View Full Version : Erkam bugun siz tug'ilgan kun !!!
BIBIHONUM
08-01-2006, 11:23 PM
Tabriklarim...:)
iye okamee-okaginamee mani:)
man to'ttinchi chislada dp otirimmanu.:)
ha mayli oldin bosayam chqsi yo. tugilgan kunizda uzo umr, sogli-salomatlik tiliman. hamisha shunaqa bagrikeng, kongli ochu inson bob qoling. ilohim hamma orzulariz royobga chiqsinu, biza sizzi bahtizzi korib quvonib yurilik:)kopkop bolalani adasi boling. hamisha ota-onezzi yuzlarini yorug qilib, duolarini olib yuring. oomin.
man va bek
boburshoh
08-02-2006, 12:48 AM
Asadbek aka, Tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman, eng yahshi tilak istaklarimiz sizga
Zambrotta
08-02-2006, 02:30 AM
a bu kimmi tug'ilgan kuni, erkez kimakan?
Asadbek
08-02-2006, 02:32 AM
Tabriklarim...:)
Tashakkur!!! :)
Ikki kun keyinmasmidi, Bekaginam? :)
Asadbek
08-02-2006, 02:33 AM
6972, Sizga va Bekka ham eng ezgu va sof niyatlarimiz! :) To'ylaringizda xizmatta bo'laylik!
boburshoh, rahmat!
Lady_G
08-02-2006, 02:39 AM
Ahir 4nchi avgustdamasmi??? Yoki Zilolaxon shoshilib, begimni 1nchi man tabriklay deb 2kun oldin thread ochtilarmikan? :D
Tuychibek, shu kun nafaqat siz uchun, Zilolaxon uchun ham bayram kun. Ikkalangizniyam chin qalbimdan muborakbod etaman. Ko'p yashang! Neki tilak, orzulariz bo'lsa hammasiga erishgayslar! Bahtli, tahtli bo'lingla, qo'sha qaringla, sizlar ham o'zlarizni putbol komandalariz tezro tuzingla :P
Zilolaxon shu raqsga tushib beraman degan vadaiz esdan chiqmasin, chunki endi Tuychibek ham vada berdila :P :D
Guardian
08-02-2006, 02:45 AM
Asadbek, tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin. Baxtli bo'ling, har doim.
Legend
08-02-2006, 03:15 AM
Tugilgan kunla muborak bolsin :) .
Tugilgan Kunlar Muborak bolsin Asadbek Aka.
Bahtli bo'lilar birgalikda, Shirin hayot kechirilar
Chin Ko'nglimdan Tabrikleyman;)
http://img150.imageshack.us/img150/1329/360uzbekistan0027yh1.jpg
elDoraDo
08-02-2006, 03:34 AM
Tugilgan Kun Muborak Bolsin :)
Chin qalbdan tabriklaymiz.
munisa
08-02-2006, 04:03 AM
iyaaaa, Asadbek akani tug'ilgan kunlarimi?! Tabriklimiza!! Chin ko'ngildan!
Forummi shu boardini yahshi ko'rdim, pochti har kuni bayrama!!! Do'stlariz bo'lsa qanday yahshi, ularni quvonchlariga sherik bo'lish undan ham yahshi!!
Asadbek aka,
Shodon yurin, halovatda, bo'lmang hasta,
Admin bo'lib yuz yil yashangiz Iloyim :P ,
Gullarimni qabul qiling dasta-dasta :rose: :rose: :rose:
Bekajoniz yoningizda bo'lsin doim!
yana bir bor Congrats!!!
___________
uzr, uzr, Admin o'rniga Moder deb qo'ygan ekanman :) Lady_G, rahmat Sizga :)
Kanari
08-02-2006, 04:23 AM
:birthday: Tavallud ayomigiz bilan chin qalbimdan tabriklayman...OLLOH hamma ezgu niyatlaringiz amalga oshishiga madad bo'lsin...Sog'liq omad va Baht hech qachon tark etmasin...
Esli yigit bo'ling:) userlarga Ban ni kamroq bering...:)
munisa
08-02-2006, 04:26 AM
Off:
Asadbek aka, bu offtopga siz aybdor :)
duhtirni ko'rgan dardini gapiradi degande, bu problem chiqib qoldi - dasta-dasta gullar rasmini yopishtirib qo'yila, iltimos. Google bilan aytishib o'tirmayli kere bo'lganda :)
Belgiumbek
08-02-2006, 04:50 AM
Tugilgan kuningiz muborak bo'lsin! Nainki orzularingiz bo'lsa barchasiga yeting! Sihat, omad va baht!
Alesser
08-02-2006, 04:57 AM
Asadbek aka-forumda men eng hurmat qilgan inson!!!
Tavvallud ayyomlar muborak bulsin:D!!!
Martingale
08-02-2006, 06:40 AM
Tuylar muborak! yuge...Tugilgan kun muborak!:lol: Balki ikkalasiyam.;)
sog'-omon bulib daryolarni oldida rasmlarga tushib, germaniyada uzbeklarni mashhur qib yuring. ;)
Omad va baht! (...blondinka, tachkalarni adminlar kunida tilab quyudim;) :D )
Janob Moderatorga:
http://moderator.personalchoice.org/images/smileymoderator01-sm3.gif
Lady_G
08-02-2006, 07:28 AM
Moderatorda Moderator devurasla, ahir ula uje Adminku :D
lobar
08-02-2006, 07:52 AM
http://smileys.smileycentral.com/cat/15/15_3_41.gif (http://www.smileycentral.com/?partner=ZSzeb001_ZNxpt038CIUS) Kelyotgan tug'ilgan kuniyz qutlug bo'lsin, kelasi tug'ilgan kunlariyzgacham rejalashtiradigan haammma ishlaringiz o'ngidan kesin!
Baxt va omad hamrohligini tilayman.
Tug'ilgan kuniyz kuni Elvisaka ashula etib bermohchila ;)
http://smileys.smileycentral.com/cat/5/5_5_140.gif (http://www.smileycentral.com/?partner=ZSzeb001_ZNxpt038CIUS)
NYyankNY
08-02-2006, 08:04 AM
Aha chuda yagin dustim tugilgan kuni ekan da bugon
Tabriklaymiz Asadbek
Zambrotta
08-02-2006, 08:05 AM
Ooooo okamizani tug'ilgan kunlariyakande a? Bu qizni erkasi kimakan dip uylabman, o'ziyam oxirgi voqlada hamma forumda sevishayapti shikllik. :lool:
Okam, tug'ilgan kunlariz bilan tabrikliman!
Sevinch
08-02-2006, 08:33 AM
Shu Asadbek bilan Hechkimhonni suzlarini uqib uzbek tilida shunaqa guzal suzlar (erkam, azizim,asalim) borligiga qoyil qolaman va shu suzlarni joyida ishlata olganlariga ham.:D
Asadbek aka tug'ilgan kuninngiz bilan! Sizni baht, quvonch,omad tark etmasin.:)
Parsons
08-02-2006, 10:20 AM
Ha bu kelinposhsha chaqqon chiqibdilarku a....
Asadbek tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman! Fursatdan foydalanib sihat-salomatlik,qalbingizdagi ezgu intilishlaringiz ro'yobga chiqishini tilayman.
Baht va omad sizga hamisha yor bo'lsin.
Hechkimhon ham chaqqon kelin bo'lib hizmatingizni qilishdan hech charchamasinlar.
PS:Vohaga kelin bo'lish ham oson emas;)
Asadbek
08-02-2006, 11:24 AM
Aziz Forumdoshlar,
barchangizga samimiy tashakkurlarimiz!
Batafsil javoblarni erta-indin yozamiz :)
kingdom
08-02-2006, 11:31 AM
Happy birthday bro;)
All the best!;)
Shahnoz
08-02-2006, 11:36 AM
Бахтли булинг:)
NozChik
08-02-2006, 11:55 AM
Tugilgan kunizda men sizni emas aksincha Ayajonizni tabriklamoqchiman Sizdek farzandlari borligi uchun. Holajonga Shunaqa farzandni dunyoga keltirib, voyaga yetkizganlari uchun kattakon rahmat:).
Tugilgan kunlariz bilan Asadbek Bahtli bulin, Ollohim qushgan yoriz bilan qusha qaring ilohim:).
Hechkim Singlim qoyil tabrikni nomlashni sindiribsiz lekin :D
PHOENIX
08-02-2006, 11:56 AM
Assalomaleykum!
Shu tavallud ayomingiz munosabati ila tabrik so'zlari ostida qolib ketgum ekandursiz, men ham chetda qolib ketmayin deb, tabriklarga ko'mishvorishga qaror qilishga qaror qilgan erurmen! :D
Tug'ilgan kunla muboro, taqsir!!! :D
B.
Martingale
08-02-2006, 12:05 PM
tabriklaganlar,
"erkam, tugilgan kuniz bilan!" desa mavzuni nomiga mos tushardi.:D
uzr offtop uchun, ;)
SmIlIk
08-02-2006, 12:19 PM
Asadbek aka,
Xech hafa bo'lmang. Meni ham singlim 2 naq ikki kun oldin tabriklab qutilib qolgandi ;) (jk)
Men bu forumga kelganimda siz hammani arpasini yaxshilab pishirtirib o'rayotgan mahallar edi :) Mana necha yildan beri forumda ishtirokchi, ilg'or ishtirokchi, moderator va endilikda administrator vazifalarini bajarib kelmoqdasiz. Aminmanki, bu vazifalarni o'rniga qo'yib bajara oladigan userlarar agar bo'sa naq soni sanoqli. Bu maqtov emas, xaqiqat :) Sizdek odamni taniganimdan va "reply"iga arjumand bo'lganimdan boshim osmonga yetadi desam xech ham ikkilanmasdan ishonavering. Sizga oilaviy xurmatimiz juda ham kuchli va bundan keyin ham susaymasligiga iymonim komil.
Bas tug'ilgan kuningiz ekan, sizga uzoq umr, sixat-salomatlik, ikki arava farzand (futbol komandasini ham tuzish kerak-ku) :) va bellingizga quvvat tilab qolaman. Ota-onangizning baxtlariga sog'-omon boling va bo'lajak turmush o'rtog'ingiz bilan baxtli saodatli hayot kechiring.
H&N
Globaluz
08-02-2006, 12:32 PM
Happy Birthday Asadkek, happiness all way !
PainKiller
08-02-2006, 12:32 PM
Хурматли Администраторимиз, Яни Сардоримиз Асадбек ака,
Тугилган кунингиз кайси кунда эканлигини яхши билмасамда, кеч колмадим деган умид билан, тилакларимни баён этсам. Мана бир неча йилдирки, Ушбу форумда иштирок этиб келмокдаман. Шунча пайтдан бери, узингизнинг хулкингиз, босиклигингиз, адолатпарварлигингиз билан хаммага урнак булиб келмокдасиз. Форумчиларнинг, форумчилар майли-я, Якинларингиз бахтига хамиша сог саломат булинг. Сизни Куриб, узбеклигимдан фахрланиб кетаман. Вебсайтингиз хам зур! Маза килиб узбеча мусикаларни кучириб олмокдаман)))
Бундай Тугилган кунларнинг кети узилмасин. Бахтли булинг. Биз томонларга бориб колгудай булсангиз, бир пиёла чойга кириб отасиз деган умиддаман)))
Maftuna
08-02-2006, 02:02 PM
Hurmatli Asadbek,
tavallud kuningiz qutlug' bo'lsin. Sog'lik, baxt, hotirjamlik, shirin niyatlar yo'ldosh bo'lsin. Hudo siylasin, ko'paytirsin, kam qilmasin, yigit boshingizni doimo osmon qilsin.
___
P.S. Hechkimoy Toshkoncha palovga qarz bo'ldilar, labbay?
Madalio'g'li
08-02-2006, 02:20 PM
Chin dildan tabriklayman.Alloh ikki jahonda ham aziz qilsin.
Ilova: Ishbu post ikki kundan so'ng kucha kiradi. :)
R.Azimov
08-02-2006, 03:44 PM
Hoooo.....hm.. heh, kheh..( va shunga o'xshagan uzuq -yuluq ovozlar jamlanmasi)
Oybadog'im, tug'ilgan kuning bilan...
Begim sizni tabriklayman... bo'lmasam birbalo bo'pqolaman...
Go'zalim- bugun tug'ilgan kuning ekanmi...
Seni bugun tabriklamasam tomog'imdan ovqat o'tmas...
Azizam, qanisan.... kabi, hamma o'z o'zinikini tabriklaydigan odat qachondan beri paydo bo'pqoldi-a forumimizda???
Ha mayli, gapning indallosini aytib qo'yaqolay:
"Bekasining Erkasi", forumning serkasi, R.Azimov akasining ukasi bo'lmish Asadbek(hooo jarangdor chiqqanini qarang....)
Tug'ilgan kuningiz bilan chin jigardan(yurakdan deyishardi soxta qilib oldinlari) tabriklayman.
O'qishlaringizga muvaffaqiyat, sihat salomatlik, mustahkam iroda tilayman.
Baxtli bo'ling, xalq xizmatidan charchamay duolar olib yuring, tuproq olsangiz oltin bo'lsin, barcha yaxshi niyatlaringiz amalga oshsin... (ilhom ketti...buyog'i miya emas, panjadan chiqqan tabriklar endi...)
Поздравления (http://forum.arbuz.com/forumdisplay.php?f=47) boardidagi "Navruz Muborak" mavzusidan boshqa barcha mavzulardagi iliq tabriklarni sizga yo'llayman. Terib terib qabul qilib oling, 8- Mart deganiyam mayli sizga... xudo xohlasa to'ydan keyin kelin bilan bo'lishib olasizlar.
Xullas, buyog'iga bitta emas, 2 ta osh qarzsiz... Daraxt soyasida sayrab turgan xo'rozga Chiroqchida kishnab turgan qo'chqor ham qo'shildi...
Tabriklarning davomi yozgi kinoteatrda joy qolmaganligi uchun qishki kinoteatrdan yaqin kunlarda yangraydi...
Hurmat ehtirom bilan
Londondan katta akangiz.
W.I.Z.A.R.D
08-02-2006, 03:53 PM
Kechagina mana bu threadga kuzim tushgan edi
http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=28364&page=2
Asadbek aka butun mehr muhabbatlarini shu forumga bergan deb uylasam yuq tanganing ikkinchi tomoni ham bor ekan . :)
Hozir esa tushunib turibman nega Hechkim ikki kun oldin sizni tabriklaganiga
Tugilgan kunlar muborak bulsin orzu niyatlaringiz ushalsin
Nima umid qilgan bulsangiz hammasi ruyobga chiqsin.
:)
FREDY.
Masanori
08-02-2006, 08:33 PM
tabriklarim!!!!!!!! bahtli bulila! tugilgan kun-ku mayli, tuy-puy bub qosa chaqirish esdan chiqmasin a :)
Amiri Turkiston
08-02-2006, 09:47 PM
Tug'ilgan kunlariz muborak bulsin!!!
Magnolia
08-03-2006, 06:11 AM
A birthday wish just for you,
wishing you a great day too.
You're day will hopefully be full of joy and fun,
but i hope not to fast your day will be done.
so there is just one last thing left to say,
and that one thing is HAPPY BIRTHDAY! ;)
Asadbek
08-03-2006, 08:31 AM
Barchangizga tabriklar uchun tashakkur!
Ayni damda qishloqda uydagilar dasturxon yozib, oshdan olib o'tirishibdi.
Bugun Padari buzrukvorimning tug'ilgan kunlari, kamina esa ertaga, Otamdan 28 yil-u bir kun keyin tug'ilganman :)
Bugun esa Gregorian kalendari hisobi bo'yicha, 28-yil umrimning so'nggi kuni ekan...
Oshga kelaveringlar :)
Assalomu alaykum hurmatli Asadbek aka,
Sizni tug'ilgan kuningiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.
O'ylagan orzu-niyatlarizga yetib yuring. Hudo hohlasa to'ylaringizda qamishdan bel bog'lab xizmat qilish hammamizga nasib qilsin. O'zingiz orzu qilgandek farzandlarning ota-onasi bo'linglar.
Nevara-chevarali bo'lganizdayam qizg'in suhbatlarda birga bo'lish nasib qilsin. Doim sog' bo'ling.
Aytgancha to'y qachon o'zi? :D
infolife
08-03-2006, 08:37 AM
Tug'ilgan kuningiz bilan!
Hechkim bilan toyilani Alloh tez va oson qilsin.:)
Mo'jiza
08-03-2006, 11:39 AM
Asadbek,
Tug'ulgan kuningiz bilan tabriklayman.
Hamisha hurmatga sazovor bo'lib yuring.
Dilingizdagi barcha yaxshi niyatlaringiz ro'yobga chiqsin.
Bunday tug'ilgan kunlarning ko'pini ko'rib, yaqinlaringiz bilan omonlikda nishonlab yuring.
Tabriklayman.
gulamus
08-03-2006, 04:43 PM
mana endi bugun tabriklasa boladi shakili a okam?
sizga baht saodat tilab qolaman.. umriz uzun, soglom va toq bolsin okam
GA
Asadbek
08-04-2006, 12:18 AM
Lady_G va Legend, ikkalangizga ham rahmat! Sizlar ham bu yog'ini tezlashtiringizlar :)
Guardian, tashakkur birodar!
XXL, sizga ham ezgu tilaklarimiz!
elDoraDo, rahmat! Yurtga yaxshi yetib oldingiz degan umiddaman. Ulgursak, hali Toshkentda ko'rishamiz.
Munisa, tilaklar va gullar uchun tashakkur! Endi Forumda faolroq bo'ling!
Kanari, aytganingizdek qilishga harakat qilamiz :)
Baxt, sizga ham ezgu tilaklarimiz yor bo'lsin!
love_machine, rahmat! Omad yor bo'lsin!
Martingale, tashakkur! Forumdan uzoqlashmay yuring, yaqin orada bir syurpriz egasi bo'lasiz ;)
Lobar, sizga va Elvis akaga ham tashakkur!
Asadbek
08-04-2006, 12:28 AM
NYyankNY birodar, tashakkur! Bugon oshga gelasiz, digon umiddaman ;)
Zambrotta, rahmat! O'zingiz kechikdingiz shekilli, kelajakda bir o'g'lingiz Zambrottadan ham zo'r futbolist bo'lsin :)
Businka, sizga ham eng ezgu tilaklarimiz! O'zbek tilimiz o'zi ajoyib, boy til-da...
Parsons, tashakkur, sizga ham samimiy tilaklarimiz! Unaqa qo'rqitmang-da ;)
kingdom, Shahnoz, tashakkur!
Cheeky, samimiy gaplaringiz uchun rahmat! Tabrigingizni Onamga ham albatta yetkazaman :)
PHOENIX birodar, qaroringiz kaminani bag'oyat shod etmishkim, sizga-da ezgu niyatlarni bildirib, tashakkur izhor qilib qolamen :)
lobar
08-04-2006, 12:31 AM
Oshga kelaveringlar :)
Oshiz sariq sabzidan, ichida magizi, nohoti bor to'y oshidek bo'sa yuguribmas, uchib borardim! ;)
Asadbek
08-04-2006, 12:39 AM
SmIlIk, xafa bo'lish nima u, axir kayfiyat ko'tarilib ketdi-ku :) Samimiy tilaklaringizdan boshim osmon bo'ldi. Sizga va kuyov do'stimizga ham dunyoning eng ezgu niyatlarini bildirib qolamiz. Sizlarga ham futbolchi shunqorlar yoki voleybolchi qizlar jamoasi tuzishda Ollohdan kuch-quvvat tilab qolaman :) Kelajakda albatta oilaviy bordi-keldini yo'lga qo'yamiz!
Beixtiyor bir voqea yodimga tushdi: 2004 yil noyabr oyi oxirida yagona singlimizni turmushga uzatdik. Uyimizdagi to'y bazmida menga so'z berishdi. Tadbirda yig'ilgan barchani bir kuldirgan edim. "Muhtaram Padarimiz va mo'tabar Volidamiz turmush qurganlaridan so'ng, Olloh ilk farzand sifatida o'g'il ato etibdi. Keyin yana bitta, yana bitta, 4-o'gil sifatida men dunyoga kelibmiz. Yo futbol jamoasi tuzamiz yo shu shunqorlarga bitta singil bo'ladi, deb [qisqagina yo'talib qo'ydim], yo'lda davom etishibdi [davrada samimiy kulgu]. Mendan keyin yana 2 ta o'g'il bo'libdi. Nihoyat, kel, shu yigitlar ham singillik bo'lish baxtini his qilishsin, deya Olloh bizga yakkayu-yagona singlimizni ato etibdi" degan edim tabrik so'zimda :) ;)
Forumda faolligingiz kamaymaydi, degan umiddaman.
Asadbek
08-04-2006, 12:46 AM
Globaluz, tashakkur!
PainKiller, rahmat! Aslo kechikmadingiz. Tug'ilgan kunim mana bugun. Siz tarafga yo'limiz tushsa, choy haqidagi taklifingizni albatta yodga olamiz. Sizga ham ezgu niyatlarimizni bildirib qolamiz!
Maftuna, sizga va oilangizga o'z navbatida samimiy va ezgu niyatlarimizni bildirib qolaman. Hechkimoy keliningiz xudo hohlasa bir emas, o'nlab Toshkoncha palov qiberadi, mehmonimiz bo'lishni kanda qilmasangiz bo'ldi :)
Madalio'g'li, tashakkur! Millat haqidagi qarashlaringizni hurmat qilaman :)
Zambrotta
08-04-2006, 12:51 AM
Zambrotta, rahmat! O'zingiz kechikdingiz shekilli, kelajakda bir o'g'lingiz Zambrottadan ham zo'r futbolist bo'lsin :)Okam, bugun jaaa xursandsiz shakllik a, biza oldindan tabriklagandigu yana kechikdiz disiz :D
tug'ulgan kun bugun ekan, yana bir bor tug'ulgan kuningiz moborak busin deb qolamiz :D
p.s. R.Azimopni postiga replay ochu qop ketayaptide, man chidomiy ketayopman... :lool:
Asadbek
08-04-2006, 12:54 AM
R.Azimov akaginamay (vohay, aka dedi deb hozir shishib ketdi-yovvv :D), bilasizmi, xolamiz sizni dunyoga keltirganidan so'ng, sizni bir qozon gapga ham botirib olishgan... Yo'q, bilmaysiz! Bilsangiz ham tan olmaysiz :)
Samimiy tabriklar chiqarib bergan jigaringizga (nafaqat jigar, balki yurak, o'pka, jig'ildon va boshqa balo-battarlaringizgayam) yana kamida 100 yil samimiy ishlab turishini tilayman :)
Xo'roz-u qo'chqorlar sizdan aylansin, barcha ish-yumushlaringizda rivoj! Hali gaplashamiz alohida ;)
FREDY, sizga ham ezgu niyatlarimiz! Rahmat!
Masanori, tashakkur! Taklifnomani albatta o'z vaqtida olasiz :)
Amiri Turkiston, tashakkur!
Magnolia, rahmat!
Asadbek
08-04-2006, 01:00 AM
aKa, shu Germonda ko'rishish nasib qilmadi-da hali. Xudo hohlasa, yaqin orada Toshkandi azimda ko'rishamiz. Ezgu niyatlarimiz yor bo'lsin sizga ham! :)
infolife, tashakkur! Aytganingiz kelsin! Oilangizga qut-baraka, baxtu saodat tilab qolamiz!
Mo'jiza, rahmat, sizga ham samimiy tilaklarimiz!
gulamus birodar, rahmat sizga! Hayotning hamma jabhasida baxtli-omadli bo'lib yuring!
Asadbek
08-04-2006, 01:11 AM
Okam, bugun jaaa xursandsiz shakllik a, biza oldindan tabriklagandigu yana kechikdiz disiz :D
tug'ulgan kun bugun ekan, yana bir bor tug'ulgan kuningiz moborak busin deb qolamiz :D
p.s. R.Azimopni postiga replay ochu qop ketayaptide, man chidomiy ketayopman... :lool:
Zambrotta, futbolist bo'lishga kechikdingiz, deyman ;) :)
Ha u R.Azimov akangiz gapga ustasi o'zbek :)
munisa
08-04-2006, 01:28 AM
Zambrotta, rahmat! O'zingiz kechikdingiz shekilli, kelajakda bir o'g'lingiz Zambrottadan ham zo'r futbolist bo'lsin
looooooool /off uchun uzr endi :) /
Zambrotta futbolistni ismimi? Rahmat Asadbek aka, man bu nickni Zambr Ota deya tushunaman ekan har safar ko'zim tushganda :) Biror bir qishlog'ni ismidurde derkanman :)
uzr lekin.
Asadbek
08-04-2006, 01:43 AM
Munisa, o'zi to'g'ri o'ylabsiz. Bu yigit Toshkent tarafdagi Zombirota degan qishloqdan, iyyy, mahalladan bo'ladi :) Zangiotaga yaqin joy bo'lsa kerak ;)
Zambrotta
08-04-2006, 01:52 AM
looooooool /off uchun uzr endi :) /
Zambrotta futbolistni ismimi? Rahmat Asadbek aka, man bu nickni Zambr Ota deya tushunaman ekan har safar ko'zim tushganda :) Biror bir qishlog'ni ismidurde derkanman :)
uzr lekin.:lool::lool::lool: yana 3ta :lool::lool::lool:
Zambrotta bu Italiyaning Juventus FCida tup suradigan ajoyib o'yinchi buladi i qolaversa futbolni asosiy fanlaridanmiza. :cool:
Zambrotta
08-04-2006, 01:54 AM
Munisa, o'zi to'g'ri o'ylabsiz. Bu yigit Toshkent tarafdagi Zombirota degan qishloqdan, iyyy, mahalladan bo'ladi :) Zangiotaga yaqin joy bo'lsa kerak ;):lool::lool::lool:
Jizzaxni kindigidanmiza okam, odammi yerga urmen :lool::lool::lool:
Shokirbek
08-04-2006, 02:15 AM
Kechikkanim uchun uzr.
Asadbek! Sizga Alloh subhonahuning toatida uzoq umr, kelgusi hayotingizda chin baxt, ikki dunyo saodatini Yaratgandan so'rayman.
To'yni tezlatinglar.. :cool:
Asadbek
08-04-2006, 02:37 AM
Shokirbek aka, tashakkur sizga! Harakat qilamiz :)
PS: Zambrotta, Jizzaxning Parijidan ajoyib bir do'stim bor. Toshkentda ishlayapti hozirda.
Godunov
08-04-2006, 04:32 AM
Yaxshiyam Agentlar sergak :)
Xullas, Asadbek, Tug'ulgan Kun muborak bo'lsin!
Hamma qilgan yaxshi niyatlaringiz amalga oshib umringizni mazmunli sarf qilishingizda chin dildan tilakdoshman!
Qo'shgani bilan qo'sha qaring!
Yuqorida Shokirbek aka aytganday yoz-pishiqchilik vaqtida tezlashtirish kerak endi :D
tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin Asadbek...
aytganday kuni kecha Samarqanddan chiqadigan bitta gazetadagi intervyungizni o'qib qoldim... hay hotiram-a, gazetning nomini ham nomerini ham esga tushirolmayapman...
intervyu uchun ham alohida tabriklayman... :)
Martingale
08-06-2006, 09:04 AM
Martingale, tashakkur! Forumdan uzoqlashmay yuring, yaqin orada bir syurpriz egasi bo'lasiz ;)
eh, shu forumdan uzoqlashay deb yursamam uhshamay turibdiku. :D
sirpriz? qanaqa sirpriz? haldinnikmi yo kir yuvadig'on moshinami? :)
lekin Maskopdan keladigan "jivoy syurpriz" gayam yuq demaymiz.:lol:
Asadbek
08-06-2006, 09:22 AM
Godunov, sizgayam, agentlaringizgayam rahmat! :) Anchadan beri ko'rinmay ketdingiz, tovga chig'ib kettingizma deyman a?
Han, tashakkur. Ha, shu "Parvona" degan gazetada chiqqanakan ;)
PS: Martingale, endi chidab tursangiz, syurpriz kelganda ko'rasiz ;)
Gareeb
08-07-2006, 05:03 AM
Uzoq wa solih amallarga boy mazmunli umr tilayman.Alloh ikki dunyo saodatini bersin.Omin.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.