View Full Version : Qabr azobini lozim qiladigan sabalar
Qabr azobini lozim qiladigan sabalar
1) Allohga shirk keltirish va kufr keltirish. Alloh taolo Fir’avnlar va ularning qavmlari haqida shunday deydi: “(u azob bir) olovdirki, ular ertayu kech o’shanga yuzlanadilar. (qiyomat) soati qoyim bo’lgan kunda: “Fir’avn honadonini eng qattiq azobga kiriting”. (G’ofir, 46). Va “Sahih Buhoriy va “Sahih Muslim” kitoblarida: “Yahudiylar o’z qabrlarida azoblanib yotibdilar” deyildi.
2) Munofiqlik. Alloh taolo aytdi: “Atrofimizdagi a’robiylar va Madina aholisi orasida nifoqda doimiy bolgan shunday munofiqlar borki, ularni siz bilmaysiz. Biz bilurmiz. Ularni (Biz) qayta-qayta azoblaymiz. So’ngra (Qiyomat kunida) eng ulug’ azobga qaytarilurlar”. (Tavba, 101)
3) Siydikdan to’liq tozalanmaslik.
4) Odamlar o’rtasida bo’hton (tuhmat)larni tarqatish/
5) G’iybat. Ikki “Sahih” kitobdagi hadisda: Payg’ambar -u kishiga Alohning salovoti va salomi bo’lsin- Madina shahri devorlaridan bittasini oldidan o’tayotib, ikki insonni qabrdagi azobdan chiqarayotgan ovozlarni eshitib qoldilar. Va aytdilarki: “Haqiqatda u ikkovlari azoblanayaptilar. Katta gunohlari uchun azob olmayaptilar (ya’ni bu gunohlardan chetlanish uncha qiyin ish emasdi). So’ng aytdilarki: Yo’q, lekin haqiqatda bu katta gunohdir. (Allohning nazdida). Ularning biri siydikdan yahshilab poklanmas edi. Va ikkinchisi esa doimo bo’hton (tuhmat) tarqatib yurar edi”. Boshqa rivoyatlarda (ikkinchisi doimo g’iybat qilib yurar edi.) deyildi.
- Qatoda –u kishini Alloh rahmat qilsin- aytdilar: Qabr azobi uchta ushlikdan bo’ladi deb aytilardi: G’iybat, bo’hton, siydik.
6) Insonlarga til bilan aziyat berishlik. Ibn Habban sahih rivoyatda: “U ikkovidan biri siydigidan to’liq tozalanmas edi. Ikkinchisi esa insonlarga tili billan aziyat berib, ular orasida bo’hton tarqatib yurar edi.” Deyildi.
7) Yolg’on. Buhoriy kitoblaridagi uzun hadisda Pay’ambar -u kishiga Alohning salovoti va salomi bo’lsin- tushlarida ba’zi qabr va do’zah azoblaridan ko’rganlarini aytdilarki: “…ammo bir kishiki, men uni oldiga kirgan edimki, uni esa jag’ini miyasigacha, burnini miyasigacha, ko’zini miyasigacha egovlanarda. Bu shunday kishiki uyidan chiqib, keyin bir yolg’on gap gapirardiki, bu (yolg’on gap) ufqlargacha yetib borardi”.
8 ) Qur’on o’rgangandan keyin, undan yuz o’girish.
9) Farz namozlari vaqtida uhlab qolishlik. O’sha o’tgan hadisda aytiladiki: “Ammo bir kishiki, oldidan o’tdim, o’z boshinitosh bilan badnom qilardi. U shunday kishiki, Quro’nni oldi (o’qidi yoki yodladi), so’ng yuz o’girdi va farz namozlarni vaqtida uhlardi. “Boshqa rivoyatda esa: “Shunday (kishiki) o’zini boshini yorib, sindirayotgan edi, bu kishiga Alloh qur’onni o’rganishlikn nasib etdi, lekin u kechalari uhladi va kunduzlari unga amal qilmasdi. Bu ish (boshini o’zi yorib sindirishligi) Qiyomatgacha davom etadi.
10) Ribo, (qarzni foizga berishdan tushgan) foydasini yeyishlik. Yana o’sha o’tganhadis davomida aytiladiki: “Shunday kishiki u bir daryoda cho’milayotganida, unga og’ziga bir tosh yuttirilib azob berilayotgan edi, (ya’ni cho’ktirilayotgan edi). O’sha kishi haqiqatda ribo yegan kishi edi”.
11) Zino. (Fohishabozlik). Yana o’sha o’tgan hadis davomida: “Biz keyin yura boshlab bir (katta) tandirga o’hshagan narsani oldiga keldik. Uning ichidan baqiriq, qiyqiriq ovozlar (eshtilar edi). “U kishi (Payg’ambar) -u kishiga Alohning salovoti va salomi bo’lsin- yana so’zlarini davom ettirib aytdilarki: “O’sha (tandir)ni ustiga ko’tarildik, o’shanda uning ichida yalang’och erkaklar va ayollar bor edi. Ularga o’zlarining ostilaridan bir gulhan, olov kelib tegardi. Qachon ki o’hsa olov-gulhan ularga yetganda baqirib qichqira boshladilar…o’shalar zinokorlardir”, deydilar. Yana boshqa An-Nisaiyning sahih rivoyatlarida: “…keyin yura boshlab, qachonki bir qavmga yetgan edik, ular eng kuchli semizlik bilan semirib ketgan (ya’ni judayam semiz), shu bilan birga juda ham bir sassiq hidi o’zlaridan chiqarib turardilar. Men: Kim ular? deb so’radim. U (Jabroil): bular zinokor erkak va ayollar, dedi”
- Al-Hafiz ibn Hajar aytdilari: Ularning (zinokorlarning) yalang’och (azoblanishi) ochib tashlash, haqiqatni ro’yobga chiqrishlikdir. Chunki ularning (dunyodagi) odatlari bo’yicha hilvatda berkinib olishardi. (Mana shuning uchun) ular qattiq uyat bilan azoblanadilar. Ammo azobni (olov-gulhanni) ostilaridan kelishligini hikmati. Ularning o’sha ostki a’zolari bilan jinoyat qilganliklaridir.
12) odamlarni yahshilikka chaqirib (buyurib), o’zi qilmaslik. Bir sahih hadisda; “O’sha ‘Isro’ kechasida men shunday kishilarni ko’rdimki, ularning og’izlari olovdan bo’lgan qaychilar bilan qiriqilar edi. Men shunda: Ey Jabroil, kim bular? dedim. U kishi: sizning ummatingizdan bo’lgan ba’zi shunday kishilar
13) Allohni zikr qilishlikdan yuz o’girish.
Alloh Ta’olo aytadi: “Va kimki (endi) meni zikrimdan (eslashdan) yuz o’girsa albatta, uning uchun siqilgan, kamsitilgan (yomon ahvolga solib qo’yilgan) hayot surishlik border”. (Toha, 124) Payg’ambar -u kishiga Allohning salovoti va salomi bo’lsin- aytadilar: “O’sha qabr azobidir (ya’ni siqilgan kamsitilgan hayot surishlik – mana shu qabr azobidir)
14) Uzrsiz Ramazon kunalri ovqat yeyishlik. Abu Umoma hadislarida: ”Keyin (Jabroil) men bilan yura boshab, bir qavmga yetdik. Ular orqa tovonlaridan osib qo’yilib, iki jag’lari yorib tashlangan edi. Men: Ular kim? Dedim (Jabroil): ular ro’zalarini tutmasdan, ovqat yeb yurishardi, dedi”.
15) Urushdan tushgan g’animat-boylikdan amir-hokimga habar bermasdan olishlik (berkitib ruhsatsiz olish). Ikki sahih hadislar kitobida: “Jonim qo’lida bo’lgan (zot) bilan (qasamki), haqiqatda shunday matoki,Haybar urushi kuni g’animatlar orasidan haqli ravishda bo’linmasdan oldik (ulardan) olgan (shahs)ga, albatta olov unga yoqiladi.”
Nozima
07-31-2006, 02:21 PM
Tugab bitayotgan dunyoning tashvishlariga aldanayotgan,ei g'ofil nafs!Sen endi butkul
tashab ketayotgan o'tkinchi uining emas,balki abadiy qolish uchun ko'chib o'tayotgan
ohirat uingning g'amini e!Chunki har bir insonnig jahannamga tushirilishi senga yahshi ma'lum:
"Hech shak-shubha yoqki,Biz O'zimiz unga(jahannamga)kirishga loyiqroq bo'lgan
kimsalarni juda yahshi bilguvchidurmiz.Sizlardan har biringiz unga tushuvchidirsiz
(Bu)Parvardigoringizga(ya'ni u zotning amriga binoan)vojib bo'lgan hukmdir.So'ng biz
taqvodor bo'lgan zotlarni(undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho'kkan hollarida
(jahannamda) qoldirurmiz"(Maryam,70-72 oyatlar).
Demak barchaning,jumladan sening ham jahannamga tushishig aniq,undan najot
topishing esa gumon.Borishing aniq bo'lgan joining qo'rqinchini qalbdab his qil,
shoyad undan najod topsang.
Qiyomat dahshatlarini boshdan kechirayotgan haloyiqning ahvolini tasavvur qil.
Ular qaig'u va qo'rqinch ichra tik holatda qotib qolishgan.Qiyomat haqida eshitganlari
ko'zlari o'ngida sodir bo'lyapti,shafoat kutishadi.O'sha pait mujrim-gunohkor
bandalarning atrofini zulmat qoplaidi.Birdan ularning ustiga olov yolqini "ko'lka"
tashlaidi.Jahannamning hovurli nafasini eshitadilar.Bo'kirikka o'hshash bu nafasdan
g'azab uchqunlari sachraidi.Ana o'shanda mujrim bandalar va'da etilgan halokatga
uzil-kesil ishonadilar.
Ummatlar tiz cho'kkan holatlarda keltiriladi.Hatto do'zohdan najot topganlar ham
qo'rquvdan dir-dir titrashadi.Shanda azob farishtalaridan biri chiqib , nido qiladi: "
Dunyoda nafsini orzu-havaslar bilan aldab,yomon amallar bilan umrini zoye qilgan falonchining o'g'li falonchi qani?!"
Qalblarga tahdid solib,ulkan kaltaklar bilan uni qattiq
azob sari haidashadi va "mana bu azobni totib ko'rgin" deya uni jahannam qa'riga
yuz tyban uloqtirishadi.Bu tor qorong'u,hatarlarga to'la uyi maskan tutganlar u yerda
abadiy tutqun bo'lishadi.U erda olovlar yonadi,u erdagilarning ichadigan suvlari
qainoq,u erdagilarning qarorgohi-jahannam.
http://d.foto.radikal.ru/0607/eb9b877af464.gif http://d.foto.radikal.ru/0607/db49b361574b.gif http://d.foto.radikal.ru/0607/abb763420b76.gif
: Alloh rozi bo'sin Sita RAhmat ;)
16) Kiyimni kibr bilan kiyib sudrab yurishlik. Sahih Buhoriyda: “Shunday kishiki, kiyimni (kibr bilan) kiyib sudrab yuradi, s’ng u qachonki tutilib, (qabrga) tushirilganda usha yerda u qiyomat kunigacha (havf-hatar ila qo’rquv bilan o’zini u yona bi yonga otib) baqirib chaqirib yotaveradi.
17) Bolalarni beuzr sut emizishlikdan bosh tortgan ayol. Abi Umoma hadislarida: “So’ng men bilan (Jabroil) yura borib, qachonki shunday ayollarga keldikki, ularni ulonlar ko’kraklardan tishlardi. Men: Kimdir ular? deb so’radim. u (Jabroil): Ular shunday ayollarki, bolalariga sutlarini bermasdilar”, dedilar.
18 ) O’g’rilik. Sahih Muslimda: “Hattoinki, men u yerda qarmoq egasini (o’g’ri) qarmog’ini olovda (azobda) sudrab yurganini ko’rdim. U o’zining qarmog’i bilan (dunyoda) o’g’rilik qilardi. Agar biror odam bilib qolsa, (o’g’ri) aytardiki: “Hey, qarmog’imga ilinib qolibdiku?!”, agar u o’g’irlangan odam bo’lmay qolsa u narsani o’zi bilan olib ketardi.”
19) Hayvonlarni qamab qo’yib mehrsiz azoblash. Sahih Buhoriyda:”Men u yerda (do’zahda) hattoki o’sha mushuk egasi ayoln ko’rdim. U ayol mushugini qamab qo’yib. Ovqat bermasdi. Yerdan chiqqan o’t o’lanlarni ham yedirmas edi, mana shundan u mushuk och qolib o’lgan edi.”
20) O’likka baqir chaqir qilishlik. Baqir chaqir degani, bu ayollarning yig’ilib, o’likni yahshi ishlarini eslagan holda, uni chaqirishlik bilan yig’lashlaridir. Sahih Muslimda: “O’lik odam, unga qilinayotgan baqir chaqir uchun azoblanadi.” Deyiladi.
21) Qarz tufayli qabr azobi bo’lishligidan qo’rqish lozimligi. Bir sahih hadisda: “Haqiqatda birodaring qarzi bor uchun hibs qilinib turibdi. (o’lgandan keyin qabrda). Bor, uning qarzini to’lab kel”. Boshqa rivoyatda: “haqiqatda u (o’lik) qarzi bor bo’lgani uchun jannatga kira olmay asir o’tiribdi”. Va yana boshqa rivoyatda: “mana hozir endi uning jasadi rohat qiladi”’ deyiladi. (yani hayotdagi birodari uning qarzini to’laganidan keyin)
- Imom ibn al-Qoyyim -u kishini Alloh rahmat qilsin- aytdilar: Haqiqatda qabrdagi olov va rohat bog’I, bu dunyoning olovi va bu dunyoning bog’I emasdir. (ya’ni o’hshamaydir). Dunyodagi olovni va yashil o’t-o’lanlarni (bog’larni) ko’rgan odam, (albatta) qabrdagilarni ham ko’radi. (ya’ni albatta o’ladi). Lekin u yerdagisi ohirat olovidan va ohirat bog’laridandir (yani qabrdagi). (Bu deganimiz) u yerdagi olov dunyo olovidan kuchliroqdir. Buni dunyo ahli sezmaydi. Haqiqatda Alloh taolo o’sha qabr ustini va ostini tuproq va tosh bilan saqlab turadiki, toki (o’sha olov) dunyo alangasidan ham kuchli issiqroq bo’lsin uchun. Lekin uni dunyo ahli ushlasalar sezmaydilar.
Balki bundan ham ajablanarlisi, ikki kishi birga yonma-yon dafn qilingudek bo’lsa, bittasi jahannam issiqligichuqurida bo’lsa, o’sha issiq yonida yotgan ikkinchisiga yetib bormaydi. Ikkinchisi esa jannat bog’laridan bir bog’da bo’ladi. Va undagi rohat va ne’matlarni yonida yotgan haligi birinchisiga yetib bormaydi. Robbimiz Haq Ta’oloning kuch-qudrati bundan ham kengroq va ajablanarliroqdir.
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.