PDA

View Full Version : First Step To The Solution (theory 1)


Rimlyan
07-15-2006, 08:19 AM
Dostlar
Bu yer da davlatimiz yuksalishi uchun muhin deb bilgan bazi bir fikrlaarim bor agar oz vaktingizni ayirib
okib koshimcha va kritikalaringizni yozsangiz JUDA HURSAND BOLAMAN.

chunki bu bir uzbek stereotipi va yillar mobaynda bizda formirovat bolgan mentalitett (yani: tezrok uylan, farzand kor). Farzabd korish yahshi uuylanish bu musulmon uchun sunnat. Lekin bizning muammomiz bu narsalarni tuban tshunmasligimizdan kelib chikadi, yani bazi bir jihatdan bizning hozirgi ahvlimiz (davlatimiz) butun infrastrukturasidagi problemalarning boisi ha shu yani:
1. Oila: uzbek stereotipi va yillar mobaynda bizda formirovat bolgan mentalitett (yani: tezrok uylan,
farzand kor)Singlimizni aytganidek tez uylanib odam nima topadi? nima yokotadi?
Menimcha tez uylanishdan foydadan kora zarar koprok, yani yoshla holi hayotda
hech nardani kormay turib oila kurishadi va bir muddat songra bolali bolishadi
bu manimcha olganni ustiga tepgandek chunki hayotda tacribasi bolmagan yoshlar
oila kurishadi, nahot bilishmaydi ki bolalari ularni korib ulardan tarbiya olishadi?
1.2 FARZAND: dostlar bu punkt sizlarga havola ;)
2. Kitob okish: Menimcha bu punktni korib hamma kulsa kerak :). ammo menimcha kitob
okish odamlarda harakter va sabr uygotadi (Fakt: Yaponlarda hatto Oyokda turib kitob
okishni bildiradigan kalima ham bor ekan ;) ). Manimhca har bir ota ona 1 kunda hech
bolmasa oz bolasi oldida 0.5 soat kitob okishi keerak, agar hech ham sabri bolmasa okishga
kitobga karab tursin yarim soat, bola muhaqqat korsin ota obnasidan kitob okishni

3. Ayollarimiz :Bu punkt ham biroz kulgili eshitiladi. Chunki har bir millatning yuksalishiga aynan
u millatning ayollari sababchidir. Yani hoh erkak hoh ayol bolsin birinchi muallimi volidai
muhtaramasi boladi. Endi biz masalamizga kaytaylik, agar ayol, oilaning ustuni, erning suyanchigi,
oz vazifasi yeriga keltirmasa. Bolasiga dinini orgatmasa, orgatib ham kolmasdan, korsatmasa yani
dinini yashamasa u millat kasotga muharrardir
4. Din: Bu eng ohirgi punkt va eng asosiy punkt. chunki hamma degan narsalarim bu punkt ustida kuriladi
Masalan dinimizni preletrlaridan bir misol

Agar erkak kishi uylanib, uyidagi ayolini boqolmasa yani boshka birilariga muhtoj kilaydigan bolsa
bu u uchun uylanish harom, yana agar uylansa oila azolarini ham bokishga kurbi yetsayu ularga dinini
orgatish kurbi bolmasa bu u uchun makruh. itd itp.
Manimcha maktablarda Din darsi kbolishi shart oshanda hamma islomni terror emas balkim ezgulik ekanligini
anglaydi.
P.S: Yana biz davlat bolib yuksalishimiz uchun yaponlar bosib otgan yollarni bazilarini bosib otishimiz kerak
va har kanday ham bolmasin oddiy odamlar davlatga hurmat va sevgisi bolmasa har kanday ham kilaylik foydasiz.
Men davlatimiz politikasini podderjivat kilmayman osobenno andijonndan kegin, Soglasites:
KANDAY HALK, OSHANDAY DAVLAT BOSHKARUVCHISI. Biz manimcha loik davlatini oylaydigan presidentga loik emasmiz osha uchun ham oshanday presidentimiz YOK.
Dostlar bu yozganlarim kaminaning fikridir holos
har kanday kritika uchun ochikman,keling davlatimiz (TURKISTON BIR TEATR VA SENARIYANI AMERIKA, UK, ISRAEL... YOZADI) BIR KOGIRCHOK BOLMASIN bu ylda hammamiz oz bolsa ham hizmatimizni koshaylik
tomchi -tomchi dengiz boladi :)

WWQF6Y
07-18-2006, 05:35 PM
Bu albatta juda muhim masala. Hozir shunaqa paytki, din, oila, farzandlarga endi shaklnayotgan yzngicha munosabatimiz mamlakatimizning uzoq muddati davomidagi rivojlanishiga chuqur ta'sir etadi.

Manimcha, umumiy dunyoqarashimizni ifoda etuvchi davlat va davlatga yaqin idoralari bu masalalargu befarq qaraydi. Natijada manaviy vaquum paydo bolmoqda. Bir tarafdan, tepadagilar, ma'naviyat va din muhimligi to`g`risida kotta-kotta gaplarni aytib, uzlarining shahsiy hayotlarini umuman boshqacha kechirishadi. Keyin oddiy odamlar mullo aytganini emas, qilganini qilishsa, hamma joy bardak, obnal, o`g`irlik.

Men siz aytgan mavzularga yana bitta mavsu qushmoqchiman--o`g`irlik. O`g`rilarga halqning munosabati kanaka? Mana, xar hil sxemalar orqali havodan foyda qiluvchilarga nisbatan munosabatingiz qanaqa? Endi, albatta, oddiy odamning ohirgi pulini o`girlagan nomard, ammo konkret bir odamdan emas, balki katta tashkilotda egallab turgan lavozimni sui istemol qilishchi? Eto uzhe v poryadke veshey--sistema takaya.

munisa
08-01-2006, 01:40 AM
Rimlyan, Sizga shu narsalar haqida o'ylanib, bosh qotirib, mulohaza qilib vaqt ketkazib yozgan fikrlariz uchun MANY THANKS.

Hozir sal vaqtim kamro, keyinroq balki inshalloh yozaman. Bu haqda men ham kooooooooo'p bosh qotirgandim, nasib qilsa, o'lmasam bir kitob ham yozmoqchiman.

"""KANDAY HALK, OSHANDAY DAVLAT BOSHKARUVCHISI.""" Aha, qavmiga qarab mullasi deganday, chindan loyiq emas ekanmiz :( Men ham kitobimda aynan shu fikr atrofida aylanib yurib mulohaza qilmoqchi edim.

To be continued...

infolife
08-01-2006, 06:47 AM
dawlatni, millatni qaysi tarafga ketishi, oldinga va yoki orqaga kop jihatdan shu dawlat boshlig'iga bog'liq. Hamma ozgarishlarni amalga oshirishni yangi rahbar qoyishdan boshlash kere

Khilafa...albatta....va Allohdan qo'rquvchi rahbarlik qobiliyatiga ega bolgan bir solih muminni boshliq qib qoyardim(meni qolimda bosa)

Qolgan Hamma o'zgarishlar sekin-sekin Shariah boyicha qilinaveradi

The most developed country would be the one where the laws of Allah stwa established and obeyed properly.

munisa
08-03-2006, 01:13 AM
[QUOTE=infolife]dawlatni, millatni qaysi tarafga ketishi, oldinga va yoki orqaga kop jihatdan shu dawlat boshlig'iga bog'liq.

Ojiz fikrimcha, yana ham ko'proq jihatdan o'sha millatni o'ziga bog'liq. Shuningdek, davlat ni tashkil qiladigan subyektlar bu odamlar, demak BIZ=davlat, hukumat.


Khilafa...albatta....

Bu nozik masalaning mohiyatini hozircha bilmayman. Ko'p o'qib o'rganishim lozim. Inshalloh, niyyat bor, nasib bo'lsa ko'proq bilib olaman. Halifalik davrlaridagi holatlarni, hayotni to'laligicha o'rganmaganman, Shariat qonunlarining barini bilmayman, Umuman, aynan hozirgi vaqtga kelib ham har bir musulmon halifalik o'rnatilgan davlatda yashashni orzu qilishi shartmi, buning uchun kurashishi lozimmi, buni ham bilmayman :? . Islom aslida bu haqida nima deydi,,,ulamodan so'rab, o'rganib bilishim zarur bo'lgan masalalardan biri.

LEKIN!!! , jamiyatimiz, atrofimizdagi odamlar kundan kun g'iybatchi, bir birlariga bemehr, bag'ritosh, o'z foydasinigina ko'zlaydigan, ayyor, yolg'onchi, poraho'r, laganbardor, bevafo, zolim, va yana balo battar bo'lib ketishyotganini bilaman.

US.dan o'qib qaytganimda institutimdagi bir domla so'ragandi "Ho'sh, Amerikada nima gaplar, hayot qanday" deb. Shunda javob bergandim "Domla, hayot,,,,nisbatan yashash oson,,ularni oyliklari ko'pda.....". U bo'lsa,,"Eh qizima, bu yerda shunday domlalar bor, oyligini $1000 qilib qoy'gin, shunda ham 'uyimga shu computerni o'marib ketsam daromadim 1000 emas, hech yo' 1100 bo'ladi' deydi". Ko'p o'ylanganman, naqadar haqiqat gap aytgandi!!!


Hamma ozgarishlarni amalga oshirishni yangi rahbar qoyishdan boshlash kere

Ungacha o'zimiz harakat qib tursakchi??? Rimlyan aytganday, the real step bo'lgan bo'lardi.

Sizga bir ikki misollar keltirishga harakat qilaman:

Damas avtomashinasida, marshrutkada ko'p yurgan bo'lsangiz kerak. Bittasi tushib ketyotib eshikni lang ochib qo'yib tushib ketadi. Ikkinchisi 'qo'lin sinsin, aptobusda tug'ilganmisan' deb orqasidan qarg'ab qoladi :shock: .

Bozorda birortasiga behos turtinib keting, KO'ZIN BORMI?! degan do'q eshitasiz. Anjanda skoree vsego 'iplos' degan siylov olasiz :shock: .

Ayol kishi islomiy kiyimda ketyabdi. Chala savod qo'shnim o'rqasidan "ha o'ranganingga yarasha, tovonlaringni ham berkitmesanmi, o'zicha endi hijobli, shuning uchun man o'ranmimande, bu ishni qilgandan keyin ohirigacha qilish kere" deb qoladi :shock:

Yoki biror 'otincha' ayolni og'zidan g'iybat eshitib hayron ham bo'lmay ketdik :shock:


Boshizga bir kulfat tushib g'am ko'ringa, ertaga VES' shahar bundan ogoh bo'ladi. "Ajab bo'pti" deydiganlar topiladi :shock: .

Hullas, SHOCk, SHOCK, SHOCK and SHOCK!!!

VA "PRICHYOM TUT DAVLAT RAHBARI, uning nima aloqasi bor bizdagi qusurlarga?" Birovni og'zidan tutib aroq ichirib qo'ygani yo'q, to'yingda mambuncha harajat qilib sep yoymasen zags.dan o'tmaysan ili je nikoh o'qitsang qamalasan deyotgani yo'q, 40, 50, 20, yil marosimlari o'tmasa grajdanstvodan mahrum bo'lasan, bir birlaringga g'azabingni sochib turmasang soliqni ko'pro to'lesan degani yo'q itd itp.

Tog'ri, kimdir aytishi mumkin, odam qorni to'q bo'lsa mehribonroq bo'ladi deb.

YO'Q, NO WAY it should be our excuse!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

Bundan tashqari, Alhamdulillah, bizzi qo'limizdan Qur'onni, joynamozlarimizi, Islomiy kitoblarni, manbalarni tortib olishgani yo'q hali, kak eto sluchalos' ran'she s nashimi predkami.

Odamlar qo'lini cho'zib qadam tashlasagina bo'ldi - Manba, Islomning go'zal tarbiyasi ular uchun tayyor turibdi, kim istasa bahra olaversin deb.

Halifalik shu narsalarni, tarbiyani majburan o'tkazib, o'rnatib, jamiyatni to'g'irlaydi deyishingiz mumkin. BALKI, I don't know. Lekin aytganimday aniq bilamanki, boshliqqa, o'rnatilgan sistemaga bog'liq bo'lmagan, biz ayni paytda o'zimiz to'g'irlay oladigan va to'g'irlashimiz lozim bo'lgan masalalar qalashib yotibdi.

Agar bizgacha Islomiy manbalar yetib kelmaganda, hozirda ega bo'lgan hurriyatimiz bo'lmaganda, domullolar, masjidlar, jum'a namozlari bo'lmaganda balki bunchali hafa bo'lmasdim. HAMMASI bor, lekin har birimiz o'zimizcha to'g'rimiz, qaysarmiz, o'zgarishga quntimiz, hohishimiz yo'q :( To'g'ri, ba'zi bir kamchiliklar, ba'zi bir din borasida erishishimiz mumkin bo'lgan, yuksaltirishimiz mumkin bo'lgan jihatlar ko'p. Lekin biz boriga shukr qilmayabmiz. Boridan bahra olmayabmiz. Ba'zi bir Islomdan behabar bo'lgan ateistlar, shunday insonlar yashaydigan davlatlar gullab yashnayotganini, ular o'zaro bizdan mehribonroq ekanligini ko'rish bundan battar hafa qiladi :(

Ko'p gapiraverishimiz mumkin "Anarhiya bo'lganda, Monarhiya bo'lganda, Halifat bo'lganda, Kapitalizm bo'lganda, Kommunizm bo'lganda" deya,,,lekin HOZIRgi hayotmiz aniqku,,,Balki hech qachon o'zgarmas ham,,balki yahshi bo'lar, balki battar bo'lar.

Allohni bergan kuni, sinovi, mehr muruvvati. Shukr qilaylik, sabr qilaylik, o'zimizni isloh qilaylik. Qaysi yo'l bilan? O'zimiz amal qilib, o'rnak bo'lib, amri ma'ruf nahiy munkar orqali, yaqinlarimizga ilmli dav'atlar orqali, mehr bilan, muhabbat bilan....

Alloh bilguvchiroq,,barchamizni O'zi suygan bandalari qatori qilsin. Ameen.

munisa
08-03-2006, 01:24 AM
one more comment:

Dadam o'qituvchi bo'lib KPSS a'zoligidan o'tgan paytlari Ayam bilan nikoh o'qitishgan kuni ertasiga kottakon zalda majlisda tik turg'izib qo'yib so'roq qilingan ekan. "Nima uchun nikoh o'qitdingiz, uyat emasmi" deya. Dadamni aytishicha, yarim chin, yarim hazil qilib "Ho'p, keyingisiga e'tiborga olib qo'yamiz" deb qutulgan ekan, zaldagilarda iliq tabassum qoldirib. Eslasam jirkanib ketaman.

Hozir esa, ko'p eshitganman, mahbuslar bilan Alloh yo'lida turmush qurmoqchi bo'lgan muslimalarga qamoq sharoitida ham nikoh o'qitilishiga imkon bor ekan. Naqadar go'zal va ming bora shukr qilsa arzigulik holat.

munisa
08-03-2006, 01:46 AM
Hanning chiroyli bir postida aytilgan ekan:


....bularni hammasi TAKABBURLIGIMIZDA, haddimizni bilmasligimizdan...
CHUNKI,

KIBRLANGAN kimsa xalq nazdida ham, Haq nazdida ham xor va razil bo'ladi..(o'zbeklarga o'xshab)

http://forum.arbuz.com/showthread.php?p=474289

Agree.

infolife
08-04-2006, 03:00 AM
Munisa gaplarizga 99% qo'shilaman

Lekin oylab koring(hoz ishdaman, vaqtim juda kam), 30 ham yetmay turib yoshlarimizning eng oldi solih Allohdan qo'rquvchi yigitlari qamoqlarga tiqilsa shu dawlatni rahbari va siyosati tufayli, bolalar yetim ayollar zo'rlansa
Bilasmi 99 yildan beri siyosiy mahbuslar soni necha 1000taga oshganini?

Ularni soni hozir 60000ga yetgan, bu hazilakamsonmas

Shu insonlar jamiyatda qanchadan qancha hayrli amallarni oshirilishiga sabab bolishi mumkin edi, qancha solih farzandlar dunyoga kelardi ulardan, yana necha kishini Hidoyat berilishini sababchisi bolishi mumkin edi

Ahir, siz aytgan illatlardan uzoq yuruvchi, jamiyatni eng yahshi insonlari, muslim muslimalari shu davlat boshlig'ini qonho'r siyosati tufayli ho'rlansa, zorlansa yo'q qilinsa, qanday qilib oldiga siljish boladi?

bu 2si bir-biriga uzviy bog'liq masala. Rahbar hech narsa hal qilomeydi odamlar o'zlari hohlamasa
Odamlar hech narsa qilomeydi iron hands regime bolsa

Undan keyin BIZ-HUKUMAT, BIZ-DAWLAT degan gaplariz huddi osmondagi havoyi gaplarga oshab qopti, hozir Uzbda halq hich kim, tarqoq poda.

AYtsa, halifalik davrida Ayniqsa rightly guided khalifs davrida, dastlabki yillarda adolatli toza jamiyat bogan

Men ham faqat Payg'ambarimiz o'zlari boshqargan va Umar RA boshqargan yillari tog'risida o'qiganman holos(uyam juda oz).

Umar RAning RUmoda yilida chekkan azoblari, hich qaysi rahbar(Payg'ambarimiz SAWdan keyin albatta) shunchalik g'am chekmagan bolsa kerak halqim deb

Allohning qonunlari qo'llangan dawlatda qiyinchilikmi, ocharchilikmi, hursandchilik va to'qchilikmi insonlar doim g'olib inshaAllah

munisa
08-04-2006, 03:46 AM
Men ham gaplarizga 99% qo'shilaman ;)

Shu lekini borda. Siz aytayotgan faktlar haqida 2001 yili habardor bo'lib bo'lganman. Otamiz aytadiganday 'kerak bo'lsa' o'sha siz nazarda tutyotgan zulmlar haqida o'qib dod deb yig'laganman!!! She'rlar yozvorganman,,,,,,Hozirgacha shunday,,,,,Hozirgacha hech kim, na siz na men buni o'zgartiroldik. Allohni irodasi ekan, sinovi ekan, mehribonchiligi ekan, shunday bo'lgandan keyin taqdirga tan berish kerak. O'sha insonlar yo'q ekan, yana qaytaraman, manbalar serob, o'shanday insonlar hali ham ozodlikda serob, ulardan ziyodalari bor hatto. Bu bizga bahona bo'lmasligi kerak.


Undan keyin BIZ-HUKUMAT, BIZ-DAWLAT degan gaplariz huddi osmondagi havoyi gaplarga oshab qopti, hozir Uzbda halq hich kim, tarqoq poda.

"Davlat, hukumat, zolim poshsho, rahbarlarde hamma yo'qqa aybdor deyaermasdan, o'sha davlatni tashkil qiladigan, yashayotganlar bizku" deylik, o'zimizga chetdan qaraylik degan ma'noda aytgandim. A tak halq qanday kun kechiryotganini ham juda yahshi bilaman.

Rahmat mulohazalar uchun. Shu halifalik davlaridagi hayotni o'rganishni birga boshlasak bo'larkan :) Inshalloh, nasib. Alloh nasib qilsin bilimlarimiz ko'payib, bilganlarimizga amal qilishligimizni. Ameen.