View Full Version : Muhabbat sen...
Muhabbat sen qaynoq bir olov
Nogoh gulduragan momoqaldiroq
Yurakni bir chuqur o'yga cho'mdirib
Tanaga berursan g'alati titroq
Men uzoq o'yladim uning haqida
Ko'kragim kuydirar miltillagan cho'g'
Yoki kamon kabi tortilib birdan
Yuragimni ikkiga bo'lakladi o'q
Ey sen muhabbat g'alati titroq
Bahorning birinchi qaldirg'ochisan
Sharqiroq oqqan bu soyning ovozi
Go'zal bulbulchaning xonishi sozi
Birinchi bor chiqib cho'qqi boshiga
Hayratla tikilib dunyoga boqqan
Sevaman seni deb dilim aytmoqda
Chunki sen ilk bora ishqimni yoqqan
Mas'ud
09-11-2006, 04:45 AM
Seni kutib-kutib charchadim g’oyat,
Sog’inmasdan qo’ydim visolingni ham.
Armonlarni tuyib, mana, nihoyat,
Taqdirga tan berdim.Ko’zlarimda nam.
Ko’zim emas mening yig’laydi qalbim,
Yurak ham bir me’yor urmaydi sira.
Senga ayon emas so’ngsiz dardlarim,
Bilmasding ekanin hislar bokira.
Sevgandim…ilojsiz ishqimdan kechdim,
Hayotga qiziqish yo’qoldi tugal.
Sevganim gunohim, umidim aybim,
Noumid hayollar boshimda chigal.
Sen boshqa kelmaysan – bu menga ayon,
Seni eslaganda dardga to’laman.
Kun kelib sen meni qo’msagan chog’ing,
Hijron azobida o’lgan bo’laman.
JaruleUZB
Inspiredmind
09-11-2006, 07:08 AM
Myhabbat so'zi kalbimning dog'i,
Muhabbat so'zi ko'zimning yoshi,
Muhabbat so'zi mening kuvonchim,
Muhabbat, sen kaerdasan? mening borlig'im.
11.09.2006. 18:06.
Donishmand.
Myhabbat so'zi kalbimning dog'i,
Muhabbat so'zi ko'zimning yoshi,
Muhabbat so'zi mening kuvonchim,
Muhabbat, sen kaerdasan? mening borlig'im.
11.09.2006. 18:06.
Donishmand.
Muhabbat sen mening gulimsan
Iforingsiz bejilo kunalar
Muhabbat sen mening sirimsan
Shirin og'riq berguvchi tunlar
Muhabbat sen mening o'zimsan
Toki borsan men ham hayotman.
Inspiredmind
09-11-2006, 08:07 AM
Muhabbat sen mening gulimsan
Iforingsiz bejilo kunalar
Muhabbat sen mening sirimsan
Shirin og'riq berguvchi tunlar
Muhabbat sen mening o'zimsan
Toki borsan men ham hayotman.
Gulingiz bo'lay muhabbat kabi,
Shirin tyshingizda kaxramon kabi,
Mo'jizam bo'ling har kadamimda,
Myhabbatim bo'ling har nafasimda.
11.09.2006. 7:05
Donishmand.
Gulingiz bo'lay muhabbat kabi,
Shirin tyshingizda kaxramon kabi,
Mo'jizam bo'ling har kadamimda,
Myhabbatim bo'ling har nafasimda.
11.09.2006. 7:05
Donishmand.
Muhabbatim shirin bir tushcha
Unda har dam bahoriy havo
Bo'lsa bordir oshiqlar bizcha
Har nafasda ishqiy bir navo
hehey 7:11 :)
Inspiredmind
09-11-2006, 08:42 AM
Muhabbatim shirin bir tushcha
Unda har dam bahoriy havo
Bo'lsa bordir oshiqlar bizcha
Har nafasda ishqiy bir navo
hehey 7:11 :)
Bahoriy havo muhabbat manbae,
Unda tyshingiz tyyular shirin,
Oshiklar bo'lg'ay har zamonda,
Muhabbat so'zin bilmas har onda. :D
11.09 2006. 19:41.
Donishmand.
Mas'ud
09-12-2006, 06:57 AM
Erkam, bu erlardan ketamizmi, ayt
Ezgulik hukmron o’zga erlarga?
Shirin orzularga yetamizmi ayt?
Juda ham tashnadir qalb mehrlarga
Bir marom hayotdan zerikdim rosti,
Odatiy ishlarim ham mendan hayron.
Do’stlarim o’ylashar: “aqldan ozdi”,
Chunki ko’ngillarin etibman vayron.
Olam faqat sendan iborat go’yo,
Hushim kayfiyating totli mevasi.
Kulib, sen ham bag’rim tilasanmi, yo
Olov yoshligimning sho’x durdonasi.
Shovqindan zerikdim. Tumonat odam,
Hamisha, har joyda hozir-u nozir.
Ne qilmay, qay yurmay sanashar qadam,
Shu sabab ketishga ahd qildim hozir.
Ketaman osuda hayot qurgani,
Unda yomonlikdan bo’lmaydi asar.
Va yashab bilganim, nelar ko’rganim,
Yoritib, sen uchun yozaman asar.
Unda bo’lar hayol, dardim o’ylarim,
Va kichik olamim etar ifoda.
Unda mujassamdir she’rim kuylarim,
Va umrim mazmuni – metin iroda...
Erkam, bu erlardan ketamizmi, ayt?
JaruleUZB
Osmon osmon savdolar tushibdiku boshimga
Har bir nafas olganda titrab ketar yuragim.
Oh bu ishqning dodidan oqlar tushmish sochimga
Qanday aytay zorligim mening yakka keragim.
Yana ko'zim yo'llarinda soylar to'ldi yoshimga
Tushlar ko'raman necha, o'ngda kelmas tilagim.
Devonalar ayladi sevgi mening yoshimda
Kimlar sevmagan ekan, men sevmaymi, keragim.
Olam olam savdolar kelibdiki qoshimga
Yetolmayman manzilga, borarga yo'q yo'lagim.
Og'ir yukli bulutlar kelmang mening yonimga
Axir yetmasam bo'lmas, U kecholmas bo'lagim.
28.09.06
Sergeli
Mas'ud
10-12-2006, 12:28 AM
Yomg'ir...Kuz barglari yuvilib ketar,
Sarg'aygan yuzlarning eshitib ohin.
Go'yo yomonlikning kuni ham bitar,
Avf etib odamzot qilgan gunohin.
Yomg'ir sharros quyar:hamma har tomon,
Ming turli o'y bilan yugurar, shoshar.
Dunyoning ishlari tugamas hamon,
Tashvish-u, g'am bilan tinmaydi bashar.
Yomg'irga farqi yo'q...Ayamay yog'ar,
Oxiri yo'qdayin osmon ummonin...
Ona er xo'rsinib olar bag'riga,
Insonning qalbidan barcha yomonin.
...Yomg'ir bor - insonlar yig'lar dilidan,
U sabab qalblarda mangu muhabbat.
Ezgulik oshini shodon ko'ngilda,
Yomg'ir kayfiyati yashasin abad...
10/11/2006...JaruleUZB
Asadbek
10-16-2006, 03:35 AM
Muhabbat sen...
Muhabbat, erga tegding,
Yolg'iz qoldi Muhammad.
Sahroi Majnun bo'ldi,
Hajringda tortdi zahmat.
Muhabbat, olis ketding,
Yetolmadi Muhammad.
Vaslingga yetay, deya,
Yo'llari bo'ldi zulmat.
Muhabbat, vafo qani?
Izlar uni Muhammad.
Sen deya berdi jonin,
Qilmading unga himmat...
:)
Eh Asadbek aka, gap yo'q :)))
Endi navbat va'da qilingan postga:
Bugun tongda sening she'ring oqidim
So'zlading, taqdiring qissasin menga.
Qayg'urma, azizim, axir dunyoda
Bundan og'ir damlar ko'p va ziyoda.
O'laman demagin, o'lmaysan sira
Chin baxtim yo'q endi, demagil dema.
Ruhing cho'kishini ko'rib tursamda
Shu taqdir ekan deb qilmam tomosha.
Sen hali yana ko'p yashashing kerak
Sevilishing, balki yana sevishing kerak.
Taqdir o'yiniga qurbon u yorga
Hayotda sen o'rnak bo'lishinig kerak.
U seni ko'rganda sezsin iroda
Yorgamas, hayotga bo'lgan muhabbat.
Tin olsin xavotir qalbidagi qad
Ravon bo'lsa shundan o'z yo'li shoyad.
Ko'rinar bu dunyo g'avg'oli savdo
Aslida ayalanar bir xil maromda.
Kimningdir umidin buzgani kundan
Boshqa qalbga asta bog'lab qo'yarkan.
Dunyo bir zanjiru men undagi sim
Bog'layman uzilgan hayotni baxtga.
Sevgim kelayapti, sevib ham qoldim
Men sen bilan yetaman haqiqiy baxtga.
Sergeli
15.10.06
6:05 a.m
lobar
10-18-2006, 10:21 AM
Ajoyib sh'er topib oldim, avtorini bilmiyman...
Muhabbatim o'gay go'dakdek,
Kamsitildi, masxara bo'ldi.
Umidlaru, ishonchlar tirik
va kafansiz holda ko'mildi.
Qalbim bo'ldi bariga qabr,
Mum tishaldim, qilmay ovoza.
Kamsitilgan sevgim ham ohir,
Ko'mildi jim va bejanoza.
Motam tutdim kiymasdan qaro,
Yurak-bag'rim silqib ezildi.
Go'yo ochdan o'lgandek gado,
Baxt sho'rlik ham unsiz
uzildi.
voshe qo'rqinchli yozilganakan :shock:
Mas'ud
10-18-2006, 10:12 PM
Shu ruxda yozilgan yana bir she'r...
Men Sizni she'rimdfa kuylamay qo'ydim,
Xattoki ismingiz o'chirdim dildan.
Sevgimga men o'zim bir qabr o'ydim,
Kafanlik so'radim boychechak guldan.
Men Sizni tunlari o'ylamay qo'ydim,
Xattoki o'shja tun bedor o'tsa ham.
Bevafo dunyoda qon yutib to'ydim,
Chunki bu yuirakka to'lgan edi g'am.
Men Sizga hayolan so'ylamay qo'ydim,
She'rimni o'zgaga atadim butkul.
Ne bo'lsa barini taqdirga yo'ydim,
O'zimni, xattoki sevgimni tugul.
2001 yil...JaruleUZB
svitok
10-19-2006, 04:59 AM
Shu ruxda yozilgan yana bir she'r...
Men Sizni she'rimdfa kuylamay qo'ydim,
Xattoki ismingiz o'chirdim dildan.
Sevgimga men o'zim bir qabr o'ydim,
Kafanlik so'radim boychechak guldan.
Men Sizni tunlari o'ylamay qo'ydim,
Xattoki o'shja tun bedor o'tsa ham.
Bevafo dunyoda qon yutib to'ydim,
Chunki bu yuirakka to'lgan edi g'am.
Men Sizga hayolan so'ylamay qo'ydim,
She'rimni o'zgaga atadim butkul.
Ne bo'lsa barini taqdirga yo'ydim,
O'zimni, xattoki sevgimni tugul.
2001 yil...JaruleUZB
MEN SIZNI KO'RGANDA UNITIM G'AMNI
CHIROYLI KO'ZLARGA BO'LIB MAHLIYO
DUNYODA ENDI TOPUDIM BAHTIM
TARK ETIZ O'QISHNI BEVAFO YORIM
Inspiredmind
10-19-2006, 10:57 AM
MEN SIZNI KO'RGANDA UNITIM G'AMNI
CHIROYLI KO'ZLARGA BO'LIB MAHLIYO
DUNYODA ENDI TOPUDIM BAHTIM
TARK ETIZ O'QISHNI BEVAFO YORIM
well said, :D , orkaga kayting deng ,anyway she'rlar bilan chiroyli chikadi o'z fikrini aytish, ,lol,
svitok
10-20-2006, 03:18 AM
well said, :D , orkaga kayting deng ,anyway she'rlar bilan chiroyli chikadi o'z fikrini aytish, ,lol,
балки.... (кайсидир маънода гапиз тугри лекин кайсидир маънода)
шу барибир эътиборлигизга борасда одам шер ёзгани куркиб колдия :D
Inspiredmind
10-20-2006, 07:20 AM
балки.... (касидир маънода гапиз тугри лекин кайсидир маънода)
шу барибир эътиборлигизга борасда одам шер ёзгани куркиб колдия :D
yog'e unday demang, she'rlarizi har kuni kutaman bugun svitok opam kanday she'rlar bilan hursand kilarkin deb, :D
svitok
10-26-2006, 04:30 AM
yog'e unday demang, she'rlarizi har kuni kutaman bugun svitok opam kanday she'rlar bilan hursand kilarkin deb, :D
йуге ман хазил килдим агар шунча хурмат билан кутасиз экан нега энди ёзмасканмиз албатта хурсанд булиб ёзаманде мани хам шеримни шунака кутиб укишар экан деб рахмат яна бир бор эътибориз учун :)
Mas'ud
10-31-2006, 06:09 PM
Oy - ko'zim oldida sarg'aygan yaproq,
Kuzak hayolimda mitti tugunchak.
Jismim - tovoningda toptalgan tuproq,
She'rim - anduhlardan yaralgan g'uncha.
Tunlar - qulog'imda qolib ketgan sas,
Tonglar - vujudimda esgan bir nasim.
Jonim, boshqasin topmadim, hullas,
Sening ko'zlaringga kelar havasim.
BIBIHONUM
10-31-2006, 10:01 PM
Muhabbat sen qaynoq bir olov
Nogoh gulduragan momoqaldiroq
Yurakni bir chuqur o'yga cho'mdirib
Tanaga berursan g'alati titroq
Men uzoq o'yladim uning haqida
Ko'kragim kuydirar miltillagan cho'g'
Yoki kamon kabi tortilib birdan
Yuragimni ikkiga bo'lakladi o'q
Ey sen muhabbat g'alati titroq
Bahorning birinchi qaldirg'ochisan
Sharqiroq oqqan bu soyning ovozi
Go'zal bulbulchaning xonishi sozi
Birinchi bor chiqib cho'qqi boshiga
Hayratla tikilib dunyoga boqqan
Sevaman seni deb dilim aytmoqda
Chunki sen ilk bora ishqimni yoqqan
Muhabbat-kaftida titragan gulim,
Muhabbat-ko’zimda mo’ltiragan dard.
Muhabbat-kimgadir sig’indi ko’nglim,
Muhabbat…
O’zga deb yuragim o’zimdan tondi,
Sog’inch o’chog’ida kunlarim yondi.
Hijronning qo’ynida bir ishq o’rtandi,
Muhabbat…
Oy nuriga singib bedorlik yog’ar,
Osmon kiprigimga yulduzlar taqar.
Qalbim o’zanida tuyg’ular oqar,
Muhabbat…
Bandingman, jabringni lutfga yo’ygan,
Ko’shkingga jonini berkitib qo’ygan.
Bandaman,bir senu Xudoni suygan,
Muhabbat…
Kishandan bo’shatma-ruhim telbahol,
Meni bir umrlik baxt mehriga ol.
Yorim bo’l,borim bo’l,borlig’imda qol,
Muhabbat…
Muhabbat…
Menga buncha termulma uzoq
Bardosh bermas: olovli nigoh
So'zlamagin: sen undoq, bundoq
Og'ir botar, qalbim og'riydi.
Menga qilma havaslarim pesh
So'zlamagin hasadlaringdan
Ehtiyot bo'l, bir so'z aytishdan
Qaltis so'zdan ko'nglim og'riydi.
Berma menga o'ylashga imkon
Sen haqingda yomon bitta o'y
Avaylagin, qalbim bir qo'rg'on
Sinib ketsa, dilim og'riydi.
Alam kelsa bo'g'zimga to'lib,
Qolaversam ko'zda yosh to'lib
Senga bir so'z qaytarmam axir
Qiynamagin, ko'nglim og'riydi.
Alamlar ko'p dunyoda chunon
Yashayapman ko'zlarim yumib
Tushlar ko'rsa ruhim har zamon
Ta'na qilma, ko'nglim og'riydi.
Dido: 02.11.06
21:52
Zendro
11-22-2006, 09:11 AM
Go'zal tong otganda,quyosh botganda,
Bog'lar bezanganda,xazon kezganda.
Bulbullar sayrasa, gullar o'ynasa,
Sening jamolingni ko'rgim keladi,
Qalbing asirasi bo'lgim keladi.
Osmon yig'lasa-yu maysa quvonsa,
Quyosh nigohidan ko'zlarim yonsa,
Jismim kabutarga aylanib qolsa,
Sening ahvolingni bilgim keladi,
Qalbing asirasi bo'lgim keladi.
Ishqingda yonmoqda bu oshiq yurak,
Beg'ubor muhabbat kimlarga kerak,
Baribir qalbimda yagona istak,
Sening jamolingni ko'rgim keladi,
Bir umr sevgiling bo'lgim keladi.
Zendro
11-23-2006, 10:38 AM
Ming marta arazla,gina qil ming bor,
Menga nodo'stlarga tut mayli quloq.
Oramizga solsin g'animlar devor,
Ming bor ket,izla,top,boshqa do'st,o'rtoq,
Olis-olislarga olib ket boshni,
Baribir topmaysan mendek dardkashni
Olovdan qochgandekqochgil yonimdan,
Behudao'tlardan asra o'zingni.
Vujuding uzoq tutqirqta jonimdan
Toki topmay qolay sening izingni.
Etakda qancha bor otavet toshni,
Baribir topmaysan mendek dardkashni.
Ishq degan ovchiga uchraysan bir kun.
Uning qo'llaridan qutulolmaysan.
O'kinib yig'laysanyurak-bag'ring xun,
Shoiram,qaytgil,deb o'tinolmaysan.
Izlaysan to'rt yonda bitta dilkashni,
Baribir topmaysan mendek dardkashni.
(Xosiyat Bobomurodova)
Mas'ud
11-24-2006, 06:44 AM
Go'zal tong otganda,quyosh botganda,
Bog'lar bezanganda,xazon kezganda.
Bulbullar sayrasa, gullar o'ynasa,
Sening jamolingni ko'rgim keladi,
Qalbing asirasi bo'lgim keladi.
Osmon yig'lasa-yu maysa quvonsa,
Quyosh nigohidan ko'zlarim yonsa,
Jismim kabutarga aylanib qolsa,
Sening ahvolingni bilgim keladi,
Qalbing asirasi bo'lgim keladi.
Ishqingda yonmoqda bu oshiq yurak,
Beg'ubor muhabbat kimlarga kerak,
Baribir qalbimda yagona istak,
Sening jamolingni ko'rgim keladi,
Bir umr sevgiling bo'lgim keladi.
Assalamu alaykum hurmatli ZENDRO honim!Juda chiroyli satrlar ekan...Rahmat...
***
Сени кутиб-кутиб чарчадим ғоят,
Соғинмасдан қўйдим висолингни ҳам.
Армонларни туйиб, мана, ниҳоят,
Тақдирга тан бердим. Кўзларимда нам.
Кўзим эмас, менинг йиғлайди қалбим,
Юрак ҳам бир меъёр урмайди сира.
Сенга аён эмас сўнгсиз дардларим,
Билмасдинг эканинг хислар бокира.
Севгандим...Иложсиз ишқимдан кечдим,
Ҳаётга қизиқиш йўқолди тугал.
Севганим – гуноҳим, умидим – айбим,
Ноумид ҳаёллар бошимда чигал.
Сен бошқа келмайсан – бу менга аён,
Сени эслаганда дардга тўламан.
Кун келиб сен мени қўмсаган чиғинг,
Хижрон азобида ўлган бўламан.
hurmat ila...JaruleUZB
Hayot--daryo, oqmas bir xil
Unda hissiz yashash mushkul
Hayollarim edi bir sir
Hayollarim qaytib bering.
Bahor kelar tuyg'ularla
Yashnar hayot ishqsa yalla
Seni deydi dil baralla
Orzularim qaytib bering.
Zor titraydi tuyg'ularim
Hayotda bir sensan kamim
Meni dilim o'zi yarim
Yuragimni qaytib bering.
29.11.06
TDYuI
Mas'ud
12-06-2006, 02:45 AM
Ҳаёт дарё – ҳаёт уммон,
Томчиларин этар ҳайрон.
Этма кўнглим бунча вайрон,
Чидолмайман сўзларингга
Беролмайман ҳаёлларинг
Чунки улар кўнглимдадир.
Баҳоримни олиб келдинг,
Осмонимда яна кулдинг,
Ярим дил-ла пинҳон тўлдинг
Қаролмайман кўзларингга,
Жавобсиздир саволларинг...
Орзуларинг кўнглимдадир.
Титрамасин асло туйғу,
Кечалари келмас уйқу,
Усиз бўлмас юзда кулгу,
Нур берайин изларингга,
Асоссиздир гумонларинг...
Юрагинг шу кўнглимдадир
hurmat ila...
Zendro
12-23-2006, 05:40 AM
Sen mening yonimda bo'lmasang agar
Quyoshning quyoshlik qudrati yolg'on,
Dunyoning dunyolik da'vosi bekor.
Yulduzning tishida tishlagan osmon,
Qashshoqning qirqyamoq choponidek tor,
Sen mening yonimda bo'lmasang agar.
Ruhim qushlarinig qanoti sinar,
G'uborga bulg'angay pokiza tuyg'um.
Ilhom buloqlari oqishdan tinar,
Shodligim ohusin bo'g'izlar qayg'u,
Sen mening yonimda bo'lmasang agar.
Hayratim ko'ziga sochgaylar tuproq,
Hayajon otashin so'ndirar g'anim.
Ishqing qalb ko'kida chaqsa ham chaqmoq,
Ilondek sudralar pajmurda tanim,
Sen mening yonimda bo'lmasang agar.
Ko'zing olovidan olovlanar dil,
Labing sharbatiga lablarim chanqoq,
Zavqingdan hamisha zavqlanar ko'ngil,
Gohida umidalar bir hovuch tuproq,
Sen mening yonimda bo'lmasang agar.
Ko'zimda darbadar hayol sharpasi,
Qaqshatar yurakni armonli nido.
Ishq ko'zin o'yadi rashkim nayzasi,
Hayratdan yirtadi yaqosin dunyo,
Sen mening yonmda bo'lmasang agar.
(Baxshulla Rajab)
Mas'ud
01-14-2007, 01:24 PM
===============================
Ҳаққинг бор, Лайлидек ошиқ бўлишга,
Шириндек бўлиш ҳам ўз ихтиёринг.
Яшнаса яшнашга, сўлса сўлишга,
Ўлса ҳам ўлишга, беқарор ёринг!
Мен эса... билмадим, лойиқманмикин
Мажнундек куйгани, ишқингда беун?
Фарҳод ҳам чиқмайди мендан... Гапим чин,
Чунки қалбим қашшоқ, юрагим юпун!
2006, ноябрь
erkak#1
01-14-2007, 04:42 PM
Agar sevib qolsang, she'r yozar emishsan
Yor vaslida, devona bo'lib qolar emishsan
Agar sevib qolsang, she'r yozar emishsan
Yurak izxoring, qog'ozga bitar emishsan
Har bir dil izxoring qog'ozga bitib,
Yoring uchun she'rlar bitar emishsan
Sevganing suratiga tunlari termulib
Sevgi dardida Toxirdan o'tar emishsan...
Mas'ud
02-21-2007, 04:04 AM
Қувончдaн кипригинг нaмлaнсa бeҳос,
Омaддaн ўзингни йўқотсaнг зумгa.
Эски дўстинг этaр биттa илтимос,
Эслaб тур дaрдлaргa тўлa ишқимни.
Бир ҳaводaн сeн-лa олгaним нaфaс,
Энг олий бaхт эди, фaроғaт эди.
Бугун хотирaлaр эслaтaр холос,
Эслaб тур дaрдлaргa тўлa ишқимни.
Муҳaббaт юрaккa бўлaрди дaлдa,
Муҳaббaт умидим эди ягонa.
Ёринггa изҳоринг этгaн мaҳaлдa,
Эслaб тур дaрдлaргa тўлa ишқимни.
Мaнa, йиллaр мeни қийнaр ёлғизлик,
Боқийгa сaфaрим кутяпмaн ҳaмон,
Қaчондир бўлгaндa ўғиллик, қизлик,
Эслaб тур дaрдлaргa тўлa ишқимни...
JaruleUZb---2006
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.