PDA

View Full Version : TUFON - “Onadoli Qishlog’ining Muzaffar O’rdulariga”


Madalio'g'li
07-26-2006, 07:19 AM
TUFON

“Onadoli Qishlog’ining Muzaffar O’rdulariga”


Ey İno’ni, ey Saqoryo, ey istiqlol erlari
Milliy Misoq oling’ancha to’xtalmasdan ilgari!

Bilamas kim, jannat kabi tuprog’ingiz yovlarning
Go’daklarni yastag’uchi oyoqlari ostida,
Bilamas kim tovushingiz haqsiz chiqqan davlarning,
İnsofsizcha shovqinlarning, xurushlarning pastida.

Bilamas kim, “madaniyyat” beshigida olturgan
Jallodlarning butun tama va hirslari sizlarda,
Bilamas kim “ozodlik” deb shovqin qilgan baqirgan
Bo’rilarning och ko’zlari, oltun tola yerlarda.

Bilamas kim, unlar sizni yoshamoqqa qoymaylar
Bilamas kim, qoningizni tomchi-tomchi ichalar
Bilamas kim, unlar sira yuvosh xalqni sevmaylar
Bilamas kim tuproq uchun insonlikdan kecheler.

Bilamas kim, siz yo’qsillar song choqda
Shunday yomon dushmanlarning qo’lida
Mangu asir, mangu tutqun bo’lishni
İstamasdan qo’lga yorog’ oldingiz.

Bilamas kim qatar-qatar qishloqlar,
Sinasiga non toldirgan tuproqlar,
Ot ichida, shuning uchun o’lishni
Ortiq ko’rib jonni o’tqa soldingiz.
Jonni qonga-oqqa o’tqa soldingiz.
Faqat bu kun totli bir o’ch oldingiz,
Yana bir qo’r tarixlarda qoldingiz!

Ey istiqlol, ey Saqoryo, Ey İno’ni erleri
Yur, mazlumlar tufonining o’ch olg’uchi sallari!


Sulayman Abdulhomid Cho’lpon


______________________________________
To’xtalmasdan : Beklemeden, durmaksızın
Yov : Düşman
Go’dak : Bebek
Tovush : Ses
Shavqin : Gürültü, şamata
Xurush : Davranış, muamele
Mangu : Ebediyyen, sonsuza kadar
Qo’l : El
Yarag’ : Silah
___________________________________________