Abu Hurayra
07-23-2006, 06:30 AM
Assalomu Aleykum qadrdonlar. Bu bo'limda siz o'zingizga yoqqan hidoyatga boshlaydigan she'rlarni, biror bir boshqa tildagi sh'erlarni ham tarjima qilib qo'yishingiz mumkin.
Mayli man boshlab beray:
ULAR
Ular, tovbani Hz.Odam’dan o’rgandilar
“Men pushaymonman” deyishni…
Takror gunohga qaytmaslikni,
Odam’(as)dan o’rgandilar.
Johiliyat davrining,
Dengizlar kabi ko’pirgan kufridan qochib
Nuh’(as)ning kemalariga mingandek kirdilar İslom’ga
Bola chaqa demasdan,
Demasdan Ota- Ona…
Halîl-ur Rahman’dan o’rgandilar sadoqatni
Hayotlarınıng bahorıda
Tabassum qilib kirdilar otashga
İstasa gulistonga qaytsin,
İstasa zulumatga…
Nafslarini qurbon etip Olloh’ga
Va bo’ysunmasdan Olovlarning hamlasiga
“Hasbiyaallah!” dedilar.
Hozir yuraklarimizda oyoq izlari;
Maqom-ı İbrohim kabi…
Beshiklarini tebratmadi nahrlar
Bir Mehribon ona quchog’ida o’smadilar Ular,
Mahrumdilar Nil’ga bo’yin egdirgan asodan
Ammo, bo’yin egmaslikni o’rgandilar Hz Muso’dan.
Sajdaga bosh tutishni Tur-i Sino bildilar.
İffatni, Hz. Yûsuf’dan o’rgandilar.
Avval uzildilar Ota o’chog’idan,
Quduqdek qorong’u dahlizlarga kirdilar,
Brodar qo’li bilan…
Qo’rqmadilar…
Yolları saroylarga chiqmadı.
Qo’rqmadilar!
Necha bor dunyo butun go’zalliklari bilan taklif qildi ularni.
Qaytmadilar!
Yusuf kabi;
“Men Olloh’dan qo’rqaman!” dedilar.
Bir kelin hayo ibosi bilan yashadılar hayotda.
Chunki ular iffatni, Hz.Yusuf’dan o’rgandilar.
Qachongacha ko’r bo’lib yashash kerak hayotda?
Bu holimizni ko’rsa edi Sahobalar va Rasul (saw),
Yer yorilib yerga kirmasdikmi bunday holatda?,
Ularchi, Ular…
Hayiqmasdan, ikkilanmay, taraddut qilmasdan
Tabassum qildilar O’lim malagiga
Va Hz. Zakariyya’nıng ketishi kabi ketdilar.
Chunki Ular o’layatgan paytda ham Mard edilar!
Dovud’(as) ning qo’li kabi edi qo’llari
Temirlardan yuraklarni
Yumshoq paxtaga aylantirdilar.
Bir oyat tushganda ko’kdan
“Eshitdik va Itoat etdik“dedilar.
Ko’z yoshlari bilan kutib oldilar vahiyni.
Ular yig’lashni Hz. Dovud’dan o’rgandilar.
Tomirlarida Ayyub (as) ni sabri oqdi, qon kabi.
Hz. Yoqub’ning shukri,
Taxt qurdi yuraklarida, Xoqon kabi…
Va jon kabi,
Jondan ham ko’ra aziz tutdilar haq so’zni,
Bir yaproq kabi to’kildilar.
Hz.Maryam’ning iffatli qarashlaridan,
İso Masih (as)’ning masum ko’z yoshlaridan
Suzilib keldilar.
Ular koinotdan tanlangan
Va butun borliqning murabbiysi yo’lidagi,
Bir dasta gul edilar.
Ular ulug’dirlar.
Chunki rahbarlari,
Olamlar rahmatining sababchisi
Uning nazari sabab yuksaldilar.
Sahoba bo’ldilar.
Butun molu-dunyolarni qalblaridan tark etib
Oddiy bir qul bo’ldilar.
Chunki ular Ollohga qul bo’lishni
Rasul-i Akram’(saw)dan
Olamlarning sarvaridan
Qullarning birinchisidan o’rgandilar.
Nima o’rgangan bo’lsalar undan o’rgandilar
Chunki Ul, rostga aylangan ro’yo edi.
Ul, Habîb-i Kibriyo edı.
Ul zot, Muhammad Mustafo’(saw) edılar!
Salot va salomlar bo’lsin Ul zotga
Salom bo’lsin Malaklarga,
Ul zotning karamli Ahl’i Bayt’iga
Va Xulafoi Roshidinga.
Salom bo’lsin muhtaram Sahobalarga,
Va ruhlarımız fido bo’lsin Unga,
Va Uning nurli yo’liga…
__________________
Bu She'r turkchadan (Dursun Ali Erzincanli ijodiga mansub) o'zbek tiliga kamina tomonidan o'girildi.