PDA

View Full Version : Ask And Get Answer Here


FREEMAN
07-19-2006, 12:06 PM
Questions:

1) Toy Kuni Kelin Bokira Chiqmasa Islomga Kora Qanday Amal Qilinadi?

2) Kunimizda Zino Qilgan Insonga Nima Qilinadi?

riy2006
07-19-2006, 12:29 PM
[quote=FREEMAN]Questions:

1) Toy Kuni Kelin Bokira Chiqmasa Islomga Kora Qanday Amal Qilinadi?


Ну наверное будет обидно!

Хотя согласно науке, есть процент девушек рожденных без девственной плевы. Или она может иметь довольно разные степени развития и совершенно не кровить в первую брачную ночь.

:D Ну я думаю таких лохов верющих что можно прокатится на велосипеде и потерять ее нет!!!:lol:

sita
07-31-2006, 07:20 AM
Questions:

1) Toy Kuni Kelin Bokira Chiqmasa Islomga Kora Qanday Amal Qilinadi?



1-agar bola iymonli bo'lsa , va qiz ham tovba qilib hidoyatga kirgan bo'lsa buni hech qanday ahamiyati bo'lmaydi ,
Musulmon birodarga bu narsa vajniy mas... bo'lajak kelin tug'adigan bo'lishi lozim , chunki Rasulullah s .a.v faqat: Tug'maydigan va qari bo'lgan ayollarga uylanmanglar deganlar ,,

2) Kunimizda Zino Qilgan Insonga Nima Qilinadi?


Zino. (Fohishabozlik).
2- Zinokorlar ohiratda azoblanishi haqida :
“Biz (katta) tandirga o’hshagan narsani oldiga keldik. Uning ichidan baqiriq, qiyqiriq ovozlar (eshtilar edi). “U kishi (Payg’ambar) -u kishiga Alohning salovoti va salomi bo’lsin- yana so’zlarini davom ettirib aytdilarki: “O’sha (tandir)ni ustiga ko’tarildik, o’shanda uning ichida yalang’och erkaklar va ayollar bor edi. Ularga o’zlarining ostilaridan bir gulhan, olov kelib tegardi. Qachon ki o’hsa olov-gulhan ularga yetganda baqirib qichqira boshladilar…o’shalar zinokorlardir”, deydilar. Yana boshqa An-Nisaiyning sahih rivoyatlarida: “…keyin yura boshlab, qachonki bir qavmga yetgan edik, ular eng kuchli semizlik bilan semirib ketgan (ya’ni judayam semiz), shu bilan birga juda ham bir sassiq hidi o’zlaridan chiqarib turardilar. Men: Kim ular? deb so’radim. U (Jabroil): bular zinokor erkak va ayollar, dedi”
- Al-Hafiz ibn Hajar aytdilari: Ularning (zinokorlarning) yalang’och (azoblanishi) ochib tashlash, haqiqatni ro’yobga chiqrishlikdir. Chunki ularning (dunyodagi) odatlari bo’yicha hilvatda berkinib olishardi. (Mana shuning uchun) ular qattiq uyat bilan azoblanadilar. Ammo azobni (olov-gulhanni) ostilaridan kelishligini hikmati. Ularning o’sha ostki a’zolari bilan jinoyat qilganliklaridir.

Turmush qurgan ...Zino qilgan er yoki hotinni tosh bo'ron qilish kerak ... yan'i o'ldirilishi kerak ...bu shariat qonuni boyicha shunday ... agar tosh bo'ron qilinmasa shu azobni ohiratda barbir oladi !!! Ohiratda azoblanmagay degan banda bu jazono hozirgi hayotda oladi !!!
Zino bu kata gunoh , chunki o'sha zino qilgan er yo'ki ayol butun musulmonlarga hiyonat qilgan kabidur!!!

Turmush qurmagan zinokor esa ,aniq bilmayman lekin ularni yoki 40 -yoki 100 kamchin urulishi kerak ,,, va o'sha zinokor qattiq tovba qilishi kerak va bu gunohga qaytmashi kerak !!!

noodles
07-31-2006, 07:29 AM
chunki Rasulullah s .a.v faqat: Tug'maydigan va qari bo'lgan ayollarga uylanmanglar deganlar ,,

nimaga? nima ula yerdan chiqqan qoziqorinmi?

sita
07-31-2006, 05:06 PM
nimaga? nima ula yerdan chiqqan qoziqorinmi?
chunki Rasulullah s .a.v : meni ummatim kopaysin ...Qiyomat kuni ummatim ko'pligidan fahrlanaman deganlar ....
Кампирга ва туғмас хотинга уйланманглар, чунки мен охиратда умматлар орасида сизларнинг кўплигингиз билан фахрланаман ...
farzandi bo'lmasa ayol sabr va ibodatda duo qilib Allahdan so'rashi kerak ... bu Allah unga bergan bir ne'mati ..chunki buniqa ayol o'z ajrga ega bo'ladi Jannatda inshallah ...
ikkinchidan bu Rasulullah s a vni buyurganlari .. va biz «Эшитдик ва итоат этдик. Парвардигоро, гунохларимизни магфират килишингни сўраймиз. Ва факат ўзингга кайтажакмиз» (Бакара сураси, 285-оят).

Abu Hurayra
07-31-2006, 05:24 PM
sita: Tug'adigan ayollarga uylaniglar degan Ma'nodagi sahih hadislar bor,
lekin tug'maydiganlarga uylanmanglar degan gapga birorta hujjatingiz bormi?
Hadis bo'lsa qaysi hadis, sahihmi? qaysi Muhaddisning to'plamlarida kelgan ?
nimaga? nima ula yerdan chiqqan qoziqorinmi? Ularga ham uylaniladi,
Avvalambor, kishi uylanayatganda ayoli tug'ish qobiliyatiga egami yo'qmi bilmaydi, vaqt o'tishi bilan bunga saba ayolning jismoniy nuqsoni, yoki kasalligi bo'sa (Bunday holda, odatda o'zbek oilalar ajraladi, juda kam holatlarda bola asrab oladi), Birinchi xotinidan ajralmay turib,Ikkinchi hotinga uylanishi mumkin. Islomda Ehtiyojiga qarab, Xotinlarini o'rtasida adolatli munosabat(moddiy, hissiy,va boshqa) qura olishiga qarab 4 tagacha ayolga uylanish mumkin (Bu gapni iltimos Islomga amal qilmay turgan bo'lasangiz cho'zib o'tirmang, bu haqda forum uzda ham aaancha fikrlar bildirilgan).

salomat bo'linglar,

sita: shaxsiyatingizga olmang, Islomda Hujjat bilan gapirishga o'rganaylik ;)

aawwb

~Atirgul~
07-31-2006, 05:42 PM
chunki Rasulullah s .a.v : meni ummatim kopaysin ...Qiyomat kuni ummatim ko'pligidan fahrlanaman deganlar ....
Кампирга ва туғмас хотинга уйланманглар, чунки мен охиратда умматлар орасида сизларнинг кўплигингиз билан фахрланаман ...
farzandi bo'lmasa ayol sabr va ibodatda duo qilib Allahdan so'rashi kerak ... bu Allah unga bergan bir ne'mati ..chunki buniqa ayol o'z ajrga ega bo'ladi Jannatda inshallah ...
ikkinchidan bu Rasulullah s a vni buyurganlari .. va biz «Эшитдик ва итоат этдик. Парвардигоро, гунохларимизни магфират килишингни сўраймиз. Ва факат ўзингга кайтажакмиз» (Бакара сураси, 285-оят).

Men bir muslima ayolni taniyman shu ayol turmushga chiqanlaridan keyin ancha yillar davomida farzand tug'a olmaganla, har gal duolarida Allohdan farzand tilab surirdila, tanishlari ulaga Allohga shuncha ibodat qilasanu ammo Alloh senga farzand bermayaptiku deb etishar ekan. Farzand tug'ib bermaganiga qaramasdan erlari u kishi bilan ajrashmadi, ustiga 2 chi hotin ham omadi, eru hotin sabr qilb keyin bir farzand asrab olishdi, nihoyat yaqinda shu ayol homila bo'lganini eshitib qoldim, o'zimam juda suyundim.
Hulosa shuki agar farzand bo'lmasa endi bu hotin tug'mas ekan deb undan voz kechish menimcha mehirsizlik va egoistlik, agar farzand bo'lmasa uni asrab olish mumkinku, hech bo'lmasa 2 chi hotin olsa bo'ladiku. Agar musulmon erkaklar siz yozgan hadisga rioya qilishsa tug'mas ayollar endi umri ohirgacham yolg'iz qopketsinmi? siz yozgan hadis sahihmikin?

sita
08-01-2006, 03:02 AM
Men bir muslima ayolni taniyman shu ayol turmushga chiqanlaridan keyin ancha yillar davomida farzand tug'a olmaganla, har gal duolarida Allohdan farzand tilab surirdila, tanishlari ulaga Allohga shuncha ibodat qilasanu ammo Alloh senga farzand bermayaptiku deb etishar ekan. Farzand tug'ib bermaganiga qaramasdan erlari u kishi bilan ajrashmadi, ustiga 2 chi hotin ham omadi, eru hotin sabr qilb keyin bir farzand asrab olishdi, nihoyat yaqinda shu ayol homila bo'lganini eshitib qoldim, o'zimam juda suyundim.
Hulosa shuki agar farzand bo'lmasa endi bu hotin tug'mas ekan deb undan voz kechish menimcha mehirsizlik va egoistlik, agar farzand bo'lmasa uni asrab olish mumkinku, hech bo'lmasa 2 chi hotin olsa bo'ladiku. Agar musulmon erkaklar siz yozgan hadisga rioya qilishsa tug'mas ayollar endi umri ohirgacham yolg'iz qopketsinmi? siz yozgan hadis sahihmikin?

sita: Tug'adigan ayollarga uylaniglar degan Ma'nodagi sahih hadislar bor,
lekin tug'maydiganlarga uylanmanglar degan gapga birorta hujjatingiz bormi?
Hadis bo'lsa qaysi hadis, sahihmi? qaysi Muhaddisning to'plamlarida kelgan ?
Ularga ham uylaniladi,
Avvalambor, kishi uylanayatganda ayoli tug'ish qobiliyatiga egami yo'qmi bilmaydi, vaqt o'tishi bilan bunga saba ayolning jismoniy nuqsoni, yoki kasalligi bo'sa (Bunday holda, odatda o'zbek oilalar ajraladi, juda kam holatlarda bola asrab oladi), Birinchi xotinidan ajralmay turib,Ikkinchi hotinga uylanishi mumkin. Islomda Ehtiyojiga qarab, Xotinlarini o'rtasida adolatli munosabat(moddiy, hissiy,va boshqa) qura olishiga qarab 4 tagacha ayolga uylanish mumkin (Bu gapni iltimos Islomga amal qilmay turgan bo'lasangiz cho'zib o'tirmang, bu haqda forum uzda ham aaancha fikrlar bildirilgan).

salomat bo'linglar,

sita: shaxsiyatingizga olmang, Islomda Hujjat bilan gapirishga o'rganaylik ;)

aawwb

MSMY hazratlarining 91yilda chop etilgan MUHAMMAD PAYG'AMBAR QISSASI VA HADISLAR kitobidan olingan hadisbu !!! sahih hadislar to'plamidan alhamdulillah ... :rolleyes:

Abu Hurayra
08-01-2006, 03:56 AM
MSMY hazratlarining 91yilda chop etilgan MUHAMMAD PAYG'AMBAR QISSASI VA HADISLAR kitobidan olingan hadisbu !!! sahih hadislar to'plamidan alhamdulillah ... :rolleyes: MSMY juda katta olimlar,
lekin man bu hadisni xato yoki notugri demabman, iltimos notugri tushunmang,
Faqat Manbaasini so'radi, Masalan manda Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziyning to'plamlari bor. Yuqorida aytilgan ya'ni tug'mas xotinga uylanmaslik to'g'risida hadis deganizni qaysi sahih hadislar to'plamidan va uning ROviylari kimligini aytsangiz yetarli.
Chunki bir hadisni rivoyat qilishni qoidasi Uning birlamchi muallifini aytib o'tish kerak, yani kim rivoyat qilgan, qaysi Muhaddisning to'plamlarida kelgan, u hadis sahihmi, zayifmi, Hasanmi, Muttafaqun alayh mi bularni aytib o'tish kerak.

Allohga omonat bo'ling,
Alloh ilmizni oshirsin, ilmiga amal qiladiganlardan qilsin

aawwb

Hujjatlar:Qur'oni Karimda ayniqsa Ayollarga tegishli-Niso surasining 22-24 oyatlarda Alloh swt kimga uylanish ka yo'l yo'riq bergan, u yerda qari ayolga yoki tug'mas ayolga uylanmanglar degan joyi yo'q.

Mana bu yerda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning bu haqda hadis va oyatlarga asoslangan maqolalari bor:
http://www.islam.uz/oila/oila2.htm
lekin bu yerda ham faqat bu hadis bor:

Пайғамбар алайҳиссаломнинг яна бир ҳадисларида қуйидагилар айтилган: http://www.islam.uz/oila/2.JPG
Маъқал ибн Ясор розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Эрига муҳаббат қиладиган ва кўп туғадиган аёлга уйланинглар. Мен бошқа умматларга сизларнинг кўплигингизни кўз-кўз қилувчиман», дедилар».
Абу Довуд, Насаий ва ал-Ҳоким ривоят қилган.

Vector
08-01-2006, 04:39 PM
bitta savol bor manda, masalan deylik bir birodarimiz Livanda yoki Palestinda bovatgan voqealadan tasirlanib, bu kofirni tomogidan kesish kere, yoki shunga oxshash gaplani tasirlanib gapirsa, bu togrimi boladimi?
manimcha, kofir nima qilishidan qatii nazar, biz shu voqealani korib bunaqa gaplani gapirishimia keremas..fikrila?

Abu Hurayra
08-01-2006, 06:43 PM
bitta savol bor manda, masalan deylik bir birodarimiz Livanda yoki Palestinda bovatgan voqealadan tasirlanib, bu kofirni tomogidan kesish kere, yoki shunga oxshash gaplani tasirlanib gapirsa, bu togrimi boladimi?
manimcha, kofir nima qilishidan qatii nazar, biz shu voqealani korib bunaqa gaplani gapirishimia keremas..fikrila? Avvalam bor bunaqa birlikni yo'qolishicha barcha musulmonlarni qaysidir ma'noda o'zlarining ayblari bor. Musulmon ummati bir tan va bir jon bo'ladi odatda (Sahoba va Xulafoi Roshidiyna val Mahdiiyn hayotlariga bir qarang). Tananing bir qismi og'risa butun jon buni sezadi.
Hozirgi kunlarda esa bu Ummat shunchalik tarqalib ketdiki hatto qo'li kesilgan oyogi kesilgan bir tanaga yoki hatto bazi tana qismlar boshqa g'ayrimuslim tanaga qo'shilib ketdilar (murtad bo'ldilar).
Bugun Musulmon ummatining tanasi hamma yog'i yarali, jarohatlar bilan to'lgan. Lekin Islom haqiqiy hayotda tadb'ig' etilmasligi oqibatida bu tana shakl va nom jihatdan bir bo'lishidan qat'iy nazar hamdardlik yo'q.
Balkim shu birdamlik, yakka jamoa bo'lmaganligi sababli Olloh Musulmonlarning boshlariga shunday imtixonlarni yuborayapti (wallohu 'alam).
Endi chetda elda, boshqa ajnabiy o'lkada turib Kofirlarni so'kishdan foyda yo'q. Avvalam bor barchamiz o'zimizni o'nglab, hayotimizni Qur'on va Sunnatga asoslanib o'tqazishga harakat qilishimiz kerak. en katta jihodning turidan biri Kishining o'z nafsiga qarshi Jihodi. Agar har bir Dunyodagi Musulmon faqat nomigagina Musulmon bo'libgina qolmay amalda ham Musulmon bo'lsa, InshoOlloh bunday noxush voqealar turli xil fitnalar o'z o'zidan yo'qolib ketadi, va Ummat Qur'on va shunnatga amal qilib yashash natijasida Yagona bo'ladi. Alloh swt Islomni yerga xor bo'lish uchun yubormagan.Balkim Alloh swt Islom ni Butun millatlarga Rahmat bo'lishi uchun yuborgan. Hujjatlar:
Qur'oni Karim 34:28, 7:158, 21:107, 2:143 (Bu borada chuqur bilmoqchi bo'lganlar ushbu oyatlarning tafsirlariga qarang)
Lekin Qur'on va Sunnatga 'amal qilishga harakat qilib yashayatgan Mu'min Brodarning boshqa Brodariga qilgan duosi qabul bo'ladi InshoOlloh. Hujjat:
Muslim ning Sahih To'plamlarida keltirilgan hadisda Payg'ambarimiz (saw) dedilar: Bir musulmonning Islom dindagi Brodariga uning yo'qligida (u yonida bo'lmaganida) qilgan duosi hamon qabul qilinadi. Bir farishta Uning yonida mas'ul bo'lib qo'yilgan. Qachonki U Brodari haqiga xayirli duo qilsa Farishta-"Omiyn" deb, "va senga ham huddi shunday Ollohni Rahmati nasib qilsin" deydi.

Endi bunday holimizda Dindagi brodarlarimizga jismonan yordam berolmas ekanmiz Ular haqiga duo qilaylik, Duolarimizda Baqara surasining so'ngi oyatlarini ham qo'shaylik(Wa'fuanna wag'firlana, anta mawlana fansurna 'alal qovmil Kaafiriiyn),

Alloh barchamizni Ilmiga amal qiladiganlardan qilsin,
Ummati Muhammad ga birlik va yaqiyn sifatini bersin,
Diyn Dushmanlarini mag'lub qilsin, Ularga o'zi kifoya qilsin
Omiyn!

aawwb
Sources In English:
(Ingliz tilida savolga doir manba'alar)
manba'a 1 (http://www.islamweb.net/ver2/archive/article.php?lang=E&id=36093)
manba'a 2 (http://www.albalagh.net/food_for_thought/dua_power.shtml)