóãðèñèäà Ñîòèáîëäèíèíã áèëàãíè øó: ñàëêèí, òèí÷ ïàðêäà, äàðàõòëàð è÷èãà êóìèëãàí áàëàíä âà îê èìîðàò: øèøà êàáçàëè êóëðàíã ýøèãèäà êóíãèðîê òóãìàñè áîð. ÷èãèò ïó÷îê âà êóíæàðà áèëàí ñàâäî êèëàäèãàí õóæàéèí Àáäóãàíèáîé îìáîðèäà êóëàá êåòãàí êîïëàð îñòèäà êîëèá óëàäèãàí áóëãàíèäà áó äîêòîðõîíàãà þîðìàé Ñèì*ãà êåòãàí ýäè.
Äîêòîðõîíà äåãàíäà Ñîòèáîëäèíèíã êóçè îëäèãà èçâîø âà îê ïîäøîíèíã ñóðàòè ñîëèíãàí 25 ñóìëèê ïóë êåëàð ýäè.
Áåìîð îãèðëàøäè. Ñîòèáîëäè õóæàéèíèíèíã îëäèãà àðçãà áîðäè, àììî áó áîðèøäàí ìóääàîñè íèìà ýêàíèíè àíèê áèëìàñ ýäè. Àáäóãàíèáîé óíèíã ñóçèíè ýøèòèá êóï àôñóñëàíäè, êóëèäàí êåëñà õîçèð óíèíã õîòèíèíè î¸êêà áîñòèðèá áåðèøãà òàé¸ð ýêàíèíè áèëäèðäè, êåéèí ñóðàäè:
- Äåâîíàè Áàõîâàääèíãà õå÷ íàðñà êóòàðäèíãìè? Ãàâñóëàúçàìãà-÷è?
Ñîòèáîëäè êåòäè. Áåìîðíèíã îëäèäàí æèëìàñëèê âà øó áèëàí áèðãà òèðèê÷èëèê ó÷óí õîíàêè áèð êàñá êèëèøãà ìàæáóð áóëäè - õàð õèë ñàâàò÷àëàð òóêèøíè óðãàíäè. ó ýðòàäàí êå÷ãà÷à îôòîáøóâîêäà ãàâðîíëàð è÷èãà êóìèëèá ñàâàò òóêèéäè. Òóðò ÿøàð êèç÷àñè êóëèãà ðóìîë÷à îëèá, îíàñèíèíã þçèíè êàðàõò, íèìæîí, õèððà ïàøøàëàðäàí êóðèéäè, áàúçàí, êóëèäà ðóìîë÷à, ìóêêà òóøèá óõëàá êîëàäè. Õàììà¸ê æèì. Ôàêàò ïàøøà ãèíãèëàéäè. Áåìîð èíêèëëàéäè, õàð çàìîí ÿêèí - éèðîêäàí ãàäîé òîâóøè ýøèòèëàäè: "Õåé äóñò, øàéäóëëî áà íîìè Îëëî, ñàäàêà ðàääè áàëî, áà êàâëè ðàñóëè õóäî..."
Áèð êå÷àñè áåìîð æóäà àçîá òîðòäè. ó õàð èíãðàãàíäà Ñîòèáîëäè ÷àêêàñèãà áèðîâ ñîëèíãàí êèøèäàé òàëâàñàãà òóøàð ýäè. Êóøíèñè - áèð êàìïèðíè ÷àêèðäè. Êàìïèð áåìîðíèíã òóçèãàí ñî÷ëàðèíè òóçàòäè, ó ¸ê áó ¸ãèíè ñèëàäè, ñóíãðà ..... óòèðèá éèãëàäè.
- Áåãóíîõ ãóäàêíèíã ñàõàðäà êèëãàí äóîñè èæîáàò áóëàäè, óéãîòèíã êèçèíãèçíè ! - äåäè.
Áîëà àí÷àãà÷à óéêó ãàøëèãè áèëàí éèãëàäè. Êåéèí îòàñèíèíã ãàçàáèäàí, îíàñèíèíã àõâîëèäàí êóðêèá, êàìïèð óðãàòãàí÷à äóî êèëäè:
- Õóäî¸ àÿìäè äàéäèãà äàâî áåéãèí...
Áåìîð êóíäàí êóíãà áàòòàð, îõèðè óñàë áóëäè. "Êóíãèëãà àðìîí áóëìàñèí"äåá "×èë¸ñèí" õàì êèëäèðèøãà òóãðè êåëäè. Ñîòèáîëäè òóêèãàí ñàâàòëàðèíè óëãóðæè îëàäèãàí áàêêîëäàí 20 òàíãà êàðç êóòàðäè. "×èë¸ñèí"äàí áåìîð òåòèê ÷èêêàíäàé áóëäè, øó êå÷àñè õàòòî êóçèíè î÷èá, êèç÷àñèíè ¸íèãà òîðòäè âà ïè÷èðëàäè:
- Õóäî êèçèìíèíã ñàõàðëàðè êèëãàí äóîñèíè äàðãîõèãà êàáóë êèëäè. Äàäàñè, ýíäè òóçóêìàí, êèçèìíè ñàõàðëàðè óéãîòìàíã.
ßíà êóçèíè þìäè, øó þìãàí÷à êàéòèá î÷ìàäè - ñàõàðãà áîðèá óçèëäè. Ñîòèáîëäè êèç÷àñèíè óëèê ¸íèäàí îëèá, áîøêà ¸êêà ¸òêèçà¸òãàíäà êèç÷à óéãîíäè âà êóçèíè î÷ìàñäàí îäàòäàãè÷à äóî êèëäè:
- Õóäî¸ àÿìäè äàéäèãà äàâî áåéãèí....
Abdulla Qahhor
(1907 - 1968)Ñèì* õîçèðãè Ôàðãîíà øàõðè
.
Sindirishvoy
12-21-2006, 09:05 PM
Shamolni tutib bo'lmaydi (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=116&Itemid=41)
Yuz yildan båri tårsotaliklarning g'ururi va faxri bo'lib kålgan, zamonaviy qilib qurilgan ravoqli uylar qarshisida yuzdagi chipqondåk qishloqqa ko'rimsizlik va kåksalik bag'ishlab turgan, noma'lum va mudhish sinoatlarga to'la qadim qo'rg'onni eslatuvchi Bayna momoning uyini xuddi unutishga va yo'q qilishga mahkum etilgan xotiradåk nihoyat buzib tashlashga kirishishdi: tåmir tirnoqli buldozårlar uyning dåvorlarini qulatar ekanlar, uy bilan qo'shib, o'zlarining ham nimalarinidir buzib, vayron qilishayotgandåk, tårsotaliklar bir chåkkada jimgina kuzatib turishar va naq ellik yilcha taqdirning båshafqat o'yiniga qarshi kurasha-kurasha dunyodan yolg'iz va izsiz o'tish azobini ko'tarib kålgan, hayoti o'zlariga hamon tushuniqsiz va mavhum tuyuladigan Bayna momoni eslagan ayollar ko'zlariga yosh olib, bolalarini bag'irlariga bosgancha, olis va g'amgin xotiralarga bårilib, mung'aygan alfozda o'tirardilar.
Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=116&Itemid=41)
Áàæîíèäèë óêèð ýäèì ëåêèí õå÷ ëîòèí÷àãà êóíèêà îëìàäèì. Êèðèë÷àäàãè îíëàéí óçáåê àñàðëàðè áóëñà áèëñàíãèç àéòèá þáîðèíã èëòèìîñ.
Shokirbek
12-21-2006, 09:53 PM
Áàæîíèäèë óêèð ýäèì ëåêèí õå÷ ëîòèí÷àãà êóíèêà îëìàäèì. Êèðèë÷àäàãè îíëàéí óçáåê àñàðëàðè áóëñà áèëñàíãèç àéòèá þáîðèíã èëòèìîñ.
Ìåíäà ҳàì øó ìóàììî, ôîðóìäàãè ïîñòëàðíè áèð áàëî қèëèá ÷èäàá ¢қèá òóðèáìèçêó, ëåêèí ê¢ï áåòëè êèòîáëàðíè ¢қèøãà ê¢íèêîëìàÿïìèç, êèðèëë÷à êèòîáëàð á¢ëñà ëèíê òàøëàá қ¢éèíãëàð.
Alesser
12-22-2006, 01:56 PM
bir iltimos, agar "Saodat Asri Qissalari" kitoblari bulsa 1,2,3 (necha qismdan iboratligini aniq bilmiman), qaysi bir qismi bulsa ham quyvorselar juda minnatdor bulardim:)... oldindan rahmat!
AbdulAziz
01-09-2007, 07:41 PM
Dunyoning ishlari. O'tkir Hoshimov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1291&Itemid=1)
Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam — onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Faqat ba’zilarining ismi o‘zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog‘langan.
Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o‘xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag‘ishlanadi aziz Onajonlar!
Muallif
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1291&Itemid=1)
AbdulAziz
01-09-2007, 07:43 PM
Oydinda yurgan odamlar (qissa). Tog'ay Murod (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1292&Itemid=35)
— Quloq sol, momosi, quloq sol. Qayerdandir odam ovozi kelyapti...
Sayrak adirda yonboshlab yotmish bobomiz, momomizga shunday dedilar.
Bobomiz og‘izlarini angraygannamo ochdilar. O‘ng quloqlarini yellar yelmish tarafga tutdilar.
Yellar, ovozlarni yorqin olib kelmadilar.
Bobomiz o‘ng kaftlarini quloqlari sirtiga tutdilar. Yelpana qildilar. Nafas olmadilar. Bor vujudlarini berib quloq soldilar.
Bobomiz shunda-da bir nimani eshitmadilar. Chuqur tin oldilar.
Bobomiz oydinga tikildilar.
— Manovi yoqdan shekilli... — dedilar. — O‘zi, vaqting xushmi, momosi? Eson-omon yuribsanmi? To‘rt muchaling butmi?..
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1292&Itemid=35)
AbdulAziz
01-22-2007, 07:49 PM
http://ziyouz.com/rasmlar/literature/yulduzli_tunlar.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1317&Itemid=35)
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1317&Itemid=35)
Milodiy 1494-yilning yozi. Saraton issig‘ida Farg‘ona vodiysining osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kuni bo‘yi havoni dim qilib turdi-yu, kechki payt birdan jala quyib berdi. Qizil tuproqli tepaliklar orasidan o‘tib kelayotgan sersuv Quvasoy qon qo‘shib oqizilgandek qip-qizil bo‘lib ketdi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1317&Itemid=35)
AbdulAziz
01-30-2007, 07:19 PM
Humoyun va Akbar (Avlodlar dovoni). Pirimqul Qodirov (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1370&Itemid=41)
http://ziyouz.com/rasmlar/literature/humoyun_akbar.jpg
Hijriy 935-yilda* Agraga ko‘chib kelgan Xonzoda begim o‘n yildan beri Hindistonda istiqomat qilayotgan bo‘lsa ham, hanuzgacha bu yerdagi yil fasllari*ning g‘aroyibligiga o‘rganolmaydi. Uning nazarida, Agra*ning kuzi va qishi yo‘q, bahori bilan yozi esa yil bo‘yi davom etadi. Kech kuzda, begimning yoshligi o‘tgan Farg‘ona vodiysida, daraxtlar bargini duv to‘kadigan xazonrezlik paytida Agraning yam-yashil xurmozorlari xuddi yozdagidek meva berib turadi. Qishda, Samar*qandning moviy gumbazlari oppoq qor bilan beza*nadigan paytda Jamna bo‘ylarida donli ekinlar boshoq tortadi, toklar esa gulga kiradi. Xut oyining oxirida Toshkentda qish qirovlari endi tugaydigan kezda Hin*distonning janubida ertaki uzumlar pishadi. Navro‘z kirganda esa bozorga yangi qovun chiqadi va hind dalalarida arpa o‘rimi boshlanadi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1370&Itemid=41)
AbdulAziz
02-04-2007, 12:39 PM
Osmonning oxiri (doston). Muhammad Yusuf + MP3 (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1386&Itemid=41)
Osmonning oxiri qayerda, dedim bir donishga. U miq etmadi.
Menga juda yoqdi bu javob.
Osmonning oxiri yo`q, axir!
Irmoqning oxiri daryo. Daryoning oxiri dengiz.
Osmonning esa oxiri yo`q. Yo`l chetida yumalab yotgan toshni tepdim.
Toshdan sado chiqmadi.
Xudoga soldim, degani bu.
Olma shohiga osilib devorga chiqdim. To`kilgan meva qumursqalarga ermak bo`ldi. To`kilgan devor tuprog`i esa gunohimga gunoh bo`lib qo`shildi. Tunda paxsakash chol tushimga kirdi. Mening shirin uyqum buzildi.
Xuddi eski devor buzilganiday…
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1386&Itemid=41)
http://ziyouz.com/music/Muhammad_yusuf_Osmonning_oxiri.mp3
AbdulAziz
02-15-2007, 02:01 PM
Ulus (doston). Otauli (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1409&Itemid=41)
Hijriy 311 – melodiy 933 yilning yozi yozga o’xshamadi. Navro’z kunlarida Bog’doddan yo’lga chiqqan karvon Xalafga yetmay qorbo’ron ostida qoldi. Ko’klamning oxirlarida Jay va Isfaxon uni do’l bilan qarshi oldi. Yozning o’rtalarida Buxoroyi sharifda kechgan uch kun badalida xuddi kuz chog’laridagidek muttasil shivalab yoqqan yomg’ir karvon ahlining yurak-bag’rini ham ezib, xun qilib yuborgandek bo’ldi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1409&Itemid=41)
AbdulAziz
02-15-2007, 02:04 PM
Hisobot (hikoya). Otauli (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1408&Itemid=41)
O’zbekdek o‘ziga o‘zi g‘alva orttirib, o‘z qobig‘iga o‘z ixtiyori bilan o‘ralib, kundalik tashvishlarga ko‘milib yashaydigan xalq bu olamda tag‘in bormi ekan?! Har bir o‘zbekning boshida bir dunyo tashvish – dunyo tashvishi: uylanish, o‘g‘il-qizlarni o‘stirib-undirish, ularga sep yig‘ish-uy qurish, keyin uzatish-uylantirish, xullas, ish, ish, ish: na huzur, na halovat,na safar, na sayohat, na orom, na farog‘at!.. Shunga yarasha...
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1408&Itemid=41)
AbdulAziz
02-15-2007, 02:06 PM
Haddi Iskandariy (tarixiy hikoya). Otauli (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1402&Itemid=41)
Yer yuzida haq va adolatni qaror toptirish yo’lida butun G’arbu Sharq, jumladan, Arabistonu Hindiston, Eronu Turon tuproqlarini egallab, kuni kecha Isfijob bilan O’trorni zabt etgan Iskandar Zulqarnayn qo’shini favqulodda shujoat bilan Yassi qal’asi tomon ot surdi. Qal’aga taxminan o’n chaqirimcha qolganida uzoqdan ulkan bir tepalik ko’rindi. Yaqinlashganlarida uning ustiyu yon-bag’irlarida tumonat odam ko’zga tashlandi. Butun bir qishloq ko’chib chiqqanmi, nima balo, oralarida yoshu qari, xotin-xalaj, hattoki emizikli go’daklargacha bor!
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1402&Itemid=41)
AbdulAziz
02-22-2007, 02:59 PM
Shaytanat (birinchi kitob). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1418&Itemid=35)
http://ziyouz.com/rasmlar/books/shaytanat1.jpg
U momiq bulutlar ustida sarxush suzardi. Birdan bulut choki so‘kilib, pastga qarab sho‘ng‘idi. Yuragi shuv etdiyu ko‘zini ochdi. Chindan ham bulut ustida sayr qilardimi, chindan ham pastga sho‘ng‘idimi — daf’atan idrok etolmadi. Xayolini jamlashga urindi. Ko‘rib turgani — naqsh bilan bezatilgan shift — demak, o‘z uyida. Ajab, uyga qachon, kim bilan qaytdi ekan?
«— Men hazil o‘yin deb o‘ylabman...
— Qimorda hazil bo‘lmaydi, erkak.
— ...To‘layman... faqat bugun emas. Bir-ikki yil ichida.
— Pulni-ku, to‘larsan-a, xotining-chi? Xotiningni ham tikvorgansan-ku».
Bu xirildoq ovoz boshiga gurzi bo‘lib urilib, sapchib tushdi. Beixtiyor:
— Noila! — deb baqirdi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1418&Itemid=35)
AbdulAziz
02-22-2007, 03:03 PM
Shaytanat (Ikkinchi kitob). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1419&Itemid=35)
http://ziyouz.com/rasmlar/books/shaytanat2.jpg
..Yuqoridan turib qaraganida daryo suvi tiniq, sokin oqayotgandek edi. Suvni ko‘rdi-yu, tashnalik azobi yana zabtiga oldi. Hayajon bilan «suv!» deb baqirgisi keladi, ammo tashna lablarini jon tark etib bo‘lgan. Xarsang toshlarni oralab tezroq pastga tushmoqni istaydi, lekin jon tark etgan oyoqlar endi o‘ziga bo‘yinsunmaydi. Bo‘ysunmasa-da, jonsiz oyoqlar uni daryoga eltadi. Biroq tashna lablarga suv tegmaydi. Tepadan qaraganida ko‘ringan tiniq suvdan asar ham yo‘q. Daryo qurib qolgan (Nahot yetib kelgunimcha qurib bitdi, deb o‘ylaydi u), unda-bunda ko‘lmaklar ko‘zga tashlanadi. Ko‘lmaklardagi suvni ichib bo‘lmaydi — sasib yotibdi. Uning ko‘zlari kattaroq ko‘lmakdagi ilonga tushdi. Yo‘g‘onligi o‘qlovdek ham kelmaydi. Ajib manzara! Ilon bir baliqni o‘lja qilib yuta boshlaganu halqumining kichikligini hisobga olmagan. Oqibatda baliqning yarmigina ilon og‘zida — dam-badam jon achchig‘ida dumini asabiy ravishda silkiydi. Baliq nochor, ilon esa undan-da nochor — yutib yuta olmaydi, qo‘yib qo‘ya olmaydi. Baliqqa rahmi keldi. Uni ilon og‘zidan yulib olmoqchi bo‘ldi. Shu niyatda engashganida bir shovqin eshitildi — xuddi tunuka tom ustiga shag‘al ag‘darilganday bo‘ldi. U cho‘chib atrofiga alangladi. Ajib manzara! Daryoning quyi tomonida ko‘ringan sel oqimi o‘rkach-o‘rkach to‘lqinlari bilan yuqoriga qarab bostirib kelardi. U qochmoqqa shaylandi. Jonsiz oyoqlari bo‘ysunmadi.
— Suvdan shunchalik qo‘rqasanmi? — dedi kimdir.
Kimdir... kim aytdi bu gapni? Nazarida baliq aytganday bo‘ldi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1419&Itemid=35)
AbdulAziz
02-25-2007, 11:37 AM
Shaytanat (uchinchi kitob). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1430&Itemid=99999999)
http://ziyouz.com/rasmlar/books/shaytanat3.jpg
Asadbek Hosilboyvachcha taqdirini hal etish rejasini tuzayotgan damlarda Kesakpolvon kutilmagan bir muammoni yechish bilan band edi. Musaffo osmonda ohista suzayotgan uchoq bulutlar to‘dasiga kirib asabiy titray boshlagani kabi, keyingi voqealar uni bir-ikki silkib qo‘ygan, bu voqealarni bo‘yiga mos farosati bilan qarichlab, shunga yarasha xulosa chiqarib yurganida Chuvrindining yigitlaridan biri kutilmagan masalaga ro‘baro‘ qildi.
Shu paytgacha Chuvrindining yigitlari Kesakpolvonga, yoki aksincha, Kesakpolvonning zo‘rlari Chuvrindiga biron-bir masalada murojaat qilishmagan edi. Yozilmagan qonun asosida bunga haqlari yo‘qligini yaxshi bilishardi. Agar Kesakpolvon Chuvrindining yigitiga (yoki aksincha) bir yumush buyurguday bo‘lsa ham, bu yigit vazifani ado etishga kirishishdan oldin o‘z hojasini albatta ogoh etardi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1430&Itemid=99999999)
AbdulAziz
02-25-2007, 11:39 AM
Shaytanat (to'rtinchi kitob). Tohir Malik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1431&Itemid=99999999)
http://ziyouz.com/rasmlar/books/shaytanat4.jpg
Lahtak bulutlar qitmirligi tufayli yayrab nur tarata olmayotgan quyosh shom kirishini kutmayoq bota qolganday bo‘ldi. Tongda esa Beg‘ubor osmon umidida kayta bosh ko‘tardiyu yana bulutlar shumligiga uchradi. Olmoniya quyoshining tayinsizligiga, fayzsiz tonglariga Manzuraning chidashi og‘ir kechdi. Zotan, uning qalbi shu quyosh kabi ojiz holatda edi. Garchi o‘g‘illarining to‘yidan ko‘ngli ravshanlashgan bo‘lsa-da, havotir bulutlarining chaqinidan bag‘ri kuyib turardi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1431&Itemid=99999999)
AbdulAziz
02-25-2007, 11:50 AM
Shamolni tutib bo'lmaydi (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=116&Itemid=41)
Yuz yildan båri tårsotaliklarning g'ururi va faxri bo'lib kålgan, zamonaviy qilib qurilgan ravoqli uylar qarshisida yuzdagi chipqondåk qishloqqa ko'rimsizlik va kåksalik bag'ishlab turgan, noma'lum va mudhish sinoatlarga to'la qadim qo'rg'onni eslatuvchi Bayna momoning uyini xuddi unutishga va yo'q qilishga mahkum etilgan xotiradåk nihoyat buzib tashlashga kirishishdi: tåmir tirnoqli buldozårlar uyning dåvorlarini qulatar ekanlar, uy bilan qo'shib, o'zlarining ham nimalarinidir buzib, vayron qilishayotgandåk, tårsotaliklar bir chåkkada jimgina kuzatib turishar va naq ellik yilcha taqdirning båshafqat o'yiniga qarshi kurasha-kurasha dunyodan yolg'iz va izsiz o'tish azobini ko'tarib kålgan, hayoti o'zlariga hamon tushuniqsiz va mavhum tuyuladigan Bayna momoni eslagan ayollar ko'zlariga yosh olib, bolalarini bag'irlariga bosgancha, olis va g'amgin xotiralarga bårilib, mung'aygan alfozda o'tirardilar.
Davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=116&Itemid=41)
AbdulAziz
03-06-2007, 06:50 PM
Shavqat (hikoya). Otauli (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1478&Itemid=41)
Biydek dala. Oppoq qor. Achchiq izg’irin. Bu dunyoda xas-xashakka qirg’in kelganmi, nima balo! Tumshug’ingni to ko’zinggacha muzdek qorga botirib titkilaysan, ahyon-ahyonda tarashadek qotib ketgan kakrayu yantoq poyalari tilingga ilashadi, xolos. Na ta’mi bor, na bir maza-matrasi. Topilganiga shukur qilib, ikki yamlaganingcha yutasan, qani endi u belingga quvvat, taningga mador bo’lsa! Ikki o’rtada tilingni achitgani-yu, ichingni muzlatgani qoladi. Ochlikka-ku, mayli, bir amallab chidasa bo’lar, lekin bu sovuq, bu izg’irin!.. Hali ag’anaganida ustidagi yag’iri shilinib ketganmi, nima balo, xuddi tuz sepgandek achishib, igna sanchilgandek og’riydi. Sovuq shamol uni zaharli tillari bilan beto’xtov yalaydi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1478&Itemid=41)
AbdulAziz
03-06-2007, 06:54 PM
"Zanjirband sher" (hikoya). Otauli (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1479&Itemid=41)
Turon va Eron qo’shinlari o’rtasida afsonaviy Maroqand ostonasida bo’lib o’tgan shiddatli jang-jadallar, nihoyat, turonliklarning g’alabasi bilan yakunlandi. Eronliklar jang maydonini tashlab qochdilar. Nåchog’li yengilmas, qudrati chåksiz bo’lmasin, turonliklarda qochganni quvish, yerda sulayib yotganni urish odati yo’q! Qochgan qochdi, urush balosi da’f bo’lganiga shukur, endi tinch-õotirjam, shod-õurram yashash ham kårak!
Qo’shin saqmondåk og’ir toshotar uskunalarini sudrab, aravalarini tortib, boshqa qurol-aslahalarini g’iloflarga joylab qal’aga qaytish taraddudini ko’rar ekan, Eron shohanshohining elchisi shoshilinch ot choptirib kålib, Turon hoqoni Alp Er To’nganing oyog’iga bosh urdi:
– Shohanshohim olamshumul g’alabangiz sharafiga “kåtar jafosi” dåb bir ziyofat bårmoqchilar! Bu ziyofatda Eron bilan Turon o’rtasidagi abadiy do’stlik ahdnomasini tuzmoqchilar! Agar janobi oliylari rozilik bårsalar!..
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1479&Itemid=41)
AbdulAziz
03-17-2007, 02:44 PM
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1494&Itemid=35)
http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/oqshom.jpg
Bu qissalar ne bir kunlarni ko‘rmadi!
Zoti nomard bo‘ldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Og‘zi buzuq bo‘ldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qo‘li nopok bo‘ldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni o‘chirib tashladi.
Oqibat, ushbu qissalar o‘z vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.
Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oq*shom»dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar bo‘lsak... uloq Tog‘ay Murodda ketdi! davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1494&Itemid=35)
Ruscha tarjimasi: Ñóìåðêè, êîãäà çàðæàë êîíü (ïîâåñòü). Òàãàé Ìóðàä (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1493&Itemid=1)
AbdulAziz
05-05-2007, 01:29 AM
Maktab qorovuli (hikoya). Shoyim Bo’tayev
Eshniyoz chol erta uyg‘onadi. Namozini o‘qib, mol-hollarga qaraydi-da, choyini ichib maktab tomon jo‘naydi. Unga yo‘lda saharxez kishilar duch keladi. Cholning qayoqqa otlanganini ko‘rib-bilib turgan bo‘lishsa-da, salom berib, ko‘ngil uchun so‘rashadi:
— Ishgami, Eshniyoz ota?
— Ishga.
— E, yashang.
— Ermak-da.
— Nimasini aytasiz.
Eshniyoz chol maktab qorovuli. Ba’zilar, sizga shu dahmazaning nima keragi bor, oyoqni uzatib yotmaysizmi, deyishadi. U beozorgina iljayib, o‘rganib qolganman-da, maktab bolalarini ko‘rmasam turolmayman, deb ochig‘ini aytib qo‘ya qoladi. U o‘z mulk-molikonasini tekshirayotgan zamindordek dastlab maktab hovlisini boshdan-oyoq aylanib chiqadi. Tong qorong‘usida qog‘oz parchalari, xas-cho‘plarni bitta qoldirmay yig‘ishtirib olishiga boshqalar ham hayron qolib, cholning ko‘zi qanday ko‘rarkan-a, deya ajablanishadi. So‘ngra maydonchadagi gullarga suv qo‘yadi. Ishi tez tugaydi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1534&Itemid=210)
AbdulAziz
08-15-2007, 08:33 PM
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
http://ziyouz.com/images/iqbol_mirzo2.jpg
KO‘NGILDAGI GAP
Mån 1967 yilning birinchi mayida Farg‘onaning Bag‘dod tumanidagi Qo‘shtågirmon qishlog‘ida tug‘ilganman. Qishlog‘imdan uchta ariq oqib o‘tadi. Shu ariqlarda cho‘milib, baliq ovlab ulg‘ayganman. Hamqishloqlarim dåhqonchilik, duradgorlik, tåmirchilik va qisman chorva bilan mashg‘ul. “Qo‘shtågirmon” nomi “Boburnoma”da bir nåcha joyda uchraydi. Shu bilan ham maqtanishim mumkin.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1689&Itemid=204)
Kitobning elektron nusxasini yuklab olish. (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=31)
AbdulAziz
09-17-2007, 06:16 PM
Dahshat (hikoya). Abdulla Qahhor
Xotin-qizlarning burun zamonda ko‘rgan kunini bilmaysizlar,
qizlarim, aytgan bilan ishonmaysizlar!..
To‘raxon oyi
Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi.
Bunday kechalarda odamzod qo‘ymijoz g‘uj bo‘lib va nimanidir kutib jimgina o‘tirishni xohlab qoladi.
Olimbek dodxoning sakkiz xotini katta kundosh Nodirmohbegimning uyiga yig‘ilib, sandal atrofida o‘tirishar edi. Dodxo har kecha taroveh namozidan keyin halqaga qolar edi, bu kecha erta qaytdi. Hamma to‘zidi: xotinlardan biri uning sallasini oldi, biri chakmoniga qo‘l uzatdi, biri mahsisini tortgani chog‘landi...
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1724&Itemid=227)
AbdulAziz
09-17-2007, 06:19 PM
Mayiz yemagan xotin (hikoya). Abdulla Qahhor
— Ayol kishi erkakka qo‘l berib so‘rashdimi — bas!.. Ro‘za tutgan kishi og‘zini chayqasa, suv tomog‘iga ketmasa hamki, ro‘zasi ochiladi — shu og‘iz chayqashdan bahra oladi-da! Abdulhakimning qiziga usta Mavlonning o‘g‘li bir hovuch mayiz berganini o‘z qo‘zim bilan ko‘rganman. Hayo bormi shularda? Shariat yo‘li — xo‘p yo‘l. O’n bir yasharida paranji yopinmagan qizdan qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa ura bering. Paranji hayoning pardasi-da!
Mulla Norqo‘zi har kuni bozordan qaytib samovarga chiqadi va ko‘ngli tortgan odamlarni atrofiga to‘plab, yarim kechagacha shariatdan yuz o‘girgan xotinlar to‘g‘risida shunday vaysab o‘tiradi...
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1725&Itemid=227)
AbdulAziz
09-17-2007, 06:20 PM
O’G’RI
(O’tmishdan)
Otning o‘limi itning bayrami.
Maqol
Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi.
Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi; ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1726&Itemid=227)
AbdulAziz
09-19-2007, 06:07 PM
BASHORAT
Ola qarg‘a qag‘ etadi,
O’z vaqtini chog‘ etadi.
Maqol
Nikolay zamonida mayiz qimmat, ko‘knor arzon edi, hozirgi zamonda mayiz arzon, ko‘knor qahat. Esizgina o‘sha vaqtda chala siqib tashlangan ko‘knorlar!
Mulla Said Jalolxon shuni ko‘nglidan o‘tkazib devorga suyandi va ko‘zlarini yumdi; burniga qo‘ngan pashshani qo‘lidagi ro‘molcha bilan qo‘rish malol keldi shekilli, ostki labini cho‘zib "puf!" dedi. Pashsha ko‘tarildi, ammo shu ovdayoq uning labiga qo‘ndi. Said Jalolxon sekin labini qimtib pashshani oyog‘idan qisib oldi. Tuzoqqa tushgan bu dilozorni ushlab, ikki barmoq orasida aylantirib tashlash qasdida ko‘tarilgan qo‘l to labiga kelguncha, la’nati pashsha oyog‘ini sug‘urib qochdi. Said Jalolxonning achchig‘i keldi: yo‘q yerdan ko‘knor topib, kayf qilib o‘tirganda bu nimasi!
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1727&Itemid=210)
AbdulAziz
09-19-2007, 06:10 PM
SAN’ATKOR
Abdulla Qahhor
Kontsert odatdagicha «navbatdagi nomeramizda... Kelganlaringga rahmat, o‘rtoqlar» bilan tamom bo‘ldi. Nomi chiqqan ashulachi — san’atkordan boshqa hamma xursand bo‘lib tarqaldi. San’atkor tajang edi: tanaffus vaqgida zalga chiqqan edi, bir traktorchi uni savodsizlikda aybladi. Traktorchi tanqid qilganiga san’atkor asti chiday olmas edi: traktor qayoqdayu, masalan, «chorzarb» qayoqda, traktorchi qayoqdayu, ashulachi qayoqda!
San’atkor uyiga ketgani izvoshga o‘tirganida yana tutaqib ketdi: «Hech bo‘lmasa aytadigan ashulanshi o‘rgan, so‘zlarini to‘g‘ri ayt» emish! Nimasini bilmayman, nimasi to‘g‘ri emas? Meni shu vaqtgacha muxbirlar, yozuvchilar ham tanqid qilgan emas; formalizm, naturalizmlardan o‘tdim — hech kim otvod bergani yo‘q. Otvod berish qayoqda, hech kim meni og‘ziga ham olmadi. Endi bir traktorchi tanqid qilar emish!..»
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1728&Itemid=210)
AbdulAziz
09-19-2007, 06:11 PM
ADABIYOT MUALLIMI
Abdulla Qahhor
O’zining aytishiga ko‘ra "nafis adabiyot muallimi" o‘rtoq Boqijon Baqoev og‘ilga kirib ta’bi xira bo‘ldi: sigirning qulog‘iga yana kana tushibdi! Kanadan ham ko‘ra sigir uning achchig‘ini keltirdi: kanani teray desa qo‘ymaydi — boshini silkiydi, pishqiradi.
— Hayvon! Sigir emas, hayvon! — dedi og‘ilning eshigini qattiq yopib.— Hayvon!
Xotini Mukarram hovlida samovarga suv quyar edi.
— Hayvon! — dedi Baqoev,— bu sigirni sotib puliga cho‘chqa olish kerak!
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1729&Itemid=210)
AbdulAziz
09-19-2007, 06:13 PM
JONFIG’ON
Abdulla Qahhor
Jonfig‘onni tanisangiz kerak - o‘sha, o‘tgan yil bahorda mast bo‘lib, ko‘chadan o‘tgan odamga "hozir aytasan: boshimni qaysi devorga urib yoray", deb yopishgan, keyin soqoliga o‘zi o‘t qo‘yib, gugurt chiqarganni so‘kkan kishi.
Kecha shuning uyidan xotin kishining achchiq-achchiq yig‘lagan tovushi eshitiddi. Jonfig‘on bu yaqin yillarda xotinini urgan emas, hatto bir kuni samovarda o‘zi: "Xotin kishini nomard uradi, qo‘ling qichisa, o‘zingga o‘xshagan qo‘li qichiganni topib mushtlash, men seni mard bilay", degan edi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1730&Itemid=210)
AbdulAziz
09-22-2007, 05:28 PM
YILLAR
Abdulla Qahhor
O’tdi umrim, voh darig‘...
Qadimgi qo‘shiq
Hojimirsiroj avtobusda joy talashib bolalik bir xotin bilan aytishib qoldi. Bir maktab bola ham kelayotgan ekan, shu oraga tushdi-yu, yomon bo‘ldi. Bu qoqvosh «shu ishingiz noto‘g‘ri» deyish bilan-ku, Hojining qorniga qoziq qoqqandek bo‘lgan edi, yana «xo‘mraymang» degani nimasi?
Hoji birpas zaharini yutib turdi-da, bola avtobusdan tushib ketayotganida, sekin qo‘lini uzatib, qulog‘ini ushladi va uch buklab turib qattiq qisdi; qisdi, jonining boricha qisdi! Bola, «quloqdan ayrildim» deb o‘ylagan bo‘lsa kerak, qo‘rqib darrov ushlab ko‘rdi — yo‘q, quloq joyida. U avtobusdan tushib, lovullab turgan qulog‘ini ushlaganicha Hojiga qaradi va bisotidagi eng og‘ir, eng dahshatli haqoratni ishlatdi, ya’ni «tarbiyasiz!» dedi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1733&Itemid=210)
AbdulAziz
09-22-2007, 05:31 PM
O’JAR
Abdulla Qahhor
Ul tuta ot quyrug‘indan, «bo‘l uzun soch» deb qo‘ya,
«Tek nega boshda tugul?» Tanqidga muhtoj deb qo‘ya.
A. To‘qay
Qutbiddinovga ovchi oshnasi ikkita tustovuq in’om qildi. Tustovuqlar tozalanib, tuzlanayotganda Qutbiddinovning fe’li aynidi, ya’ni bironta shinavanda ulfat bilan birpas dilkashlik qilg‘usi keldi. Unint qo‘shnisi Zargarov yaqin bir oy bo‘ladi, chorakam bir litr xushbo‘y vinoni dumba-jigar bilan ichgani asrab yurar edi, semiz tustovuqning daragini eshitib: «Xayr, qo‘y so‘ysak, yana vino topilar», dedi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1732&Itemid=210)
AbdulAziz
09-23-2007, 06:25 PM
KARTINA
Abdulla Qahhor
Qiyom paytida «Paxtakor» kolxozining pravleniesi oldiga qo‘ng‘iznusxa bir avtomobil kelib to‘xtadi. Bu avtomobil rayondan, shahardan tez-tez kelib turadigan avtomobillarga sira o‘xshamagani uchun oqsoq qorovul undan ko‘zini olmay, qo‘ltiqtayog‘ini to‘qillatganicha zinadan tushdiyu, unga yaqin borishini ham, bormasligini ham bilmay anhor ko‘prigidan berida to‘xtab qoldi. Avtomobilning ketidan ergashgan chang uning ustidan, yon-veridan yelib-buralib o‘tib bosilgach, eshik ochilib undan ikki kishi tushdi: biri — novcha, ozg‘in, katak ko‘ylak va pochasi bo‘g‘ma jigar rang shim kiygan o‘rta yoshlardagi bir kishi; ikkinchisi — qora sochi quloq va bo‘yinlarini bosib ketgan, jujuncha kitel va amirkon tufli kiygan pakana bir yigit edi. Yigit ko‘prikka tomon bir-ikki qadam bosdiyu, barmog‘i bilan imlab, qorovulni chaqirdi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1737&Itemid=210)
AbdulAziz
09-23-2007, 06:26 PM
KARAVOT
Abdulla Qahhor
G’anijonning xotini tug‘may yurib-yurib birdaniga qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ib berdi.
G’anijon xotini homilador bo‘lganda ham, bolani ko‘tarib yurganda ham, oy-kuni yaqinlashib qolganda ham bunga qishloqda har kuni, har yerda bo‘layotgan va bo‘ladigan hodisa deb qaragan edi. Biroq bolaning yer yuziga tushuvi uning uchun hech qachon, hech yerda ko‘rilmagan va ko‘rilmaydigan hodisaday tuyuldi; nazarida butun qishloq ko‘pdan beri shu kunga mahtal bo‘lib, hozir faqat shu to‘g‘rida gapirayotganday, har bir suyunchi olib kelgan va har bir «qulluq bo‘lsin» degan kishi shuni tasdiq qilayotganday bo‘lar edi. U «dadasi» degan so‘zni birinchi marta eshitganida bu so‘z qaerinidir qitiqladi, qaerigadir issiqqina tegab, butun vujudi yayrab ketdi.
Mana shu G’anijon o‘g‘ilchasiga karavot olgani rayon markaziga bordi, ko‘ziga eng chiroyli ko‘ringan karavotchani oldi va otiga o‘ngarib qaytib kelmoqda edi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1736&Itemid=210)
AbdulAziz
09-23-2007, 06:28 PM
XOTINLAR
Abdulla Qahhor
Asqar ota inqilob uchun qurol ko‘targan o‘zbek ayollari-dan Ma’rifatxon voqeasini eshitganidan beri uning qabrini ziyorat qilish niyatida yurgan edi. Qish kunlarining birida qulay payt keldi: bir necha ovchi o‘sha tomonga — daryo bo‘yiga ovga chiqadigan bo‘lib qoddi. Asqar ota shularga qo‘shildi.
Miltiqlar taxt, otlar tayyor, lekin kimningdir qush olib kelishini kutishar edi. Asqar ota ko‘ziga yuvoshroq ko‘ringan bir otni sinamoqchi bo‘lib mingan edi, ot anhorga intildi. Shu onda mayin bir tovush:
— Otajon, sug‘ormang! — dedi.
Asqar ota otning boshini tortib, orqaga qaradi. Paxtalik nimcha, qo‘pol ag‘darma etik kiygan yoshgina bir juvon turar edi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1735&Itemid=210)
AbdulAziz
09-23-2007, 06:29 PM
AYB KIMDA
Abdulla Qahhor
Hamroev kechki ovqatdan keyin birpas cho‘zilmoqchi bo‘lgan edi, to‘g‘ri kelmadi: narigi uy to‘polon — bolalar bir-bi-rini yostiqbilan urib o‘ynayotibdi; soat sakkiz yarimda majlisga borish ham kerak. Kecha Hamdam ota-onalar majlisi bo‘lishi to‘g‘risida maktabidan qog‘oz olib kelgan.
Hamroev hech qachon majlisga borgan emas, ammo fursati bo‘lganda bir tayyorlanib bormoqchi va bola tarbiyalashni bil-magan yoki bu ishga sovuq qaragan o‘qituvchilarni uyaltirmoqchi edi. Bu niyat uning xotini Sobiraxonga juda ma’qul bo‘ldi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1734&Itemid=210)
AbdulAziz
09-27-2007, 08:38 PM
http://ziyouz.com/rasmlar/articles/utgan_kunlar.jpg
Yozg‘uchidan
Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz.
Yozmoqqa niyatlanganim ushbu — «O‘tkan kunlar», yangi zamon ro‘monchilig‘i bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi — ibtidoiy davrida talay kamchilik-lar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan cho‘chib turmadim.
Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tari-ximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari»dan belguladim.
Abdulla Qodiriy (Julqunboy)
Kitobning to'liq matnini saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=34)
AbdulAziz
09-27-2007, 08:39 PM
Ming bir jon (hikoya). Abdulla Qahhor
Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanida, bahor kelganidan bexabar hanuz g‘aflatda yotgan o‘t-o‘lanni, qurt-qumursqani uyg‘otgan, avvalgidan ham yorug‘roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotganday tuyuladi.
Kasalxonaga yaqinda tushgan Mirrahimov, jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib, yengchadan boshini chiqarib turgan sichqondek derazadan ko‘chaga qarab o‘tirgan edi, birdan tutaqib ketdi: shunday havo bo‘lsa-yu, oyoq-qo‘li butun odam ko‘chaga chiqolmay, derazadan mo‘ralab o‘tirsa!..
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1741&Itemid=210)
AbdulAziz
09-27-2007, 08:40 PM
To'yda aza (hikoya). Abdulla Qahhor
Zo‘ri behuda miyon meshikanad
Dotsent Muxtorxon Mansurov nihoyatda istarasi issiq, nihoyatda dilkash chol, shu qadar dilkashki, uni ko‘rgan kishi har faslning o‘z husn-latofati bor degan gapni yil fasllari to‘g‘risidagina emas, umr fasllari to‘g‘risida ham aytsa bo‘lar ekan, deb qolardi. Uning bitta-ikkita qora tuk chap berib qolgan oppoq cho‘qqi soqoli... Yopirimay, soqol ham odamga shuncha yarashadimi-ya!..
Cholni bunchalik istarasi issiq, dilkash qilgan, soqolidan tortib yurishigacha hamma narsasini, har bir harakatini chiroyli, yoqimli qilib ko‘rsatgan, ehtimol, uning odamoxunligi ham bo‘lsa. O’zi shunaqa bo‘ladi-ku: yaxshining yuzida zuluk ham xol bo‘lib ko‘rinadi.
Ammo, lekin Muxtorxon domla nafsambiriga odamning joni edi. Uning xushfe’lligi, to‘poriligi... mahallada katta-kichik hamma bilan salomlashar, yosh bilan yosh, qari bilan qari bo‘lib gaplashar, xursand kishi bilan chaqchaqlashib, xafa bilan dardlashar edi. Bu odam mahalla hayotiga, har bir kishining diliga kirib, shu qadar singib ketgan ediki, otpuskaga yo komandirovkaga ketsa butun mahalla huvillab qolganday bo‘lar edi.
Kunlardan bir kuni mahallada duv-duv gap bo‘lib qoldi: «Muxtorxon domla uylanarmishlar!..»
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1742&Itemid=210)
AbdulAziz
09-27-2007, 08:41 PM
Mahalla (hikoya). Abdulla Qahhor
Inson bilan tiriqdir inson,
Muhabbatdan hayotning boshi.
Odamzodga baxsh etadi jon,
Odamlarning mehr quyoshi.
Erkin Vohidov
Rohat buvi kattakon qora pechkaning eshigini ochib oyog‘ini tovlayotgan edi, deraza ostida ko‘zoynak taqib nevarasining yirtilgan kitobini yelimlayotgan choli urishib berdi:
— Seni pechkaga o‘rgatib bo‘lmadi-bo‘lmadi... Nima, polni o‘yib, sandal qilib beraymi? Pechka deganning eshigini ochdingmi, ko‘mir osmonni isitadi deyaver!..
Rohat buvi pechkaning eshigini yopdi, borib divanga cho‘zildi. Uy sovuq bo‘lmasa ham, bir necha kundan beri uning eti uchar, oyog‘i sovqotar, og‘rir edi.
Kampir shu yotganicha ertasiga ham turgisi kelmadi, indiniga turolmadi, uchinchi kuni yuragi birpas qattiq urib turdi-yu, birdan bo‘shashib, o‘ldi-qoldi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1743&Itemid=210)
AbdulAziz
09-27-2007, 08:42 PM
Nurli cho'qqilar (hikoya). Abdulla Qahhor
Goho yer mehrini o‘ylarkan,
Esga tushar dorning siyog‘i;
Ajab hikmat: odam o‘larkan
Uzilganda... yerdan oyog‘i.
Abdulla Oripov
To‘qqizinchi sinf a’lochilaridan, temir-tersakni hammadan ko‘p yig‘ib, oti radiodan aytilgan va maktab ma’muriyatidan rahmatlar eshitgan Zuhraxon degan qiz yo‘qolib qoldi.
O’sha kasofat shanba kuni maktabdan qaytishda Zuhra kitob-daftarlarini opasi Fotimaga berib, lola tergani qirga chiqqan ekan, qaytib kelmabdi. Uning ota-onasi avvaliga qarg‘ab, keyin yig‘lab butun lolazorni, butun qishloqni taka-taka qildi. Maktab ma’muriyati bulardan ham ko‘proq jon kuydirdi — jamoa ijroqo‘miga aytib butun qishloqni oyoqqa turg‘izdi, tumanga ma’lum qildi, chunki sinfda a’lochi qiz to‘rtta bo‘lsa —Zuhra uning yigirma besh protsentini tashkil qilar edi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1744&Itemid=210)
MUHLIS
09-27-2007, 11:17 PM
Abdulaziz, Katta rahmat sizga! Hikoyalarni o'qib o'tmishga qaytgandek bo'ldim, bolaligim o'tgan davrlar esimga tushdi....
"Nurli cho'qqilar"dagi mana bu parchaga e'tibor bering:
Fotima fermada "ish-pish" qilib yurgan edi, bir kuni gapdan gap chiqdiyu, Fotima sigir degan jonivorning befarosatligidan nolib: "Men rais bo‘lsam, sigir boqib o‘tirmas edim, olimlar bilan birgalashib, yem-xashakning o‘zidan sut oladigan mashina chiqarar edim", dedi. Sog‘uvchilar xo‘p kulishdi. Bu gap raisning ham qulog‘iga yetgan ekan, fermaga kelganida Fotimaning yelkasiga qoqib: "Durust, durust, kallada xom xayol bo‘lsa ham bo‘lgani, kalla bo‘sh turmagani yaxshi", dedi va oradan ko‘p o‘tmay uni sog‘uvchilikka o‘tkazdi.
Tagiga chizib qo'yilgan "hom hayol" ustida hozir olimlar jiddiy tadqiqotlar qilmoqda.
AbdulAziz
10-03-2007, 07:04 PM
Savohil (qissa). Tohir Malik
http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/savohil.jpg
«Qaysi millat orasinda birlik ko‘tarilib, nifoq va adovat hukm surgan bo‘lsa, ul qavmning inqiroz dunyosiga yuzlangani aniqdir. Bular shuni fahmlamaydilarmi?»
«Dildagi adovat temirdagi zangga o‘xshaydi. Zang temirni yegani kabi, adovat Vatanni azobga soladi. Odamlar nahot adovatdan nari bo‘la olmasalar?..»
Abdulla Avloniyga bag‘ishlanadi
MUQADDIMA O‘RNIDA
— Bahorjon, kela qol, o‘ng qanotimga o‘tir, bizlarga ilhaq joylarga uchaylik. Sovuqni quvaylik, yerni uyg‘otaylik.
— Oftobjon, kela qol, sen chap qanotimga o‘tir. Qishning muzlarini eritib tashla, yerni azoblardan o‘zing qutqar.
Qaldirg‘och shunday der ekanu bir qanotiga oftobni, bir qanotiga bahorni o‘tqazib ucharkan. Qish bo‘yi o‘limtik holga tushgan dov-daraxtlarni uyg‘otarkan, muzdan qutulgan tuproq yayrab nafas olarkan. Odamlar shod-xurramlik bilan ish boshlar ekanlar.
Asarni online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=730.0)
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=download&id=39&chk=8058b6322a49d2439ba83e63dafa7bbc) (PDF, 507 Kb)
AbdulAziz
10-03-2007, 07:08 PM
So'nggi o'q (qissa). Tohir Malik
http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/sungiuq.jpg
Jahongir Zokirxo‘jani har eslaganida «musofirlikda oltin topish oson, jon taslim qilish qiyin», deb qo‘yardi. Aslida bu Zokirxo‘janing gapi. Tanasi kafan ko‘rmagan, lahad ko‘rmagan muslimning gapi. Qulog‘iga Olloh nomi bilan azon aytilgan, «Olloh» deb tili chiqqan, umri bo‘yi toat-ibodatda bo‘lgan muslim janozasiz ketdi. Inson bolasining boshiga turli kulfatlar tushishi mumkin. Bu dunyo azoblarini behad ko‘p totishi mumkin. Lekin Jahongirning nazarida, kulfatlarning eng beshafqati o‘sha Zokirxo‘jaga nasib etdi. «Bir hovuch ona tuproqqa zor bo‘lib ko‘z yumishni hech bir andaga nasib etmasin.» Bu ham Zokirxo‘janing gapi...
Nohaqlik, tuhmatlar jabrini ko‘p tortgan,
ammo vijdoniga xiyonat qilmagan tabarruk inson,
tog‘am Mirzakalon Ismoiliyning pokiza ruhiga
xolis niyat ila baxshida etdim.
MUQADDIMA
«Bismillohir Rohmanir Rohiym!».
U shunday deb miltiq qo‘ndog‘ini yelkasiga tirab, bargga qarab oldi.
Kuzning sovuq nafasida titrab-qaqshab turgan yaproqlar qitday shabadaga ham tob berolmay chirt uziladigan ahvolga kelgan. Yomg‘irdan oldinroq uzilib xazonga aylangan barglar esa chirishga yuz tutgan. Bugungilari ham, agar shamol uchirib ketmasa, o‘z daraxtining poyida chiriydi.
Asarni online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=400.0)
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=download&id=40&chk=0919e2998d6fdb16336c8c56a5455b8b) (PDF, 463 Kb)
AbdulAziz
10-04-2007, 08:40 PM
Davron (qissa). Tohir Malik
http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/davron.jpg
— Sen bilan men hatto u dunyoda ham ko‘rishmasak kerak. Nimaga shunday ekan?
— Fe’limiz boshqa-boshqa.
— Fe’l emas, dunyoqarash, degin. Qiziq, ikkovimiz ham odam bolasimiz, lekin ko‘rinishimiz o‘xshamaydi. Ikkovimizda ham salkam uch kilolik miya bor, biroq, boshqa-boshqa fikrlaymiz. Hatto kasbimiz bir, ammo tutgan yo‘limiz ayri. Hamma gap ana shu tanlangan yo‘lda bo‘lsa kerak. Ikkovimiz poezd yo‘lidagi ikkita relsdamiz. Ketaveramiz, ketaveramiz, yo‘limiz esa sira kesishmaydi.
— Bunga hojat bormikin?
MUQADDIMA
Ularning chorbog‘lari bir-biriga tutash, devor o‘rniga qator olcha ekilgandi. Chiroyda tengi yo‘q bo‘lib yetishib borayotgan sarvqad qiz ham, pahlavon kelbatli yigit ham qosh qorayib, uydagilari uyquga ketgach, shu olchalar poyiga oshiqar edilar. Bu tun nechundir yigit hayalladi. Qiz barglarning sirli shivirlashiga quloq tutib uzoq o‘tirdi. Barglar shabadada shunchaki titrayaptimikin yoki o‘zlarining tilida suhbat quryaptimikin? «Suhbat... Hamma o‘zicha gaplashadi. Hayvonlar ham o‘zicha tillashadi. Odamlar ularning so‘zlariga tushunmaydilar. Bu xudoning irodasi. Ammo... bir xil tilda so‘zlashuvchi odam zoti ham ba’zan bir-birini tushunmay qoladi-ku? Bu ham Tangrining irodasimikin yo odam zotining aqli qosirligimi? Ajab... Belga urib qolgan o‘t-o‘lanlar ham so‘zlashayotganga o‘xshaydi. Balki ular ham bir-birini yaxshi ko‘rar, rozini aytar... Yo‘g‘-e, axir ular jonli emas-ku? Nimaga, u bechoralarning ham joni bor. Bahorda ko‘karadi, yozda yashnaydi, kuzakda esa quriydi. O‘ladimi, demak joni bor. Faqat umri qisqa. Dunyoning yaralishi ajabtovur...»
Asarni online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=627.0)
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=download&id=41&chk=761725cebb77de0b15fdcb75409e1b5f) (PDF, 216 Kb)
AbdulAziz
10-04-2007, 08:41 PM
Falak (qissa). Tohir Malik
http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/falak.jpg
— Asl oltin olish uchun inson qoni darkor...
— Qonni qaerdan olding?
— O‘zimdan.
— Sen o‘z qoningni hamisha ishlatavermaysan-ku?
— Men asl oltindan har doim uzuk ham qilmayman.
— Bundan buyon oltinga inson qoni ishlatishingni man etaman. Inson qonini to‘kmak tanbehga loyiq ishdir. Va bunday qiluvchi kishining umri qisqa bo‘lur. Ulug‘bek saltanatida inson qoni bezak uchun to‘kilmasligi darkor.
TOPILMA
Uch kundan beri ezib yog‘ayotgan yomg‘ir tindi. Kun botarda qonga belangan ufq endi havoning ochilib ketishini va’da qilgan edi. Lekin mag‘ribdan esib turgan shamol ko‘p o‘tmay yana qora bulutlarni haydab keldi. Yulduzlarning yuzi to‘sildi. Havo aytarli sovuq emas, biroq kuchsiz izg‘irin badanni junjiktiradi.
Aeroportda navbatchilardan bo‘lak hech kim qolmadi. Shahar tomondan kelgan bo‘sh avtobus haydovchisi bino eshigi og‘zida turgan Sultonga «chiqarmikin» deganday bir-ikki qarab qo‘ydi. Keyin signal berdi-da, yana shaharga yo‘l oldi.
«Oxirgisi bo‘lsa kerak... — o‘yladi Sulton, — nega hech kimdan darak yo‘q? Aslida mehmonxonaga tushaversam bo‘lar ekan. Yo reysni noto‘g‘ri angladimi? Qani, so‘rab ko‘ray-chi...» U ichkari kirib, navbatchiga yaqinlashdi.
Asarni online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=629.0)
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=download&id=42&chk=43354982876f68dd39435a7d74c942f7) (PDF, 308 Kb)
Alesser
10-04-2007, 10:49 PM
shu Tohir Malikni "Murdalar Gapirmaydilar" degan kitobini hech ohirigacha uqimadimda... ziyoda va yana 1-2 sitelarda tuliq yozilmagankan... Iltimos, ohirigacha yozilgani bulsa ozgina yordam qilila! Oldindan, rahmat:)
Darvesh
10-04-2007, 11:22 PM
Shu forumda eng foydalik ish bilan shug'ullanayatgan inson- Abdulaziz bo'lsalar kerak. Baraka toping. Iloji bo'lsa, yaxshi bir a) rus-o'zbek lug'atini b) O'zbek milliy enziklopediyasini ham elektron holatga keltirsangiz. Maqolalarn masalan Wikipediaga qo'yib qo'yish mumkin bo'lar edi.
Nima bo'lsa ham, qillayotgan ishinglar ancha savoblik ish, davom eting:)
AbdulAziz
10-05-2007, 06:37 PM
shu Tohir Malikni "Murdalar Gapirmaydilar" degan kitobini hech ohirigacha uqimadimda... ziyoda va yana 1-2 sitelarda tuliq yozilmagankan... Iltimos, ohirigacha yozilgani bulsa ozgina yordam qilila! Oldindan, rahmat:)
Assalomu alaykum!
Sabr qilib tursangiz, inshaalloh, ertaga to'liq variantini joylab qo'yishga harakat qilaman.
AbdulAziz
10-05-2007, 07:42 PM
Nazar Eshonqul hikoyalarini online o'qish
Shamolni tutib bo'lmaydi (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=116&Itemid=228)
Og'riq lazzati (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=117&Itemid=228)
O'lik mavsum (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=118&Itemid=228)
Maymun yetaklagan odam (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=132&Itemid=228)
Qaytish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=119&Itemid=228)
Tobut (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=120&Itemid=228)
Xaroba shahar surati (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=121&Itemid=228)
Yalpiz hidi (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=122&Itemid=228)
Ozod qushlar (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=123&Itemid=228)
Ajr (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=124&Itemid=228)
Qalb to'zoni (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=125&Itemid=228)
Oq alanga (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=126&Itemid=228)
Bitik (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=127&Itemid=228)
San'at-1 (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=128&Itemid=228)
O'pqon (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=384&Itemid=228)
"Maymun yetaklagan odam" hikiyalar to'plamini saqlab olish
http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/maymun.jpg
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=download&id=17&chk=16c0f84668ebe2c3a0fb660bae55c07e) (PDF, 424 Kb)
AbdulAziz
10-05-2007, 07:57 PM
Devona (qissa). Tohir Malik
http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/devona.jpg
— Buvajon, mushuk nimadan tarqalgan?
— Mushukmi? Mushuk — arslondan, bolam.
— It-chi?
— It — bo‘ridan.
— Odam-chi?
— ...
MUQADDIMA O‘RNIDA
... U xurjunini yelkasiga olib, uzoq yurdi. Ko‘chki bosgan yerga yetib kelgunicha oyoqlari qaqshab ketdi. U hali ko‘chki nima ekanini bilmasdi. Belga qadar qorga botgan kezlari iziga qaytganidan pushaymon bo‘lar, chiqib olganda esa: «Ota yurtdan uzilgandan ko‘ra muzlab o‘lganim afzal», deb qo‘yardi.
Oqshomga borib uning sillasi quridi, ochiqdi. Shunda ham to‘xtamadi. Faqat shom qorong‘usidagina tamaddi qilib olish maqsadida xurjunini yerga qo‘ydi. O‘tirib, nafasini rostladi. Keyin qo‘lini xurjunga tiqdi. Silliq, sovuq, yumaloq bir narsaga qo‘li tegdi. Seskandi. Xurjunning og‘zini ochib, ikki qo‘llab uni chiqardi. Chiqardi-yu, serrayib qotib qoldi. Nafasi ham, yurak urishi ham to‘xtadi. U xurjundan... akasining kallasini olgan edi!..
Tog‘lar ham qotib qoldi. Osmon ham. Dunyoning hayot tomirlaridan jon chiqib ketdi. Bir zum, faqat bir zum shunday bo‘ldi. U qo‘lidagi kallani tashlab yubordi. Akasining kesilgan boshi qorga cho‘kdi. Uning qalbidan otilgan faryod sukunatni qalqitib yubordi. Tog‘lar aks-sado berdi. Yo‘q, aks-sado emas bu. Tog‘lar ham faryod chekdi. Bu faryodni qorlar o‘ziga shima olmadi — osmon bag‘riga singdirdi.
Asarni online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=792.0)
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=download&id=43&chk=344e620e88fd0b41ce6a7739a4429c3d) (PDF, 519 Kb)
AbdulAziz
10-05-2007, 07:59 PM
Shu forumda eng foydalik ish bilan shug'ullanayatgan inson- Abdulaziz bo'lsalar kerak. Baraka toping. Iloji bo'lsa, yaxshi bir a) rus-o'zbek lug'atini b) O'zbek milliy enziklopediyasini ham elektron holatga keltirsangiz. Maqolalarn masalan Wikipediaga qo'yib qo'yish mumkin bo'lar edi.
Nima bo'lsa ham, qillayotgan ishinglar ancha savoblik ish, davom eting
Assalomu alaykum!
Ruscha-o'zbekcha lug'atni shu manzilga yuklab qo'ydim:
http://www.ziyouz.com/downloads/Uzbek-Russian-Dict.rar
Inshaalloh, Milliy ensiklopediani ham joylashga harakat qilamiz. Duo qilib turinglar!
AbdulAziz
10-06-2007, 06:46 PM
Ov (qissa). Tohir Malik
http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/ov.jpg
Sen tebranib o‘rtangin,
Men yiqilib ingrayin.
Sen o‘tli un chekarda
Men qonli yosh to‘kayin.
Abdurauf Fitrat
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Erta saharda mo‘minlar qatorida o‘rnimdan turg‘izgan, ko‘zimga nur bergan, ongimni tiniqlashtirgan, qo‘lga qalam olishga imkon yaratgan Egamga hamd aytmoq bilan ishga kirishgumdir. Yo Tangrim, dilimda bir dard uyg‘ongan, uni dindoshlarimga-da yetkazishga o‘zing madad bergaysen. Ey Olloh, boshimga qilich kelganida ham Sening muborak nomingni tildan qo‘ymagan, Vatan hurligi uchun jon bergan, ammo Vatan tuprog‘ida yotish nasib etmagan shahidlarni o‘z rahmatingga olg‘aysen. Ul muborak zotlarni qiyomatda bandam degaysen, Rasulillah shafoatlariga O’zing muyassar qilg‘aysen, omiyn!
Yo Tangrim, O’zingning rizoliging bilan, shahidlar ruhini shod etmoq maqsadida shul asarni yozmoqqa jazm etdim. Biz gunohkor bandalaringga O’zing hidoyat, insofu tovfiq ber...
Asarni online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=407.0)
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=download&id=44&chk=100574bb31d5a76bd5ac57288c0b136f) (PDF, 187 Kb)
AbdulAziz
10-06-2007, 07:07 PM
shu Tohir Malikni "Murdalar Gapirmaydilar" degan kitobini hech ohirigacha uqimadimda... ziyoda va yana 1-2 sitelarda tuliq yozilmagankan... Iltimos, ohirigacha yozilgani bulsa ozgina yordam qilila! Oldindan, rahmat:)
MURDALAR GAPIRMAYDILAR
http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/murdalar.jpg
Bismillahir Rohmanir Rohiym
«...Ana o‘shalar hidoyatga zalolatni sotib olgandirlar. Va tijoratlari foyda keltirmadi hamda hidoyat topganlardan bo‘lmadilar. Ular misoli bir o‘t (mash’ala) yoquvchiga o‘xshaydilar. Olov endi atrofini yoritganida Olloh yorug‘likni ketkazib, ularni hech narsani ko‘rmaydigan holda zulmatlarda qoldiradi. Ular kar, soqov va ko‘rdirlar. Bas, ular hidoyatga qaytmaslar...»
(Baqara surasi, 16—18-oyatlar)
MUALLIFDAN
Butun olamlar Parvardigori Ollohga behad hamd bo‘lsin va payg‘ambarlarning oxirgisi — sayyidimiz Muhammad alayhissalomga salovot va salomlar bo‘lsin.
Albatta, hamd Ollohga xosdir. Biz unga hamd aytamiz, Undan yordam so‘raymiz. Va Ollohdan nafsimizning yomonliklaridan panoh berishini so‘rab iltijo qilurmiz. Kimni Olloh hidoyat qilsa, uni adashtiruvchi yo‘q. Kimni Olloh adashtirsa, uni hidoyat qilguvchi yo‘qdur.
Eng ulug‘ so‘zlaru eng bilimli suhbatlar ham shubhasiz, Tangri-taologa shukrimizni keragicha ifoda eta olmaydi.
Yaratgan Robbimizga shukrlar bo‘lsinkim, siz — aziz nafis adabiyot muhiblari bilan yana dillashish nasib etyapti. Bu safar ham adashgan bandalar hayotidan ayanchli lavhani bayon etishni niyat qildim. Chunki bu sinovli dunyoda adashgan bandalar ko‘p. Ulug‘ va qudratli Robbimiz marhamat qilib derki: «Odamlarga ayollardan, bolalardan, to‘p-to‘p tillo va kumushdan, go‘zal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Ollohning huzurida esa husnli qaytar joy bor». (Oli Imron surasi, 14-oyat).
Asarni online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=630.0)
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=download&id=45&chk=8dd75055a98758ceeb79c0b737964d52) (PDF, 605 Kb)
AbdulAziz
10-31-2007, 08:41 PM
Devoni hikmat
(yangi topilgan namunalar)
http://www.ziyouz.com/images/books/hikmat.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=67)
Hajmi: 228 Kb
Fayl tipi: PDF
http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gifSaqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=67)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=364.0)
AbdulAziz
11-03-2007, 05:15 AM
Vatanni suymak. Abdulla Avloniy
http://ziyouz.com/rasmlar/articles/vatan.jpg
Vatan: har bir kishining tug‘ulib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyi*ni jonidan ortiq suyar. Hatto bu - Vatan hissi - tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan - uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas. Maishati talx bo‘lur, har vaqt dilining bir go‘shasi o‘z vatanining muhabbati turar.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1810&Itemid=59)
AbdulAziz
11-10-2007, 07:28 PM
Muallima (hikoya). Hulkar To’ymanova
— Zulxumor, yig‘ishtirsang-chi shu ishingni? Yetti yot begona bollar o‘qishga kirsa, senga shahar olib berarmidi? Ishim bitdi, eshagim suvdan o‘tdi deb ketadi bari, senga shu kerakmi?
Bu — bo‘lar-bo‘lmasga javrayveradigan eri, kunda-kunaro “chaqib” turmasa ko‘ngli joyiga tushmaydi. Zulxumor ayvonda bosar-tusarini bilmay bobillayotgan erining nojoiz gapi uchun xontaxta atrofiga cho‘kka tushgan bolalardan uzr so‘ragan bo‘ldi:
— Sizlar xafa bo‘lmangizlar, erkak odam shunaqa... gapirib turadi-da. Diqqatingizni bir joyga jamlab, mana bu tenglamani men kelguncha yechib turingizlar!
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1867&Itemid=228)
AbdulAziz
11-18-2007, 09:07 PM
Ona Turkiston (sh'erlar to'plami). Rauf Parfi
http://www.ziyouz.com/images/books/ona_turkiston.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=103)
Muallif: Rauf Parfi
Hajmi: 111 Kb
Fayl tipi: PDF
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=103)
mimoza
12-07-2007, 03:29 AM
Tobut (hikoya). Nazar Eshonqul (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=120&Itemid=41)
davomi >>> (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=120&Itemid=41)Raxmat Sizga AbdulAziz!
Xuddi krimiga oxshatib jozarkan ezuvchi, zhudajam keng tasvirlagan voqealarni. Nima jetishmajdi bu asarni krimi, deb atashga? Oqiganlar ortoqlashinglar fikrlaringiz bilan.
Mehribonu
12-07-2007, 09:47 AM
Assalomu alaykum, AbdulAziz!
Muhammad Yusufning "Qora quyosh" dostonini ham sahifalasangizlar, iltimos...
AbdulAziz
02-09-2008, 02:52 AM
Telefon (hikoya). Salomat Vafo
Sherjon og‘ir eshiklarni "sharaq-shuruq" ochib ichkariga kirdi. Ko‘pdan odam yashamagan uyda burniga allaqanday quruq, qabristonlarmi isiga o‘xshab ketadigan hid urildi. Bu yerdagi kimsasilik bir qarashda qo‘rqinchli bo‘lib tuyulardi. Aslida keyingi paytlarda bog‘cha va nonvoyxonalarda qorovul bo‘lib ishlayotgani uchun ko‘nikib ketgan bo‘lsa-da, negadir yuragi g‘ash bo‘laverardi. davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1923&Itemid=228)
Ustyurt (hikoya). Salomat Vafo
Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari kesishgan ovloq vokzal binosi ustida sahroninig quyoshi asta-sekin bota boshlagan edi. Atrofda qalin kiyingan xotinlar turli oziq-ovqatlar, gazaklar va sabzavotlar sotib o‘tirishardi. Sabzavotlar olisroqdan kelgan ko‘rinadi, negaki shimol taraflarda sabzavotlarninig yetishtirish muammo edi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1925&Itemid=228)
Arg'imchoq (hikoya). Salomat Vafo
Bu xonadonda g‘aroyib marosim bo‘lmoqda edi. Ma’rakaga qo‘y so‘yilgan, mulla aytilgan va barcha qarindosh-urug‘, tanish bilishlarga xabar qilingan edi. Hovlilar chinniday tozalangan, katta qozonda qo‘yning kalla pochchalari va o‘pkasi vaqirlab qaynab, hushbo‘y xid taralardi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1926&Itemid=228)
AbdulAziz
02-09-2008, 02:53 AM
Bir oy mister bo’lganim (hikoya). Sa’dulla Siyoyev
Bultur Charli Stefford degan chet ellik yigit bilan tanishdim. O‘zi Amerikaning Illinoys degan shtatidan ekan. O‘zbekistonning bir qishlog‘ida yashab, o‘zbeklarning urf-odati, rasm-rusumlari bilan tanishish uchun biz tomonlarga kelibdi. Bir kuni uyda o‘tirsam, tuman rahbarlaridan biri boyagi yigitni boshlab kirdi. Yonida shotirlari ham bor.
— Hikmatilla aka, mana bu yigit mehmonimiz, — dedi Charlini ko‘rsatib, — o‘zi olim, O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi, bugungi hayoti haqida kitob yozmoqchi ekan. Erkalik qilib, siznikiga boshlab kelaverdim. Bog‘-chorbog‘ingiz ham, ko‘nglingiz ham keng, bir oygina shu yigitga uyingizdan joy berarsiz. Sizga ziyoni tegmaydi. Harajatlarini o‘zi ko‘taradi. Faqat yaxshi so‘zingizni ayamay, so‘raganlariga javob berib tursangiz bo‘ldi. Maylimi, aka?
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2123&Itemid=228)
AbdulAziz
02-23-2008, 03:35 AM
Soy bo‘yida (hikoya). Jo‘ra Fozil
Saratonning juda issiq choshgohi. “G‘ir” etgan shabada yo‘q, qishloqning sertuproq yo‘llari, hatto, bog‘-chorbog‘lar ham olov purkaydi.
O‘shanda Samad yetti yoki sakkiz yoshda edi. Qishloq yaqinidan oqib o‘tadigan soyga cho‘milishga jo‘nagan bolalar uni o‘z saflariga qo‘shishmadi. Nima keragi bor, u hali yaxshi suza olmaydi, ortiqcha dahmaza bo‘lishi mumkin.
Issiqdan behuzur bo‘lgan Samadga juda alam qildi. U o‘zidan kattaroq bolalar ketgan tomonga emas, paxtazor yoqalab, soyning sayozroq yeriga qarab jo‘nadi.
Soy yoqasiga yetganida suvning salqin epkini yuziga urildi. Sohil qamish, buta, tollar bilan qoplangan, juda so‘lim edi. U bir muddat taraddudlanib, qulay joy izladi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2124&Itemid=210)
AbdulAziz
02-23-2008, 03:36 AM
Qish yomg’iri (hikoya). Abduqahhor Ibrohimov
Peshindan beri yomg‘ir yog‘yapti. Avval ezib yog‘di — to‘piqqa chiqadigan qorni oqizib ketdi. Kechga borib birdan shamol turdi. Tarnov suvlari goh chapga, goh o‘ngga, goho imorat devoriga quyiladi...
Tramvay bekatida turganlar o‘zlarini ko‘cha yoqasidagi dorixonaga, do‘konlarga urishdi. Bekatda faqat uch kishi qoldi: qiz tutgan zontik yigit uchun ham panoh bo‘ldi. Keyin zontik yigit qo‘liga o‘tdi. Ulardan sal narida o‘rta maktabning matematika muallimi Kozimbek turibdi. Qo‘lida chamadonsifat portfel. Qahvarang paltosi yomg‘irdan qorayib ko‘rinadi. U panaga o‘tishni xayoliga keltirmaydi.
Tramvay keldi. Odamlar dorixona va magazinlardan otilib chiqishdi, o‘zlarini tramvayga urishdi; chiqolganlar chiqdi, qolganlari izlariga qaytishdi.
davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2129&Itemid=210)
Shokirbek
02-23-2008, 07:05 AM
Katta rahmat zahmat uchun, AbduAziz.
Yuqoridagilarning (barchalarining) kirillcha varianti bo'lsa, mavzu tagiga qo'yib qo'ysanglar, foydalanar edik. Savodimiz kirillda chiqqani uchun baribir kirill tushunarli va aji-bujilarsiz ko'rinaveradi.. :)
AbdulAziz
02-25-2008, 08:01 PM
Katta rahmat zahmat uchun, AbduAziz.
Yuqoridagilarning (barchalarining) kirillcha varianti bo'lsa, mavzu tagiga qo'yib qo'ysanglar, foydalanar edik. Savodimiz kirillda chiqqani uchun baribir kirill tushunarli va