PDA

View Full Version : Do'ppi va Atalasni Unitmadingizmi?

MirzoBobur
07-27-2006, 12:24 AM
Assalomu Alaykum Forumdoshlar

Hozir computer oldida o'tib ko'zim uyquga ketib qolib, tushimda Uzbekistonda yuribman, lekin hech bir erkakda Do'ppi, hech bir ayolda Atlash kuylak ko'rmadim, uzur bu albatta tush...

Bir savolim bor edi, UZbekisonda turgan forumdoshlarga ham chet ellarda yurgan forumdoshlarga ham, yigitlar do'ppi qizlar esa vaqt vaqti bilan atlas kiyib turasizlarmi? (uzur bu shunchaki savol)

JAvoblaringiz uchun raxmat

Zambrotta
07-27-2006, 12:25 AM
kalla boru duppi yo.

lost
07-27-2006, 12:48 AM
Assalomu Alaykum Forumdoshlar

Hozir computer oldida o'tib ko'zim uyquga ketib qolib, tushimda Uzbekistonda yuribman, lekin hech bir erkakda Do'ppi, hech bir ayolda Atlash kuylak ko'rmadim, uzur bu albatta tush...
Ehhh og'ayni, odam degani sal o'zini asraydida :cool: Ha shu bittasi do'ppi kiymasa kiymaptida. Mazza qilib ko'rpachani ustia yotganga nima yetsin. Komputir deysiz :)
Atlas kuylakmush, kuylak ko'rgan bo'lsayiz bo'ldida, shukur qilmaysizmi ?
Hozir kuylak dipisit, o'rnini kalta yubkayu, baletchilarni ishtoniday ishton bosib ketgan o'sha o'zbekistonizzi...

Savolizga javob: O'zbekiston haqida prezentatsiyalar bo'lganida do'ppi kiymasam, boshqa paytlar kiyish yo'q.

PS: Zambrotta, o'ldirdiz lekin "erkaklar bor, joy yo'q joy" deganday bo'pti

lobar
07-27-2006, 01:08 AM
Atlas kuylakmush, kuylak ko'rgan bo'lsayiz bo'ldida, shukur qilmaysizmi ?
Hozir kuylak dipisit, o'rnini kalta yubkayu, baletchilarni ishtoniday ishton bosib ketgan o'sha o'zbekistonizzi...

hichdeee, qachon bordiyz o'zb.ga o'zi? :rolleyes:
ohirgi paytla qizla orasida atlas diyolmiymanu, adrasdan kiyimla kiyish rosa urf bo'gandi. Manam kiyganman rosa kegunimcha, bu yergayam ko'tarib keganman hatto. Atlasdan ko'yne, adrasdan kastumchi yubkam bor! Kiysam maza qilaman. :cool:

lost
07-27-2006, 01:12 AM

bahslashmayman, sizzi gapiz haq ;)

MUHLIS
07-27-2006, 01:41 AM
O'zbekistonda yaqinda hammaning bir qo'lida aroq ikkinchi qo'lida sala ko'radigan bo'lasiz.

lobar
07-27-2006, 01:44 AM
O'zbekistonda yaqinda hammaning bir qo'lida aroq ikkinchi qo'lida sala ko'radigan bo'lasiz.

unaqamaas, man tanigan yaqinlarimmi orasida qaytaga insofga , haq yo'lga kirayotganlar ko'paygan ohirgi paytlari.
Dastrurxonlarda aroqni ko'rmaganimgayam annncha yillar bop ketgan

Bilmaasaaam, sila qaysi o'zbekla haqida gapirvossila :rolleyes:

Mo'jiza
07-27-2006, 01:47 AM
Koreyada bo'lib ketgan dugonam: "Koreyaga keladigan bo'lsangiz, albatta bitta atlas tiktirib olib keling". degandi. Shunday qildim ham. Do'ppini ham oldik. Hali hech kim milliy kiyimimiz haqida so'ramadi. So'rasa kiyib ko'rsatmoqchiydim.

Atlasim borligidan o'zimda yo'q xursandman. Uyga borsam, xarna bitta sarupo ham tayyor.

Lobar opaning gaplarida jon bor. Ayniqsa, kelinlar turli fasonlarda adrasdan chiroyli kiyimlar kiyishayotgandi.

smilinguzbekgal
07-27-2006, 01:54 AM
Atlasni haliyam qadri tushmagan, ayniksa, kelinlarning albatta atlasdan kyimi bor,kozni kamashtirib kiyib yurishadi.
Mani ozim ham yakinda atlas koylak lozim tiktirdim, hammasi bolibg hozir 3 ta atlas koynagim bor.do'ppilarni ham zo'rlari chikib ketgan .2 ta do'ppi ham oldim ( to'yga tayyorgarlik :D )
Atlas bilgan odam uchun bebaho mato, juda tanaga yokimli, yumshokkina, silliqqina. Fakat tozalash sal muammo. Man bir bir speacial occasionlarda kiyaman,hali kir bolishga ulgurmagan.
hurmat bilan...

Shahnoz
07-27-2006, 05:51 AM
Assalomu Alaykum Forumdoshlar

Hozir computer oldida o'tib ko'zim uyquga ketib qolib, tushimda Uzbekistonda yuribman, lekin hech bir erkakda Do'ppi, hech bir ayolda Atlash kuylak ko'rmadim, uzur bu albatta tush...

Bir savolim bor edi, UZbekisonda turgan forumdoshlarga ham chet ellarda yurgan forumdoshlarga ham, yigitlar do'ppi qizlar esa vaqt vaqti bilan atlas kiyib turasizlarmi? (uzur bu shunchaki savol)

JAvoblaringiz uchun raxmat

Man O'zbekistondan olib keluudim, Do'ppi cho'pon (ayollarnikini nomi nimaligi esimda yo'q), ko'yladi... etc, lekin boshqa bir davlatda shunchaki ko'chaga chiqvolib atlas kiyadigan bo'lsangiz, sizni bir oz tomi ketganroq deb o'ylashadi... aslida qarshimasman lekin...

O'zbekistonda bo'lganimdayam unchalik kiymagan kiymagan ekanman... faqat Navruz va Mustaqillik bayramlarida... shkafimda chiroyli turibdi-da baribir:)