PDA

View Full Version : Cyrillic Again?????

Frida
07-13-2006, 07:47 PM
Assalomu alaykum Forumdoshlar,
Avvalambor-adminlarga, iltimos til sahifasiga olib tashlamang, chunki bu muammo O'zbekistonning asosiy muammolaridan biriga aylanib boryapti.

Bugun bir kishidan O'zbekistonda yangi qonun chiqibdi, yana Kiril alifbosiga o'tarmishmiz degan gapni eshitib qoldim. Shu gap rostmi? Kimning xabari bor? Hozirgi vaqtda O'zbekistondagi forumchilarga-biror bir kirilga bo'lgan "qaytishni" ko'chalarda, televideniyeda kuzatish mumkinmi? Masalan, billboardlar, ko'cha nomlari, yoki IAKning shiorlari yana Kirilda bosilyaptimi?

Marhamat, xabardorlar biror axborot bilan, menga o'xshab boshi qotganlar esa fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashsa.

Katta rahmat!

riy2006
07-13-2006, 08:25 PM

Лекин ман кирил алифбоси жудаям кулай.
Ешлигимиздан кирилча укиганмиз. Бу янги Лотин алифбоси - бало.
Шунаканги езипкойшади, укигунинча жонин чикибкетади.

Гапингиз тугри чикса, Рус подшога куллук киляпммиз.

melo
07-13-2006, 10:33 PM
hmmm- changing all the signs in a rich nation is very expensive. Not something Uzbekistan should waste time or money they don't have with.

MUHLIS
07-14-2006, 12:41 AM
To'g'ri bugungi kunda Ruslarga paxta qo'yish rosa avjiga chiqdi. Men nafaqat kirillchaga qaytish balki Rossiya federatsiyasiga qo'shilsak va Rus tilini rasman davlat tili (shunday ham hukumat o'z ishi rus tilida olib boradi) deb e'lon qilsa ham hech taajjublanmayman.
Kirill alifbosi slavyan haqlariga taalluqli bir yozuv, ammo bizga ma'lumki sharqiy evropadagi bir qancha slavyan davlatlari ushbu yozuvdan voz kechishgan va lotin yozuvga o'tishgan. Buning yolg'iz sababi bor: rus imperialismidan masofa saqlash.

Masanori
07-14-2006, 02:53 AM
ajoyib bular edi, agar kirillchaga qaytsak!
lotin alifbosiga utilishi eng ahmoqona g'oya edi. kirill alifbosi va rus tili qudratini qaytadan anglab borayotgan dono prezidentimizga tasanno! ;)

elDoraDo
07-14-2006, 04:15 AM
Bilmadim, menga Lotin Alifboga otish goyasi yoqqandi. Faqatgina kopgina boshqa bazi bir narsalar kabi buyam tagiga oldi holos. Otirippoyishdi. Sirk deb :laugh:
yoki Mirzo Ulug'bek Sexi (hayotdan)

Asadbek
07-14-2006, 04:26 AM
Bugun bir kishidan O'zbekistonda yangi qonun chiqibdi, yana Kiril alifbosiga o'tarmishmiz degan gapni eshitib qoldim. Shu gap rostmi?

Menimcha rost emas.
Xudo hohlasa, Kirill alifbosiga qaytilmaydi!

Davlat Kirill alifbosiga qaytadan o'tish haqida qonun chiqarolmasa kerak endi... Bungacha bormaydi, degan umiddaman. :)

VACHACH
07-14-2006, 05:54 AM
Men nafaqat kirillchaga qaytish balki Rossiya federatsiyasiga qo'shilsak va Rus tilini rasman davlat tili (shunday ham hukumat o'z ishi rus tilida olib boradi) deb e'lon qilsa ham hech taajjublanmayman.

Россияга кушилишни билмадим-у, лекин Рус тили Узбекистоннинг 2-давлат тилига айланганига хадемай 1 йил булиб колади.
Лекин кириллга утиш хакида энди биринчи марта шу ерда укишим.
ким билади, Узбекистонда хамма нарса аввал миш-мишдан бошланади...

нима булгандаям, уртадеги лотин ёзувида укиган ёшлар кийналиб колишмаса булди энди...

nemets
07-14-2006, 07:03 AM
I am devolving new an Uzbek-language pack for cellular phones in Nokia. After we got in contact with Uzbek authorities, we received approval to use Cyrillic instead of Latin. Really strange decision, since I thought that Cyrillic was over. Therefore get ready to buy new telephones in Uzbek Cyrillic soon. :)

VACHACH
07-14-2006, 07:14 AM
there are already some types of Nokia phones with Cyrillic Uzbek on sale.

for which models r u makin' 'em? n' only Nokia, or u got plans 4 other phones 2?

nemets
07-14-2006, 07:38 AM
there are already some types of Nokia phones with Cyrillic Uzbek on sale.

for which models r u makin' 'em? n' only Nokia, or u got plans 4 other phones 2?

Are you sure that those phones are from Nokia? If it is from Nokia, I think laguage pack was developed by some independent company. We are developing a simple phone with a few functions, with no bluetooth, with no infra ports and cameras. It will be cheapest ever Nokia phone. Actually it is not a big problem to translate other UIs of other models in Uzbek, but at this moment the language pack only for one model is issued.

UzLand
07-14-2006, 07:51 AM
АКШга карши булгандан кейин, охиригача карши булиш керак-да, тилига шу жумладан. Бирок бу хакда расмий хеч нарса чикмагунча, бирон нарса деб булмайди. Ахир эски конунни бекор килмасдан туриб, янгисини кабул килиш мумкин эмаску

Лекин мен хам бошида лотинчага утишни яхши кабул килмаганман. Балки качонлардир утишимиз мумкин эди - пул купрок булганда, иктисодий хает яхширок булганда, мактаблар савияси ва ахволи яхширок булганда...лекин унисини хам, бунисини хам колдиришса, канака буларкин-а?:)

VACHACH
07-14-2006, 08:30 AM
Are you sure that those phones are from Nokia? If it is from Nokia, I think laguage pack was developed by some independent company. We are developing a simple phone with a few functions, with no bluetooth, with no infra ports and cameras. It will be cheapest ever Nokia phone. Actually it is not a big problem to translate other UIs of other models in Uzbek, but at this moment the language pack only for one model is issued.

well my friend bought nokia 1110 with Uzbek Cyrillic
guess it is simple phone isn't it?

riy2006
07-14-2006, 10:29 AM
Я тут вспомнил!
в 1999-2000 году я практику в поликлинике проходил.
И тут прошел указ о латинском языке и все такое.
Гл врач распорядился изменить вывеску и надписи.
Приходит он утром на работу и видит список врачей, на латинитце
1- terapevt
2-xirurg
3-ginekolog,
4-sexterapevt (!???)
он чуть со стула не упал. как оказалось из-за неимения в новом Узбекском алфавите буквы Ц, слово цеховой терапевт - выглядело sexdagi terpevt/

вот такие курьезы

Крейсер
07-14-2006, 11:22 AM
it took them 15 years to figure out that latin alphabet was a mistake.

can you imagine how long it will take to realize/admit other more serious mistakes?

Крейсер
07-14-2006, 11:26 AM
and f...

why do they go for the most unimportant reform??? aren't there other problems that need attention/publicity???

Martingale
07-14-2006, 11:49 AM
well my friend bought nokia 1110 with Uzbek Cyrillic
guess it is simple phone isn't it?

damn...I have seen 3310 and it was such a bulky.
uni kurmasdanam bilaman. shlakoblok busa kerak.:D

NozChik
07-14-2006, 11:59 AM
Uuureeeyyy!!! Obratno kirilisa. Naverno izza etogo dengi v Uzbekistane ne menyali onije do sih por na kirillesi pomoemu.:)
Lotin alifbosini necham yoqtirmadim:( Collegni tugatyatkanimda hamma fanlarin besh faqat Lotin alifbosi Diktant uchun 4 baho quegan edi Diplomim qizil bulsin bed direktorni kabinetida yana bir marta qaetadan Diktant yozib berganman :twisted: ;)

UzLand
07-14-2006, 12:52 PM

Ха, шунака экан, нега лотинчада езяпсиз? Компни кириллга утказиш 3 минутлик ишку:)

Brigadir
07-14-2006, 01:01 PM
Bitta mish mish gappi izidan UZBni yana Cyrillicga o'tqizvormilar...
Bu mish mish hali, shunaqamasmi? Man maktabni ham institutni ham cyrillicda o'qigan bo'lsam ham hozir umuman yozolmiydigan bo'lib qolganman... Harflar umuman qovushmiydi...
Lekin adashmasam o'tgan yili lotin yozuvi bilan 1-sinfni boshlaganlar maktabni tamomlagandi... Agar shunaqa bo'lsa ularga qiyin bo'ladi...
Lekin bu gapda jon bo'lishi ham mumkin... Chunki 2006yildan so'mni lotin tilida chiqaradi degan gaplar yurardi.. Manimcha o'zgartirishmadi.. Yan xudo biladi... Ancha bo'di odammi so'm ko'rmaganiga ham...
Nima bo'lsa ham xalqqa foydasi bo'ladigan ish bo'lsin...
Shu yozuvdan boshqa qiladigan ish qolmagan shekilli UZBda....
Ha mayli oxiri baxayr bo'lsin..

Frida
07-14-2006, 01:22 PM
menga rostini aytsam Lotin yoqadi. Nimaga desangiz har xolda programmalar bilan ishlash osonroq. Kompyuterda ham hech qanday qiyinchiliklar yo'q. Undan tashqari odam ancha o'rganib qolgan edi. Umuman olganda, ikkala alifboning ham kamchiliklari ko'p. Ikkala alifbo ham tildagi mavjud "unlilar singarmonizmi" va ba'zi boshqa narsalarni umuman hisobga olmasdan tuzilgan. Lekin, har xolda Lotin alifbosi menimcha texnologiyalashayotgan asrimiz uchun ancha qulay va foydaliroq bo'lar edi.
Bu yana IMHO, men kompyuterda Kirilda yozishni umuman esimdan chiqarganman. Kerak bo'lsa Macro ishlataman. :) Agar yana orqaga qaytsak-barmoqlarim akashak bo'lar ekanda, o'rganib olgunimcha. :D

UzLand
07-14-2006, 01:40 PM
Umuman olganda, ikkala alifboning ham kamchiliklari ko'p. Ikkala alifbo ham tildagi mavjud "unlilar singarmonizmi" va ba'zi boshqa narsalarni umuman hisobga olmasdan tuzilgan.

Мактабда 10 йил укиган булсам, кирилчанинг муаммоли томонини хеч сезмаган эканман:)

Frida
07-14-2006, 01:55 PM
Мактабда 10 йил укиган булсам, кирилчанинг муаммоли томонини хеч сезмаган эканман:)

Ha, albatta kiril mukammalroq, lekin muammolari fonetikada bilinadi.

NozChik
07-14-2006, 02:02 PM
Ха, шунака экан, нега лотинчада езяпсиз? Компни кириллга утказиш 3 минутлик ишку:)

Aka lotinchada emas shu laptopda bor harfladan foedalanib yozyapman boriga baraka deb;) :D

UzLand
07-14-2006, 02:50 PM
Ha, albatta kiril mukammalroq, lekin muammolari fonetikada bilinadi.

Фонетикамда хам сезмаганман муаммоларни. Акцент-пакцент билан гапирмасман, деб уйлайман:)

UzLand
07-14-2006, 02:51 PM
Aka lotinchada emas shu laptopda bor harfladan foedalanib yozyapman boriga baraka deb;) :D

Ушани хам Control Panel дан тугирласангиз булади.

lobar
07-14-2006, 06:27 PM
Eeee, kimga qiyin, bu yili rus maktabini 3 sinfini bitirgan singlimga qiyin :(
Anu kuni uyimdan posilka oludim, ichida singlimmiyam hati borakan,
bechara kirill bilan lotin harflarini aralash-quralash qib hat yozibdi , yig'lavoriy dedim. Bu ketishda maktabni bitirguncha yurarkandee, unisini ishlatiymi, bunisinimi dib :rolleyes:

Masanori
07-14-2006, 07:17 PM
hali ham kech emas, oradagi bitta avlod chala savod bub qolishi turgan gap, lekin agar qilingan hato voqtida tugrilanmasa, butun millat bora bora umuman chala savod bub ketadi.

Mo'jiza
07-15-2006, 03:14 AM
hali ham kech emas, oradagi bitta avlod chala savod bub qolishi turgan gap, lekin agar qilingan hato voqtida tugrilanmasa, butun millat bora bora umuman chala savod bub ketadi.

Fikringizga qo'shilaman. Kimga qiyin, hammasi oxiri baribir xalqning boshiga tushadi.

Bir kutubxonachi ayol:"Kirillda qancha yaxshi kitoblar chiqqan, ularning hammasini nashriyotlar qaytadan chop etishiga ishonmayman" degandi.

Lotin bitta kamchiligidan biri "ts" bilan bog'liq. Sirk deb talaffuz qilishga o'rganishi mumkin bolalar.
Kirill alifbosi rus tilidagi o'zbek tilida mavjud bo'lmagan ba'zi tovishlarni o'rganishga ham foydasi tegadi.

Bitta fikr keldi, u ham bo'lsa, TV da "Lotin yozuvini o'rganamiz" ko'rsatuvi, universitetdagi "Lotin yozuvi" darslarini olib boruvchilarning shuncha sarflagan vaqtlari.

Asadbek
07-15-2006, 09:39 AM
Ха, шунака экан, нега лотинчада езяпсиз? Компни кириллга утказиш 3 минутлик ишку:)UzLand aka,
3 minutlik ishingizning natijasiga o'zingiz yana bir bor qarang ;) :)

Uuureeeyyy!!! Obratno kirilisa. Naverno izza etogo dengi v Uzbekistane ne menyali onije do sih por na kirillesi pomoemu. :)
:) LoL
Pulni almashtirish bilan Alifboni almashtirish boshqa-boshqa narsa...
Pul almashtirish Iqtisodga zarar yetkazishi mumkin...
Alifboni almashtirish esa nafaqat Iqtisod, balki eng muhimlari, Ilm-Fan va Xalqning savodliligi darajasiga zarar yetkazadi...

Endi kirill alifbosiga qaytamiz, deb xarxasha qilmangizlar, rivojlanishni Lotinchada davom etkazamiz :)

Abdug'ofur
07-15-2006, 09:57 AM
Bilmadim, menga Lotin Alifboga otish goyasi yoqqandi. Faqatgina kopgina boshqa bazi bir narsalar kabi buyam tagiga oldi holos. Otirippoyishdi. Sirk deb :laugh:
yoki Mirzo Ulug'bek Sexi (hayotdan)

Birodar, sirk, sexda nima xato ekan? Nega endi biz boshqa tillardagi so'zlarni aynan ular talaffuz qilganiek qabul qilishimiz kerak? Nega biz ularni o'z talaffuz va tilimizga moslolmaymiz? Nima, haqqimiz yo'qmi? Sof o'zbek tilida "ts" (ruslardagi shu talaffuzni beruvchi yagona harfni nazarda tutyapman) harfi yo'q, u tilimizgayam qovushmaydi. Shunchun yangi alifboda bu harf olib tashlandi. Ruslarning o'ziga qarang. Ular boshqa tillardagi so'zlarni, hatto ismlarni butunlay o'zgartirib, o'z tillariga moslab yozishadi va amalga tatbiq etishadi. Biz ham o'z fonetik qonun-qoidalarimizga egamiz. Yuqoridagi masalalarda ham shunga amal qilingan.

Shokirbek
07-15-2006, 10:00 AM
Buning oxiri qayerga borib tugar ekan? Ming yildan oshiq vaqt arab harfida yozib keldik, hech qanday muammo yo'q edi, balki o'sha paytdagi avomlar hozirgi ziyolilardan tuzukroq saviyaga ega edi (o'zbekcha so'zlarning qaysisi forscha, qaysisi arabcha ekanini ko'pchilik avom xalq ham bilar edi), inqilobdan keyin lotinga o'zgartirishdi majburlab, sal o'tmay krillga o'tdik, shu holda 70 yilcha yashadik, so'ngra yana majburiy suratda lotinga o'tdik, mana sal o'tmay yana krillga o'tish masalasi ko'tarilibdi. Bu ne ko'rgilik?!

Ishqilib oxiri baxayr bo'lsin, menga qolsa modomiki ming yillik merosimizga qaytishga imkon berilmas ekan, o'sha krillda qolaverganimiz yuz karra ma'qul edi. Harflari lotin bo'lmagan (yapon, rus, koreys, arab va h.k.)lar ham taraqqiyotiga o'z harflari to'sqinlik qilayotgani yo'q, tag'in ba'zilar: ilm-fan, texnika taraqqiyotiga o'tish uchun lotinda qolishimiz kerak, deb kekirdaklarini cho'zib yurishmasin. :cool:

UzLand
07-15-2006, 12:03 PM
Harflari lotin bo'lmagan (yapon, rus, koreys, arab va h.k.)lar ham taraqqiyotiga o'z harflari to'sqinlik qilayotgani yo'q, tag'in ba'zilar: ilm-fan, texnika taraqqiyotiga o'tish uchun lotinda qolishimiz kerak, deb kekirdaklarini cho'zib yurishmasin. :cool:

Мана шу аргументингизга "5" кетдим, лекин!

Angeleyes
07-15-2006, 03:34 PM
YA toje predpochitayu kirillitsu, bolee udobney chitat'. Ne mogu chtitat' knigi na latinitse, t.e. na latinitse voobshe ne chitayu.

Hopeful
07-15-2006, 03:38 PM
Millatning qaysi imlodan foydalanishi uning taraqqiyotiga uncha katta ta'sir qilmaydi. Lekin, nomutanosiblik va nostabillik juda katta ta'sir qiladi.
Mening fikrimcha, yana kirilga qaytish bu beburdlik boladi. Chunki bu qaytish halq manfaatini o'ylab qilingan pragmatik qaror emas, balki ba'zilarning emosiasiga asoslangan qarori bo'ladi. Kim kafolat beradi ertaga Rossia bilan yana teskari bo'lib qolsak, yuqoridagilarning yana lotinga qaytishni istab qolmasligiga. Buning ustiga kirildagi kitoblarning asosiy qismi yo'q qilib bo'lindi, qolganlari ham manaviy jihatdan eskirib bo'ldi.
Keyingi 10-12 yil davomida lotin imlosida ta'lim olganlar nafaqat savodsiz bo'lib qoladi, ularning bu hukumatga (balki bu mamlakatga) bo'lgan ishonchi butunlay yo'qqa chiqadi. Ularning roli O'zbekistonning kelajagi uchun siz bilan biznikidan ancha muhimroq.
Shaxsan men uchun kiril imlosi lotin imlosidan ko'ra osonroq. Lekin, yana kirilga qaytish g'irt axmoqona ish bo'lishiga aminman.
Bu gaplar oddiy mish-mishlar emasga o'xshaydi. Bu yo'nalishda ertaga targ'ibotu-tashviqot qilishga shay bo'lib turgan yozuvchi va jurnalistlar biroz masuliyatli bolishsa millat kelajagi uchun yahshi bo'lardi.

Frida
07-15-2006, 04:36 PM
Millatning qaysi imlodan foydalanishi uning taraqqiyotiga uncha katta ta'sir qilmaydi. Lekin, nomutanosiblik va nostabillik juda katta ta'sir qiladi.
Mening fikrimcha, yana kirilga qaytish bu beburdlik boladi. Chunki bu qaytish halq manfaatini o'ylab qilingan pragmatik qaror emas, balki ba'zilarning emosiaga asoslangan qarori bo'ladi. Kim kafolat beradi ertaga Rossia bilan yana teskari bo'lib qolsak, yuqoridagilarning yana lotinga qaytishni istab qolmasligiga. Buning ustiga kirildagi kitoblarning asosiy qismi yo'q qilib bo'lindi, qolganlari ham manaviy jihatdan eskirib bo'ldi.
Keyingi 10-12 yil davomida lotin imlosida ta'lim olganlar nafaqat savodsiz bo'lib qoladi, ularning bu hukumatga (balki bu mamlakatga) bo'lgan ishonchi butunlay yo'qqa chiqadi. Ularning roli O'zbekistonning kelajagi uchun siz bilan biznikidan ancha muhimroq.
Shaxsan men uchun kiril imlosi lotin imlosidan ko'ra osonroq. Lekin, yana kirilga qaytish g'irt axmoqona ish bo'lishiga aminman.
Bu gaplar oddiy mish-mishlar emasga o'xshaydi. Bu yo'nalishda ertaga targ'ibotu-tashviqot qilishga shay bo'lib turgan yozuvchi va jurnalistlar biroz masuliyatli bolishsa millat kelajagi uchun yahshi bo'lardi.
Gaplaringizda jon bor. Mana bu statistikaga bir qarab ko'ring:
Age structure in Uzbekistan: 0-14 years: 32.9% (male 4,572,721/female 4,403,405)
15-64 years: 62.3% (male 8,420,174/female 8,594,478)
65 years and over: 4.8% (male 539,336/female 777,020) (2006 est.)
Demak, 26 millionda 33-34% 8.5-9 million odam bo'ladi. Agar kirilga o'tiladigan bo'lsa shuncha odam savodsiz bo'lib qolar ekanda.
Kitoblar haqida yozgan fikrlaringizga qo'shilaman, va yana aytmoqchi bo'lganim shu 10-15 yil ichida Lotinda ham ancha kitoblar chop etib qo'yishdi, shundan maktab programmasiga asoslab yozilganlari 100% tashkil qilsa kerak. Bir yil avval uyga borganimda O'tgan kunlar, Mehrobdan chayon, va boshqa boshqa kitoblarni "Sharq" tomonidan Lotinga o'tkazib nashr qilinganini ko'rdim.

Jurnalistlar haqida aytganingizga uncha ishonmayman. Menimcha ular faqatgina tepadan kelgan fikrga hech qachon qarshi chiqmaydilar. Agar shundoq buyruq kelsa, birinchilardan bo'lib "Xalq so'zining" jonkuyar jurnalistlaridan Nabijon Sobir yoki Shuhrat Jabborov deganlarimiye, yaxshigina qilib, xuddi bir hayot-najot mavzusini yoritayotgandek qilib uzundan uzoq maqola yozib chiqadilar. Shundan keyin kim ham ularning fikriga qo'shilmas edi. :D

NozChik
07-15-2006, 05:14 PM
:) LoL
Pulni almashtirish bilan Alifboni almashtirish boshqa-boshqa narsa...
Pul almashtirish Iqtisodga zarar yetkazishi mumkin...
Alifboni almashtirish esa nafaqat Iqtisod, balki eng muhimlari, Ilm-Fan va Xalqning savodliligi darajasiga zarar yetkazadi...

Endi kirill alifbosiga qaytamiz, deb xarxasha qilmangizlar, rivojlanishni Lotinchada davom etkazamiz :)

Asadbek aka Gulla yashna mustaqil Uzbekistonimiz Lotin alifbosiga hamma yozuv va kuchalar nomlarini even tashkilot nomlari yozuvlarini Lotin alifbosiga utkazdi. Hamma narsa Lotin alifbosida bulishi kerak deb bir hil urislar ochgan tashkilotlar yopilib ketti:x. 2007 yilgacha hamma narsalar Lotin tilida bulishi kerak edi Davlat hujjatlari Lotin tiliga utkazildi, Kimmatli qogozlar, Aksiyalar utkazildi Pul ham shu jumlada utkazilishi kerak edi manimcha. Hamma Bumagul hechkimga keraksiz qogozchalarga shuncha etibor berildi Lekin davlat Ramzi Qogoz pullarimiz hali ham KIRIL alifbosida etibor bergan bulsangiz nimaga?:rolleyes:

Asadbek
07-15-2006, 05:57 PM
...
Hamma narsa Lotin alifbosida bulishi kerak deb bir hil urislar ochgan tashkilotlar yopilib ketti:x.

Hali bunaqasini eshitmagandim...
Aniq misollar keltira olasizmi?

NozChik
07-15-2006, 06:15 PM
"Anatoliy" degan tashkilot bulardi Samarqandda tamojennie deklarasiyalar qilardi. Bir dyadya Vitya degan odam Dadasini nomiga ochgan edi. Shu tashkilot yopishdi cunki u inson man Tashkilotimi viveskasini uzgartirmiman bu Dadam hayotliklarida ochilgan korhona. Shundaelikcha Tursin viveska deb shuncha iltimos qildi bumadi bir balo qilib yoptirishdi:? :(

Frida
07-15-2006, 06:52 PM

Menimcha, Lotin alifbosidan deb emas, nomi ruscha bo'lgani uchun har xil gaplar qilishgan bo'lsa kerak. Василий Lotinchada ham Vasiliy da hech narsa o'zgarmaydiku. :D

melo
07-15-2006, 09:19 PM
maybe they can change back to Arabic soon to complete the cycle.

From Arabic to Latin to Cyrilic to Latin to Cyrilic to Arabic! Ura!

NozChik
07-16-2006, 05:57 AM
Menimcha, Lotin alifbosidan deb emas, nomi ruscha bo'lgani uchun har xil gaplar qilishgan bo'lsa kerak. Василий Lotinchada ham Vasiliy da hech narsa o'zgarmaydiku. :D

Salom Prosto eto bilo delo prinsipa :) :(

anchio
07-16-2006, 05:59 AM
disadvantages of latin in uzb-n: first, there is no complete tranversion of some words into latin way, eg. tsirk, cirk, or sirk?; ayirish belgisi bulgan joyda "apostrophe" bilan kullanamiz, kerak joyda yuk (tagin bilmisan kaysi biri tugri yozilgan:D ); umuman, aholimiznign yaxshigina bir kismi hali bilmidi lotinchasini, uni yangi bir til deb hisoblidiganlar ham bor.

tarakkiyot, yoki boshka mamlakatlar uchun sucking up, etc bu bilan aralashmasligi kerak deb uyliman. gar aholi uchun kiril yaxshiysa, shuni urganishsin. nima keragi bor "bizdan 100-200 yil oldin odamlar ziyoli bulgan emish, va arabcha yozuv kullangan emish, ushani uchun biz arab yozuviga utishimiz kerak", yoki "hozirda rivojlangan davlatlar lotinchada yozivotti, biz ham shunda yozishimiz kerak" degan gaplarni.

Han
07-16-2006, 06:32 AM
qaysi alifboga o'tishi meni unchalik tashvishga solmaydigan bo'lib qoldi negadir...

chunki Kirilda ham avvalgi lotin alifbemizda ham va bugungi Lotin harflarimizda ham O'zbek tilining fonetikasiga to'gri kelmaydigan, xatto fors va rus talaffuziga monand harf birliklari qabul qilingan...

masalan tilimizda aslida qalin va ingichka o'qiladigan sakkizta unli va cho'zilib o'qiladigan bitta unli tovush bilan hammasi bo'lib 9 ta unli harf bo'lishi kerak....

biz baz'ilariga o'xshatvormoqchi boi'lganlar 6 ta qoldirishgan. bular ham yo ingichkamas yo qalinmasa hunasaga o'xshab tortgan tomonga qarab ketaveradi..
va mana shu unli tovushlarning noto'gr'i talaffuzi butun undosh tovushlarning qo'pol talaffuziga olib keladi...

Ya'ni unli tovushlarimizni o'z o'rniga qo'ymaguncha alifbedan alifbega sakrab o'mboloq otishlarning zarracha foydasi bo'lmaydi...

UzLand
07-16-2006, 07:43 AM
YA toje predpochitayu kirillitsu, bolee udobney chitat'. Ne mogu chtitat' knigi na latinitse, t.e. na latinitse voobshe ne chitayu.

...Я только пишу на латинице...:))))

Frida
07-16-2006, 08:13 AM
qaysi alifboga o'tishi meni unchalik tashvishga solmaydigan bo'lib qoldi negadir...

chunki Kirilda ham avvalgi lotin alifbemizda ham va bugungi Lotin harflarimizda ham O'zbek tilining fonetikasiga to'gri kelmaydigan, xatto fors va rus talaffuziga monand harf birliklari qabul qilingan...

masalan tilimizda aslida qalin va ingichka o'qiladigan sakkizta unli va cho'zilib o'qiladigan bitta unli tovush bilan hammasi bo'lib 9 ta unli harf bo'lishi kerak....

biz baz'ilariga o'xshatvormoqchi boi'lganlar 6 ta qoldirishgan. bular ham yo ingichkamas yo qalinmasa hunasaga o'xshab tortgan tomonga qarab ketaveradi..
va mana shu unli tovushlarning noto'gr'i talaffuzi butun undosh tovushlarning qo'pol talaffuziga olib keladi...

Ya'ni unli tovushlarimizni o'z o'rniga qo'ymaguncha alifbedan alifbega sakrab o'mboloq otishlarning zarracha foydasi bo'lmaydi...
Men ham yuqorida fonetika deganda, va unlilar singormonismi deganda shuni nazarda tutgan edim. 'a' harfining o'zi har xil joyda har xil talaffuz etiladi, lekin yozuvda hammasi bir xil. Shu ahvol boshqa unlilarga ham tegishli. 6 unli fors/tojik alifbosiga va tiliga munosib, Turkiy tillarda unlilarning o'z o'rni va qoidalari bor. Buni afsus hech kim yaxshilab hisobga ham olmagan. Yana ba'zi tarixiy adabiyotlarda, 19 asr boshlarida Panturkism oqimi Paniraniydan usturoq turgan deyishadi, ammo Uzbek tiliga qarasangiz buning asoratini umuman ko'rmaysiz. (IMHO, might be wrong, just a thought). Xatto Uyg'ur tilini o'qisangiz ba'zan havasingiz keladi, alifboda unlilarni ko'rsatish yo'llarini ko'rib.

Han
07-16-2006, 08:47 AM
juda to'g'ri
tilni chiroyli va muloyim qiladigan narsa unlilarning talaffuzida yashiringan...

Angeleyes
07-16-2006, 11:03 AM
...Я только пишу на латинице...:))))
vot imenno, potomu chto neznayu kak na kirillitsu perevesti, i jdu kogda je Uzland mne v etom pomojet!:D

W.I.Z.A.R.D
07-16-2006, 05:23 PM
Forumdoshlar nima deb uylaysizlar
1993-95 yillarda negadir maktabda arab alifbosi darsini utar edik
undan keyin esa lotin alifbosi endi yana kirillitsaga qaytish kerak ekan.
Bu uzi nima gap, sirkning huddi uzginasi emasmi ?
Ahir faqatgina oddiy maktab uquvchilari uchun lotin alifbosida
qanchadan qancha darsliklar tayyorlandi , lotin alifbosiga utish uchun davlat byudjetidan qancha mablag ketdi
Endi nima keragi bor ekan yana kirill alifbosiga utishni?:rolleyes:
nima davlat byudjetida mablag ortiqchalik qilayaptimi?:rolleyes:
Yoki qiladigan boshqa ish qolmadimi?:rolleyes: LOL

FREDY.

Mo'jiza
07-16-2006, 11:55 PM
Forumdoshlar nima deb uylaysizlar
1993-95 yillarda negadir maktabda arab alifbosi darsini utar edik
undan keyin esa lotin alifbosi endi yana kirillitsaga qaytish kerak ekan.

Siz aytganingiz "Eski O'zbek Yozuvi" darsi emasmidi? Bu darsni nafaqat majtabda balki Universitetda ham bir semestr davomida o'tgandik.

WWQF6Y
07-18-2006, 05:14 PM
Я тут вспомнил!
в 1999-2000 году я практику в поликлинике проходил.
И тут прошел указ о латинском языке и все такое.
Гл врач распорядился изменить вывеску и надписи.
Приходит он утром на работу и видит список врачей, на латинитце
1- terapevt
2-xirurg
3-ginekolog,
4-sexterapevt (!???)
он чуть со стула не упал. как оказалось из-за неимения в новом Узбекском алфавите буквы Ц, слово цеховой терапевт - выглядело sexdagi terpevt/

вот такие курьезы
Прошлым летом на троллейбусах что-такое сладкое тоже рекламировали. Название было Сехрли диёр что-ли. И на латинице Sexrli... должно было быть написано. А над буквой r тролейбусный шнур висел, закрывал. Осталась надпись Сексли диёр. Я как увидел, чуть ли не упал.