View Full Version : Biz o'zbekmiz-ku
O'zbek
11-10-2000, 07:57 AM
"Biz o'zbekmiz-ku" degan mavzu bo'yicha muhokamaga kirgan bo'lsangiz va haqiqatdan ham "Umid"chi bo'lsangiz, o'ylaymanki mening gaplarimni tushunish siz uchun qiyin bo'lmaydi. Chunki ozmi-ko'pmi, ma'naviyat va ma'rifatdan habaringiz bor.
Keyingi paytlarda bu sohada O'zbekistonda ko'p gapirilyapti, ko'p qarorlar qabul qilinyapti, lekin ijrosi esa...
Men o'zbek tilini nazarda tutyapman. Davlat maqomi berilganiga 11 yildan oshyapti. Lekin hozir davlatning qaysi yuqori idorasiga kirmang gaplashish tili ruscha, biroq 90% odamlar u yerda pasport bo'yicha o'zbek.
Millatning asosiy belgilaridan biri uning tili. Agar o'z tilini unutsa uni millat deb atashning hojati yo'q. "Tilga e'tibor-elga e'tibor"
Agar misol keltirsam:
1. Internetda o'zbek tilidagi saytlarni barmoq bilan sanaysiz. O'zbekiston haqidagi hamma ma'lumot rus tilida.
2. Agar biror ish bitirmoqchi bo'lsangiz albatta rus tilini bilishingiz shart. O'zbek tilida gapirsangiz ham tushunishadi, lekin sizga rus tilida javob qaytarishadi. Ya'ni siz yuqori elita tilida gapirmaganingiz uchun qadringiz tushadi. Bu holatni "Umid" jamg'armasi offisida ham kuzatish mumkin. Bizning 70 yil sovet ruslashtirish siyosati ostida bo'lganimiz yodimda, ko'p rahbarlarimiz shu siyosat ta'sirida katta bo'lishgan. Bu omillarga mening umuman e'tirozim yo'q.
Lekin, bizning millatning yuksalishi(har bir sohada) uchun til juda muhim. Ko'rib turibsizlar, chet eldagilar O'zbekiston degan mamlakatni bilishmaydi. Bu siz va biz uchun yomonku? Bilmagan odamga siz inson sifatida muomala qilishingiz mumkin, lekin undan ortiq emas. Bizga e'tibor ham shunday chet elda. Shu millatnig bir a'zosi ekanmiz, bizning obro'miz millat obro'si bilan o'lchanadi va bizga shunga yarasha muomala qilishadi, hamma joyda.
Hatto, o'zbeklar bir biri bilan ruscha gaplashib tursa, bilmadim, millat obro'si uchun qayg'urish ortiqchami? Til qorin to'ydirmaydi, lekin odam faqat qorin to'ydirish uchun yashamaydi-ku.
PS.Demokratik qarashlarga mos kelmaydigan ayrim so'zlarim bo'lsa, marhamat.
Kim aytdi!!!;)
11-10-2000, 08:37 AM
Salom Ozbek, bunaqa muammoga mamn ham duch kelganman, va uylaymanki hamma duch kelgan... Man uzim bir qishloqdan Toshkentga uqishga keldim, ushanda ruschani bilmasligim ancha muammolar keltirdi... Bu narsani usha vaqtlar praktika qidirib NBUga kirgan edim, usha zahoti chiqarib yuborishdi, albatta telefon orqali, u Bankka oddiy odamlar kira olishmaydi... Unda ishlaydiganlar ham odamni soyasidan qurqishadi... Nima emish man qanaqa qilib Bankda ishlay olarmishman, agar ruschani bilmasam... Huddi mana shu narsa UMIDdan utgandan keyin ham buldi, UNIga borib bir pechat urdirmoqchi edim, ishim qaysi gurdan bir rusga tushdi, uni aytishi buyicha man chet elga loyiq emas ekanman, chunki ruschani bilmayman ;)
Bilisgaku bilaman, hato bilan gapiraman, ushanga uyaldim hech narsa demasdan, bir urtog'im orqali ishni bitirdim.
Lekin ruslardan nolimayman, ular zur odamlar, hatto ba'zida Uzbek okahonlarimiz ishimni bitirmaganda ruslar qilib berishgan, yani aytmoqchimanki ruslar bizda Demokratliroq yoki bulmasa tenglikni talab qiladiganlardan, UZBEKni chuntagi tulsa oldiga hech kim yaqinlasha olmaydi... Bu bilan hamma uzbeklar nazarda tutilgani yuq, lekin mani fikrim shunaqa va shu narsani kurganman ham.
Uzbek tiliga utaylik deb aytishadiku, lekin usha aytgan tashkilotlarda hamma ishlar ruschada olib boriladi, Televideniydan kursatgan ba'zi hollar qasos bilan olib borilgan ish deb bilaman, yani kimnidir ishdan bushatish...:)
Nima bulganda ham biz uz tilimiz bilan jahonga chiqa olmaymiz, Turk tilida gaplashadigan mamlakatlar ham uziga yarasha...
Rus tilini bilish yomon emas, lekin usha tilda uz tili bor halqning gaplashishi kulgili... Mana
P.S.: Mana yaqinda Qirg'izistonda Parlamentni qirg'iz tilidan imtihondan utkazdi deb eshitdim, eng kulgilisi mana shundada...;)
Salom,
Gaplaringiz juda to'g'ri-ku, lekin masalani echimi haqida biroz to'xtalmabsizlarde :)
Tan olish qiyin bo'lsada, afsuski, hozirgi vaqtda O'zbekistondagi hukumatda ishlaydigan mutaxassislarning aksariyati Rus tilida yaxshiroq ish yuritadi. Agarda ishda qolishga me'zon qilib O'zbek tilini bilishlik qo'yiladigan bo'lsa, hozirgi bor mutaxassislardan ham ayrilib qolinadi. Buning natijasi esa albatta yaxshi bo'lmaydi.
Yangi kadrlarni voyaga etishini xisobga olsak, balkim, vaqt o'tib bu masala shunday ham o'z echimini topib ketsa kerak. Shu bilan birgalikda horijiy tilni bilishlik ijobiy xislat bo'lsa borki, salbiy xislat emas :)
Chunki shu horijiy tilni bilish orqali dunyo bilan bog'lanib turiladi, shu bilan birgalikda rivojlanish ham bo'ladi.
Xurmat ila,
Sher
mustafa
11-11-2000, 10:49 AM
Privet O'zbek!
"O'zbek tilida gapirsangiz ham tushunishadi, lekin sizga rus tilida javob qaytarishadi. Ya'ni siz yuqori elita tilida gapirmaganingiz uchun qadringiz tushadi."
Ne obyazatelno, Ya vpolne ponimaiuy uzbekskiy but cant write it, I'm from Karakalpaktan! So what should I do?
I esli ya v Nukuse skaju: "esli ti ne govorish na Uzbekskom, Ti ..." tak chto li, hotya est svoi yazik!
Mustafa
Samarqand
11-13-2000, 09:16 AM
Ey Og'aynilar,
1. O'zbek: Juda ayni muddao, bu dolzarb mavzulardan biri. Rahmat bu narsani ko'targaningiz uchun.
2. 'Kim aytdi' ogayni: Bu kabi muammolar, kamsitishlar biz RUS-ozbek halqida illat bo'lib qolgan.
3. Sher: Bu kabi muammo ming yillar otsa ham o'z yechimini o'zi topa olmaydi. Qarorlar ijrosini, kadrlar masalasini kuchli idora qilishimiz kerak.
4. Mustafa: Senda yahshi uzring bor ekan, sen Qoraqolpoqistondan ekansan. Lekin O'zbek tili davlat tili bo'lganiga necha yil bo'ldi?... 8-9yil. hech bo'lmasa gaplashishni, yozishni ozroq o'rganishing kerak.
Umuman aytganda, bu muammoning dolzarbligini va qanchalik ahamiyatga ega ekanligini quyidagi omillardan ham bilib olsa bo'ladi
Birinchidan, biz O'zbekistonlikmiz. Ikkinchidan, 'O'zbekiston' so'zining ma'nosi O'zbeklar yurti demaktir. Uchinchidan, 'O'zbek' so'zi o'ziga BEK demaktir. To'rtinchidan, davlat tili O'zbek tili. Bu degani, hamma rasmiy hujjatlar, davlat ishlari o'zbek tilida olib borilish kerak demaktir.
Bu narsalarni hammamiz ham bilamiz, lekin qandaydir ma'suliyatsizlik bilan, e'tiborsiz qaraymiz.
Bir so'z bilan aytganda, qachongacha bizlar yurtimizni Rossiya orqali tanishtirib fahrlanamiz.
........
Salomat bo'linglar,
Samarqand
Salom hammaga, man atigi ikkinchi marta kirayapman bu joyga. Endi muammoni dolzarbligiga kelganda ja unaqa dolzarb demagan bo'lardim. Dolzarb deyilganda ahir ko'p odamni e'tiborini jalb qiladigan deb tushuniladi. Lekin man bu bilan bu mavzuni ahamiyatini tushirayotganim yo'q aksincha, o'zimizdan misol qilib aytadigan bo'lsam.. Discussionda ham o'zbek tili kam ishlatiladi, kirib o'zbek tilida UMIDchining (urg'u berib o'taman) fikrlari yozilganini kam uchratasiz. Kirib o'zbek tilida yozsam qanaqa tushunisharkin degan hayolga borasan, umuman tushunishadimi yo'qmi... Undan keyin tepada aytib o'tilgan rus tilini "mavqei" ham bor, biroz obro'ga putur yetkazishi mumkin ona tilimiz. Hamma masala o'zimizda, ko'kragimizda sal g'uririmiz bo'lsa bu muammo bo'lmas edi, ahir 89 yildan beri bu masala tirik. Bitta kichik muammoni tagida bir to'da muammoni soyasi yotadi. Vatanparvarlik kabi tuyg'ularni kuchli emasligini ham qo'rqmasdan o'zbek tili muammosini kelib chiqish tomirlariga bog'lash mumkin.
P.S: Yuqoridagi gaplar hammaga ham tegishli emas.
Futbolchi
11-13-2000, 05:07 PM
:) MAN KELAJAKKA OPTIMISTIK NUQTAI NAZARDAN KARAYMAN :)
Ozbekjon, hammasi doda boladi, ishoning, buni biz amalga oshiramiz,
Hozir oylab planla kilaveringchi...
Okishla zormi?? ;)
hop, mayli bomasam,
Futbolchi
mustafa
11-15-2000, 08:16 AM
Samarqand!
Did you know that we adopted our official language (karakalpak) in 1989 and again in 1991!
I dont mind knowing uzbek language, but what if I cant write it.
Lets take a simple example: A person who's very much productive and who could do a lot for a (country, organisation..) cant get into that country and work there because he doesn't know that language or should we also say to foreign lecturers in UWED, Narhoz, etc: you must teach in Uzbek since it is our official language.
What do you think?
Mustafa
Salom, O'zbek! Manimcha, havotirga orin yoq bu masalada. sekin sekin ish yuritish, hujjatlar va boshqa rasmiy va norasmiy joylarda Rus tilining mavqei pasayadi. Ozbek tilini bilish zarur bolib qoladi.
Haligacha rus tilining katta ahamiyatga egaligining sababi, hozirgi ziyolilarning kopchiligi yo rus maktabda talim olgan, yoki ozbek maktabda talim olgan bolsa da keyinchalik universitetta rus tilida oqishga majbur bolgan. Chunki ozbek tilida adabiyot kam chiqqan, hozir ham shu muammo mavjud. Lekin ozbek tilida kitob va qollanmalar chiqish boshladi. sifati unchalik bolmasa ham vaqti bilan yuqori saviyada ozbek tilida kitoblar chiqadi.
Keyin, rus maktablarning soni ham kamaydi, hozirgi universitetlarda oqiyotgan yoshlarning ancha qismi rus tilini bilishmasa ham miyasi otkir. ulgayib ziyolilarning asosiy qismini tashkil qiladiganlar ham shular boladi hudohohlasa. :)
keep in touch.
Endi Mustafaga:
Mustafa, your example is not very successful one. you have said that foreign teachers don't have to know Uzbek, i agree at this point. but do you think that teachers from Karakalpakstan are foreign? obviosly they are not foreign. they are citizens of Uzbekistan Republic. so are you. and i think it is for your benefit to learn to write and speak in Uzbek.
I understand you have your own language, but is it difficult to learn Uzbek, which is very close to your language. I see you can not only speak and understand English and Russian, but also write in these languages.
cheers! :)
JUST
Lexis
11-16-2000, 02:06 PM
podderjivayu polnostyu tochku zreniya Shera - na dannom etape nam nujen pragmatizm - uzbek tilini bilish har bir uzbekning ishi,lekin hozirgi paytda biz tarraqiyotni uylashimiz kerak deb uylayman
Regards,
Lexis
sanik
11-17-2000, 07:11 PM
Cute yozyapti:
"Discussionda ham o'zbek tili kam ishlatiladi, kirib o'zbek tilida UMIDchining (urg'u berib o'taman) fikrlari yozilganini kam uchratasiz."
Bilmadimku siz qanday tushunyapsiz buni, lekin misol man ko'p javoblarimni ingliz tilida yozaman. Nega degan savol chiqishi mumkin? Chunki osha savol bergan odamlarni o'zi ingliz tilida yozishadi. Xulosa qilsangiz shunga kelasiz:
- Javobimni osha savol bergan odamni o'zi tushunsin.
- Iloji bo'lsa boshqa shu savol-javobni o'qiyotgan odamlar tushunsin (ko'pi o'zbek tilini bilmaydi - chetdagilarni ham inobatga olyapman)
Lekin ko'p hollarda (agar shuni sezgan yoki ko'rgan bo'lsangiz) savol o'zbek tilida kelsa yoki rus tilida kelsa men osha tilni javob uchun ishlataman.
Manimcha ko'plar ham shu ishni qilishadi.
Lekin agar faqat savol beruvchilarni ko'pi rust tilida yoki ingliz tilida yozishadi desangiz javob uchun aytishim mumkinki o'zbek tilida ham ko'plar yozishadi. Agar ingliz tilida yozishayotgan bo'lishsa buni foydali tomonlari ko'p (grammatik tomondan va tilni qaytarish va davom etish tomonidan).
Hurmat ila, Sanjar
Freestyler
11-18-2000, 11:13 AM
Tak, teper' uje i zdes' shovinizmom popahivayet, (no uje uzbekskim, a ne russkim i ne tadjikskim).
Sanik, Lexis - Barakallo!
JUST - As if you had read my mind!
Respect
hafa bulgan LAWYER!
11-18-2000, 07:11 PM
Osbek yahshi masala kutargansan.
man bu yil yengilardan. Man Toshkentda urtoqlarim bilan faqat uzbekcha gaplashmaymiz(ruscha ham) lekin u boshqa muhit. Bizza nima uchun bu yurtlarda yurganimizni sabablaridan biri biz international studentlar orqali Uzbekistonni tanitishimiz kerak. Shunday paytlar buladi imkoning yoq. Misol LAWdan asosiy adabiyotlar rus tilida bu exception albatta.
Chatda "Uzbek tili manga noqulayroq" davay porusski desa man qani shu uzbek yigitcha yoki qizaloq oldimda bulib qolsa deyman. BIZZA ZARAFSHONDA DISCOTEKADA YURGANIMIZ YOQ AHIR VATANIMIZDAN UZOQDAMIZ. DISCUSSIONDAGI RUSCHA CHIQISHLARCHI. MAN HAMMA NARSANI TUSHUNAMAN LEKIN QABUL QILA OLMAYMAN NIMAGA BUNAQA BULISHING KERAK. "MUSTAFA" BU SANGA TEGISHLI EMAS BU UZBEK HALQINI PULIGA KELIB UQIYOTGAN VA UZBEKCHA YOZISH ULAR UCHUN NOQULAY BULGAN umidchi"BRATAN" VA "QIZALOQ"LARGA. YAHSHI BULARDI ULAR UMIDNI MANAVIYAT DEGAN TURINI ESGA OLIB BU ERDA UQISHLARINI MOLIYAVIY OMILLARINI UYLASHSA HADEB "I AM LUCKY" DEMASDAN. BU ALBATTA HAMMAGA TEGISHLI EMAS. MANI PROSTA CHATGA KIRSAM BAZAN RUSCHA CHIQISHLARNI KURIB JAHLIM CHIQVOTTI.
BU AYNIQSA "CHAYHANCHIK"LARGA HAM TEGISHLI TUGRI ULAR BULMAGANDA BU NET BULMASDI LEKIN SAVOB ISHNI OHIRIGACHA QILINGLAR ILTIMOS. BU MANI FIKRIM HOLOS. QARAB BOQINGLAR BU BANKDA BULSA MAN TUSHUNAMAN SISTEMA DEB, MIN.DA BULSA TUSHUNAMAN SISTEMA DEB, ZARAFSHONDA DISCODA BULSA TUSHUNAMAN MUHIT DEB ADABIYOT BULSA TUSHUNAMAN LEKIN CHATDA ,DISCUSSIONDA 99% HAMMANG BILASANLAR UZBEKCHANI UZBEKCHA CHIQISH QILGIN.
SAN BILAN MAN UZBEKNI KELAJAKDAGI ZIYOLI QATLAMIMIZKU!!!!!!!!!!! AGAR BIR BIRIMIZ BILAN UZ TILIMIZDA GAPLASHISH NOQULAY BULSA SAN BU TABAQA NOMUNOSIBSAN!
SAN QILMASANG MAN QILMASAM KIM QILADI MANGA AYTGIN?
O'zbek
11-20-2000, 09:31 AM
Men o'rtaga tashlagan mavzuga har kim o'z mustaqil fikrini bildiribdi, bu yomon emas.
Lekin mavzuni butunlay boshqacha tushungan yoki tushunishni istamagan bir ikkita umudchilarga yahshilab tushuntirmoqchiman, salomiga yarasha alik bilan.
"Kim aytdi", "Samarqand","Cute","Just", "Sher" va "Hafa bo'lgan Lawyer"ga: Sizlarning fikrlaringizni hurmat qilaman, chunki masalani to'gri tushungansizlar. Lekin oz-o'zidan echimi topiladi degan fikr sal noaniqroqmasmikan. Chunki bu amalga oshishi uchun kamida 20 yil kerak. Har bir inson qisqa muddatda biror narsaga erishgisi keladi,va shu jumladan bu masala ham tezroq hal bo'lsa har tomonlama ijobiy ta'sir qilsa kerak deb o'ylayman.
Lexisga: Og'ayni, gaplaringiz to'g'riku, lekin taraqqiyot deganda chegaralanib qolmayapsizmi? Madaniy taraqqiyotni ham o'ylashimiz kerakku. Men sizning nuqtai nazaringizni tushunaman, iqtisodiy taraqqiyot uchun kerak mutahassislar hammasi rus rilida bilim olishgan va rus tili ular uchun qulay. Lekin yuqoridagilardan biri aytganidek, qachongacha biz O'zbekistonni Rossia orqali tanishtiramiz. Keyin ko'p "russko yazichnie uzbeki" o'zbek tilini ham juda yahshi bilishadi, hattoki bizning tengdoshlar ham bor, lekin rus tilida ular yuqori tabaqa vakililigini ko'rsatish uchun gaplashishadi.
Freestylerga: Sen, oshna, shovinizm nima ekanligini yahshilab o'rgan. Mening fikrlarimda hech qanaqa shovinistik ruh yo'q. Men hech qaysi rusni yoki boshqa millat vakilini majbur qilishga da'vat etmaganman va ulardan o'zbeklarni ustun qo'ymaganman, o'zbeklar o'zbekcha gaplashsin va ish yuritishsin deganman holos. Shundagina boshqa millatlar ham bu tilga hurmat bilan qaraydi. Men seni o'zbekmisan yo'qmi bilmadimku, lekin o'zbek tilini ahamiyatini tushunib olgin deb maslahat beraman(Bu gap Mustafaga ham taalluqli).
E'tiboringiz uchun rahmat.
Freestyler
11-20-2000, 10:59 AM
O'zbek - I take my words back!
I can see that you are an utter patriot who cares for the cultural and spriritiual Renaissance of our nation - uzbek nation. Well, what can I say, keep it up!
As to me - I am not. I care for the same thing but for all the nations living in Uzbekistan, not only uzbeks. And it seems to me I've got a bit more respect towards them than you do. Correct me if I'm wrong.
All in all, many people from SNB (Samarkand, Navoi, Bukhara), some people from the Ferghana valley as well as Khorezmis speak other than uzbek language. And believe me, you are not the one to tell them what language to speak, because they speak their native language - the language of their mothers and fathers.
I totally respect the status of the uzbek language as an official language, but the chat and this board should not be considered as pure uzbek, but rather be uzbekistani (if not international). The same goes to the Hafa Bo'lgan Lawyer
I would also like to stress some of the JUST's words saying that it is only a matter of time that Uzbek will become more important than other languages in Uzbeskitan.
But you had better not push it, because by doing so you violate the rights of the non-uzbek-speaking population.
Sorry for making it long (if long it looks)
Keep it Sober
Again me
11-20-2000, 11:03 AM
And sorry for not putting it in uzbek. Did not want to spoil it!
Freestyler
mustafa
11-20-2000, 11:40 AM
To Ozbek and the rest:
First of all, what Freestyler says and what I say is completely different things.
Secondly, I didnt answer to all the questions you and others posted, I just replied to some part of them, which means your opinions aren't applicable to everyone in Uzb. So why to bother?
Thirdly, when I wrote: "Ne obyazatelno, Ya vpolne ponimaiuy uzbekskiy but cant write it, I'm from Karakalpaktan!" didnt meant I dont speak Uzbek, I do, but it is difficult for me to grab things in Uzbek.So it is difficult from writing!
And finally, what's your actual point in a simple one sentence? Do you want people in Uzbekistan to speak Uzbek or without it you cant go anywhere? or you dont have future?.
Sorry I dont want to go any further, Im just pissed off when someone says to me to speak in another language when I have my own.
Of course I have to admit that I need to know Uzbek language for any other reason.
Why do you think that I'm not saying : We have our own constitution, parliament, govenment, attributes, own language etc.. and why we dont make all the things in Karakalpak language? Can you answer without pointing that it is part of Uzbekistan or there are less people?
and further lets not discuss things which leads to the matters of nationalty.
Mustafa
Salom hammaga.
Birinchidan man hech kimni nomini tilga omoqchi emas edimu lekin olaman uzr agar biron noto'g'ri gap ketsa. Freestyler "All in all, many people from SNB (Samarkand, Navoi, Bukhara), some people from the Ferghana valley as well as Khorezmis speak other than uzbek language." And you say that this is their native language which was the language of their ancestors. Nima degan(ing)iz bu? Samarqanddagi o'zbek tojikcha gapirsa tojik bo'lib chiqadimi? Mani otam Samarqandda tug'ilgan lekin shaharda emas. Menga ishoning shahardan boshqa joyda tojikcha ishlatilmaydi, odamlar bilishsayam. Undan keyin O'zbekistonda yashayotgan "minorities" huquqlari poymol bo'lishi mumkin degan gap ham bo'magan gap. Gap har doim ishlatiladigan ko'cha tili, yo boshqa halqlarning o'z tillarini ishlata olishlari, shu tilda o'qib umuman to'liq ishlata olishlari haqida emas. Bu narsa tegib bo'lmaydigan narsa. Gap aslida o'zbek tilini ega bo'lishi kerak bo'lgan mavqei haqida ketayapti. Boshqa misollarga kelsak, yozishni ham o'qishni ham biladigan lekin fikrini boshqa tilda bildirishi oson bo'lganlar boshqa gap. Lekin ona tili bo'la turib yetarli ahamiyat bermaganlar boshqa gap.
Undan keyin Mustafani gaplariga kelsak "We have our own constitution, parliament, govenment, attributes, own language etc.. and why we dont make all the things in Karakalpak language?". Siz keltirgan misol boshqa, Qoraqalpoq millati keyin kelgan bu joylarga. Yaqinlik natijasida avtonom ham emas "Qoraqalpoqiston respublikasi". ha mayli.... Lekin hech kim halaqit bermaydi qoraqalpoqlar o'z tilini bilsin, bilishi ham shart shu jumladan o'zbek tilini. Lekin muammo shundaki o'zbek bo'la turib....
O'zbek
11-21-2000, 10:07 AM
Menimcha bu discussion boarddagilaning hammasini tarihdan habari bor. Tarihda hech qaysi kuch bilan qurilgan, ma'lim bir halq qismining noroziligiga sabab bo'lgan narsa, imperiya bo'ladimi, boshqami abadiy turmagan.
Shu jumladan men ham o'zbek tili ahamiyatini gapirganimda aslo majburlab boshqa millatni o'rgatish yoki ular huquqini cheklash haqida to'htalmaganman, ular madaniyati va tili O'zbekistonda rivoj topishiga qarshi emasman. Mening juda ko'p do'stlarim bor ,ayrimlari o'zbek emas. Men boshqa millatlarni ham hurmat qilaman garchi soni juda kam bo'lsa ham.
Endi maqsadga ko'chsam, mening hamma gaplarim o'zbeklarga(kim shu tilda gaplashishga uyalsa yoki hohlamasa) qarata aytilgan edi. Nima uchun biz O'zbekistonda ingliz tilini, frantsuz, nemis, hattoki eng qiyin tillardan hisoblanmish yapon tilini, koreys tilini o'rganamiz? Ular bizni majburlayaptimi? Yo'q, chunki ular bir millat sifatida , halq sifatida dunyoga o'rnak bo'luvchi ishlar qilishgan va biz ular tilini o'rganishdan manfaat topganimiz uchun shu ishni qilamiz. Bu millat vakillari O'zbekistonga kelsa ularga hurmat ko'zi bilan qaraymiz.
Nima uchun biz o'zbeklar shunday bo'la olmaymiz? Hattoki ikkita o'zbek bir biri bilan ruscha gaplashsa(balki shunday muhitda o'sgandir) ham oddiy hol deymiz.
Endi rivojlanishga kelsak, juda cho'qqiga chiqib ketsak balki boshqalar chet elda o'zbek tilini o'rganar, lekin hozirda hali rivojlanganimiz yo'q, o'z tilimizni o'zimiz o'rniga qo'yaylik. Internetda O'zbekiston haqida yoki o'zbekcha sayt bormi, Umiddan boshqa?
Boshqa millatlar faqat o'z hohishlari bilan o'rgansin, O'zbekistondagilar ham tashqarida ham.
Bu sekin sekin bo'lsa kerakku, lekin qachonligini hech kim aniq ayta olmaydi-da.
mustafa
11-21-2000, 12:25 PM
Dear O'zbek!
I agree with you on your points. Truly original piece of paper.
Mustafa.
guest
12-13-2002, 03:08 PM
t
Rustam Uyghuri
12-13-2002, 11:36 PM
hoy-hoy,Uzbek qerdoshlar,
Uzbek davlati bulganidan pahirlaning,uz tilingizni tutiyo biling.uzingizni uzingiz sevmasingiz, hichkim sizni sevmaydi.
kara-kalpaklik Turklarim,sizmu tula Uzbek bilan yodlashidegan pikirlarde bulmang!!!sizning hozirqi ahvolingiz hich bulmeganda burunqidan kup yoxshadi???qondoyla bulmasen Uzbeklar sizning qerdoshingizg'u??navoda siz biz Uyghurlardek Xitoyning besimi ustada xurlanip yashogan bulsangiz qonday qilor edingiz uzi??!!!
her qoysangizning mustaqilliqingiz,hurlikingiz shincha osan qulga kelganmu???sizning bu oltin davrni qadirlamay ,uz davlatingizni gullandirish uchin tirishmoqta yuq,bu yarda g'alva qilgoningizni tushinishka hich amolim yuq!!!!shungamekin biz Turki millatlarning ovzimiz oshqa tegkacha burnimiz toshka tigidi azaldan.hasrito--hasrat!!!
biz Uyghurlar gercha Xitoyning besimi ostada qonchali xurlinayli,hichqochan uz tilimizni,uz madaniyatimizni unitkanimiz yuq,jon-jehlamiz bilan qug'dap kelivotimiz.
men sizlardan imkon bor uz ona tilingiz ----muqaddas Uzbek tilinda pikirlashishingizni va maktuplaringiznimi bizlar tushinalaydiagan lotin Uzbek yeziqido yozishingizni tavsiya qiliman.
bulsa buyik shoerimiz Alishir Navoyining "Ona Til"degan sheirini bir uqing.sizning milli g'uriringiz nimilarni istarkin??!!
Yasho Uzbekistonim ,til tegmasin baxtingga, nurlar tomsin manzilingga !!!
Hurmat bilan'
Uyghur parzandi,
Rustam
Desperado
12-14-2002, 02:40 AM
Rustam Uyghuri do'stim sizga gap yo'q, barakalla.
Nuhlis
12-14-2002, 07:46 AM
Salomlar barchaga,
Dostlar tasavvur ham kilolmaysizlar, kanchalar huzurlanib okidim men bu postlarni....O'zbek otangizga rahmat, kam bolmang! Men juda ham mamnunman, bizga uygoklik bor, sekin dekin bu uygoklib yuyushkoklikka aylanib bormokda....Kani sizlarni har birlaringiz davlatimizdagi muhim yerlarda bolsangiz shu millatparvarlik bilan! Ana oshanda millatimiz gullaydi....chinakamiga gullaydi! Nomigagina poytaht va yirik shaharlardagina emas, butun halk millat bahra ola boshlaydi milliy davlatimizning siyosatidan.....,mayli ezmalanmay....
Mustafa, Karakalpak, dostim nima degan gap endi bu a? Nahotki sizning Korakalpok ekanligingiz uzbekchani bilmasligingizga yetarli bahona bolsa?!! Manimcha siz Korakalpok tilini ham yalchitib bilmasangiz kerak. Nega endi engliz tilida tilingiz borro, uris tiliga tilingiz burro ammo davlat tilida (RAsmiy Davlat tilida), sizning ona tilingiz Korakalpok tili bilan deyarli bir til bolgan Uzbek tilini bilmaysiz va bilishni ham istamaysiz! Albatta man sizni majbur kilmokchi emasman, lekin birodar halki deb yurgan kishilardan shunday gaplar chiksa alam kilar ekan odamga.....
Sog bolinglar,
Muhlis
Tilchi
12-17-2002, 06:55 AM
Avvalam bor Rustam uyguru birodarimizning otasiga ming rahmatlar.
Agar yozganlari Uygur tilida bolsa, birinchi marttada uygur tilini o'qib unga tshundim.
Biz, umuman turkiy elatlar turkiy tillarni kamida 3 , 4 hilini bilsak yahshi bolardi.
Uygur davalati toliq mustaqil bolmagani uchun Rustam uyguri mustaqillik va ona tillarini
qadrlariga yahshi yetarkanlar. Biz ozbeklar esa oldimizdan oqib turgan suvni qarini bilmaymiz
desak ham boladi. Mustaqqil bo'lganimizga 11 yil boldi ammo bazi ozbek
birodarlarimiz togrirogi qizlarimiz ruschani yahshi bilmay turib birbirlari bilan ruscha
gaplashib yurganlarini korib hijolat bolasan kishi.
Mustafoga esa: sizga Nuhlis etgan gap mantiqlidir hech bolmasa bir martta oz fikringizni
Qaraqakpoq tilida bayon etsangiz.
Meni qoraqalpoq dostlarim kop hammasi qoraqalpoqchani ham ozbekchani ham toliq yoza oladilar.
Ozbekcha yozish ularga muammo emas.
For Freestyler: Who said you in Horesm they speak in another language
They speak uzbek but in another way. Kstati eto ochen nejniy i krasiviy uzbekskiy aktsent.
Mejdu prochim oni toje dumayut shto govoryat po uzbekski.
Nikto ne skazal shto nado ih zastavit govorit na ofitsyalnom yazike.
A kakoy gorod gavorit na ofetsyalnom uzbekskom? U tashkenta toje svoy aktsent.
U Fergani toje svoy.
Prosta ozbek hotel skazat shto govorili v uzbekskom a aktsent ne imeyet
znacheniya kakoy. Harezmskiy ili Tashkentskiy ili Ferganskiy ne imeyet znacheniye.
New Uzbek
12-28-2002, 10:37 AM
I think all of us should respect each other. Uzbek language is official, because our country is Uzbekistan. And non-uzbeks in Uzbekistan have to at least understand or speak and write it. For example, in US or Japan or Afrika you MUST speak English or Japanese or african dialekt, but not russian, spanish, french, just because your nationality is French or Russian. That's your problem, not theirs. BUT: who knows the difference between "european" and "uzbek" group in the same school or University in Uzbekistan? I think there is some. Just example. In any field of study you can find all info from the books written in RUSSIAN. Try the same with UZBEK. No way. We still can understand somehow both of them. But what about our future generation? Sure, nowdays instead of
Russian better to study English, but we can't just ignore research or serious works in different fields written in russian (but not always written BY russians). And I think there is no problem, if some uzbeks can speak russian or english, and russians - uzbek for example. Who care?! I'de like to use some other foreign languges with my friends. Why not? I think the problem of our people is not language. First of all there is a big difference between cultures historically and now language just a reason. Real friends from different nationalities don't care much about language and nationality. Koroche, "Rebyata, davayte jit drujno!".
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.