Madalio'g'li
07-30-2006, 01:33 PM
Sizga vahiy etilgan narsaga ergashing va to Alloh hukm qilgunicha sabr qiling! Albatta, U hukm qiluvchilarning yaxshisidir.
Yunus 109
Marta Brill Olkott: 'Umidlar so'ngan emas'
AQSh hukumatining Ovro'po va Markaziy Osiyodagi demokratik jarayonlarni kuzatuvchi mustaqil agentligi bo'lmish Xelsinki Komissiyasida O'zbekiston 'Erk' demokratik partiyasi rahbari Muhammad Solih, 'Birlik' xalq harakati' partiyasi rahbari Abdurahim Po'latov va qamoqqa tashlangan 'Serquyosh O'zbekistonim' koalitsiyasi rahbari Sanjar Umarovning o'g'li G’ulom Umarov ma'ruza qilganlar. Asosiy mavzu: 'O'zbekistonda o'zgarish uchun yo'l bormi?' Doktor Marta Brill Olkott Markaziy Osiyo bo'yicha mutaxassis. Bi-bi-si Olkott xonimdan o'zbek muxolifati vakillarining chiqishlari xususidagi fikrlarini so'radi.
Marta Brill Olkott: - Men O'zbekistondagi o'zgarishlar imkoniyati borasida juda umidsiz edim. Andijon voqealaridan keyin o'tgan davr mobaynida Islom Karimov o'zining prezident sifatidagi mavqeini mustahkamlab olganligi tashqaridagi biz kabi kuzatuvchilarni hayratga solgan voqelik bo'ldi. U faqatgina mamlakat ichkarisida bunga erishib qolmasdan, balki tashqarida yo'qotilgan ittifoqchilarning o'rnini bosadigan yangi sheriklar, hamkorlar topa oldi. Agar, Prezidentning o'zi biron siyosiy o'zgarishlarni ilgari surmasa, demokratiyaning ahvoli bir yil oldingi bilan solishtirganda ham anchayin abgordir.
Bi-bi-si: - Demak, boshqaruvdagi elita va yoki xalq orasidan ham yetishib chiqishi ehtimoli bo'lgan biron harakatni ko'ra olmayapsiz, shundaymi?
Marta Brill Olkott: - O'zbekistondagi siyosiy o'zgarishlar doimo yuqoridan kelgan. 2001 yildan beri Islom Karimov siyosiy o'zgarishlar jarayonini qo'llagan bo'lsa, bugunga kelib ana shu yo'ldan ortga qaytilgan. Uning yangi ittifoqchilari bo'lmish Rossiya va Xitoy esa o'zlari tushungan barqarorlikni saqlashni ilk o'ringa qo'yishadi. Siyosiy o'zgarishlar borasidagi bahslar tobora murakkablashib ketayotir. Karimovning haligacha Ovro'podan qandaydir umidlari bor, ammo Amerikaga nisbatan u juda g'azabda. Shu bois yarim yil ilgarigi ahvol bilan solishtirganda ham Islom Karimovga ta'sir etish imkonlari juda kamaygan. Muhojirotdagi o'zbek muxolifati o'zaro bo'linib ketgan va mamlakat ichkarisida bu siyosiy partiyalarning kuchi bor deb aytishga biron dalilimiz yo'q – biz shundayin bir voqelikni ko'rib turibmiz. Muvaffaqiyatli siyosiy o'zgarishlar uchun boshqaruvlarda siyosiy elitaning dastagi lozim. Albatta, bu dastak eng yuqorida bo'lmasa ham o'rta va sal yuqoridagi boshqa bo'g'inlarda bo'lmog'i shart. Andijon voqealaridan oldin ham o'zbekistonlik mulozimlar siyosiy o'zgarishlar haqida gapirishardi. Ammo hozirga kelib ular uchun ham xavfli bir vaziyat yuzaga kelgan.
Bi-bi-si: - Sizningcha tuzumdan norozi bo'lgan, biroq unga qarshi gapirishga o'zida kuch topa olmayotgan odamlar O'zbekistonda hamon bormi?
Marta Brill Olkott: - Menimcha ular o'zlariga unchalik ishonishmaydi. Masalan, bir yil ilgari ham ular anchayin kuchlariga ishonishardi. Ular ochiqdan-ochiq gapirishmaydi, ammo g'arbliklar bilan kechadigan shaxsiy suhbatlarda o'z nuqtai nazarlarini bildirib qo'yishadi. Ular goho kichik guruhlarda o'zaro suhbatlashadilar. Qanchalik yuqoriga chiqsangiz, shunchalik gapira olmaydigan bo'lasiz. Lekin bu ana shu odamlar tuzumdan norozi emaslar, degan gapni anglatmaydi. Lekin hozir ularning gapirishi xavfli.
Bi-bi-si: - Hozirgi o'zbek muxolifati vakillari-chi? AQSh ularga qanday umid ko'zini tikmoqda? Ular ham o'zlari istagan o'zgarishlarga biron hissa qo'sha biladilarmi va yoki mamlakatdan tashqarida qolib ketishganmi?
Marta Brill Olkott: - Ularning ayrimlari mamlakatdan tashqarida qolib ketishgan va ayrimlari hamon mamlakat ichkarisida aloqalarga egalar. Hammalari ham qandaydir rishtalarga egalar. Ammo 15 yillik muhojirot - bu inson uchun uzoq muddatdir. Masalan, Muhammad Solih kabi shaxs ko'rsatadigan ta'sir bor-yo'g'i ramziydir va biz uni faol siyosatchi sifatida ko'ra olmaymiz. Ammo ana shu ramz ham ba'zida ta'sir kuchiga ega bo'lishi mumkin. Lekin shu bilan bir qatorda bu shaxslarning bir kun kelib prezident bo'lamiz, degan orzulari allaqachon chippakka chiqib bo'lgan.
Bi-bi-si: - Ammo janob Solihning aytishicha, Senator Jon Makkeyn kabi shaxslar Markaziy Osiyodagi demokratiya va inson huquqlari ahvoliga qarab Amerikaning moliyaviy yordam ajratishini belgilaydigan qonunlarni qabul qilishga intilmoqda ekanlar. Ularning bu borada muvaffaqiyat qozonish imkonlari neqadar?
Marta Brill Olkott: - Shaxsan men bundayin bir munosabatni yoqtirmayman. Menimcha, biz o'zbeklar bilan yakkama-yakka munosabatga kirishish yo'llarini qidirishimiz lozim. Hattoki, ikkilamchi tomonlar orqali bo'lsa-da, hukumat bilan munosabatlarga kirishishning xolis yo'llarini izlash lozim. Ammo O'zbekistondan yuzni teskari o'girish juda xam xavfli.
Bi-bi-si: - Ma'lumki, Xelsinki komissiyasi O'zbekiston o'zgarishlarga muhtoj zulmkor davlat, degan fikrda. Ammo AQSh Davlat departamentida qaror beruvchilar orasida ularning ta'sir kuchlari qanchalik? Chunki Andijon voqealaridan keyin bir yil o'tgach ham biz murojaat etganimizda, Davlat departamenti O'zbekistonga nisbatan siyosatlari borasida hali kutib turishlariga ishora etishgandi.
Marta Brill Olkott: - Menimcha, bu ma'muriyatning keng ko'lamli munosabatini aks ettiradi. Chunki O'zbekiston bilan ko'proq strategik hamkorlik qilish umidi va istagi bor. Ammo bunga qanday qilib erishishni bilishmayotir. Menimcha, Afg'onistondagi ahvol yomonlasha boshlasa, buyog'i nima bo'larkin, degan xavotir ham bor. Chunki AQSh ma'muriyatida o'zining bevosita tayanadigan rejalari bor va mabodo, bu rejalar barbod bo'lsa, tushadigan zarbasi og'ir botadi, degan kayfiyat mavjud. Biroq Kongressda ham zulmkor tuzumlarni jazolash lozimligini ta'kidlayotgan ovozlar kuchlidir.
Zunnun (Yunus)ning (o'z qavmidan) g'azablangan holda (qishlog'idan chiqib) ketib, Bizni unga qarshi chiqa olmaydi, deb o'ylagan paytini, so'ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong'u zulmatlar ichra: "Sendan o'zga iloh yo'qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o'zimga) zulm qiluvchilardan bo'ldim", - deb nido qilgan (paytini eslang)!
Anbiyo 87