PDA

View Full Version : Zinokor erkaklar - fohishalardan yaxshiroqmi?

MUHLIS
07-25-2006, 01:31 AM
Bilaman bu forumda fohishalar haqida ko'p va ho'b gapiriladi va biror O'zbek ayolining shu ish bilan shug'ullanayotganini eshitsak bu narsa biroz "g'ururimizga" ham tegib ketadi.....
Hotin kishimi erkak kishimi.....nikohdan tashqari, ya'ni o'ziga nikohlanmagan odam bilan aloqada bo'lishi (pulgami bepulgami farqi yo'q) bir hil darajada emasmi? Yoki "erkaklarga bo'laveradimi"???
O'sha O'shda ham, Dubayda ham, Malayziyada ham (qiziq, aksari Musulmon mamlakatlarga "uchirma qilinadi" bizning kapalaklarimiz) boshqa yerda ham fohishalarga talab borligidan u yerga ular boradi pul ishlagani!!!
Nega, masalan, Musulmonlar Daniya mahsulotlarini boykot qila olishadi ammo fohishalar hizmatini "boykot" qila olishmaydi??? Fohishani toshbo'ron qilinadi, zinokornichi???
Bizda hozir hamma yoqda to'ydan oldin bir "rohatga" borib o'z erkaklik qobiliyatini "sinab ko'rish" odati kuzatilmoqda. Kim buni inkor etadi??? O'sha "sinovchilar" bilan fohishalar o'rtasida nima farq bor??? Ikkalasi ham bir hil ifloslikni qilmoqdalar, biri tanini pulga sotyapti, ikkinchisi sotib olyapti....
Menimcha biz faqat fohishalarni tanqid qilavermasdan o'zimizni tanqid qilsak yaxshiroq bo'lardi.
Qani yigitlar tan olinglarchi, mard bo'lsalaring, "o'sha joyga" hech bormaganmisizlar? Masalan men borganman! Ha bo'lgan shunaqa ish! Endi esa ko'zimiz ochilgan. Hamma ham xato qiladi, ammo menimcha hammaga ham o'z hatosini tuzatish uchun imkoniyat bo'lmaydi....
Fohishalarni yomonlayvermasdan, o'z nafsimizni jilovlashga harakat qilsak yaxshiroq emasmi???? Nahotki bizni fohishalarni muhokama qilishdan boshqa ishimiz yo'q???? :(
Qani endi forumning erkaklariga savol, yigitman desangiz ochiq va to'g'ri javob bering.

daejeon
07-25-2006, 02:12 AM
agar talab bumasa shu fohishalar bulmaydi. yana boshqa taraftan bazi
hotin kishilar ham yomon buladi.
Alloh uzi hammamizga insof bersin, tugri yuldan adashtirmasin.
harkim uzi javop beradi bu dunyoda qilgan ishiga. bu erda mardmisan
jalapka borgansan dep yoki sen jalap bup ketding dep odamlani muhokama
qilish yahshimas menimcha.

Auditor
07-25-2006, 02:19 AM
Allohni o'zi kechirsin...gunohlarni afishirovat qilish yahshi masku ya...lekin shu gunohdan pushaymonligimni yashirolmayman

lekin yahshi tema ekan..

hamma kim nima deb jvob berganini ko'rish va muhokama qilish bilan ovor bulsa kerak aaa

Lady_G
07-25-2006, 02:30 AM
Yahshi mavzu. Shu kasal orttirishdanam qo'rqsala yahshi bo'lardi. Sifilis, AIDS va boshqa jinsi kasalliklardan..

P.S.:
hamma kim nima deb jvob berganini ko'rish va muhokama qilish bilan ovor bulsa kerak aaaUnaqa qilgan bo'lsalariz ham bu o'tmish, bo'lib o'tgan. O'zgartirib bo'lmidi barbir. Hatoyingizni tan olib, insof kirgan bo'lsa bo'ldide ;) .

Mo'jiza
07-25-2006, 02:36 AM
Og'ir olmasangiz, aytmoqchi edimki:

Banda qilgan barcha gunohlarini Alloh berkitib turadi.
Lekin bandaning o'zi o'z aybini ochadi.
Qilganingiz gunoh ekanligini tan olgan holda xilvatda Allohga gunohingizni kechirishni so'rab ibodat qilgan yaxshiroq deb o'ylayman.
Gunoh qilayotganingizda U ko'rib turgan, bizlar esa bilmasdik, o'zingiz aytmasangiz.

Masanori
07-25-2006, 02:49 AM
erkak kishining shayton uchun eng zaif tomoni shahvoniy tuygu ekan!

MUHLIS
07-25-2006, 02:56 AM
Og'ir olmasangiz, aytmoqchi edimki:

Banda qilgan barcha gunohlarini Alloh berkitib turadi.
Lekin bandaning o'zi o'z aybini ochadi.
Qilganingiz gunoh ekanligini tan olgan holda xilvatda Allohga gunohingizni kechirishni so'rab ibodat qilgan yaxshiroq deb o'ylayman.
Gunoh qilayotganingizda U ko'rib turgan, bizlar esa bilmasdik, o'zingiz aytmasangiz.
Men hech narsani og'ir olganim yo'q shaxsan. Men hammamizni avvalo o'z qilmishlarimiz haqida o'ylashga va boshqalarni ishlarini muhokama qilishdan oldin o'z ishlarimizni muhokama qilishga kuch topa olishga chorlayapman.
Mavzuga oid fikringiz bo'lmasa nima qilasiz kirib? Agar bo'lsa marhamat qilib ayting, zino qilgan erkak Allohdan hilvatda kechirim so'ragani holda zino qilgan ayol toshbo'ron qilinishi kerakmi? Allohning nazdida hamma teng emasmi?

Mo'jiza
07-25-2006, 03:05 AM

MUHLIS,
Savolni yaxshi tashlagan bo'lsangiz ham, poll tuzib, kim shunday ish qilgan bo'lsa aytsin deyilganiga qo'shilmayman.
Savol muhokama qilinsin. Shunday joyga borgan bo'lsa ham aytgani bilan nima o'zgaradi. Insonning ichidagi pushaymoligi kamaymaydi-ku?!

Fikrim mavzuga bo'lmasa ham, pollga taalluqli edi.

munisa
07-25-2006, 03:09 AM
Mo'jizaga 'thanks for this useful post' deyish bilan birga MUHLISga qoil mardligiz uchun demay turomadim. Lekin bu yana kimlar tan oladi degani ham emas :( , chindan ham Alloh berkitgan ishlarni bandasi oshkor qilmaslik kerak.

Shu post orqali zora ko'pchilik

'Avval o'zimga boqay, keyin nog'ora qoqay'

desa, birovlardan ayb ahtarishni kasb qilvoganlar sal seskansa,

Gunoh qilguvchilar kamayib,

sidqidildan, holis TAVBA qilguvchilar ko'paysa.

Alloh rozi bo'lsin sizdan, MUHLIS.

Abu Homid G'azzoliyning "Tavba" nomli kitobini o'qishni maslahat berardim, juda ajoyib ibratli kitob. Esimda qolgan bir hikmatli so'zlar bor edi:

'Hech bir bandani faqir, past dema, zero o'sha sen faqir deya nazarga olgan inson, Alloh nazdida ulug'dur, Allohga do'st, valiyullohdur.

Hech bir sadaqani kam dema, zero o'sha qilgan ehson-sadaqang ajru savoblarga to'ladir.

Hech bir duoni kichik dema, zero ijobat, aynan sen tark etgan duodadir'.

Ulamo qo'shib qo'yadi:

"Tavbani kamaytirma, zero gunohing avf etilishi, o'sha sen qilmay qolgan tavbadadir."
Alloh ko'rguvchi, bilguvchi...O'zi hidoyat nurlaridan ayirmasin,,,ibodatlarimizni ziyoda bo'lib, ularni dargohida qabul bo'lishligiga nasib aylasin.

Ameen.

Masanori
07-25-2006, 03:10 AM
MUHLIS,
Savolni yaxshi tashlagan bo'lsangiz ham, poll tuzib, kim shunday ish qilgan bo'lsa aytsin deyilganiga qo'shilmayman.
Savol muhokama qilinsin. Shunday joyga borgan bo'lsa ham aytgani bilan nima o'zgaradi. Insonning ichidagi pushaymoligi kamaymaydi-ku?!

Fikrim mavzuga bo'lmasa ham, pollga taalluqli edi.
negadir muhlis umuman kritikani kutarmidi.

Mo`jiza juda yahshi fikr bildirgan, alohida olingan insonlarning qilmishini emas (man borganman, yo bormaganman va hokazo), balki muammo va uni keltirib chiqargan sabablar muhokama qilinsa, mazmunliroq bulardi!

Auditor
07-25-2006, 03:21 AM
haligacha o'zimni irodamning sustligidan afsuslanaman...chunki ozgina bulsa ham bilardim shunaqa ish tugashini ...lekin shaytonni gapiga kirib yo oddiy massaj ku deb ovutdim o'zimni

Mo'jiza
07-25-2006, 03:28 AM
Abu Homid G'azzoliyning "Tavba" nomli kitobini o'qishni maslahat berardim, juda ajoyib ibratli kitob. Esimda qolgan bir hikmatli so'zlar bor edi:

'Hech bir bandani faqir, past dema, zero o'sha sen faqir deya nazarga olgan inson, Alloh nazdida ulug'dur, Allohga do'st, valiyullohdur.

Hech bir sadaqani kam dema, zero o'sha qilgan ehson-sadaqang ajru savoblarga to'ladir.

Hech bir duoni kichik dema, zero ijobat, aynan sen tark etgan duodadir'.

Ulamo qo'shib qo'yadi:

"Tavbani kamaytirma, zero gunohing avf etilishi, o'sha sen qilmay qolgan tavbadadir."
Alloh ko'rguvchi, bilguvchi...O'zi hidoyat nurlaridan ayirmasin,,,ibodatlarimizni ziyoda bo'lib, ularni dargohida qabul bo'lishligiga nasib aylasin.

Ameen.

Munisa,
Kitobdan keltirib post qilgan yuqoridagi gaplar har bir insonda umid uyg'otadi. Ancha yaxshi narsa o'rganib oldim.
Rahmat!

MUHLIS
07-25-2006, 03:29 AM
MUHLIS,
Savolni yaxshi tashlagan bo'lsangiz ham, poll tuzib, kim shunday ish qilgan bo'lsa aytsin deyilganiga qo'shilmayman.
Savol muhokama qilinsin. Shunday joyga borgan bo'lsa ham aytgani bilan nima o'zgaradi. Insonning ichidagi pushaymoligi kamaymaydi-ku?!

Fikrim mavzuga bo'lmasa ham, pollga taalluqli edi.
Sizning fikrlaringiz balki o'rinlidir. Lekin men bu polni tuzishda bir maqsadni ko'zlaganman: hamma ham xato qiladi va ko'p hollarda, agar imkoniyati bo'lsa uni to'g'irlay oladi. Hammani birdan qop-qora yoki oppoq sanash yaramaydi.
Kech qolgan bo'lsa ham qo'yaverdim.

munisa
07-25-2006, 03:34 AM
ochiq oydin gapirish bulsa mana o'zimiz boshlaymiz:

:shock: bunaqib yozmelarda endi,,,odam o'qib uyalib ketvotti :cry:

bu juda yomon narsa, gunohni oshkor qilish,,,,,sahih hadis bor bu haqda,,lekin hato qilib qo'ymay deb yozgani botinolmayabman. hatto oyati karima ham bo'lsa kerak.

to'g'ri, sizzi kimligizi bilmayman, balki hech kim bu forumda bilmas, lekin gunohni oshkor qilinmasin deyilganda, faqat gunohkor aynan sizligiz bilinib qolmasin degan ma'noda emas, juda ko'p tomonlar hisobga olinib aytilgan. Hususan, siz qilgan gunohdan boshqalar 'ibrat' olib qo'ymasliklari kerak,,,buni orqasidan ko'p zarar kelib chiqishi mumkin.

shuning uchun ham Alloh swt 'tavba qiling' deganda, holis, sidqidildan degan. Hammani oldida, oshkora, baland ovozda qiling deya shart qo'ymagan..

Alloh bilguvchiroq, so'zlarimda hato bo'lsa uzr.

Auditor
07-25-2006, 03:39 AM

imkon bulsa siz ham mashi postizzi endi edit qivoring...plz

Mo'jiza
07-25-2006, 03:39 AM
Sizning fikrlaringiz balki o'rinlidir. Lekin men bu polni tuzishda bir maqsadni ko'zlaganman: hamma ham xato qiladi va ko'p hollarda, agar imkoniyati bo'lsa uni to'g'irlay oladi. Hammani birdan qop-qora yoki oppoq sanash yaramaydi.

MUHLIS,
Bu haqda bilganimni aytmay jim tura olmadim. Shu meni yuqoridagi gapni post qilishga undadi.

Thread Siz ko'zlagan maqsadda ketaversin.
Bu yog'i userlarning o'ziga bog'liq.

Auditor,
ikkinchi postingizning birinchi jumlasinigina o'qidim.
Qolganiga ko'zim yugura olmadi.

Eh, odamlar..

MUHLIS
07-25-2006, 03:39 AM
Ba'zi birlar ovoz berishmabdi, demak ular yoki "Alloh berkitgan" ishlarini bizdan yashirishyapti....
Bizdanku yashirarsiz, ammo Yaratgandan yashira olmaysiz. Shuning uchun ko'zimizni ochaylik, takabbur, maqtanchoq, ikkiyuzlamachi bo'lmaylik. Har bir insonni o'zimizni qanday bilsak shunday bilaylik. Boshqalarni g'iybat qilishni o'rniga tavba qilaylik. Nafaqat o'zimizni balki boshqalarni ham gunoh botqog'iga tortishi mumkin bo'lgan nafsimizni jilovlaylik.

Masanori
07-25-2006, 03:44 AM
qanaqadir mantiqsiz thread!

people! disclose ur ero.stories! We r interested in details of ur ero, experience! c`mon, guys!

MUHLIS
07-25-2006, 03:44 AM
Birodarlar,
Aytinglar zino qilgan erkakning qilmishi fohisha ayolning qilmishidan yengilroqmi???

Auditor
07-25-2006, 03:48 AM
mashi temaga o'zi faqat erkak lar uchun deb yozib qo'yish kerak ekan

o'zi uyalib turudim...undan battar qildila odamni...o'chirib tashladim uje usha yozganimni

Masanori
07-25-2006, 03:49 AM
Birodarlar,
Aytinglar zino qilgan erkakning qilmishi fohisha ayolning qilmishidan yengilroqmi???

yuq! yengil emas! balki ogirroq hamdir! qushimcha malumotni sahih diniy manbalardan topishingiz mumkin! satisfied?

lost
07-25-2006, 03:55 AM
Muhlis,
Zino qilgan bo'lsa qilibti. Tavbasni qilsin.

Qilgan gunohi Alloh bilan o'zini orasida qoladi, uylab ko'ring gunohi uchun guvoh orttirgani yaxshimi?

salomat bo'ling

munisa
07-25-2006, 04:15 AM
imkon bulsa siz ham mashi postizzi endi edit qivoring...plz

chunmadim, nima demoqchisiz?

o'z fiklarimni hech ham 'edit' qilmasdan sizga yana ham oddiyroq qilib tushuntirishga harakat qib ko'raman:

__________________________
forum.uz statistikasiga kechaginda ko'zim tushib qolgandi:

registered users: more than 10 000.

10 000!!! posts, threads, ularni nechtaligini tasavvur qilib ko'ring.

userlarning aksariyati chet elda ta'lim olayotgan, yoki ishlayotgan, yoki chet elda malaka oshirib qaytgan, hullas, ana aytaylik heeeeech bo'maganda 50%i inteliggenciya hisoblanadi.

menga shahsan ham juda qiziq ham muhim aynan shu forum userlarining fikrlari, shahsiy hayoti, hulqi, atvori, qanchali aqli raso, ibratli inson ekanliklari.

hatto yillar davomida qaysi user forumda qanday reputaciyani qo'lga kiritganligini siz ham bilib turasiz, men ham.

Deylik, kechaginda kimdir sizga havas bilan boqib "Auditor" nickidagi bolaning ma'nili gaplarini qarang, ajoyib havas qilgudek inson ekan, deb turgan bo'lsayu, bugun bu postingizni o'qib 'attang' deb ketdi :( , siz juda chiroyli qilib tasvirlab bergan holatni o'z tushunchasi bo'yicha o'shanday 'uyatsiz'ligi bo'yicha balki hohlab, balki beihtiyor tasavvur qilib ko'rdi,,,kimdir hayol zinosiga chalinishiga, gunoh orttirishiga siz sababchi bo'ldiz :( , ichida, 'bu yerdagi hammasi o'zi bir go'r' degan gumon bilan ketdi,,, to'g'ri, inson faqat Hudodan qo'rqish kerak, gunohdan qo'rqish kerak, birovlarni gaplaridan emas. Lekin jamiyatga, boshqalarga, shu oddiy, balki o'ta mayda chuyda narsalar bilan zarar keltirib qo'ymasligimiz kerak. Jamiyat = biz hammamiz. Yana qat'iy turib aytaman, Alloh yashirgan gunohni, bandasi oshkor qilishligi ma'qul narsa emas. Bundan zarracha FOYDA yo'qligi uchun ham aynan shunday hukm qilingan.

Hatoliklar uchun uzr.

MUHLIS
07-25-2006, 04:29 AM
yuq! yengil emas! balki ogirroq hamdir! qushimcha malumotni sahih diniy manbalardan topishingiz mumkin! satisfied?
Unda shu narsa haqida ko'proq tashviqot olib borish kerak, hamma narsani "kapalaklarga" osongina to'nkab qo'yavermasdan. Bitt fohishani toshbo'ron qilib o'ldirgan bilan ertaga yana boshqasi topiladi......
Qiziq, mening kuzatishlarimga qaraganda fohishalardan ko'ra ularning hizmatlaridan foydalanadiganlar ko'proq........

munisa
07-25-2006, 04:44 AM
mashi temaga o'zi faqat erkak lar uchun deb yozib qo'yish kerak ekan

o'zi uyalib turudim...undan battar qildila odamni...o'chirib tashladim uje usha yozganimni

Alloh rozi bo'lsin, juda a'lo ish qilibsiz.

uzr, sizzi to'la tushunmagan ekanman.

i'll surely edit my post.

thx.

Asadbek
07-25-2006, 04:55 AM
Qilgan gunohi Alloh bilan o'zini orasida qoladi, uylab ko'ring gunohi uchun guvoh orttirgani yaxshimi?

Buning oldini olish maqsadida POLL natijalari yashirin holatga o'tkazildi, ya'ni, kimning nimaga ovoz bergani ommaga ko'rinmaydi.

Agar Forumdoshlar hohlashsa, POLLni butunlay olib tashlash va faqat mavzuda keltirilgan asosiy muammo haqida gaplashish mumkin...

Adashmasam, Hadisi shariflarda Ayolning ham, Erkakning ham zino qilishi, zino yo'liga yurishi birdek gunoh deyilgan...

Samimiy
07-25-2006, 06:52 AM
Banda qilgan barcha gunohlarini Alloh berkitib turadi.
Lekin bandaning o'zi o'z aybini ochadi.
Qilganingiz gunoh ekanligini tan olgan holda xilvatda Allohga gunohingizni kechirishni so'rab ibodat qilgan yaxshiroq deb o'ylayman.
Gunoh qilayotganingizda U ko'rib turgan, bizlar esa bilmasdik, o'zingiz aytmasangiz.

Bu gapga qushilaman. Lekin ikkinchi tomondan bu mavzu ham juda muhim mavzu. Shuning uchun asl savolni: "Ayolning fohishalik qilishi bilan erkakning zino qilishi birmi?" deb quyish kerak (bu haqda fikrimni keyinroq bildiraman).
"Siz bu ishni qilganmisiz" deb surash va bu savolga javob kutish esa nourin deb hisoblayman.

kingdom
07-25-2006, 07:16 AM
Demak zino bu nikohdan utmagan qiz yoki ayol bilan aloqada bulish tushuniladi shundaymi?:rolleyes: Agar sevgan qizingiz bilan shu ishni qigan busangiz buyam zinoga kiradimi?:rolleyes:

FeruzaHonim
07-25-2006, 07:40 AM
Demak zino bu nikohdan utmagan qiz yoki ayol bilan aloqada bulish tushuniladi shundaymi?:rolleyes: Agar sevgan qizingiz bilan shu ishni qigan busangiz buyam zinoga kiradimi?:rolleyes:albattA!!!:D

UzLand
07-25-2006, 07:44 AM
Канча бу ерда гапирманглар, канча мухокама килманглар, канча баъзи одамларни сукманглар бу нарсага талаб ва истак доим булади, талаб ва истак бор жойда таклиф хам булади. Бекорга буни азалий касб дейишмайди.

Шунинг учун вактни бекор утказмасдан, ечими бор нарсалар хакида гаплашайлик.

elDoraDo
07-25-2006, 07:59 AM

Yakunida bir hulosa ozim uchun, balki mavzu buyicha fikrim.
Qilgan ishdan yoki afsuslanmaslik kerak, gar afsuslanilsa unda boshqa haqiqatan qilmaslik kerak. Eng birinchi esa, qilgan ishni qildim deb tan olish kerak.

Fohishalarga achinish ham maqbul emas. Achinish hissi kop bolsa fohishabozlik tufayli kasal tugilayotgan bolalarga achina qoling.

Amiri Turkiston
07-25-2006, 10:16 AM
Muhlis - yahshi tema ochibsiz

odam shu kabi qilgan gunihlarini hech qachon unutmasdan doim Allohdan tavba so'rab yurishi kerak

hammamiz gunihkormiz...lekin shu kabi gunohlarni ham qilib qo'yganlar ancha ko'p

hudoga shukur aqil kirdi....endi boshqa vasvasaga uchmasak bulgani

Masud
07-25-2006, 12:24 PM
qanaqadir mantiqsiz thread!

people! disclose ur ero.stories! We r interested in details of ur ero, experience! c`mon, guys!

Western approach by Masanori.

Masud
07-25-2006, 12:31 PM
Muhlis - yahshi tema ochibsiz

odam shu kabi qilgan gunihlarini hech qachon unutmasdan doim Allohdan tavba so'rab yurishi kerak

hammamiz gunihkormiz...lekin shu kabi gunohlarni ham qilib qo'yganlar ancha ko'p

hudoga shukur aqil kirdi....endi boshqa vasvasaga uchmasak bulgani

Inshalloh,

UzLand
07-25-2006, 12:32 PM
Muhlis - yahshi tema ochibsiz

odam shu kabi qilgan gunihlarini hech qachon unutmasdan doim Allohdan tavba so'rab yurishi kerak

hammamiz gunihkormiz...lekin shu kabi gunohlarni ham qilib qo'yganlar ancha ko'p

hudoga shukur aqil kirdi....endi boshqa vasvasaga uchmasak bulgani

Туппа-тугри, Оллохдан товба сураш керак, бу ерда ижтимоий суров утказмасдан, мухокама килмасдан. Ким шу ерда мен фохишалик килдим, мен фохишага бордим, дейди? Янглишмасам, Исо пайгамбарга тош отишмокчи булганларида, улар айтган эканларки, тошни менга кимки гунох килмаган булса отсин. Одам уз гунохларини, уз айбини курмасдан еки яшириб туриб, бошкаларникини мухокама килиши жуда осон.

Табиатимиз шунака.

~Atirgul~
07-25-2006, 12:38 PM
Agar nafsini teyaolmasa unda tezroq uylansin, uylanishga qurbi etmasa unda nafsini teysin.

W.I.Z.A.R.D
07-25-2006, 02:34 PM
Qani yigitlar tan olinglarchi, mard bo'lsalaring, "o'sha joyga" hech bormaganmisizlar? Masalan men borganman! Ha bo'lgan shunaqa ish! Endi esa ko'zimiz ochilgan. Hamma ham xato qiladi, ammo menimcha hammaga ham o'z hatosini tuzatish uchun imkoniyat bo'lmaydi....
Fohishalarni yomonlayvermasdan, o'z nafsimizni jilovlashga harakat qilsak yaxshiroq emasmi???? Nahotki bizni fohishalarni muhokama qilishdan boshqa ishimiz yo'q???? :(
Qani endi forumning erkaklariga savol, yigitman desangiz ochiq va to'g'ri javob bering.

Birinchidan fohishalik eng qadimiy kasb hisoblanadi
Ikkinchidan shu fohishalik kasbining talabgori erkak kishidir

Afsuski ming tortishsalaring ham buni oldini olib bulmaydi
Buni hayot deydilar har bir odamning ichida shaytoni buladi
Agarda yigitlarda fohishahonaga borish imkoniyati tugilsa buning ustiga u shirakayf holatda bulsa shayton uzini kursatadi.

Menimcha yigit kishining fohishahona ostonasiga qadam bosishiga
ikkita narsa tirtki beradi
1. Shirakayf holat
2. ayol zotini uz tushagida kup vaqt davomida kurmasa
uz hirsini qondirish uchun boradi.

Uylashimcha yigit kishi irodasi kuchli ma´nan baqquvat hamda
uz yori oldida bulsa u fohishalarga umuman intilmaydi deb uylayman

salomat buling
FREDY.

Oyaji
07-25-2006, 03:58 PM
Nega "ayol foxisha" bilan "erkak zinokor" taqqosda?!

"ERKAK FOXISHA" chi?! :D

Belgiumbek
07-25-2006, 04:17 PM
Foxishalar bulgandan kegin foxishaga boradida, oldin usha foxishalani yuqotish kera, undan tashqari yarim yalongoch qizlar qiz dib ham bumasa kera ulani,ushala harqanday odommi niyatini nigohini olishi ham hech gapmas,anu beliyo'q shimla, qoringa yetmaydigan futbolkala yana nimalaa...., hozir ko'pchilik uylanish uchun uylanadigan qizini orta maktabni tufatishini kutmoqda na faqat foxishaxonada balki ish honada balki maktab universitetlada unaqala kammas, i uydayam shu ishshi qilib otirgan ayol qizla kammas, qolaversa maqol boru "Nafsim qurg'ur balodur,harneki yo'lga soladur" shunday ekan nafsga mas Yaratganga qullik kera,shukrona ham.

elDoraDo
07-25-2006, 09:03 PM
Bolmagan gap
Yoki yana qaytib, tovuq birinchi bolganmi yoki tuhummi deb otirishga togri keladi. Har kim oziga togri bolsin. Eng muhimi oilada yaxshi tarbiya olsa boldi. Yoshlikdan fohishalardan hazar qilgan, chin dildan jirkangan odamgina bu ishga kirmasligini kutish mumkin. Ozi umuman pul tolab ehtiyoj qodirishning ozi mantqsizdek tuyuladi menga.

Samimiy
07-25-2006, 09:55 PM
Foxishalar bulgandan kegin foxishaga boradida, oldin usha foxishalani yuqotish kera,

Menimcha bu gap umuman notugri. Muammoning ildizi - fohishalarning borligi emas, balki ularning xizmatiga talabning kuchli bulishi. Boshqacha qilib aytganda, erkaklar fohishalarga fohishalar bulgani uchun bormaydi, aksincha, erkaklar fohishalarga borgani uchun fohishalar mavjud. Yana boshqacha qilib aytganda, talab bor ekan, taklif har doim buladi. Shuning uchun fohishabozlikni yuqotishning yuli - unga talabni yuqotishda. Taklifni yuqotsangiz odamlar baribir "yulini qiladi". Masalan bazi arab mamlakatlarida (masalan Saudiya Arabistonida) fohishalar yuq hisob. Lekin ularga talab bor, kuchli! Shunga Saudiyalik "shux" erkaklar nima qiladi - Bahraynga yoki Livanga yoki BAAga 2-3 kunlik "mehnat tatili"ga chiqib keladi.

Yoki boshqa bir misol. Amerikada narkotiklarga qarshi kurash olib borishning asosiy yuli - ularning mamlakatga kirib kelishining oldini olish. Buning uchun Kolumbiya va Meksikaga uxshagan mamlakatlarga Amerika mushtumzurlik qiladi, bu mamlakatlardan narkotiklar kirib kelishini kamaytirishga harakat qiladi. Natijachi? Natijada Amerikada narkotiklarning narxi kutariladi va sifati tushadi. Lekin ularning istemoli deyarli kamaymaydi. Bunda ham muammoning yechimi - narkotiklarga talabni yuqotish yoki kamaytirish.

Asl masalaga kelsak, fohishalarning xizmatiga talabni qanday qilib yuqotamiz? Turkiya milliy marshining shoiri Mehmet Akif Ersoyning shunday bayti bor:
"Ne irfandır veren ahlaka yükseklik, ne vicdandır;
Fazilet hissi insanlarda Allah korkusundandır."
Uzbekchasi ham deyarli bir xil:
Na irfondir (bilim, marifat) beradigan axloqqa yuksaklik, na vijdondir;
Fazilat (yaxshilik, ezgulik) hisi insonlarda Allohdan qo'rqishdandir"
Yani hech narsa Xudodan qurqishchalik odamni yomonlikdan saqlamaydi.

"Fohishaga borgan erkak fohishadan yaxshimi?" degan savolga esa men "Yuq, hatto undan battar bulishi ham mumkin" deb javob bergan bulardim. Masalan ayol fohishalikni majburiyatdan qilayotgan bulishi mumkin. Kambodja, Laos kabi mamlakatlarda (va uzimizga yaqin boshqa joylarda ham) yosh qizlarni foshishalikka, qul qilib sotish katta daromad keltiradigan "biznes"ga aylanib bulgan. 12-15 yoshli qizlarni bazan ota-onasi yuqsillikdan, nochorlikdan 100-200 dollarga sotvorishadi. Bu qizlarning deyarli qoshish yuli yuq. Lekin fohishaga pul tulab boradigan erkak esa bila turib, uz hohishi bilan boradi, uni hech kim majbur qilmaydi.

Masanori
07-25-2006, 11:01 PM
qars ikki quldan chiqadi deyishadi. Erkak kishining nafsi bir tomon bulsa, yarim yalongoch, kuzni uynatadigan qizla ikkinchi tomon. shu nuqtai nazaridan ayol kishining avratini yashirib yurishga buyurilganida ancha hikmat bor. Zino kuz zinosidan boshlanadi. Kuz shahvatga berilmasa, tafakkur ham tinch turadi.

Bir misrlik dustim bor, bu yerga kelganida hali uylanmagan edi. Uylangunib, rafiqasini olib kelgunga qadar ruza tutib yurdi. Ruza - bu buzuq jamiyatning salbiy tasiridan eng maqbul himoyachimizdir derdi.

Erkak nafsini jilovlayman desa yo uylanishi, yo nafl ruza tutmoqligi maqsadga muvofiq. ruza tutib, kuzini fahshdan asraydi.

magfirat tilaylik, dustlar!

Amiri Turkiston
07-25-2006, 11:30 PM
odamlarga hayron san

nimaga mavzu muhokamasi bir chekkada qolib ketib....mavzuni yomollashga tushishadi-aaaa

yoqmasa kirma....yoqmasa o'qima...huddi birov majburlab ushab o'tirganday

Webmaster
07-26-2006, 05:45 AM
Bularni xammasi be'manigarchilik borib turgan!! Masanori ning gapiga qo'shilaman qars ikki qo'ldan chiqadi...... Zinokorlarni ikkisi xam la'natga loyiq..

Erkak yoki ayolligi ni farqi yo'q...xammada xam nafs bor

Ollox saqlasin xammani bunday iflos ishlardan

Madalio'g'li
07-26-2006, 06:21 AM
Erkak yoki ayol... Nimaga talabgormiz?

Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya'ni, zino) mo'minlarga harom qilindi.

NUR 3

Alloh barcha musilmonlarni zinoning har nav'idan qiyomatga qadar asrasin.

Hurmat ila...

munisa
07-26-2006, 09:06 AM
Hurmatli userlar!

judayam hohlamagandim offtop qilishni, plus flooding uchun ban olishni :? (well, hope i won't get one). Bu mavzu aslida 'religion' boardda muhokama qilinishi kerakmidi :? yoki, boshqa mavzu ochishim ma'qulmidi :? hullas, confused2 bo'lib yurib, ming bir hijolatchiliklar ila, quyidagi linklarni sizlarga havola etaman:

_________________________________________

"Zinokor erkak zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur" degan oyat bor...

http://islam.uz/main/index.php?option=com_content&task=view&id=166&Itemid=0
__________________________________

"Bir dugonam o'z eriga hiyonat qilgan edi..."

http://islam.uz/main/index.php?option=com_content&task=view&id=286&Itemid=0
___________________________________

"Bir tanishim o'z pochchasidan, ya'ni opasining eridan homilador bo'lib qoldi..."

http://islam.uz/main/index.php?option=com_content&task=view&id=143&Itemid=0
___________________________________

"Bir tanish dugonam bir yildan beri turmush o'rtog'i bilan nikohsiz yashaydi. Sababi u ikkinchi hotin..."

http://islam.uz/main/index.php?option=com_content&task=view&id=69&Itemid=0
___________________________________

"Mut'a Nikohi..."

http://islam.uz/main/index.php?option=com_content&task=view&id=253&Itemid=36
___________________________________

Ojiz fikrimcha:

Har bir musulmon inson, Allohni tan olgan, Qur'onga iymon keltirgan inson bu masalada javobni ham Islomdan izlashi lozim. Bu mavzu ham aynan ushbu aqidaga tegishli bo'lganligi uchun fiqh, shariat, fatvo masalalari lozim bo'lgan joylarda shahsiy fikrga tayangan javoblarimizdan o'zimizni olib qochishimiz zarur. Avvalroq aytgan gapim - Alloh yashirgan gunohni bandasi oshkor qilmasligi lozim, va bundan tashqari barcha savollarga javobni, marhamat qilib Ulamolardan so'rab bilinglar. Masanori adashmasam aytib o'tgandi bu haqda.

Yana bir nozik tomoni, to'g'ri, menmi, boshqasimi, o'sha shar'iy hukmlarni ming bir harakat bilan bu yerga yozib ketishimiz mumkin, lekin chala bo'lib qolishi, tushunarsiz, hato bo'lib qolishi, hammaga barobar zarar bo'lishi mumkin.

Kimlardadir noto'g'ri, chala tushunchalar paydo bo'lib qoladi, Islomga nisbatan nafrat uyg'onib qolishi mumkin, kimnidir nohaqdan judge qilib qo'yishimiz mumkin, vaholanki bu huquq umuman hech kimda yo'q Allohdan o'zga. Bitta savolga javob berganimiz bilan, keyingilari kelib chiqaveradi. Shuning uchun ham har qanday vaziyat, holat bo'yicha ham ATROFLICHA, ULAMOLARdan o'rganib chiqishlik, menimcha eng a'lo ish bo'ladi.

Please just take a little tour - www.islam.uz or any other sources through which you may find the perfect answer from Islamic Scholar.

Ushbu holatni oldini olish uchun biror bir amal haqida gapiradigan bo'lsak ham, javoblar Islomiy manbaalarda bisyor. Aytib o'tilganidek, nafl ro'zalari, kiyinish odobini saqlash, o'z-o'zimizni isloh qilishimiz, ibrat ko'rsatishimiz, tavba, boshqalarga qo'ldan kelgancha nasihat - amri ma'ruf nahiy munkar, erkaklar o'z oilalarini isloh qilishlari, dinda mahkam turishlari, duolarni ko'paytirishligimiz, va shunga o'hshash amallar...

V konce koncov ne mi je pravim mirom :( Yasno, chto prostituciya sush'estvuyet, 'zino' sush'estvuyet, no prichini raznie: Iymonsizlik, Iymon sustligi, Iqtisodiy tanglik, Nafs balosi, Tarbiya, Prosto Qiziqish, Atrof muhit, itd itp.

Posledstviya toje raznie: Tavba, Samoubiystvo, Bolezni, Vlechenie Drugih v eto delo, Prodoljat' jit' s etim, itd itp.

Har bir zinokorni ALOHIDA hayoti, alohida sabablari bor. Neujeli mi smojem ih izuchit' i postavit' vsyo na mesto :shock: Avval o'zimizni tarbiyalab olsak ham :( Yuqorida aytilganlarga amal qilvosak ham, well, har qalay men uchun juda katta yutuq bo'lardi.

Alloh rozi bo'lsin ulardan, Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlariga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilish imkoni bor shu sayt orqali. Avvallari ingliz tilida yozib bir oy kutib olardik javoblarni chet eldagi ulamolardan. Hozirda o'z tilimizda ham a'lo darajadagi islomiy kitoblar bisyor bo'lib qoldi.

Forumda FIQH masalalari umuman muhokama qilinmasdan, ulamolardan, sahih manbaalardan so'rab, o'rganib bilinsa degandim. Shu yerda to'htatay endi, ko'p gapirvordim, uzr :(

Assalomu alaykum.

Abdug'ofur
07-26-2006, 10:41 AM
Bir italiyalik siyosatchidan so'rashgan ekan, "Nega siz chet eldan kelayotgan fohishalarga qarshi kurashmaysiz?" U esa shunday deb javob beribdi: "O'n million saylovchini yo'qotishni istamayman".

bezdelnik
08-03-2006, 07:45 AM
hoh erkak, hoh ayol - zino uchun bir jazo...... nimaligini o'zilar bilaslar!

savol o'rinli, javob esa yahshi ham emas, yomon ham emas,,,, ikkalasi bir go'r!

general comments:

AIDS (va boshqa)ga kelsak, buni bittayu bitta davosi bu - din!

inson ikki labi, ikki oyo'gi orasidagi narsani tiyib yursa tuhmatdan, har hil balolardan uzoqda bo'ladi.... tiyib yurishlik albatta iymon darajasiga bo'gliq....!!!